258 marta körilgan

Yuragimni yoritgan çiroq

Nodir Jonuzoq

ÖZBEKISTON

Sezdim, heç uzib bölmas huzuringda qarzim bor,

Şaʼningga yaraşiq söz aytsam, degan orzum bor.

Tilla taşbeh sörayman, sörayman gavhar taʼrif –

Xudoyimga dunyoda yolğizgina arzim bor:

Özingga mos, munosib şeʼr bölay, Özbekiston,

Quyoşli söz taşigan şer bölay, Özbekiston.

Qadim luğatsan uluğ – sözing bölsaydim qani,

Zulmatni teşgan qutluğ közing bölsaydim qani.

Qoronğu asrlarga kelding ziyo taratib,

Ming yildan söng-da sönmas izing bölsaydim qani,

Yuragimni yoritgan çiroqsan, Özbekiston,

Ne bölsa, barçasidan çinroqsan, Özbekiston!

Tuşlarimda uyğonar toşda qotgan bitiklar,

Har çizgisi jonlanib, tirik hikmatin tiklar.

His qilaman: ildizim moziyning eng qaʼrida,

Ajdodlarim zakosi solmiş jonli köpriklar,

Zaminning öq tomiri özingda, Özbekiston,

Tarix yuragin zarbi köksingda, Özbekiston!

Ipak eşib, dunyoni nur bilan boğlagan sen,

Döstlar dimoğin çoğlab, yov dilin doğlagan sen.

Ğubor bosgan dunyoning nafasi siqqan çoği

«Avesto» sehri ila olamni poklagan sen,

Payğambarlar suyangan asosan, Özbekiston,

Iymoni sof, maslagi rasosan, Özbekiston!

Makkaga tuşgan vahiy Buxoroda sir oçdi,

Samarqand sayqalidan yarqirab yoğdu soçdi.

Jaholat şarpasiga közgu tutding tip-tiniq,

Yalmoğiz yuzin tanib zalolat, sendan qoçdi,

Odamiylik diniga berding jon, Özbekiston,

Insoniy suluk ila topding şon, Özbekiston!

Bobolarim ongida yeçdi tilsim ilmu-fan,

Arabu fors hayratda, yunonu çin berdi tan.

Yetti iqlim muhibing – egib keldi boşini,

Tafakkurga muhtaşam poytaxt bölding, ey Vatan,

Olamga ulaşding nur, maʼnini, Özbekiston,

Başar özligin sen-la tanidi, Özbekiston!

Dunyo kazzob, qaroqçi – tinçingga köp urdi çang,

Kimdir tuğ-u, yana kim tiğ-la keldi, tilab jang.

Adolat bayroğini kötardi Sohibqiron,

Qaşqirlar tödasiga böldi yarim dunyo tang,

Ne-ne qirğindan omon qolgansan, Özbekiston,

Yarali yuraklarga qalqonsan, Özbekiston!

Olmos sözlar yaraldi oltin nazm asrida,

Maʼno javohirlari – Boyqaroning qasrida.

Navoiy tizgan inju qamaştirdi közlarni,

Xalqim, dil xazinangdan oldi ul zot aslida,

Tuganmas tilla-zari, bebaho, Özbekiston,

Özingsan söz zargari, ey daho, Özbekiston!

Afğon toğini oşib ketdi yölbars Boburing,

Özga el bağrida şon topdimi, bas, yovquring.

Omonat taxt qasdida qiliç sermadi beklar,

Qon tuğişgan mirzolar ketdilar past – yov, köring…

Xanjarlar jarangin jim tinglading, Özbekiston,

Noçor otaday sim-sim ingrading, Özbekiston!

Ötdi bangi zamonlar, xulyosifat davronlar,

Safo kosasiga may sunib ötdi ne xonlar.

Işrat pardasi yopdi közlarin, mudradi ong,

Ğariblik köçasida abgor böldi ne jonlar,

«Uyğon! Uyğon!» deb qaqşab urding bong, Özbekiston,

Qon saçratib otdi söng qizil tong, Özbekiston!

Kökayingga tiraldi laʼin ğoyalar tiği,

Jigaringni tildi, voh, xoin soyalar tiği.

Ona tilingni tiyib, kulding özga zabonda,

Garçi yuraging idrab, yiring boğladi yiği,

Tiling tişlab qonatding, gung bölding, Özbekiston,

Közlarda qotgan aççiq mung bölding, Özbekiston!

Qabrin izlagan Fitrat, Çölponlaring aytaymi!?

Içi ğij-ğij kudurat ultonlaring aytaymi!?

Yomğir kabi boşingdan quysa ham zahriqotil,

Jon-la tölagan titrab ölponlaring aytaymi!?

Oq paxtang qora bulut böldi, oh, Özbekiston,

Dedi: aslingni unut, nasli şoh Özbekiston!

Zulm qasrin zim-ziyo zindonlarin buzdi Haq,

Hayqirdi şer öğloning: «Uz kişanni, endi qalq!»

Mehroblar toza böldi toşyurak, kör butlardan,

Öz qalbini joynamoz qildi yana ozod xalq,

Tuyding yurakdan kelgan tovuşni, Özbekiston,

Öz erkingga qaytadan qovuşding, Özbekiston!

Quyma oltinday yal-yal tovlanar har hur yiling,

Maʼrifat marjonida noyob bezak – dur diling.

Sadafday saf-saf sara şahru qişloqlar obod,

Hurriyat mayoğidan ayon oydin manziling,

Kimlar havas qilmas tik böyingga Özbekiston,

Jonim sadqa, töyona töyingga Özbekiston!

Sezdim, senga munosib topolmasman heç taʼrif,

Sen gözalsan ziyoda – sözlarim yupun, ğarib,

Ey, bağrikeng Otajon, muşfiq Ona, ber imkon,

Yuragimdan senga mos şeʼr topayin axtarib,

Dilimga söz – çöğ solgan gulxansan, Özbekiston!

Men uçun mangu yoniq ilhomsan, Özbekiston!

Erkin Vohidov ğazaliga boğlama

Kuy töla har bitta uzvu tomirimda qon qadar,

Qon içinda jilvalangan yoğduli imon qadar,

Söz degum, garçi parişon holdamen, imkon qadar,

Şeʼr aziz olam aro menga tiriklik, jon qadar,

Jon nedir oşiq uçun, jondin aziz jonon qadar.

Garçi boqmas paykari ilhom manga oylab qiyo,

Ketmagaymen, subhu şom köyida kuygum beriyo,

Dil yorişgay, pir Navoiy jomidin quy, soqiyo,

Şeʼrdan ayru tonglarim yaldo tuniday zim-ziyo,

Şeʼr bilan tunlar çaroğon xurşidi tobon qadar.

Ul na kavkab, şeʼrparastkim, dur degay işq konida,

Ikki dunyoni unutqay şavqqa tölgan onida,

Mahbubi hayron topolmay, bölsa hamki yonida,

Şeʼr özi jonon emasmi, yondirar hijronida,

Gohi boqsa bir qiyo, boşim bölur osmon qadar.

Gohi yerparçin tuşib, şon-şavkatim bölğay ado,

Gohi silkib zilzila, dilni hajr bosgayki to,

Söz menga javşandurur, şeʼrdir menga ustun, aso,

Kimki oşiqdur jahonda şeʼrga bölgay mubtalo,

Işq uçun tengdur gadodan to buyuk sulton qadar.

Gar muhabbat kirsa dilga, kin sönar, qöygay u çek,

Kilkqalamday rost, ravon yurgay, qiliçday sinsa kek,

Köngli yumşab, yoş şimar qon, qasdtalab aʼyonu bek,

Şoh Bobur Hindu sori yurdi-yu, şoir va lek,

Yiğladi Farğonadin to mulki Hindiston qadar.

Men-da bir navkar edim, ketdim-ku ruhni söldirib,

Taʼqib etgan yov emas, yöq, öz-özimni öldirib…

«Jon Vatan!» deb kuygan ul taşna dilimni köndirib,

Şeʼr zulolidan simirdim bir piyola töldirib,

Voh, körindi menga har bir qatrasi ummon qadar.

Tole topmas kimsa afsus sufrasidan nisba yeb,

Vahki, nodir xislatim yöq, yöq ğazalda zarra ep,

Qisqa sözni köp uzaytdim, tiz çökib, ming tavba deb,

Nuqta qöy nazmingga, Erkin, muxtasarlik sözga zeb,

Yöqsa, tong otgunça şeʼring bölğusi doston qadar.

Nodir Jonuzoq

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.