Ibtidoda sen yaralgansan, söng bu olam bino bölgan, bugun ham barhaqsan – dunyo örnida sobit turibdi, ertaga allanimadan çöçigan quşlar galasidek dafʼatan yerdan kötarilsang, bu dunyoyi dun xuddi qaşşoq gadoning halvirab qolgan eski törvasidek çok-çokidan sökilib, soçilib ketişi muqarrar…
Qadimgi bitik
Biz hayotda, loaqal bir marta bölsa-da, yuzma-yuz uçraşmadik, ammo har gal seni eslaganda, garçi olisda esang-da, ahvoli ruhiyang, könglingda nimalar keçayotganini aniq-tiniq his etaman: sen gohida yuraging tuşkun va umidsiz öylarga tölib ketganidan özingni butkul çorasiz qolgandek ojiz his etasan va boşingga tuşgan bu savdolarni xuddi egningdagi ohori tökilib, eskirib ketgan libos singari şoşa-pişa yeçib, bir çetga uloqtirişni, barçasidan biratöla xalos bölişni, söng tinç va xotirjam yaşaşni, oxir-oqibat esa hamma-hammasini unutib yuborişni, azbaroyi qiynalib, yuraging zada böp ketganidan bularni qayta heç qaçon yodingga olmaslikni istab qolasan, tuyqus allaqayoqdan paydo bölgan bu öy bezovta tortgan xayolingni şunçalik band etib oladiki, közlaringga şundan bölak najot yöli körinmaydi, faqat şunday yöl tutsang, huv burungi beğam-betaşviş, ayni damda özingga huzur-halovatli körinayotgan umringning sokin va osuda pallasini qayta topib oladigandek tuyiladi. Biroq yuragingga qutqu solayotgan, Yosuman kampir singari aldab-avrab, xayolingni çalğitayotgan bu öylar sarobdan boşqa narsa emas, ha, şunday, çunki odam öz-özidan qoçib heç qayoqqa borolmaydi, yuragini allaqaçon zabt etib, tinç-u oromini öğirlagan bu öjar tuyğulardan xalos bölolmaydi. Holbuki, men ham xuddi şunday besaranjom köyga tuşganimdan öz-özim bilan ayovsiz kuraşib yotibman, xuddi şirinlik ilinjida heç narsaga könmay tinimsiz xarxaşa qilayotgan öjar va jizzaki boladek, bularning bari şunçaki xomxayol, ötkinçi hoy-u havas, deya özimni işontirişga urinaman, agar işonsang, bir lahza içida hamma-hammasini ming marta inkor etaman, göyoki könglimda heç qanday aql bovar qilmaydigan hodisa sodir bölmagan, dunyo ham, hayot ham azal-azaldagidek tinç va sokin tortib yotgandek, özimni xotirjam va beparvo tutişga urinaman, biroq oradan kiprik qoqqulik fursat ötib-ötmay barçasi yana kutilmaganda şiddat bilan qayta boşlanadi, yuragim, o, nafaqat yuragim, balki bor-budim xuddi öğri tunagan uydek huvillab, böm-böş tortib qolganini sezaman-u, birdan qörquv içida şoşgan köyi umid va ilinj bilan yana sening muazzam siymong tomon intilaman.
Demak, sen ham, men ham vujudimizni junbişga solayotgan, xayollarimizni çuvalaştirib, olis-olislarga olib ketgan bu qaysar tuyğularni inkor etişga qançalik urinmaylik, baribir befoyda, çunki qalbimizni allaqaçon öşa köhna dard egallab olgan.
Men endi sira ikkilanmay, hayqirib aytaman: qadimiy dardlarni yangilovçi muhabbat muborak bölsin!
* * *
Nega gullar boşqa payt, aytaylik, qoq peşinda yoki şom mahali emas, balki tun bilan kun örin almaşayotgan, dunyoni ilohiy sokinlik çulğab olgan palla, ayni tong çoği oçilişi, buning qanday sir-sinoati borligini bilmayman, töğriroği, bu haqda heç qaçon tuzuk-quruq öylab ham körmaganman, ammo dunyo xuddi yangidan yaralayotgandek, zim-ziyo qoronğulik qöynidan böy körsatib kelayotgan, bu möjiza qarşisida tirik jon borki, bari lol-u hayron bölib, karaxt tortib qolgandek, heç qayerda tiq etgan tovuş ham quloqqa çalinmaydigan ayni tong oqarib kelayotgan mahal ğunçaning yuz oçişi şunçaki oddiy va jön hodisa emasligi, balki bor-yöği bir lahza içida röy beradigan bu evrilişda aql ham idrok etişga tang qoladigan mislsiz qudrat borligini butun vujudim bilan his etaman.
Ha, şunday, ğunçaning iymanib-tortinib yuz oçişida şunday tengsiz qudrat bor, ammo diydasi toş qotgan, közlari söniq, köngli xuddi şamol çiyillab izğib yuradigan sahro singari qurib-qaqşab yotgan odamlar buni heç qaçon his etmaydi, faqat sen va men ğunça rosmana gulga aylanayotgan lahzalarda, o, nafaqat bu qarimsiq va ziqna dunyo, balki ön sakkiz ming olam xuddi tuyqus tölğoq tutgandek tinç-u oromini yöqotib, tahlika-yu sarosimaga tuşib qolişi, ming marta kun botib, ming marta kun çiqişi, haybat bilan qör tökib turgan toğlar vahimali silkinib, mayda-mayda qum zarralaridek soçilib ketişi, daryolar xuddi quturgandek, köpirib-toshib özanlariga siğmay qolişiga teng qudrat borligini sezamiz, çunki bu ğunça allaqaysi taşlandiq boğning xilvat göşasida emas, balki sening muazzam qalbingda yuz oçayotganini his etaman.
* * *
Men sen haqingda öylaganda, muhabbat közlari çaqnab, dunyoga hadig-u xavotirsiz quvonçga tölib, talpinayotgan gödakka öxşaşiga dafʼatan işonib qolaman, ha, bu tuyğu tongda yuzini fariştalar çayib ketgan, hali köngliga ğaraz-u xudbinlik, kin-adovat, yovuzlik va qabohatning sovuq turqi soya taşlamagan maʼsum gödakka quyib qöygandek öxşaydi, o, bu gödak bir qaraşda, öta nozik, rahm-şafqat, yupanç, taskin-tasalli va himoyaga muhtojdek körinadi, unga tikilib turib, tuyqus közlaringga öta ojiz va beçorahol köringanidan yuraging ezilib ketadi, bexos qözğalgan daydi şamol ham uni çirpirak qilib, osmonga uçirib ketadigandek tuyiladi, ammo bu aldamçi va sarob taassurot, çunki gödakning botinida şunday qudrat va jömardlik yaşiringanki, u noxos junbişga kelsa, odamki odam, hatto dunyo ham talvasaga tuşib, titrab-qaqşab ketadi, salobat bilan qör tökib turgan, har qanday kuç örnidan qimirlatişga ojiz tuyiladigan toğlar ham oğir silkinib-silkinib, uning poyiga boş egadi…
* * *
Men boşimizdan qanday savdo-yu keçmişlarni ötkazgan, goh yuragimiz iztirob-u ökinç, ğam-u alamga tölib, nola-yu fiğonimiz kökka örlagan, közimizga dunyo qop-qoronği va tor köringan, gohida esa ozgina mehr-u muruvvat, yupanç-u taskindan boşimiz osmonga yetgudek quvongan bölsak, barçasini qayta-qayta xayolimdan ötkaza turib, bular atay ermakka töqib-biçilmagan, balki öz royiş-raftorida tabiiy yösinda yaralgan sirli va ğaroyib ertakka öxşaşini anglab qolaman.
Ha, ha, bu har qanday toş qotgan yurakni ham tuyqus eritib, öziga mahliyo qilib qöyadigan, köngilni orziqtirib yuboradigan ğaroyib ertakning aynan özi, axir, özing ayt, sening behalovat urgan yuraging yangilagan bu köhna dardning şakl-u şamoyili, qiyofasi, öxşaş-u taqqosini dunyoni ming marta aylanib ham topib bölmasa, inson aql-idroki, quvvayi hofizasi, intiliş-u ziyrakligi hali-hanuz anglaşga ojizlik qilayotgan bu xilqat öz holiça yakka-yu yagona va mukammal bölsa, uni yana nima deb nomlaş, qanday ataş mumkin?!
Ha, bu aynan öziga tomon betinim çorlab turuvçi sirli va jozibali, umidbaxş ertakning özi, yöq, yöq, aniqroği, sening yuragingning behalovat urişi, quvonç-u nolang, iztirob va armonlaringdan yaralgan ertak bu!
* * *
Men hozir hammasi qanday röy berganini aniq-ravşan aytib berolmayman, nega desang, buni özim ham bilmayman, aslida, buning endi heç kimga qiziği ham bölmasa kerak, çunki barçasi xuddi moy sepilgan gulxandek, birdan “lov” etib yondi-yu, öçdi-qoldi, endi çöği söngan öçoqning kulini titkilaşning nima foydasi bor?!
Faqat öşa kezlarda men özimni heç narsani payqamay ğofil-u ğaflatda yaşagan kimsadek his etgan, yöq, yöq, töğriroği, kunlardan bir kun hayotimda kutilmaganda qandaydir aql bovar qilmaydigan voqea yuz beradi-yu, nafaqat öy-xayollarim ostin-ustin bölib, butkul esankirab qolaman, balki taqdir-u aʼmolim ham özgarib ketadi, deya sira öylamagan, bunday fikr hatto könglim köçasidan ham ötmagandi, axir, yoşim qirqdan ötgan, tomirlarimda jimirlab oqayotgan qon allaqaçon sokin tortgan, yoşlikka xos öt-olov intiliş, istak-mayllar söngan, hayotga bosiqlik bilan jiddiy qarayotgan bölsam, bunday öy-xayolga qanday kelişim mumkin?!
Ha, şunday, hayotimda möjiza yoki şunga öxşaş qandaydir hayratomuz voqea röy berişini allaqaçon kutmay qöygan, oilam tinç, farzandlarimdan könglim xotirjam tortgan, öğlim xorijda ilmiy iş bilan şuğullanar, qizim nufuzli universitetda tahsil olar edi, har kun ertalab hafsala bilan işga otlanar, keçga tomon toliqib uyga qaytar edim, oyda bir marta döstlarim bilan çoyxonada yiğilib, ulfatçilik qilardik, qisqasi, hayotim ortiqça şovqin-suronsiz bir maromda sokin keçayotgan edi, bundan özim, tabiiyki, qoniqiş his etardim.
Faqat öşanda, ittifoqo, sening maktubingni öqigaç, nahotki, şunça payt dunyo-bexabar gumroh kimsa kabi heç narsani his etmay, ilğamay kör-u karaxtdek yaşaganim, şunday köz öngimda barq urib yaşnab turgan, gul-u çeçaklarining muattar ifori hamma yoqni tutib ketgan, hatto quşlar ham mahliyo bölib, uzoqqa uçib ketolmay betinim aylanayotgan boğni – sening könglingni payqamaganim, buni hatto xayolimga ham keltirmaganimni öylarkanman, yuragimni dafʼatan ökinç-u puşaymonlik, afsus-nadomat bosib kelganidan butun jism-u jussam örtanib, özimni qöyarga joy topolmay qolaman.
Adaşmasam, öşanda yoz çillasi endi kirgan, Qurbon hayiti kunlari edi, işxonalarda uç kunlik taʼtil eʼlon qilingan, odamlar hali arafa kirmasdan yoppasiga dam oliş yoki olis viloyatlardagi qavm-u qarindoşlarnikiga mehmonga boriş taraddudida guras-guras yölga tuşişgan, keça-yu kunduz qaynab-toşgan, şovqin-suroni va ğala-ğovuri quloqlarni qomatga keltiradigan şahar birdan sokin tortib qolgan, avtomobillar siyraklaşganidan yöllarda har kungi asab qaqşatar tirbandliklar ham közga taşlanmas edi. Şaharning adoqsiz ğala-ğovuriga kömilib yaşagan kişiga favqulodda çökkan bunday sokinlik juda ğalati tuyilar, hatto bunga könikolmay qiynalar edi.
Men ham avvaliga taʼtil bahona kindik qonim tökilgan qişloqqa borib, keksayib qolganidan uzzukun yöl qarab umrini ötkazayotgan ota-onamning holidan xabar oliş niyatida edim, ammo saraton jaziramasida olti-yetti soat yöl bosiş azobini öylab fikrimdan qaytdim. Faqat şaharning issiq va böğiq havosiga könikolmay qiynalib ketgan, jaziramaga doş berolmay nuqul noliydigan xotinim bilan qizim kun yonib turganiga qaramay, qişloqqa yöl olişdi. Aslida, ularni ayni damda şaharda tutib turadigan heç narsa yöq, xotinim maktabga bolalarga saboq berar, yozgi taʼtilga çiqqan, qizim ham universitetning ikkinçi bosqiçini yakunlagan edi. Şuning uçun ularning qişloqda, ota-onamning yonida turişi özimga maʼqul tuşdi.
Ularni yölga kuzatib qöygaç, uyda yolğiz qoldim. Avvaliga bu haqida öylamagan ekanman, ammo bor-yöği uç kunlik taʼtilning ötişi juda qiyin böldi, uyda yolğiz özim nima qilişni bilmay rosa zerikdim, goh kitob öqişga tutindim, goho televizorda allaqaysi körsatuvni tomoşa qildim, hatto yuragim siqilib ketganidan havo dim tortganiga qaramay, köçada aylanib ham keldim, ammo baribir xuddi bir joyda töxtab qolgandek, vaqt ötişi qiyin keçdi. Hayitning birinçi kuni oqşom mahali xotinim qönğiroq qilib, qişloqqa yaxşi yetib borişganini aytarkan, havo nihoyatda salqin, keça-yu kunduz hur-hur şabada esib turgani, hatto keçqurun odam körpa yopinib yotmasa, sovqotişini tölib-toshib gapirdi. Aftidan, xotinimga qişloqning salqin havosi juda yoqib tuşgandi, şekilli, u şaharning issiğida odam kuyib, jizğanagi çiqadi, hatto nafas olişga havo ham yöq, bu yerda sarrin şabada jonning huzuri, yozga ham öxşamaydi, bahor havosi deysiz, endi çilla çiqqunça şu yerda qolamiz, dedi.
Töğrisi, xotinimning özida yöq quvonib, zavq-şavqqa tölib, gapirişini eşitib turib, yuragim birdan orziqib ketdi, tang-tor uyda yolğiz özim zerikib nima qilişni bilmay issiqda terlab-pişib ötirgandan köra ular bilan birga qişloqqa ketmaganimga afsus ham qildim.
– Mayli, – dedim, – issiq mening ham jonimdan ötdi, oyning oxirida taʼtilga çiqib, qişloqqa yetib boraman. Ota-onamning köngliga qaranglar, issiq-sovuğidan boxabar bölib turinglar.
– Xöp, yaxşi qoling, – deya xotinim xayrlaşdi.
Hayitning uçinçi kuni edi, ertaga işga çiqişimni öylab piça yengil tortdim, iş baribir iş-da, odam allanimalar bilan band bölib, vaqt ötganini ham sezmaydi. Oqşom mahali erta işga çiqişga tayyorgarlik körayotgan edim, kutilmaganda telefonim yoqimli ovoz taratib, kimdandir xabar kelganini bildirdi. Ammo men qaysidir tanişim hayit ayyomi bilan qutlab, tabriknoma yuborgan bölsa kerak, degan öyda telefon ekraniga köz taşlaşga şoşilmadim. Nimasini aytay, arafa kunidan buyon taniş-bilişlardan jimjimador va balandparvoz sözlar bilan yozilgan bunday tabriklar izma-iz kelayotgan, ularni öqişga ham hafsala qilmasdim, çunki bu qutlovlarning bari xuddi bir-biridan andoza olgandek, bir xil, öqigan odamning ensasini qotiradigan alfozda baçkana yozilgan edi. Odatda, bunday qutlovlarni öqiş u yoqda tursin, şunçaki köz taşlaşga ham hafsala qilmas, faqat tanişlarimga azbaroyi yuzxotirlik uçun rahmat, özingizga ham hayit qutluğ bölsin, deb quruqqina javob yöllab qöyar edim.
Bu gal ham telefon ekraniga erinçoqlik bilan nigoh taşlarkanman, tuyqus “Muyassar” degan ismiga közim tuşdi-yu, birdan sergak tortdim va kim böldiykin, deya şoşgança xabarni öqişga tuşdim:
“Bir oğiz köngil söray ham demaysiz, qançalik kutganimni bilsangiz edi… Boşqa payt bölganda, bunçalik zoriqib kutmasdim, hozir ahvolim yaxşi emas, olti soatlik operatsiyani boşimdan ötkazdim, ikki dunyo orasida, arosatda yotibman, şuning uçun yozdim…”
Men şoşa-pişa bu sözlarni öqirkanman, birinçi bölib xayolimdan bu ayol qandaydir tanişiga yozğirib yozgan-u, ammo yanglişib menga jönatib yuboribdi, degan öy ötdi. Öşa paytda şunday fikrga borişim tabiiy edi, çunki hayotda seni heç qaçon körmagan, tanimas edim, yetti yot begonadek eding, ismingni ham birinçi marta eşitib turgandim. Şuning uçun bunday fikrga borib, sening uzr, bilmay yanglişib jönatibman, deya yozganlarini tezda öçirib taşlaydi, degan öyda telefon ekranidan köz uzmay turdim. Faqat öşa damda yozganlaring taʼsirida bölsa kerak, garçi tanimasam-da, kasalxona töşagida bir ahvolda yotganingni xayolan tasavvur qilib, öz-özidan könglim ğalati bölib ketdi, rahmim keldi. “Beçora qandaydir oğir dardga çalinib rosa azob çekkanga öxşaydi, qiynalib ketganidan kimdandir, erimi, opasimi yo biron-bir tanişidan bir oğizgina iliq söz eşitişga ilhaq bölib, yuragi zoriqqan. Balki biron dori yo yordam zarur böp qolgandir? Şuning uçun zorlangandek böp yozyapti. Hozir tanimasam-da, köngli uçun iliq gap aytaman, biron-bir yordam kerak emasmi, deb sörayman, savob böladi”, degan öy keçdi könglimdan.
Ammo oradan imillab bir neça daqiqa ötsa-da, sen negadir xijolat bölib, uzr söragança yozganlaringni öçirib taşlaşga şoşilmasding. Men ana şunday xavotir-u alağdalik içida telefon ekraniga yana qança fursat tikilib turganimni bilmayman, bir çoğ, kutilmaganda, yana şunday voqea röy berdiki, xayolim battar ostin-ustin bölib, butkul esankirab qoldim.
Ha, men hozirgina özimça taxmin-u faraz qilgandek, sen bularni yanglişib jönatmagan, aksinça, aynan menga atab yozgan ekansan, çunki sen xuddi sözlaring yolğon emas, rost ekanini isbotlaşga uringandek, kutilmaganda suratingni ham yuborgan eding…
Töğrisini aytsam, öşa paytda suratingga közim tuşib, xuddi tasodifan qandaydir öta noxuş voqeaning ustidan çiqib qolgandek, birdan xayolim qoçib, tamomila dovdirab qoldim, çunki sening suratingga qaraş, yöq-yöq, şunçaki köz qirini taşlaş ham öta oğir va azobli edi, sen kasalxonaning keng töşagida yotar, köksinggaça oppoq çoyşab tortilgan, boşing oq bolişga botib ketgan, tim qora soçlaring ikki yoningga yoyilgan, rangi qoçgan yuzing xuddi quyuq upa surtilgandek, oqarib ketgan, iç-içiga çökkan közlaring mahzun va ğussali boqardi, sen, çamasi, suratga tuşayotgan payt özingni atay tetik körsatiş uçun jilmayişga uringansan, çoği, quruşgan lablaring xiyol qimtilgan, ammo oğir dard çekkaning, taningni zirqiratib, azob bergan oğriqlarni boşingdan keçirganing şunday sölğin tortgan yuzingdan yaqqol sezilar, nazarimda, dard çekaverib, qiynalib ketganingdan öpkang tölib turgandi, çoği, nigohlaringda yoş aylanayotgandek tuyildi.
Men suratingga kiprik qoqmay tikilib turib, boşingdan keçirgan azob-u oğriqlarni öylab, birdan yuragim uvuşib ketgan, könglimda öz-özidan rahm-şafqatmi, açinişmi, muruvvatmi, işqilib, şunga öxşaş xayrixohlik paydo bölgan va beixtiyor şoşa-pişa yozgan edim: “Sizga nima böldi?! Kasal böp qoldingizmi? Tağin könglingizga olmang-u, biron-bir yordam zarur bölsa, tortinmay aytavering”.
Albatta, bunday oğir paytda nafaqat men, boşqa odam bölganda ham qöl qovuştirib, indamay qarab turmaydi, heç qursa, töşakda ilinj-u umid bilan tikilgança, ikki dunyo orasida – arosatda yotgan bemorga könglini kötariş, taskin-tasalli beriş uçun nimadir deydi, axir.
Sen esa mening yozganlarimni öqib, darrov javob yozding:
“Rahmat, heç qanday yordam kerak emas. Döxtirlar, operatsiya yaxşi ötdi, deyişyapti. Men faqat sizga rahmat aytiş uçun yozgandim. Agar siz bölmaganingizda, bu dard meni yengişi aniq edi, balki operatsiya stolining özida qayta köz oçmasdim…”
Öşanda sening yozganlaringni öqib turib, tağin hayron bölgan va bu ayolning xayoli özida emas, şekilli, yana meni kim bilandir adaştirayotganga öxşaydi, degan fikrga borgandim. Va şunday yozdim:
“Keçirasiz-u, singlim, siz meni kim bilandir adaştiryapsiz, çoği. Mening sizga heç qanday yordamim ham tekkani yöq. Axir sizni tanimasam, buning ustiga, döxtir bölmasam, qanday yordamim tegişi mumkin?! Mayli, xijolat bölmang, şunaqasi ham böp turadi”.
Sen yozding:
“Sizni heç kim bilan adaştirayotganim yöq, avvaldan taniganim uçun yozdim. Ha-ya, darvoqe, siz meni tanimaysiz, hayotda biron marta ham körmagansiz, şunga kim ekan bu, deb hayron bölayotgandirsiz. Qarang-a, şuni oldinroq aytiş xayolimga ham kelmabdi. Ammo men sizni ança paytdan buyon taniyman. Faqat yozganlarimni öqib, körmagan-bilmagan odamga dardihol qiladigan qanaqa qiz ekan, degan fikrga bormang, iltimos… Qattiq qörqib ketganim uçun yozdim…”
Men yozdim:
“Nega qörqdingiz, operatsiya ham köngildagidek ötibdi, endi hammasi ortda qoldi, nasib bölsa, hademay dard körmagandek böp ketasiz…”
Sen yozding:
“Siz bilmaysiz, keça ahvolim yaxşi emasdi, operatsiya stoliga yotarkanman, yuragimni oğir öy bosib keldi, nazarimda, hammasi tugagan, endi heç qaçon qayta köz oçmaydigandek tuyildi, özimni juda yolğiz his etdim, aççiq xörlik bosib kelganidan öpkam tölib, ovozimni çiqarmay öksib-öksib yiğladim. Axir, kasalxonaning bir xilvat xonasida heç kim bexabar dunyodan ötib ketayotganing haqida öylaşning özi juda ham oğir-da… Hademay dunyodan köz yumişingni, tanigan-bilganlaringni heç qaçon qayta körmasligingni özing sezib tursang, qiyin bölarkan… Sizga qanday aytişni ham bilmayman, öşa paytda köpam ölimdan qörqqanim yöq, balki könglimda şunça dard-u armon qolib ketayotganini öylab, qattiq afsus qildim, umrimda birinçi marta şu paytga qadar uyalib-tortinib, odamovidek biqinib yaşaganimga puşaymon böldim. Bir lahza içida butun umrim köz öngimdan ötdi, boşqaça yaşaşim ham mumkin ekanini öylab, rosa ökindim.
Döxtirlar tomirimga huşsizlantiradigan dori yuborişgaç, boşim ustida osilib turgan barkaşdek katta çiroqqa tikilib turib, endi hammasi tugadi, qayta közimni oçmayman, degan öyda taqdirga tan berdim, xayolan hamma taniş-bilişlarim bilan bir-bir rozi-rizolik tilaşib çiqdim. Şu köyi huşsizlantiradigan dori taʼsirida qanday uxlab qolganimni bilmayman, oğriqni ham, vahimani ham sezmay qolibman. Faqat bir payt nimadir böldi-yu, ruhim tanimdan qanday çiqqanini his etdim. Bu juda qörqinçli holat, sizga qanday aytişni ham bilmayman, odam oğir tuş körayotganda, bosinqiraydi-ku, xuddi şunga öxşaydi. Öşanda oppoq xonani, örtadagi stol ustida özimning qonga belangan jasadimni, atrofimni örab olgan taşvişli qiyofadagi döxtirlarni ham aniq kördim. Çamasi, xona şiftiga qapişib turgança stol ustidagi jasadimga ança zamon yolvorgandek möltirab tikilib turdim. Bir payt allaqayoqdan oppoq tusdagi qandaydir şarpalar paydo böldi-yu, meni tortqilab-tortqilab, taşqariga olib çiqa boşlaşdi. Esimda qolgani şuki, bu şarpalar odamning soyasi böladi-ku, xuddi şunga öxşaydi, sas-sadosiz çaqqon-çaqqon harakat qilişadi. Ular meni xonadan olib çiqişgaç, atrofimni örab olib, özlari bilan birga osmonga olib ketişmoqçi bölişdi. Buni sezib, vujudimni vahima bosdi, ular özlari bilan olib ketişsa, qaytib kelmasligim aniqdek tuyildi. Şu bois jon-jahdim bilan ketmayman deya özimni har tomonga taşlab, ularning qölidan yulqinib çiqişga urindim. Xayolimda yerdan uzilsam, hammasi tamom bölişini, könglimda şunça narsa qolib ketişini öylab, battar alamim ortdi, qölimga öt-ölanmi, daraxt şoxlarimi, işqilib, nimaiki ilaşsa, mahkam yopişib olibman, meni qöyvoringlar, heç qayoqqa ketmayman, deya yiğlab-siqtabman, yalinib-yolvoribman, hatto yerda qolişga ozgina fursat beringlar, deya iltijo qilibman.
Haligi şarpalar mening oh-zorimga ham, yalinib-yolvorişim, yiğlab turib, iltijo qilişimga quloq solmadi, guvranib, atrofimni örab olgança, goh qölimdan, goh soçlarimdan tortqilab, bir dam ham öz holimga qöymadi, nuqul özlari bilan olib ketişga urinişadi.
Nazarimda, bu qörqinçli olişuv juda uzoq çözildi, özimni u yoqdan bu yoqqa taşlab, qarşilik körsataverib, butkul holdan toyibman, qimir etişga ham kuçim qolmabdi, ammo şunda ham taqdirga tan bergim kelmaganidan qandaydir niholçani mahkam tutib olibman…
Menga taqdirning rahm keldimi yo hali rizq-u nasibam tugamagan ekanmi, işqilib, nimadir böldi-yu, yerda qoldim, çamasi, ertasi kuni kasalxona töşagida özimga kelgaç, oppoq nurga, boşim ustida turgan oq xalatli döxtirlarga közim tuşib, özimni tutib turolmadim, iç-içimdan yiği quyilib keldi, töliqib, ovoz çiqarişga ham madorim yetmay unsiz uzoq yiğladim, jimir-jimir oqayotgan qaynoq közyoşlarim yuzimni yuvib tuşdi. Boşim ustida turgan döxtirlar jilmayib, “yiğlamang, nega yiğlaysiz, operatsiya yaxşi ötdi, nasib bölsa, endi soğayib ketasiz”, deya yupata boşlaşdi. Ammo ular men nima uçun yiğlayotganimni bilişmasdi…
Siz yozganlarimni öqib turib, özi tanimagan-bilmagan odamga dabdurustdan nega bunday gaplarni yozyapti, deb hayron bölayotgandirsiz? Kim biladi, balki hayotga yengil qaraydigan ayoldir, degan fikrga ham borgandirsiz?! Iltimos, bunday xayolga bormang. Sizga qanday aytişni ham bilmayman, hayotda ayolning taqdiri oğir kelarkan. Men içidagini hadeganda taşiga çiqaravermaydigan ölardek uyatçan-tortinçoq, odamovi qiz edim. Sizni ança paytdan buyon tanisam-da, gaplaşiş nari yoqda tursin, maboda tasodifan yuzma-yuz kelib qolsak ham, dovdirab, özimni butunlay yöqotib qöyişdan qattiq çöçirdim. Şuning uçun sizni qariyb ikki yildan beri tanisam-da, röpara kelişga heç qaçon yuragim betlamagan. Faqat keçagi operatsiyadan söng, nazarimda, boşqa odamga aylanib qolgandayman, könglimda qandaydir jurʼat paydo böldi, şuning taʼsirida bularni yozdim…”
(Davomini jurnalimizning 2025-yil 1-sonida öqiysiz)
Şodiqul HAMRO
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


