11 daqiqada öqiladi

370 marta körilgan

Öringulning armonlari. Hikoya

Jöra Fozil

Mustaqillik neʼmatlari haqida gap ketganda, sanab adoğiga yetolmaymiz. Qaysi jabhaga qaramaylik, hayratimizni, hayajonimizni uyğotguvçi yangilanişlar jarayoniga guvoh bölyapmiz. Ozodlik şukuhidan yuragimiz hapriqadi. Şunday kunlarga yetkazgani uçun Yaratganga şukrlar aytamiz. Beixtiyor xayolimizda çorak asr narisidagi manzaralar jonlanadi. Eslamaylik, könglimizni xira qilmaylik, deymiz-u, ammo baribir xörlikka qorişgan öşa kunlarni unutişning heç iloji yöq. Qolaversa, bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetişimiz uçun ham goh-goh ötmişimizga nazar taşlab turişimiz kerak. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yölida xizmat qiliş – eng oliy saodatdir” nomli asarini öqirkanmiz, bu fikru  xulosamiz qatʼiylaşadi.

“Mamlakatimiz erişgan yutuqlarning tub mohiyatiga yetib boriş uçun bugungi hayotni keçagi hayot bilan soliştirib köriş kerak. Şundan keyin odam bugungi hayotning qadriga yetadi… Öylaymanki, “Yaşasin sovet davlati, yaşasin kommunistik partiya” degan gaplar quruq safsata bölganini ongli yaşaydigan xalqimiz bugun yaxşi biladi… Paxta dalalariga qanday zaharli dorilar sepilganini aytmaysizmi? Odamlarimiz, bolalarimiz va ayollarimizning turli kasalliklarga çalinişiga, birinçi navbatda, samolyotdan sepilgan ana şu dorilar sabab bölmaganmidi?” – deb yozadi Yurtboşimiz.

Mazkur oğriqli savollarga javob izlarkanmiz, butun jamiyatni çirmab olgan Şöro siyosatining qip-qizil yolğonlari va ularning alamli asoratlari köz öngimizda birma-bir gavdalanadi. Nazarimda,  bu fojealar mohiyatini bugun erkin jamiyatda ösib-ulğayayotgan yoş avlodga jonli uslubda tuşuntiriş biz katta avlod vakillarining, xususan, yozuvçilarning burçi hisoblanadi. Quyida eʼtiboringizga havola etilayotgan hikoyani ham şu yöldagi bir uriniş mahsuli deb qabul qilişingizni sörayman.

 Muallif.

Ötgan asrning 60-yillari. Ön ikki-ön uç yoşli bola edim. Har ikki-uç yilda ötkaziladigan saylovlar bahona böladigan sayllarga çiqardim.

Otam öqituvçisi bölgani bois, doim saylov komissiyasiga yo rais, yoki kotib etib tayinlanar va tongdan kolxoz idorasiga borişi lozim edi. Kenja öğil bölganim va xiyla erkaligim sabab, otamga “Men ham boraman”, deb xarxaşa qilardim. Otam tönğillay-tönğillay ergaştirib olardi.

* * *

Şunday qilib, yana saylov keldi. Otam bu gal ham saylov komissiyasi raisi edi.

Kökda yulduzlar xira tortib, ufq niltötiyo tus olib, otam ikkimizni juda intizor etgan tong otdi. Köp ötmay köçada maşina gurillaşi eşitildi. Men otamdan oldinroq darvozadan yugurib çiqdim.

Haydovçi Hamro aka maşinani zör berib “dut-dut”latar, keng-möl qutida ön-ön ikki çoğli kişi bor edi. Ular – Toşqul brigadir, Jamol traktorçi, Aziz suvçi va har doim majlislarning hayʼatida ötiradigan, tez-tez tuman gazetasida surati çiqadigan Öringul maşʼal.

Otam tezda kiyinib çiqdi. Ikkovimiz haydovçining yonidan joy olib, çamasi yarim soatlarda kolxoz idorasiga yetib bordik.

Idora atrofi çaroğon, hamma yoq qizil bayroqlar, alvon şiorlar bilan bezatilgan, bu yerda ellik-oltmiş çoğli odam töplangan edi.

– Qani, domullo, tez böling, boşlang, – dedi rais betoqatlik bilan, – mana, raykom vakili ham şu yerda. Birinçi bölib ovoz berişni boşlab, tezroq yakunlasak, kalxöz obröyi uçun yaxşi-da. – A, labbay, nima dedingiz, örtoq vakil, darvoqe, örtoq Kalonuf?

– Albatta, – dedi Kalonov kalondimoğlik bilan, – paxtada, donda birinçi bölgan kolxoz saylovda ham birinçi bölsa, nur ustiga nur!

Otam yordamçilari bilan allaqanday qoğozlarni közdan keçirib, raqamlangan stollarga qöyib çiqdi-da, “… ovoz berişni boşlaymiz”,  dedi.

Men jon quloğim bilan tinglasam-da, heç qanaqa “ovoz beriş”ni eşitolmadim. Xuddi şu asnoda yonimizda Öringul maşʼal paydo böldi. Darhol uning qöliga allaqanday oq qoğoz tutqazişdi va u qizil alvon bilan öralgan uyçalarning biriga kirib ketdi-da, zum ötmay qaytib çiqib, şodon qiyqirdi.

– Yaşasin, men birinçi bölib ovoz berdim!

Kimlardir istar-istamay, xöjakörsinga qarsak çalişdi. Men esa hayron edim.         

Juda köp kişi öşa alvonrang uyçalarga kirib-çiqib turgan bölsa-da, oddiy ğala-ğovurdan bölak heç qanday ovoz eşitilmasdi. Cyekin yurib, qöli-qöliga tegmay allaqanday qoğozlarni tarqatayotgan otamning yoniga bordim.

– Ovoz beriş boşlandi dedingiz, men heç qanaqa tovuş eşitmayapman-ku!

– Eh, tentakvoy, – dedi otam jilmayib, – “ovoz beriş” degani ovoz solib baqiriş emas, mana bu qoğozni qutiga taşlab çiqiş, vassalom!

Hafsalam pir bölayozgan edi, birdan kallamga ajoyib fikr keldi.

– Men ham ovoz bersam, maylimi?

– Yöq, mumkin emas, – dedi otam qatʼiy qilib.

– Nega endi?

– Yoşing ön sakkizga yetganda ovoz berasan. Hozir esa boşimni qotirma.

– Ota, jon otajon, men ham ovoz beray! Axir, özingiz bu yerda kattasiz-ku! Xöp deyaqoling…

Otam men bilan paçakilaşiş foydasizligini yaxşi bilganlaridan, qölimga uç söm tutqazib, şunday dedi:

– Mana senga, borib kunjut holva, şirmoy kulça olgin. Cix kabob yeging kelsa, ungayam yetadi.

Eh, yaşasin, bu yoği maza böldi-ku! Uç söm – men uçun katta davlat edi, çunki maoşni juda tejab sarflaydigan otam har doim ham bunça pul beravermasdi-da!

Pulni kaftimda mahkam qisgança taşqariga çiqdim. Kolxoz idorasi atrofi ulkan bozorni eslatar, hamma nimadir sotib, nimadir olar, nimadir yeb, nimadir içmoqda, olomon dengizday çayqalar, suron solardi.

Men aslida saylovni şuning uçun yaxşi körardim-da…

Kunjutli holva, şirmoy kulça sotib olib, idoraga tutaş oşxonada pok-pokiza tuşirdim. Cöngra turli tomoşalarni körib, kunni keç qildim.

Qoronği tuşgaç, sovuq kuçaydi. U yer-bu yerda gulxanlar yoqildi. Caylgoh hamon gavjum, baqir-çaqir, mast-alast qiçqiriqlar tinmagandi.

Cyekin-asta qari-qartang, bola-baqra uy-uyi­­ga jönadi. Köçada asosan yoş-yalang va kayfi oşganlar qoldi. Bizning qişloqdan kelgan “zarbdor guruh” esa oşxonaning bir çekkasida bazmi jamşidni hamon davom ettirardi.

Men rosa sovuq qotgandim, otam ötirgan xona va hamqişloqlar xursandçilik qilayotgan oşxona örtasida bözçining mokisiday qatnardim. Onda-sonda lovullab yonayotgan gulxanlar yoniga borib, biroz isingan bölardim. Oşxonadagilar ham, gulxanlar atrofidagilar ham ğirt mast edilar. Vaqt allamahal bölganiga, sovuq tobora kuçayayotganiga heç kim eʼtibor qilmasdi.

Oğzi surğuçlangan, yaşil qoğoziga “Vodka” deb yozilgan şişalar paydar-pay oçilar, qirrador stakanlar-u paxta gulli piyolalarga qultillatib quyilar, ğala-ğovur tobora avjiga çiqardi.

Covuq suyak-suyagimdan ötgan, bularning hammasi endi jonimga tekkan, tezroq uyga yetib olib, issiq öringa kirişni istardim.

Yana otamning yoniga bordim-da, tişim-tişimga tegmay, “Uyga ketaylik”, deya xarxaşa qila boşladim. Otam “Yana ozgina çida, hozir yakunlaymiz, men kattalarga qönğiroq qilaman-u, keyin uyga jönaymiz”, dedi. “Jönab böpsiz, – dedim injiqlanib. – Birgad bobo, Hamro aka, hammasi mast-ku. Öringul opaning ham yuzlari qizarib ketibdi”.

– Obbo, hozir şu yetmay turuvdi-da! Öringulga xotin boşi bilan araq içişni kim qöyibdi?!

Otam rosa jiğibiyron böldi, u kişiga rahmim kelib, yupatdim.  

– Qörqmang, Hamro aka unçalik mast emas.

Otam battarroq asabiylaşdi.

– Araq örniga zahar-zaqqum içişmaydimi? Axir, şunça mast odamni uyiga qanday olib boraman. Bu ahmoqlar har saylovda bir maşmaşa boşlamasa, bölmaydi-da. Könglim sezib turuvdi-ya, – otam sovuqda qaltirayotganimni körib, şaştlaridan biroz tuşdi.

– Mayli, öğlim, bor, bir aylanib kel, ungaça men işlarimni saranjomlayman.

Men “bir aylanib”, yana öşa oşxonaga bordim. Araqxörlik hamon davom etar, endi Öringul maşʼalning ham oğzidan bodi kirib, şodi çiqardi. Xuddi şu asnoda boşida qoraköl telpak, qönji uzun oq etik kiygan, sipo bir odam hamqişloqlarimiz davrasiga yaqinlaşdi.

Toşqul birgad örnidan turib, çayqala-çayqala unga peşvoz çiqdi.

– E, e, keling, partqöm bobo, keling! Cайловни би-и-и-р ювайлик!

– Yuvsak arziydi ham, – dedi mehmon viqor bilan.

Uni davra töriga ötqazişdi. Öringul maşʼal “dik” etib örnidan turdi-da, mehmonning yoniga borib ötirdi. Ayolning doimo xumor boquvçi közlari olazarak edi.

Davraga yoği jizillab turgan six kabob olib kelişdi. Yana öşa, oğzi surğuçlangan şişalar oçildi. Partqöm kotibi Öringul ilğorning öziga eʼtiboridan taltayib ketib, söz boşladi.

– Örtoqlar! Bizning bu ötirişimiz oddiy araqxörlik emas, balki siyosiy kampaniyaning muvaffaqiyatli yakunidir!

Men kommunistlar va partiyasizlar blokining munosib nomzodi Öringul Pardayeva uçun qadah kötarişni taklif etaman! Biz hozirgina domla (yaʼni, otam) bilan ovozlarni hisob-kitob qildik. Bu singlimiz 99,9 foiz ovoz olib, rayon soveti deputati etib saylandi. Hamma­ngizni ğalaba bilan tabriklayman!

Öringul maşʼalning böğriqqan yuzlari yal-yal yonardi. Hamma örnidan turib, qiy-çuv bilan piyola, stakanlarni şaqir-şuqur uriştira boşladi. Faqatgina Aziz suvçi “miq” etmay, qölidagi araq töla piyolaga tikilib ötirardi. Bu partqöm boboning nigohidan çetda qolmadi. Cuvchiga savol nazari bilan qarab, ödağayladi:

– Ha, Azizboy, bu gaplar sizga taalluqli emasmi?!

Aziz aka pinagini ham buzmadi, yuzini çetga burib, “çirt” etib tupurdi.

– Tupurdim, senga ham, “местный kadr”ingga ham! Deptot emiş?! Cyen ham, u ham borib turgan ğirromsizlar-ku! Öringul maşinada paxta teradi, deb kötara-kötar qilasizlar, gazitga suratini çop etasizlar. U bölsa maşinada yuz-ikki yuz kilo paxta teradimi-yöqmi, Xudo biladi. Birgadning qizlari tergan hamma paxtani uning otiga ötkazib, “Maşinada bir kunda ön tonna paxta terdi”, deya bong urasizlar. Mehnatni qizlar qiladi, huzurini bu oyimça köradi. Yana bu kişi deptot bölibdilar. He, örgildim, dovu dasgohingdan! – Aziz suvçi piyoladagi araqni simirib içdi-yu, örnidan turdi.

– Men uyga piyoda ketaman! Pripiskaçi, yolğonçi deptot bilan bir moşinda yurmayman!

Partqöm kotibi pixini yorganlardan edi, suvçining gaplarini boşqa yoqqa burdi:

– Zarari yöq, – dedi u miyiğida kulib, – ukamiz sal köproq içib qöyibdi. Mayli, uyiga boraversin.

Aziz suvçi sallona-mastona yurib, taşqariga çiqdi, hamqişloqlardan ikki kişi unga ergaşdi. Lekin ular ham huşyor emasdi.

Davra göyo Aziz suvçining aççiq-aççiq gaplari bölmaganday davom etaverdi. Öringul maşʼal erkaklar bilan baravar araq içaverdi. U partqöm kotibining yoniga borib ötirganida, bu Toşqul birgadga yoqinqiramagan, quyuq qoşlarini çimirib qöygandi. Paydar-pay içilavergaç, Toşqul birgadning kayfi butunlay oşib ketdi, şekilli, Öringul ilğorga tegajoqlik qilaboşladi.

Öringul maşʼal avvaliga brigadirning şilqimligiga eʼtibor qilmay jimgina ötiraverdi. Brigadir haddidan oşib, ayolning iyagidan uşlab, öziga qaratmoqçi bölgan edi, maşʼal uning qölini siltab taşladi-yu, öşqirdi:

– Tort yuvuqsiz qölingni, iflos! Men hamma kiyib ketaveradigan eski kaliş emasman!

– Yuvoş, yuvoş!.. – yaltoqlandi brigadir. – Cyenga nima böldi, men hazil qiluvdim…

– Hazilingni uyda govmiş sigirday semirib yotgan qora habaş xotiningga qil! Bildingmi?!

– Bildim! – dedi Toşqul birgad qizargan közlarini ola-kula qilib örnidan turar ekan. – Sen ikki pullik fohişaning qorning töyib qolibdi-da, a? – brigadir oğir gavdasini sal ortga taşlab, Öringulning yuz-közi aralaş muşt tuşirdi. Boyaqiş ayol qattiq çinqirib yubordi-yu, ötirgan yerida orqaga quladi.

Hali heç kim öziga kelib ulgurmay, Toşqul birgad bir hatlaşda Öringulning tepasiga bordi-yu, tözğib ketgan qop-qora soçlaridan uşlab, örnidan turğazdi.

Erkaklar bilan tengma-teng içilgan araq öz işini qilgan, şörlik deputat töfonda qolgan oq guldek çayqalar, köz yoşlari şaşqator edi.

Bu maşmaşa obröyiga putur yetkazişini anglagan partqöm kotibi stolni aylanib ötib, hamon Öringulga xezlanib turgan Toşqul birgadning qöllarini qayirmoqçi böldi. Qayoqda deysiz, hirsdek kuçli brigadir bir siltagan edi, kotib ham, unga yordamga şoşilgan yana ikki hamqişloğimiz ham burçak-burçakka uçib ketdi. Toşqul birgadir yana maʼşal tomon qadam taşladi.

Zildek muşt zarbidan hamon öziga kelolmagan deputat höngrab yiğlaganiça, özini yerga taşlab, brigadirning oğir kirza etikli oyoqlarini mahkam quçoqlab oldi.

– Tavba qildim, akajon! Tavba qildim! Meni urmang! Urmang, ölib qolaman! Axir, özim mayib-mubtaloman, – traktor haydayman deb har ikki bolam ham nogiron tuğilganini bilasiz-ku!

Muştipar ayolning uvvos tortib yiğlaşi, yorilgan lablaridan sizib oqayotgan qon, parişon soçlari araqqa töyib olib insoniy qiyofasini yöqotayozgan zöravonni sal öziga keltirdi, çamasi, közlarini bir-ikki yumib oçgaç, mast tuyaday pişqirdi:

– Hö, ğar, kimligingni unutma! Xotinimni haqorat qilganing uçun tilingni suğurib olaman! U uyda ötirsa-da, önta bolamni oq yuvib, oq tarayapti. Cyen bölsang, eski kaliş ham emassan! Cyeni öşa, bir oyoği yerda, bir oyoği görda bölgan eringdan bölak heç kim kiymaydi! – brigadir oyoqlarini ayolning qöllaridan böşatib olib, nari ketdi.

Öringul zörğa örnidan turdi, soçlarini, kiyim boşining u yer-bu yerini tuzatgan böldi. Boyaqişning yuz-közi kökarib, şişib ketgan, yorilgan lablaridan oqayotgan qon iyagi, böyniga oqib tuşardi. U sudralganday bölib oşxona çekkasiga bordi.

Beçora ayolning qora baxmal kamzuli, oq şol römoli ham qonga belangan edi. U ortiga ögirildi, hamon serrayib turgan mast-alast davra ahliga afsus-nadomatli, qahrli nigoh taşladi. Xuddi şu asnoda uning böğzidan alamli bir faryod otilib çiqib, kökka örladi:

– Ö, Xudo! Traktorigayam, paxtasigayam, saylovigayam öt tuşsin! Öt!

Bu çinqiriq davra ahlining közlarini moşdek oçib yubordi. Ular ğimirlab, tört tomonga yugurgilab qolişdi. Bu, axir, yolğiz Öringulning emas, balki bolasini paxta dalasida tuğib, paxta dalasida katta qilgan, uruşning, qatağonlarning zulmini yelkasida kötargan neça minglab jabrdiydalarning yurak ovozi edi…

Men bu voqeaga siyosiy tus berilişini öylab tipirçilab qolgan partqöm kotibining talvasasi, haydovçisi ham, yölovçilari ham mast bölgan maşinada otam ikkimiz qanday qilib qişloqqa qaytib kelganimizni aytib ötirmayman. Faqat şuni aytişim mumkinki, Öringul Pardayeva oradan töqqiz oy ötgaç, yangi paxta teriş mavsumi boşlanganda dalada yurak xurujidan vafot etdi. Ikki qatorli “CXM-48m” paxta teriş maşinasi egat boşida qantariğlik qolib ketdi. Tuman gazetasida öqlovdek harflar bilan bitilgan taʼziyanoma eʼlon qilindi.

Maşʼalning özidan qariyb öttiz yoş katta bölgan eri uzoq yaşadi, nogiron farzandlarini bolalar uyiga topşirmay, özi katta qildi…

* * *

Şu bilan gap tamom. Endi ötmişga aylangan Şöro zamonasidagi saylovlar, ayrim soxta maşʼallar haqida körgan-bilganlarim şu.

Darvoqe, xotiralarimga asoslangan uşbu hikoya ösmir tilidan bayon qilingan bölsa-da, aslida yetuk yoşimda yozildi. Şu bois baʼzi bir tafsilotlarga bola öy-xayollari deb qaramasligingizni sörayman, aziz öquvçi…

Jöra FOZIL

1949-yili tuğilgan. Toşkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.

“Muhabbatning bayramlari”, “Barqut mavsum”,

“Buxoroyi şarif elçilari”, “Baxt yulduzi”, “Mening qizil gulim”, “Bolalikning yolğiz yodgori”, “Buxoriyning qaytib kelişi”, “Ayriliq ostonasi”, “Tiramoh armonlari”, “Biz lola termagan bahor”, “Ğoziyon zindoni”, “Yölbarsdaraning sönggi sultoni” kabi kitoblari naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…