– Qizlar, böldi, tura qolaylik. Töqqizdan keyin yotoqxonaga kiritişmaydi.
– Rostdan ham, ketdik. Umidaniyam kördik. Töyiga kelganimizdan xursand böldi. Qani, omin qilaylik.
– Hanifa, siz duo qila qoling. Hammamizdan kattaroqsiz… hajm jihatdan, – qizlar davrasida kötarilgan gurros kulgu boşqa stoldagilarning eʼtiborini tortdi.
– Hazilni kötarganingiz uçun hazillaşamiz-da. Yana xafa bölmang.
Dugonalariga nisbatan tölaroq Hanifa bunday gaplarga könikib qolgan edi. U mayingina tabassum qildi-da, qölini duoga oçdi:
– Omin, dugonamiz özi istagan gözal baxtga erişsin… – hayajonli bir xörsiniş olib, asta piçirladi: – Xudo bizni ham şunaqa kunlarga tezroq yetkazsin.
Qizlarning “Ö-ö-ö” deb qiyqirişganidan sergaklangan Hanifa içimda aytdim deb öylaganini eşitib qolişganidan duvva qizardi.
Qizlar dugona-kelin va uning onasi bilan xayr-xöşlaşgaç, töyxonadan çiqişdi. Yölovçi çorlab çiroq lipillatayotgan turnaqator maşinalardan biri, nihoyat, ular aytgan narxga köndi. Maşina içi töyxona, töy, kelinning köylagi, stollarning tökinligi, töy egalarining kiyimlari, kuyov va kuyov jöralar haqida ğiybat aralaş suhbatga tölib, birozginasi oçiq derazadan çiqib, töyxonaga qaytib ham ketdi. Qizlar ilmoqli gaplar taşlab haydovçi yigitni ham gurungga tortişga urinişdi. Yigit ularning savollariga közini yöldan uzmay qisqa-qisqa javob berdi.
Orqa örindiqda öz xayollari bilan ötirgan Hanifaning nigohi bexosdan maşina old peştoqidagi oynadan haydovçi yigitga tuşdi. Nigohi közgudagi aksni kördi-yu, ortga qaytişni unutdi, bir neça daqiqa undan uzilmadi. “Yusuf payğambarning öğli, yöğ-e avlodi emasmikan”. Xayoliga şu fikr kelgan ham ediki, közguda haydovçining nigohi ham Hanifaning nigohiga qadaldi. Jinoyat ustida qölga tuşgan öğriday Hanifa özini qöyarga joy topolmay, taşqariga qaradi. Bu qiliği uçun özini behayolikda aybladi. Imkoni bölsa-yu, maşinadan tuşib qolsa. Yigitning nigohidan tuşib qolgan bir parça çöğ uni borgan sari yondira boşladi. “Uh… Ey Xudo! Hanifa, tinçlan. Sening aybing yöq. Şunçaki tasodifan böldi. Yonimdagi gulday oçilib ötirgan dugonalarim qayerda-yu, men qayerda”. Çöğ tafti bunday ovutişlardan söng biroz pasaygandek böldi. Manzilga yetib borgunça öşa şafqatsiz közguga boşqa qaramadi.
Qizlar pulni uzatişarkan, öpkalagan köyi:
– Yaxşi yigit bölsangiz ham, yaxşi hamroh emas ekansiz, – deb haydovçi bilan xayrlaşgan bölişdi. Hanifa çekiga tuşgan pulni berdi-yu, birinçilardan bölib taşqariga otildi. Orqadan kelayotgan “Matiz” çiyillagança burilib ötdi. Hanifaning huşi uçdi.
– Hoy, ehtiyot böling, singlim. Yaxşiyamki, heç narsa qilmadi, Xudoning özi asradi, – yigitning xavotir bilan aytgan bu sözlari uni battar karaxt ahvolga solib qöydi. U keyin qanday qilib yöldan ötganiyu yotoqxonaga kirib borganini ham sezmadi. Uxlaşga yotarkan, nigohlari töqnaşgan öşa lahzani xayolida qayta-qayta gavdalantirdi. Yigitning aytgan gaplarini ming bir bölakka bölib tahlil qildi. “Nega öşanda menga qaradiykin-a? Axir, tabiiy-ku, kimdir tikilib turganini his qilsang, sen ham unga qaraysan. Unda ham şunday bölgan-da. Lekin tabassum ham qilganday böldimi? Yöğ-ye, menga-ya? Köp öylayverganimdan şunday tuyulyapti. Ammo… meni qayğurib aytgan gaplari-çi… Indamasligi ham mumkin edi-ku? Axir, unga nima edi? Meni maşina urib ketadimi-yöqmi… “Ehtiyot böling, singlim”, dedi. Qanday mehribon! Uf… böldi, tentak bölma, Hanifa. Örningda boşqa qiz bölganda ham unga şunday degan bölardi. Lekin… ”
Hanifa ertasiga ham öşa afsunli xayollar oğuşida yurdi. Betöxtov nimalarnidir öylar, qandaydir töxtamlarga kelar, keyin ularni rad qilib, yana boşqa fikrlar ketidan ergaşar, ulardan yana qaytardi. “Eh, yana bir qaraşim kerak edi. Nega çöçidim-a? Balki keyin u yöl böyi menga tikilib, mening ham nigohimni kutgandir. Nimalar deyapman?.. Uh, nega ajinadan qoçganday tezda tuşib ketdim-a? Menga aytadigan gapi bölgandir. Oxirroğida tuşganimda yana biror narsa dermidi. Tentak bölyapman, yigit-qiz bir marta bir-biriga qarasa, darrov könglidagini aytadimi? Lekin “Yaxşiyamki, Xudoning özi asradi”, dedi-ku. Demak, menga hali keraksiz, demoqçi bölgan!.. Agar meni öşa maşina urib ketganida qanday ahvolga tuşardi? Qaniydi, şunday bölib qolganida. U nima qilardi? Tavba de, nimalar deb aljirayapsan? Ehtimol, közgudan umuman qaramagandir menga. Lekin…” Oradan bir neça kun ötgaçgina, imkonsiz bir tuyğuga, sarobga berilib ketayotganini anglab yetdi. Keyinçalik esa bu dard ustini çang qopladi….
– Qizlar, bir iltimos, domla kelsa, uzrimni aytib qöyinglar. Uçinçi paraga kirolmayman-da. Bugun qişloqdoş dugonamning tuğilgan kuni. Bolasi kasal ekan, yordamga ertaroq çaqirgan edi, şunga. Mayli, yaxşi qolinglar, – deb Hanifa şoşa-pişa auditoriyadan çiqib ketar ekan, orqasidan aytilgan: “Tavba, kimning u bilan neça pullik işi bor”, degan pisandani eşitmadi.
Hanifa dugonasi Rohilanikida uyni tozalaşga, pişir-kuydirga yordamlaşdi. Öşa kuni hamma işlar tugagaç, quyoş botmasdan ketişga şaylandi. Şu payt telefoniga xabar kelganini bildiruvçi kakku ovozi yangradi. Odatdagiday uyali aloqa kompaniyasidan reklamalar yoki FVVdan xabar, degan öy bilan beeʼtiborgina telefoniga nazar taşladi. Yöq, nomaʼlum raqam. “Salom, Hanifa. Yaxşimisiz? Men sizni ançadan beri kuzatib yuribman. Lekin siz meni tanimaysiz, balki körgandirsiz. Hozir qayerdaligingizni ham bilaman. Yöq demasangiz, sizni pastda kutib turaman. Işlaringiz tugagaç, javob yozing, iltimos”. Avvaliga Hanifa hayratdan entikib ketdi, söng miyiğida kulib qöya qoldi: “Qanday yaxşi, kimdir adaşib bölsa-da, şunday SMS yozib tursa. Yöq, töxta. “Hanifa” degan-ku. Ham “işlaringiz tugasa” degan. Içki bir hayajon bilan yana qayta öqidi. Rohila tamaddi qilmasidan uni qöyvormasligini aytib, xayollarini tözğitib yubordi. Ovqatdan totingan bölib örnidan turdi. “Ketib qolmasin-da”, degan öy Hanifaning öziga ham sezdirmasdan uni şoşirar, tezroq köçaga çorlardi. U qöliga telefonini oldi: “Kimligingizni bilmadim-u, lekin iltimos qilganingiz uçun yozyapman. Işlarimni tugatdim, tuşyapman”. Kim bölsa ham, köçada turgan bu yigitning şunça yildan beri kutayotgan şahzodasi ekaniga negadir qattiq işonardi şu tobda. Dugonasi bilan şoşa-pişa xayrlaşdi. Zinalardan göyo uçib tuşayotganda dugonasinikiga turnaqator çiqib kelayotgan mehmonlarga duç keldi. Oralaridagi gul kötargan ikkita qişloqdoş qizni tanidi, salomlaşdi. Erkak larning çehralari lip-lip ötdi. “Yaxşimisiz?”. Savolni kim bergani-yu, özining nima deb javob qilgani esida ham qolmadi. Qandaydir qörquv ostida taşqariga asta qadam qöydi. Yengil şabada unga dalda bergandek boşini silab ötdi. Farzandlarini öynatib yurgan yoş juvonlardan, örindiqlarda suhbatlaşib ötirgan uç-tört keksa ayoldan boşqaga közi tuşmadi. Hanifa atrofga xavotir bilan qaradi. Yana bir-ikki qadam taşladi. Kutilgan odam yöq. Oqşom tuşayotgani haqida xabar tarqatib gala-gala uçib ötayogan quşlar çuğurlab, göyo kelayotgan tunga yöl böşatişardi Hanifa bekatga qarab qadamlarini tezlatdi. Bekatda ötirgan yoşi elliklarga borgan ayol bilan erkakning yoniga ohista çökdi. Keyin kimnidir körmay qolişidan yoki kimdir uni körmay qolişidan çöçib darrov örnidan turdi. Ehtiyotkorlik bilan goh öng, goh çap, goh orqa tomonga nigohini qidiruvga yubora boşladi. Bir oz ötgaç, yonidagilarning suhbatidan ularning er-xotin ekanligini angladi. Ular katta qizlarini davolatiş, operatsiya haqida asabiylaşib suhbatlaşişar, goh talaşib tortişişar, ora-orada ayolning yiğlamsiragan tovuşi eşitilib qolardi. Uzoqdan avtobusning qorasi köringan ham ediki, er-xotin örnidan siljidi.
– Sen avtobusda ketaver, men orqangdan yetib olaman. Bugun juda çarçading, – dedi-da, erkak norozinamo qarayotgan ayolini avtobusga çiqarib yubordi. Söng avtobus ortidan şaxdam qadamlar bilan yurib ketdi.
Hanifa közida endigina yongan, sönişni istamayotgan umid uçqunlarini ötib-qaytayotganlarga ulaşişdan çarçamasdi. “Şu vaqtgaça eʼtibor bermagan ekanman. Nega odamlar robotga öxşaydi. Nigohlari qotib qolgan. Ular ham bir paytlar sevgan yoki menday sevilganmikan? Yuzlarida biror tuyğu alomati sezilmaydi. Göyoki yurib ketayotgan haykallar. Axir, hayot gözal-ku! U bilan men bir umr zavqlanib yaşaymiz, yuzimizda doimo quvonç, şodlik balqib turadi. Hammaning bizga havasi keladi…”. Hanifa ilk bora atrofdagilarga baho berayotgan, kelajagi haqida maftunkor xayollarga berilayotgan edi.
Ötayotgan har bir lahza “U hozir yoningga keladi” degan umidni Hanifaga saxiylik bilan taqdim qilar, tobora quyuqlaşayotgan qoronğilik esa u kutayotgan, yonida turgandek his qilayotgan siymoni asta-sekinlik bilan undan nariga olib ketardi. Nihoyat vaqt allamahal bölganda navbatdagi töxtagan avtobus uni bağriga oldi. Çiqib, deraza tomondagi örindiqqa çökdi. Ammo nigohi kimgadir ilinib qoliş ilinjida manzilga yetgunça taşqarida qoldi. Hanifaning közidan yoş tomçilari öziga ham sezdirmay dumalab tuşdi.
Xonasiga kirgaç, ança vaqtgaça davom etgan uyqusizligiga “Aytuvdim-ku, xabar adaşib kelgan” degan xulosa çek qöydi…
– Bergan vazifam böyiça faqatgina Hanifaning, Mahliyoning, Doniyor va Suxrobning javobi qoniqtirdi. Qolganlarning tayyorgarligi yaxşimas. Mayli, hammaga ruxsat, – deb ikkinçi soatga kirgan professor çiqib ketdi. Şu payt Hanifa eşik qiyasidan kimdir imlayotganini sezib qoldi. Qarasa, kursdoşi Mahliyoning singlisi Gulhayo. U pastki kursda öqiydi.
– Salom, yaxşimisiz, Gulhayo? Opangiz pastga ovqatlangani tuşib ketdi-yov. Yo u-bu fandan yordam kerakmi, tortinmay aytavering…
Gulhayo u yoqdan-bu yoqqa jovdirayotgan közlarini Hanifaning közlariga tikdi-da, xijolatli jilmayib, orqasida yaşirib turgan bir dasta atirgulni olib tutqazdi.
– Hanifa opa, bu gulni sizga bir yigit berib qöyişimni tayinladi-yu, közdan ğoyib böldi. Lekin uni tanimayman.
Hanifa guldan-da battar qizardi. Keçagi ilinju umidsizliklardan hamon parokanda xayollar gulga talpingan kapalaklarday yana qaytib keldi. Qalbida uyğongan quvonç tuyğusi unga bir quçoq atirgulning zavqini bergandek böldi. Gulhayo ketgaç, Hanifa malikalardek yaşnab turgan atirgullarga qayta-qayta termular, qayta-qayta hidlab iforiga töymasdi. Söng uni qölida avaylab va balandroq kötargança auditoriyaga qaytib kirdi.
– Çiroyli ekan. Qayerdan uzdingiz? – dedi orqa partada ötirgan qiz. Hanifa “Menga gulni kimdir berişi mumkinligi bularning xayoliga ham kelmaydi”, degan öydan maʼyuslanib turgan ham ediki, şoşilib kirib kelgan Mahliyo gulni körib:
– Ö, çatoqsiz, Hanifa. Kim berdi? – dedi.
Bu savoldan ruhi toğdek kötarilib ketdi. Mahliyoni quçoqlab olgisi keldi. Şu payt professor kirib qolgani bois Hanifa Mahliyoga javob tariqasida jilmayib qöya qoldi. Dars davomida Hanifaning öşa afsungar xayollari uni uzoq-uzoqlarga olib ketdi. Ammo qisqa yangragan kakku ovozi uni yana öz joyiga qaytardi. Şoşa-pişa sumkasidan telefonini oldi. Ha, öşa raqam. “Salom, Hanifa. Meni keçiring, öşa kuni sizga körinişga özimda kuç topa olmadim. Bu gulni esa uzrim belgisi sifatida qabul qilişingizdan umidvorman”. Xona derazasidan möralab turgan qiş Hanifaning qalbida yaşnayotgan bahordan hayratlandi. “Ey, Xudoyim… u kim bölişi mumkin? Kim ekan-a? Endi nima deb javob yozaman?.. Xöş, “Gul uçun rahmat. Lekin siz kimsiz?”. Yöq, bölmadi. Juda qöpol çiqdi. Qizbolalik latofatim har bir sözimda bilinib turişi kerak. Uf, barmoqlarim namunça titramasa. Ha, topdim. “Gul uçun taşakkur! Ammo kimligingizni bilolmayapman”. Bor tavakkal – “jönatiş”. Orqa qatordagi qizlarning qiqir-qiqir kulgusiga hamohang qönğiroq ham yangradi. Hanifa hammadan söng auditoriyadan çiqdi. Zinadan asta tuşar ekan, röparasidan çiqib qolayotgan yigitlarga köz qirini taşlab-taşlab qöyardi. Heç kimning u bilan işi yöq, uning bor-yöqligini bilişmaydi ham. Şaharga kelgandan beri sehrli qalpoqça kiygan közga körinmas odam edi u. Har holda, özini şunday hisoblardi. Endi hammasi boşqaça bölişini, kimningdir eʼtiboriga tuşgan inson ekanligini öylab quvondi. Bu dunyoga kelganidan, qaysidir yurakda özining ham qiyofasi borligini tuyganidan, mana bu ötib qaytayotgan odamlarning, dugonalarining borligidan, ana şu zinalar va oppoq devorlarning gözalligidan, taşqarida quyoş nur soçib turganiyu daraxtlar va osmon mavjudligidan u ilk bora masrur, sarxuş edi. Ana, orqasidan qadam tovuşlari eşitilyapti. Hanifaning yuragi otilib ketiş darajasida guppillay boşladi. “Öşa yigit bölsa-ya” degan xayol oyoqlaridan majolini oldi. Ortiq yurolmadi, joyida tek qotdi. Qadamlar juda yaqin keldi. Yonidan sumkasini titkilagança bir qiz beeʼtiborgina ötib ketdi. Hanifa havosi çiqib ketgan pufakday böşaşib qoldi: “Uh, xayriyat-ey”. U yotoqxonaga ketar ekan, yöl böyi SMS egasini sergak nigoh bilan izlardi. Xonasiga ming öy bilan kirgan ham ediki, yana kakku ovozi eşitildi. Hayajon-la telefonini olib qaradi. Yana öşa raqam: “Hanifa! Sizni körgaç, kimligimni, nima uçun yaşayotganimni unutdim. Men sizga röbarö bölişga botinolmay, öz yoğiga qovrilib yurgan oşiğingizman. Şuning uçun mendan ranjimang”. Hanifa kutilmagan bu sözlarni öqir ekan, negadir javon eşigiga örnatilgan böy baravar oynaga nigoh taşladi. Tekis taralib, oddiy turmaklangan soçlaridan tortib, siyrak qoşlari, nari-beri nimpuşti böyoq surilgan lablari, kulçaday istarali yuzi va ammo töladan kelgan qomatiga qarab, qahqah otib kulib yubordi: “Oşiğim. Meni-ya? Men heçam birov körib unutib yuboradigan darajadagi qiz emasligimni özim ham bilaman. Ançadan beri bunaqa kulmagandim. Demak, aniq anglaşilmovçilik bölyapti. Bu beçora boşqa Hanifaning raqamini kimdandir söragan, u odam adaşib menikini berib yuborgan. Buni hozir yanada oydinlaştiramiz. “Siz meni boşqa qiz bilan adaştirib yuborgansiz, şekilli” degan sözlarni terdi-yu, biroz öylangaç, yana öçirib taşladi. Keyin yana şu gapni yozdi va yoniga qöşimça qildi: “Agar unday bölmasa, ayting-çi, men bugun qanday rangdagi kiyimda edim?”. Endigi keladigan javob Hanifaning orzulari yo ölişiga, yo tirik qolişiga sabab bölişini özi ham bilardi. U telefonini yostiğining tagiga qöydi-da, pastki qavatga tuşib ketdi. Nima uçun bunday qilayotganiga aqli yetmasdi. Dahlizda u yoqdan-bu yoqqa borib keldi, oçiq deraza tomonga ötib kökka uzoq tikildi. Oppoq bulutlar asta yoyilib, osmonga singib, közdan ğoyib böla boşladi. Hanifa yöqolib borayotgan bu bulutlarni öz şahzodasi haqidagi orzulariga mengzadi. Söng yurak yutib, yana öz qavatiga, öz xonasiga çiqdi va asta yostiğini kötarib telefonini oldi. Xabar kelgandi: “Oşiqlarning yuragi heç qaçon adaşmaydi. Menga şunçalik işonmabsiz-da. Bugun qora yubka, jigarrang koftada edingiz. Darslaringiz 308-xonada böldi. Meni hali körmagansiz, holatingizni töğri tuşunaman. Faqat menga vaqt bering”. Hanifa özini karavotga taşlab, yuzini yostiqqa bosgança höngrab yiğlab yubordi…
– Ö, duşanbadan özgarişlar katta-ku. Gulday oçilib ketibsizmi?
– Eh-he, Hanifaxon, siz öşamu?
– Bugun y-by tanişingizning töyi bormi? Oxirgi darsga yana kirmaysiz-ov.
Auditoriyaga etagi burama, belida yaltiroq tasmasi bor puşti kuylakda kirib kelgan Hanifa kulgu aralaş berilayotgan savollarga qizarinqiragan holda iymanibgina qisqa javob berib, joyiga tezroq ötirişga şoşildi. Bunday kiyinib kelgani uçun öziga taʼna toşlari yoğdirdi. Dars ham boşlandi. Ammo Hanifaning xayoli qölida u yoqdan-bu yoqqa aylanayotgan telefoni bilan birga aylanardi. Mana, nihoyat kakku ovozi, kutilgan raqamdan SMS ham keldi: “Salom, xayrli kun, Hanifa! Bugun gulday oçilib ketibsiz. Sizni köngil boğimni yaşnatguvçi gulim deb ataşga izn bering. Ammo şuni unutmangki, men sizni har qanday holatingizda ham…”. Hanifa gulxan örtasiga tuşib qolib, özini yonayotganday his qildi. Yuzi köylagining rangi bilan bir xil böldi-qöydi. Beixtiyor çehrasiga tabassum yugurdi.
– Dilqulova, ahvolingiz yaxşimi? Betob bölsangiz, ayting, ruxsat beraman.
– Yöq, yöq. Hammasi joyida, yaxşiman, domla. Uzr.
Eʼtiborni tortmaslik uçun özini tutib olişga harakat qildi. Ustozga qarab ötirgandek bölsa ham, közlari parta ostidagi telefonida böldi. Endi Hanifa bor diqqatini jamlab, nima deb javob yozişni öylardi. Unga boşqa dugonalari kabi ardoqlaniş, qizlik latofatini namoyiş qiliş imkonini berayotgan xayoliy şahzodasini yöqotişni istamasdi. Çunki Hanifa şunça yillar davomida muhabbat tuyğusiga muhabbat qöygan esa-da, lekin hali unga muhabbat qöyişmagandi. U yozgan javobini köp marotaba öçirib taşlar, jumlalarni qayta-qayta tuzardi. “Salom. Rahmat, yaxşi. Özingiz yaxşimisiz? Bugun ham meni köribsiz-da. Demak, şu yerda tahsil olsangiz kerak-a?”
– Şohista, nimaga kulyapsizlar? Mahliyo, sizga nima böldi? Kulgili mavzu ekanmi?
Hanifa öqituvçining kursdoşlariga bergan dakkisidan xayollari jilovini bir zumga torta oldi. Yana kakku ovozi… “Hanifa, sizni har kuni kuzataman. Bir kun körmasam, hayot men uçun tugagandek böladi. Bu yerda öqimayman, ötgan yili bitirganman. Menga közingiz tuşgan, ammo eʼtibor bermagansiz. Körişganimizda özim haqimda batafsil aytib beraman. Hozirça meni keçiring”. Bu xabarni öqigaç, Hanifa yozgan javobiga afsuslandi. “Uf, özimni körişişga ölib turgan yengiltak qizlarday tutdim-da. Uf… darvoqe, meni körgansiz, dedimi? Şu vaqtgaça köpçilik yigitlarga şunçaki közim tuşgan-ku… – ammo miyasiga çaqmoqday urilgan fikrdan seskanib ketdi. – Nahotki… nahotki, bu öşa bölsa?! Faqat u bilangina nigohlarimiz töqnaşgan. Bu SMSlar maşina urib ketay deganda aytgan sözlariga öxşab ketadi… Şunday yigit-a? Meni-ya?.. Yöğ-ye, balki boşqadir. Ammo kim bölişi mumkin? Ey Xudoyim! Nimadir yozişim kerak, nimadir. “Mayli, qöyavering. Sizni tuşundim, köp ham xijolat bölmang”. “Xijolat”dagi “x” qattiqmidi, yumşoqmidi? Munça dovdiramasam”. Hanifa boşini asta orqasidagi partaga burdi-da, Çarosdan “x”ning qandayligini söradi. Töğri yozgan ekan.
Bugungi darslar tugagaç, odatdagiday yotoqxonaga qarab yöl oldi. Daraxtlar Hanifaning yurişidagi, özini tutişidagi özgarişni körib hayratlarini şamol bilan şivirlaşardi. Hanifa avvallari befarq ötkazadigan har bir kunni endi ilhaq bölib kutar, özi ham bilmaydigan yana qandaydir möjizalar sodir bölişiga işonardi…
– Hanifa opa, şoşmang. Salom, yaxşimisiz? Ö, özgarişlar katta-ku. Soçingizni taşlab olganingiz yaraşibdi. Mana, buni yana öşa yigit berib yubordi.
– Mengami?! Töxta, Gulhayo. Haligi… öşa yigitning körinişi qanaqa? Hali uni körmaganman, kim özi? Bu gap faqat oramizda qolsin, xöp?
Gulhayo orqasiga bir qarab qöydi-da:
– Menga işonavering. Oçiğini aytsam, çiroyli yigit ekan, – deb jilmaydi. Söng xavotirli ohangda: – Mayli, men ketdim, domlamiz keçikkanlarni darsga kirgazmaydi, – degança yugurgilab ketdi.
Hanifa qölidagi şokolad qutisiga zavq bilan qaradi. Auditoriyaga kirar ekan, uni sumkasiga solişni istamadi. Dars hali boşlanmagan. Kursdoş yigitlar gap taşlaşdi:
– Hanifaxon, oy ekansiz, şokoladga boy ekansiz.
– Şirin bölsa kerak, a?
Hanifa odatdagiday uyatdan qizardi:
– Yöq, tuğilgan kunim emas. Şunçaki, berişdi, – dedi va qutini oçib, mayl bildirganlarga şokoladdan tarqatdi. Hanifa şu payt kimlardir unga havas bilan tikilib turganini his qilib, ğururlanib qöydi. Biroz fursat ötgaç, xonaga professor bilan birga fakultet dekani, uning yordamçisi kirib keldi. Salom-alikdan söng talabalarga şartnoma muddati tugayotganini, vaqtida tölamaganlar darsga kiritilmasligini eslatib qöyişdi. Hanifa bu borada boş oğritmasa ham böladi, ota-onasining xabari bor. Hozir “körinmas odam”ga qanday minnatdorlik bildiriş kerakligini öylaşi zarur. “Salom. Xayrli kun. Şirinlik uçun katta rahmat!”. Darhol kakku ovozi yangradi, javob keldi: “Salom, gulim. Arzimagan narsa uçun rahmat deyişning hojati yöq. Hayotimga kirib kelganingiz uçun sizga rahmat!”.
– Dilqulova, doskaga marhamat. Daftaringizni ham olib çiqing.
– Menmi? Ustoz, uzr, bugun darsga tayyor emasman. Keça… keça mazam bölmagandi, – birinçi marta yolğon gapirgani uçun Hanifa quloqlarigaça qizarib ketdi.
– Şundaymi, mayli, sizga işonaman. Lekin keyingi dars albatta tayyor böling.
U birinçi marta yolğonning şirin mazasini tuydi. Tanaffusda yoniga Mahliyo kelib ötirganini sezmay ham qolibdi.
– Bunaqa vaziyatlar bölib turadi. Hayotda öqişdan ham muhim narsalar bor axir, töğrimi, – muloyim jilmaydi Mahliyo. – Endi qaçon “poçça” bilan taniştirasiz? Uyalmang, axir kursdoşmiz-ku.
Hanifa bu gapdan allaneçuk ğalati bölib ketdi. Yana löppi yuzlari bir zumda qizardi. Ammo hali özi körmagan yigit bilan qanday taniştirişni öylab, javob berişga oğiz juftlagan ham ediki, telefoni jiringlab suhbatga aralaşdi. Hanifa yuragi taka-puka bölib raqamga qaradi. Qönğiroq qişloqdan ekan. Mahliyoga uzr aytib, javob bergani xonadan çiqdi. Otasi bilan endi salom-alik qilayotgan paytda ikkinçi yönalişdan öşa taniş raqam çiqib qoldi. Garçi Hanifa hayratda qolgan bölsa-da, otasi bilan suhbatni bölişga qurbi yetmadi. Otasining qişloqdoşlar hol-ahvoli haqidagi, şartnoma uçun jönatayotgan pullari uç kundan söng yetib borişi töğrisidagi gaplari Hanifaning quloğiga kirmay qöydi. Suhbat tugagaç, telefoni qöllari orasidan tuşib ketişiga bir bahya qoldi. Şu paytgaça u qönğiroq qilişi ham mumkinligini xayoliga keltirmagandi. Nima qilişini bilmay bir nuqtaga qadalib qoldi. Oxiri eʼtiborga eʼtibor bilan javob beriş kerak, degan qarorga keldi va qönğiroq qiliş tugmasini bosdi. Mana, bir marta çaqirdi, ikkinçisi, uçinçisi… Yöq, kötarmadi. Közlariga yoş qalqdi. “Boşqa bilan gaplaşayotganimni bilib, notöğri xayolga borgan. Yaxşisi, SMS yozaman: “Uzr, sizga javob bera olmadim. Otam bilan gaplaşayotgan edim. Yana boşqa xayollarga bormang”. Professor kelayotganini körgaç, xonaga kirişga majbur böldi. Joyiga ötirgan ham ediki, kakku ovozi yangradi. Darrov qaradi: “Hanifa, sizga özimdan ham ortiq işonaman. Notöğri xayolga umuman borganim yöq. Faqat qaytib qönğiroq qilganingizda ovozingizni eşitişga hali tayyor emasligimni his etdim. Bu odobsizligim uçun meni keçiring”. Yelkasini bosib turgan toğ qulab tuşganday yengil tortdi.
Hanifaning umr mazmuni telefonidagi kakku ovoziga ilhaqlikdan iborat bölib qoldi. U goh şirin orzular ketidan quvar, goh bu orzulari jilovini “Nega körinmayapti?” degan öy tortib qöyardi. “Balki uni men bilan körib qolişlaridan çöçirmikan? Men bilan yonma-yon turişdan or qilsa-çi?.. Yöğ-ye, unday bölganida şu vaqtgaça menga bunçalik hissiyotli sözlarni jönata olmasdi-ku. Yoki… Özining biror nuqsoni bormikan… oqsoqmikan yo? Özi asrasin. Balki ilk uçraşuvimiz uçun maxsus qaysidir kunni belgilayotgandir…”. Yozişmalarga, öy-xayollarga guvoh kunlar esa asta ötib borardi…
Bugun darsdan qaytişda Mahliyo unga hamroh böldi.
– Siz ham yotoqxonagami? Keça yöq edim, dekan kelib majlis qilibdi-a? Yöqlarga indamadimi? – deb söradi u.
– Davomat qilmadi, umumiy yiğiliş böldi. Keyingi haftada qilinişi kerak bölgan işlar haqida gapirdi.
– Unda yaxşi. Darvoqe, Hanifa, bayramni “poçça” bilan nişonlasangiz kerak-a?!
Hanifa bunday gaplarga könikib qolgan bölsa-da, qizariş hali ham unga begona emasdi:
– Qöying, bunaqa gaplarni.
– Bilaman sizni. Balki, “poçça” katta sovğa bilan kelar, deyman-da.
Öz qavatlariga çiqqaç, xonalariga tarqalişdi. Bugun ovqat qiliş Hanifaning navbati bölgani uçun kiyimlarini almaştirib oşxonaga bordi. Hali xonadoşi kelmagan ham ekan. “Öşa kuni u menga nima der ekan? Bayramda uçraşuvga taklif qilib qolsa, nima qilaman? Qaysi köylagimni kiyib çiqaman? Har ehtimolga qarşi, kimdandir qarz olib turay. Kuyib ketgan piyozning hidi surayotgan şirin xayollarining taʼmini buzib yubordi. Nima ovqat qilayotganini bir zum esladi-da, qozonga suv solib, xonasida qolib ketgan telefonini olgani yugurdi. Kutganiday orzubaxş raqamdan xabar kelgan: “Yaxşimisiz, qalbim zulmatini yoritgan Hanifam? Çarçamayapsizmi? Afsuski, sizga özim uçun noxuş bölgan xabarni yetkazmoqçiman. Xorijga magistratura uçun hujjat topşirgandim. Boyagina ertaga ertalab Angliyaga uçib ketişim haqida xabar qilişdi. Oldingizda judayam xijolatdaman. Na siz bilan körişa oldim, na bayramni nişonlaş nasib qildi. Öşa kunni intizorlik bilan kutayotgandim. Faqat mendan ranjimang”. Hanifa ruhi çiqib ketgan jonsiz tanaga aylanib qoldi. Joyidan jilişga madori yetmadi. Közini derazadan körinib turgan moviy osmonga qaratdi. Şu darajada tip-tiniqki, göyoki köm-kök ummon samoga aylanib qolgandek. Hanifaga asta-sekin rang kirdi, yana öşa quvnoqroq holatiga qaytdi va javob yozişga kirişdi: “Rahmat, yaxşi. Tabriklayman, eşitib xursand böldim! Bemalol econ-omon borib kelavering. Aslo xijolat bölmang”. Kakku ovozi kuttirib ötirmadi: “Tuşunganingiz uçun rahmat, Hanifa. Mart oxirlarida qaytsam kerak. Siz bilan u yerdan boğlanişga harakat qilaman. Özingizni ehtiyot qiling, gulim. Mayli, yaxşi qoling”. Hanifa nomaʼlum şahzodasi nafaqat uni sevişini, balki xorijda ham öqişini eşitib, unga qançalik havas qilişlarini öylab yuragidagi ğaşlikni haydaşga urindi.
Keça otasi şartnoma pulini kirakaş-taksiçidan berib yuborayotganini aytdi. Birozdan söng Hanifa kelişilgan manzilga borişi kerak. Ustozidan ruxsat olib, şoşilgança zinalardan tuşib ketayotgan edi, kimningdir “Hanifa” degan çorlovi uni taqqa töxtatdi. Gurs-gurs urayotgan yuragini hovuçladi, ammo orqasiga qaraşga özida kuç topolmadi. Yana yigitning öşa çaqiruvidan söng asta burildi. Qarasa, dekanatda işlaydigan, öttiz yoşlardagi, böyi pastakkina, Ğanişer aka qölida qoğoz bilan turardi. – Yaxşimisiz, Hanifa? Sizni izlab çiqqandim. Şoşyapsiz, şekilli. Köp vaqtingiz ketmaydi. Mana bu anketani töldirib bering. Faqat sizniki qolgan.
Hanifa çuqur xörsindi-da, qoğozni şoşa-pişa töldirişga kirişdi.
– Mana bu yeriga ism-familiyangiz, keyin tuğilgan joy, sana, yilingiz, bu tomoniga ota-onangizning ism-şariflari va telefonlari, bu yoqqa doimiy va hozirgi yaşaş manzilingiz, oxiriga özingizning telefon raqamingiz. Mabodo, ayrim kursdoşlaringizga öxşab bir neçta raqamingiz bölsa, öşalarni ham yozing.
Hanifa hammasini töldirib, qoğozni uzatar ekan, bexosdan közi taniş raqamlarga tuşib qoldi. Bu raqamlar har safar kakku ovozidan söng yuragini hapriqtirib paydo böladigan, nomaʼlum sohibining umidbaxş mujdalari bilan oromini öğirlagan, tunu kunga aylangan xayollaridan gözal ertaklar töqigan va uni dunyoda seviliş degan baxt borligiga işontirgan öşa sirli raqamlar edi. Hanifa xatosini tuzatiş bahonasida qoğozni qaytarib oldi. Avvaliga, şunçalik boğlanib qolganim uçun közimga körindi, deb öziga işonmadi. Söng butun vujudi közga aylandi. Bu sonlar kimningdir ikkinçi telefon raqami sifatida yozilgandi. Adaşmaslik uçun Hanifa titrayotgan körsatkiç barmoğini asta yurgizib, öşa qatordagi ism-familiyaga olib bordi… Yöq, adaşdi, şekilli. Iç-içidan bir tuyğu adaşgan bölişini Xudodan yolvorib sörardi. U ism-familiyaga qayta-qayta köz yugurtirar, lekin raqam sohibi özgarmasdi. Sumkasidan darrov telefonini çiqardi-da, raqamlarni bittama-bitta soliştirdi…
Ertaga xotin-qizlar intizorlik bilan kutadigan sana – 8-mart. Ayrim qizlar bugundanoq bayramni nişonlaşni boşlab yuborişgan. Şunday bölsa-da, qattiqqölligi bilan nom çiqargan domlaning darsiga ön beş daqiqa oldin hamma yiğilgan. Mana, eşik asta oçilib, soçini özgaça turmaklagan, pardoz-andozi öziga yaraşgan, egnida yangi köylak, bir qölida dasta atirgullar, yana bir quçoğida katta oppoq ayiqni qöltiqlagança Hanifa kirib keldi. Sukunat ötirganlarni öziga öxşab gung va soqovga aylantirdi. Birov vaqtni töxtatib qöygandek bir zumga heç kim qimirlay olmadi. Hanifa asta yurib qölidagilarni böş turgan orqa partaga qöydi-da, joyiga kelib ötirdi. Ayniqsa, uning yuziga yaqinda çizilgan kibrli tabassumning siyohi hali qurimagandi. Şundan söng atrof yana harakatga keldi. Hamma yaproq kemirayotgan bir uy pilla qurtiga öxşab piçirlaşga tuşib ketdi. Faqatgina Mahliyo hali-hanuz qimir etmasdi.
Darslar tugagaç, Hanifa bilan birga yotoqxonaga ketuvçi qizlar safi kengaydi. Yöl böyi goh unisi, goh bunisi uning qölidagilarni kötarişib yuborişga ruxsat sörar, atirgullarni esa hidlayverib bezor qilişgandi. Yotoqxona yoniga yetganda Hanifa taqqa töxtadi:
– Darvoqe, qizlar, malol kelmasa, bularni xonamga kiritib qöya olasizlarmi? Hozir ketişim kerak, meni kutişyapti.
Qizlar havas bilan tabassum qilgança, “albatta” deb çuğurlaşdi. Şu paytgaça bir çetda lom-mim demay kelayotgan Mahliyo birdan jonlandi:
– Siz ham çatoqsiz… – Mahliyo niqobsiz gapirayotganiga birdan aqli yetdi. – Bayramni “poçça”miz bilan nişonlasangiz kerak, deb töğri topgan ekanman-da. Men uçun muhimi, baxtli bölsangiz bas.
– Ha, “poçça”ngiz holi-jonimga qöymayapi, kerakmas, desam ham. Hozir ham kutib turibdilar. Mayli, men keçikmay… – dedi-yu, maşina töxtatib, turfa niyatli nigohlar kuzatuvi ostida jönadi.
Kursdoşlar öz hayratlarini örtoqlaşib, yöl böyi bu qiz kitobdan boşini kötarmaydigan, birovlar ustidan kulsa-da jilmayib qöyadigan, öziga yaraşmaydigan kiyimlar kiyadigan, ularning nazdidagi “laqqi” Hanifa ekanligiga özlarini işontirib borişdi. Hamma öz xonasiga tarqalib ketgandan söng ham bu mavzu ular bilan birga ança vaqtgaça xonalarda aylanib yurdi. Faqat Mahliyo qöli heç işga bormay xonasida ötirib qoldi. Bu hodisaga aslo aqli yetmas, öziga tinmay savollar yoğdirar edi. Eşikning şahd bilan oçilişidangina öziga keldi. Dugonasi Şohista hovliqqança kirib yoniga çökdi-da, uning xayollarini öqib turganday gap boşladi:
– Nima bölyapti özi, Mahliyo? Axir, qanaqasiga?.. U faqat siz jönatgan SMSlarga javob yozardi, telefonda ham gaplaşsa uydagilari bilan gaplaşardi-ku.
– Bilmadim, mening ham boşim qotgan. Umuman aqlim yetmayapti. Hanifaga anovi atirgulni, şokoladni singlingiz orqali biz bergan bölsak… Çet elga ketiş haqidagi SMSni ötgan kuni yozgan bölsam. Qisqa fursat içida birortani topgan bölişi mumkinmi? Bunaqa qimmat sovğalarni kim berişi mumkin?
– Tösatdan öziga öxşagan semiz baxt quşi qöndi desak, birov yoqtirib qoladigan ahvolda ham emas. Kiyinişi, pardozi uçun yonida hemiri bölmasa. Uydagilarimdan pul söramay deb kun böyi oç yurgan paytlarini ham bilaman… Nimasi borki, birov yoqtirib qolsa… Töğri, boşlagan öyinimizdan söng sal özgarganday böluvdi. Lekin bugun umuman boşqa qizga aylanib qolibdi.
– Uf, hozir jinni bölib qolaman. Unda kim Hanifaga bunçalik xuştor bölişi mumkin? Kim?
– Mayli qöyavering. Hali keladi-ku, şunda aniqlaştirib olamiz. Darvoqe, “Majnun”ingiz bayramga nimadir berdimi?
– Öqişdan söng yotoqxona oldiga boraman, degandi. Işqilib, ötgan safargiday kitob kötarib kelmasin-da. Özingizniki-çi?
– Menikiyam siznikidan qolişmaydi, şekilli. Avvaliga boyroqday tuyulgandi-da. Bölmaydiganga öxşaydi bu… – deb ikki dugona ança vaqtgaça hasratlaşib ötirdi. Şohista ketişga çoğlanib, deraza tomonga yaqinlaşdi:
– Ö, nihoyat bizning qurbaqadan malikaga aylangan dugonamiz kelyapti. Qölida yana allanima.
Mahliyo deraza yoniga yugurdi. Darhaqiqat, Hanifa qölida kattaroq quti bilan içkariga kirib ketdi. Ikki dugonaning közlari ança vaqtgaça bir-birlariga sözsiz qadalib qoldi. Oradan çoy qaynar vaqt ötgaç, xonadagi sukunatni Hanifaning quvnoq ovozi buzdi:
– Yaxşimisiz, qizlar? Iye, tinçlikmi, xomuş körinasizlar? Şirinlik bilan çoyga çaqirayotgan edim, yuringlar. Kayfiyatingiz ham kötariladi. Yana uç-tört qizni aytdim.
Kutilmagan taklifdan kalovlanib qolgan dugonalar qiziqsinib uning ortidan ergaşdilar. Stol ustida ayrim talabalarning faqatgina tuşlariga kirib çiqadigan, mevalar bilan bezatilgan katta tort savlat tökib turardi. Qolganlar ham kelişdi. Hanifa tortni bamaylixotir bölaklab, ketma-ket uzatdi. Qizlar boyadan beri içlarida toshib ketiş arafasida turgan savollarini yoğdira boşladilar. Hanifa sirli tabassum bilan ularni tinglardi.
– Xullas, kelişilgan joyimizda uçraşdik. Borsam, kafedagi stol va stul usti atirgullar bilan töldirilgan. Şunday gözal ediki! Keyin men otini bilmayman, allaqanday ovqatlar, şirinliklar buyurdilar. Tamaddi qildik, suhbatlaşdik. Mana bu tortni dugonalaringizga olib boring, deb berib yubordilar.
Hanifa qisqagina qilib, xotirjam ohangda şularni aytib berdi. Özini bunday tutişi unga yanada sirlilik baxş etardi. Keyin gap goh domlalarga, goh kursdoşlarga, goh darslarga köçar, ammo har zamonda Hanifaning mavzusiga qaytib kelardi. Keçga yaqin dugonalar unga minnatdorlik bildirişgança öz xonalariga tarqalişdi. Bu safar uyqusizlik Mahliyonikida tunaşga qaror qildi.
Hanifadagi bu özgarişlar, nomaʼlum yigitning unga oşiq bölib qolgani köpçilikning oğzida çaynalar, kursdoşlari orasidagi mavqei ham ança kötarilgandi. Hanifa borgan sari özini sovuq tutar, şunga qaramay atrofidagi ”parvona”lar soni oşib borardi. Har kuni goh darsxonaga, goh yotoqxonaga közni quvontiradigan tortlar, televizordan reklamasi tuşmaydigan qimmatbaho şirinliklar olib kelar va, albatta, ularni kursdoşlari, ayniqsa, Mahliyo bilan baham körardi. Mahliyo öylayverib, eti suyagi bilan bir bölay deganda taqdirga tan berdi va u ham girdikapalak böluvçilar safidan joy oldi. Ammo hammadan özini ustun biluvçi Mahliyo Hanifaning tabassumli yuzini, nomaʼlum yigitdan olayotgan sovğalarini körganda, içini nimadir qattiq tirnab qöyardi. Çunki u hali-hanuz Hanifani yuksak eʼtiborga, muhabbat tuyğusiga noloyiq deb hisoblardi.
Kunlar özaro quvalaşib Hanifaning tuğilgan kuni ham yetib keldi. Bugun kursdoş qizlarni özlari beradigan sovğadan ham köra Hanifaning nima kötarib kelişi köproq qiziqtirardi. Hattoki, bu borada öz taxminlarini aytib, garov ham boğlaşgan. Vaqt ötgan sari yotoqxona derazasidan möralab turgan talabalar sonining ortib borişi xuddi asalari inini eslatardi. Mana, şom yuziga qizğiş pardasini yopgan bölsa-da, kutilayotgan insondan darak yöq. Odatda Hanifa heç qaçon bunçalik keç qolmasdi.
– Ana, ana, kelyapti, – qiçqirdi kimdir. Bir-birlariga tiqilişib boşlarini derazadan çiqarişdi. Göyoki ular kimsasiz orolda çorasiz qolişgan-u, qutqargani xaloskor paydo bölgandek edi. Kötarilgan çuğur-çuğurdan quşlar ham hayratda jim bölib qoldi. Hammaning közi Hanifaning qölidagi narsaga qaratilgan.
Öziga oro bergan Hanifa öşa sirli tabassum bilan qölida çiroyli bezatilgan katta savatni kötargança yotoqxonaga yaqinlaşdi. Ikki yigit darrov tuşib, yordamga şoşildi va Hanifaning xonasiga avaylab olib çiqib berişdi. Şu zahotiyoq qizlar u yerga guvva yopirildilar. Butun dahlizni gullarning yoqimli ifori tutdi. Savatda bir quçoq qip-qizil atirgullar bir davra gözal qizlardek yastanib ötirişardi. Ayrimlar gullarni hidlaşga tuşib ketgan bölsa, yana ayrimlar ularni sanaşni boşlab yubordi. Şu payt kimdir hayrat bilan qiçqirib yubordi:
– Dahşat, qizlar, kinodagiday uç yuzta atirgul ekan.
– Yöq, uç yuz bitta, – birinçisining xatosini tuzatdi kimdir.
– Adaşyapsizlar, menda uç yuz beşta çiqdi.
– Qanday baxtli qizsiz-a? Hanifa, özingiz ayta qoling, neçta atirgul bor?
– Bilmadim, lekin “Dilimdagilarni izhor qilişga bu uç yuz bitta atirgul kamlik qiladi” degandek böluvdilar, – dedi sokin, ammo tabassum bilan.
– Voy, qaranglar, örtadagi atirgulning ustida qizil qutiça ham bor ekan. Oçsak maylimi?
Hanifa jilmaygança boş irğadi, uning nigohi qutiçadan köz uzolmayotgan Mahliyoda edi…
Qutiça ham oçildi. Yotoqxonaning butun binosini 5-qavatda kötarilgan qiyqirişlar, çalingan qarsaklar ovozi tutdi. Bunga qutiçadan çiqqan bejirim işlangan tilla uzuk sabab bölgandi. Kötarilgan şovqindan öpkasini qöltiqlagança yotoqxona nazoratçisi yugurib çiqdi va yiğilganlarni öz xonalariga tarqatib yubordi…
* * *
– Dilqulova, dekan örinbosarining xonasiga kirar ekansiz.
Hanifa yuragini xavotir bilan ğijimlagan köyi Jumayevning röparasiga kelib töxtadi. Oçiq qoldirilgan eşik ğiyqillagança yölakdagi talabalar şovqiniga va yana nimalargadir intiho yasagandek şarq etib yopildi. Dekan örinbosari siyrak soçlari taram-taram qilib taralgan boşini hadeganda stoldan kötarmadi.
– Çaqirgan ekansiz?
Örinbosar hamon boşini kötarmasdi, uning heç narsa öqimayotganligi, noxuş bir gapni aytişga tayyorgarlik körayotganligi şundoq körinib turardi. Örtaga asrga tatigulik jimlik çökdi. Nogahon nomsiz bir sezim Hanifaning yuragidagi ğijimlarni yoya boşladi va uni xotirjamlik rangiga böyadi. Qiz öz-özi bilan kuraşar, vaqtinçalik alamli tantanalar nihoyasiga yetganini anglatuvçi nuqta hozir qöyilajagini, yöq, yöq, qöyilib bölganini his qildi. Birdan dunyo böşab qoldi: na raqib bor, na döst bor. Mana bu auditoriyalar, kursdoşlar ham, olisdagi qişloği ham, ertangi kun ham maʼnisizlik qaʼriga ğarq böldi.
– Hanifa, – dedi öylayverganidan çuvakkina yuzi böğriqib ketgan örinbosar, – muhlat berdik, muhlat berdik. Ammo tölamadingiz. Dekan bilan rektoratga çiqib keldik. Ammo iloji yöq, qoida hammaga bir xil, haydaladi, dedi.
Hanifaning umid çiroği osilib turgan nozik rişta uzilib ketganday, atrofini zulmat qoplaganday böldi.
– Ammo sizning aʼloçi talabalarimizdan ekaningizni, şart-şaroitingizni tuşuntirdik. Rektor oxirgi imkoniyat, dedi. Manavi hujjatga tanişdim, deb qöl qöyişingiz kerak ekan. Uç kunda tölamasangiz, unda keyin boşqa çoramiz qolmaydi…
Hanifa qizlar kelib qolişidan xavotir ila kiyimlarini şoşa-pişa katta sumkaga joylardi. Mana bu muhabbatga aldaniş köylagi, mana bu intizorlik va alam köylagi, mana bunisi iztirob kofta-yubkasi, bunisi tomoqlarini böğgan, taşqariga otilib çiqolmagan xörlik şarfi, mana bu sönggi intiqom – qutiçadagi möjaz tilla uzuk… Otasi yuborgan kontrakt pulining dard va ğamga evrilgan parçalari. U birov quvib kelayotgandek yugurgilaganiça katta yölga çiqdi. Bir zum ikkilanib qoldi – qayoqqa? Savolga javob ham, javobga fursat ham yöq edi. Tezroq. U nimadan qoçayotganini özi ham bilmasdi. Halloslab borar ekan, köksidan yaralangan jonzotning ökirigiga öxşaş bir faryod bölinib-bölinib, nafasi bilan birga otilib çiqar, bu na yiği, na dod edi. Ammo közida yoş yöq, yurak izhorining sönggi buloği ham qurigandek edi.
Hanifa juda uzoq yurdi. Oyoqlariga suykalib, tap-tap urilib, uni şoşmaslikka, orqaga qaytişga undab kelayotgan sumkasi nihoyat uning qölidagi, yöq, yöq, butun vujudidagi quvvatni sörib oldi-da, bor oğirligini taşlab, uni töxtaşga majbur qildi. Hanifa sumkasining ustiga majolsiz çökdi. U yölning hayot qöşiği – avtolar va odamlar şovqinini eşitmas, nigohlari nomaʼlum nuqtaga qadalgança qotib qolgan, miyasining qaysidir qatida boşlangan oğriq boşini yorib çiqiş payida edi.
Şu payt uning ongi-şuuriga nimadir kirmoqçi bölib urinayotganini his qildi. Diqqatini jamlab buning ovoz ekanini, telefonidan taralayotgan kakku ovozi ekanini zörğa angladi. Kakku ovozi! Jonini birov burovga olganday ingrab yubordi. Kakku ovozi yana yangradi. Dafʼatan miyasida bir fikr çirillab aylana boşladi, telefonni otib yuborib, özini maşina tagiga taşlasa-çi? Hammasidan qutuladi. Nogahon darvoza oldida judolikni kötarolmay yiqilib yotgan onasi, Toşkentdan tobutini olib ketayotgan bir burdagina otasining qiyofasi köz öngida namoyon böldi. Xörligi keldi. Yana kakku ovozi. U nima qilayotganini özi ham anglamagan, ixtiyorsiz holda yarim oçiq hamyonidan telefonini qölga oldi. Qator SMSlar. Hammasi bitta telefondan. “Hanifa, darsdan çiqib biznikiga kel. Muhim gap bor. Rohila”. Içidan kinoyaga öxşaş bir narsa çizilib ötdi: dunyoda muhim narsayam bormi? Kakku ovozi yana bir neça bor yangradi. Öşa xabar. Hanifa uzoq ötirdi. Kirakaşlar maşinani bibillatib töxtatib, “Qayoqqa?” deb sörayverib joniga tegdi. Nihoyat, u örnidan qözğaldi. Yotoqqa yöl yöq, qişloqqa yöl yöq…
Eşikni oçgan Rohila xursandligidan terisiga siğmay ketdi.
– Xayriyat-ey, keldingmi, dugonajon? SMSga javob ham yozmaysan?
– Yozib ötiramanmi, bir kirib ötay dedim.
– Eh-he, katta sumka kötarib olibsan?
– Uyga ketmoqçi edim.
– Erta-indin ketarsan. Qani, içkariga kir.
Qand-qurs, çoy-non qöyilganidan çehrasi oçilgan dasturxon ikki qişloqdoş dugonani yoniga çorladi, dugonalar röbarö ötirişdi. Rohila çoyni qaytararkan, gapni nimadan boşlaşni öylab kayfiyatsiz ötirgan Hanifaga zehn soldi.
– Ranging bir ahvol, mazang yöqmi?
– Yöq, yaxşiman. Şu… sessiyadagi imtihonlar çarçatdi, şekilli.
– Parvo qilma. Uydagilarni bir körsang çarçoğing çiqib ketadi. Qani ol, dasturxonga qarab ötir. Endi… Men hozir, ovqatning tagini pasaytirib kelay.
Ovqat olovinimi, içidagi hayajon olovinimi pasaytirib kelgan Rohila gap boşladi:
– Hanifa, şu… kimdir nimagadir sabab böladi. Şu… biz bolalikdan dugonamiz… Töxta, avval sörab olay, faqat töğrisini ayt… birorta yigiting bormi?
Hanifa birov boşiga toş bilan urganday karaxt bölib qoldi. “Yotoqdagi gaplarni bu qayerdan eşitgan? Qişloqqayam yetib borgandir?..”
– Qöysang-çi şunaqa gaplarni.
– Menga qara, baribir şu savdo bugun bölmasa, ertaga boşingga keladi. Avval eşit. Tuğilgan kunimda kelganing esingdami? Bu gap öşa kundan keyin boşlangan.
Hanifa endi dong qotib qoldi. “Demak, menga kelgan SMSni öqigan. Qanday qilib? Telefon qölimda edi-ku…”
– Nima gap boşlanadi?
– Menga qara, mehmonlarni köruvdingmi? Ularni birortasini tanirmiding?
– Nima deyapsiz? Heç kim kelgani yöq edi-ku…
– Gapni bölmay tur. Zinadan tuşib ketayotganingda mehmonlar çiqib kelayotgan ekan, şundaymi? Öşalarning içida men bilan birga işlaydigan Gulnora bilan akasi ham bor edi.
Hanifa keraksiz bölib qolgan buyumlarni taşlab yuborişdan oldin yana bir bor titkilagandek xotirasini titkilay boşladi. Zinadan köpçilik çiqib kelayotgandi. Ikki qişloqdoş qiz bilan salomlaşdi. Öşa payt dardu dunyosi öziga yetib ortardi. Kimdir “Yaxşimisiz?” dedi. Javob berdimi-yöqmi, taşqariga otildi. Tamom.
– Öşa Gulnoraning akasi seni bilar ekan…
– Nima? Bilar ekan? Rohila, yotoqxona şunaqa ğiybatlarga tölib yotibdi, jonimga tekkan…
– Yotoqxonangdagi ğiybatlar boşqa. Hozir gap sen haqingda ketyapti. Birpas sabr qil, iltimos. Bilar ekan degani uçraşib yurgan ekan, degani emas-ku, bir marta körgan ekan.
Hanifa bu yoğiga Rohilaning gaplarini oxirigaça eşitişga mahkum ekanligini anglab, böşliqqa qaraganday dugonasiga tikilib ötirişdan boşqa çora topmadi. Bunday paytlarda qizlar qiziqib, “Qaçon, qayerda körgan ekan?” deb beradigan savollar ham bölmaganidan Rohila yigitning taʼrifiga tuşdi:
– Gulnoraning aytişiça, akasiga har qanaqa qizlar yoqavermaskan. Bir-ikkitasini körsatişgan ekan, bölmaydi, debdi. Yana topib qistayverişgan ekan, meni tinç qöyinglar, kerak payti özim topaman, debdi. Kelib-kelib, kutilmaganda zinada seni körib qolibdi. Bu qizni ilgari körganman, studentliginiyam bilaman, lekin otiniyam, qayerda öqişiniyam bilmasdim, suriştirib heç bölmasa telefonini olib ber, debdi singlisiga. Sen haqingda nima debdi degin: köp qizlarning közida taʼma bor, men çiroyliman, men senga yoqdimmi yoki puling köpmi, qayerda işlaysan, şunga qarab muomala qilaman, degan yozuv yozilgan turarmiş. U sening közingda bunaqa ğubordan asar ham körmabdi. Qara, qanday diqqatli yigit ekan, bir marta körganda şunça narsani ilğab olibdi. Keyin seni rosa izlagan ekan… – Rohila yana nimalarnidir aytsammi, aytmasammi deb biroz öylanib turdi. – Xullas, öşa kundan beri Gulnora “Gaplaşdingizmi?” deb holimga qöymaydi. Ismingni aytdim, özingdan söramasdan institutingni, telefoningni aytmadim. Şu paytgaça öyladim, balki yigiti bordir, dedim, Hanifaga yoqmasa-çi dedim, qişloqda Rohila Hanifaga er izlabdi, degan gap çiqsa-çi, dedim. Keça Gulnoraning bir-ikita aççiq gapi jonimdan ötib ketdi. “Akamni past köryapsanmi yoki bizning biror yomonligimiz bormi?” dedi. Uxlamay çiqdim… Nima deysan, telefoningni beraymi, yo bir uçraşib körasanmi?
Rohila dugonasidan sado kutib uzoq ötirdi. Javobsiz jimlik joniga tegdi.
– Bir narsa desang-çi! Yo könglimda birov bor deb ayt…
– Rohila, meniyam, özingni ham qiynama. Hozir menda köngil ham yöq, içida birov ham yöq. Birov bilan uçraşiş xohişi ham yöq. Juda çarçaganman.
– Öqiş adoyi tamom qilibdi seni, – Rohila havosi çiqarilgan pufakday böşaşib qoldi, kayfiyati tuşib ketdi. – Mayli, damingni ol, özingga kel. Keyin gaplaşamiz bu gaplarni.
Ertalab Hanifa uyqudan turganda Rohilaning eri işga ketib bölgan, bolasi boğçaga qöyib kelingan edi. Ikki dugona çoy içişga ötirişdi. Rohila keçagi gapni qözğamadi, ammo odatdagidan sermulozamatroq tuyuldi. Uni ol, buni ol, deb qistar, bolasining qiliqlarini aytib kulardi. Lekin nimadandir bezovta edi.
Şu payt eşik qönğiroği jiringlab qoldi. Rohila otilib turib eşikka yugurdi.
– Assalom-aleykum, kelinglar-kelinglar. Voy, nima qilib yuribsiz ovora bölib. Qani, içkariga. Dugonam kelib qolgan edi. Bu xonaga, qani, marhamat…
Xonaga böyi pastroq, soçlarini orqasiga turmaklab olgan, istarasi issiqqina qiz jilmaygança kirib keldi. Orqasida bir yigit turardi.
Rohila mehmonlarni Hanifaga taniştirdi:
– Bu Gulnora, birga işlaymiz. Bu kişi akalari…
– Yusuf akam, – dedi kulib Gulnora.
Taniştiruv şunçalik tez yuz berdiki, mehmonlar hurmati uçun tik turgan Hanifa nima bölayotganini anglaşga ham ulgurmadi. U avval qizga, söng yigitga qaradi va… turgan joyida qotib qoldi.
Maşinaning old oynasidan bir lahza tikilgan öşa nigohlar, uyqusiz tunlardagi xayollar, sarobga aylangan orzular, kakku ovozi har yangraganda köz öngida namoyon böladigan siymoga aylanib qarşisida turardi.
– Yaxşimisiz? – dedi yigit. – Öşa kuni uyga yaxşi yetib bordingizmi?
“Hoy, ehtiyot böling, singlim. Yaxşiyamki, sizga heç narsa qilmadi, Xudoning özi asradi” – bir paytlar takrorlanaverganidan qöşiqday yod bölib ketgan öşa sözlarning sohibi!
Hanifaning javob qilişga tili aylanmas, közlarida yoş jilolanib turardi.
Bibi Robia Saidova
1991-yili tuğilgan. Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti magistranti. 2014-yili Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi taşabbusi bilan “Birinçi kitobim” loyihasida “Parvoz” nomli hikoyalar töplami naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


