2024-yili Internetda eʼlon qilingan adabiy tanqidga oid çiqişlar yuzasidan mulohazalar
Bugun Internet vositalari deyarli hamma sohada qöllanilyapti. Xususan, adabiy-tahliliy faoliyat turi bölgan adabiyotşunoslik va adabiy tanqid uçun ham Internetning muqobil minbar vazifasini bajarayotgani tabiiy hol. Xöş, özbekistonliklar qaysi Internet tarmoqlaridan foydalanyapti? Yanayam aniqroği, qaysi tarmoqlarda adabiy-tanqidiy bahslar keçyapti?
2024-yili Internetning özbek qismida katta tajribaga ega, yoşi uluğ adabiyotşunoslarimizdan tortib örta yoşdagi, navqiron va hali havaskor darajasidagi adabiyotşunoslik ilmi ixlosmandlari maqolalar eʼlon qilişdi. Garçi ularning hammasi ham rasmiy ilmiy darajaga ega bölmasa-da, şartli tanqidçi-adabiyotşunos deb nomlasak, 40 dan oşiq adabiyotşunos-tanqidçining 200 ga yaqin, jami hajmi qariyb 450 sahifalik maqolasi tahlil doirasida örganib çiqildi. Şu örinda taʼkidlaş joizki, Internet maydonidagi adabiy tahlillarda jadallik bilan janrlar transformatsiyasi yuz bermoqda. Töğri, tajribali adabiyotşunoslar mavjud qoidalar asosida tahlillar janrini belgilamoqda, biroq yoşlar, ayniqsa, havaskorlar adabiyotşunoslik va adabiy tanqid janrlariga juda ham yengil yondaşayotgani kuzatilyapti. Masalan, ikki-uç xatboşi yoki yarim betlik, muayyan asar haqidagi umumiy tasavvurdan iborat matnlarni “maqola”, “taqriz” deya eʼlon qiliş holatlari juda köp. Qolaversa, Internet ommalaşgani tufayli tilimizga singib ulgurgan sözlardan biri “post” kalimasi bölib, adabiyotşunoslik va adabiy tanqidga oid aksar bitiklarni, boşqaça aytganda, Internetda eʼlon qilingan deyarli barça bitikni umumiy nomda “post” deb ataş, ayniqsa, yoşlar orasida urfga aylanmoqda.
“Feysbuk”: munozaralar maydoni
Feysbuk” tarmoği foydalanuvçilar uçun nafaqat maqola eʼlon qiliş, ayni paytda u haqda boşqalar bilan faol muhokama yuritiş imkonini beradi. Uşbu tarmoqda 2024-yili katta tajribaga ega adabiyotşunos olimlar – Qozoqboy Yöldoş, Abdulla Aʼzam, Nurboy Jabborov, Uluğbek Hamdam, Sanobar Tölaganova, Nodira Afoqova, Jabbor Eşonqul, sohada örin topib borayotgan Şahnoza Nazarova, Saʼdullo Quronov, Akrom Malik, Xurşid Abduraşid, ijodkor-tanqidçilar – Gözal Begim, Şukur Jabbor va boşqalarning tahliliy-tanqidiy maqolalari eʼlon qilingan. Bundan taşqari, rasmiy ilmiy darajaga ega bölmagan, adabiyotga ixlosi ölaroq adabiy-tahliliy qaraşlarini turli şakllarda bayon etib kelayotgan hamyurtlarimiz – ularning aksari yoşlar – ham bor.
Professor Qozoqboy Yöldoşning “Eskirmas tuyğularning yangiça tasviri” sarlavhali maqolasida adib Orziqul Ergaşning “Oqar daryo” nomli yangi kitobi haqida söz yuritilar ekan, muallif, garçi köp qöl urilgan mavzuda qalam tebratsa-da, “köpçilikka öxşaydigan odamlarning boşqa bitiklardagiga öxşamaydigan qismatini öziga xos yösinda tasvirlangani”ga eʼtibor qaratadi. Olim Orziqul Ergaş asarlarida obrazlar xarakteri betakrorligini (“har bir obraz faqat özigagina xos bölgan minazga ega şaxsiyatlar sifatida aks ettirilgan”), adabiy qahramon xatti-harakatlarini mantiqiy jihatdan asoslaşda könikilgan qoliplardan yurilmaganini (“Adabiyotimizda köproq adabiy qahramonlarning har bir xatti-harakati sabab-oqibat asosiga qurilgan, har bir personajning tutumi qandaydir yösinda mantiqiy izohlanişi lozim bölgan badiiy tasvir usuli qaror topgan. Holbuki, har bir odam öz hayoti davomida nega şunday qilganini tuşuntirib berolmaydigan bir dunyo xatti-harakatlarga yöl qöyadi”), şuningdek, xususiy maişiy holatlar orqali umumiy milliy maʼnaviy qiyofa işonarli tasvirlanganini dalillaydi.
Hisobot davrida filologiya fanlari doktori Nurboy Jabborovning Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim ijodi haqidagi “Şoirlari yolğon aytsa öladi el…”, Nodira Afoqova ijodi töğrisidagi “Kimni sönggi yölga kuzatding, dunyo?..” singari maqolalari eʼlon qilindi. Olim “Şeʼriyatning, adabiyotning mezoni – haqiqat” tamoyili asosida “Haq va haqiqatga zid asar, qançalik mahorat bilan yozilgan bölmasin, heç qanday qimmatga ega böla olmaydi”, degan ğoyani ilgari suradi. Bunda asosiy örnak uluğ şoirdan olinadi: “Buyuk Alişer Navoiy bobomizning ijod konsepsiyasi asosida ham ana şu mezon turadi”. Muallifga köra, Usmon Azim şeʼriyatida ham haqiqatga sadoqat ustuvor ğoyadir.
Ham olim, ham ijodkor Uluğbek Hamdam ijtimoiy tarmoqlarda faol. Hisobot yilida eʼlon qilingan Ismoil Gasprinskiyning “Sultonlar suhbati” asari haqidagi “Bir asar tahlili”, Anorning “Sirli mehmonxona” nomli qissasi misolidagi “Ötiş davri” – Ozarbayjon adabiyoti közgusida”, Tillaniso Nuryoğdi ijodiga bağişlangan “Gul” va “toş” bilan kutib olingan ijodkor”, Abdulla Çimirzayev hikoyalari tahlilidan iborat “Aytari bor yozuvçining kelajagi bor”, adabiyotşunos Qozoqboy Yöldoş haqidagi “Sinçi – öquvçi va badiiy asar örtasida bir köprik” singari maqolalari ham bunga misol.
Şu bilan birga, Internet tarmoqlarida badiiy asar tahlilini özgaçaroq yösinda ifodalayotgan olimlarimiz ham bor. Masalan, akademik Abdulla Aʼzam öz bitiklarida adabiy anʼanalar, xususan, aruz vazni badiiyatidan yoşlarni köproq xabardor qilişga eʼtibor qaratmoqda. Uning “Feysbuk”dagi bitiklari qisqa va aytiş mumkinki, direktiva xususiyatiga ega. Deylik, Usmon Azim ijodi haqidagi maqolasida fikrlarini bir neça bandda, raqamlagan holda keltirib, şoirning öziga xos jihatlari nimalardan iboratligiga eʼtibor qaratadi.
Uning fikriça, 2-band, “Usmon Azim şeʼriyati çindan ham mahobatli, afsuski, u yetarliça örganilyapti, tarğib qilinyapti, deyiş qiyin”. Yoki 4-band, “Usmon Azim öz ijodida şeʼriyatning barça unsurlariga bekami köst amal qiladi”. Aytiş kerakki, ustoz adabiyotşunosning bunday urğuli fikrlarini sxolastik tezislar deb bölmaydi, çunki u doimiy ravişda şeʼriyat qonun-qoidalariga rioya etiş madaniyatini amaliy misollar bilan tarğib qiladi. Bu esa öquvçilar, ayniqsa, yoşlarning diqqatini Usmon Azim mahoratiga qaratişi, şubhasiz.
“Feysbuk”dagi adabiy munozaralar haqida söz ketganda yana şuni taʼkidlaş kerakki, badiiy asarlar haqida kitobxonlarning munosabati anʼanaviy şaklda, faqat oğzaki gurunglarda qolib ketardi, juda kam qismigina bosma naşrlarda kitobxonlar fikri sifatida eʼlon qilinardi. Internet bu borada ham özgariş yasadi. Yaʼni Internet tarmoqlarining yana bir öziga xosligi – barça foydalanuvçilar özlarining şaxsiy munosabatlarini bildira olişidir.
“Telegram”: kundalikdagi qaydlar
Internetdagi yana bir tarmoq – “Telegram” messenjerida adabiy-tanqidiy yönalişdagi bloglar – özanlar yuritilmoqda. Bu turdagi axborot tarqatiş vositasini kundalikka qiyoslaş mumkin. “Feysbuk”dan farqli ölaroq, “Telegram”da muallif va öquvçi ikkiligi özaro teng – bahslaşuvçilar maqomida bölmaydi. Aksariyat hollarda muallif-tanqidçi faollik körsatadi – maqolalarini joylaydi, öquvçilar esa öqiş bilan çeklanadi.
“Telegram”da faol ravişda özan yuritayotgan tanqidçi-adabiyotşunoslardan Şerzod Komil Xalil, Sevara Alijonova, Mirzohid Muzaffar, Ilhom Salimov, Muhiddin Nido, Temur Tangriberganov, Şohröz Möminzoda, Eldor Asanov kabilarni sanaş mumkin.
Şu örinda Internetning ommalaşişi manzarasida kuzatilayotgan yana bir qiziq tendensiyaga töxtalib ötiş joiz. Biz bu örinda şartli ravişda “qayta baholaş” deb nomlaş mumkin bölgan munosabatlarni nazarda tutyapmiz. Masalan, ötgan yili akademik şoir Ğafur Ğulomning sobiq sovet mafkurasi ruhida yozilgan asarlari qayta eʼlon qilindi va juda köp Internet foydalanuvçilari tomonidan tanqidiy baholandi. Şu asnoda Ğafur Ğulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Uyğun kabi şoir va yozuvçilar faoliyati, ijodi yuzasidan göyoki ularning sovetparast bölgani, ateizmni tarğib qilgani, eng açinarlisi, “salohiyatsiz bölsa ham sovetlarga maddohlik orqasidan nom qozongani”, hatto “millatga xoinlik qilgani” haqidagi iddaolar köp bildirildi.
Aytiş kerakki, bu munosabatlarning aksariyati ehtiros natijasi, muayyan dalillarsiz bildirilgan taxminlar va köpçilik qaraşlarining taʼsiridagi mulohazalardan iborat. Şu jihatdan ötmişdagi adiblarni bugungi zamon kayfiyati bilan qoralaş “kampaniya”si mustaqillik arafasidagi alğov-dalğov zamonlarni eslatadi. Esingizda bölsa, Özbekiston xalq yozuvçisi Şukur Xolmirzayev maşhur “Adabiyot öladimi?” maqolasida yozuvçining el-yurt nazdida obröyi tuşib ketayotganining bir sababi sifatida “Haqiqatni aytiş kerak! Demokratiya zamoni!”, deya hovliqib ketib, eng mötabar adiblarimiz, şoir va şoiralarimizning ham – beayb Parvardigor! – mustabid tuzum tazyiqi, ölim xavfi ostida qilib qöygan ayrim “gunoh”larini kavlab topib, matbuotda (demokratik matbuotimizda!) eʼlon qilişlar”ni körsatadi. Donişmand adib xiyonat keçirib bölmas ayb ekanini taʼkidlagan holda yozadi: “Ammo ölim xavfi – oybolta ostida turganingizda eng yaqin döstingizga ham xiyonat qiliş mumkin ekanini, töğriroği, xiyonat qilişga majbur etişlarini, xususan, Soljenitsin isbotlab berdi. Axir, keça qulagan tuzum kabi istibdod tuzumi olamda bölmagan! Axir, u odamzodning irodasini bukiş, ruhini sindirişga qaratilgan edi!”
Demak, adabiy-tarixiy hodisalarga, xususan, XX asr özbek adabiyoti namoyandalari ijodiga ham ehtiros emas, aql mezonlari bilan baho beriş zarur. Afsuski, ötgan yili Internet tarmoqlarida Ğafur Ğulom, Oybek, Abdulla Qahhor kabi adiblar faoliyatiga bildirilgan noxolis tanqidlarga asosli tahlillar bilan javob berilgan biror salmoqli maqola kuzatilmadi.
Şuningdek, “Asanov formati” nomli özanida asli filolog, aksariyat maqolalari tarix, etnografiya haqida bölsa-da, adabiyotga doir kuzatişlar ham eʼlon qilayotgan Eldor Asanov yuqoridagi bahsli masalaga munosabat bildirar ekan, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari xolis bölolmayotganidan kuyinadi. “Bugungi omon-omon zamonlarda öz huquqini talab qilişdan qörqadigan odamlar uni qatağon yillarida haqiqat uçun kuraşmaganlikda ayblamoqda”, deb yozadi u. Eldor ilğor zamonaviy yondaşuvlarda şakllangan qaraşlar asosida jamiyatda tafriqa emas, murosa muhitini yaratiş, köpfikrlilikka toqatli böliş, nizoli masalalarga ilm-fan hamda yuridik baho beriş zarurligini taʼkidlaydi.
“Telegram”dagi “Salimov blogi” nomli özanda ham adabiy-tanqidiy maqolalar doimiy ravişda joylaştirilmoqda. Blog muallifi Ilhom Salimov ötgan yili özanida Oskar Uayld qalamiga mansub “Dorian Greyning portreti”, Grigoriy Petrovning “Oq nilufarlar yurtida”, Anna Dostoyevskayaning “Xotiralar”, Robin Şarmaning “Ölsang, kim yiğlaydi?”, Jorj Martinning “Taxtlar öyini”, Yuy Xuaning “Yaşamoq”, Xulio Kortasarning “Işğol qilingan uy”, Abdurazzoq Gurnaning “Jannat”, Fotih Dumanning “Men” kabi dunyo adabiyoti namunalariga oid önlab adabiy kuzatişlar eʼlon qilgan. Özbek adabiyotidan Evril Turonning “Oynur”, Abduqayum Yöldoşevning “Puankare”, Şerbek Bobonor öğlining “Qora suyaklar”, Xurşid Abduraşidning “Dardisar”, Baxtiyor Abduğafurning “Madaminbek yoxud Qonli gullar vodiysi” va boşqa asarlari yuzasidan adabiy mulohazalar bildirgan. Körinyaptiki, “Salimov blogi”da tahlil obyekti geografiyasi juda keng – Amerika adabiyoti namoyandalari ham, Yevropa, Afrika adabiyotiga taalluqlilari ham, Osiyo adabiyoti vakillari ham bor. Töğri, hamma bitiklar ham çuqur tahlildan iborat emas. Baʼzan Ilhom Salimov syujetning qisqa bayoni, baʼzida asardan olingan muxtasar taassurotlari bilan kifoyalanadi. Ayni paytda yaxşi tahlillar – yozuvçining yutuq va kamçiliklariga töğri baho berilgan, qolaversa, asarni ijtimoiy hayot muammolari bilan boğlab tahlil qilingan, şu orqali köproq taʼsirçanlikka erişişga urinilgan örinlar ham bor.
Hisobot yilida özlarini bukbloger, boşqaçaroq aytganda, adabiy blogerlar deb atagan yoşlar örtasida “bukblogerlar bugungi kunda adabiyotşunoslar va ijodkorlar örnini egallayapti” degan masalada bahs ham yuzaga keldi. “Salimov blogi” muallifining fikriça, heç bir adabiyotşunos yoki ijodkorda örtaça bukblogerniki kabi auditoriya yöq. Adabiyotşunoslar va ijodkorlar adabiy muhitga – yangi va eski naşrlarga munosabat bildirmayotgani, aslida, ular jamiyatning adabiy didini belgilab berişi kerak, degan fikrni ilgari surgan Ilhom şu nuqtai nazardan “bukblogerlar adabiyotşunoslar va ijodkorlarning vazifasini bajaryapti” degan xulosaga keladi. Bunga asos sifatida “Ular ança boyib borayotgan kitob bozorini muntazam kuzatmoqda, tahlil qilmoqda, naşriyotlar bilan doimiy aloqa qilmoqda, barça kitob taqdimotlarida qatnaşmoqda va tinimsiz mutolaa qilmoqda, xulosalarini bölişmoqda. Bir söz bilan aytganda, bugungi öquvçi nima öqişini belgilamoqda” degan fikrni dalil ölaroq keltiradi.
Bahsga qöşilgan Şohröz Möminzoda bukbloging va adabiyotşunoslik alohida-alohida hodisalar ekanini, ularni bir-biriga qarşi qöyiş töğri emasligini taʼkidlaydi. Unga köra, adabiyotşunoslik matnning badiiyatini kaşf etişdan iborat ilmiy faoliyat bölsa, bukbloger esa yangi asarlarni ommaga tanituvçilik vazifasini bajaradi. “Avvallari bookblogerning vazifasini gazetaçilar yoki jurnal muxbirlari bajarişgan. Şunçaki maydon köçdi, bor gap şu”, deydi Şohröz.
Veb-saytlar: tahliliy tafakkur minbari
Internetdagi veb-saytlarda hajm va şakl nuqtai nazaridan çeklov deyarli yöq. Şuning uçun ham adabiyotşunos olimlar va tadqiqotçilarning hajm jihatidan salmoqli maqolalari aksariyat hollarda veb-saytlarda eʼlon qilinmoqda. Şu örinda bir jihatga töxtalib ötiş joiz. Yurtdoşlarimiz orasida taniqli bölgan “Kun.uz” veb-saytida 2023-yili muntazam ravişda adabiy-tahliliy maqolalar berilgan. Birgina Gulasal Qodirovaning “Qorakamar” – millatning asl jonkuyarlari tanazzuli haqidagi asar”, “Oftob oyim” – vatanga sadoqat haqida hayotiy hikoya”, “Ultontoz” – zamonaviy manqurtlar haqida roman”, “Otamdan qolgan dalalar” – öz yurtida yelkasi oftob körmagan dehqon fojiasi” singari öndan ziyod tahliliy maqolalari eʼlon qilingan. 2024-yili esa bu anʼana töxtagan. Ayrim asarlar naşri haqidagi yangiliklar, şuningdek, kitobxonlik bilan boğliq masalalargina yoritilgan, ammo avvalgiday muayyan adabiy asarlar tahlili deyarli kuzatilmaydi.
Oxirgi yillarda ziyolilarni öquvçisiga aylantira olgan veb-saytlardan biri “Oyina.uz”da 2024-yili ham muntazam ravişda adabiy-tanqidiy maqolalar eʼlon qilindi. Bu örinda Abdumajid Azimning “Yulduzlar mangu yonadi – uloq Toğay Murodda ketdi”, Isajon Sultonning “Katta oğa” taʼrifi unga mos kelardi” – Sobir Önar portretiga çizgilar”, Şuhrat Hayitovning “Teran, samimiy, şiddatkor şeʼriyat tahlili”, Xoliyor Safarovning “Abdulla Qodiriy – özbek detektivi asosçisi”, Nosirjon Jörayevning “Usmon Azimning “ramka”ga tuşmagan portreti”, Bekzod Ibragimovning “Izlanayotgan, depsinayotgan va qoliplardan çiqib ketolmayotgan nasr – “Izlam 2”da nimalarni öqiymiz?”, Abdukamol Abdujalilovning “Abduvali Qutbiddinning sirli dunyosi”, Şohrux Usmonovning “Özimizdan çiqqaniga nima yetsin”, Tillaniso Nuryoğdining “Havo” oşkor qilgan isitma – özbek şeʼriyatidagi feminizm”, Hilola Nazirovaning “Markaziy Osiyoning eng sermahsul tarjimoni – Ogahiy faoliyatiga çizgilar” singari maqolalarini qayd etiş zarur.
“YouTube”: adabiy suhbat sehri
Ötmişda uluğlarimiz maʼrifat tarqatişning turli yöllaridan samarali foydalangan. Naqşband hazratlarining “Suhbat dar anjuman” ğoyasi ham bilim-maʼrifat ulaşişni nazarda tutadi. Bugungi kunda videosuhbatlar uyuştiriş imkonini beruvçi “YouTube” tarmoği ham turli mavzu va mazmundagi bahslarga, munozaralarga minbar bölmoqda.
Kezi kelganda yana bir mulohazani bildirib ötiş joiz. Aytilganiday, “YouTube” platformasining özbek segmenti ança faollaşdi. Turli-tuman yangiliklar, xabarlar tarqatuvçi kanallar bilan birga ilm-fan, ijtimoiy-siyosiy hayotga oid tahliliy suhbatlar uyuştiriluvçi manbalar ham şakllandi. Biroq “YouTube”da boşqa fan tarmoqlari – tarix, musiqa, falsafa, tibbiyot, iqtisodiyot, arxitektura, etnografiya, tabiiy fanlar, şuningdek, inson huquqlariga oid videosuhbatlar – podkast deyilyapti – olimlar, tadqiqotçilar bilan suhbatlar muntazam namoyiş etilayotgan bölsa-da, adabiyotşunoslik va adabiy tanqidga oid bunday maxsus loyihalar hozirça yöq. Masalan,
2024-yili “Qurultoy” podkastida adabiyotşunoslar Olimjon Davlatov, Şomirza Turdimov bilan suhbatlar uyuştirilgan. Holbuki, ötgan yili uşbu podkastning 40 dan oşiq soni namoyiş etilgan bölsa, qolganlarida tarix, etnografiya, falsafa, arxitektura sohalari mutaxassislari suhbatga jalb etilgan.
Uşbu “Qurultoy” podkastida filologiya fanlari böyiça falsafa doktori Olimjon Davlatov Alişer Navoiy ijodi va davri xususiyatlari, navoiyşunoslik tadriji, bugungi kundagi muammolar haqida mulohaza yuritadi. U mumtoz adabiyotimizga nisbatan qiziqiş sustligining sabablaridan biri sifatida birlamçi manbalarni öqimaslik, şarhlar bilan çeklanişni keltiradi. “Biz Navoiyning özini emas, Buxoriy yo Ibn Sinoning özini emas, balki u haqda kimdir yozganini öqiymiz. Bugun ham, masalan, Navoiyni törtinçi sinfdan öqiymiz, lekin ellikta ğazal yodlatsak, nima bölardi-yu, Navoiy neçançi yili tuğilgan, Astrobodga neçançi yili surgun qilingan, “Hayrat ul-abror” neça baytdan iborat, “Layli va Majnun” sanalganda neçançi doston degan heç kimga kerak bölmagan maʼlumotlar bilan yoşlarning miyasini töldirişdan nima naf? Masalan, maktab bolasi uçun “Lison ut-tayr”ning neça baytdan iboratliligining nima qiziği bor? Ana şuni yodlatamiz lekin. Domlalarimiz ham şuni söraydi. Lekin Şayx Sanʼon haqida qissa yoki öttizta quşning Semurğga aylanişi haqidagi jarayon haqida heç narsa bermaymiz”.
Xulosa qilib aytganda, hisobot yilida özbek internet adabiyotşunosligi şaklan ham, mazmunan ham, hajman ham samarali böldi. Kuzatişlar özbek internet adabiyotşunosligi namoyandalarining aksariyati yoşlardan iborat bölayotganini körsatmoqda. Katta yoşli, tajribali olimlarning bu tarmoqdagi iştiroki yoşlarga nisbatan kamroq. Şuningdek, yoş adabiyotşunos-tanqidçilarning adabiy-tanqidiy merosga bevosita murojaat qilişi deyarli sezilmayapti. Yoşlar baʼzan oçiqça inkor qilsa, köpinça mutlaqo tilga olmaydi. Bu esa, bizningça, adabiyotşunoslik anʼanalarining davomiyligi haqida qayğuriş lozimligini körsatadi.
Otabek SAFAROV,
filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD).
1985-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining Özbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.
Zamonaviy özbek adabiyoti, xususan, Özbekiston xalq yozuvçisi Şukur Xolmirzayev ijodi va adabiy-tanqidiy qaraşlariga oid maqolalari matbuotda eʼlon qilingan.
2025/4
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


