2 daqiqada öqiladi

197 marta körilgan

Ana şunaqa

Ana şunaqa

Oson yöli

Atoqli fransuz yozuvçisi Alfons Dodeni Parijda çop etiladigan “Janjal” nomli köça gazetasi tahririyatiga taklif etişadi. U yerda xurmaça qiliqlariyu oldi-qoçdi maqolalari bilan tanilgan bir jurnalist Dodega şunday taklif beradi:

– Agar bizga birorta ipirisqining hayotini mayda-çuydasigaça tasvirlab asar yozib bersangiz, ming frank qalamhaqi tölardik.

Dode suhbatdoşining gaplarini jimgina, boş irğab eşitadi. Söng deydi:

– Nega men yozib ötirişim kerak? Axir, buning juda oson yöli bor, qalamhaqi ham yonga qoladi. Joningizni umuman koyitmaysiz – kundaligingizni eʼlon qilasiz-qöyasiz.

Ğaroyib baliq ovi

Çarlz Dikkens böş vaqtlarida baliq ovi bilan şuğullanişni xuş körardi. Uyi yaqinidan oqib ötadigan daryoga borib, oyoqlarini suvga solib ötirar, qarmoq taşlagança, çuqur öyga çömardi. Uning bu odatidan ajablangan qöşnisi bir kuni dedi:

– Agar qarmoğimga biror narsa ilinsin desangiz, daryoning sal yuqoriroğiga çiqişingiz kerak. Baliq öşa yerda serob, gulmohi ham tutişi­ngiz mumkin.

– Bilaman, – deb javob berdi yozuvçi, – lekin u yerda baliq ovlaşga çalğib qolaman-da!

Nega şoir bölgansiz?

Henrix Heyne Parijga borganida muxlislaridan biri uni savolga tutadi:

– Bobongiz Solomon juda boy bankir bölgan, siz esa maşhur şoir bölib yetişdingiz. Buni qanday izohlaş mumkin?

– Onam bolaligimda menga şeʼrlar öqib berardi, şuning uçun ulğayib, şoir böldim. Solomonning onajonisi esa unga qaroqçilar haqidagi ertaklarni aytib berardi, şuning uçun bobom bankirlikni tanladi. Hamma gap şunda!

Şartnomaga rioya qiliş şart

Aleksandr Dyuma teatr direktori bilan tuzgan şartnomaga köra, pyesasi 20 ta namoyişdan söng 60 000 frankdan ortiqroq kirim qilsa, adibga har gal ming frank qalamhaqi tölanişi kerak edi. Pyesa tez orada şuhrat qozonadi, şartnoma şartlari bajariladi. Dyuma yigirma beşinçi namoyişdan keyin pul olgani keladi. Biroq direktor qalamhaqi tölaşdan qoçib, tuşum şartlaşilgan summaga yetmaganini aytadi. Yozuvçini işontiriş uçun xayoliga kelgan raqamni rökaç qiladi:

– Afsus, kirim 59 997 frank böldi. Na iloj…

Dyuma indamaygina çiqib ketadi. Bir neça daqiqadan söng qölida yangi sotib olingan çipta bilan kirib keladi.

– Men buni 5 frankka sotib oldim, – deydi yozuvçi. – Umumiy tuşum 60 002 frank böldi. Endi şartnoma şartlari bajarilganini tan olsangiz kerak.

Orif Tolib

tayyorladi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)