Toşga yomğir kor qilarmi betinim yoqqan bilan…
Xalq qöşiği
“Otam Kökgumbaz mozoristoniga qöyilgan. Ammam Qulfiya qabr ustiga sadbargul uruğini soçib ketgan. Bir yildan keyin kelib körişsa, otaginamning göri gullarga burkanib yotganmiş”. Yoş iqtidor qiqirlaydi. Nega qiqirlaydi? Bu savolga ustoz javob berolmaydi. Özi ham. U yana oşiğiç söraydi: “Sadbargul nima?”
Ustoz qöliga yetib kelgan daftardan xuddi toşga öyib yozilgan mixxat[1]dek bitiklarni hijjalab, biror maʼni ajratişga urinadi, talaba amaliyotiga zarur körsatma olişga şoşadi. Yaşil jildli daftar bir dunyo sinoatni jamlagan. Uning muqovasiga şunday sözlar yozilgan: “Emindavlatova Safonurning ijtimoiy hayoti”. “Ijtimoiy hayot”… Bu iborani kim ilova qilgan – ustoz mulohaza qilib kördi-da, şunday fikrga keldi: “Dabdurustdan, u odmi odam emas. Axir, masalaning ijtimoiy ahamiyatini tuşunibdi-ku”. Ilk satrlar şu dastxatda (u lotin imlosida, ança ravon va savodli bitilgan; qöşnilardan kimdir kotiblik qilganga öxşaydi) davom etadi: “Öttizinçi yil men uçda, akam yetti yoşda, Hojarbonu singlim onamning böyida ekan. Otamni qişloq mudarrisi deb, Qarşiga qamaşgan”.
Ustoz bu voqealar keçgan manzillarni aniq eslaydi. Xilvat toğ qişloği, kattagina nufuzga ega. Masjidlar – ular uçta edi, çamasi – keçagidek yodida. Masjidlarga olaböji közi bilan qaralgan zamonlar, bu mahobatli imoratlar qörqinçli tuyilar, yöl ular qarşisidan tuşib qolsa, ovoz çiqarmay, oyoq uçida şipillab çopib ötişardi. Hatto hovuz böyidagi eng kattasida mezanaga çiqiladigan zinalar ostida bir uyum kitoblarni ham körişgan, ularning varaqlari titilib, bir-biriga uyqaşib yotardi. Sarğiş rangli bu jonsiz varaqlar ularning qörquvini battar oşirgan.
Şogird uzoq sukunatdan zerikadi, ermagi ham joniga tegadi, çamasi, quloğidan tugmaçani yeçib, stolga yaqinlaşadi. Biroz istiğno bilan:
– Işni nima qildik? – deb söraydi.
Ustoz tajangnamo:
– Şu daftar ançadan beri bezovta qilyapti, men guvoh bölgan, eşitgan ança-bunça gaplarga turtki bölyapti, biroq fikrlarni tizginlab, bayon etiş…
– Şaklga tuşmaydigan mazmun hali pişib yetilmagan böladi, nahotki, şuni bilolmaysiz. Sizga assotsiativ omillar yetişmayapti, demak, voqelikka yaqinroq borişingiz lozim.
“Ol-a, rosa çarxlangan ekan-ku”, – deya mulohaza yuritdi ustoz. Özining bu ojiz va botiniy tafakkurini davom ettirib, “Siz, aslida, boşqa murabbiy topsangiz bölarkan”, deyişga tutinadi, ammo majoli yetmaydi. Qadrdonlaşib qolayotgan yoqimli hisdan voz keçgisi kelmaydi, xuddi bahor şabadasiga yuzini tutgan, endi rohatlanib turibdi, teskari qarolmaydi.
Daftardagi yozuvlarning davomi boşqa odam tomonidan bitilgan, kirillda, qöli qaltirasa kerak, egri-bugri. Hoynahoy, momo öz qöli bilan yozgan, savodi bor ekan-da. Haytovur, qöşni ham zerikkan yoki hafsalasi kelmagan. Keyin momo “Mening dardim kimgayam kerak edi”, degandek zarda qilibmi yoki “Öz boşimga yoqqan qorni özim kurarkanman-da”, debmi, özi davom ettirgan. Savod ança eskirgani, imlo yoddan çiqqani bilinib turibdi, sözlardan maʼno ajratiş qiyin, faqat şakli bor, xolos, biror narsani anglaş uçun tört-beş satrni öqib, mulohaza qilib, söng tuşunsa böladi.
Ustoz bitiklarni boşdan-oxir bir “suvab çiqdi”; u bu mutolaani şunday atadi, zero, uni öqiş deb bölmasdi. Xomuş tortib qoldi. Bu bir hasratnoma edi. Uni dunyoga kelib heç narsa orttirmagan, ölib ham ketmagan (balki ölib ham ketolmagan) bir bandayi ojiz ne bir ilinj va iztirob ila qoğozga tuşirgandi. Daftar oxirigaça raqam qilingan, unda bir satr ham böş joy yöq, kampirning tölib ketganini şundan ham bilsa böladi. Masalaning “ijtimoiy mohiyati”ni anglagan zot – birinçi kotib boşida muqovaning ortini böş qoldirgan, çumoli izlari (bu “husnixat”ni şundan boşqaça atab bölmaydi) varaqlarning oxirigaça yetib borganda ham hasrat tugamagan va böş qoldirilgan sahifa ham tiğiz tölgan. Uning mazmuni ham juda qiziq: “Balta armiyaga ketgan yili 80 yoaşlik bivi halfa bland maçetga 2 rakahat namaz uqib çiqdiq” va hokazo…
Ustoz, çamasi, voqelikka yaqinroq borayotgandi. “Sen ham şunaqa haqiqatlarni bilib qöysang, çakki bölmasdi”, – dedi öktam ovozda. “Çirigan suyak iftixor bölolmaydi. Beruniy şunday degan”. “Bu “suyak” hali çirib ulgurmagan. Bularni yozgan momo hali tirik, xohlasang, olib borib körsataman”. “Xohlasam. Xohlamasam-çi?” Şogird betgaçoparlik qilayotgandi. “U biror narsa yozib ham kelmagan. Özimga yozdiriş yölini izlayapti, – mulohaza qildi ustoz. – Hozir belidan quçsam-u, yöq, ölsam ham bundayga bormayman. Agar yana haddidan oşaversa, haydab çiqaraman”. Ustozning muztar bölib qolganidan nimadir noxuşlikni sezgan talaba muloyim ovozda dedi:
– Biz yoşlarga ota-onalarning hayot yöli maktab bölişi lozim. Men gumrohni maʼzur tuting, gaplaringizni tinglaşga madorim yetadi.
Ustoz talabaning sezgirligidan yayrab ketdi.
– Axir, ança dramatik, hatto ayançli taqdir. Eʼtibor bergin (jonginam). Senga mazmunini bir sidra silliq aytib beraman: “Otam Qöçqorov Emindavlat Buxoroda öqigan, Buxoro ilmini orqasiga kötarib ketgan. Mullo yigitlar ön uç hujradan kötarib, uç marta aylantirib ötgan. Şahrisabzda azonning çala aytilganini bilgan. Haççasoydan Allanazar deganni olib kelib, quduq qazdirdi. 41 gazdan suv çiqdi. Buxorodan temir zanjirli satil olib keldi. Quduq oğziga yoğoç qopqoq örnatib, oğzini qulflab yurardi. Guzar ayollari közada suv olib ketişardi. Bir kuni quduq oğzida qora ilon köringan. Mullo Abdurahmon domlaga aytsa, yomonlik alomati degan”. Qara, odamlar qanday zakiy bölgan. Quduq boşida qora ilonni körib, kelayotgan falokatni bilgan.
– Men bunaqalarga duç kelmadim, şuning uçun işonmayman.
Talaba özi bilan olib kelgan çepsini sörib, tantiqlangannamo munosabat bildirdi. Tabiiy, tajang zot yana ğijindi. Ustozning avzoyi buzilganini sezib, bir yutindi-da, qöşib qöydi.
– Hali yoşman-ku.
“Yoşsan-a, yoşsan, men körmagan balolarni körgansan, – mulohaza qilardi ustoz. – Meni aylantirmoqçi bölyapsan-a. Yöq, ahmoğingni topibsan, sening ohangingga öynamayman, amaliyot işingni özing yozasan”.
– Rosti, sen qançalik baxtiyor, xursandsan. Mening esa şu kampirga rahmim kep ketyapti. Diqqatingni qarat, nimalarni bayon etyapti: “Onam töqqiz yoşida otamga fotiha qilingan. Ön ikkida tekkan. Ön beş yoşida Obidillo akamni tuqqan, onam yoş tuqqanidan mayib bölib qolgan. Ön sakkiz yoşida men tuğilganman. Yigirma bir yoşida – Hojar”.
– Şunaqasiyam böladimi? – deb barmoğini tişlab turardi talaba. – Proporsiyalar buzilgan-da, şuning uçun kutilmagan fojialar kelib çiqavergan, qarang, mayib bölib qolibdi.
– Hayot tafsilotlarini hisob-kitob qilib bölarkanmi? Mana bunga nima deysan: “Otam qamalgaç, quduqning suvi qurib qoldi”.
– Bölsa bordir, balki quduq yuza qazilgandir. – Şogird bu sinoatga beparvo edi. – Keyin suv çiqibdimi?
“Xayriyat, qiziqişi sönmagan ekan, – deya içida yayrab ketdi ustoz va daftardan oldinroq ketib öqigan yangiligini şoşib bayon qildi:
– “Onam olti oy ötmay, otamning şogirdi Şoymardon çolga tegdi”, deb yozgan. Keyin Hamidulla oğasi tuğilibdi va şu bolaning sunnat töyi kuni quduqda suv paydo bölibdi.
– Bunisi eʼtiborli dalil ekan. Onaning erga tegişi va farzand körişi Yaratganga xuş yoqqan. Bola soğlom ösibdimi?
– Soğlom ekan-u, – deb çaynaldi ustoz, göyo yoş avlodni ötmiş saboqlaridan sovitib qöyadigandek içi kuyib, – faqat badanining terisiyam, soçiyam qordek oppoq ekan.
– Ha, bu oddiy hol, ustoz, – deb gap boşladi talaba domlaga zid ravişda öyçan emas, şodon, hatto qiyqirib, – ayol yangi eri bilan qöşilayotganda, öta hayajonlangan, bu oliy nerv tizimida mudroq yotgan qoldiq zonalarni qözğatib yuborgan. Haliyam qöli uçta yoki oyoği bitta, hatto yuragi taşqarida tuğilmabdi-ku.
Ustoz suhbatdoşining bunça dangal, yetmaganiga şartaki ekanini tasavvur qilmasdi, keyin esa yangi avlodning xabardorlik darajasiga, oçiği, tan berdi. Uningça, bunday anomal holatlar ilmga emas, köproq ilohiyotga boğliqdek edi.
– Buxoroda taʼlim olgan mullo qişloqda köp yangiliklar qilgan ekan, – deya gapni davom ettirdi ustoz fazolardan yerga qaytib. – “Şahrisabzdan Malik Ajdar masjidini taʼmirlagan ustalarni olib borib, koşona uy qurdirdi otam. Uyning husnini körgan qişloqdoşlar, bu masjid bölibdi, deyişdi. Otam: “Yöq, bu masjid emas, masjidni endi quramiz”, degan. Masjid qurişga kirişiladi. Oldin töqqizta hujra quriladi, ularga ustalar örnaşadi. Otamning onalari Roziya momom haşar oşini pişirib berardi. Gapga yetarman odamlarning bir xillari mol, yana boşqalari topganlarini berardi. Xayr-ehson bilan. Otam boşçiligida, masjid qurila boşladi. Katta hovuz, ikki tup tol. Uzoq boboning uyi bor edi”. Ana şunday xokisor, ilmparvar, xalqparvar odamni şörolar siyosati mahv qilgan-a”.
Ustozning tovuşida nadomat va nafrat bor edi. Uning ginasi ötmişdan köra öşa kunlar mantiğini his qilmayotgan bugungi avloddan köproq edi.
Oçiq derazadan uyğonayotgan zamin nafasini olib, mayin şabada kirib keldi, yuzlarni silab ötdi. Uning epkinida bugun özligini anglagan muazzam zaminning öktamligi bor edi. Şamolning parqu qadamlari tundlaşgan zehn darçasini tiqillatib ötdi. Ustoz qimirlab qöydi, uni xayol asir eta boşladi. Çepsi sörib turgan talaba şirinlik taʼmidan masrur, biroq beparvo edi.
…Oçiq derazadan uyğonayotgan zamin nafasi şiptir hidini olib keldi. Temir eşik ğiyqillab, faryod çekkandek oçildi. Yana nozir paydo böldi. U ikki kundirki, Emindavlatga zuğum qiladi: “Soqolingni qirdirasan”. Iyakdagi möylar zohirga intilib taşqariga çiqibdiki, tiğ tegmagandi. Musulmonçilikning farzlarini oğişmay amalga oşirişga intilgan mullabaçça uning sunnatlariga ham amal qilişga tirişardi. Xususan, soqol va möylab östirmoq xöp manzur amallardan hisoblanadi. Soqolga tiğ tegmagani maʼqul, möylab esa kuzab turilişi joiz. Bir unsurda ikki hikmat: had çegarasi ruxsat etadi va rad qiladi. Soqolda körk alomati mavjud, unga fariştalar osilib öynar emiş. Möylab esa haddidan oşsa, yeyiş-içişga xalaqit beradi; uni yuqori labdan bir barmoq böyi qirib yuriş xanafiya mazhabidagilarga buyurilgan. Soqol namozning payravi – joynamozga tegib turadi, salavotga qöşilib, Yaratganga hamd aytadi.
Mulla özini soqolsiz tasavvur qilolmasdi: “Soqol boş ila payvastdir va birga tanani tark etmoği joizdir”. Nozir bu gal ğazabga tölgandi. Agar amri vojib bölmasa, mahkumni sudrab, soqoliga öt qöyişga ham şaxdi bordek edi. Emindavlat unga ğamboda közlarini tikib, jölayib qaradi. “Bir rakat namoz öqib olişga ijozat etadilarmi?” “Yöq, – ğazabdan nozirning tupuklari saçrab ketdi. – Vaqt ziq! Şunça paysalga solding”. Mulla taysalladi, u qismatidan daqiqalarni tilab olayotgandi. Nozirning qöli yelkaga yetdi, şaxd bilan siltab tortmoqçi bölgan barmoqlari bexos böşaşib ketdi. Şart burilib, eşikka yönaldi: kimdir uni çaqirgandek bölgandi. Paytdan foydalangan mulla egnidagi çoponini yeçdi-da, qiblani rostlab, ibodatga ötirdi. Butun vujudi sel bölib, muborak kalomni hifz qildi, ixlos bilan peşonasini sajdaga qöydi. Uning boşi ona zaminga mixlanganday böldi: ruhi olislardagi pokiza diydorlarga yetişdi.
Bu payt öziga kelib qolgan nozir oldingidan ham battar ğazab bilan börondek kirib keldi-da, joynamoz ustida sajdada turgan çol boşida töxtab, ödağayladi: “Hoy, betavfiq! Balki taka törvangni boşing bilan birga judo qilişlarini xohlarsan?” Uning ğazabi çegarasidan oşgandi, şiddat bilan kelib, peşonasini yerga tirab, kim biladi, Allohdan nimani iltijo qilib turgan ojiz bandaning gavdasini turtib yubordi. U xuddi qoyadan uzilgan toşdek, yonboşga dumalab tuşdi. “U haliyam öziga kelgani yöq! Men unga gapiryapmanmi yo devorga?”
Kameradagilar ham içki sezim bilan hozir nimadir röy berişini bilgandek bölişdi: nozirning avzoyi çinakamiga buzilgandi. U mullani turğizib, yuzigami, gardanigami, tarsaki tortmoqçi böldi, şekilli, giribonidan mahkam uşlab silkitdi. Gavda zil-zambil bölib qolgan, qimirlamas edi. Bundan nozirning quti öçdi, pufagi pasayib, mahkumning yuzini yoruğga solib qaradi. Uning qöllari şalvirab qolgan, jaği tuşgan edi. Bu balki Yaratganning bir begunoh bandasiga inoyati bölgandir – Emindavlat sajdaga boş qöyib, omonatini topşirgan edi. “Hamrohlari qarasalar, otam joynamoz ustida tamom topibdilar”, deb yozibdi moma hasratnomasida.
Deraza oynasi oçiq, undan bahor nafasi sezilib turardi. Ustoz voqea tafsilotini qança dardli hikoya qilişga urinmasin, talaba u kutgan darajada taʼsirlanmadi. Çuqur söliş oldi faqat, çepsisining qoğozini taşlaydigan joy topolmay, ortiga yaşirdi va biroz ğussali tovuşda, biroq öktam ovozda:
– Heç narsa sababsiz sodir bölmaydi, – dedi. Yana qöşib qöydi: – Nega Xudo haromxörlarni şundoq, osongina narigi dunyoga ravona qilmaydi? Pokdomon, buloq suvlaridek toza bir maʼrifatli odamning zavoli esa öşa paytda Buxoro amirligida yuzaga kelgan nopokliklarning kasri emiş. Alam qiladigani şuki, – dedi u ança jöyali qilib, – har doim holvani hokim yegan, kaltakni esa yetim. Buxorodagi baççabozliklarni Fitrat domla jigari ezilgudek laʼnatlagan.
Talabaning sabab va oqibat borasidagi mulohazalari ustozni jonlantirdi. Qolaversa, u hozirgi munozarada yutqizayotgan edi. Şu bois toş bosadigan va zarba beradigan dalil qidirdi:
– Yaxşi eslatding: kimdir ekadi, kimdir öradi. Mana, holbuki, sen yetuk mutaxassis böliş uçun yetarliça tayyorlanyapsanmi? Mening nazarimda, vaqtdan unumli foydalanolmayapsan: kitob öqimaysan, izlanmaysan…
– Menga diplom bölsa kifoya, boşqasini öylayotganim yöq.
– Işlab ketişing qiyin böladi.
– Işlab ketaman, buning kafolatini hozir tölab qöyganman. Sakkiz millionni oldimi, bu yoğigayam işlatadi-da. Eşagiga yaraşa tuşovi. Qolaversa, mening pulimni olganlar boqadi, şunga majbur, özlari şunday yöl tutişyapti. Mening işlab ketişim-işlab ketolmasligim haqida menmas, meni işlatadiganlar boş qotirsin.
“Tavba”, – dedi ustoz eşittirmay. Şundoq köz oldida u hurmat qilib kelgan fazilatlar nuqsonga aylanib borayotgandi. “Rahbarlarimiz dono-da, – mulohaza qildi ustoz. – Yaxşiyam demokratiyaga yöl bermaydi. Bölmasa, bular hamma joyni rasvo qiladi” (u “bulğaydi” deyişga istihola qildi. Zamonaviy, mulohazali odam edi-da).
Yaşil muqovali daftar ustozning köziga arining uyasi bölib körindi. “Talaba bilan keçinmalarimni baham köraman, bugungi kunning vakili sifatida uning munosabatini bilaman, degandim. Qaytanga, u meni malomatga kömib taşlayapti-ku. Xayriyat…” Biror narsa tama qilmaganini, bir gal talaba özidan ortib qolgan ikki dona olçadek qurutni taşlab ketaman, deganida ham majburlab, qaytarib çöntagiga solib qöyganini esladi-da, mamnun bölib ketdi. “Nafsimni tiyib, köp narsadan yutaman-da!”
Şogird töğridagi uniqqanroq kursida bamaylixotir ötirardi. Katalakdek bu xonada ohorli narsaning özi yöq edi. Ustoz oilasi bilan hovlida yaşardi, ahyon-ahyonda bu joyga boş suqar, özining iborasi bilan aytganda, “ijod qilar edi”. Haşamlardan xoli, jön bu maskan bolaligi ötgan qişloq kulbasini eslatar, şuning uçunmi, qadrdon hislariga qanot berar edi. Şu çekka maskanda çinakamiga yayrardi. Şogird şu “qasr”ni tartibga keltiriş bilan boğliq baʼzi yumuşlarda qaraşib turar, yana ham aniği – u bilan bahuzur gaplaşadigan eng qulay joy ham şu yer edi. Qizga muqaddas xilqatdek qarar, undan uyalar, biroq baʼzan yoşlikning tizginsiz pörtanalarimi, şogirdning xumor közlarini suzib qaraşlari köngliga ğulu solar, şunda tezda qizi Ruxsorani eslardi-da, birdan hovuridan tuşar edi. “Boşqaça bölişi mumkinmas”, derdi u.
Talabadagi bugungi şaxd uni hayron qoldirdi (u talaba bugun aynan stipendiyasini imtihondan baho oliş uçun domlaning çöntagiga tiqib kelganini bilmasdi). Xuddi qarama-qarşi qutbda turgandek, bu ikki suhbatdoş botindan kelişolmayotgandi.
– Oçiği, bu daftar menga qattiq taʼsir qildi. Bu momoni taniyman-da. Bir umr yolğiz ötdi. Farzand, oila nasib etmadi. Kimlarga siğindi bölmadi. Ammo yaşaşga iştiyoqini söndirmay, töqson yoşida sönggi kuçini sarflab, hayot yölini qoğozga tuşirib, ne umidlar bilan menga yetkazganini eslasam, kampirning matonatiga qoyil qolaman. Yana uning farosatini qara, bisoti kimga asqotişiniyam bilgan. – Ustoz öyçan tortib qolgan talabani sergaklantiriş uçun köngilga tegadigan gaplardan sözlardi öziça. Ierogliflardek darj etilgan sözlardan köngil suratlarini topmoqçi böladi, sözlarni töqiştirib, maʼno çiqaradi-da, yoş qizga taqdim etadi. Zora, ibrat olsa, özini tarbiyalasa, deb öylaydi. – Qara, nimalar deb yozibdi: “Uyda turib qoldim. Mening könglim mullo Abdulloda edi. Onam qari enak deb örtaydi, özi ön ikkida erga tekkan-da. Ögay onadek kun solardi. Yana yigirma yoşimda ögay qaynona qöliga kelin bölib bordim. Men xamir qilsam, hammasi öçoqdan oqib tuşardi. Xolbuvi ovsinim qaytadan xamir qilib, nonni yopardi. Uç oydan söng bir qöra sigirni uç kunlik bizagi bilan Hamidullo oğamdan yetaklatib yubordi. Bolasi uç oylik bölganda Xolbuvi, Mingiş ovsinlarim eşakxonaga ayirib, kaltaklab, ikki közini kör qilib qöyişdi. Özi oxurga urib oldi, dedi. Söyib yedi. Uçta körpani qavib beraman, deb, boşidan bir qariç, oxiridan bir qariç kesib, Safar öğlini oti oxuriga taşlagan. Otam bergan sigirni sotib, beş metr kandir olgandim, beşigiga yopinçiq qilibdi. Rözğordan bahrim kötarildi. Şu sirni hatto Boyqöziga aytmadim, yiğlayman. Ilojim yöq. Rayis qaynağamga xat qilib bersam bölarkan. Uç oy billa turdik. Sakkiz oy zahar-zaqqum yutib yaşadim”.
– Sen kundoşlik nimaligini bilmaysan. – Ustozning bu gapidan qiz unga angrayib qaradi. – Boşingga tuşmasin. Xuddi ikki oyoqni bir etikka tiqqandek. Na unisida tinçlik bor, na bunisida. Özbek oilasini kundoşlik xarob qilgan. Yana kelajakniyam. Kundoşlardan tuğilgan gödaklarda qasoskorlik sutdan ötgan böladi. Bir otaning bolalari qirpiçoq.
– Safonur kundoşlikning ğişğişalaridan qanday ozod böldi ekan? – deb talaba voqeaning davomiga qiziqdi.
– Sen u qişloqlarni bilmaysan. Suvlar şunaqa tiniq böladiki, qarasang, yuraging körinadi. Şundanmi, odamlarning oldi-berdisi toza. Eşigida qulf yöq. Qizlarning yuzinimas, böyini köriş ham mahol. Bir burçakdami, panadami, qiz bilan yigit gaplaşib turganini körib qolişsa, şu lahzada xabar tarqaladi: “Falonçi falonçini uşlabdi!” “Uşlabdi” – bu bir tavqi laʼnat. Uşlangan qizga it tekkan hisoblanadi, u bir umr tizzasini quçoqlab ötib ketişi mumkin. Yana “Öynabdi” degan gap bor. Bunisi naq ölimning özi. Oriyat bor-da ularda.
– Oriyat nima, ustoz?
– Oriyat?! Nima desam ekan? Yaʼni, masalan, kuraşda ukasi yiqilsa, origa akasi çiqadi.
– Akasi yiqilsa-çi? Otasimi? Qiziq ekan. Hozir oriyat yöq, negaki, kuraşda yiqilsa, akasini qöymaydi. Oğirligiga qarab tuşiradi. Qolaversa, kuraş boşlanmasdan oldin kim yengişi maʼlum böladi.
– Sen muqaddas kuraşimizga soya taşlama.
– Sportda ğirromlik köp-ku. Kim obrö topibdi?
– Siz yoşlar skeptik bölib ösyapsizlar.
– Aksinça, biz buyuk bobolarimizni taniyapmiz. Ularning salobati oldida unça-munça haqiqatlar kişini işontirmaydi. Mana, sizning mulla bobongizga qoyil qoldim. U zotda siz aytgan oriyat kuçli bölgan. Suqma qoşiqdek yaltiragan iyak bilan jamoatga körinişdan or qilgan. Şuni aytaman-da. Nega Xudo haromxörlarning jonini şunday tez olmaydi? – Talaba bugun qattiq iztirobda ekani aniq edi. U söliş olib, bunday dedi: – Siz qişloqning tiniq suvlarini gapirasiz.
Sukut saqlab qoldi. Keyin aytdi:
– Bir oylik rizqidan mosuvo bölgan oç odam uçun begona töşakda yotiş heç narsamas.
“Baribir nazorat işingni yozib bermayman. Özing yozasan, közing çiqqudek bölib”. Past ovozda, yana teskari qarab aytilgan bu gaplarni talaba eşitmadi, çamasi, Safonur kampirning keyingi taqdiri bilan qiziqib qoldi:
– Ovsini bilan kelişib ketibdimi? – Majruh ovozda gapirarkan, yaşil jildli daftarga asta qöl çözdi, uni olib, loqayd varaqladi. – Manovisining yozuvi çiroyli ekan. Ayol kişi bölsa kerak. Bunisi mayda xat, hisobçi yozganmi? Voy, bu çiziqlarni! Özi yozgan-a. Beçora. Kotiblari taşlab ketavergan. Kam haq tölagan. Alami kelib, yiğlab yozgan bölsa kerak. Savodi çakkimas. Qarnoblik dugonamdan yaxşiykan.
– Hozir ham kitob öqirkan. Tuni bilan kulbasining çiroği öçmaydi, deyişadi. Muk tuşib, öqib ötirarkan.
“Latifa ğarning eri bilan rasvo bölganimda Sariosiyoga melisa bordi, qanday amallar (bölgani)ni aytib berdim. Ögay onasi uzatib qöygandi, dedim” – daftardagi yozuvlar şundan darak berardi.
Onasi ögaydan battar nirgilagan “qari qiz” yana ögay onaning qöliga kelin bölib borgaç, turmuşi zahar-zaqqum bilan öta boşlaydi. Tutqunlikka tuşgan quş tirqiş izlardi. Bu vaziyat ham yuzaga keladi. Yana bir çalkaş taqdir afsonasi, afsona emas, haqiqati – “rais qaynağa” ombor mudirining qizi, yoş kelinçak Latifa bilan don olişayotgani ovoza bölib ketadi. Buni Latifaning eri, hisobçi bölib işlab yurgan Abdikomil ham sezib qoladi va alamzada köngillar topişib, taqdirdan qasos olişadi – xilvat qişloqdan erkak va ayol bir keçada gum bölişadi. Bu voqea butun öramda toğ köçkisi yoki qabristonni yer yutgandek dahşatli ovoza qözğaydi. Mulla Emindavlatning qizi taqdiriga öt qöyadi.
“Bu ayol haqdagi hikoyalarni momolar piçirlab, “Özidan kelgan balo özi bilan ketsin”, degandek, ğijinib eslab qolişardi. Ayniqsa, böysira qizlar huzurida tillarini tişlaşardi – bunday taqdirni harom deb bilişardi. Men bu ayolni körganimda qirq yoşlardan ötgan, har tomonlama suluv beka edi. Buyuk musavvir Çingiz Axmarov qahramonlarining naqd özi. Rassom uni tuşida körganmi, deb öylaysiz. Otasi tirik bölganda, u kim bölardi? Iboralarining ötkirligini: “Rasvo bölib yurgan yillarim…” deydi. Öşa damlarini qanday yorqin, ifodalagan. Yana erining ismini (Boyqözi) ataydi, birga qoçgan erkakni esa sir tutadi. Biz taraflarda ayollarning öz umr yöldoşining ismini aytmaslik çuqur hurmat ramzi hisoblanadi. Safonur şarʼiy nikohli erkaknimas, köngil amri bilan tanlaganini tan olyapti. Kampirning tiynatida uluğvorlik bor ekan. U qalban ijodkor ekan (hatto “uluğ!”).
“Laʼnati tuzum qança taqdirlarni kallaklab taşlagan-da”. “Öşa avlodning çekiga şu sinov tuşgan”. Talaba mulohaza yuritardi, uning mantiği beixtiyor “Bu avlodning çekiga-çi?” degan savolni tuğdirardi. Şuni sezgandek, talaba gapni ilib ketdi:
– Azal yozuği bir xil. Mohiyat özgarmay qolaveradi. Faqat siyosatçilar şiorlarni, peşlavhalarni özgartirib, ilib qöyişadi. Boy boyga boqar, suv soyga oqar. Oq it, qora it – baribir it. Kambağalning kosasi hech oqarganmi?
– Kambağal kambağal böliş uçun tuğilgan bölsa, uni boy qilib bölmaydi. – Ustoz çinakamiga darğazab böla boşladi. – Indamasa, odamning boşiga çiqaman, deysan. Nima bunça vijillaysan?
– Internet bilan döstman-da, ustoz.
Talaba oşxonaga çiqib ketdi. Suvni oçib, idiş töldirayotgani eşitildi. “Yuzsizligini. Özini xuddi otasining uyidagidek tutadi-ya”. Talaba qölida qizil naqş olma bilan qaytib kirdi. Ustoz uni keçki ovqatdan keyin yeyman, deb olib qöygandi. Alam qilsin, degandek, olmani ğarçillatib tişlab, gap boşladi:
– Men bugun bolasini oldirgan böridayman. Momom ğazabga minsa, özini şunday atardi. Ustoz, qurbonliklar moddiylaşsa, hamma vahima qözğaydi. Axir, öquvçining çöntagiga köz olaytirgan “domlami, damlami”ni mulla boboning soqolini qirtişlaşga majbur qilib turgan mirşabdan nima farqi bor? Biri odamni jisman öldiryapti, bunisi yoş insonni maʼnan çala ölikka aylantiryapti. Nozir agar eskilik sarqiti deb soqolga qarşi kuraşgan va ötmişni öldirgan bölsa, bunisi kelajakni barbod qilyapti-ku. Bir oylik nasibasidan ajralgan kişi nogoh boşqa bir buzuqçilikka qöl urmaydi, deb kim kafolat beradi? Buni “ustoz”i örgatdi-ku, şunday saboq berdi-ku. Özimni bir narsa qilib qöymasaydim.
Uy egasi tamom mulzam tortib qoldi. U doim bu qizning taşrifidan sarosimaga tuşardi: makkora, nimalarni möljallayapti? Huşyor bölişim, huşyorlikni yöqotmasligim lozim, deb öziga söz bergandi. Bir yili “maʼnaviy buzuqlik” qilgan hamkasbining muhokamasida qatnaşgan edi-da. Duşmaningga ham bu kunni solmasin. Bugun… çap yoni bilan turgan ekanmi? Eşikni oçmasa bölar ekan. Oçmasa ham ketmay turaveradi, qönğiroqni jiringlataveradi. Keyin qöşni xotin çiqadi balkondan böqoğini osiltirib baqirgança: “Oçmaysizmi? Öynaşlaringiz keldi”. Bu gapni butun “dom” eşitadi.
“Qizim…” dedi arang boşini kötarib, şu zum közi quvlik bilan kulib turgan şahlo nigohga duç keldi. Taajjubki, u özi tilga olgan hayot quyqalari qarşisida mağlub emas edi. Lablari qimtilgan, közini qisib ham qöydimi, lunjida olmaning sönggi bölaklari aylanardi. Ovozining qandaydir şavqqa töla, yana jöşqin, ilhombaxşmi-yey ekanini aytmaysizmi?
– Siz menga haqiqiy hayotdan xabar berdingiz, ustoz. Pöpanak narsalar jonimga tega boşlagandi. – Talaba imtihon topşirayotgandan baland, xuddi diplom işini himoya qilayotgandek, jon-jahdi bilan sözlardi. – Muhabbat har doim ğolib. Men oşiqman. Qarang, işq toşdan gul undirgan. Begonaga böyniniyam körsatmaydigan qiz, nihoyat, begona erkak bilan nomaʼlum yurtlarga qoçib ketgan. Mana, sevgining kuçi.
– Bu örinda sevgi rol öynamagan. Or uçun qilgan erkak bu işni. Xotinining öçini kelinidan olgan.
– Or sevgidan ustunmi? Nahot sevgidan ustun tuyğular bor?
– Bölganda qandoq. Mana, momoning öz eʼtirofini öqi: “Ham tabelçi, ham montyor bölib işlardi. Pulni dastalab olib keladi. Bir ğaltakni özimga ravo körmadim. Tiyinini tiyinlab qöliga topşiraman. Pulini olayotib, uç sömni uzatdi. Senga pul kerak ekan, menga or kerak, dedim. (Mana, şaʼnining yuksakligi). Şu zaylda yetti yil tuquşdim. Qanday kunlar boşimdan ötmadi-ya”.
– Er-xotinlik bölmaganmi?
– Bölgan. Bu mumkin emas. Ayol yölida jismini topşirişi mumkin, lekin qalbini asraydi. Ayol şuning uçun ham ayolki…
Bu safsatalar talabaga kerak emas edi. “Lekin farzand körişmagan ekan”. Bir kam dunyo-da. Eski çordevorlarni buzib, ozod osmonda parvoz qilgan va qança malomatlarga röbarö bölgan quşning mahzun taqdiri haqida hissiz varaqlardagi aji-buji yozuvlar sovuqqon sözlardi: “Gaşti Tezguzarga ön sakkiz yil umr ötkazdim…” Beva bir çolga tanmahram bölgan, voyaga yetmagan bolalarga onalik mehrini berib tarbiyalagan. “Qizlar yölimdan çiqmasdi”. Gödaklar ulğayib, öz nonini özlari topib yeydigan bölgaç, Safonur kampir kerak bölmay qolgan, uni quvib yuborişgan. Oxiri “özi parvoz qilgan makon”ga qaytgan – ona avlodlari yöqlab olişgan. “Etajda turaman. Bebaxtlik aʼmolimga yozilgan ekan. Zuhra singlim kelin qilgaç, xabarlaşmay qöydi. Otasi boşqaligi bilinarkan”.
…Kimsasiz xonaning çiroği yoruğ. Unda bir kampir kuymalanadi. Ötgan umrini yoruğga solib, undan taskin izlaydi. Ayniqsa, otasining şavkatli yillari, özining hur yoşligi özi uçun yoqimli. Öşa kunlarini qömsab, istab yaşaydi. Yöq, xuddi öşa kunlarda yaşayotgandek, vaqt töxtab qolgandek. Şuning uçun ham u qarimaydi, yillarni pisand qilmaydi. Talaba taassurotlaridan kelib çiqadigan dil izhorini şu tarzda ifodaladi. U Safonurni öziga dugona deb bildi, faqat u yöl qöygan xatolarni takrorlamaslik, uning boy bergan imkoniyatlarini qöldan çiqarmaslikka ahd qildi. Qolaversa, uning işonçi tagdor edi:
– Men esa baxtli bölaman. Çunki men kelajakka sarmoya taşlab qöyganman. Mendan sakkiz million olgan boyvaçça bir umr meni boqadi, iş bilan taʼminlaydi, issiq-sovuğimga çidaydi. Çunki men uning yomon kunida yemay-içmay, oilamning rizqidan qiyib, şunça katta pulni tölaganman. U kimlargadir arzimas çoy-çaqa bölib tuyilar, menga esa… Rosti, şimga pulim yöq, ikki yuz ming turadi. Borini boyvaççamga berganman..
U çindan ham bugun “bolasini oldirgan böri”dek edi. “Undan hamma narsani kutiş mumkin”, derdi ustoz minğirlab. Şunday böldi. Talaba naʼra tortdi:
– Ustoz, men sizni sevib qolganman…
Ustoz şu joyda quladi. Ğoliblar yöli mağlublar loşi ustidan ötadi.
* * *
Bu tarix vaqt çiğiriğida çiriydi, kul böladi, yöqoladi – unutiladi. Yaqinda qişloqda meni singlimning nabirasi tanimadi, şunça tuşuntirsalar ham fahmlamadi. Bir munis ayol, şumşuk taqdirning bayoni ham kimlargadir ibratli, qiziq. Boşqalarga ahamiyatsiz. Bu ham bir inson manzarasi. Kimdir nazar soladi. Kimdir qarab tursa-da, heç narsani körmaydi. Töqson yoşli kampirni ham Xudo bandam deydi. Balki kimdir eski aqidalarni yodda tutib, uning qabri ustiga sadbargul uruğini sepib qöyar. Gul oçilsa, odamlar qabr egasini eslamasalar ham, gulga közlari tuşadi. Şunda marhumlar şahrini ğussa bilan tark etayotganlar qalbida yana hayot iştiyoqi alangalansa, ajab emas. Tiriklikning hikmati şu emasmi?
Hakim SATTORIY
1953-yili tuğilgan. Qarşi davlat pedagogika institutini va Toşkent davlat universitetini tamomlagan. “Hazrat Sohibqiron” va “Sohibqiron abadiyati” publitsistik asarlari, “Soğinç”, “Yozdagi ayoz” romanlari naşr bölgan.
Lev Tolstoy qissalarini özbek tiliga tarjima qilgan.
2024/12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


