6 daqiqada öqiladi

163 marta körilgan

Bolalari yulduzlarni közlagan yurt

Maʼrifatparvar xalqimiz hamişa ilmni yuksak qadrlagan. Ayniqsa, mustaqillik tufayli bu ezgu anʼana yangidan yuz oçib, asl özaniga qaytganini bugun yurtimizda taʼlim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan eʼtibor misolida yaqqol körib, işonç hosil qilib turibmiz. Buni hatto nufuzli xalqaro taşkilotlar, qator xorijlik ekspertlar ham alohida eʼtirof etib, dunyoning eng ilğor mamlakatlarida har yili taʼlim uçun sarflanayotgan xarajatlar yalpi içki mahsulotning 3–5 foizidan oşmayotgan bir şaroitda Özbekistonda bu körsatkiç 10–12 foizni taşkil etayotgani havas qilişga arzigulik natija ekanini bir ovozdan taʼkidlaşmoqda.

Bu yutuqlar bugun voyaga yetayotgan yoş avlod nazdida göyo osmondan tuşgandek yoki aynan şunday bölişi kerakdek tuyuladi. Aslida, taʼlimning bundan yigirma beş-öttiz yil avvalgi holati bilan taqqoslansa, hozirgi muvaffaqiyatlar ortida neçoğlik ulkan zahmat va maşaqqatlar yotganini anglaş qiyinmas. Öquvçilarning birgina darsliklar bilan taʼminlanişi qançalar açinarli ahvolda bölganini, mavjud qöllanmalar ham sahifalari yirtilib, allaqaçon puturdan ketgan, bilim olişga yaroqsiz holatda bölganini har ikki-uç yilda yangi naşr etilgan kitoblardan foydalanayotgan farzandlarimiz bilmasligi tabiiy, albatta.

Şuning uçun ham ularga qarab havasimiz keladi. Könglimiz ğururga töladi. Eng muhimi, bugun yurtimizning barça hududidagi yoşlar yaratilayotgan şart-­şaroitlardan teng foydalaniş imkoniga ega. Jumladan, Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi boşqarmasiga qaraşli 1197 ta taʼlim muassasasi ham zamonaviy talab­lar asosida faoliyat körsatmoqda. Umumtaʼlim maktablarida öqiyotgan 373321 nafar öquvçining davlat taʼlim standartlariga mos bilim olişi uçun yetarli qulayliklar mavjud. Yoş avlodga qalb qöri va köz nurini bağişlab saboq berayotgan 33747 nafar pedagogning 70,5 foizi oliy maʼlumotga ega mutaxassislardir. Bu körsatkiç, ayniqsa, boşlanğiç taʼlimda yil sayin oşmoqda. Vaholanki, mustaqillikdan avval boşlanğiç taʼlimga ikkinçi darajali iş sifatida qaralib, bilimi sayoz mutaxassislar ham 1-sinf öquvçi­lariga dars berib ketavergan. Endilikda vaziyat mutlaqo boşqaça. Taʼlim-­tarbiyaning poydevori bölgan boşlanğiç taʼlimga faqat oliy maʼlumotli, yuksak bilim va salohiyatga ega öqituvçilar jalb etilayapti.

Taʼlim muassasasining obodligi, mustahkam moddiy-texnik bazaga egaligi zamonaviy öquv jarayonining muhim şartlaridan sanaladi. Bu masalaga ham davlatimiz tomonidan yuksak eʼtibor qaratilib, har yili Investitsiya dasturi asosida önlab maktablar yangidan qurilayapti. Jumladan, bu yil bizning viloyatimizdagi qator öquv-tarbiya maskanlari ham çiroy oçib, körkam qiyofa kasb etdi. Investitsiya dasturiga asosan vohadagi qirqta maktabda keng kölamli quriliş-taʼmirlaş işlari amalga oşirilib, öğil-qizlarimiz yangi öquv yilini şinam, nurafşon va barça qulayliklarga ega sinfxonalarda boşlaşdi.

Öquv yili davomida Investitsiya dasturiga kiritilgan barça taʼlim muassasalari parta, stol-stul va boşqa öquv mebellari, laboratoriya jihozlari bilan taʼminlanadi. Viloyatdagi 259 ta umumtaʼlim maktabini kompyuter sinfi, interaktiv elektron doskalar va sovitkiçlar bilan jihozlaş böyiça buyurtmalar şakllantirilib, Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etildi. Bu imkoniyatlar mustabid tuzum davrida taʼlim olgan avlod vakillarining xayoliga ham kelmagani şubhasiz. Çunki öşa paytda bolalarni maktabda öqitişdan maqsad muxtasargina savod çiqartiriş, yuzaki taʼlim berişga qaratilgan edi. Şunga monand aksariyat öquvçilarning köproq bilim olişdan köra tanaffusni maroqli ötkaziş, darsdan keyin töp tepişga qiziqişi baland edi. Mustaqillik yillarida taʼlim-tarbiya jarayoniga mutlaqo yangiça yondaşuv tufayli maktabda öqituvçi va öquvçining asosiy maqsad va vazifalari aniq-ravşan belgilab berildi. Eng muhimi, bundan közlangan ezgu maqsadni barça tölaqonli anglab yetdi. Ilgari ota-onalar darsdan keyin bolalarini uy yumuşlariga jalb etgan bölsa, hozir farzandlarining turli tögaraklarga, ayniqsa, çet tili maşğulotlariga muntazam qatnaşişi uçun barça imkoniyatlarni muhayyo etişga intilayapti. Çunki yurtdoşlarimiz xorijiy tillarni puxta örganmay turib, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini özlaştiriş, xalqaro axborot manbalaridan foydalaniş qiyinligini anglab yetayapti.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10 dekabrdagi “Çet tillarni örganiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan maktab­larda 1-sinfdan boşlab xorijiy tillarning örgatilayotgani ota-onalarning könglidagi iş böldi. Ayni paytda mazkur qarorga binoan viloyatimizdagi umumtaʼlim muassasalarida ingliz, nemis va fransuz tillari çuqur öqitilmoqda. Barça öquv maskanlari mutaxassislar bilan taʼminlangan bölib, 1384 nafar malakali çet tili öqituvçisi zamonaviy talablar darajasida yoşlarga bilim berayotir.

Öquvçilarning ilk könikmalarni egallab, taʼlim dargohiga tayyor holatda qadam qöyişida maktabgaça taʼlim muassasalarining örni katta. Boğchaning taʼlim-tarbiyasini olgan bola oilada ulğaygan tengdoşidan dunyoqaraşi nisbatan kengligi, maktab muhitiga tez moslaşuvçanligi bilan farq qiladi. Şu bois ke­­yingi yillarda ota-­onalarning maktabgaça taʼlim muassasasiga intilişi oşdi. Bu ham yurtdoşlarimiz tafakkuridagi ijobiy yangilanişlar bilan birga, boğçalarning enagalik qiladigan maskan darajasidan ilk hayotiy könikma va bilimlarni şakllantiradigan taʼlim-tarbiya dargohi maqomiga kötarilgani mahsulidir.

Ayni paytda boşqarmamiz tasarrufida 289 ta maktabgaça taʼlim muassasasi mavjud bölib, ularga 26685 nafar bola jalb etilgan. Mazkur boğçalarning aksariyatida çet tili tögaraklari taşkil qilingani farzandlarimizning xorijiy tillarni erta örganişida muhim ahamiyat kasb etayotir. Viloyatdagi 147 ta maktabgaça taʼlim muassasasida qisqa muddatli guruhlarni taşkil etiş maqsadida xonalar tayyorlandi. Maktabgaça va umumiy örta taʼlimni takomillaştiriş loyihasi asosida bolalari maktabgaça taʼlim muassasalariga qamrab olinmagan 23000 xonadonning manzilli röyxati şakllantirilib, bu oilalarga farzandlarini maktabga tayyorlaşga kömaklaşiş maqsadida yetti nomdagi qöllanmalarni yetkazib beriş uçun Xalq taʼlimi vazirligiga tegişli maʼlumotlar taqdim etildi.

Yurtimizda bolalar musiqa va sanʼat maktablariga qaratilayotgan eʼtibor va ğamxörlik bir-biridan körkam madaniyat maskanlarining barpo etilişiga sabab bölayotir. Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va ularning faoliyatini yanada yaxşilaş böyiça 2009—2014-yillarga möljallangan Davlat dasturi töğrisida”gi qaroriga asosan viloyatimizda ön yettita bolalar musiqa va sanʼat maktabining ön törttasi yangidan qurilib, uçtasi kapital rekonstruksiya qilingani köplab yoşlarning noyob isteʼdodini röyobga çiqarişda muhim ahamiyat kasb etayapti.

Hozirgi kunda mazkur muassasalarda bolalar fortepiano, torli, damli va zarbli çolğular, anʼanaviy çolğu ijroçiligi, çolğu ijroçiligi, anʼanaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi, xoreografiya, teatr sanʼati, tasviriy sanʼat, amaliy sanʼat kabi yönalişlarda tahsil olib, turli nufuzli tanlov va bellaşuvlarda faxrli örinlarni qölga kiritmoqda. Jumladan, şu yil Navoiy viloyatida ötkazilgan “Akademik çolğular va estrada ijroçiligi” körik-tanlovining respublika bosqiçida uç nafar öquvçimiz ikkinçi, bir nafari uçinçi örinni qölga kiritdi. Andijon viloyatida bölib ötgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika körik-tanlovining saralaş bosqiçida ham vakillarimizdan ikki nafari ikkinçi va bir nafari birinçi örin sohibi böldi.

Bolalarning darsdan böş vaqtini mazmunli taşkil etiş yoş avlodning soğlom maʼnaviy-ruhiy kamolotida alohida ahamiyat kasb etadi. Ayni payt­­da viloyatimizdagi ön beşta “Barkamol avlod” bolalar markazida öquvçilarning qiziqişi va layoqatiga mos 285 ta tögarak faoliyati yölga qöyilgan.

Yurtimizda farzandi sportga oşno tutinmagan oilani topiş muşkul. Jismoniy tarbiya maşğulotlari tugaganidan keyin ham berilib futbol yoki basketbol öynayotgan bolalarni körganimizda köng­limizda iftixor tuyğusi alangalanadi. Viloyatimizdagi öquvçilarning qariyb oltmiş foizi muntazam jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanayotgani ham xalqimizning soğlom turmuş tarziga intilişi samarasidir.

Hozir viloyat xalq taʼlimi tizimida yigirma yettita sport turi böyiça 8743 ta tögarak faoliyat olib bormoqda. Ularning barçasi ertayu keç yoşlar bilan gavjum. Muhtaşam sport zallarida şiddat bilan maşq qilayotgan farzandlarimizga qarab, ular timsolida bobolarimiz orzusidagi yulduzlarni közlagan yovqur yigit-qizlarni köramiz.

Alişer PARDAYEV,

Surxondaryo viloyati xalq

taʼlimi boşqarmasi boşliği

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)