8 daqiqada öqiladi

112 marta körilgan

Böynoq

Raimqul Suyarov

(Hikoya)

Ahmad kösa ölguday gajir odam. Bir gapni uşlab oldimi, tamom, unça-munçasiga könmaydi. Öziga öxşagan bir-ikkitasini aytmasa, heç kim u bilan gap talaşmaydi. “Ke, qöy, şu bilan baravar bölamanmi”, deya unga atay, sizniki töğri, deb battar şişiradi.

Kösani odamlarning özi yomon örgatgan. Haqmi-nohaqmi, aytganini maʼqullayvergaç, taltayadi-da. “Mana bu joyda adaşyapsan, unday emas, bunday”, deganlar baloga qolgan. Ustiga ustak, Kösa öta kekçi odam. Baʼzan davralarda kimdir paytini poylab mot qilib qöysa, sirayam esidan çiqarmaydi. Köng­lida saqlab yuraveradi, alamini olmagunça qöymaydi. Gap talaşib ranjitganlar bilan köpinça gaplaşmay ham qöyadi.

Xullas, Ahmad kösaning bölgan böldiği şu. Omon rais aytganiday, uning loyi şunday qorilgan, özgartirib bölmaydi.

Kösaning qişloqda yomon köradigan odamlari bor. Lekin eng yomon körgani – hamsoyasi Tursun qoraning xotini Böstonoy. Şu xotin kelin bölib tuşgandan beri yomon köradi. Aytişiça, yangi kelin uni körib körmaslikka olib, salom bermagan ekan. Kim bilsin, balki salom bergandir, Kösa eşitmagandir. Lekin Kösaning qöşib-çatib gapiriş odati ham yöq emas.

Kösa bilan Tursun qoraning uyi örtasida devor ham yöq. Örtadagi çegara har yili ustiga tok novdalari bosilaverib, tuproği uvalanib ketgan uvat. Ikkalasining ham kattagina tokzori bor emasmi, yillik novdalar boğlanib, uvat böylab taxlab çiqiladi. Undan tandir-öçoqqa tutantiriq uçun ham oliş mumkin emas, bunga ikki taraf ham birday amal qiladi. Sababi, çegara buzilmasin, bir-birovining tomorqasiga mol-holi ötib ketib, baqir-çaqir bölmasin!

Bir-yarim uvatning pastqamroq joylaridan Tursun qoraning qöy-eçkilari ötib ekinlarni payhon qilganida qöşnilar ança vaqtgaça arazlaşib yuradi. Kösaning bittagina soğin sigiri bor, xolos. U qöşni tugul, egasining tomorqasigayam möralamaydi. Kösaning tili bilan aytganda, nas sigir. Yolçitib yemiş ham yemaydi, sut ham bermaydi. Daştga haydab qöyib kelsa, orqasidan yetib keladi. Buzoğini qizğanadi. Buning bari Kösaga alam qiladi. Qaniydi, ön beş-yigirma çoğli qöy-eçkisi bölsa-yu, qöşni tomorqadagi ekinlarni payhon qilsa, xuddi unikidek payhon qilganida bungayam alam qilmasdi…

Bu ham yetmaganday, Tursun qoraning tovuqlariyam Kösaning ğaşiga tegadi. Bi­rinçidan, bari semiz, lapanglab-lapanglab yurişiga qaraganda, katta-katta tuxum qöysa kerak. Xöroziga-ku gap yöq! Bir özi önta tovuqni bemalol eplaydi. Baʼzan Kösaning tovuqlarigayam kuçini körsatib ketadi. Bu atrofda unga teng keladigani yöq, Kösaning qizğiş xörozini ham bir çöqişda qoçirgan.

Ikkinçidan, Kösa şu tovuqlar sabab tuzuk ekin-tikin qilolmayman, deb öylaydi. Lekin özi işyoqmasligini tan olmaydi. Bahona-yu sabab esa tayyor – suv yöq, hamsoya­ning tovuqlari dastidan dod! Vaholanki, ariqdagi suv to yozgaça tinimsiz oqadi. Tovuqlarni har kuni “kiş-kiş”lab yurgani ham yöq.

Böstonoyning tovuqlari onda-sonda qarovsiz qolsa, şundagina hamsoyaning tomorqasiga ötib ketadi. Bir kuni öz-özidan çipor xörozi yöqolib qoldi-yu, tovuqlarini katagidan çiqarmay qöydi. Xörozni qança izlamasin, baribir topişolmadi. It yoki muşuk yegan desa, pat-mati ham çiqmadi.

Oradan ön kunlar ötgaç, Böstonoy yana tovuqlarini hovliga qöyib yuboradigan böldi. Bir kuni keçki payt tovuqlarini haydab, katagiga kiritmoqçi bölib qarasa, yana bitta tovuq yöq. Bola-çaqasi bilan qidirişga tuşdi. Tokzor oralari ham, qöra-qöton ham, qöni-qöşniniki ham qolmadi. Tovuq heç qayerdan çiqmadi. Çipor xöroz kabi pati ham topilmadi…

Avvaliga buni heç kim Böynoqdan körmadi. Çunki Böynoqning tovuq uşlab yeyiş odati yöq edi. Har doim tovuqlar uning oldidan bemalol ötib-qaytib yurar, Böynoq qayrilib ham qaramas edi. Hammasi Kösaning boğiga suv
oliş navbati kelganida boşlandi. Boqqa qiyalab oqib kirgan ariqning suv yuvib, kiçikroq kamar hosil bölgan joyidan öşa yöqolgan tovuqning qora patlari oqib çiqdi-yu, buni Kösanikida öynab yurgan Tursun qoraning qizi körib qoldi. Qiz qurmagur darrov borib, körganlarini onasiga aytdi. Böstonoy ham şu zahoti lapanglab yetib keldi. Qarasa, xuddi şu, özi tuxumdan oçirib, jöjaligidan katta qilgan qora tovuğining patlari. Jon-poni çiqib ketdi. Oğziga kelganini aytib, şanğillay boşladi.

Qölidagi ketmon bilan tok jöyaklariga suv tarayotgan Kösaning xotini Rohila nima qilişini, nima deyişini bilolmay qoldi.

– Sizgayam, xöjayiningizgayam neça marta aytdim, şu ölgurni boğlab qöyinglar, bir kunmas bir kun bir narsani boşlaydi. Yöq, gapimni bir tiyingayam olmadinglar. Mana, tovuqlarimni yeb boşlapti, xörozniyam şu görsöxta yegan. Endi bir harom it uçun tovuq boqolmas ekanmizda-a? Ha, men buni şunday qoldirmayman, hali körasiz, bu it bölganiga puşaymon böladi. Tovuqlarimni yegan tişlari bitta qolmay tökilib ketadi…

Rohila “Balki tovuqlaringizni Böynoq yemagandir”, demoqçi böldi-yu, befoyda ekanini öylab jim qoldi. Böstonoy uning gaplarini eşitadigan ahvolda emasdi. Çipor xörozi-yu, semizgina qora tovuğini yeb qöygan Böynoq va şunday laʼnati itni boqib, katta qilgan hamsoyalariga bölgan nafrat uning közlarini kör, quloqlarini kar qilib qöygandi: yarim soatlar çamasi iyagi tinmadi. Itni qarğay-qar­ğay iziga qaytayotganda yöliga köndalang bölgan qiziga ham öşqira ketdi. Qiz qörqa-pisa onasidan oldinga ötib uyga qarab çopdi.

Baqir-çaqir tingaç, Rohila ham es-huşi­ni yiğib uyiga keldi va dahlizda sirli satildan muzday suv olib simirayotgan eriga:

– Bugundanoq Böynoqning böyniga zanjir soling, – dedi.

Panaroqda hamma gapni eşitib bölgan Kösa:

– Zanjir-panjir solinmaydi, – dedi qölidagi kosani tokçaga qöyarkan hansirab. – Böynoq birovning tovuğini yeydigan itmas. Bunday qiliği yöq.

– Menam şunday öyladim, – dedi Rohila, odatdagiday, erining gapini maʼqullab. – Lekin Böstonoy boşqaça öyda.

– Tiling yöqmi sening, ahmoq? Nega indamaysan, nega hamma gapini jim eşitib turaverasan? Hoy, gapingni sal öylab gapir, aniq kördingmi yoki uşlab oldingmi, demaysanmi? Bu atrofda biznikidan boşqa it yöqmi, nima, ariqdan tovuğining pati oqib kelsa, Böynoq aybdor bölişi kerakmi? Axir, itning feʼlini özing yaxşi bilasan, faqat oldiga qöyilgan ovqatni yeb örgangan.

…Böynoq hovli adoğidagi eski molxona devorlari içidan ğingşib-ğingşib çiqdi-da, tandir ayvon orqasiga zörğa sudralib ötib ketdi. Kösa sekin itning ortidan yurdi. It tezda holdan toyib loyxandaqqa yetganida yotib qoldi. Kösa qörqa-qörqa itiga yaqinlaşdi va soviy boşlagan oyoqlarini uşlab körib darrov hammasini tuşundi. It jon berayotgandi. Kösa azoblanayotgan itiga iç-içidan açinib, uning közlariga qaradi. Ğira-şira qoronğilikda itning çala yumuq közlaridan yoş sizib çiqar, u egasidan sönggi bor najot kutayotgandek yotar edi. Kösa yiğlamoqdan beri bölib qadrdon itining boşini siladi va alam bilan sökindi: “He, enangdi… qanjiq!”. It közlarini kattaroq oçib qaradi, egasining sökinayotgani­ga öziça izoh izladi…

Kösa Böynoqni uyidan quyiroqdagi jarga kömib qaytarkan, “uh”ladi ğazabdan közlari kosasidan çiqquday bölib.

– Erkak bölganingda-ku, özim bilardim, nima qilişni. Ayolsan-da, ayolsan!

Kösa bir-ikki kun nima qilarini, özini qayerga qöyarini bilmay yurdi. Turganda ham, ötirganda ham Böstonoyning göriga ğişt qaladi. Böynoqqa dori bergan qöllaring uzilib tuşsin, deya qarğadi. Böstonoyning çizgan çiziğidan çiqmaydigan Tursun qoraning ham şaʼniga aytilmagan söz qolmadi.

Kunlar ötaverdi. Asta-sekin Böynoq bilan boğliq tuyğulari unutildi. Lekin Kösaning könglida alam qoldi. Böynoqni esladi degunça bir narsa örtaydi. Öylab-öylab, oxiri bir qarorga keldiki, şunday qilsa, içidagi öt öçadigandek, alam bosiladigandek edi.

U bir kuni sahar turib, Çönqaymişga yöl oldi. Kun qizimasidan toqqa yetib olay, degança eşagini niqtaşdan töxtamadi. Tuşga yaqin otaqadrdoni Hamdamnikiga yetib keldi. Kösa Hamdamga Böynoqning ölganini aytmadi. Töğriroği, aytişga uyaldi. Unga bitta qançiq kuçukça topib berişini iltimos qildi. Buni eşitib Hamdam içida kulib qöydi. Kösaning niyatini öziça tusmol qildi: “Qişloğida böynoqçalarni köpaytirmoqçimi?..”

Birgalaşib çöpon oşnalarinikiga bo­rişdi. Çöpon endi közi oçilgan kuçukvaççalarni körsatdi. Kösa xuddi Böynoq­dek, böyni oq bir kuçukvaççani tanladi, çöponlar unga oşirib-toşirib taʼrif berişdi. Zotini xöb maqtaşdi.

Şundan söng Hamdam bilan xayr-xöş qilib, ortiga qaytdi.

U kuçukvaççani goh eşagining xurjuniga solar, goh xurjundan çiqarib, oldiga olar ekan, yoş boladay quvonib, bir gapni takrorlardi: “Endi Böstonoyning şöri quriydi, endi unga körsataman!”

Kösa ayni poda qaytar mahali uyiga yetib keldi. Rohila uning qölidagi kuçukvaççani körib, avvaliga hayron böldi. Kösa toqqa çöponlar qişloğiga borib-kelganini aytgaç, tuşundi. Kuçukvaççaning Böynoqqa kelbat berişi ötgan voqealarni eslatib yubordi.

Kösaning kenja qizi Nursuluv hamma­dan ham xursand bölib ketdi. Kuçukça­ning boşidan silab erkalar ekan: “Böynoqqa öxşarkan, şunday ot qöyamizmi?”.

– Yöq, qizim, – dedi Kösa xörsinib. – Bu kuçukçaga boşqa ot qöyişimiz kerak.

– Xöş, nima böladi?

– Mastonoy mos tuşadi, qizim. Mastonoy, deb çaqiramiz!

– Mastonoy! Böstonoy xolaning otiga öxşab ketarkan-a..?

– Öxşasa öxşar, lekin kuçukka juda yaraşadi.

Böstonoy hamsoyasining kuçuk asraganini, Mastonoy deb ataganini ertasi kuniyoq qizidan eşitib, hang-mang bölib qoldi. Ayni toltuşdagi manzara esa uni battar esankiratdi…

Böstonoy tut şoxiga osilgan suzma xaltadan çakki olib, çalob qilayotgan edi. Birdan közi tokzor bilan anjir orasidagi uvat böylab ketayotgan, yozda tokzorlarda, qişda qöra-yu qötonlarning tomlarida yaşab yuradigan yovvoyi kattakon malla muşukka tuşdi. Muşukning oğzida bir oq tovuq bor edi. U pastga, Kösaning tomorqasi boşlanişidagi öşa kamarga qarab yugurmoqda. Böstonoy hay-haylaganiça şu tomonga qarab zipilladi. Hadik olgan muşuk sakrab-sakrab, bir zumda közdan ğoyib böldi. Tok novdalari bosilgan uvatdan ötayotganida oğzidagi tovuq tuşib qolgandi. Böstonoy urinib-surinib kelib körsa, qonga belangan oq tovuqning allaqaçon joni uzilgandi.

Şu onda Böstonoyning köz öngiga birdaniga Böynoq paydo bölib, içidan bir narsa uzilgandek böldi. Xayolidan “Böynoq aybsiz ekan, nohaq uning joniga jabr qilibman”, degan öy ötdi. U muşukning oğzida jon bergan oq tovuqni titroq qöllari bilan kamarga irğitib, ortiga qaytdi va sal yurib, tuproği uvalanib ketgan çordevorga suyanganiça ötirib qoldi.

 

Raimqul SUYAROV

 1984-yili Samarqand viloyati Nurobod tumani Jom qişloğida tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Rizq”, “Farzand”, “Oy tölgan keça”, “Ota”, “Xayrlaşuv”, “Qovun pişiğida”, “Temir daftar” kabi hikoyalari çop etilgan.

2025/3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…