304 marta körilgan

Bağrim butun edi – çalinmasdi nay

Şodi Otamurod

Kuz

Kuz keldi yodimga kelgan aşʼorday,

Kuz keldi söroqlab xotiralarni.

Bağrim butun edi – çalinmasdi nay,

Bugun tuşunaman notalarini.

Kuz kirdi ul nayning teşiklaridan,

Kuz kirdi söroqlab “Çöli iroq”ni.

Keça qizğonardim bahorni juda,

Mehmon qilolaman bugun firoqni.

Kuz tuşdi vaqtning zinalaridan,

Kuz tuşdi öynatib sariq tillarin.

Eşitilar “çiq-çiq” – qadam tovuşi,

Kuzning oyoğidir soat millari.

Bilaman, siz…

Boğlaring bor, daraxtlarni quçgim kelsa,

Toğlaring bor, qanot qoqib uçgim kelsa,

Buloqlardan bir zilol suv içgim kelsa,

Qöllarimga kosa tutib turgaydirsiz,

Bilaman, siz Vatanni çin sevgaydirsiz.

Buğdoyzordan xirmonini uydirganlar,

Yurtin suyib, özini ham suydirganlar,

Mehridan bir yuksak Vatan qurdirganlar,

“Bu imorat – bizning bino” degaydirsiz,

Bilaman, siz Vatanni çin sevgaydirsiz.

Qişloğimdan ketib, yursam şaharlarda,

Sigir haydab körinmasam saharlarda,

Saratonda çömilmasam anhorlarda,

Qayerlarda yuribsan, deb tergaydirsiz,

Bilaman, siz Vatanni çin sevgaydirsiz.

Özbekiston – tabiatda buyuk asar,

Bir-biridan taʼm öğirlar qovun, asal,

Ariqlarda suvning şaşti pasaysa sal…

Nihollarga köz yoşingiz bergaydirsiz,

Bilaman, siz Vatanni çin sevgaydirsiz.

Oq qoğozga tökay desam bor hislarim,

Tugamadi baytlarimu bahslarim,

Ey, döstlarim, sizga ortgan havaslarim,

Sen ham bizday sevasanmi, degaydirsiz,

Bilaman, siz Vatanni çin sevgaydirsiz.

* * *

U yaxşi qiz edi çinakam,

Unutmasman erka çoğlarni.

“Sevaman”ni aytgan bölsam ham,

Yana aytişimni xohlardi.

Kulgan bölsa kulgandir mendan,

Balki unga şu bölgan huzur.

Xafa qilib qöymadimmi deb

Söramagan heç qaçon uzr.

Erkalanib ketardi biram,

Qöllarimga qölin boğlardi.

Men yoniga qaytgan bölsam ham,

Yana qaytişimni xohlardi.

Ovozi yöq zanjirmi sevgi,

Boğlanganim rostmidi unga.

Kiyik kabi ziyrak va sezgir,

Bor gözallik xosmidi unga.

Muhabbatim bölgan emas kam,

Baxş etgandim boğu toğlarni.

Men-ku unga yetgan bölsam ham,

Yana yetişimni xohlardi.

Eslatarmi sevgi bayroğin

Xayr demoq-çun kötarilgan qöl.

Xuş yoqarmi quşlar sayroği,

Hijron tomon burilganda yöl.

Eslaganda közlarimda nam,

Bilmam neçun – özin oqlardi.

Men yonidan ketgan bölsam ham,

Kelib-ketişimni xohlardi…

Soğinç

Keça kerak bölding, bolalik çoğim…

Erkin Vohidov

Yoşlik, seni suratimda körmoqdaman,

Barisini endi sendan sörmoqdaman,

Kundan-kunga toşga öxşab bormoqdaman,

Senga boqib bağrim bölak-bölak böldi,

Bu kun öşa soddaliging kerak böldi.

Toyçoq qilib minganlarim hassa edi,

Bu buvimning quvonçiga hissa edi,

Dil tomida boyçeçagu maysa edi,

O, orzular endi oddiy ermak böldi,

Bu kun öşa soddaliging kerak böldi.

Endi çindan töyib-töyib yiğlagayman,

Seni köngil kulbasida saqlagayman,

Umrimni ham endi senga boğlagayman,

Ö, bir lahzang xotiramda yuksak böldi,

Bu kun öşa soddaliging kerak böldi.

Köngil uyi

Ey döstlarim, qurganman,

Köngil degan imorat.

Devori mehr degan

Ğiştlaridan iborat.

Buzilmasin könglingiz,

Bitmas dunyo işlari.

Köz yoş tökib eritmang

Bu imorat ğiştlarin.

Darvoza

Uying bunça şinamdir,

Hovlingga gul soç, sevgi.

Ostonangda turibman,

Darvozangni oç, sevgi.

Mening bunday sözimni,

Qalbga qattiq olmagin.

Men ham kiray uyingga,

Köngilga qulf solmagin…

Şodi OTAMUROD

1978-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” ruknida “Soğinç ranglari” şeʼriy töplami çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.