Usmon AZIM
Özbekiston xalq şoiri
Marsiya
Bolalikdan men ham şeʼr deb yongan edim,
Ne qilarim bilmay baʼzan tolgan edim,
Oripovdan qarzga olov olgan edim –
Bu qarzimni bugun aytsam, halol bölgay.
Har bir sözni köngil bilan tergan edi,
Aʼmoli ham, taqdiri ham şeʼrdan edi,
Isteʼdodni unga xudo bergan edi,
Banda desak, haqiqatga malol bölgay.
Tobelikning qörqinçlari hali bisyor.
Dillarida, tillarida ming iftixor:
“Özbekiston Vatanim”, deb aytgan ilk bor –
Bu mard zotning mardligidan til lol bölgay.
Garçi ajal iltijoga könmas edi,
Bilamiz-ku, asil şoir ölmas edi,
Ölimga ham Vatan sizni bermas edi,
Ajalni yot yurtda yengmoq mahol bölgay.
Köz yoşlarim oqayotir nolam uzra,
Şoir – parvoz sözda keçgan har dam uzra,
Vohkim, uçdi tobuti ham olam uzra –
Bu parvozlar mangulikdan bir fol bölgay.
Oğajonim, sözda ğamni şoşirgayman,
Hasratimni qatlariga yaşirgayman,
Sizni yolğiz xudovandga topşirgayman,
Endi özga söz demaklik zavol bölgay.
Bu yil dillar vidolarda kuyib ötdi,
Vaqt yiğidan öpka-bağri töyib ötdi,
Ne zotlarni qaro yerga qöyib ötdi,
Kimga javob, kimga bu hol savol bölgay.
Vido aytdim, vido aytdim, vido aytdim –
Bu şeʼrimni aqlu huşdan judo aytdim,
Zarra qörqmay, margu hayot aro aytdim –
Voh, vidoning qadlari ham ming dol bölgay.
Iqbol MIRZO
Özbekiston xalq şoiri
Şoir vafotiga
Bu yil oğir keldi Özbekistonga,
Sadafdek durlarim tökildi qator.
Çiğatoytepaga şudringdek tomgan,
Hali qurimagan közyoşlarim bor…
Alvido, muhtaram Abdulla Orif!
Garçi ajal bermas heç kimga omon.
Vale şoirsiz el ğaribdan ğarib,
Şoirga toş otgan millat – olomon.
Ğiybat qilib tökdik gunohingizni,
Sizdan qolgan maydan mayda xöplaşib.
Muhtaşam hayotdan bezdirdik Sizni,
Goh yakka tartibda, baʼzan köplaşib.
Kimdir qayta-qayta topar asolar,
Uni kosov qilar boşqa ğör banda.
Ha, kazo-kazolar va hokazolar
Huşyor tortar edi Sizni körganda.
Siz bilan yuzma-yuz qolsak nogahon,
Yodga solardingiz kimligimizni.
Keça ne sababdan edigu biyron,
Bugun ne sababdan jimligimizni.
Rost sözni aytmoqlik muşkulligi rost,
Gözal oh tortmoqqa yurak kerak, oh!
Tafakkur şiddati Navoiyga xos,
Temurbekka oid bu qattiq nigoh.
Bol tomizib maqtab asarlarini,
Şoirni bundayroq körguvçilar bor.
Tutun purkab haydab asalarini,
Asalni öymoqlab urguvçilar bor…
Oqibatni öylab çekdingiz alam,
Gina, ökinçingiz beğaraz tamom.
Maqsadingiz – zavol topmasin olam,
Odamga yaraşsin inson degan nom.
Sizga oşno böldim bolalik kezdan,
Sizdan ranglar oldim sözimga ayon.
El qatori qarzdor edim men Sizdan,
Özimning armonim özimga ayon…
Bahri muhit tölqin urar yolvorib,
Yulduzlar yöl qarar javdirab ilhaq.
Mendan rozi böling, Abdulla Orif,
Sizdan rozi bölsin Hokimi mutlaq.
Xurşid DAVRON
Özbekiston xalq şoiri
Şoir xotirasiga
Yaşil bahor olib kelgandi uni,
Yoz daryo böyida suvga zor etdi,
Qahraton yonida yurdi har kuni,
Nihoyat suygani – kuz bilan ketdi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida