(Hikoya)
Saksonni qoralab qolgan Ahmad toğasining vafotidan nogahon voqif bölmaganida, bundan öttiz yilça muqaddam, yaʼni musavvirlik oliygohida öqib yurgan kezlarida moyböyoqda işlangan örtaça hajmdagi kartinasi Saidning esiga tuşmagan, surat bundan söng ham ustaxona kunjagida, laş-luşlar orasida unutilgan ötmiş singari yotgan bölar edi. Ammo toğ oldi ovulida yaşaydigan xeşidan bu sovuq xabarni telefon orqali eşitgan zahotiyoq, xuddi çaqin çaqqanday, surat lop etib esiga tuşdi va uni qöliga olgani hamono, göyo toğasi hayotga qaytadigandek, içki bir oşiqiş bilan kartinani qidirişga tuşdi. Suratni tezgina topdi ham.
U kartina yuziga qöngan gardlarni puflab-suflagança, deraza yaqiniga borib, haliça yakuniga yetkazilmagan surat örnatilgan molbert poyiga asta suyab qöyarkan, eʼtiborini kartinaning quyi qismiga sariq jigarrang böyoqda xiyol qiyalatib bitilgan “Sahna” sözi – polotno nomi tortdi va asarning yaralişiga teatr sahnasida körganlari sabab bölganini darrov esladi. Bungaça yillar davomida heç xayolidan ketmay, doim köz oldidan sirpanib ötib turadigan manzarani mato yuzida aks ettiriş öyida ham yöq edi – noxuş voqea sifatida bolalik xotirasida yaşab kelardi. Öşanda Said oyda bir-ikki marta teatr ostonasidan hatlab turişni kanda qilmaydigan ikkinçi kurs talabasi edi. Navbatdagi taşriflaridan birida teatr sahnasida öziga bolalikdan taniş öşa manzaraga kutilmaganda töqnaş kelganday böldi. Spektakl mazmuni özi guvoh bölgan voqeadan yiroq esa-da, ammo sahnada öz rollarini ijro etayotgan aktyorlarning holati va saxt-sumbatida öxşaşlik bor edi, farqi, sahna voqeasi andak şiddatliroq edi.
U guvoh bölgan voqea esa…
Öşanda Said beş yoşda edi. Onasi tongdan ayollarni dalaga qözğaydigan brigadir Hasan uzunning döq-pöpisaga qaramay, şu kuni öz tomorqasida kartoşka çopiği bilan ovora böldi. Ayol tomorqasidagi ekin-tikinlarga vaqt-bevaqt qarab turişga majbur edi. Axir, ikki oy burun eri vafot etgan, katta öğli sakkiz yoşda, kiçigi esa endigina uçga qadam qöygan, kolxoz beradigan jimitdek maoş bilan rözğor tebratib, beş birday bolaning qornini töqlab, egnini butlab bölarkanmi?.. Xullas, keksalar aytgandek, turmuş maşaqqatlarini kattalar singari bolalar ham his qilgandek bölişadi-yu, biroq göyo dunyo şunday yaralgandek, töla idrok etişolmaydi. Ana şunday bolalardan biri Said edi. Bugun ertalab ham çoyini şakarsiz içganidan onasidan öpka-ginada edi, şu vajdan qöllaridan kelgança eplab-seplab piyozni ötoq qilayotgan akalari yoniga yaqin yölamay, çim bosgan ariqça içiga tuşib olib, quşçalarday çuğur-çuğur qilişayotgan ukasi va singlisi bilan öynaşgisi kelmay, tumşaygan köyi, çorak qismi böliq bedazor, qolgan qismiga esa turli ekin-tikinlar ekilgan keng tomorqada, çetdan qaraganda, göyo öz maylida tentinib yurardi. Aslida esa boşi bilan işga şönğigan onasining közini şamğalat qilib, tomorqa adoğida özlariga devor-darmiyon qöşni Karim amakisining hovlisiga, yaʼni ammasining örtançi öğlinikiga soya yangliğ sirğalib kirib, mehribon yangasidan biron şirinlik undiriş umidida edi. Agar qişloqning narigi çetidagi hovlida katta öğli bilan turadigan ammasi birrovga kelgan bölsa, yanada soz – şirinlikka öç jiyanini konfet yoki parvarda bilan siylab, manglayidan öpmasdan qöymaydi u. Ammo çatoq jihati, bolaning qadam olişidanoq niyatini payqaydigan onasi suqatoylik qilişiga aslo izn bermaydi, doimo qanoatli bölişni talab etadi, agar haddidan oşgudek bölsa, darrov xiviçni qöliga oladi.
Bola tomorqa adoğidagi devor yoqalab qator ekilgan teraklar orasida alahsib yurib, kirdi-çiqdi qulay bölişi uçun otasi va amakisi tomonidan atay örnatilgan, hamişa yarim oçiq turadigan eşikka röbarö kelganini özi ham sezmay qoldi. Boşqa payt amakisining hovlisiga bemalol qadam qöygan bölardi. Ammo hozir buning iloji yöq, nazarida, tomorqa örtasida ketmon çopayotgan onasi öyidagini zumda payqab qoladigandek tuyilaverdi. Şuning uçun qarşisidagi eşik neçun boşqa eşiklar singari silliq taxtadan emas, qinğir-qiyşiq tol va terak xodalaridan yasalganidan göyo ajablangandek, bir dam turib qoldi, orada onasi tomon zimdan yer osti qaraş qilib qöyişni ham unutmadi. Ammo uning bu tarzda taraddudlanib turişi uzoq davom etmas, saldan söng eşik ortida közdan ğoyib bölişi aniq edi.
Biroq bu safar olğa jilişga ulgurmadi – it akillab, darvoza hatlab kimdir kirganidan ogoh etdi. Bola qiziqsinib ortiga ögirilgandi, hovlini tik kesib, tomorqaning simtör eşigi tomon kelayotgan ikki toğasini kördi-yu, quvonçi içiga siğmay, çehrasi yaşnab ketdi. Toğalari heç qaçon quruq qöl bilan kelişmaydi, hamişa xurjunlari turli yemakka, çöntaklari esa qarşilariga yugurib çiqquvçi jiyanlariga atalgan şirinliklarga töla böladi.
Avvallari ikki-uç oyda bir köriniş beradigan toğalari otasining qirqidan söng tez-tez keladigan va sönggi paytda onasi bilan ğidillaşib ketadigan bölişgandi. Aniqroği, Ahmad toğasi onasini akalarça siquvga olgan, çehrasidan nimtabassum arimaydigan halimtabiat Şermat toğasi esa ularni tinçlantirgan bölardi.
Bola alp singari qomat kerib, oldinda kelayotgan Ahmad toğasining avzoyidan hamda qönoqlarga közi tuşişi bilan, qölidagi ketmonning uzun, silliq sopiga ömgan tiragança, paykalda toşday qotgan onasining holatidan bu safar ham janjal qöpişini sezib, köngli xira tortdi va bu gal böladigan mojaroni boşdan-oyoq kuzatişga ahd qilganday, beixtiyor tomorqa çetidagi örik daraxti poyiga yugurib bordi-da, yöğon tanasi ortiga bekinib oldi. Bola biqingan yerdan tomorqaning keng sahni hamda pastak, kemtik devorli qöşni hovlilar yaqqol közga taşlanib turardi. Darvoqe, boşda bola qönoqlar tomon qanot çiqarib uçmoqçi böldi. Ammo vaziyat – Ahmad toğasining sovuq, jiddiy aft-angori-yu, hamişa akalariga şirin muomalada bölib kelgan onasining yetti yot begonalarga duç kelganday, allaneçuk gezarib turişi bunga izn bermadi, yuragiga qörquv inib, şirinlikni unutdi.
Bu orada kartoşka paykaliga tutaş çimli tor yölak adoğiga yetib kelgan Ahmad toğasi oyoq ilib, onasining past ovozda bergan salomiga boş irğab alik olgan böldi-da, qanşari ostidan iddaoli qaraş qilib, mana, keldik yana, degan maʼnoda tomoq qirdi. Atrofida girdikapalak bölayotgan jiyanlarini erkalab-serkalab, şirinliklar ulaşib, sal keyin yetib kelgan Şermat toğasi esa, aksinça, har doimgidek “singiljon”lab, dildan söraşa boşladi. Ammo Ahmad toğasi öqrayib qarab qöyişi bilan, “singiljon”laşni bas qildi-da, çuğurlaşayotgan jiyanlariga yuzlanib: “Aytgança, xurjunda holvayam bor edi-ya…” – deya hademay yuzaga kelişi ehtimoli bölgan dilsiyohlikdan jiyanlarini nariga, hovliga haydadi.
Ahmad toğasi göyo qoşida odam bolasi yöqdek, avval tevarakka ser solib, söng kökdagi bir parça oppoq bulutga nazar taşlab, öziga özi gapirganday, qörs ohangda tönğilladi:
– Xöş-ş?!
Onasi eşitmaganday, öt bosgan jöyakka tikilgança qilt etmay turaverdi. Şermat toğasi çang qöngan şimini qoqib, paykal çetidagi çirmoviqni yulib taşlagan böldi. Keyin jiyanlaridan xavotirlanganday, hovli tomonga köz taşlab qöydi.
Bola ularning xatti-harakatidan bungaça barça gap-sözlar turli yösinda – goh jahd, goh jahl, goh mayinlik bilan kerakli darajada irod etilgani va endilikda közda tutilgan masalaning hal böliş-bölmasligi öjar onasining bir oğiz gapiga boğliqligini kattalardek fahm etmagan bölsa-da, ammo şunga yaqin tuyğuni his etdi va toğalari qatori onasining nimadir deyişini kuta boşladi. Biroq onasi söz aytmoqdan köra, xayolga çömişni afzal körganday, öşa-öşa bir nuqtaga – öt bosgan jöyakka nigoh qadagança turaverdi. Bu holdan Ahmad toğasining qahri qözib, har bir sözini tişlari orasidan bittalab sitgandek qilib:
– Nima, tilingni yutganmisan? – dedi.
Onasi gapga javoban köz qirini taşlagan böldi-yu, lekin çurq etmadi. Ayni şu payt tomorqa adoğidagi yarim oçiq eşikda Karim amakisi böylandi. U tomorqa kindigida ğalati alpozda turganlarga piça qarab turdi-da, söng bir-bir bosib, öşa tomon yurdi. Ammo Ahmad toğasining ğazabi junbişda ekanini sezgaç, ular yaqiniga bormay, berida töxtadi va odob yuzasidan, imo-işora bilan Şermat toğasi bilan söraşgan böldi. Qişloqqa xos odat, bu paytda kemtik, pastak devor boşida bir talay qöni-qöşnilar – Said otliq musavvir eʼtirof etgandek – turli yoşdagi “tomoşabin”lar paydo bölgandi. Odatda, har qanday ğidi-bidi bolalar uçun zör tomoşa bölganidek, kattalar uçun dilni ğaşlab, kayfiyatga taʼsir etuvçi ahmoqona mojarodir. Şuning uçun kimdir tomorqa örtasida keçayotgan dilxiralikning janjalli tarzda yakunlanişini, kimdir esa özgalar aralaşuvisiz, tezroq tinib-tinçişini kutmoqda edi.
Ahmad toğasiga qolsa, baqir-çaqir qilmay, taklifiga könmay, talabiga böysunmay, örlik qilayotgan singlisini doimo etigi qönjida olib yuradigan qönğir dastali qamçisi bilan bir-ikki urib, paxsa devor poyidagi kalamuş inlaridan biriga tiqib, oğzini loy bilan suvab taşlasa. Amalda esa bu işga qöl urişni öyiga ham keltirmaydi – singlisini avaylaydi, joni açiydi unga va joni açigani uçun ham özini tutolmay, baqir-çaqir qiladi.
U qançalik ğazablanmasin, qöni-qöşnilar unga ğing deyişmaydi. Çunki bu baqiroq aka öta jigarçil, sağir jiyanlarim yöqçilik körmasin, toğalari bağrida egni but, qorinlari töq holda ösib-unsin degan niyatda tul qolgan singlisi oilasini qöşni tumanga, toğ biqinida joylaşgan ovuliga köçirib ketmoqçi. Singil esa bu taklifga jon deb rozi böliş örniga, köçmayman, deb turib olgan. Qiziq, bunaqada yolğiz boşi bilan beş birday norasidani qanday qilib voyaga yetkazadi? Agar bu xotin eri tomonga işonayotgan bölsa, çuçvarani xom sanabdi, işonganlaridan biri qaynisi Karim novçami, akalari yangasini köçirib ketişlar bilan, rahmatli akasidan qolgan keng tomorqa-yu, hovlisiga ega çiqib, öz yerini kengaytiriş niyatida halitdan közlarini yiltillatib yuribdi, yaramas…
Bola kattalar xayolidan ne öylar keçayotganidan bexabar bölsa-da, ammo toğasining rejasidan boxabar edi. Hademay köçib ketişlariga işongani holda xeşlarining qiyalik betida joylaşgan möjaz ovulini tez-tez köz oldiga keltirib, özida yöq şodlanib yurardi. Çunki devorlari paxsadan emas, turli tusdagi toşlardan kötarilgan uylarlarda istiqomat qiladigan toğalarining moli-yu, qöy-qözilari juda serob bölib, heç qaçon etsiz taom yeyişmas, dasturxonlaridan qand-u novvot arimas, yangalari har ikki-uç kunda bir yoğli patir yopişdan erinişmas edi. Eng muhimi, toğalarining özi tengi va kattaroq yoşdagi öğillari bilan suruv ortidan ertadan keçgaça dikonglab yurişiga heç kim monelik qilmas, çuqurga tuşma, jarga yaqinlaşma, toqqa uloqib ketma, deya birov tergamas – xuddi ovul bolalaridek, özi istagandek, erki qölida edi. Undan taşqari, toğalarining gijinglagan qöşa-qöşa otlari bor, özlarida esa hatto yağir eşak ham yöq.
Bola şularni xayolidan keçirgan holda, toğda javlon urarkan, quloğiga Ahmad toğasining onasiga qarata aytgan quyidagi gapi çalindi:
– Gapir, öylab-öylab, ne qarorga kelding?!
Onasi holatini özgartirmagan köyi, past, ammo qatʼiy ohangda javob berdi:
– Qarorimni allaqaçon aytib bölganman!
Ahmad toğasining ğazabi battar qözib, bir tölğanib oldi. Ammo bu safar qahrini tezda jilovlab, öta açinganday söz qotdi:
– Bunaqada boşing mehnatdan çiqmay, ölib ketasan-ku!
– Ölmayman, aka!
– Demak… köçmaysan?
Onasi “ha” deya boş irğadi.
Bola yuzaga kelgan zalvorli sukut yuragiga juda oğir botgandek, kattalar aftiga bir-bir nazar taşlab çiqdi: Ahmad toğasining onasiga tikondek qadalgan jigarrang közlari tugun tortgan qoşlari ostidan, yaxşilik yoqmagan nokas ekansan, degan maʼnoda misli çöğday yonib turar, köngilçan Şermat toğasining çöziq, qoraça yuzida, örlanmay, rozi böla qolsang-çi, singiljon, degan iltijoli ifoda aks etgan, Karim amakisi onasining rad javobini kutmagan, şekilli, yerga boqqança xuşsiz holda manglay qaşlar edi. Onasi esa yölida köndalang turgan har qanday maşaqqatni mağlub etişga qodirdek va buni namoyiş etmoqçidek, ketmon dastasidan ömgan uzib, qaddini tikladi. Kemtik devor boşidagi “tomoşabinlar” nigohida öşa birgina maʼno – qani, nima bölarkan? Hovlidagi aka-ukalari esa halvo bilan andarmon edi.
Köçişdan qatʼiy boş tortgan onasidan bolaning köngli qoldi, keçlikdagi goh etli, goh etsiz taomlarni, ertalabki qand-u şakarsiz nonuştalarni köz oldiga keltirib, alamdan yuragi örtanib, yanoqlari şaşqator köz yoşlaridan namlandi. Söng esa hademay Ahmad toğasi bexosdan baqirib qolişidan çöçib, quloqlarini bekitiş örniga, negadir közlarini çirt yumib oldi. Şu alpozda piça turdi. Baqiroq ovozdan darak bölavermagaç, avval söl, söng öng közini asta oçdi. Öng közini oçişi bilan hanuz onasiga yeb qöygudek tikilib turgan Ahmad toğasi: “Aka sifatida aytarimni aytib, yalindim, endi bilganingni qil!” – deya şartta ortiga qayrildi-da, Şermat toğasini oldiga solgança, zumda közdan ğoyib böldi.
Tomorqada onasidan bölak heç kim qolmadi.
Bu holat bolaning ong-u şuurida mahkam muhrlanib qoldi.
Teatr sahnasida şunga öxşaş manzaraga duç kelgaç, yillar davomida qalbini örtab kelayotgan uşbu holatni bor holiça mato yuziga tuşirişga, aks ettirişga jazm qildi. Buni qarangki, manzara polotnoga köçişi bilan, sira köz öngidan ketmay, zimdan yuragini tirnab kelgan bolalik xotirasi ötmiş qaʼriga singib, ortiq bezovta qilmay qöydi.
Ahmad toğasining ölimi haqidagi xabar esa bot esiga tuşirdi.
Said ezğin kayfiyatda suratni qayta qöliga olib, uni molbertga örnatgan holda diqqat bilan razm solarkan, “sahna” qahramonlari orasida faqat Ahmad toğasining qiyofasiga alohida urğu berganiga, yaʼni uni özgaça bir mehr bilan tasvirlaganiga amin böldi. Toğasi siymosida, uning fikriça, çin inson qiyofasi aks etgan edi.
U beixtiyor körsatkiç barmoğining uçi bilan toğasining yuzini ohista silab-siypalarkan, barmoği onasining öjar qiyofasiga bexos tegib ketişi bilan, özi sezib-sezmagan holda, qölini ilkis tortib oldi va bolaligida yuragi tubiga çökib, töngib qolgan alam haligaça arimaganidan ang-tang turib qoldi. Ana şunda suratni qidirib topganidan ökinganday böldi. Çunki kartina tufayli deyarli butunlay unutilgan tomorqa voqeasi, yaʼni “sahna” manzarasi qanday bölsa, şundayligiça qaytadan jonlanişni boşlagan edi-da.
U şu kuni ham, söng ham, toğasining maʼrakasi paytida ham köz oldidan ketmay, tinmay xayolida çarx urayotgan manzarani özidan nari haydolmadi, ming urinsa-da, bunga çoği yetmadi.
* * *
Toğasining maʼrakasi yakunlab, onasi va ona-inilari bilan qişloğiga qaytgan Said ekin-tikinli tomorqani aylanib, hanuz savlat tökib turgan keksa örik daraxti tagida xayol oğuşiga singib, söngida onasi ötirgan uy ostonasidan asta hatlarkan, bolaligida bermoqçi bölgan, ammo haligaça berilmagan savoli bilan onasiga murojaat etdi:
– Ena… nega öşanda… rahmatli toğamning aytganiga könmay, oyoq tirab olgandingiz?
Törda jun titib ötirgan tinib-tinçimas onasi, qölida qöy juni emas, kitob tutib turgandek, çalğib ketmasligi uçun kitob sahifasiga birrov nazar taşlab, söng boş kötarib qaragandek, öğliga boqdi. Onasining bu tarzda boqişi bolalikda keçgan maroqli damlarini – oqşomgi kitobxonlikni Saidning esiga tuşirdi. Onasi har kuni keçki taomdan söng bolalarini tança tevaragiga jamlab, kitob öqib berardi, horiganida esa öğillariga öqitardi. Ammo heç kim onasidek kitobni maroq bilan öqiyolmasdi. Aka-ukalar yilning sovuq va salqin kunlarini xuş körişardi. Çunki tança atrofida keçadigan kitobxonlik butunlay bölakça bölar edi-da.
Said, ittifoqo, ikki taxmon örtasida joylaşgan ensiz, tik tokçaga, keyinçalik uy egasi, muallim kenja inisi tomonidan ğoyatda did bilan qavatlarga bölib çiqilgan öziga xos kitob javonga nazar taşladi va uning har bir qavatida onasi tomonidan yillar davomida öqilgan qalin-qalin kitoblar taxlamiga – doston-u ertaklarga közi tuşdi. Bu orada savoliga onasining bergan javobi şu böldi:
– Köçib borganimizda, toğalaring öğillari qatori jiyanlarigayam qöy boqtirardi-da, ulim. Men esam bolalarimning suruv izidanmas, ilm ketidan yurişini istardim-da. Şuning uçun… Xudoga şukrki, niyatimga yetdim!
Ertasi maşinasida beş soatdan ziyod yöl bosib, şaharga qaytgan Said töğri ustaxonasiga kirib, öşa kuni yölga çiqiş oldidan molbertga örnatib ketgan surat qarşisida uzoq, juda uzoq turib qoldi. Söng ingiçka möyqalamni qöliga olib, suratning, uning taʼbiri bilan aytganda, “sahna”ning öng tomoniga onasi siymosini şaffof rangda aks ettirişga kirişdi.
2024-yil.
Normurod NORQOBILOV,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
1953-yili tavallud topgan. 1982-yili Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
“Zangori köl”, “Unutilgan qöşiq”, “Yuzma-yuz”, “Sariq gul”, “Paxmoq”, “Temur ğori”, “Arazçi çumçuq”, “Bekatdagi oq uyça”, “Ovul oralagan böri”, “Jöşqin daryo”, “Böron qöpgan kun”, “Qoraböri” hikoya va qissalardan iborat töplamlari, “Daşt-u dalalarda”, “Qoraquyun” romanlari hamda “Toğdagi yolğiz odam”, “Amir Temur izidan” kabi asarlari naşr etilgan.
2025/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


