11 daqiqada öqiladi

92 marta körilgan

Ijor tili saboqlari

Öç

Körfaz suvlari şimoldan yelayotgan sovuq şamolda tinimsiz jimirlaydi. Vistino[1] qirğoqlaridagi qoravoylar[2] allaqanday ğayrihadikdan bezovtalana boşlagan bir paytda, aniqroği, 1937-yilning sent­yabrida ijorlar[3] maktabida boşiga qora şlyapa qöndirgan, portfel kötarib olgan, egniga uzun qora plaş kiygan bir nomaʼlum kişi köriniş berdi. Almisoqdan qolgan, tökilib borayotgan maktab binosida şu kuni qiyomat qöpişini xayolparast ijor tili öqituv­çisi Terkan Siirola birinçilardan bölib sezdi. Boisi, maktab direktori keksa Kokero ijor tili darsiga pökak terak kabi daroz, sönggi urfdagi fetr şlyapali portfel tutgan bu nomaʼlum nusxani olib kirib: “Bu kişi NKVD zobiti, kiçik leytenant Nikolay Volgin böladilar”, – deya uni ijor bolalari oldida taniştirganidayoq, muallimning köngli allaneçuk alağda böldi.

Zobit öqituvçining uzalgan qölini havoda qoldirmaslik uçun istamaygina körişgaç, öquvçilarga bir muddat sinçkov nazar soldi.

– Endi, gapni çözib ötirmayman, örtoq Kokkarev, – dedi u direktorga.

– Direktorning familiyalari Kokero, keçirasiz, – deya tezda uning sözlariga tuzatiş kiritdi “ijor tili” muallimi xijolat tortib.

Beşinçi sinf öquvçilarining yuziga tabassum yugurdi. Direktor mulzam bölib, avval zobitga, söng öqituvçiga qarab izoh berdi:

– Kokero – ijorça familiya. Lekin rus tilida, hurmatli Volgin aytganlaridek, Kokkarev böladi.

Terkan Siirola direktordagi bu özgarişdan hayratlandi. Direktorning NKVD zobiti oldida qiyşanglab, yaltoqlanişi uni ijir­ğantirdi.

– Sizning familiyangiz Siirolami? – deya gapni muallimga burdi zobit.

– Ha, şunday, – dedi muallim.

– Rusçaga Sidorov qilib özgartirib olsangiz böladi siz ham, – deya xotirjam taʼkidladi zobit.

Bolalar endi xandon otib kulib yuborişdi. Terkan Siirolaning içidan ğazabi keldi, ammo taşiga çiqarmadi. Axir, qarşisida kimsan NKVD zobiti turibdi. Tilidan toyib, oyoği osmondan bölib ketsinmi?! Terkan Siirola hali aqlini yeb qöygani yöq. Ammo uning yuzidagi nafratni zobit darhol payqadi.

– Bunga qarşiligingiz bormi, örtoq Sido­rov?

– Siirola, – deya tuzatdi muallim.

– Mayli, familiyangiz haqida hali alohida gaplaşamiz, – dedi zobit bu qaysar muallimga biroz yon bergandek. – Maqsadga köçaman. Bolalar, sizlar ham, mana bu til öqituvçingiz ham menga diqqat bilan quloq soling. Bugundan boşlab, ijor tilida dars ötiş töxtatiladi. Qölimda buyruq bor. Örtoq Stalinning şaxsan özlari imzolagan.

Zobit öqituvçining yozuv stoli ustiga portfelini qöyib, içidan buyruqni oldi-da, namoyişkorona baland kötardi. Öquvçilar heç narsani tuşunmagandek hayron boqişdi, direktor esa öziga yalt etib qaragan öqituv­çidan közini olib qoçdi. Terkan Siirolaning içidan nimadir çirt etib uzilgandek böldi. Aʼzoyi-badanini sovuq ter bosdi.

– Ijor tilini qaysi sinflarda öqitamiz unda? – deb söradi, tili zörğa kalimaga kelib.

– Umuman öqitilmaydi. Biz köp millatli mamlakatimizda yagona rus tilini joriy qilişni bugunning asosiy talabi deb bilamiz. Şuning uçun, örtoq Kokkarev, ijor tili öqituvçisi­ning arizasini bugun olasiz, öqituvçi sifatida u faoliyatini töxtatadi.

– Ha, albatta, – deb uning sözini tasdiqladi direktor. – Şunday qilamiz. Ijor tili bölmagaç, bu til öqituvçisini uşlab turolmaymiz.

– Axir men… – degança tutildi Terkan Siirola.

– Siz sinfxonadan çiqavering, ijor tili endi yöq.

– Oxirgi marta darsimni ötmoqçi edim…

– Heç qaçon, – deb rad etdi kiçik leytenant. – Biz buyruqqa qarşi bormaymiz.

– Albatta, örtoq Volgin, – deya zobitning sözlariga qöşildi direktor.

Terkan Siirola havosi çiqqan pufakdek bujmayib titradi. NKVD zobitiga biror eʼtiroz bildirişga ortiq haddi siğmadi. Öquvçilar bilan sönggi bora ijor tilida xayrlaşib, sinf­xonadan mulzam bir ahvolda çiqdi. Direktor bolalarga tinç ötirib turişni va hozir rus tili öqituvçisi darsga kirişini tayinlagaç, zobit bilan sinfdan taşqariladi…

Terkan Siirola zobitning köz öngida öz xohişiga binoan işdan böşayotgani haqida direktorga ariza yozdi.

– Ketişingiz mumkin, – dedi zobit. – Şaxsan mening sizga biror eʼtirozim yöq.

Siirolaning maktabdagi faoliyati şu tariqa tugadi. U şundan söng maktabga boşqa kelmadi. Vistino qirğoqlarida ota kasbi – baliqçilik bilan şuğullana boşladi. Dengiz va qoravoylar uning hamrohi böldi. Maktab direktoridan ham, ijor tilini maktab dasturidan olib taşlanişiga aytarli qarşilik bildirmagan ijorlardan ham qölini yuvib qöltiqqa urdi. Baʼzan katalakdek yoğoç uyida ötirib, poçtadan kelgan rus gazetalarini varaqlarkan, kiçik xalqlar tilida darslar ötiş butun mamlakat böylab töxtatilgani haqidagi xabarlarga közi tuşardi. Gazetalarda xalq duşmani bölgan mahalliy xalq vakillari haqida ham istehzoli maqolalar eʼlon qilinardi. Terkan Siirola zamon notinçligini, qaltis zamonda yaşayotganini iç-içidan tuyarkan, bu ğurbat va mahrumiyat şamoli özining hayotini ham ağdar-töntar qilib yubormasa görga edi, deb öylardi. Voqeatan, u adaşmagandi…

Oktyabr oyoqlab qolgan edi. Terkan Siirola, odatdagiday, körfazga kunning bir qismini öldiriş uçun baliq oviga kelgandi. Tuşgaça qarmoqda ermakka ança-munça baliq tutib qöydi.

Bir payt körfazga, töğri Terkan Siirola tarafga ğalati yukxonali maşina katta şaşt va hovur bilan bostirib kelaverdi. Yukxonasiga rus tilida “xleb” deb yozilgan. Sobiq muallim nima bölayotganidan bexabar angrayib qarab turaverdi. Maşina töxtar-töxtamas, içidan harbiy formadagi ikki nafar xodim va öşanda maktabga kelgan taniş zobit tuşgaç, Siirolaga uni qamoqqa oliş haqidagi orderni körsatdi.

– Taqiqlangan joyda baliq ovlagani uçun örtoq Sidorov… – degança tuşunti­riş berdi Volgin.

Sobiq muallim esa istehzoli jilmaydi.

– Siirola, – dedi u közlarini zobitga tik qadagança. – Bir daqiqaga ruxsat bersangiz.

Volgin indamadi, ammo sobiq öqituvçining talabini ham rad etmadi.

Terkan Siirola tutgan baliqlarini tizimçasidan çiqargança, dengizga, ehtimolki, qoravoylarga uloqtirdi.

– Xayr!

Bu vidolaşuv baliqlargamidi, qoravoylargami, yoki dengizga, yo körfazga, yo vatangamidi, endi buning ahamiyati yöq, sobiq muallim uçun hammasi tugagan edi…

Şundan keyin Siirolaning hayoti qan­day keçgani, nimalar bölgani bir öziga va yolğiz Xudogagina ayon. Bu haqda heç kimga oğiz oçmagan. Vistinoliklar sobiq muallimni uruşdan keyin dalva-dalva bölib ketgan isqirt harbiy dala kiyimida qişloqda tösatdan paydo bölib qolganidagina ta­nib qolişdi. U bilan ilgari maktab direktori bölgan, endilikda qişloq soveti raisi vazifasida işlayotgan Kokeroning şaxsan özi kelib gaplaşdi. Avvaliga Siirola oqsoqolga ters qarab turaverdi. Kokero sabr bilan kutdi.

– Terkan, – dedi oqsoqol. – Sening oldingda gunohkorman. Meni jazoga torti­şing mumkin.

Siirola unga yalt etib qaradi.

– Jazolaşim mumkin?! – deya alamzada qiyofada sobiq direktorga qaradi u. Kokeroning ajin qoplab şilingan şapaqday tözğin yuzi, aftodahol qiyofasi Siirolada zarraça açiniş uyğotmadi. Zero, bu hol vijdon oğriğidan qiy­nalgan kimsaning körinişidan köra köproq keksalikdan qurib-quruqşab borayotgan qariyaning ğarib ahvolini eslatdi unga. – Sizni jazolaganim bilan endi nima özgaradi?.. Beş yil tuhmat bilan qamoqda ötirdim. Beş yil uruşda böldim. Bu vaqt içida bir avlod ijor tilini öqimasdan ötdi. Ayting-çi, siz nima qildingiz? Joningizni asrab, meni qurbonlikka taşladingiz! Bas endi! Men bilaman, siz Volginning kuçugisiz, keting uyimdan…

Kokero ketmadi, ğazabga minmadi, bilʼaks, aybini tan oldi:

– Haqsan, Terkan, – dedi u. – Xatoga yöl qöygandim öşanda. Endi buni tuzatib bölmaydi, buni bilaman. Seni “xleb” deb yozilgan maşinada qamoqqa olib ketişganini eşitganimdayoq hammasini tuşungandim. Millatning ğanimlari ona tili öqituvçilarini yöqotiş payiga tuşib qoldimi, bu öşa ğarib millatning tilini oybolta bilan çopib taşlagandek bir gapligini anglaş uçun farosatim ham, aqlim ham yetişi kerak edi. Men bölsam na seni, na ota-bobomizdan meros tilimizni himoya qila oldim! Öşanda özimni himoya qildim, deb öylagandim, keyin öylab körsam, özimni ham ona tilimizga qöşib kömgan ekanman. Boşqa tomondan öylab körsang, agar sen kabi men ham sovetlarga qarşi bölsam, ular meni ham tinç qöyişmasdi.

Terkan Siirola keksa ijorga nafrat bilan, hatto biroz açinib qaradi.

– Amali va öz şaxsiy ehtiyoji uçun elini sotadigan tujjorlari bor millat yöqolib ketişga hammadan köra köproq mahkum. Ular işon­gan oqsoqollar qörqoq, raislar sotqin ekan, bu elning ertasi yöq. Men sizni ortiq körişni xohlamayman. Endi uyimdan yöqoling!

Sobiq muallim Kokeroni uyi ostonasidan şu tarzda haydab soldi. Qişloq soveti raisi şu ketganiça heç qayerda köriniş bermadi. Siirola uni avval betob bölib qolganini, bir haftalar ötgaç esa çolning joni uzilgani xabarini eşitdi…

Öşandan beri qança suvlar oqib ötdi. Uruşdan keyin Siirolani yana qamaşdi. Bu safar unga mayda millatçilik, odamlarni sovet xalqi birligiga qarşi gij-gijlaş aybi qöyildi. Terkan bu narsalarni tuşunmaydi, öylab öyiga yetolmaydi. Uning birgina talabi – ijor tilini öz maktablarida, ijor bolalariga öqitiş, hukumat esa bunga qarşi. Ijor tilining yöqolib ketişi qolganlarni zarraça qiziqtirmaydi…

1953-yilda Terkan Siirolani qamoqdan ozod qilib, oqlaşdi. Ammo ijor tilini maktablarga baribir qaytarişmadi. Siirola qamoqdan çiqib kelgaç, marhum Kokeroning beva qolgan qizi mallasoç Ulyanaga uylandi. Ulardan Agafon ismli öğil tuğildi. Terkan Siirola tinib-tinçimas Ulyana bilan birga Vistinoda taşkil etilgan “Baltika” baliqçilik kolxoziga işga kirdi. Qolgan umrini Vistinoda baliq tutişga bağişladi. Ötgan yillar davomida odamlar öz tilini unutib yuborişdi. Hatto “Men ijorman” deyişga hadiksiraydigan bölib qolişdi. Buni Terkan saksoninçi yillarning oxirida qora papka kötargan hukumat odamlari aholining milliy birligini röyxatga oliş uçun kelganida, öğli Agafonni ular bilan rus tilida gaplaşayotganida sezib qoldi. Hukumat odami Terkanning öğlidan söradi:

– Millatingiz nima?

Agafon javob berdi:

– Mening otam va onam ijor, lekin özim rusman.

Endilikda qarib qolgan Terkan Siirola turgan yerida taxtaday qotib qoldi. Öğlining qalbiga ijor bölişdan uyaliş, yöq, töğriroği, kiçik millatga mansublikdan nafratlaniş tuyğusi qaçon qaror topdi?! Nega?! Neçun?! Siirola öğliga heç narsa demadi. Indamay Vistino körfaziga qarab ketdi. Baliqlarga, qoravoylarga ijor tilida sözlagisi keldi. Qismatning ijorlarga nisbatan şafqatsiz munosabatidan ökrab yubordi.

– Endi heç narsa bizni qutqarib qolmaydi, heç narsa, – degança dengizga qarab yiğlardi çol.

Dengiz esa bir maromda şovullar, qoravoylar baliq talaşib suvga şönğir, hayot öz oqimida davom etar edi…

Şu orada köp ötmay sovet hukumati tarqalib ketdi. Öz mustaqil davlatiga ega bölgan xalqlar ozodlik bayroğini kötardi. Özgarişlar asta-sekinlik bilan Vistinoga ham yetib keldi. 1993-yilda “Baltika” kolxozi qişloq­da ijorlar etnografik muzeyini oçdi. Borgan odamlar, u yerda kaştalar, uy-rözğor buyumlari va şunga öxşaş eski narsalar bor ekan, deb kelişdi. Siirola bormadi. Ölgan madaniyatning mayitini körişga rağbat bildirmadi. Şu paytlarda Agafonning öğli Denis (otasi unga rusça ism bergan) Moskvada öqirdi. Bir kuni Denis Vistinoga kelib, Terkan Siirola turadigan xona eşigini qoqdi.

– Denis, keldingmi, bolam? – deya nabira­sini quçoqlab bağriga bosdi çol.

– Bobo, men Moskvada ijtimoiy antropologiya markazida ijorlar tili va madaniyati böyiça ilmiy iş boşladim, – dedi Denis.

– Sen, nahotki… – deb hayron böldi Terkan Siirola. – Otangning bundan xabari bormi?

– Yöq, – dedi Denis, – birinçi bölib sizga aytyapman. Ertaga men bilan Vistino muze­yiga borasiz. U yerda men nutq sözlayman. Ijor tilida!

– Ijor tilida, deysanmi?!

– Ha, ijor tilida, bobo.

– Axir, ijor tilini endi ijorlar ham bilmaydi-ku, bolam.

– Eslatamiz, bobo, eslatamiz!

Siirolaning közlarida yoş öynadi. Ertasiga u Ulyana va Agafon hamrohligida Vistino muzeyiga bordi. Eski kolxoz binosining möjaz zalida odamlar yiğilgandi. Muzeyga kelganlar ijor boltalari, teşalari, sandonlari, mis krujkalar, tovoqlar, töqimaçilik buyumlari, közalar, eski çiroqlar, yoğoç buyumlar va boşqa zeb-ziy­nat-u, amaliy sanʼat namunalarini körib, ijorlar madaniyatidan faxr hissini tuyişdi.

Söz navbati Denis Siirolaga berilganda, hamma uni jim eşitişga çoğlandi. Negaki, Moskvadan kelgan tadqiqotçi yigit kutilmaganda sof ijor tilida sözlay boşlagandi. Avvaliga heç kim heç narsa tuşunmasdan unga diqqat bilan quloq tutib, bu yigitça nima deyayotganini ilğab olişga harakat qilişdi. Terkan Siirola millatdoşlarni kuzata boşladi. Odamlarning dimoğiga nimadir tiqilgandek, közlarida yoş aylana boşladi, yuzlariga tabassum yugurdi. Ular piçirlab atrofidagilarga nimadir demoqçi bölişardi, lekin ijor tilidagi sözlar yodga kelmasdan yiğlab yubora boşlaşdi. Denis Siirolani hamma tuşunayotgandi, lekin ular endi ijor tilida gaplaşa olişmasdi. Terkan Siirola Ulyananing, hatto Agafonning ham yiğlab yuborganini körganidan keyin fojia kölamini yanada çuqurroq his qildi. Axir, bundan ortiq baxtsizlik bormi?! Sen bu tilni tuşunasan, zotan, bu til ona suti bilan sening qalbingga kirib borgan, ammo endi bu tilda gapirolmaysan, bir oğiz ham sözlolmaysan. Közlaringdan oqayotgan yoş – öşa tilning soğinçi, millatingga xiyonatingni, özingni keçirolmasligingning isyoni. Öz xalqi qadriyatlarini, ona tilini unutiş oğriği közlardagi yoşlar bilan qorişib sizib çiqardi. Buning azobi qandayligini Terkan Siirola butun vujudi bilan his qilardi. Közyoş tomçilari keksa çolning quvonç yoşlarimidi, armonimidi, endi buni aniqlab bölmasdi. Denis ijor tilida sözlarkan, ijorlar yiğlardi…

Vistino qirğoqlarida esa körfaz suvlari şimoldan yelayotgan sovuq şamolda beadoq jimirlar, qirğoqdagi qoravoylar esa tölqinlarning notinçligidan bezovtalanar edi.

2023-yil

Moskva – Peredelkino.

Şerzod Komil XALIL

1982-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. Özbekiston Milliy universiteti va Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi qoşidagi Oliy adabiyot kursi tinglovçisi bölgan. 2016-yilda AQŞda “I left poetry” (“Men şe’riyatdan ketganman”) kitobi naşr etilgan. “Ölim labirinti” nomli hikoyalar töplami çop etilgan. Şuningdek, jahon adabiyoti esselari jamlangan “Men qörqaman” nomli tarjima kitobi eʼlon qilingan. Asarlari yigirmadan ziyod tillarga ögirilgan.

 

2025/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…