7 daqiqada öqiladi

449 marta körilgan

Masʼuliyatli quvonç

Masʼuliyatli quvonç

Yurtimizda yoşlar masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor berib kelinyapti. Bunday ğamxörlik va eʼtibordan ijodkor yoşlar ham çetda emas. Mana, bir neça yildan buyon Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi “Ijod” jamoat fondi homiyligida “Birinçi kitobim” loyihasini amalga oşiryapti. Isteʼdodli yoş ijodkorlarning ilk kitoblari katta adadlarda bepul çop etilib, respublikamizdagi öquv dargohlari va kutubxonalarga tarqatilyapti. Hozirga qadar “Birinçi kitobim” loyihasida 53 nafar yoş ijodkorning kitobi naşr qilindi. “Isteʼdod maktabi” respublika seminari iştirokçilaridan 100 dan ortiğining ijodiy işlari saralab olinib, “Kaftdagi nihol”, “Biz istiqlol farzandlarimiz” bayozida, “Bahor bulbullarining çah-çahi” yoş tarjimonlar bayozida çop etildi.

Bu yil “Birinçi kitobim” loyihasi doirasida Jasur Kengboyev, Eʼzoza Obidjonova, Dilnoza Abduhamidova, Sevinçoy Yoqubova, Visola Pardaboyeva, Sarvinoz Meliboyeva, Sevinçoy Yoqubova, Mansur Ğaniyev, Gözal Röziyeva, Çaros Yoqubova, Muruvvatxon Ğafforjonovaning kitoblari naşr qilindi.

Sevinçoy YOQUBOVA

1996-yili tuğilgan. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti talabasi. “Isteʼdod maktabi” VII respublika seminari iştirokçisi. “Tengdoş­larim – tuyğudoşlarim” adabiy-tanqidiy maqolalar töplami muallifi.

2016-yil hayotimda muhim hodisalar yuz berdi:

birinçidan, çorak asrga tengdoş erkin va hur yurtimizning uluğ töyini zör tantana, kötarinki ruh bilan töylaş;

ikkinçidan, jahonning eng ilğor taʼlim muassasalari bilan bemalol böylaşa oladigan mötabar dargoh – Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida öqişimni davom ettiriş;

uçinçidan, “Tengdoşlarim – tuyğudoş­larim” nomli adabiy-tanqidiy maqolalarim jamlangan ilk töplamim “Birinçi kitobim” loyihasida naşr etilgani, intiluvçan tengdoşlarim safidan örin olganim hayotimdagi eng unutilmas voqealarga aylandi.

Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yillik töyiga atalgan uşbu möjaz sovğam ham öz-özidan paydo bölmagan.

Menda adabiyot va sanʼat, nafis sözga muhabbatim juda erta uyğongan. Buning negizida oilaviy muhit, yaʼni adabiyotşunoslar oilasida tuğilganim va uyimizda kattagina kutubxona mavjudligi sabab bölgan. Kitoblarga mehrim, ustoz şoiru adiblarga havasim çeksizligi bois maktab va akademik litseyda öqigan kezlarimdayoq şeʼriy maşqlar qoralay boşladim. Vaqtli matbuot sahifalarida va men faol iştirok etgan “Çaşma”, “Onajonim, şeriyat” tögarak maşğulotlarida bot-bot adabiy tanqidning nisbatan susaygani haqidagi qaraşlar ilgari surilardi. Şunda qalbimda tengdoşlarimizning “Birinçi kitobim” rukni ostida naşr etilgan töplamlaridan örin olgan şeʼriy, nasriy, publitsistik qoralamalariga munosabat bildirsam-çi, degan fikr paydo böldi. Zotan, bu bitiklar mening qalbim va ruhiyatimga ğoyat yaqin, yoşlarning aksariyati menga tuyğudoş edi. Bu esa meni tahlil va talqin kengliklari sari ohanraboday çorladi.

Dono xalqimiz: “Izlagan imkon topadi”, deydi. Biz esa ijod erkinligi töla taʼminlangan, yoş avlodga hamişa maʼnaviy-ruhiy madadkor böliş davlat siyosati darajasiga kötarilgan ulkan imkoniyatlar mamlakatida yaşayapmiz. Şu maʼnoda, ilk kitobimda Şodi Otamurod, Jörabek Jahon, Behzod Biybolayev, Mahfuza Imomova, Bibirobiya Saidova, Dilorom Möminova, Dildorxon Imomaliyeva singari yoşlarimizning ijodiy yutuq va nuqsonlari haqidagi dil sözlarim jamlanganidan behad mamnunman.

Kezi kelganda aytib ötay, bu yil “Birinçi kitobim” loyihasida töplamlari naşr etilgan Jasur Kengboyev, Akmal Murod, Visola Pardaboyeva, Muruvvat Ğafforjonova, Mansur Ğaniyev, Çaros Yoqubova, Gözal Röziyeva, Eʼzoza Obidjonova kabi öndan ziyod yoş şoiru nosirlarimizning bitiklari ham öziga xosligi bilan alohida kuzatişlarga molikdir. Yaqin kelajakda ular ijodini ham tahlil-tadqiq etmoğimiz mustaqillik davri adabiyotimizda yoşlar ijodining yetakçi tendensiyalarini aniqlaş va ularning munosib örnini belgilaş imkonini berişi şubhasiz.

Akmal MUROD

1988-yili tuğilgan. 2014-yili Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetining magistratura bosqiçini tamomlagan. “Isteʼdod maktabi” VII respublika seminari iştirokçisi. “Köz oçgan buloqlar” kitobi muallifi.

Kitob çiqarişni istovçilar sonmingta. Körsam, tengdoşlarim orasida xayrli bir anʼana şakllanib ulguribdi. Öttizgaça kitobi çop etilmagan aytarli heç kim öşa minglar safida körinmoqçi emas. Yaxşi maʼnoda, albatta. Negaki, ularning bari “Birinçi kitobim” loyihasida eʼtirof etilişni köngliga mahkam tukkan. Buni “Dörmon” ijod uyida ötkazilgan yoş ijodkorlarning “Isteʼdod maktabi” respublika seminarida qatnaşib, angladim.

Isteʼdodli öğil-qizlar hayotida unutilmas anʼanaga aylangan mazkur loyihani yurtimizda yoşlar ijodiga, adabiyotga berilayotgan eʼtiborning yuksak va yorqin samarasi deb bilaman. Satrida yoşlik naşidasi ufurib, söz hovuri gupillab turgan bu möjaz kitobçalar, şubhasiz, yoş qalamkaşlarning ijodda öziga xos uslub, yöl izlayotganidan sözlaydi.

…Özimni köproq publitsistikaga moyil köraman. Har bitta maqolaning demayman, zör oçerk yo essening yaraliş tarixi, bosqiçlari, sarlavhadan xulosagaça – barçasi men uçun qiziq. Baʼzan ikki enlik material ustida oylab qolib ketiş, baʼzida esa ikki sahifa maqolani soatda maromiga yetkaziş – tuşuniksiz. Kayfiyatga boğliq desam, hammasi joyida. Yozgim kelmayapti desam, töliqib turibman…

Birinçi kitobimdan beşta maqolam örin oldi. Har birining yuragimga bosilgan muhri bor. Masalan, “Köz oçgan buloqlar”. Maqola uç qismdan iborat. “Ön yetti yoş hayratlari” qismi miniatyuraçi yoş rassom Munisa Böronova haqida. “Qizça bolalik kezlaridanoq böyoqlar olami içida ulğaydi”, deb yozsam, ustoz Mahmud Saʼdiy tahrirda – “oq” qöşimçasi ustiga qalam tortib, olib taşladi. Söngra:

– Yoşulli, bu deyman, Navoiy yo Puşkinni yozayapsanmi?! – dedi odatiy piçingini kanda qilmay.

Domlani tez ilğayolmay, kalovlanib turganimda özlari aytib qoldi:

– Bolalik kezlaridanOQ deyişing uçun qizimiz hali köp izlanişi kerak, unga nisbatan kezlaridan desak, yetadi.

Oddiy yuklama özida bunday ulkan maʼno ifodalaşi haqida, rosti, öylab ham körmabman. Endi butun boşli maqolaning, kitobçaning tahrir holatini tasavvur qilavering. Şeʼrning gözalligi qofiyadan, hikoyaniki syujetdan bölganidek, öylaşimça, maqolaning husni – tahrirdan.

…20 ming nusxada yurtimiz maktablari, litsey-kollejlariga tarqab ulgurgan ilk kitobimiz haqida öylasam, ularni ustoz­larimiz közlari çaqnab-çaqnab öqiyotgani xayolimga keladi.

Ustoz, köring, Siz köngliga ilm uruğini soçgan nihollar sekin-asta barg yozayotir!

Ustoz, qarang, Siz öğil-qizlaringiz diliga solgan ijod çöğlari alanga olayotir!..

Çaros YOQUBOVA

1994-yili tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi. “Isteʼdod maktabi” VII respublika seminari iştirokçisi. “Quvonç bölib dunyoga keldik” şeʼriy töplami muallifi.

Birinçi kitobim! Bu söz tilimda “Men baxtliman!” degandek jaranglamoqda. “Birinçi kitobim” loyihasida çop etilgan töplamimni körganda yuragimga qadalgan havas uruği niholga aylanib kurtak oçgandek, orzum quşga aylanib kökka olib çiqqandek böldi göyo. Beqiyos quvonç ulaşgan bu lahzalar bunçalar taniş. Yana qaçon şunday baxtni his qilgandim? Dörmon seminarida qatnaşgandami, kitoblarda öqib, zangori ekranda körgan ustoz ijodkorlar bilan ilk bor uçraşgandami?! Öşa lahzalarga bir on qaytgandek böldim. Öşanda…

Kollejimiz kutubxonasida yoş ijodkor Iftixor Xonxöjayevning “Uyğoq yurak” şeʼriy töplamini körib, juda hayratlangan edim. Kitobning bejirim muqovasi ustiga “Birinçi kitobim” deb yozilganidan ilk töplami ekanligi bilinib turar, hali tanilmagan yoş qalamkaşning kitobi taʼlim dargohimizga kelib qolgani taajjub uyğotgan edi.

Qiziqib bilsam, bu töplam Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi taşabbusi billan “Ijod” fondi tomonidan “Birinçi kitobim” loyihasida naşr ettirilgan ekan. Bunday kitoblar esa mamlakatimizning barça hududlariga tarqatilişini eşitib, yuragimga otaş tuşgandek böldi. Axir, qanday baxt, sendan olisdagi qaysidir viloyatning şahar yoki qişloqlaridan birida qalam tebratayotgan tengdoşlaringning ijodidan bahramand bölsang, ular ham sening yozganlaringni öqiş­lari mumkinligini his etsang! Uşbu loyihada nazm, nasr, badiiy publitsis­tika, adabiy tanqid va bolalar adabiyoti yönalişida çop etilgan asarlarning barçasini diqqat bilan kuzatib bordim. Ularga qarab özimning maşqlarimni ham tahlil qiladigan böldim.

Yoş ijodkorlar bunday kitobçalarni körib havaslangani aniq. Men ham ilk töplamimning uşbu loyihada çop etilişini istab, öz ustimda köproq işlay boşladim. Bir asarda nimanidir qattiq istasang, butun koinot seni öşanga yetiştirişga urinadi, degan hikmatni öqigan edim. Ammo istakning öziyoq maqsadga erişişga kamlik qilarkan. Buning uçun öqiş, izlaniş, ustozlar ögitini oliş zarur ekan. Ustozim Mehribon Abdurahmonovaning saboqlari orzum sari dadil odimlar taşlaşimga kömakçi böldi.

2015-yili “Isteʼdod maktabi” VII respub­lika seminarida qatnaşdim. “Dörmon” ijodkorlar boğiga ilk qadamni qöyganimda könglimda özim ham nomini bilmaydigan tuyğular uyğondi. Yuragim quvonç va hayajondan tez-tez urardi. Uç kun davomida ötkazilgan muşoiralar, taniqli şoir va yozuvçilar bilan suhbatlar yuragimda çuqur iz qoldirdi. Şeʼriyatning, adabiyotning mohiyatini teranroq angladim. Eng katta yutuğim, boşqa viloyatlardan kelgan tengdoşlarim bilan döstlaşdim. Hozir ham ular bilan fikrlaşib turaman. Bu esa bizning yanada jöşqin ijod qilişimizga turtki beryapti.

Uç yil davomida “Birinçi kitobim” loyihasida iştirok etişni istabman-u, kitobxonlar mening yozganlarimni qanday qabul qilişar ekan, degan savolni özimga heç bermagan ekanman. “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida kitobi çiqadigan mualliflar röyxati içida öz ism-familiyamni öqiganimda, birdan yelkamda katta masʼuliyat yukini his etdim. Axir, özim ham kursdoş dugonalarim bilan birinçi kitob masalasida tortişib, kimning yozganlari qalbga yaqin-u, qay muallif qofiyalarni “öynatib” yuborgani haqida qizğin bahslaşgan kunlarimni unutganim yöq! Kitobimni qölimga olgaç, öquvçi sifatida varaqlab çiqqanimda bu masʼuliyatning yuki naqadar oğir ekanligini angladim. Şu bilan birga, çeksiz quvonç hissini tuydim. Axir, şunday yurtda, erkinlik zamonida tuğilganimning özi baxt, endi bir umr quvonç bölib, insonlarga quvonç ulaşib yaşaşim kerak.

Orifjon Madvaliyev

tayyorladi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)