4 daqiqada öqiladi

69 marta körilgan

Noreal voqeliklarning real talqinlari

Yozuvçi va tarjimon Şerzod Komil Xalilga maktub

 

 

Hormang, Şerzod. Işlaringiz yaxşimi? Ijodda nima yangiliklar?

Şerzod, şu desangiz, yaqinda çop etilib, kitobxonlar, ayniqsa, yoşlar orasida maşhur bölgan “Ölim labirinti” nomli hikoyalar töplamingizni öqib çiqdim. Kitobdan örin olgan hikoyalarda hali özbek adabiyotida qöllanilmagan yoki kam qöllanilgan xayoliy realizm uslubining ham, eng köp qöllanilgan realizm uslublarining ham noyob namunalariga duç keldim. Jumladan, “Tuman ajinasi” hikoyasida real voqelikning noreal talqiniga murojaat qilgansiz. Tegirmondan un öğirlaş uçun ajina qiyofasiga kirgan hikoya qahramoni bölmiş Ziyodilla daqqining hiylasi bola tasavvuri bilan tasvirlanadi. Bobosining jurʼati va jasoratidan ulgi olgan bola ajinaning ortidan yuguradi. Hikoyadagi mana şu holat juda jonli tasvirlangan. Kitobxon tumanda yurgan “ajina”ning kimligini bilib tursa-da, bola tasavvuriga işonib, u bilan hikoya söngigaça birga “boradi” va “ajina”ni şunçaki körmaydi, balki uning yangi raftorini kaşf etadi.

Kitobning yana bir yutuği real voqeaning noreal talqinini yuksak pardalarda tasvirlaşingizdir. “Talvasa” nomli hikoya mana şunday hikoyalar sirasiga kiradi. Hikoya öquvçini söngiga qadar özining siri nihoyasi bilan hayajonda tutib turadi. Undan taʼsirlangan öquvçi hikoya tugagandan keyin ham ança vaqtgaça asar taʼsiridan çiqolmaydi. Umuman, favqulodda yakun aksariyat hikoyalaringizga xos. Bunday favqulodda yakun yasaladigan hikoyalarning yana biri “Dumli yulduz kasofati”dir. Ruhiy xasta odamning xayoliy tasavvurlari asosida yozilgan bu hikoyada esa noreal voqelikning real tarzda tasvirlanişini köramiz. Xayoliy realizm uslubida yozilgan noyob asarlar sirasiga kiradigan uşbu hikoyada voqelik bilan röyo, tuş bilan öng birlaşadi. Inson tasavvurining naqadar keng va vahşatga töla ekanligi hamda ekzistensial holatlar qarşisida insonning tanlovi naqadar muhimligi, nihoyat bunday hollarda inson “men”ining töla-tökis böy körsatişi uşbu hikoyaning boş ğoyasi hisoblanadi: “Ana şunda men öz mohiyatimni topdim. Men ana şu kuçli qörquv oldida ilk bor haqiqiy özimni kördim. Çinakam özimni özim kördim. Men ana şunda özimga bölgan muhabbatimni Anoraga bölgan sevgimdan ming çandon kuçli ekanini kördim. Ha, men Anorani sevardim, lekin özimni undan ham köra yaxşiroq sevardim”. Noreal voqelikdagi real xulosa. Balki hammamiz va har birimizga taniş bölgan xulosadir bu özlikni sevmoq.

Umuman, uşbu töplamga kirgan hikoyalarni şartli ravişda ikkiga böliş mumkin, fahmimça. Birinçisi – tabiat bilan hamohang hikoyalar. Ularga “Oqquşlar”, “Eryigit”, “Naʼmatak”, “Qasdma-qasd”, “Tulki” kabi hikoyalar kiradi. Bu hikoyalarda quyuq peyzaj, inson va tabiat munosabati, tabiatga yaqin insonlar­ning öziga xos feʼl-atvori tasvirlangan. Ular orasida “Naʼmatak” hikoyasining öz örni bor. Uni öqiyotgan kitobxon, nazarimda, Oqsuvdaryo yonboşidagi örmon etagida yurganday, daryoning şovullaşi va örmon şitirlaşini ilğaganday, hatto örmonda ösadigan naʼmatak va boşqa dorivorlar hidini tuyganday, hali inson oyoği toptab poymol etişga ulgurmagan toza va sof tabiat bağriga kirganday böladi: “Hatto toşloq joylarda ham ğuj-ğuj naʼmataklar ösib yotibdi. Daryoning şovullaşini aytmaysizmi! Naʼmataklar şamolda silkinadi, daryo kuylaydi göyo”. Hikoyadagi bunday quyuq peyjaz tasviri içra kitobxon ham qahramonlar bilan birga daryo yoqalab, örmon oralab yuradi, daryo sokinligi va örmon şovqinini öz ruhida his etadi.

Ikkinçi turkumga inson ruhiyatidagi ming bir turfaliklarini tasvirlovçi, tahlil qiluvçi hikoyalarni kiritiş mumkin. Ular sirasiga “Talvasa”, “Tuman ajinasi”, “Dumli yulduz kasofati”, “Qaytiş”, “Ölim labirinti” kabi hikoyalar kiradi. “Ölim labirinti” hikoyasi töplamning mantiqiy yakuni sifatida yozilgan. Unda yuqoridagi hikoyalar qahramonlarining barçasini sönggi hayotiga nazar taşlanadi. Intihosi yoriti­ladi. Hikoya qahramonlarining hayoti nima bölibdi ekan, degan kitobxonning savoli şu birgina hikoya bilan öz javobini oladi.

Şerzod, Sizning uşbu hiko­yalar töplamingiz jahon adabiyoti anʼanalari asosida yozilgan. Buning sababi esa sizning nafaqat sermahsul yozuvçi, balki zukko kitobxon ekaningiz hamdir. Şu bilan birga, “Ölim labirinti”dagi hikoyala­ringizda milliy ruh ham öz örnida. Özbekona ğurur, nomus, ibo-hayo töplamdagi har bir qahramonga xos xususiyat hisoblanadi. Hikoyalarda yana insoniy muhabbat, Vatan tuyğusi, döstlikka sadoqat, tabiatga mehr-şafqat kabi umuminsoniy tuyğular ham yuqori pardalarda tarannum etiladi. Biroq uşbu töplam baʼzi bir kamçiliklardan ham yiroq emas. Kitobdagi “Çuqur quduq”, “Qaytiş” kabi hikoyalarda yozuvçi faqat syujet orqasidan kitobxonni ergaştiradi. Favqulodda burilişlar, kutilmagan voqealar, detektiv unsurlar yozuvçini qahramon psixo­logiyasini oçib be­rişdan çalğitadi. Baʼzi hiko­yalardagi uzundan-uzun tafsilotlar, nihoya maʼlum bölgani holda qöşimça detallar kiritiş holatlari uçraydiki, bu kitobxonni zerikişiga sabab böladi.

Yuqoridagi fikrlar, albatta, mening kitobxon sifatidagi mulohazalarim, xolos. Sözimning yakunida sizga köplab asarla­ringiz çop etilişini va yanada yuksak ijodiy parvozlar tilayman.

 Kamoli ehtirom ila,

Zuhra MAMADALIYEVA

Zuhra MAMADALIYEVA,

filologiya fanlari doktori.

 

1977-yili Jizzax viloyatida tuğilgan. Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Özbekiston Milliy universiteti va Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi qoşidagi Oliy adabiyot kursida tahsil olgan. “Lison ut-tayr” obrazlari: ramz va majoz olami” nomli monografiyasi, “Dunyolar moviyrang”, “Muhabbat şamoli” nomli şeʼriy töplamlari naşr etilgan.

 

5/2025

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)