Prinston universiteti bitiruvçilari qarşisida sözlangan nutq
Bolaligimda taʼtil paytlari bobom va buvimning Texasdagi fermasida qolardim. Tegirmonni taʼmirlaş, sigirlarni ötlatiş va boşqa işlarda ularning koriga yarardim. Şuningdek, har keça “Biz yaşagan kunlar” nomli teleserialni tomoşa qilardik. Bobom bilan buvim bir avtouy klubi aʼzolari edi. Birgalaşib Amerika va Kanadani sayohat qilardik. Bobomning maşinasiga avtouyni ulab, uç yuz avtouyçilarga qöşilib safarga çiqardik. Bu sayohatlardan sarmast bölganim rost. Sayohatlar davomida maşinaning orqa örindiğidan joy olardim. Bobom maşinani boşqarar, buvim esa bobomning yonida ötirar edi. Buvim yöl davomida tamaki burqsitib ketardi, turgan gap, menga isqotining hidi yoqmasdi.
Umrimning öşa faslida, yaʼni ön-ön bir yoşlarimda matematikani kundalik hayotimga boğlaşni xuş körardim. Bizda mavjud yonilği bilan qança masofa bosib ötişimizni, dökonda qança pul sarflaganimizni hisoblab çiqardim. Bir kuni tamaki haqidagi jarnomaga közim tuşdi. Butun tafsilotlari bilan eslolmayman, lekin “Çekilgan har bir tamaki hayotingizdan ikki daqiqani olib ketadi!” mazmunida yozilgan peşlavha yodimda qolgan.
Esimda, öşanda buvimning har tamaki çekkanida umridan qança vaqt kesilganini hisoblaşga harakat qilgandim. Buvimga tamaki çekiş davomida umrining töqqiz yili qiyilganini aytganimda, meni rağbatlantirişadi, deb öylagandim. Ammo buvim yiğlab yubordi. Nega yiğlaganini öşa kez tuşunmagandim. Keyin bobom maşinani yöl çetida töxtatdi, ulovdan tuşib, ortidan yurişimga imo qildi. Bobom mendan ğazablanadimi, deb öyladim. U juda aqlli va oğir-bosiq inson edi. Heç qaçon yomon söz aytmagan, lekin balki bu safar urişib bersa kerak, degan öy kela boşladi xayolimga. Ehtimol, buvimdan uzr söraşim kerakligini aytar. Bobom menga qaradi va osuda ovozda şunday dedi: “Jeff, yaxşi odam böliş aqlli odam bölişdan ança qiyin ekanini bir kuni tuşunib olasan”.
Bugun sizlarga tuğma xususiyatlar bilan tanlovlar orasidagi farqni tuşuntirmoqçiman. Aql – tuğma xususiyat, ammo yaxşilik tanlov hisoblanadi.
Tuğma xususiyatlar sohibi böliş oson. Aslida, ularga sira harakat qilmasdan erişiş mumkin. Ammo tanlov qiliş oson emas. Agar ehtiyot bölmasangiz, özingizni tuğma xususiyatlar bilan aldab yuraverasiz. Başarti, şunday yöl tutgan bölsangiz, bu tanlovlaringizga salbiy taʼsir körsatadi.
Sizlarning juda köp qobiliyatlaringiz bor. Barçangiz nihoyatda zukko va isteʼdodli insonlar sirasiga kirasiz, men bunga işonaman. Prinston universitetiga kirişning özi katta yutuq! Agar sizni aqlli deb bilmasalar, öqişga qabul qilinmagan bölardingiz.
Siz kabi aqlli odamlar bizga kerak. Siz bilan koinotni kaşf qilamiz, toza energiya manbalarini yaratamiz. Biz hujayralarimizga kirib, inson tanasini tuzata oladigan mikroqurilmalar işlab çiqamiz.
Aminmanki, inson miyasi sirlarini ham yanada çuqurroq anglay boşlaymiz. Jyul Vern, Mark Tven, Isaak Nyuton, Galileo Galiley kabi buyuk tafakkur egalari bizning davrimizda yaşaşni orzu qilgan bölardi.
Tamaddun ölaroq ulkan imkoniyatlarga egamiz. Ammo bu imkoniyatlardan qanday foydalanasiz? Tanlovlaringizda ğurur va eʼtibor qanday ahamiyatga ega?
Men Amazonga 1994-yili asos soldim. Öşa paytda internetdan foydalaniş yildan yilga 2300 foiz tezlikda ösayotganini payqagandim. Bunday mislsiz ösiş surʼatini boşqa heç narsada körmagandim.
Şu bois, onlayn kitob dökoni oçiş ğoyasi meni qiziqtirib qoldi. Öşanda öttiz yoşda edim, endi katta hayot bösağasiga kirgandim. Rafiqam Makkenziga tuzukkina işimni taşlab, muvaffaqiyatsizlikka yuz tutiş ehtimoli nihoyatda yuqori bölgan biznesga kirişmoqçi bölganimni aytdim.
Prinston universitetini bitirgan rafiqam menga işonişini va har qanday qarorimni qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
Bolaligimda garajda köp vaqtimni ötkazib, turli ixtirolar ustida boş qotirardim. Misol uçun, beton töldirilgan ğildiraklardan avtomatik eşik yopiş moslamasini yasaganman. Soyabon va alyumin folgadan Quyoş quvvati orqali işlaydigan öçoq yasaşga uringanman, ammo uni muvaffaqiyatli çiqqan deb aytolmayman. Har doim ixtiroçi bölişni orzu qilganman. Söngida ham rafiqam bu qarorimni qöllab-quvvatladi.
Öşa kezlari Nyu Yorkda, Uoll Stritdagi bir moliya kompaniyasida işlardim. Hamkasblarim va rahbarlarim juda ajoyib insonlar edi. Rahbarim oldiga kirib, onlayn kitob dökoni oçmoqçiligimni aytdim. U meni Markaziy boğ böylab sayr qilişga taklif qildi va şunday dedi: “Bu – ajoyib ğoya. Ammo senga öxşagan odam uçun bunday işga kirişiş oson emas. Balki sen kabi işsiz odam uçun bu yaxşiroq ğoyadir”.
Bu sözlar quloğim ostida jaranglayverdi. Boşliğim menga qirq sakkiz soat qarorimni yanada puxta öylab körişimni maslahat berdi. Oçiğini aytsam, juda qiyin bir vaziyatda qoldim. Ammo pirovardida kitob biznesiga kirişişga qaror qildim. Çunki muvaffaqiyatsizlikka uçrasam ham, bundan heç qaçon afsuslanmasligimni bilardim. Har doim bir fikrni amalda sinab körmaslik, alaloqibat, yöqotişlarga olib kelişini öylaganman. Şu bois har bir ikir-çikirni puxta öylab, xavfsiz yöldan emas, nomaʼlum, lekin qiziqarli yöldan borişga ahd qildim va bugun öşa tanlovimdan behad mamnunman.
Ertaga esa siz öz hayotingizning muallifi bölasiz. Salohiyatingiz va aqlingizni qanday işlatmoqçisiz? Qanday ahd-u qarorlar qilasiz? Sizni boşqaradigan kuç dangasalik böladimi yoki qalbingizdagi iştiyoqmi? Hayotda oson yöldan yurişni tanlaysizmi yoki sarguzaştlarga qöşilasizmi? Tanqidga uçraganingizda, fikringizni özgartirasizmi, yoinki eʼtiqodingizga sodiq qolib harakat qilasizmi? Biron xatoga yöl qöysangiz, undan qoçib çiqişga urinib bahona topasizmi yoki çin dildan insonlardan uzr söraysizmi? Sizni rad etişlariga matonat bilan qarşilik körsatasizmi yoki taslim bölasizmi? Oson yölni tanlaysizmi yoki adoği olis sarguzaştlarga kirişasizmi? Hayot sizni sinov ğalviridan ötkazganda, tezda taslim bölasizmi yoki oxirigaça kuraşasizmi? Boşqalarning hayotiga zarar yetkaziş evaziga aqlli bölasizmi yoki yaxşi inson bölişni tanlaysizmi?
Sakson yoşga yetganingizda ötgan umringizni xotirjamlik bilan xotirlay boşlaysiz. Öşa paytda eng muhimi özingiz çiqargan qarorlar ekanini tuşunasiz.
Har ne bölganda ham, bizni “biz” qiladigan narsa – ayni tanlovlarimiz. Özingiz uçun ajoyib bir hikoya biting.
Sizlardan minnatdorman, muvaffaqiyat yöldoşingiz bölsin!
2010-yil
Jeff BEZOS
amerikalik işbilarmon, mediamagnat, kompyuter muhandisi.
Ahror ABDUMANNON tarjimasi
“Yoşlik” / 2025 / 8
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


