8 daqiqada öqiladi

110 marta körilgan

Bir tolim nur

Şuhrat Matkarim

Yaqinda metroga tuşgan edim. Gavjum. Hamma özi bilan band. Birov bilan birovning işi yöq. Elektropoyezdlar qora tuynuklardan şitob bilan çiqib kelib töxtaydi. Nomaʼlum qoronğilikdan vagonlarga ergaşib kelgan sovuq hovur yuzlarga uriladi. Sergak tortgan olomon vagonlarga intiladi. Kimdir buyruq berganday, hamma bir xil, sinxron harakat qiladi. Sezasizki, bu yerda heç kimga böysunmas, aksinça, hamma unga böysunadigan kuç hokim. Bu kuç – vaqt oqimi. Ana şu xaosda kitob öqiyotgan bir yi­gitça eʼtiborimni tortdi. U quloqçin taqib olgan, qandaydir qalin kitobni diqqat-la, butun vujudi ila berilib öqir edi. Buni körgaç, poyezd nomaʼlum qora tuyukdan bir tolim nur ham olib kelganday tuyiladi menga. Könglim yorişadi. Keyingi paytda rasm bölgan obidiydala­rimizni eslayman: “hozir yoşlar kitob öqimaydi”, “telefonga “yopişib qolgan”, “hammasi besavod, tarbiya körmagan”, “na kattani, na kiçik­ni biladi”… Poyezdning şovullab kelgan şamoli hammani harakatga keltirib eşikka yönaltiradi. Yigit ham beixtiyor vagon eşigiga intiladi. Atrofga qarab ham qöymaydi. Hatto oyoği ostiga ham. Ikki közi, butun xayoli kitobda. Battar xursand bölaman: “Ana, bor ekan-ku yuzdan, mingdan bir bölsa ham kitob öqiydigan yoşlar”.

Vagonda ham uni kuzataman. Ahvol ayni. Yigit öqiş bilan band. Hamma ğimirlagan, şu yerdagi kiçkina taşvişlarini hal qilişadi. Nari suriladi, beriroq keladi. Kimdir tuşmoqçi, kimdir yaxşiroq örnaşib olişga harakat qiladi. Dunyobexabar yigit esa hamon mutolaada. “Mana kitobning qudrati! Mana nima uçun öqiş ke­rak!” Yigitning qölidagi kitobiga qarayman. Qalingina. Ança qalin. Yöq, juda qalin kitob. Yarmidan köpini öqibdi. Uning ixlosiga havas qilaman. Qanday kitob ekanini juda bilgim keladi. Vagonlar çayqala-çayqala oldinga intiladi. Yigit esa hamon mutolaa bilan band. Nihoyat, navbatdagi bekatda yigit taşqariga intiladi. Bir zumgina taraddudlanaman-da, men ham tuşişga qaror qilaman. Ammo eşik­ka yetmasimdan “Ehtiyot böling, eşiklar yopiladi!” degan ovozni eşitaman. Töxtayman. Yigit öqiyotgan kitobning nomi menga qiziqligiça qolaveradi.

Xayolimda kitob, kitobxonlik bilan boğliq fikrlar, muşohadalar ğujğon aylana boşlaydi. Farzandlarimizning maʼlum maʼnoda kitobdan uzoqlaşişiga biz, kattalar ham sababçi emasmikanmiz? Masalan, bugun biz yoşlarni kitob öqişga tarğib qilar ekanmiz, ularga qanday kitoblar öqiş va nima uçun aynan şu kitoblarni öqiş zarurligini tuşuntiryapmizmi? Töğri, ularning qöliga röyxatlar berib qöyganmiz. Ularni şitob bilan öqib, baʼzan yod olib bulbulday sayrayotgan yoşlar öqiganlarini qançalik anglayaptilar? Angla­yaptilarmi özi? Nega aynan şu kitob tavsiya etilganini his qilyaptilarmi? Xullas, gap köp…

Xayolimdan şu mulohazalar ötar ekan, ularga özim javob topişga harakat qilaman: eng avvalo, odam nima uçun kitob öqiydi, degan juda jön savolga javob beriş kerak, deyman. Albatta, jön savolning javobi ham öta jön. Sözsiz, kitobni bilimni oşiriş uçun öqiymiz-da, deymiz. Töğri. Lekin yoşlari­mizning qaysi sohada, qay bilimlarini oşirişini istaymiz? Hamma gap mana şu yerda. Qaysidir xalqning: “Sen nima tanovul qilsang, öşasan”, degan gapi bor ekan. Agar şu gapni sal özgartirib: “Agar sen nimani öqisang, öşasan”, desak, mutlaq haqiqatni aytgan bölamiz. Şuning uçun duç kelgan kitobni emas, bilib, tanlab va maqsad bilan öqiş lozim. Biroq şuni ham aytib ötiş kerakki, hammaga bir xil kitob tavsiya qiliş ham mantiqqa zid. Çunki ming odam bölsa, taʼbi million xil. Taʼbni esa Xudo beradi va uni xoh kitob öqib, xoh tarbiya bilan özgartirişning iloji yöq. Biroq, menimça, kim nimaga qiziqişidan qatʼi nazar, hamma öqişi şart bölgan kitoblar bor. Bu kitoblar yoşlarni yetuk şaxs sifatida şakllanişida poydevor bölib xizmat qiladi.

Darvoqe, odam nima uçun kitob öqiydi, degan jön savolimiz unçalik jön emasligi ayon bölmoqda. Odam, masalan, haşamatli bino barpo etmoqçi bölsa, birinçi galda poydevor haqida öylaydi. Çunki poydevor qanday bölsa, bino ham şunday. Binoning haşamati, turğunligi, şubhasiz, poydevorga boğliq.

Xullas, haşamatli binoga mustahkam poydevor zarur bölganidek, komil inson şakllanişida ham metin poydevor zarur. Komil inson “poydevori” qanday materiallardan va qay tarz barpo etiladi?

Yoşlarimizni zamonning ayovsiz talatöp va maʼnaviy zilzilalariga bardoş bera oladigan tugal insonlar etib tarbiyalaşni istasak, ularning komilligini taʼminlovçi kitoblar öqi­tişimiz lozim.

Bu borada mening mulohazalarim şunday. Yoşlar, şu jumladan, yoş şoir-u yozuvçilarga eng avval Mahmud Qoşğariy bobomizning “Devon-u luğatit turk” nomli asarini öqişni, faqat öqiş emas, bu tabarruk bitikning har bir satrini uqib, miyasiga joylab olişni tavsiya qilgan bölardim. Negaki, bu asar oddiy sözlik emas, unda qadimgi turkiy xalqlar madaniyati, turmuş tarziga oid köplab muhim maʼlumotlar ham berilgan. Asarda keltirilgan maqol va matallar ajdodlarimizning turiş-turmuşi, qadriyatlari haqida juda qimmatli dalillar beradi. Şuningdek, asar turkiy xalqlarning şakllanişida asos bölgan turkiy qabilalar haqida ham köplab muhim maʼlumotlarni özida jamlagan. Va, albatta, bu sözlik qadim bobolarimiz işlatgan 8000 dan ortiq söz, ularning uruğlar, qavmlar tomonidan qanday holat va şakllarda işlatilişi izohlari bilan keltirilgani tilimiz tarixi, evol­yutsiyasi, öşa davr voqeliklari haqida juda qimmatli maʼlumotlar ham beradi. Afsuski, bugun şu 8000 sözning yarmidan köpi turli sabablarga köra faol qöllanilmaydi. Ularni ilmiy va amaliy muomalaga kiritiş tilimizning ifoda imkoniyatlarini oşiriş bilan birga, uning öziga xosligini oşiradi. Ularni asarlarda qöllaş esa badiiy asarning teranligi, betakrorligini taʼminlaydi. Qolaversa, “Devon-u luğatit turk” barça turkiy lahjalar uçun asos bölgan örta turk, yaʼni Qoraxoniylar davrida yaratildi va öşa davrda şakllangan adabiy til keyinçalik Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk şoirlarimizning asarlari tili uçun asos bölib xizmat qildi.

Yana yoş-u katta – barçaga mutafakkir şoir, davlat va jamiyat arbobi bobokalonimiz Alişer Navoiyning hayoti va ijodiga bağişlangan Xondamirning “Makorim ul-axloq” asarini öqişni tavsiya etgan bölar edim. Nega? Çunki bu kitobni öqib çiqqan kişi, komil, haqiqiy yurtparvar, xalqparvar inson qanday bölişi kerak, degan savollariga töla javob topadi. Gözal xulq, gözal amal va gözal ilm egasi – Amir Alişer şaxsi qançalik ulkan, qançalik yetuk ekaniga amin böladi. Asarni sahifama-sahifa, bobma-bob öqir ekansiz, hazrat Navoiy obrazi köz öngingizda tobora yuksala boradi.

Xondamir hazrat Amir Alişer hayoti va faoliyatini tasvirlar ekan, köz öngimizda komil inson siymosi gavdalanadi. “Makorim ul-axloq”ni öqigan navqiron avlod vakillari hayot, umr mazmuni, insonning dunyoga kelişidan murod ne ekanligi haqidagi çigal va murak­kab savollariga hazrat Alişer Navoiy hayoti va faoliyati misolida aniq javoblar oladi. Şuning uçun komil inson bölişni orzu qilgan har kim bu asarni qayta-qayta öqişi kerak böladi.

Har bir fikrlovçi kişi bizning ongimiz, qaraşlarimiz, qadriyatlarimiz qayerdan, qaysi ğoyalar, ruhiy va ijtimoiy muhitdan ösib çiqdi, şakllandi, degan savollar ustida muşohada qilişi tabiiy. Şu maʼnoda “barça musulmon mamlakatlarini kezib çiqqan sönggi eng buyuk sayyoh”[1] Ibn Battutaning “Sayohatnoma”si (“Tuhfat an-nuzzor fi ğaroyib al-amsor va ajoib al-asfor”)ni öqiş nihoyatda foydali, deb öylayman. Çunki “Sayohatnoma” asari örta asr mamlakatlari, şaharlari, madaniyati, turmuş tarziga oid ğoyat qimmatli, köp örinlarda noyob maʼlumotlari bilan boşqalardan ajralib turadi”[2].

Bu kitobni öqigan kişi dunyoyi dun haqidagi savollariga örinli javob olişi mumkin. Undagi maʼlumotlar Şarq kişisining mentaliteti, maʼnaviyati va qaraşlari, umuman, inson psixologiyasi va ruhiy evrilişlari nimalarga asoslanganini körsatadi. Kitob sayyoh kezib çiqqan har bir yurt tabiati, odamlari haqida mislsiz maʼlumotlar beradi. Xullas, uni mutolaa qilar ekansiz, fikr va tasavvur olamingiz qay darajada kengayib borayotganini sezasiz. Özingizni şu ölkalarda bölganday, tilga olingan tarixiy şaxslar bilan uçraşganday, olim-u fozil, avliyo-yu pirlar bilan muloqotda bölganday his qilasiz.

Şuningdek, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarini diqqat bilan öqib çiqişni tavsiya qilgan bölar edim. Asar maʼrifat va haqiqatga intilgan tom maʼnodagi ulkan şaxsning, çin insonning ziddiyatlarga töla hayoti haqida hikoya qiladi. Bu asarni öqigan kişi heç qaçon qiyinçiliklar oldida dovdiramaslikni, maqsad sari sabr va çidam, ulkan iroda bilan olğa intiliş lozimligi, hayot sinovlari qarşisida sinmaslik­ni örganadi. Asar şafqatsiz bir haqiqatparast­lik bilan yozilgan. Bobur voqealar, şaxslar haqida yozib, öziga ham, atrofdagi şaxslarga ham şafqat qilmaydi. Borini borday körsatadi. Nuqsonlar, kamçiliklar, yöl qöyilgan xatolar oçiq-oydin aytiladi, tahlil qilinadi, baho beriladi.

Eng asosiysi, “Boburnoma” nihoyatda gözal tilda yozilgan. Uni öqigan kişi tilimizning latofatidan bahramand böladi, uning qanday ifoda imkoniyatlariga, eng nozik nuqtalarni qanday ifodalay oliş quvvatiga ega ekaniga amin böladi.

Asarning tili şu qadar jozibador, takrorlanmas va körkamki, uni öqib çiqqanimdan keyin ança vaqtgaça heç narsa öqiyolmay yurganim esimda.

Kitob şinavandalariga yaqindagina öqib tugatganim – Erkin Aʼzamning “Momaqal­diroq ostida sayr” romanini ham öqib çi­qişlarini tavsiya etgan bölar edim. Bu asar lahzalik mayllar, arzongarov obrö va eʼtiborga intiliş oxir-oqibat inson şaxsining aynişiga olib kelişi, heç qaçon atrofdagi muhitga qul bölmaslik kerakligini Oyravşan obrazi orqali yaqqol körsatadi.

Şuningdek, uluğ yozuvçilarimizning ijod laboratoriyalaridan, xususan, Şukur Xolmirzayevning “Özbek xarakteri”, Olim Otaxonning “Gulzor çekkasidagi quyoş” hikoyalarini, Nabi Jaloliddinning “Meros” qissasini ham öqiş foydadan holi emas.

Jahon klassiklaridan Lev Tolstoy, Anton Çexov, Ernest Xeminguey, Frans Kafka, Gabriel Garsia Markes, Vasiliy Şukşin asarlarini öqişni yoqtiraman. Öylaymanki, kitobxon bu mualliflarning asarlaridan bir qur xabardor bölib qöysa, zarar qilmaydi.

Frans Kafkaning “Evriliş” qissasi, “Jarayon” yoki “Qalʼa” romanlarini olaylik. Bu asarlarni öqiş kişini bir dafʼa dovdiratişi mumkin. Lekin kim irodasini bir yerga jamlab, ularni öqib çiqar ekan, dunyoning turli-tuman badkirdorliklariga qarşi kuçli immunitetga ega böladi. Hayot, tuzumlar, byurokratik maşinalar haqida tasavvurga ega böladi va heç qaçon umidsizlikka tuşmaslikni örganadi.

Şuhrat MATKARIM

1960-yili tuğilgan. Xorazm davlat pedagogika institutida tahsil olgan. “Kun şundan boşlanadi”, “Maqar”, “Boljon” kabi kitoblari naşr etilgan.

 

“Yoşlik” / 2025 / 9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)