(Hikoya)
Yoz kunlaridan biri. Özimga ovunçoq qidirib hovlida bekor tentirayman. Qöşnimizning itini birpas quvlagan bölib, kallasiga kesak otgaç, ança könglim yoziladi. Buyam bir ermak. Şu zaylda it-muşuk mojarosi bilan ovora bölib turgandim, buvim çaqirib qoldilar:
– Bu yoqqa qara-çi, anavi ilonmi?
Ilon! Miyamda muşak portlagandek böldi. Nahotki, menga yangi “döst” topilsa? Ilonmi, kaltakesakmi, nima farqi bor?! Yugurib borsam, buvim yon qöşnimizning kattakon ğiştin devoriga qarab turibdi. Devordan bir neçta eski quvur qolqiği zanglab çiqib qolgan. Quvurlar içida esa zağizğon deysizmi, musiçami, işqilib, quşlar in qurib, tuxum bosib ötirişadi. Öşa yölakdan qadamim uzilmaydi. Nega deysizmi? Barça tilsiz örtoqlarim öşa yoqda-da! Qöşnining iti-ku, meni körsa, ötakasi yorilgança dumini qisib qoçadi. Suyak beraman, desam, işonmaydi. Biladi-da, tutib olsam, muşuklar bilan uriştiraman! Şundan keyin quşlardan boşqa örtoğim qolmaydi. Bu safar ham öşa tarafga yugurib borsam, eng baland quvurlardan birida uzun dum osilib turibdi! Quşlar galasi olamni boşlariga kötarişgan! Dumga har yoqdan hamla qilişadi. Ammo dum jimgina osilib turaveradi, sabri toşdan bölsa kerak, qimirlamaydi.
– Buvi, bu nimaning dumi? – deya sörayman, közlarimni katta-katta oçib.
– Ilonning! Boşi quş uyasi içida! Tuxumlarini yutayotgan bölsa kerak. Yugur, Dehqonboy akangni çaqir.
Dehqonboy aka mahalla boşidagi uylarning birida ustaçilik qiluvçi nihoyatda xuşçaqçaq bir odam. Qölidan kelmaydigan işning özi yöq. Uzoqdagi farzandlarini soğinadi, çoği, biz bolalar bilan juda inoq. Iltimoslarimizni heç rad etmaydi. Bu gal ham şunday böldi, xizmat joyidan bir narvon kötarib çiqib, ilon tutiş uçun men bilan uyimizga yugurdi. Qöliga mato bölagini öradi-da, narvonga çiqib uzun yaşil dumni çapdastlik bilan pastga tortdi. Buvim qörqqanlaridan ortiga qoçib ketdi. Quşlar tödasi hamon çuğurlaydi, “pir-pir” etib u yoqdan bu yoqqa uçib-qönişadi. Kutilmaganda şunday hodisa yuz berdiki, nima bölganini ilğab ololmadim. Bilganim şuki, narvon ustida Dehqonboy aka bir quloç uzunlikdagi yam-yaşil ilonni kallasidan siqqança uşlab turardi.
– Çop, ombordan banka opçiq, solib beraman, – dedi u jilmaygança, xuddi “Çop, kosa opçiq, murabbo solib beraman”, degandek qilib.
Men bir zumda uning aytganini bajo keltirdim. Ilon terisi ajoyib bölarkan. Ammo nam va sirpançiq. Yaşilvoyning (keyinçalik ilonga şunday laqab qöyganman) qornimi, dumimi, xullas, butun uzun tanasining bir qismi börtib turardi.
– Dehqonboy aka, bu nima? Ilonvoy ham muşuk bola tuğmoqçimi? – deya ajablandim.
– Yöq, höv anavi çumçuqlarni köryapsanmi? Buning qornidagi öşalarning polaponi. Iloning birovning bolasini yeb qöygan. Bolasi uçun quşlar ğazabdan çuğurlaşyapti. Hali körasan, ona çumçuq kelib hayvonçangdan xunini olmasaydi! Bolasidan osongina voz keçib qöymaydi. Ke, bankangga solib beray, men ham ketişim kerak.
Dehqonboy aka Yaşilvoyni yangi uyiga joylagaç, qopqoqdan havo kirişi uçun teşiklar oçib qöydi. Ammo ilon jonivor hadeganda bu qafasga köna qolgani yöq. Köp tipirçiladi. Qopqoq teşiklaridan ikki yoqqa kesik tilini çiqarib, közlarini olaytirgança tahdid solgan böldi. Söng tipirçilab-tipirçilab çarçagaç, banka tagiga kulça bölib yotib oldi. Aslida, özim ham şuni kutib turgandim. Yugurib borib dugonam Mohini çaqirib çiqdim. Ikkalamiz çopqillagança uyga kirdik. Men dugonamni ilon qamalgan burçakka boşladim. Yaşilvoyimning xuddi özi şumtakalik qilgan devor tagiga qöyib ketgandim. U yerdagi mojaroni körib ötakam yorilayozdi. Ilonni quşlar tödasi qurşab olgan. Bankaning atrofi qanotli askarlarga töla. Sirkka kelgan bolalar tödasini eslatadi xuddi. Quşlarning oddiy tomoşabinlardan farqi şunda ediki, ular tinmay çuğurlaşar, bir polapon xunini qamoqdagi “jinoyatçi”dan olişga urinişar edi. Ilgari quşlarning ğazablanganini körmagan ekanman, öziyam yomon bölarkan. Naq olamni buzaman deydi. Ön-ön beş çoğli çumçuqning qahrli “çağ-çağ”laşi hatto mening yuragimni quloq-miyamga qöşib yulib olganday böldi. Ayniqsa, bitta yirikroği kundoşi bilan narsa talaşayotgan xotinlar kabi böynini ön qariç çözib “şanğillagani” yetmagandek, mening yoqimtoy ilonçam bankasi ustiga ödağaylab sakrab qöyadi. Yaşilvoy esa unga javoban oğzini katta oçib pöpisa qiladi. Quş beçora darhol ortga çekinadi-yu, yana böynini oldinga çözib jöjaxörozdek hurpayib oladi.
– Pişt, pişt, – dedim men.
Mohi yugurib kelib supurgi bilan bir zumda quşlarni uçirib yubordi. Haligi çumçuq ham, biz kelgaç, özining kiçkina ekanini angladi, çoği, quvurdagi iniga jönab qoldi. Mohi ikkimiz zavq-şavqqa tölib-toshib ilonvoyni obdan tomoşa qildik. Quşlardan qörqib, boya yutib yuborgan polaponini butunligiça yana içidan çiqarib yuboribdi. Beçora jonivor murdaga qaraşga bezillaganday qip-qizil göşt bölib yotgan çumçuq bolasi öligiga yaqinlaşmayapti. Ammo bizga bu juda qiziq. Hatto ilondan ham qiziqroq. Lop etib miyamga “Şum bola”dagi Qoravoyning Omon va Eşon bilan ölik yuvişgani keladi. Qiqirlab-qiqirlab kulaman. Mohi birdan yelkamga şapatlab qoldi. Şirin öylarimdan çöçib ketdim.
– Menda zör fikr bor, – dedi u, yuziga jiddiy tus berib.
– Qanaqa?
– Aytganimni qilsang, mömaygina pul işlab olamiz.
– Nimaga? Menga pul kerakmas, – deyman ajablanib.
– Senga kerak bölmasa, menga berasan, har kuni ikkitadan muzqaymoq oliş uçun.
Şunday qilib, Mohi menga darvozamiz tagida jim ötiriş buyruğini berdi-da, özi qayoqqadir yugurib ketdi. Men bölsam, odatimça, zerikib, xayolga berildim. Çorak soat ötar-ötmas, orqa mahallaga muyuliş tomondan baland dupurlagan ovoz eşitildi. Çöçib örnimdan turib şovqinga quloq tutdim. Yöq, bu hayvon podasi emas, mahallamiz çurvaqalarining gursillab yugurişi ekan. Nima balo, yana qayerdadir işkal çiqdimi? Yöq, qölimni peşonamga soya qilib qarasam, ular töğri biznikiga qarab yugurib kelişyapti. Buni qarangki, hammasining qölida qandaydir varaqçalar! Bir zumda ustabuzarmonlarning kattagina tödasi darvozamiz oldida saf tortişdi.
– Tomoşa qaçon boşlanadi? – deb ödağayladi bir qoraça bola.
– Nima? – degança tuşunmadim men.
– Çiptada şunaqa yozilgan-ku.
U menga qölidagi qoğozni uzatdi. Öqidim. Mohining yozuvi.
Mahallamizga sirk keldi. Hamma bolalardan qöşningiz, falonçiyevlarning uyiga çiqişingizni söraymiz.
ps: Ammo pulsiz kelganlar davradan şafqatsizlarça haydaladi! Narxi kişi boşiga şunçadan. Agar yiğib qöyganingiz bölsa, köproq olib kelavering.
Bu qadar bezbetlarça yozilgan çiptani birinçi körişim. Hayratdan oğzim lang oçilib, közlarim piyoladay bölib ketdi. Şu payt men uçun Mohining maktabda işlamagan miyasi mahallada kaşfiyot qilib taşlaganday edi. Negaki, dugonamning dadasining bozorda öz biznesi borligini, savdo-sotiqqa usta ekanini yaxşi bilardim. Lekin bunçalik bölib ketişini bilmagandim. Dafʼatan Mohi darvozaxonadan ustiga soçiq yopilgan banka bilan çelak kötarib çiqib qoldi. Men unga qovoğimni uyib qaradim. Dugonam soçiqqa öroğliq narsani qölimga tutqazdi-da, çelakni kötarib davradagi bolalarning har biridan pul yiğib çiqişga kirişdi. Yostiq tagida qaytimlardan yiğib kelinayotgan pullar birin-sirin çelak içiga tuşdi. Şunçalikki, Mohi çurvaqalarning içki çöntaklarida yaşiringan tangalarni ham yiğiştirib oldi.
– Ana endi, – deya maʼlum qildi dugonam mamnuniyat bilan, – tomoşamizni boşlaymiz!
U qölimga tutqazib qöygan bankani soçiqdan ajratdi. Şişa içida mening ilonvoyim kulça bölib yotardi. Beçoraginam… Şunçalik rahmim kelib ketdiki unga. Hatto qöşnining iti bilan uriştiriş ham yodimdan çiqib ketdi. Xuddi qamoqqa solingan tutqunga öxşardi. Mahallamizning pakana landavurlari donga özini urgan kabutardek guv etib bankadagi ilonga taşlandilar. Ammo pişiqlik qonidan ötgan Mohi angişvonadek jussasi bilan şunça bolaga bir özi bas kelar, uşlab köriş kabi iltimoslarni rad etgança bankani mahkam çangallab olgan edi. Mişiqilar esa betinim çuvillaşişardi.
– Opa, bankaning qopqoğini oçaylik…
– Opa, buni xörozim bilan uriştiraylik, nima qilarkin?
– Mohi opa, iloningizni menga soting…
– Opa, keling, oğziga olovli çöp tiqib köramiz.
– Dumini kesib körsak-çi? Biz kuçugimni şunaqa qilganmiz.
– Yöq, ilonni öldiriş kerak. Bobom aytganlar. Ustidan kerosin quyib yoqib yuborsak-çi!
Ana endi astoydil jahlim çiqdi. Pakana oliftalarni bitta-bittalab haydaşga kirişdim! Kim bölişibdiki, mening ilonvoyim ustidan bu yösin qabih hukmlar çiqarsalar? Men muştimni tugdim, tomoşabinlar boşqa bir guruh böldilar. Ikkala tarafning ham jazavasi qözidi. Men hammani uyimizdan nari qilişga kirişsam, ular pul tölaganlarini rökaç qilib ilonni talab eta boşlaşdi. Ana tomoşa-yu, mana tomoşa! Örtada dahanaki jang boşlandi. Mahallaning bir töda quyonyurak çurvaqalariga qarşi bitta özim va mittigina, qiltiriq dugonam çiqdik. Odatda, örtada dovuçça talaşib, yonğoq talaşib uruş bölardi. Bu uruş esa ilon talaşib böldi! Ikki taraf orqa-oldimizga qaramay urişa ketdik. Mohi kaftlari band bölgani sabab kimdir Ilonvoyga qöl çözsa, bor ovozi bilan dod soladi:
– Tegma, çurvaqa! Qöling singur, maymunmisan?!
Oxiri bu işkal şunçalikka yetdiki, ilon unutilib, bolalar kimni töğri kelsa ura ketişdi. Endi taraf-taraf yöq. Köziga kim yomon körinsa, öşani tepaveradi! Mazza! Qiy-çuvni eşitgan boşqa bolalar yiğila boşladi. Avval ular şunçaki kuzatib kimni qattiqroq tepişga döstlarini rağbatlantirib turişdi.
– Şohi, orqangga qara! Ha, tep, tep betiga!
– Sarvar, barakalla, bos! Oyoğidan çal, oyoğidan!
Şu payt nimadir böldi-yu, orqadan “çars” etgan tovuş eşitildi. Töpolon, zavq-şavqqa tölgan mahalla köçasi bir zumda suv quygandek jimjitlikka kömildi. Men ham içimdan zil ketib ögirildim. Qarasam, ilonimning bankasi sinib, şişalar içidan sekin kallasini kötarib çiqib kelmoqda! Şunda ölik, sovuq sukunatni vahimali qiçqiriqlar ağdar-töntar qilib taşladi. Bolalar birvarakayiga qiçqirib, tumtaraqay böldilar. Hatto Mohi ham yuragini hovuçlagança uyi tomon yugurdi. Ammo ketar çoği pullarni çelak-pelagi bilan quçoqlab olişni ham unutmadi. Yaşilvoy esa tez sirpangança közdan ğoyib böldi. Men endigina topgan yangi döstimdan ayrildim. Jamiki sarguzaştlarim esa bir zumda yozning dim havosiga singib unsiz yöqoldi…
Mehrixon Ortiqova
2006-yili Toşkent şahrida tuğilgan.
Ayni paytda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi.
2025/3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


