Özbekiston Qahramoni,
Xalq şoiri Abdulla Oripov xotirasiga
1. Xabar
Ummonlar ortidan kelgan şumxabar
Tilka-pora qildi Dörmon köksini:
Yuz yillik çinorlar sezdilar xatar,
Qayinlar yiğladi yum-yum öksinib…
…Yöq, yöq, xazonmas bu – şamol supurgan,
(Kuzning oltin töni ketdi sökilib)
Daraxtlarning zaif, omonat turgan
Xasta yuraklari tuşdi tökilib…
2.Hovli
Bexos bir seskandi bu sölim hovli,
Egasiga intiq supaça, ayvon.
Gullar böy soçolmay quridi holi,
Arçalar gezarib-kökardi hayron.
Joyida yiqildi örindiq, kursi,
Çiroqlar lipillab tortdilar xira.
Öçdi devorlarning xotirjam tusi,
Musibat poyida yölak asira.
Gulgun darvoza ham ğaribdan ğarib,
Eşikka siğmaydi uyning anduhi.
Har bitta jihozga taskin axtarib,
Jonsarak kezadi şoirning ruhi.
Hovlini töldirdi bir aççiq fiğon:
«Şu tuproq egadir yöğu borimga.
Yöq, özga yurtlarda berolmasman jon,
Meni olib keting öz diyorimga!»
3. Sehrli diyor
Haq söz:
«Amerika – sehrli diyor»,
Birday talpinadi unga ğarbu şarq.
«Sentni sentga urgin!» – eng oddiy şior,
Köngilmi?! Unga ham biçilgaydir narx.
Kimoşdi savdoda – şoirning sözi,
Bir pasda topilgay unga dallol ham…
Şifo izlab kelgan edi-ku özi,
Şeʼrga zor dillarga ulaşdi malham.
Undan sarvat emas, qoldi bir navo,
Qay uyğoq közlarda yoğdu balqidi:
Kengayganday böldi adabiy havo,
Köpayganday böldi şeʼriyat hidi!..
4. Yoniq çiroq
Vujud taslim böldi olis ölkada,
Ruh şitob jonajon Vatanga uçdi.
Garçi közdan maxfiy, pinhon bölsa-da,
Har bir jigarini opiçlab quçdi.
Çaraqlab kuzatdi bir mitti yulduz
(Yonida ne yirik yulduzlar söngan),
Axir, bu öşa-ku, bir sahar besöz
Uning kökragiga yaraqlab qöngan!
Yangi söz sahnida u böldi mayoq,
Yöl izlab jilğalar, poyiga oqdi…
Samodan nurafşon narvon tuşgan çoğ
Sönggi bor intizor daştiga boqdi.
Ummonday tölğondi yonib yotgan çöl,
Qönğirtov qözğaldi misoli kema.
Abadiy sadodan titradi öng-söl:
«Ruhim, sen vujudning ğamini yema!»
Va sekin yuksaldi Quyoş yoniga,
Sönmas çiroğini yoqib qöydi u:
Ona Özbekiston hur osmoniga
Oltin Yulduzini taqib qöydi u!
5. Aza
Töp-töp,
Ğuj-ğuj
Va saf-saf odam
Tobutga talpindi – tölğondi Dörmon.
Kimningdir közlari ayriliqdan nam,
Kimningdir sözlari: armon, oh, armon…
Kim bular –
Qayğusi osmonni tutgan?!
Muhiblar, muxlislar, eski döstlardir…
Yöq, yöq, ular – Şoir bir umr bitgan
Qadrdon, kuyunçak, sodiq Sözlardir…
6. Ğamzada
Tobut tepasida aylandi bir quş,
Aylandi çarx urib, bezovta, giryon.
Göyoki uyasin izlardi behuş,
Özini urib goh u yon, goh bu yon.
Kim dedi: – Şoirning ruhi bu, şaksiz…
Kim dedi: – Bezavol, mangu hur joni…
Yöq, yöq, bu – şoirga hammadan aziz
Bir umr hamnafas bölgan Ilhomi!
7.Meros
Goho manglayidan tole öpdi-da,
Goho quvonçini quvratdi alam.
Boşida – Oybekdan qolgan döppi va
Qölida – Navoiy tutqazgan qalam.
Şeʼrparast millat bu – sinçkov kuzatar,
Qutluğ aşyolar ham kutar ilhaq, jim:
Endi bu döppiga kim qöl uzatar?!
Endi bu qalamni tuta olgay kim?!
8. Xazina
Uluğ zotlar doim miş-mişga nişon,
Soyaday ergaşar kudurat, gina.
Hasad, kin uyğotar ulardagi şon,
Olovli isteʼdod – tengsiz xazina.
Yillar ötgan sayin oşar qiymati,
Yombiday noyob – bu hikmatga köndik.
Şoirni – yurakka… Jonsiz ğiybat-u,
Qazo qilgan fisqni tubanga kömdik!..
9. Kuz
Dunyo – ulkan daraxt,
Payvandlari köp:
Şoxlari, barglari, hosili har xil.
Mevasi rang-barang, turişar töp-töp,
Qay biri – pajmurda,
Qay biri – sarxil.
Borliğin maqtanib qilsa-da köz-köz,
Hayajon, hadik-la kutar u Kuzni.
Ey, voh…
Bu yil dasti daroz, tantiq Kuz
Eng sara, eng tansiq mevasin uzdi!
10. Sönggi söz
Çiğatoy tomonga köz taşladik, voh,
Judolik zarbidan pöst taşladik, voh.
Kalima qaytarib, Şoir qabriga
Tuproqmas, bir hovuç söz taşladik, voh…
Nodir Jonuzoq
10-12.11.2016
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida