Ilyos maktabga boriş uçun sentyabrni kutmayotganiga ikki yil böldi. Sababi, u endi institutda öqiydi. Oliygoh ostonasiga qadam qöyar ekan, öqişni soğinganini his qildi. Birinçi kurslar esa özi öylaganidan ança köproq ekan, çunki yurgan yölida dam-badam notaniş çehralarni uçratdi. Öquv binosiga yaqinlaşib, kursdoşlariga közi tuşdi. Har biri bilan quçoqlaşib körişdi.
– Ozib ketibsanmi, Ilyos? – deya piçing qildi Hafiz miyiğida kulib.
– Qişloqda rosa işlatişdi-da, – degança kulib javob qaytardi Ilyos.
– E-e, sörama. Yaxşiyam öqiş boşlandi, işdan qutuldim. Kun böyi molga qarayman, öt öraman, yer çopaman, – deb nolib gapga qöşildi Safar.
– Şu işlardan butunlay qutulmoqçi bölsang, yaxşiroq öqi-da, jigar, – dedi Ilyos, Safarning yelkasiga qölini qöyib.
– Kördinglarmi? Birinçi kurslar içida qizlar köproq ekan.
– Men kördim. Çiroyli qizlar bor ekan. Tezroq boşlarini aylantiriş kerak, – deb Safar oldilaridan ötib ketgan qizlarga imo qildi.
– Sizlar bemalol, men şundoğam kelasi yili uylanaman. Qiz bölsa allaqaçon topilgan, – deya ğururlanib gapirdi Hafiz.
– Yuringlar, qizlar bilan tanişamiz, – deb qistadi Safar.
– Ha, hozir darsga keç qolsak, ustoz yaxşilab taniştiradi-da, – deb kesatdi Ilyos. – Ketdik.
Kursdoşlar xonaga yiğildi. Hamma yozda nima işlar qilganini sözlab maqtanardi. Kimdir işlaş uçun çet davlatga borgan, kimdir sayr-u sayohat uçun Yevropaga. Ilyos ularni jim eşitib kulibgina ötirardi.
– Nega kulasan? – deya salkam baqirib yubordi Bonu.
Bonuga Ilyosning beparvo kulib turişi yoqmadi. Ular örtasida raqobat ötgan yili boşlangan. Bonu yuqori ball olib öqişga qabul qilingan bölsa-da, ötgan bir yil davomida Ilyosdan özib ketolmadi. Bonu unga raqib sifatida qarar va unça mensimas edi.
– Şunçaki özim. Bor-yöği bittagina davlatga sayohat qilganing uçun kulyapman, – deb javob qaytardi Ilyos.
– Özing-çi, qişloğingdan nari çiqolmagan bölsang kerak? – deb kuldi Bonu.
– Yaxşi hazil, lekin bilsang, kamina önta davlatga sayohat qildim.
– Qanaqasiga? Seni yoz böyi instagramdan kuzatdim. Heç qaysi davlatga borganingni joylamading-ku, – deya hayron böldi Safar.
– Şunçaki, hammaga köz-köz qilgim kelmadi.
– Xöp, qaysi davlatlarga bording? – deb söradi Bonu, alamini yaşirişga urinib.
– Amerika, Angliya, Çili, Argentina, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Ispaniya, Italiya hamda Vatikan. Qöşimçasiga Tinç, Hind va Atlantika okeanlariniyam kezib çiqdim.
– Bölişi mumkinmas, bunça davlatga viza oliş uçun ança vaqting ketardi, – deb suhbatga qöşildi Hafiz.
– Men viza olganim yöq. Senga öxşab millionlab pul ham sarflamadim, – deya Ilyos Bonuga qarab qöydi.
– Rosa içimizni qizdirding-da. Tezroq qanaqa qilib borganingni ayt, Ilyos, – deb toqatsizlandi Safar.
– Jyul Vernning “Kapitan Grant bolalari” asari orqali sayohatim Angliyadan boşlandi. Yöqolgan kapitanni qidiriş uçun dunyoni öttiz yettinçi gradus böylab aylanib çiqdik. Şu vaqt davomida Çilini, keyin Argentina tekisliklarini, Avstraliyaning ğayritabiiy iqlimini, Yangi Zelandiyaning vulqonlarini kördim. Qolaversa, okeanlarda suzdik. Den Braunning “Ibtido” asari orqali esa Ispaniya köçalari bilan muzeylarini tomoşa qildim. Uning “Fariştalar va iblislar” asarini öqib esa Amerika, Italiya, keyin Vatikanni aylanib çiqdim. Şunçaki kitob öqiş orqali. Bu kitoblar uçun atigi beş yuz ming söm sarfladim, xolos.
– Qoyil, senga havasim kelyapti, – deya hayratlandi Safar.
– Havas qilişingizning özi yaramaydi. Köproq kitob öqişga harakat qiling – meni ortda qoldiring!
Asliddin RAYIMOV
2007-yili Buxoro viloyati Ğijduvon tumanida tuğilgan.
Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi.
“Yoşlik” jurnali 2025-yil 10-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

