25 daqiqada öqiladi

100 marta körilgan

Sohibqiron

Şukuhli karvon

Triptix

 

 

Olti asrdan buyon Yer yuzida Buyuk jangçi va sarkarda haqidagi afsonalar kezib yuribdi. Muarrixlar qadim zamonlardan yetib kelgan kitoblarning har bir satrini sinçiklab, Amir Temur hayoti va merosini örganmoqdalar. Nizomiddin Şomiy, Şarafiddin Ali Yazdiy, Rui Gonsales de Klavixo, Ibn Arabşoh Sohibqironning janglari va ğalabalari, uning hayot tarzi, oilasi haqida xotiralar bitib, avlodlarga qoldirişdi. Quruq bayon yoki hayajonli bitiklarning satrlarida uşbu buyuk insonning har bir oddiy odam kabi yaqinlarini öylab boşidan ötkazgan taşvişlari, muhabbat yoki gumonlarga kömilib keçirgan hayotiga faqatgina işoralar bor, xolos. Amir Temur ota-onasini qadrlardi, bolalari va nabiralarini sevardi, yuragida ilk muhabbatini saqlab yaşardi. Yagona triptix – uçlikka birlaştirilgan uçta hikoya dunyoga keliş bilan ketiş orasida keçgan umr haqida sözlaydi. Ularga “Temur tuzuklari”, “Zafarnoma” asarlaridan olingan maʼlumotlar asos bölgan.

BIRINÇI SURAT

Tuğiliş

Amir Temur 736-hijriya şaʼbon oyining yigirma beşinçi kunida (1336-yil 9-aprel), seşanbaga ötar keçasi Keş yaqinidagi Xöja Ilğor qişloğida tuğildi. Uning otasi barlos uruği beklaridan bölmiş amir Muhammad Tarağay, onasining ismi esa Takina Mohbegimdir.

Köklam şabbodasi çodirga yaqindagina kökargan yovşan hidini olib kirdi. Amir Muhammad Tarağay kakra isdan lazzatlanib xörsinib qöydi-da, sut qöşilgan xuşböy damlamani içib tugatib, taşqariga çiqdi.

Sahardanoq atrofda odamlarning ğovur-ğuvuri, otlarning kişnaşi hukmron edi. Odamlar yer yuzida ğimirlab yurişar, yuksak osmonda esa quşlar çuğurlaşar edi. Amir köm-kök yuksaklikka şunça tikilsa-da, quşlarni körolmadi. Faqat törğayning çöziq sayroği uning bulutlardan ham balanddaligidan darak berardi.

“Yerda yaşaydi, kökda parvoz qiladi! – deb öyladi Muhammad Tarağay. – Allohning qudrati beqiyos, mittigina quş ne sabab şu qadar yuksakda erkin parvoz qila olmiş, faqat Özigagina ayondir”.

U Keş hukmdori Hoji Barlos ötkazgan oxirgi qurultoyni esladi. Öşanda juda köp nufuzi baland kişilar kelişgan edi. U ham şularning orasida edi. Keş amiri Hoji Barlos unga hamişa iltifot körgazardi. Lekin Muhammad Tarağay doim kelajak haqida öylardi. Uning xayollari olislarga – xuddi törğaydek erkin yaşay oladigan yerlarga qarab uçardi. Muhammad Tarağay erkni suyardi! Faqat daştdagina u özini erkin, göyo butun olamda yakka özi turgandek his qilardi. Ammo bir umr daştda yaşab bölmaydi! Xonlar, amirlar – bari yer uçun, taxt uçun jang qiladilar, kimningdir tarafida turişga majbursan. Amirni mana şu qiynardi. Öz uruğing bilan xotirjam yaşaş uçun biron iqtidor egasiga xizmat qiliş zarur. Yoki özing hammadan qudratli bölişing kerak.

Qölini orqasiga qovuştirib, amir öz qönalğasini bir muddatga taşlab, daşt tomon asta qadam taşladi. Yölini katta toş­baqa tösdi. U tangaçasimon burişiqlar bosgan panjalarini zör berib qimirlatgança, ilonsimon burilgan böyniga “qöngan” boşini baland kötarib ilgarilar edi. Amir töxtab, jonivorning qalqonidagi ajabtovur “naqş”ni tomoşa qilarkan, körgan tuşini esladi.

Xuddi hozirgidek, olis-olislarda qorli çöqqilar közga taşlangan daşt örtasida yolğiz özi turib… yarqiragan şamşirini har tomonga sermar, havo qiliçining ötkir tiğiga tegib, jaranglagan tovuş çiqarardi! Atrofni afsonaviy şuʼlaga töldirgan şamşirni esa unga xuşqad, xuşsurat, közlari muloyim yigitça bergan edi.

Muhammad Tarağayning yuragi hayajondan gursilladi. “Bu oddiy tuşmas!” – deya öyladi u va çodiriga qaytib, otini keltirişla­rini buyurdi.

Oyoği uzun tulporiga çaqqon minib, niqtaladi-da, piri Şamsiddin Kulolning uyiga yöl oldi. Önlab çavandozlar uni quvib yetişdi va orqaroqda ergaşib, daştga huş­yorlik bilan köz taşlab keta boşlaşdi.

Şamsiddin Kulolning karomatlari butun Movarounnahrga maşhur edi. Odamlar uning huzuriga maslahat istab kelişardi. Nufuzi baland kişilar harbiy yuriş boşlaşdan avval yoki qöşni amirning qiziga sovçi jönatişdan oldin uning fikrini söraşni odat qilişgandi. Körgan tuşining taʼbirini hazratdan boşqa kim ham aytib bera olardi?! Tuşi xosiyatli ekaniga esa u şubha qilmasdi!

Şamsiddin Kulol mehmonni oçiq çehra bilan qarşi oldi. Gullagan örikning törsimon soyasida töxtab, Muhammad Tarağay piriga körgan tuşini aytib berdi.

Keksa pir siyrak oq soqolini silagança quloq soldi. Oppoq salla pirning boşini bezab turar, uning öyçan sukuti esa aytilayotgan har bir sözga alohida ahamiyat baxş etar edi.

Muhammad Tarağay körgan tuşining taʼbirini söradi. Şamsiddin Kulol darhol javob bermadi. Ular oyoqlari tagiga gulbarglarini tökayotgan daraxtlardan taralayotgan muattar isdan lazzatlanib, boğ yölaklarida asta kezişdi.

– Siz öğil körajaksiz, muhtaram Muhammad Tarağay, – deb sokin-vazmin, taşlayotgan qadamiga mos tarzda gapirdi Şamsiddin Kulol. – Uning taqdiriga dunyoga hukmronlik bitilmiş. Alloh darakçisi Yer yuzini jaholat va zulmdan ozod qiladigan munosib öğil tarbiya qil, deb sizga şamşir topşiribdi. Omin! – deya pir közlarini kökka tikib, yuzlariga fotiha tortdi.

Amir Tarağay Yaratganga şukur aytib, pir ortidan oçiq kaftlarini yuzlariga surtdi, köksida hayajon qözğaldi. Axir uning katta zavjasi oğiroyoq, yaqinda köz yorişi kerak! Şamsiddin Kulol şuni bildimikan?..

Daşt şamoli tösatdan boğga yopirilib, ikkovlari­ning boşlariga puşti gulbarglardan bulut taşladi.

– Iloyim, taʼbiringiz röyobga çiqsin! – dedi hayajonlanib Muhammad Tarağay. – Alloh sizga-da, uruğimizga-da faroğat ato aylasin!

Pirning sözlari keltirgan şodlik nufuzli jangçi­ning qalbini töldirib yubordi. U qadrdon kengliklarga, sevimli daştiga çiqib ketişni, otiga qamçi bosib, şamoldek yelişni, şiddatli poygadan lazzatlanib, öz erkiga özi hukmron ekanini his qilişni istadi. Ammo Şamsiddin Kulol uni dasturxonga taklif qildi, Muhammad Tarağay taklifni jon-dili bilan qabul etdi. Taom ustida uruğlar işini muhokama qilişdi, yaqinda bölib ötgan qurultoyni eslaşdi, amir qönalğasiga şomga yaqin qaytdi.

Gulxanlar şuʼlasi butun qönalğaga soçilib ketgan çodirlarni yoritardi. Kun böyi mehnat qilib çarçagan odamlar endi köngil yozişardi. Erkaklarning böğiq kulgisi daşt tomonga qarab uçib ketar, ayollar erlariga xuşçaqçaqlik bilan javob qaytarar edi. Qayerdadir dutor yangradi, qayerdadir bola yiğisi eşi­tildi… Faqat posbonlar uruğni, uning molini qöriqlab, qönalğa atrofida aylanib yurişardi.

Amir Muhammad Tarağay iştaha bilan ovqatlanib, bir piyola qimiz içib oldi, körpaçalar ustiga uyib taşlangan guldor yostiqlarga yaslanib, qiçqirdi:

– Hoy, kim bor?

Kiraverişda turgan yigitça darhol uning röparasida hozir böldi.

– Ayt, Takina xotun kelsin, – deb buyurdi amir.

Takina Mohbegim köp kuttirmadi. U çodirga boşini xiyol egib kirdi. Kirarkan, boşidagi baland toqisi kiraverişda osilib turgan popukni silab ötdi, kumuş şokilalar jiringlab ketdi.

– Çorladingizmi, amirim?

Uzun qora soç örimlari baland köksida ilondek tölğanib yotgan juvon közlarini yerga tikdi. Uning pişiq matodan tikilgan keng köylagi ostidan kattakon qorni börtib turardi.

Muhammad Tarağay xotinini yoniga çorladi, körpaçaga ötqizib, quçib oldi. Takina közlarini yumib, erining pinjiga tiqildi.

– Sen menga öğil tuğib beradirsan, jonim, iqtidorli öğil, u dunyoga hukmron bölajak! Şamsiddin Kulol hazratlari menga şunday başorat qildi, – dedi iftixor bilan Muhammad Tarağay, Takinaning qora soçlarini silarkan. – Öğlimiz olamga şoh bölajak, uning uç yuz yetmiş avlodi qudrat egasi, yetmiş avlodi taxt egasi bölajak! Şamsiddin Kulol şundoq dedi, u kişi karomatgöydir, Allohga hamdlar bölsin, pirim nima deyayotganini biladi!

Muhammad Tarağayning ovozi tobora qatʼiylaşib, sözlari çodir tepasigaça yetib bordi, havo bilan birga çodir tepasidagi tuynukdan çiqib, yulduzlari zarbof tön naqşla­ridek yarqirab yotgan osmonga yetdi.

– Öğlimizga ot minişni, paykon otişni örgataman, u jasur, ötyurak yigit bölib yetişajak, tengqurlari uni özlariga yetakçi qilib saylaydilar!

Hayajoni tölqin urgan amir örnidan turib ketdi. Közlari nimqoronğilikda çaraqlab, unda gulxanlar şuʼlasi aks etdi. Muhammad Tarağay röparasiga, çodir pardasiga tikilib, göyo olislardagi avlodlariga murojaat qilayotgandek gapirardi:

– Öğlim, Takina, Allohning yerga jönatgan şamşirini tutguvçi qöl bölajak, u adolat etmaydiganlarni Yaratgan nomidan insofga çaqirajak. Bugun tuşimga kirgan ğilmon öşa şamşirni mening ilkimga tutqazdi.

Takina Mohbegim erining poyida ötirgança, uning hayajonga tölgan yuzidan közlarini uzolmay qoldi. Qornidagi gödak qimirladi, vujudida kuçli oğriq turdi. U qiçqirib yubordi.

Muhammad Tarağay uning yoniga çönqaydi. Rafiqasining közlarida qörquv kördi. Juvon közlari javdirab eriga boqdi, keyin kipriklarini tuşirib, yolvordi:

– Amirim, ruxsat bering, bora qolay, öğlingiz yoruğ olamni körmoqçi!

Amir xotinini suyab örnidan turğazdi, ehtiyotlab qöşni çodirga kuzatib qöydi, u yerdagi ayollar şoşilib, ğimirlab qolişdi.

Barlos uruği gulxanlar yonida sukutga toldi. Quruq şox-şabbalar alanga qöynida qarsillar, qoronği osmonga uçqunlar uçar edi. Tun çirildoqlar ovozi bilan çirillar, otlar pişqirib qöyar edi…

Tun poyoniga yetgan, lekin yulduzlar boş tepasida hali-hamon çaraqlab turgan bir pallada qönalğada çaqaloq yiğisi yangradi.

Keksa ayol badani höl gödakni mayin, issiq matoga örab, çodirdan çiqdi, bedor ötirgan Muhammad Tarağay öğliga nazar taşladi. Maşʼallar şuʼlasi çaqaloqning mitti yuzida öynab, soyalarni quvar edi.

Gödak havoning salqinligini sezib jim bölib qoldi-da, bilinar-bilinmas titradi. Ayol çaqaloqqa mehr bilan qarab turardi. U çaqaloqni otasiga uzatarkan:

– Alloh sizga öğil ato qildi, amirim! – dedi.

Muhammad Tarağay çaqaloqni bağriga oldi. Uyqusizlikdan qizargan közlari namlandi. Amir ortida turgan jangçilar çaqaloqni qutlab qiliçlarini hayqiriq bilan yalanğoçlab, kökka kötarişdi. Şamşirlar jarangladi, amir buni özgaça bir alomat deb bildi.

– Temur! – deya ism berdi u öğliga. – Temirdek baquvvat böl, qiliçingni doimo ba­land tut! Şunçalik baland tutki, unga heç kimning qöli yetmasin!

Çaqaloq ğimirlab, qölçasini yörgakdan çiqardi. Mitti qölça muşt tugilgan edi.

Muhammad Tarağay kulib yubordi.

– Çin jangçi! Voyaga yetsin, muştida qiliçini mahkam tutadi!..

IKKINÇI SURAT

Öljoy ismli muhabbat

Öljoy Turkon oğa (ehtimol, 1340-yilda tuğilgan, 1366-yilda vafot etgan) – Amir Temurning tönğiç öğli – Jahongirning onasi, uning öğli – Pirmuhammadni Sohibqiron öz taxtiga voris etib tayinlagan.

…Qiz teskari ögirilib yana kuldi, nigohini mayin kipriklari bilan yaşirdi, lekin unga – navqiron, jasur, körkam yigitga qiyo boqib ulgurdi. Uning kulgisi yurakkaça yetib bordi, nigohi qalbidagi kuyni özgartirib yubordi. Yura­gi noğora yangliğ dirilladi.

– Hoy, Öljoy, nevaraginam, beri kel, tortinma, – deb keksa amir qizni çorlarkan, tilida göyo holva erib ketdi. – Qara, oğang Husayn kimni boşlab kelibdi! Bu Temurbek, u – dongdor jangçi…

…Amir Temur alahladi. Oyoği zirqilladi. Tuşi va öngi uning xayollari uçun kuraş boşlaşdi. Oyoği hamişa zirqillardi, ayniqsa, yoğingarçilik payti qattiq oğrirdi, ötgan yillar içida bunga könikib ham ketgandi, Öljoy esa ahyon-ahyonda tuşiga kirardi, bu tuşlarining taʼbirini aytmasalar ham tuşunardi. Hozir esa uni juda erta tark etib ketgan sevimli ayolining siymosini xayolida uşlab qolgisi keldi.

Xojasining amrini sözsiz tuşunadigan xizmatkori uni bezovta qilmaslik uçun tuya juni solib qavilgan körpa tagiga ehtiyotkorlik bilan issiq toşni tiqib, uni amirning oyoği yoniga joylaştirdi, şamol kirmasin, deya körpaning çetini içkariga qayirib qöydi-da, asta çiqib ketdi. Eski jarohat tinçidi. Öngi çekinib, tun zulmatida erib bitayozgan tuşi yana qaytib keldi. Öljoyning istarali yuzi olis-olislardan – birgina yöl eltadigan, ortga burilmaydigan, heç qaçon qaytmaydigan tomonlardan Sohibqironga kulib boqdi.

…Ikki örim soçi kelinçakning oppoq ipak yaşirgan köksiga tuşgan, ömizida mayin matoni salgina tortib, yoqut va marvaridlar bilan bezatilgan uçburçak böytumor osilib turar edi. Kumuş tumor yarqirardi, alvon toşlarda maşʼallar şuʼlasidan saçragan uçqunlar aks etardi, Temurbek esa kelinçak har nafas olganda titrayotgan marvaridlardan közini uzolmasdi. Öljoyning muloyim kulgisi xayolni öğirlardi. Kelinçak qavat-qavat körpaçalar ustida ötirardi, özini unga bağişlaşga tayyor edi, undan qörqmasdi, uni kutardi!

Soç örimlarining uçini tutib, qöllarini uzatdi:

– Soçlarimni yozib taşlang, sizni hammadan yaşirib olaman, xuddi qanoti bilan yopgan quşdek…

Öljoy uni soçlari bilan yopdi, ötgan yillar mobaynida uni avayladi, Temurbek esa ayolini umrining eng qimmatli javohiridek asrab keldi!

…Yelka yelkaga tegdi, kuraklar kuraklarga yopişdi… Temurbek Öljoyning nafasini eşit­­di. U keskin-keskin nafas çiqarardi. U ham eridek öta ziyrak edi. Temurbek çetga qadam taşlasa, ayoli ham unga ergaşardi. U çe­kinsa, ayoli ham çekinardi. Çin jangçilar­ning xotinlari hamişa yonma-yon turadilar! Ğalaba qozonadilarmi, mağlubiyatga uçray­dilarmi – ular erlarining boşiga tuşganini baham köradilar. Saroylarda erkalik qiladilar, daştda esa köçmançi xalqning çin qizla­ri­ga aylanadilar.

Turkmanlar halqa bölib qisib kelişdi. Ularda şafqat yöq. Lekin qöli şamşirni mahkam tuta olyapti, Temurbek öng-u sölidagi yovni barobar yançib boryapti. Ter közlarini açiştiryapti, soçlari peşonasiga yopişib qolgan, quloği ding – ortidagi Öljoy soğmi? Tik turibdimi? Yov uning javohiriga yaqin kelmabdimi?.. Yöq! Ayoli yonginasida nafas olyapti, oyoqlarini yerga qatʼiy tirab olgan, tumşuği ingiçka çoriq kiyib olgan oyoqçalari tagida qum ğiçirlayotgani eşitilib turibdi.

– Öljoy, – u yov boşiga qiliçi bilan tuşirarkan, ayolini çaqirdi. – Öljoy!

Uning sözlari tilidan beixtiyor uçayotgan sökinişlar qaʼriga çökib ketadi, lekin xotini eri unga nima demoqçi bölganini, bu qöpol sözlar öziga emas, yovga atalganini tuşunadi. Köngli töq bölsin, ayoli tiriklayin yov qöliga tuşmaydi.

Tösatdan möjiza röy berdi! Yoş turkman yigiti oldinga çiqdi, olişayotgan taraflar örtasida turib, qöllarini oldinga çözdi.

– Töxtanglar! Bas qilinglar! Men taniyman uni! – deya qiliçini silkitdi. – Bu Amir Temur! Men unga xizmat qilganman! U meni jangçi qilib tarbiyalagan!

Turkmanlar jasurligi va iqtidori uçun hurmat qiladigan yigitlari – Said Muhammadning sözlarini anglaşmadi. Lekin biri ortidan ikkinçisi şamşirini pastga tuşirdi. Jimlikni daştni qoplagan quruq butalar orasida adaşgan şamolning ingroği bilan jangçilarning hansiraşlari buzardi. Temurbek yer ostidan raqiblariga razm soladi, tuşadigan zarbani darhol qaytarişga şay, hammaga bir-bir qarab çiqadi. Saidga qaraydi. Eslaşga tirişadi. Ha, uning şunday jangçisi bölgan edi! Xotirasi Temurbekka heç qaçon pand bermagan: hammani – döstini ham, duşmanini ham eslardi!

Öljoy soçlarini orqasiga taşladi, örimlardan biri Temurbekning çap qöliga qarsillab tegdi. U kaftini yozdi, kiçkinagina kaft uning kafti ustiga qöndi. Ayol uning yoniga kelib turdi. Temurbek ayoliga nazar taşladi: yonoq­lari lovillab yonadi, lablari mahkam qimtilgan, qiyiq közlari qisilgan, burun kataklari havoni şimirib, kötarilib-tuşadi. Toqisi boşidan tuşib ketgan, qum ustida yotibdi, kamzulining etaklari yirtilgan, poyabzalining rangi çang qatlami tagidan körinmay ketgan – daştda piyoda neça kun kezganlarining oqibati bu! Lekin ikkisi tirik! Tirik!.. Alloh ulardan şafqatini dariğ tutmadi! Tuşida uçib kelgan loçin ham aldamabdi! Yaratgan tomonidan vaʼda qilingan qudrat Temurbek oldida hozir böldi, turkmanlarning qora közlarida böysuniş alomatlari körindi.

Lekin şuhrat çöqqisiga eltuvçi yöl oson emas! Yaratgan undan nimalarni kutyapti? Yölida yana sinovlar paydo böldi! Tört kun ham ötmagan ediki, yana yov, bu safar ham turkman, yana kim deng, ojiz, qörqoq, taqdirning kinoyasiga köra, Xorazm yölida Said Muhammadning ukasi – qumlar orasida yaşirin tumanning hokimi Mahmudga röpara keldi!

Mahmudning odamlari tun zulmati ostida kelişdi, ularni uyqusida bosişdi, Said Muhammad bergan posbonlar öz jonini saqlaş umidida qoçib qolişdi. Temurbek Alibekxonning özi uni kutib oladi, bu yerlarga nega kelganimni söraydi, deb umid qilgandi. Lekin qörqoq quloq solişni istamadi, ularni bosqinçi deb eʼlon qildi, holbuki, Temurbek kimligini, u yigirma beş yoşida şeryurak jangçi şuhratiga burkangan amir ekanini bilardi, ammo zindonga taşladi ularni…

– Begim, – Öljoyning ojiz tovuşi uni oğir öylardan çalğitdi.

– Labbay, jonim…

– Bizni nega bandi etdilar? – sevgilisining sözi uzilib qoldi, ovozini yötal yutib yubordi.

Temurbek ahvollarini önglolmayotganidan iztirobda, muştlarini qisdi. Miyasida esa allaqaçondan beri najot rejasi pişayotgan edi. Faqat şamşirni qölga kiritsa kifoya!

Temurbek holsizlanib qolgan ayolini bağriga oldi. Qotgan qora non, iflos közadagi badböy suyuq atala, sassiq suv öz işini qilgan, Öljoyning qorni oğrib qolgan, bir neça kundan beri esa köksi yötaldan açişar edi. Benihoya umidsizlik va çorasizlikka yöğrilgan kunlardan neçtasi ötdi?.. Elliktami?.. Oltmiştami?.. Temurbek boşiga tuşgan kulfatga sabot bilan çidardi, lekin uning ham badaniga yara toshib ketdi, eski jarohati simillab azob berdi, ammo u jimgina tişini tişiga bosar, Öljoyni yupatib, ozodlikka çiqamiz, körmagandek bölib ketamiz, deb işontirar edi.

– Yaramas xon bizni qul qilib sotib yubormoqçiga öxşaydi. Karvon kelişini kutyapti. Itvaçça!..

– Begim, – deya Öljoy uning tizzasidan boşini kötardi. Uning yoşga töla közlari javdirardi. – Meni heç kimga bermang, ötinaman… Boşimga ne kunlarni solsangiz, çidayman… Taqdirimni sizning ilkingiz hal etsin…

Temur tişlarini qisdi. Yuragi ğazab va şafqatga tölib-toşdi.

– Bermayman, sevgilim, heç kimga berib qöymayman. Ikkovimiz bu yerdan birga keta­miz, uyimizga ketamiz, öz yerimizga ketamiz, sen yana bolalarimizni quçasan.

Öljoy uning köksiga qapişdi. Uning közlari yondi.

– Agar öşa kunga yetolmasam, bu yerdan tirik çiqolmasam, söz bering, begim, söz bering, öğlimiz taxtga voris bölajak, deb. Faqat bizning öğlimiz, öğlimizning avlodlari… – xotinining ehtirosli şivirlaşi alahlaşga aylandi.

Temurbek xotinining qora soçlarini mulo­yimlik bilan silay turib, quloğiga piçirladi:

– Söz beraman…

Ayol tinçib, uyquga ketdi. Temurbek örnidan turdi.

– Ey! – ğazab bilan qiçqirdi u. – Posbon!

Zindonning dumaloq tuynugida köringan yuz Temurbekning dilida umid uyğotdi. Bu öşa, ularga yordam berişga rozi bölgan jangçi edi. Temurbekning şuhrati allaqaçon tarqab ulgurgan, Movarounnahr, Xorazm va Xurosondagi köplab jangçilar uning jasoratlaridan, sadoqatli navkarlariga saxiylik körsatişidan xabardor edi.

– Bizni bu yerdan çiqarib ol, butun avloding badavlat bölib, şon-şuhrat içra yaşagay!

Posbon jim qarab turdi-yu, ğoyib böldi. Temurbek yerga tupurdi.

– Qörqoqlar, bari qörqoq! Xojasi qandoq bölsa, itlari ham şu!

Lekin şu zahoti panjara temiri şaraqlab, oçiq tuynukdan arqon tuşdi. Öljoy çetga surildi, erining sözlaridan dadillangan ayol dalda berdi:

– Boring, begim, boring… men ortingizdan boraman…

Temurbek bostirib kirganda Alibekxon akasidan kelgan maktubni öqib ötirardi. Temurbek uning boşi tepasida qiliçini kötardi.

– Şoşmang, amir, şoşmang, şafqat qiling, – deb bidirladi Alibek, ğazabidan qörqinçli tus olgan asirni körib. – Men kimligingizni bilmabman, bilmabman, afv eting meni, afv eting… Mana, Said Muhammad hozirgina xat yöllabdi, u mening közlarimni oçdi, sovğa-salomlar jönatibdi…

– Barini bilgansan! – Temurbekning sözi hukm bölib yangradi, u qiliçini munofiq xonning boşi uzra kötargan çoq ortida turgan ayolining ohista ovozini eşitdi, u:

– Rasululloh “Ğazab qilma, jannat senikidir”, deganlar, – dedi. – Unga tegmang. Qölingizni uning qoni bilan bulğamang…

Öljoy oyoqlarida arang turardi. Temurbek ayolini suyab oldi. Alibekxondan közini uzmay, tişlari orasidan:

– Tabibni çorla! – dedi.

…Ötovning tepasidan kulrang tong qu­­yilib kirdi. Amir Temurning qovoqlari pirpiradi. Tuşida Öljoy ayollar qurşovida uzoqlaşib ketaverdi. Amir Temur ayolini yana bir lahzaga bölsa-da tutib qolişga, uning közlariga qaraşga, uning hayajonli nigohini yana bir bor uşlab qolişga urinib, qöllarini uzatdi. Lekin tuşi nur qöynida tumandek, tundek erib ketdi. Faqat Öljoyning qaraşlari yuragiga berkinib oldi…

…Amir Temur yuziga sovuq suv sepdi. Uyqusi tamomila tarqab ketdi. Xayollari kundalik taşvişlariga qaytdi. Taşqari çiqib, köksini töldirib salqin havoni simirdi, qönalğani közdan keçirdi. Jangçilar öz çodirlari yonida gulxanlar yoqişar, otlar ahyon-ahyonda pişqirib qöyib ğiçirlatib suli çaynar, xizmatkorlar yelib-yugurib yurişar, atrofga yegulik isi taralar edi. Amir Temur işlaridan köngli tölib, soqolini silab qöydi va qöllarini orqasiga qilib, daşt tomonga, qizarib kelayotgan ufq qarşisiga qarab ketdi.

Quşlar kökka çiqib kelayotgan quyoşni olqişlaş uçun yuksaklikka parvoz qildi. Amir Temur quşlarning çuğurlaşlarida tağin Öljoyning şöx kulgisini eşitdi. Öljoy uni bir vaqtlardagiday, ikkovi yoş, soğlom, bir-biriga maftun bölgan paytlaridagiday çorlar edi…

– Menga yetib oling-çi!..

Öljoy otiga qamçi bosib, quyoşga qarab uçib ketdi!

Sohibqiron piçirladi:

– Yetib olaman, öşa kun keladi…

UÇINÇI SURAT

Abadiylikka safar

Amir Temur 807-hijriy yil, şaʼbon oyining ön yettinçi kunida (1405-yil 18-fevralda), çorşanba kuni, Xitoy safari çoğida, Ötror­­da vafot etdi. Sohibqiron Samarqanddagi Göri Amir maqbarasiga dafn etildi.

Berdibek saroyining hamma xonalariga terib qöyilgan manqallarda ötinlar xavotirli çirsillaydi. Saroyning oliynasab egalari möynalarga öralib olişgan, qalin devorlar ortida quturayotgan şamolning uvillaşiga qörquv bilan quloq solişadi.

Bu yilgi qiş daştga şafqatsiz qahratonni olib keldi: bemisl ayoz qimirlagan jon zotini muzlatib taşladi, böronlar yöllarni, dovonlarni qorga şunçalik kömib yubordiki, na piyoda, na otliq ötib bölardi. Sayhun ikki tirsak qalinligida muzladi, boşqa fasllarda jöşib oqqan daryo ustidan endi odamlar ham, otlar ham bemalol kesib ötib yurişardi.

Amir Temurning qöşini Ötrorda töxtadi, lekin rejadagidan ança uzoq turib qoldi. Qahraton yölni tösib qöydi, dunyo böylab öttiz yillik ğolibona yurişlar davomida hali heç narsa Sohibqiron qöşinini töxtatolmagan edi. Nega endi qişga qaramay safarga otlandi-ya? Buyuk sarkardani aynan şu vaqtda Xitoyni zabt etişga nima undadi? Maktubida uni “öğlim” deb ataşga jurʼat qilgan va şu bilan dunyoda men zörman deb daʼvo qilgan Xitoy hukmdorining surbetligimi? Sanamlarga siği­nuvçilar yurtida kofirlarga qarşi jihod qiliş va öşa ölkalarda islomni yoyişga intilişmi? Yoki keksa jangçini Alloh umr daftariga çizgan taqdir yöli çorladimi?..

Sönggi kunlarda Amir Temur töşakdan turolmay qolgan edi. Vujudini kuçli oğriqlar qiynardi. U esa oğriqlarga könikib qolgandi. Esini taniganidan buyon unga hamişa oğriqlar hamrohlik qilib keladi. Köksiga örnaşgan boşqa dard uning yuragini manqal­dagi ötinlarni şiddat bilan yamlayotgan olovday yondirdi. Aynan şu Sohibqironni kuçidan ayirdi.

Amir yötaldi. Töşagi yonida damlamalarni aralaştirib ötirgan tabib uning boşi ustiga egildi.

– Çanqadim, – deb şivirladi Amir Temur.

Xizmatkorlar hukmdorning tanasini sal kötarişdi, kuragi tagiga bir neçta yostiqlar qöyişdi, sirpanayozgan körpani uning iyagi tagiga tortib qöyişdi. Eski jarohatlarning oğriğini yengillatadigan yumşoqqina tuya junini yaşirgan körpadagi oltinrang naqş matoning qordek oppoq tusi içida erib ketdi.

Tabib hukmdorning oğziga nordon damlama töldirilgan piyolani olib keldi. Ikki höplam içib, Amir Temur boşini yostiqqa qöydi. Soqolining uçi tepaga kötarildi. Ming­lab şamollardan dağallaşgan yuzi sölib qolgandi. Çuqur ajinlar kesib taşlagan peşonasini ter qopladi. Tabib peşonasiga salqin mato tekkizdi. Mato isitmaning bir qismini tortib oldi va Sohibqironning boşi yengillaşdi. Hatto nafas olişi ravonlaşdi. Biroq u bularning bari vaqtinçalik ekanini bilardi. Xastalik uni öz iskanjasiga olgan, undan, ehtimol, qutulib çiqolmas edi.

Amirning xayollari öngi bilan ötmiş şarpalari örtasida kezar, gohida uni ötgan jang­lar qöyniga taşlasa, gohida oxirgi kunla­rini yaşayotgan şu saroyga qaytarib olib kelar edi. Hayotini qanday keçirdi u? Allohning poyiga yetganda, Unga nima deb javob beradi? Gunoh­korligiga, gunohlari köpligiga qaramay, Undan qanday marhamat kutadi?.. Ğururi “Nima qilgan bölsam, barini Sen uçun qildim! Kofirlarni olov bilan ham, şamşir bilan ham jazoladim, möminlarni eʼzozladim! Sening irodangga itoat bilan böyin egdim…” der, aqli özini oqlaşga urinar edi, dili esa qafas qaçon oçiladi-yu, quş singari erkinlikka çiqib ketaman, deb sabr bilan kutardi. Lekin hozirça öşa on kelgani yöq, Amir Temur zamin hukmdori bölib qolaverdi, xayollari esa doimiy işlariga qarab ketaverdi.

– Qöşin qalay? – Sohibqironning tuşu­narsiz alahlaşi orasida kutilmaganda berilgan aniq savol uning atrofini öragan beklarni qörqitib yubordi.

– Sovqotişyapti, hazratim… Kulbalarda ötirişibdi. Böron taşqariga burun suqişga ham qöymayapti.

Amir Temurning közlari atrofidagilarni qörqitib çaqnadi.

– Tinğçi qaytdimi? – deb qatʼiylik bilan söradi u.

– Qaytib keldi, hazratim… Dovonda qor qalinligi ikki nayza böyiga yetibdi, ötib bölmaydi…

Ötib bölmaydi… Amir közlarini yumdi. Uning tasavvurida alanga tillari lipilladi. Alanga borgan sari kattalaşaverdi, nafaqat uning özini, balki atrofni ham qamrab, umri davomida uning yonida yurgan, unga qadrdon bölgan odamlarni-da özining dahşatli raqsiga tortib, şiddatli tus olib boraverdi. Amir Temur odamlarning yuzlarini körmas, ammo ovozlarini eşitar edi yoki birda tabassum qilayotgan, birda diqqat bilan tikilib turgan yuzlarni körardi. Bir payt olov orasida otasi va onasi, öğli va nevarasi, xotini va opasi körindi. Hammalari unga jim tikilib turişardi. Amir Temur ularning közlariga qarab, nigohlarini uşlab qolişga urindi, ularda gina bormi, yo taʼnami, rahm bormi, yo mehrmi, bilolmadi. Mana, alanga tillari pasaydi, olisda Sayhundek dovyurak, bahordagidek, qor erigan paytlar­dagidek bötana suvlari köpirgan daryo oqib ötdi. Ayqiriq oqim barça yaqinlarini olib ketdi, Amir Temur qiçqirişga ham ulgurmadi, şu zahoti oyoği ostida kengdan-keng, köz ilğamas darajada poyonsiz daşt paydo böldi, ösib yotgan çalov çayqaldi, ufq tomondan unga qarab oppoq bulutlar suzib keldi. Oliy irodaga böysungan bulutlar kumuş tusida çayqalib, daştni egallab yotgan çalovzor ustida töxtaşdi, keyin yerga qöndi, yalang oyoqlari bulutlarning parqudek bağriga ğarq bölgan nuroniy çollar körindi. Oppoq çakmon kiygan, boşlariga baland oppoq salla qöndirgan çollar qöllaridagi tasbehlarini ögirib, boşlarini asta tebratib, Amir Temurga muloyimlik bilan jilmayib boqişdi. Sohibqiron ularning köplarini tanidi! Ular Amir Temur doimo eʼzozlab qarşi olgan, karomatli tuşlari taʼbirini söragan, suyangan pirlari, imomlari va sayyidlari edi.

“Inna lillahi va inna ilayhi rojiun”, – dedi ularning har biri, ularning ovozlari Sohibqironning isitmada yongan boşida qaldiroqdek gumburladi.

…– Munça özingizni şu öraga kömişni öylab qoldingiz? – deya kuldi Bibixonim. Malika bilardiki, Sohibqiron uning bu ha­zilnamo törsligiga javoban tönğillab qöya qoladi.

Ötgan yilning jazirama yozida u malikaga Keşdagi, öziga atab qurdirgan, uluğ imom Muhammad aş Şayboniy xoki qöyilgan maqbarani körsatgan edi. Maqbarada uning sevimli öğli Jahongir Mirzo ham dafn qilingan edi. Sal narida esa otasi Muhammad Tarağay va uning piri Şamsiddin Kulolga atalgan maqbara bor edi.

– Öğlimning yonida yotmoqçiman, – deya Jahongirning qabri tomonga boşini burdi.

Saroymulkxonim javoban “hm” deb qöydi. Maqbara eşigigaça tuşib, içkariga möraladi.

– Bu yerda yotişingiz yaramaydi, – deb oğir xörsindi malika, uluğ amirga muloyimlik bilan boqarkan.

– Nega endi? – hamon aççiğidan tuşmay söradi Amir Temur.

– Özingiz öylang! Odamlar haqqingizga duo qilgali, sizni yod etgali, sizga hurmat bajo etgali keladilar. Qayerga keladilar deng? Şu yergami? Turon, Möğulistonni zabt etgan, Movarounnahr, Xorazm, ikkala Eron hukmdori, Hindistonni böysundirgan Sohibqiron qayerda yotadi deng? Avlodlaringiz haqida nima deb öylaşadi? Siz qölga kiritgan xazi­nalarni qizğanibdilar, özingiz bunyod etgan maqbaralarga öxşaş gözal bir maqbara tiklamabdilar, deyişmaydimi? Axir Samar­qand­da, mana, Muhammad Sulton uçun qandoq maqbara qurdiryapsiz! Özingizga-çi?..

Amir Temur teskari ögirildi. Sevimli nevarasi – Jahongirning öğli, yaqinda tösatdan, Boyazid ustidan ğalaba qozonganidan keyin olamdan ötgan Muhammad Sultonni eslab, közlariga yoş keldi. Saroymulkxonim barini tuşundi. Sukutga botdi. Zinalardan tepaga çiqdi, yoniga keldi, uning qöliga qöl tekkizdi.

– Yuring, amirim. Bu taşvişni boşqalarga qöyib bering. Hay, şoşmasangiz durust! Öylagan işlaringizning bariga ulgurdingizmi, axir?

Amir Temur malikasiga közlarini qisib qaradi. Bibixonim ötgan öttiz yil mobaynida erining feʼlini juda yaxşi bilib olgan edi. Sohibqiron Xitoy yurişidan hali oğiz oçgani yöq edi, lekin malika darhol fahmladi.

– Hozirlik kör. Olisga borarmiz. Hozirça indamay tur. Hali erta. Lekin hozirlanaver.

Bibixonim jilmayib boş irğadi. Uni çorlayapti. Kerak ekan! Yoş ayollar tanaga lazzat baxş etişgagina yaraydi, ularning har biri örniga istagan boşqa bittasini oliş mumkin, farqi kam! Bibixonim esa unga maslahatlaşgani, dardlaşgani, ötgan umrini birgalikda xotirlaşgani kerak…

…Tabibning damlamasi xastaning dardini köp ham yengillatmadi. Kuçli isitma tağin uning vujudini qamrab oldi, yuragi ham ma­romidan çiqdi. Amir Temur arang nafas oldi, yötali bosilişi bilan xotinlari va amirlarini çorlaşni buyurdi.

– Anglab turibmanki, ruh quşi qalb qafasidan parvoz qilmoqçi. Tangri taoloning dargohiga jonimni baxş etayotibman. Sizlarni Uning lutf-u marhamatiga topşirdim, – dedi u.

Saroymulkxonim oğzini kafti bilan tösdi, vujudi silkindi, kiçik malikalar uvvos torta boşlaşgandi, mahdi ulyo ularga pöpisa qilib, tinçitdi-da, Sohibqironning bironta bölsin sözini eşitmay qolmaslik uçun vujudi quloq­­qa aylandi.

– Gunohim qança köp bölsa ham, keçiringlar. Ruhimni fotiha va takbir bilan şod etinglar… Yaratgandan umid qilamanki, gunohlarim köp bölsa ham, mendan marha­matini dariğ tutmaydi, – Amir Temur tez, nafasi tiqilib gapirar, dilidagi sözlarini, avlodlariga vasiyat qilib qoldirmoqçi bölgan ögitlarini aytib qolişga şoşilar edi. – Şu kundan eʼtiboran farzandim Muhammad Jahongir Mirzo­ning öğli Pirmuhammadni özimga valiahd va toj-u taxt vorisi etib tayinladikkim, Samarqand taxti uning amr-farmonida bölğay. Tamkinlik va istiqlol bilan mulk-u millat, laşkar va raiyatning muhim yumuşlari bilan maşğul bölsin. Sizlar esa unga tobelik va böysuniş marosimini örniga qöyinglar…

Beklar bir-birlariga qarab qöyişdi. Ular Pirmuhammadni uluğ saltanat vorisligiga munosib deb bilmasdilar. Bobosidagi salohiyatning öndan biri ham yöq edi unda. Qolaversa, uşbu fojiali damlarda olisda – Ötrordan allaqança kunlik naridagi Qobulda edi u. Lekin Sohibqironning irodasiga qarşi çiqişga heç kimning haddi siğmadi. U esa öz beklarini juda yaxşi bilib turgani uçun qizişib talab qildi:

– Vasiyatimni ado etişga ont içing! Agar kimda-kim mening irodamga xilof iş tutar ekan, yer yuzini jinoyat bosadi, undan salta­natga ham, iymonga ham halokat yetadi!

Beklarining qasamini eşitgaç, u xotirjam tortdi, vasiyatidan bir neça nusxa köçirib, barça şahzodalar va saltanat noiblariga jönatişni amr qildi.

Saroymulkxonim höngrab yuborişdan özini arang tutib, Sohibqironning qöllarini silar, uning yuzidan köz uzmas edi. Amir Temur malikasini körayotganmikin? Malika­sining şu yerdaligini sezayotganmikin? Amir Temurning parişon qaraşlaridan buni anglaş mahol edi. Malika hukmdorning faqat unga, mahdi ulyoga atalgan sözlarini eşi­tişni istardi. Axir Sohibqiron bir umr unga mehr körsatdi, na söz bilan, na bir qiliq bilan xafa qilmadi, uni mahdi ulyo deb bildi, olam­ning bor javohirlarini ayolining oyoqlari tagiga tökdi. Endi Sohibqironsiz qanday yaşaydi u? Kim uni himoya qiladi? Yuzlariga muhr bosa boşlagan keksaligini yolğiz qarşilaydimi?

– Sohibqironim… – uning quloği tepasidan malikaning titroq ovozi keldi. – Yana biron tilagingiz yöqmi? – deb söradi u hukmdorning sönggi nafasini tuyib.

Amir Temur yarim yumuq qovoqlari ostidan malikasiga qaradi. Tanidi! Kördi! Bibi­xonimning upa-elik surtilgan yuzini yoşlari yuvib ketdi. Sohibqiron malikasini yupatiş uçun köp sözlarni aytmoqçi edi, lekin afsus! Fursati oz, kuçi ham yöq… Lablarini arang oçib, yaladi.

– Suv! Sohibqironga suv bering! – deb qiçqirdi Saroymulkxonim.

Piyolani olib, erining oğziga ehtiyotkorlik bilan iliq damlamani quydi. Amir Temur damlamani yutdi, muloyim köz qaraşi bilan minnatdorlik bildirdi, sönggi kuçini töplab, har bir sözni arang talaffuz qilib, şunday dedi:

– …Öğlimni… Şohruhni… körsam edi…

Imomlar Qurʼon öqiy boşladilar. Bibi­xonim irodasini töplab örnidan turdi. Eriga oxirgi marta nazar taşladi, u bilan vidolaşdi va yiği-siği bilan Sohibqironga Yaratgan bilan diydorlaşişga xalal berişmasin, deb ayollarni olib çiqib ketdi.

– La ilaha illalloh… – Sohibqironning oxirgi sözlari Allohga qaratilgan edi.

…Azoblardan qiynalgan tana oğriqlardan ozod böldi-yu, pardek yengil tortib qoldi. Iztirob örniga faroğat keldi, ruh yölga tadorik körib, yuksakka kötarila boşladi. Motam tutganlarning yiğisi közga körinmas oqim bölib, erkin ruhni borgan sari yuksakka kötaraverdi va ruh bosib ötgan yöli uçun javob bergani ilohiy saroyga tavoze bilan kirib bordi.

Toşkent. 2015-yil, noyabr

Galina DOLGAYA

1959-yili Toşkent şahrida tuğilgan.
“Kuzning xayoliy jozibasi”, “Meni kaşf et!”, “Qora qumlar şiviri”, “Yugurik suvlar qöşiği” singari romanlar va hikoyalar töplami naşr etilgan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

 

Rus tilidan Risolat HAYDAROVA tarjimasi

2024/12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)