11 daqiqada öqiladi

921 marta körilgan

Mutolaa zavqi

Mutolaa zavqi

“Yoşlik”çilar yangi rukn taşkil etib, ahli adabiyotning umri davomida suyib mutolaa etgan kitoblaridan töqqiztasini ajratib, fikr aytiş haqidagi takliflari menga maʼqul keldi. Zero, hozirda kitobxonlik bilan boğliq juda köp fikrlar örtaga tuşayotgan bir zamonda umumiy gaplarni qöyib, şunday amaliy iş qiliş – töğri tanlangan yöl. Lekin kamina bu amaliyotni biroz tahrirlab, tahririyatga adabiyotçilarimizning bori hayoti davomida emas, balki sönggi paytlarda öqigan töqqizta kitobi haqida fikr aytişni taklif qilgan bölar edim. Çunki adabiyotni qismat bilgan odamki bor, uning umri kitob bilan ötadi. Şuning uçun bor-yöği töqqizta kitob bilan çeklaniş sira mumkin emas. Albatta, zavqu hayratingni çandon oşirib, tuyğularing­ni jumbişga keltiradigan, özingdan çiqar holatga soladigan asarlar köp bölavermaydi, lekin umumjahon miqyosida olib qaralsa, başariyatning kitob ila ötgan umri böyiça körilsa, insonda hayratlar uyğotuvçi, daqiq kitoblar nihoyatda köp. U yoği Ğarb, bu yoği Şarq, qöyingki, butun dunyo kutubxonasining sanoği milliardlarga yetsa, şundan bir neça ming hayrat boisi böladigan asarlar çiqar. Demakki, sönggi paytlarda öqiganim töqqizta asar xususida söz ketar ekan, men kiçik bir lirik çekiniş qilib, özbekning katta şoiri Zokirjon Furqatning 1959-yili naşr etilgan ikki jildligining ikkinçi jildidagi “Xöqandlik şoir Zokirjon Furqatning ahvoloti, özi yozgoni” deb nomlanuvçi bir bitigiga eʼtibor tortişni istardim.

Zokirjon yetti yoşga yetganida ota-onasining “maşvarati ila” maktabga olib boriladi. Maktab hayotiga oid juda köp tafsilotlardan keyin muhtaram şoirimiz u yerda dastlab olgan saboqlari va kitoblari xususida söz yuritadi. Maʼlum bölişiça, Quröni Karimdan ön beş-yigirma adad mayda surani yod etib örganadi. Söng haftiyakka ötib, uni ham özlaştirgaç, töliq Qurʼoni şarifga beriladi. Muqaddas kitobni xatm qilgaç, “Çor kitob” ibtido qildim, deb yozadi. Şular bilan bir yilni ötkazib, sakkiz yoşga yetganida Farididdin Attorning “Mantiqut tayr” asarini olti oy davomida örganadi. Undan söng Hofiz devoni va beş oy davomli Mirzo Abdulqodir Bedil devonini qunt bilan “diliga dilband” etadi. Yoşi töqqizga yetganida esa Amir Alişer Navoiyning turkiy devonlari mutolaasiga beriladi. Şu tariqa ön yoşida Fuzuliy ğazaliyoti va “Maslakul muttaqin” masnaviyotini öqib tuşiradi. Ön ikki yoşga yetganida Qöqonda Podşoh Xöja Eşon nomli bir maşhur mudarrisga şogird tuşadi. “Avvali hol”, “Avvali ilm”, “Muʼzi Vazanjoniy” risolalarini öqib tamom qiladi va ön uç yoşga yetganida “Avomil”, “Harakot” risolalari, “Kofiya” kitobini tahsil qiladi. Bölğusi şoir ön tört yoşga yetganida “Şarhi Mulloyi Jomiy” va “Risolayi şamsiya”­­ni uç yil davomida özlaştiradi… Mana özbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyondasiga aylangan bir ajdodimizning öspirinlik yoşigaça öqigan, özlaştirgan, örgangan kioblari. Demak, na Hazrat Alişer Navoiy va na ulardan keyingi qator buyuklarimiz va na Furqatu Haziniylar faqatgina ilohiy isteʼdodning tajalliylari emas. Balki, mutolaa maşaqqatlarining va saodatining bori azobu zavqini tuygaç, isteʼdodlari röyobga çiqqan zotlardir. Agar şunday mutolaa eski davr maktabu madrasalarining körsatkiçi bölsa, demak, şoiru adib, olimu ulamo bölmagan, lekin maktabu madrasada taʼlim olgan bobolarimizning bilimi, dunyoqaraşi qançalar bölganini tasavvur etiş qiyin emas. Biz-da ajdodlarga munosib avlod bölişimiz uçun ötmişdan kerak xulosa çiqarib olişimiz zarur.

Endi bu çekinişlardan söng keyingi payt­larda mutolaa etilgan töqqiz asar haqida töxtalaman.

Isay Kalaşnikov

“Qattol asr” roman

Şu kunlarda mutolaa etilgan ming sahifadan ortiq – epik kölamdagi roman maşhuri jahon fotih Çingizxon haqida hikoya qiladi. Uning ota-bobolaridan tortib, özining dunyoga kelişi, bolalik, yoşlik damlari, çekkan azoblari, maşaqqatli qismati, söngra quvvatlanib qança-qança elu elat, qabila, keyinroq esa qança şahar-mamlakatlarni zabt etişi, taqdir taqozosi bilan tarix maydoniga çiqqan ğururi baland, niyatlari yoruğ yigitning qon keçib, qirğinbarotlar qilib, maʼnaviy tanazzulga yuz tutib borişi bağoyat miqyosli, yuksak badiiy tasvirlar, teran muşohada va falsafiy öylar bilan ifoda etiladi. Isay Kalaşnikov degan buryatiyalik romannavis va uning ötgan asr yetmişinçi yillar adoğida yozib eʼlon qilingan asaridan endi xabar topib, juda keç öqiganim uçun, oçiği, afsuslandim. Bu faqatgina tarix emas, yovuzlik, yovuz daho şakllanişining, maʼnaviy yemirilişning bori sinoatini batafsil tasvir etgan sof badiiy asar. Bu, şubhasiz, jahon adabiyotining durdonalaridan deyişga arzigulik roman.

Mo YANʼ

“Musallas mamlakati” roman

Mazkur asar uçun muallif bundan tört yil avval Nobel mukofoti bilan taqdirlangani köpçilikka yaxşi maʼlum. Ötgan asr örtalari atroflarida voqe bölgan hodisa haqida hikoya qilingan romanda nihoyatda dahşatli holatlar qalamga olinadi. Gödak bolalarni avval boşdanoq maxsus tuğib, boqib, sotib, söng taom sifatida tayyorlab, tanovvul qiliş, aql bovar qilmaydigan dahşatli hodisa. Biroq, qarangki, heç bir zamonda bölmagan bunday mudhiş holat insoniyat madaniy tamaddunining yuksak bosqiçlari boşlangan pallalarda Xitoyda sodir böladi. Gap, balki, hikoya qilingan dahşatli voqeada ham emasdir. Lekin inson tabiatining bu qadar vahşiylaşişi mumkinligi va u öz mohiyatini madaniyat degan niqob ostiga yaşirib, köngli tusagan nomaʼqulçiliklarni qila bilişi, hatto mutloq mumkin bölmagan razillikka jurʼat etişi bu – nafaqat bandasining, avvalo Yaratganning oldidagi mudhiş gunoh. Qiyomat haqida mislsiz azoblar haqida öylaşga yetaklaydigan jinoyat. Dahşatga tuşib fikr qilasan – inson bolasi maʼnaviy takomil sari intilişdan köra tubanlik çohiga qulaşni afzal biladigan zamon bölgandek göyo. Mo Yanning mazkur asari unça-munça mudroq tafakkurlarni uyğotib yuborsa, ajab emas.

Lev Tolstoy

“Sanʼat nima?”

(Çto takoye iskusstvo?)

falsafiy publitsistik traktat

Sanʼat haqida juda köp yozilgan. Uning asl mohiyati, qanday ehtiyoj zarurati ekanligi, tabiati, namoyandalari borasida nihoyatda köp asarlar bor. Lekin Lev Nikolayeviç Tolstoyning “Sanʼat nima?” nomli qariyb ikki yuz sahifali badiha, risola, ilmiy, falsafiy, ijtimoiy traktat, badiiy publitsistika kabi nazariy taʼriflar bilan janr xususiyatini belgilasa mumkin bölgan asari muşohadalarning nihoyatda teranligi va keng qamrovliligi bilan hayratlarga soladi. Mutafakkir zot sanʼat hodisalari minglab odamlarning yillar davomida çekadigan azoblari, intilişlari hisobidan dunyoga kelişini muşohada obyektiga aylantiradi. Sanʼatning turli tabaqa toifalarida jarayonning qanday keçişini kuzatadi. Dirijyorning qöl ostidagi musiqaçilarga zulm qilişi, haqoratlaşi, garçi juda xunuk kayfiyat paydo qiladigan manzara bölsa ham, lekin pirovardida insonga baxtiyor daqiqalar ulaşişi bilan ahamiyatlidir. Risolani xulosalar ekan, Tolstoy bobo “Sanʼat zöravonlikka barham berişi kerak. Va faqat sanʼatgina bunga qodir” degan fikrni ilgari suradi  hamda insonlarni sanʼatgina birodarga aylantirişi, kimligi, qandayligidan qatʼi nazar, bir-biriga muhabbat uyğota olişi mumkin bölgan, insonlarga ilohiy tuyğular ulaşib, uning özini-da ilohiy dunyolarga yetaklab ketuvçi möjizaviy bir hodisa deya taʼriflaydi. Tolstoyning sanʼat xususidagi hayratlari va muşohadalari, nazarimizda, har bir sanʼatkor uçun ibratlidir.

Ryunoske Akutagava

“Dözax azoblari”

Hikoya

Bu ham Tolstoyning sanʼat haqidagi qaraşlariga qay bir jihatdan hamohang yaratiq. Lekin u falsafiy publitsistik traktat bölsa, bunisi sof badiiy psixologik hikoya. Özi his qilmagan, öz közi bilan körmagan, öz sezgilari orqali ongi, tafakkuri va yuragiga singimagan hodisalar haqida heç qaçon haqiqiy sanʼat asari yaratib bölmaydi. Hikoyada aynan şu tuşunçadagi rassomning mislsiz insoniy fojeasi orqali mazkur haqiqatga kelişi va hayratomuz haqqoniy tasviriy sanʼat asarining yaralişi körsatib beriladi. Akutagava ijodi zamon va makon çeklovlaridan taşqaridagi noyob tuyğular, holatlar haqida hikoya qiladiki, uning tafakkur va hissiyot olami şu qadar teranligiga tan bermasdan iloj yöq.

Mario Vargas Lyosa

“Şumtakalar”

Qissa

Perulik Nobel mukofoti sovrindori Mario Vargas Lyosa “Şumtakalar” qissasini yozib Lotin amerikasi adabiyotini yana bir durdona asar bilan boyitgan. Bola paytida kutilmagan baxtsiz hodisa tufayli falokatga uçragan Kuelyar hayoti, uning yangi maktabda orttirgan tört dösti bilan keçmişlari orqali inson tuyğularining turfa olamiga kirib borasiz. Odamni tuşuniş naqadar murakkab, naqadar qiyin vazifa ekanini bot-bot his qilasiz. Özini insoniy amalga qodir tölaqonli şaxs sifatida his qila olmagan kişini tuşunib, unga yordam bera olmaganing holda, heç bölmaganda, hamişa xayrixohlik tuyğusi bilan yaşaş, xotiralarga sadoqat körsata biliş har kimning ham qölidan kelaveradigan iş emas ekan. Kuelyar, Lalo, Kallaxum, Çillak, Manʼukolarda bölgani kabi beğubor bolalik davrining eng yaqin tengdoş jöralaring bilan keçgan şirin xotiralarini yodga soluvçi bu asar ham garçi muayyan makonu zamonda bölsa-da, taniş ohangu tabiati, hazin mazmuni – xulosalari bilan hammamizni qay bir maʼnoda taftiş etayotganday tuyuladi.

Yan PARANDOVSKIY

“Söz kimyosi”

traktat

XX asr polyak adabiyotining atoqli adibi Yan Parandovskiyning “Alximiya slova” – “Söz kimyosi” asari yozuvçi mehnati, uning öziga xos ijodiy va maişiy dunyosi haqida nihoyatda qiziq maʼlumotlarni hikoya qiladi. Bu asarning janr jihatidan aniq taʼrifini beriş muşkul. Uni yozuvçilar haqidagi hayotiy tafsilotlar yoki yozuvçilik sanʼati haqidagi traktat deb atasa ham böladi. Kitobda adiblik isteʼdodi, mahorati, ijod xususiyatlari, ilhom damlari, ilhomlaniş jarayonining ğalat körinişlari, qöyingçi, maşhur adiblarning qanday ruçka va qoğozdan foydalanişidan tortib, nima yeb içganigaça, muayyan asarlarga kirişiş va yoziş pallasidagi tölğoqli holatlargaça, sevgisi, köngilxuşlari, qanday paytda ijod qilişni maʼqul körişi, qanday stolda ötirib, ne alpozda qalam tebratişigaça – barçasi eng oddiy, mayda tafsilotlarigaça ifodasini topgan. Hajman 700 sahifaga yaqin bölgan mazkur kitobni öz vaqtida ustoz Ozod Şarafiddinov tarjima qilişga kirişgan edi. Afsuski, domla kitobdan bir neçta bobnigina tilimizga ögirib ulgurdi. Hozirda olmonşunos Mirzaali Akbarov kitobning boşqa bir qator boblarini tarjima qilib, “Jahon adabiyoti” jurnaliga taqdim etdi. Nazarimda, yozuvçilik havasi bilan yongan yoşlar, albatta, bu kitobni öqib çiqişi şart.

Abdulhamid ISMOIL

“Jinlar bazmi yoxud katta öyin”

Roman

Kaminani tom maʼnoda hayajonga solgan mazkur roman buyuk ajdodimiz haqidagi dastlabki va hozirça yagona roman. Bu asarning voqealari asosan yozuvçining badiiy xayoloti mahsuli, ayni paytda, tarixiy hujjatlar bilan mantiqan dalillangan, aytiş mumkinki, tarix va badiiy xayolot ajabtovur muştaraklik kaşf etgan baquvvat roman. Abdulla Qodiriy millatimizning armoni bölgani holda, adibning özi ham yozib ulgurmagan asarlari uçun buyuk armon bilan ötgan ijodkordir. Yozuvçining özi eʼtirof etganidek, “Amir Umarxonning kanizagi” nomli bir roman yaratiş niyatida juda köp tarixiy asarlarni örgangan, kanizakning qismati bilan boğliq maʼlumotlarni izlagan. Maşhur şoh va şoir Amir Umarxonning kanizi bölgan Oyxon nihoyatda aççiq qismati bilan öquvçini öziga boğlab qöyadi. Benihoya gözal qizning taqdir taqozosi bilan u qöldan bu qölga ötib, mislsiz azoblar çekişi Abdulla Qodiriyni qançalar hazin holatga solsa, öquvçida ham yurak-yurakdan açiniş hissini uyğotadi. Bora-bora azoblari tufayli öz qahramonini sevib qolgan Abdulla Qodiriy kabi “Jinlar bazmi yoxud katta öyin” asarini uqib mutolaa qilgan kitobxon ham Oyxonni sevib qolişi mumkin. Dunyoda muhabbat qissalari nihoyatda köp. Ularning har biri öziça bir dunyo. Romandagi Abdulla Qodiriyning köngil armonlari yana bir gözal muhabbat dostoni bölib kitobxon qalbidan joy olişi aniq.

Maqsud ŞAYXZODA

“Mirzo Uluğbek”

tarixiy tragediya

Temurxon naslidin sulton Uluğbek,

Ki, olam körmadi sulton aningdek.

Hazrati Alişer Navoiy şu qadar yuksak taʼrif bergan buyuk şoh va munajjim, alloma Mirzo Uluğbek haqida injaköngil şoirimiz Maqsud Şayxzoda 1959-yili katta dramatik asar yaratgan edi. Asar hozirgi Milliy teatr sahnasida ellik beş yil burun sahnalaştirilib, Şukur Burxonday buyuk sanʼatkorning ijrosi bilan özbek teatr sanʼatining oltin fondiga kirgan. Mazkur asarni bugungi kunda qayta öqib, Şayxzodaning heç mubolağasiz, haqiqiy mumtoz asar yaratganini anglaymiz. Uni sira ikkilanmay Şekspir tragediyalari bilan qiyoslasak böladi. Şoh va alloma, ota va öğil, ona va öğil, jamiyat va adolat, inson va uning hayotdagi vazifasi borasida teran muşohadalarga undaydigan “Mirzo Uluğbek” pyesasini bugungi globallaşgan dunyoning muammolariga qarşi öziga xos bir badiiy qöllanma sifatida qabul qiliş mumkin. Mutaassiblik va ilmu irfon, jaholat va maʼrifat, yuksak insoniy tuyğular bilan maʼnaviy qaşşoqlik örtasidagi murosasiz kuraş tragediyaning markaziy ğoyasi bölgani bilan bugungi kunlarimizga hamohanglik kasb etadi. Şu boisdan ham asar joriy bir yil davomida ham Samarqand teatri, ham poytaxt Milliy teatri sahnalarida qö­­yildi. Muhimi, Şayxzoda ilgari surgan ğoyalar va ehtiroslar qayta jonlanib, katta sahnalarda jarangladi va Şayxzodani ham zamondoşimizga aylantirdi. Har qanday ijodkor öz asari bilan şunday taqdirga munosib topilsa, u barhayot baxtli ijodkordir.

Halima AHMEDOVA

şeʼrlari

Men kunlarni aldayapman, yomon kunlarni,

Goh kar bölib, goh özimni solib mastlikka.

Ammo özdin qayga qoçay, qayoqqa qoçay,

Xaqqim bormi yuragimni tanimaslikka. 

Bu satrlar zamonamizning gözal şoiri Halima Ahmad qalamiga mansub. U, heç şubhasiz, özbekning Anna Axmatovasi, balki undan-da miqyosliroq va teranroq hodisadir. Halimaning meni lol qoldiradigan betakror xislati uning favqulodda hayajonga soladigan metaforalar dunyosi. Şoirning xayolot dunyosida tabiatan mutlaqo çoğişmaydigan hodisalar çoğişadi, aksinça, bir-biriga nihoyatda yaqin narsalar tamoman boşqa-boşqa qutblarda paydo böladi. Halimaning taxayyulini odatiy tafakkurga örgangan inson mutlaqo tuşunmasligi mumkin, lekin uni öqib tuşunguvçi, idrok etuvçi odamlar esa xuşbaxt­lik tuyişi aniq. Nafaqat xuşbaxt­lik, balki tölib-tölib yiğlaşga moyil holda, tozariş – poetik katarsis holatini boşdan keçirişga muvaffaq böladi. Bunday hodisani faqatgina olamni ğalat muştaraklikda köradigan, ilohiy basirat közlariga ega, katta şoirlar paydo qila biladi. Halimaning şeʼrlarini heç qaçon şunçaki öqib bölmaydi. Faqat va faqat some kayfiyatdagina bu şeʼriyat senga öşa katarsis – tozariş neʼmatini baxşida etadi.

Şuhrat RIZAYEV,

filologiya fanlari nomzodi.

1958-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti(hozirgi ÖzMU)ning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

“Jadid dramasi”, “Jamiyat közgusi” (hammualliflikda), “Zavqiy ijodida folklor motivlari” (hammuallif­likda), “Milliy uyğoniş va özbek filologiyasi masalalari”, “Milliy uyğoniş davri özbek adabiyoti” (hammualliflikda), “Sahna maʼnaviyati”, “Iztirob sanʼati”, “Bahodir Yöldoşev teatri”, “Maʼnaviy islohatlar yölida” kabi kitoblari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)