66 marta körilgan

Boşim uzra millionlab yulduz…

Eşqobil Şukur

Odam yoşi ötgan sari bolaligiga qarab talpinadi. Bu bor gap. Аdabiy uçraşuvlarda, baʼzan odatiy gurunglarda ham şoiru adiblarga eng köp beriladigan bir savol bor: “Bolaligingiz haqida, birinçi şeʼrlaringiz haqida gapirib bering”. Kimgadir siyqa-qay­tariq, noörin tuyilsa-da, juda örinli savol bu!

 

*

Şoirni şoir qiladigan manba uning bolaligidir. Xuddi Nyutonning tayanç nuqtasi kabi. “Bolalik adabiyoti” möjizalarini his qilmagan odam ulğaygaç heç narsani his qilmaydi. Robotjon böladi, xolos. Bir söz bilan aytganda, bolalik hayrat va şeʼriyatga töliqdir.

*

Bolaligimda özim bilan özim uzoq gaplaşib ötiradigan odatim bor edi. Biroz ulğayib, maktabga borib, 7-8ga kirganimda ham bu odatim qolmadi. Otam va onam juda xavotirlanib qolişgan. Ular meni kuzata boşlaşgan. Mullaga öqitişgan. Şunda ham odamlar közidan qoçib, pana-panaga ötib, özim bilan özim gaplaşib olardim, miriqib gaplaşardim, miriqib…. Öşa paytlarda içimda yana kimdir borligi­ni sezganday bölganman. Öşa yillari mendan bir qadam ham ayrilmay yuradigan singlim ölib qolgan. Men butunlay dovdirab qolganman. Endilar holimni şarhlab körsam, öşanda men ölgan singlimni içimdagi döstimdan topganday bölganman. Balki içimdagi öşa döstim adabiyot bölgandir. Yillar ötib, “özim içra öşa özim”ni yöqotib qöygan kezlarim köp bölgan, afsuski, juda köp bölgan. Yurib-yurib yana unga katta ehtiyoj sezganman. Uni izlab ketganman. Topganman. Inson şunday möjizaki, uning içida özi ham öqiy olmaydigan yozuvlar köp, deyişgan-ku. Qarangki, hozir ham şunça narsani körib-keçirib, şunça narsaga aqlim yetib, “özim içra öşa özim”ni köp yolğiz qoldiraman. Bu mening xatoyim.

*

Birinçi şeʼrlar: (12 yoş)

Şeʼrim аxtаrdim

 

Entikdi-yu tabiat nogoh,

Yurtga eltdi azim quyoşin.

Qora tunga öqitib saboq,

Tong otliğ baxt kötardi boşin.

Nurli tongdan şeʼrim axtardim.

Quyoşini kuzatib kunduz,

Qişloğimga tun kirganida,

Boşim uzra millionlab yulduz,

Xayolimga erk berganida,

Nursiz tundan şeʼrim axtardim.

1974

Kutiş

 

Neça kunki, şeʼr yozmayman men,

Jon yöqotgan tanaday göyo.

Goh ilhomsiz qalam oldim men,

Tölqinisiz qolganday daryo.

Bir hayqiriq kutdim intiq-zor,

Borliğimni larzaga solgan.

U şeʼr edi, kutdim-u bir bor,

Ming bor meni u kutib qolgan.

1974

Bаxtim yulduzi

 

Kökka tikilaman öylanib bu çoq,

Yulduzim izlayman har on, har fursat.

Goho u yaqindir, goh esa yiroq,

Intilib-intilib yetaman albat.

 1974

Özgаriş

 

Toza bölib tuğilar gödak,

Közlarida yonar olovlar.

Taajjubki, ulğaygandan söng

Nopok bölib ketar birovlar.

1974

Birinçi şeʼrlaringizning xatosi, nuqsoni, aybini bir qaraşda bilasiz. Lekin bu şeʼrlarga boğlanadigan xotiralarni eslab ketsangiz, barça nuqsonlar birdan fazilatga aylanadi.

Bolalik haqida 60 yoşdan söng:

Olis bir qişloqda,

ovloq qişloqda

Yovvoyi qörquvni qölga örgatgan

Odamlarni kördim. Mardlarni kördim.

Yuragini tökin dasturxon qilgan

Qaşşoqlarni kördim, dardlarni kördim.

Közyoş tökib turgan buyuk toğlarni,

Çinorlarni kördim bobomday suyuk.

Topganin dunyoga soçgan boğlarni,

Bağirlarni kördim daştday keng… kuyuk…

 

Xullas…

Bulutlar, çaqmoqlar zuğum qilar çoğ,

Saraton, qahraton qahr qilar çoğ.

Qönğir Yer ustida,

Moviy osmon ostida

Heç kimimiz yöq edi Xudodan boşqa.

Heç kimimiz yöq edi Xudodan boşqa!

 

Men Janubiy Koreyada xalqaro adabiyot simpozuimida qatnaşib nutq sözla­ganimdan keyin xalqimning zakovatiga yana bir marta qoyil qolganman. Oymomo, Bobotoğ, Enadaryo sözlarini eşitganda, simpozium qatnaşçilari – dunyoning turli hudularidan kelgan adiblar-u şoirlar hayratlarini izhor qilişgan. “Oyni momo deyiş, toğni bobo deyiş, bu juda ajoyib obrazlar-ku”, deb hayratlanişgan. Holbuki, mening yurtimda harf tanimaydigan odamlar ham bu timsollarni yaxşi tanişar va ularni şunçaki “obraz”mas, haqiqatan ham özlarining momosi va bobosi deb bili­şardi. Menga bu tuşunçalar bolaligimdan heç bir majburiyatsiz, döqlovlarsiz, mehr va samimiyat bilan singdirilgan. Şuning uçun hozirgaça oyni – momom, toğni – bobom deb bilaman va bunga şubha qilmayman.

Eşqobil Şukur,

Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi

 

2025/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.