78 daqiqada öqiladi

1 940 marta körilgan

Genetik

Isajon Sulton

(roman)

(Davomi)

Kuz

Paxta mavsumi tugaganida qişloq yengil nafas oladi.

Poyonsiz dalalar jigarrang-qönğir tusga kirgan, kuz yomğirlari bir xilda yoğib, pilçillagan loyga aylantirgan. Şiyponlar huvillagan, böm-böş. Oçiq eşiklaridan şamol kirib öynaydi.

Ayvondagi radio buni öziça şarhlaydi:

Bunça ham yomğir yoğodir biz ğaribning tomiga,

Kimni ham rahmi kelur beçoralarning holiga…1

Xalqqa ğözapoya bölib berildi. Hamma bola-çaqasi bilan ğözapoya töplaşga çiqdi.

Baʼzilar traktor opkelişgan. Bu safar “T-28”ga yonlama piçoqli moslama örnatilgan, u ğözapoyani kesib-qöporib ağdarib ketaveradi. Ortidan loyga bota-bota yurib, töplaş kerak.

Kimdir montyordan sim olgan, simqirqar bilan ğözapoya boğiga moslab kesib çiqqan. Sim topolmaganlar tut novdasini eşib, şu bilan boğlaşadi. Novda çayir, qayişqoq, uni bolalar eşolmaydi, şu sabab kattalar baquvvat qöllarida burab-burab eşişadi.

Bir oilaga örtaça ming boğ ğözapoya kerak.

Gohida tuman tuşganida ham odamlar bola-çaqasi bilan dalada kuymanib yurişganini körasiz.

Ulov topganlar ğözapoyani traktor aravasiga baland qilib bosişadi, u kelib, darvoza oldiga ğaram qilib ağdarib ketadi. Topolmaganlar esa yelkalarida uylariga taşiyverişadi. El ön-ön beş kun şu taşviş bilan yaşaydi. Keyin “jola” mavsumi keladi.

“Jola” deb dalalarga mollarni bemalol qöyib yuborişga ruxsat tekkan mahalni aytişadi. “Molni jolaga hayda” degan gap sigirni öşa dalalarga oborib boqib keliş kerakligini bildiradi. Bu iş ham ösmirlar zimmasida. Jola mahali sovuq tuşadi, uyquga ketgan daraxtlar novdalarida bulduruqlar paydo böladi. Bolalar dalalarda qolgan-qutgan ğözapoyalarni töplab, öt yoqişadi, kartoşka yoki behi kömişadi, qolib ketgan çigitlarni ötga taşlasangiz, çirsillab otiladi.

Keç kuz şu tariqa yoyilib-yastanadi.

Xalq keç kuzda töylar qiladi. Sababi, qöli pul köradi.

Öşa sababli jonini jabborga berib ter tökadi. Bola-çaqasini ham ayamay, burnini yerga işqab-işqab işlatadi. Evaziga haqini oladi.

Haqini olgaç, endi qişdan könglim töq, bu pul bilan qişdan eson-omon çiqib olaman, deydi.

Töy qiladiganlarni esa maşaqqatlar kutib turibdi. Şörlik, mol-qöyini sotadi, qarz kötaradi. Bir amallab tayyorgarlik köradi. Xullas, birin-ketin töylar böladi.

Qiş sovuqlarida odamlar oğzidan hovur çiqa-çiqa töy tomoşa qilişadi.

Bir tarafda qiz-juvonlar töplanişgan, qarşi tomonda yigit-yalang. Katta çiroqlar osilgan, gohida qars etib yorilib ham ketadi. Çiroq öçadigan paytlar ham böladi, şunda örtaga katta gulxan yoqiladi.

Töy boşlanganida yoşi uluğlar yoqtiradigan qöşiqlar aytiladi. Elning kattalariga şunaqasi maʼqul.

Qirq yilda bir yigit kelar dunyoga,

Yigit yuzin yerga qaratma, falak!

Yoki:

Nomard köprigidan ölsam ötmasman,

Karvon bölsam makoniga qönmasman,

Qölidan bir piyola çoyin içmasman,

Mardingni nomardga muhtoj qilmagin…

Odamlar boşlarini çayqab-çayqab eşitib ötirişadi.

– Yaşavor!

Xalq töylarda qaddini tiklaydi.

Yoş-yalang davraga tovoq-tovoq palov taşişadi. El töylarda, marosimlarda jipslaşib qoladi. Hamma bir joyda, özini qavmu qarindoşday tuta boşlaydi.

Maktablarda esa saboqlar boşlanadi. Sinf­xonalar sovuq. Baqaloq peçkalarga ötin hamda toşkömir yoqiladi. Har sinfda peçka yonida bir paqirdan kömir turadi.

– Salom, fanlar! Salom, fizika, kimyo, jöğrofiya, tarix! Biz yana keldik!

* * *

Jöğrofiya bizlarga vulqonlar qanday otilişini tuşuntiradi. Yer ostida lavalar hosil bölişi, ummonlardagi ulkan baliqlaru sakkizoyoqlarning köçişi, tabiiy ofatlar, materiklar, qitʼalar, toğlar, dengizlar haqida şunaqangi berilib hikoya qiladiki, hayratdan közlarimiz katta-katta oçilib eşitib ötiramiz. Uçqur tasavvur materiklarning yuzaga kelişini, toğlar yer qaʼridan qay tarz boş kötarib çiqişini, nabotot va hayvonot qanday paydo bölib, yöqolib ketişini jonlantiradi, xayollarni Nil daryosi böylariga, undan Dajla va Frot sohillariga yetak­laydi. Firʼavnlar makonlari, ezilib-bukilib işlayotgan minglab qullar uzra aylanamiz.

Ha, fanlar maktab mobaynida benihoya ajoyib hikoyalarni goh quruq ilmiy, goh jonli til ila söylab beradi. Ammo u hikoyalarni bilişimizdan ne foyda ekanini aytmaydi. Qişloq uzra öynagan nur va soya öyinlari boşqa ellarda boşqaça jilvalanişini, botayotgan yoxud çiqayotgan quyoş yoğdusi dengiz dolğalarida palaxsa-palaxsa, töq sariqdan qirmizigaça ajab jilolar hosil qilişini, tölqin qarsillaşi qanaqa bölişini, ikki dengiz suvi sirayam aralaşib ketmasligini, quruqlik dunyosida neki bor, suv dunyosida ham borligini, quruqlikda esadigan şamollar suv ostida oqim deb atalişini, yollari hilpirab çopadigan gurros otlar u olamda suv otlari deyilişini… barçasi ila bizlarni mahliyo aylaydi-yu, ammo…

Şu qişloqdan çiqolmasligimizni, u bilimlar heç qaçon kerak bölmasligini, maktab tugagaç, bir rözğorning boşiga kelişimizniyu el qatori bizlar ham guvalak quyib, imoratlar solib, dalalarda işlaş bilan birga, tomorqamizda yetilgan meva-çevalarni bozorga olib borib sotiş bilan tirikçilik qila-qila umrimiz ötib ketaverişini aytmaydi. Aytgandayam nima özgarardi? Taqdir yozuği şu emasmi – hamma bir tanu bir jon, bahamjihat bölib, bir-birini suyab-qöllab hayot keçirmoqda. Hali yoş-ku, ruhini çöktirib nima qildim, katta bölsa özi bilib olar, deydi.

Qöşiş, ayiriş, köpaytiriş, böliş… Pifagor teoremasi qaçon, kimga kerak bölaqolibdi? Gauss qonuni-çi? Bular ham mayli, kattaroq sinfga ötganingizda tamomila notaniş, yaramas va bölmağur bilimlarga röpara kelasiz. Logarifm çeksizga nima uçun intiladi, intilganida qiymati nima uçun birga teng bölib qoladi? Sinus-kosinuslar-çi? Undan köra, öquvçilarga “Bir kilo paxta oğirmi, bir kilo toşmi?” deganga öxşaş boşqotirma savollar maʼqulroq bölsa-da, hammamiz oliy matematikada bir xilda muvaffaqiyatsiz davom etamiz. Ularni anglab oliş tugul, nomiga til kelişmaydi-ku? Logarifm qişloq tilida “Lagaripm”ga aylangaç, Pifagor degan yunon olimining ismi Pifagör bölib qolgaç, nimayam kutardingiz? Sir bölmasin, şuniyam aytay, butun boşli qişloqdan kimdir institut yoki universitetga öqişga kirib qolsa, xuddi möjiza röy berganday, u gap butun qişloqqa yoyilib ketar, “kallali bola” haqida afsonalar paydo bölar, keyinroq u afsonaviy yigit yo şaharlarda qolib ketar, yoki qişloqqa qaytib kelib, el hayotiga qöşilib, “özimizning” odamga aylanardi.

– Sigirni kuniga bir toğoradan yem berib yemlayversang, bir oyda neça kiloga semiradi?

– Öttiz kiloga.

– Kallang bormi?

Savolga qarang! Ana, yelkaning ustida dum-dumaloq bölib turibdi-ku? Soçiyam, soç ostida közu quloğiyam bor. Koyişlar şu tarz davom etaveradi:

– Kalla degan narsa aslo yöq senda!

Bir mahallar Daşti Qipçoq qizi şu ko­­yişni eşitib, taajjublanib jilmayib qöygani ham esimga keladi.

Uçqur tasavvurning qilmişlari ham qişloq bolalarining tutumi kabi oddiy va şöx. Koyiş eşitgan bolaning kallasi xayolda darrov ğoyib bölib qolar, keyin boşini izlab yurganining kulgili tasviri paydo bölardi. Adabiyotni aytmaysizmi? “Maʼno sohibjamoli yuzidan pardani oçdi” deyilsa, özimiz qatori maktab­­ga borib-kelib yurgan, guldor köylak kiyib römol öragan sinfdoş qizlardan birining şöx iljayib turgani köz oldimizga kelib, şaraqlab kulib yuborardik. “Sohibjamol” degan söz esimga Daşti Qipçoq qizini ham soladi. Lekin, uning siymosi darslikdagi oq yuzli, uzun kiprikli nozik malaklarga öxşamaydi, Daşti Qipçoq qizining borliğida hayot jöşqinligi, yoşlik tarovati gurkiragan, oftobda qizargan yuzida qizğin harorat barq uradi. Ajabo, bizlar ulğayganimiz sayin uning xayolimdagi siymosi ham ulğaygan, ösmirona xususiyatlari ğoyib bölib, böy yetgan qizning baloğat tarovati taraladi. Qora soçi uzun edi-ku, yanada uzaygandir? Sirli jilmayişining fusunkorligi yanada ortgandir?

Xullas, bir tomonda mutlaqo keraksiz fanlar yillab bolalarning ongiga natijasiz qu­­yilgan, boşqa tomonda esa öz bolalariga, zurriyodlariga işonçsizlik ruhiyati hukmron bölgan pallalarning şirin va alamli yodi bular…

* * *

– Ösimlik nimadan iborat? – deb savol berdi bir kuni Botanika.

Hamma tuşunmay hayron qarab turardi. Botanika peçkaga öt qalab, ustiga çoynakda suv qöydi, keyin baland ovozda yana:

– Xöş, ösimlik nimadan iborat? – deb söradi.

– Ildizdan, tanadan, yaproqdan, guldan…

– Bekorlarni beştasini aytibsiz!

Bekor nima-yu, uning beştasi qanaqa böladi?

– Xöp, nimadan?

– Hujayradan!

“Hujayra” sözi bizlarga yondoş sinfdagi qoramağiz qizaloq – Hojira bilan uyqaş kelgani uçun, tasavvurda besönaqay, öxşovsiz bir nimani namoyon qiladi.

– Bilib  qöying, har qanday tirik jon hujayradan iborat.

Keyin darslikni oçib, anjirga öxşagan yapaloq bir nimani körsatdi:

– Mana şu – hujayra! U özidan köpayiş xususiyatiga ega. Ikkiga bölinadi, keyin törtga, sakkizga… Xullas, şu tariqa köpayaveradi.

Mantiq bularni hisoblab çiqib, muallimning gapini yolğonga çiqaradi. Sababi, tinmay köpayaversa, xamirday köpçigan bir nima paydo böladi.

– Xullas, ösimlik hujayrasi tarkibida sitoplazma bor, sitoplazma içida esa xromosoma böladi…

Anjir, olma, nok, yonğoq, uzum, şaftoli… bularning bari hujayralar ekan. Içida sitoplazmasiyu xromosomasi bilan, albatta. Bizlar ham hujayradan tarkib topgan ekanmiz. Qisqasi, bir töp hujayra sanalmiş biz boşqa töp hujayrani paqqos tuşirar ekanmiz. Sigir deyilgan bir töp hujayra oçqasa bökirarmiş, kuçuk deyilgan yana bir hujayra töplamini tepsangiz angillarmiş va hokazo.

Kulgi öz yöliga-yu, endi bizlar şu fanni ham örganişga majbur edik.

– Bahorda sellar loyqalarni olib kelib ekinzorlarga yoyadi, – dedi Botanika. – Ular orasida turli-tuman öt uruğlari böladi. Söng­­ra tuproq borki, undan nabotot unib çiqadi. Rangu tusi, şaklu şamoyiliga aql şoşadi. Biroz vaqt ötgaç, tevarakda gul oçmagan narsa qolmaydi. Bodringu pomidorlar sariq, gilosu örik oq rangda gullaydi, olma turiga qarab har rangda barq uradi, tikanlar moviy gul çiqaradi. Oqişu qizğiş, ingiçkayu qalin ildizlar tuproq bağriga kirib borib, maʼdanlarni sörib oladi, ösimlik bağrida kimyoviy jarayonlar röy beradi. Şularning bari quyoşga intiladi. Yaproqlari yoruğlikni töyib-töyib, xuddi çaqaloq sut emganday emadi, oftob ularda şavq paydo qiladi, keçgaça nurga töyingan ösimlik tuni bilan uni boşqa narsaga aylantiradi. Yoniga odam kelganini sezadi, özini çoğlaydi, meni bir nima qilib qöymasin deb hurkadi. Axir, u ham siz singari tirik jon. Masalan, birov urib-söksa yoki xatar sezsangiz, baqirib-çaqirasiz, qoçasiz, u esa joyidan siljiy olmaydi, çunki ildizi yerda-ku?

Ularni şamol, asalarilar, quşlar çang­latişi haqida ham aytdi. Ayniqsa, mevalar haqidagisi qiziqarli böldi, tasavvur ular orasidan nima uçundir anorni ajratib oldi. Qişloq xotinlarining mehnatda qavargan qöllari, qizargan ol yonoqlari, kampirlarning bujur kaftlarini tamsil etadigan mumsik va öksik buta timsolga aylandi. Boşqalari esa bunday xususiyat kasb etmadi. Mevasiz teraklar, şamolda larzon çayqaladigan tollar, behilar, olmalar, uzumlar ham nima uçundir odamlarni tamsil etmay, faqat anorgina odamga öxşab qoldi.

Muallim muqovasi eskirib ketgan bir kitobni qölimga berib, bir sahifasini oçib, “Öqi” dedi tantanavor ohangda. Öqiy boşladim:

– Şak yöqki, “quvvayi tabiiya” ilhomlantirilgan va vakil qilingan vazifasi bilan biror moddaga duç kelganida uni bekor qoldirmaydi. Agar u modda keragidan ortiq bölsa, öz işini ikki marta orttiradi. Ikki hissa orttiriş baʼzan bir neça marta ham takrorlanadi. Bu hodisalarning barçasi ösimliklarda uçratiladi. Bir-biriga yopişgan qöşaloq mevalar, bitta pöçoq örab turgan qöşaloq mağizlar. Ikki marta orttirişda köpayiş va bir-birining içiga kirib ketiş ham böladi, içida özi kabi limu mavjud bölgan limu bunga misoldir.

Goho “quvvayi tabiiya” töliq ikki hissa qiliş işini tamomlay olmaydi-da, aʼzolarni turgan joylariga loyiq orttirib qöyadi. Çunki odatdagiga va yaroqlilarga qaraganda ortiqça bölsa ham, öziga tegişli örinlarda turadi…

– Tuşundingizmi?

– Ha.

– Nimani tuşundingiz?

– Bilmadik…

Biologiya ustozimiz davom etadi:

– “Quvvayi tabiiya”ning maʼnosi tabiiy quvvat degani! Beruniy bobo aytyaptiki, yaratiqlarning paydo bölişi, ösişi va köpayişini boşqarib turadigan bir kuç bor. Jon ana öşadir. Daraxtlardagi qöşaloq mevalarning, egizak bolalarning qanday paydo bölişini tuşuntiryapti. Aytyaptiki, zuryod yoki meva yetilişi uçun moddalar yetarli miqdorda bölişi kerak. Agar ular keragidan köp bölsa, u quvvat bir kurtak negizida öşanga öxşaş yana bir hosil yaratadi. Qöşaloq mevalar yoki egizak­lar paydo bölişi sababi şunda deyapti. Agar öz işini tamomlay olmasa, oşiqça bir aʼzo yasaydi-da, işini tugallangan deb hisoblaydi. Masalan, odamdagi qöşimça barmoqlar yoki ortiqlar şunga misol.

Yana tuşunmaymiz. “Quvvayi tabiiya” öz işini qilsa qilavermaydimi?

– Beruniy kim?

– Juda katta olim, sizning ajdodingiz! Mana şu gaplarini ming yil avval aytib ketgan!

Töğri. Ming yil avval yaşagan bölsa, ming yil oldin aytadi-da. Oldinroq yoki keyinroq aytişining iloji yöq-ku?

– U mahalda dunyo hali sanaşniyam tuzuk-quruq bilmas edi, gap şunda!

Bölsa bordir. Lekin biz oddiy odamlarmiz, unaqa narsalarga aqlimiz yetavermaydi.

Mana şu gap juda köp takrorlanadi. Kişilar özlari bilmaydigan narsalar haqida gap ketganida “Ha, endi biz oddiy, jön odamlarmiz-da”, deb istehzoli iljayib qöyişadi. Buni bolalar ham özlaştirib olişgan.

– Şu kitob senga! – dedi Botanika, buruşiq qöllarini yelkamga qöyib. – Uning nomi “Osorul-boqiya”2. Men tez kunda nafaqaga ketaman, soğliğimning mazasi yöq. Katta bölsang, eslab yurarsan…

– Rahmat! – dedim bu tuşunarsiz kitobni nima qilar ekanman, deya hayron bölib.

Şundan söng u darsda davom etib, tabiiy tanlaniş degan jarayon haqida ham gapirdi. Ösimliklar paydo bölganidan beri millionlab yillar ötganmiş. U mahallar odamlar yaşaganmi? Yöq, yaşamagan. Ular Teşiktoşdan topilgan neandertal odamdan sal avvalroq paydo bölişibdi. Tegradagi kişilarga razm solsangiz, şaklu şamoyili, qiyofasi har turli ekaniga hayron qolasiz. Masalan, bir sinfdoşimizning soçlari sariq, közlari esa bahor osmoniday köm-kök. Baʼzilari qöyköz, baʼzilarning közlari esa qiyiq. “Qon suradi”, deyişardi kişilar. Sariq ekanining sababi, yetti puştining qay biridadir şunaqa kişi bölgan. Qiyofa har yetti avlodda bir qaytadi. Yetti puşti suriştirilişi şundan. Ajdodining kim ekani ham suriştiriladi. Sababi, avlodida bir yaramas ötgan bölsa, qançadir vaqt ötib, yuzaga çiqib qolişi mumkin, degan gaplarni eşitasiz. Bular, tabiiyki, ösimlik va daraxtlar misolida ham tuşuntiriladi. Umuman, odamlar va daraxtlar munosabati xilma-xil va allaqaçon bir-biriga mazmunan yaqinlaşib ketgan. Misol uçun, kelinçak ota uyiga arazlab kelsa, “Bir köçat tutib ketişi uçun qança vaqt kerak, sabr qilgin”, deydilar.

Muallimimiz nafaqaga ketgaç ham, darslarimiz yana bir muddat davom etdi. Keyin botanika öz joyini zoologiyaga böşatib berdi. Zoologiya örnini esa anatomiya, söngra umumiy biologiya oldi. Şu tariqa bizning maktab faslimiz nihoya topdi, şunça yil olgan keragu nokerak bilimlarimiz bilan hayot bağriga yöl olaqoldik.

* * *

Bir avlod bolalari şu tarz ulğayişadi. Bu orada otalar keksayişadi.

Bir hayqirsa, ovozi yetti qişloqqa yetadigan qudratli otalar beli bukçayib, hassa tayanib yuradigan oqsoqollarga aylanişadi.

Köngli böş bölib qolganini aytmaysizmi?

Bir qarasangiz, çopqillab öynab yurgan nevarasiga qarab, mehri tovlanib:

– Odobingdan aylanay, otam, – deydi. – Qölingni köksingga qöyib, jimitday bölib salom bersang, közimga yoş keladi-ya. Bobong qurbon bölsin senga, otajonim, – deydi. – Qa­­ra-ya, otam ötib ketuvdi, örniga sen ota bölding!

Yana bir qarasangiz, “Jonim onam”, deydi qiz nevarasiga qarab. Dastyor bölib qolding-a. Örim soçing belingga yetib, çelaklarda suv taşiysan, hovlilarni supurasan, hamma yoqni saranjom-sarişta qilib qöyadigan ajoyib qizaloq bölib voyaga yetding. Onam ötib ketuvdi, çehrasini qömsab-soğinardim, örniga xudoyim seni berdi. Biringizni otam, biringizni onam deyman-da, yana kimim bor mening bu dunyoda?

Hay attang, uluğlarim bu kunlarni körişmadi. Böy-bastingizga zor bölib, közlarini tika-tika ötib ketişdi.

Bolalarim, hayotim böyi sizlarni deb zahmat çekdim. Ötgayam, çöqqayam sizlarni deb kirdim. Kamolingizni köraman deb orzular qildim.

Jon bolalarim, ilm olinglar. Axir, men ham fazolarga, yulduzlarga qiziqardim. Naylayin, turmuş oğir ekan. Otamning yoniga kirişim, beliga mador bölişim kerak deb, tuproq içida öralaşib yuraveribman. Qarasam, umr ötib ketibdi.

Özim ham yulduzday çaqnagan bola edim-ku? E voh, umrimni nimalarga sarfladim, deb öksinadi.

Bizning zamon şunaqa edi. Ilm olsang ham, qişloqda kimga kerak bölardi? Endi hamma yöllar sizniki, bolalar. Öqinglar, katta böling­lar, el boşiga kelib yurt söranglar, deyişadi.

Ammo nima uçun bunça armon, afsus, ökinç, iztirob?

Bolalar esa… bir-biridan özğir, şaddod, ammo otasining hurmatini biladi. Özini izzatiniyam biladi, közlarida aql-farosat balqib turibdi…

Ötgan yillarning hikoyasi mana şulardan iborat. Bu davr oraliğida ulğaygan ming­lab-millionlab kişilar şu manzaralarni yod bilişadi. U hayot onglarga sizib kirib, allaqaçon toşga yozilganday muhrlanib ulgurgan.

Endi öçarmidi?

Yöq, sira öçmaydi.

IKKINÇI QISM

Genetikaga kiriş

(Genetikning uçinçi hikoyasi)

Bundan bir yarim asr avval Çexiya monastirlaridan birining monaxi – Gregor Mendel degan odam nöxat ustida tajribalar ötkazib, sariq hamda yaşil nöxatni çatiştirişda hosil bölgan barça navlar sariq bölib qolganiga diqqat qaratgan edi. Ikki tur ösimlikdan sariq nav kuçlilik qilgaç, yaşili qayoqqa ketaqoldi? Bu ğalati holat Mendelni juda öylantirib qöydi. Şuningdek, tiriş börtiq va silliq uruğli ösimliklarni çatiştirgan edi, keyingi hosildagilarning hammasi silliq uruğli bölib qoldi.

Şundan söng monax ğalati şu işga butun borliği bilan kirişib ketdi. Çatiştirişlarning ikkinçi avlodida har öntadan yettitasi sariq, uçtasi esa yaşil bölib çiqdi. Keyingi avlodda yana kutilmagan alomat kuzatildi, yaʼni silliq sariq va börtiq yaşil uruğlar çatiştirilganida, yaşilu sariqning xususiyati özgarib, silliq yaşil hamda börtiq sariq navlar yuzaga keldi.

Mendel tasavvuri keng odam edi. Barça ulkan kaşfiyotlar oddiy hodisalar zamirida yotişini bilardi. Bunday holat inson irsiyatida ham uçrarmikin, deb boş qotirdi. Insonlar ham ösimligu daraxtlar singari bir-birlari bilan çatişadilar, lekin baʼzilarining avlodlari bir-birlariga öxşasa, boşqalaridan turli qiyofadagi farzandlar tuğiladi. Nöxat hamda loviyada kuçli nav faqat birinçi avlodda ustunlik qilsa, uçinçi avloddan keyin ajraliş yuzaga keldi. Ilk navlar kuçli, böliq hosil bersa, keyingilari ota-onaning kuçsiz taraflarini olib unib çiqdi. Insonlarda-çi? Afsuski, Mendel u çalkaşliklarning qonuniyatlarini topolmasdan dunyodan ötib ketdi.

Oradan ança yillar ötgaçgina, boşqa olimlar Mendel kaşfiyotlariga eʼtibor qarata boşlaşdi.

Bu orada fan hujayra deb atalgan xazinani allaqaçon kaşf etib bölgan edi.

Aytaylik, çölda ketib boryapsiz, dedi u. Kaftingizga bir siqim qum oldingiz. Unda neçta zarra bor? Mingtami, yuz mingtami? Sanaşning iloji yöq. Qumdan yaratilgan odam vujudida-çi, qança bölişi mumkin?

Ha, inson tanasi hujayra deyilgan juda mayda zarralardan iborat. Ular qumdan minglab marta kiçik: faqat mikroskop ostida köra olasiz. Hajmi, rangi, şakli bir-biriga öxşamaydi, göyo qor zarralarining betakrorligini yodga soladi. Aksariyatida qobiq ostida şaffof suyuqlik böladi, uning içida esa ösimlik uruğiga öxşagan yanada kiçik zarralar joylaşgan.

Tirik jon egalarining bari, şu jumladan ötlaru daraxtlar ham hujayradan tarkib topgan. Ularning baʼzilari bor-yöği bitta hujayradan iborat, baʼzilarida esa bir neça ming. Insonda esa taxminan ellik trillion hujayra mavjud. Öylasangiz qörqib ketasiz, şularning bari bir nizom va tartib içida hayot keçiriş bilan birga, vujud tirikligini taʼminlab turadi.

Keyinroq esa hujayra tarkibidan genlar ajratib olindi. Xromosoma deb ataladigan zarra içida yaşirinib yotgan hukmi ilohiy tösatdan tirik jonning yaratiliş sirlari tomon yöl oçib berdi. Ha, yaraliş deyilgan ulkan jarayon gen deb ataladigan benihoya mitti moddalar bağridagi buyruqlar bois, öz qonuniyatlaridan sira oğişmasdan davom etib kelmoqda. Mikroskop ostida buralib-çuvalib yotgan u hukm örami qay tarz köz, quloq, yuz, soç, suyak, muşak, tana aʼzolari bunyodga kelişining, ösib-rivojlanişining va hayot degan ajoyib jarayonni takomillaştirişining tamal qonuniyatlari bölib çiqdi. Bu esa jon egalarining bor-yöği bir hujayradan paydo bölişi sabablariga juda kuçli isbot bölib qöşildi.

Mendel benihoya mukammal şu meʼmoriy saltanatga inson aralaşuvi mumkinligini isbot qilib ketdi. Bilimlar olamidagi mutlaqo yangi bu kaşfiyot har qanday tirik jonzotni istagan şaklda özgartiriş mumkinligini, benihoya murakkab tirik organizmlarni xohlagan tarzda bunyod eta olişni vaʼda qilardi.

Ammo, jon-çi? Közga körinmas mitti zarralar yöqlik olamlaridan keladigan öşa mehmon uçun mukammal bir mehmonxona hosil qilar ekan, uning özi qayda? Şu mahalgaça jon deyilgan unsurning faqat alomatlari körilgan, özining ne ekani esa jumboqligiça qolmoqda. U mehmon şunçalar azizki, naslu nasabining ham azizligini taʼkidlaş uçun ota va ona qiyofasi baxş etilib, vujud de­­yilgan xonayi xurşidga ularning qoş-közlari, yuz-çehrasi ham naqş etilmoqda!

Mendel ilohiyotçi faylasuf ham edi. Unga qadar olimlardan Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino olam mukammalligi aro insongina zoti oliy ekanini, barça tirik yaratiqlarda faqat jon bor esa, insonda undan taşqari ruh ham mavjudligini taʼriflab ketişgan. Mendel ham şu fikrni davom ettirdi: ona qornida homilaga jon kirgani hamono yaratilgan u vujud aʼzolari işga tuşadi hamda uç oy ötgaç, ruh puflab kiritiladi. Uning kimligi, yaxşi yoki yomonligi hozirça Tangri taologagina ayon. Top-toza, musaffo inson ruhi öşa muhtaşam vujudga kirgaçgina odam paydo böladi. Mana şuni “Bir inson dunyoga keldi”, deydilar.

Modomiki “kelgan” ekan, u holda, qayerdan?

Tana deyilgan maʼvoda u bilan birga ösib-ulğayar ekan, har narsani muşohada qiladi, taqqoslaydi, turli-tumanliklarni körib tafakkurga toladi, sevadi, nafratlanadi, quvonadi, iztirob çekadi. Şu tariqa, faqat mazmunlar ila töyina-töyina, vaqt-soati kelgaç, yana özga makonlarga ravona böladi. Vujudday ajoyib sanʼat asari esa daraxtlarning kuzgi barglari kabi tussizlaşib, xazonga yuz tutib, olam tuproqlariga qöşilib-qorişib ketadi. Şunda “Falonçi olamdan ötdi” yoki “Dunyodan ketdi” deydilar.

Qay tarzda, qayerga ketaqoldi?

Keltirayotganu ketkizayotgan kim?

Bunday ifodalar faqat insongagina qöllanişi-çi? Hayvonlar, qurtu quşlar, dov-daraxtlar ham unib-ösib, hosil berib yoki nasl qoldirib xazonga aylanar ekan, ularga nima uçun “olamga keldi” yoki “abadiyatga qovuşdi” deyilmaydi?

Şu jarayonlarning bari birlaşib, inson bolalari olamga bilim va mazmun uçun kelişlarini taʼkidlovçi rad etib bölmas haqiqatni namoyon qilardi. Dunyoga taşrif buyurgan ruh yetarli mazmun bilan töyinmagaç, şayton izmiga kirişi, buzğunçiliklar sodir qilişi aqlga siğadimi? Mendel yer yuzidagi barça buzğunçiliklarning va falokatlarning asosiy sababi johillik degan xulosaga keldi. Ne uçun yaratilganini, ne uçun dunyoga kelganini bilmaslik, özini hayvon nasliga mansub deb işoniş, şu ajoyib tana içidagi ruhning qaydan kelganini va qayga ketişini tafakkur qilmaslik uni haqiqatan ham tuban darajaga keltirib qöyişi şubhasiz. Röy bergan yuzlab uruşlar, qotilliklar, haqsizliklar tarix bağridan onglarga qarata qiçqirib turmoqda, dedi Mendel. Mehru muhabbat faqat insonga xos ekanini, boşqa biror-bir jon egasi u neʼmatlarga noil bölmaganini körmayapsizmi? Olamdan olib ketadigan narsangiz ham öşa mazmunlar ekani ongingizga yetib bormayaptimi?

Şunday bölsa-da, undan keyingi olimlar şiddat bilan yangi jon egalarini yaratiş şavqiga berilib ketişdi.

Inson mukammal emas, deyişdi baʼzilari. Mukammal bölganida qarib-qartayarmidi, har turli kasalliklarga duçor bölarmidi? Mana, özingizni özingiz yaratib oling, deya yaratiliş tamalining qopqalari lang oçilmoqda. Yana biroz sabr qilsangiz bas, dunyoni istagan şaklga keltira olasiz. Öz vujudingizni qaytadan yaratasiz, tomirlaringizda doimo kuç-quvvat oqadigan, umr kuzining keksalik va ajal degan ofatlari kor qilmaydigan darajaga yetasiz.

Ilk genetik tadqiqotlar şu zaminda boşlangani sir emas. Turli-tuman boy-badavlat kişilar öz sarvatlarini tadqiqotlar uçun ayamay sarflaşardi. Axir, yaqindagina odam bolasi zaif mavjudot hisoblanmasmidi? Aqlu tafakkuri bois, özidan kuçli yaratiqlaru balolarga bas kela oliş uçun qurollar ixtiro qildi, mustahkam uylar, töğonlar qurdi, hayvonlarni böysundirdi, çaqmoqlaru şamollar hosil qilişni örgandi. Ha, endi töla hukmronlik zamoni keldi, çunki u har narsadan ğolib çiqdi.

Şuningdek, kasallik hosil qiladigan mikroorganizmlarning ham tirik jonzot ekani, köpayib-urçişi va hayot keçirişi aniqlandi. Fanlar oldida yana bir muhim vazifa köndalang böldi: jonli deyilgan yaratiqlar genga ega bölişi şart deb belgilandi. Şu tariqa, hayvonlaru ösimliklardan tortib to odamni halokatga yetaklaydigan, quritib-qovjiratadigan turli-tuman kasallik qözğatuvçilariyu taomlaru mevalarni açitadigan, yer tublarida jarayonlar hosil qiladigan, toşlarni yemiradigan, xamirni köpçitadigan bakteriyalargaça tiriklar safiga kelib qöşilaqoldi.

Mendelning hayot va ölim qonuniyatlari haqidagi u risolasi boşqa tur yuzlab asarlar orasida qolib ketdi. Dunyo yangilanişga yuz burmoqda, endi asrlar oşa eskirgan xulosalar heç kimga keraksiz, allaqaçon hamma biladigan gaplarga aylanib qolgan, zamonaviy fan esa yangi ufqlar sari dadil odimlardi.

Keyingi yuz yil içidagi muttasil tahlillar hamda tadqiqotlar davomida esa tösatdan… odam bolasining yaraliş qonuniyatlariga daxl qiliş halokatli ekani ayon böldi. Inson genlari juda mustahkam himoyalangan bölib, undagi salgina özgariş ham jon egasini yöqlik sari yetaklab ketardi. Şundan söng insonni genetik özgartiriş fikridan qaytildi, köpçilik ölkalarda bu tur tadqiqotlarni qonunan taqiqlandi. Töğri-da, inson ustida tadqiqot ötkazib, u mukammal tizimni özgartiriş asnosida uning ayni damda bölğusi ota, ona yoxud farzand ekanligi nazarda tutilsa, otadan yoki onadan ötgan mutlaq genlarning özgarişi natijasida boşqa şaklu qiyofa olgan yangi jon egasining “Otam qani? Onam qani?” degan savollariga kim javob bera oladi? Javharidan özgartirilgan u mavjudotni kim odam deb tan oladi? Mudhiş taqdirlarni yaratiş ğoyalari şu tariqa abadiyan hibs qilindi. Faqat irsiy kasalliklar hamda tibbiy genetika izlanişlariga ruxsat berildi, xolos. Ösimliklar genetikasi esa kutilmaganda şiddat bilan rivojlandi. Çunki yoruğdan bahra oladigan hamda tuproqdan neʼmat yaratadigan şu oddiy jonzotlar gen özgarişlariga ança moslaşuvçan bölib çiqdi.

Mana şu maʼlumotlarning barçasi dunyo genetika markazlarining ilm xazinalarida jild-jild risolalar va maʼlumotlar körinişida saqlanmoqda edi. Olamning qayerlaridadir tirik organizmlar tuzilişi ustida tadqiqotlar muttasil olib borilayotgani va maxfiy tutilayotgani ayon, ösimliklar va daraxtlar dunyosiga aloqador barça bilimlar esa oşkor bölib, tez orada u yana bir boşqa tizimga – tijoriy tizimga xizmat qila boşlagani ham sir bölmay qoldi.

Momaqaldiroq

Momaqaldiroq qanday hosil bölişini körganmisiz?

Yomğirga homila qora bulutlar qat-qat, uyur-uyur töplanib-pasayib kelgan mahal, havoda begona şamollar öqtin-öqtin zabt urib, dov-daraxtni şovullatgan kez, bir-ikki yomğir tomçisi har yer-har yerda zaif şitir hosil qilgan pallada kökni yorib çaqnagan çaqin şiddatidan söngra yangraydigan gumburlagan sado hayrat, şavqu zavq va hayiqiş hosil qiladi. Çaqin samo qamçisi bölsa, momaqaldiroq – öşa qamçi bulutlarga urilganining ovozi.

Men momaqaldiroq oldidan bir lahza tek qoladigan tabiat aro yoyloqlarning nimanidir kutayotganday tahlikada titragan öt-ölanlarini, jonzotlarini, dov-daraxtini köp kuzatganman. Momaqaldiroq havoni larzaga keltirganida, ortidan keladigan yomğirni sezişini, qad rostlaşini, intiqligini körganman.

Yana, ötlaru maysalar, bori nabotot çaqmoqdan qörqişi-çi? Qurtu quş oldindan sezib, berkinib olişi-çi? Aqlu tafakkuri yöq u jonzotlarga bunday sezimlarni kim bergan?

Bilganlarim ongimda momaqaldiroq sodir qilganga öxşardi. Ammo hali çaqin körinmadi-ku? Bilim bulutlari yerga yanada yaqinlaşganida, kökni tikkasiga yorib yuboradigan u samoviy qiliç qudratini hozirça şu guldurosgina ifodalamoqda edi, xolos.

Bir mahallar, sarğaygan makkajöxorilari issiqda hansiragan, odamlariyu tabiati bir-biriga öxşaş makonlardan çiqib kelgan qora köz bolakay, yaʼni men özimda paydo bölgan ilm çanqoqligini qanday qondirişni bilmasdim. Yigirma uç yoşimga qadar özim bilgan dov-daraxt va ösimliklarni ildizigaça örganib çiqib, biologiya ilmiga xos neki bor, hammasini singdirib olgaç, şuurim yana va yana bilim istardi.

Maktab darslarida qayta-qayta ötilgan “Fikr sohibjamoli yuzidan pardasini oçdi” degan gapning mazmunu mohiyati endi aqlimga yetib kelayotgan, haqiqatan ham, u suluvning husnu jamoli şunçalar maftunkor, inson hayotini tubdan özgartirib, öziga tamomila mahliyo qilar darajada jodugar, minglab asalarilar töplagan toza bol kabi xuştaʼmu şifobaxş ekaniga işonardim. Içimdagi “ilm şaytoni”ni qanday tinçlantirişning yölini topolmasdim.

Aqlu tafakkurim yildirim tezligida körgan-bilgan voqea va hodisalarni taqqoslab, xulosa çiqarar, şiddatidan özim hayratlanardim. Fan çöqqilari sari intilar ekanman, tegramda yana odamlar va voqealar jonlanardi.

Ösib-ulğayiş mobaynida neki körgan bölsam, fanlar yoruğida ular mutlaqo boşqaça jilvalanardi-da. Masalan, quyoşga qora şişa orqali qarasangiz, yoğdusi oqiş bölib qoladi. Yoki ninaçi köziga öxşatib işlangan oynadan boqsangiz, bir xil tusli osmon turli bölak­larga bölinganini körasiz.

Tevarakda neki tirik jon bor, bari nihoyasiz hukmi ilohiy ila turli-tuman aql yetmas jarayonlar içida edi. Har tirik jon zaruriy maʼdanlaru kimyoviy birikmalarni öz tanasi bağridan çiqarib zurriyodiga tutar ekan, ularni hosil qilişni qay tarzda örganaqoldi? Sut deyilgan, el nihoyatda eʼzozlaydigan va muqaddas deb biladigan neʼmat tarkibidagi qöşaloq organik moddalarni, şifo, davo va ozuqa böladigan yuzlab unsurlarni qon va et oralarida hosil qiladigan qudrat nima? Şularni öylaganimda olovning sirayam olov emasligini, balki zarralar harakati haddan taşqari tezlaşganida kuçli energiya ajralib çiqişini va moddalar xususiyatini özgartirişini kuzatardim. Bular orasida eng ajoyibi suv ekaniga hayron qolar, havodagi ikki zarra birlaşib zilol hosil qilişini tuşunolmasdim. Har holda, şu ikkovlon birlaşganida uçinçi bir modda paydo bölişi ham azaldan iroda qilingan qonuniyat bölib, qudrat egasi agar istasa, uni buzib yuborişiga va yer yuzining barça olimlari birlaşganida ham suv hosil qilolmasligiga aqlim yetib turardi.

Yetilayotgan buğdoylar, meva-çevalar, sabzavotlar, ildiz yordamida tuproqdan notaniş maʼdanlarni sörib olib, olmaga, nokka, gilosga, qulupnayga aylantirayotgan, yer ustidayu ostida, şoxu novdalarda, yaproğu ildizlarda taram-taram, dona-dona, ğuj-ğuj, qöşa-qöşa yoki tizim-tizim mevalar hosil qilayotgan hukmlarni körib, uni harakatga keltiradigan, joriy qiladigan hamda barq urdiradigan yana bir qudrat mavjudligini sezib-bilib turardim.

Nazarimda, “jon” öşa edi!

Bir mahallar, örib olingan makkapoyalarning yerdan çiqib turgan qoldiqlari qöl-oyoqni tiğday tilib yuborişini, jarohatdan oç-qizil tusli qon oqib çiqib, tezda qotişini aytgan edim.

– Qölingni tilib oldingmi?

– Ha, makkapoya ildizi tiğday ekan. Kesib yubordi.

– Ehtiyot bölmaysanmi? Ustiga toza tuproq sep yoki qorakuya surt!

Fan bu hodisaning qanday sodir bölişini şunday ayon qiladi. Qarang, nimalar röy berar ekan? Son-sanoqsiz asab tolalari uzra “Bu odam qölini kesib oldi” degan xabar vujudning har tarafiga çaqmoqday taraladi. “Diqqat! Badanning qöl qismida jarohat bor. Vujudning bir butunligiga putur yetdi!” Öşa zahoti kömiklarda, iliklarda, suyak va qon oralarida aql bovar qilmas işlar boşlanadi. “Kesilgan joyni himoya qiliş uçun bizga mudofaa askarlari lozim. Kesilgan joyni tiklaş uçun töquvçilar, tiklovçilar, butlovçilar, maʼdanlar kerak!” Jarohatdan kirib kelişi mumkin bölgan “duşman”larga qarşi kuraşiş uçun immun tizimi askarlari öşa zahoti guros-guros jönab ketişadi. U joyda harorat ortadi, çunki yuqori haroratda begona jon egalari tezroq halok böladi. Kesilgan joy usti jigarrang qobiq bilan qoplanadi, sababi – begonalar kirib kelolmasin! Qobiq ostida esa tiklaş işlari muttasil davom etadi. Zararlangan tomirlar, uzilgan asab tolalari, teri qavatlari birin-ketin yangilanadi. Nihoyat, avvalgi holiga kelgaç, vujud oralaridan yana buyruq keladi: “Tiklaş işlari nihoyasiga yetdi! Barça aʼzolar mötadil işlamoqda. Örab olingan joyning himoya qobiğiga endi hojat yöq!” Qobiq ostidagi “işçi”lar uni tutib turgan son-sanoqsiz iplarni kesişgaç, jarohat ustidagi qobiq öz-özidan köçib tuşadi… Tiklaniş, yaʼni regeneratsiya hayot degan sirli unsur yaşnatib turgan barça tirik mavjudotlarda şu tarzda röy beradi. Köz köra-köra örganib ketgan, göyo öz-özi­dan röy berayotgan şu işni, ongsiz hayvonu ösimliklarni qöyaturing, oliy tafakkur egasi bölmiş odam bolasining özi boşqar­yaptimi? Aslo yöq. Zohiran oddiy, lekin mohiya­tan juda murakkab jarayonlarning bari vujud genlaridagi hukmlar bois röy bermayaptimi?

Men yetib kelgan fan çegaralaridagi öziga xos bilimlar, transgenlar3, mutatsiyalar4, tirik jon bağrida röy berayotgan turli-tuman jarayonlar, kuraşlar, ğalabayu mağlubiyatlar… Virus yoki bakteriya körinişida tanaga kirib kelgan son-sanoqsiz “duşman” askarlari, ularga qarşi kuraşadigan immun tizimining mukammal mudofaasi… Bağriga Koinotni jo aylagan Inson… Hamda şu vujudni paydo bölganidan to umr söngiga qadar ipidan-ignasigaça zarra-zarra boşqarib turgan ilohiy boşqaruv… “Mana endi istaganingni qil, – deb hayqirmoqda edi men tanlagan fan, şaytoniy qahqaha ila. – Yaratiliş qonuniyatlarining tamaligaça hukmingni ötkaza olasan. Xohlasang, jahannam maxluqlarini yarat. Sigir boşli çivin, timsoh boşli qöy yoki uç boşli odam paydo qiliş batamom iznu ixtiyoringda. Yer yuzidagi millionlab sudraluvçi, uçuvçi, örmalovçi, sakrovçi, suzuvçi jonzotlarning yaraliş qonunlari qarşingda muntazir. Olamlar Xojasi seni Koinot sarvari deb şaraflaganiga endi imon keltirasanmi? Qaçonlardir yaratilgan va bugun taʼbingga mos kelmay qolgan narsalarni bemalol özgartiraver, yöqsa bu qudrat, bu imkon senga öz-özidan, şunçaki berilibdimi?

Yer yuzidagi tiriklik hayotini ağdar-töntar qilib yuborişga qodir bir odam bolasi misli körilmagan şu nizom aro minglab yillardan buyon davom etayotgan ajoyib hayotning yaraliş sirlari qarşisida ortiga tisarilmasinmi, hayiqmasinmi, titramasinmi? Hamda ijod şavqi aro yana olğa intilmasinmi?

Özgarib ketgan zamonaviy dunyoda hayot keçirayotgan jon egalariga “tuzatiş” kiritiş Tangri irodasiga qarşi çiqiş emas, balki uning yerdagi elçisi ölaroq, olamga hukmronlik qiliş, özgartiriş, yangilaş degan maʼnoni bildirmaydimi?

Bir zamonlar “Inson mukammal emas” deb daʼvo qilganlar qatorida, “Bundan millionlab yillar avval yaratilgan yaratiqlarning baʼzilari eskirdi” deganlar ham bor. Ularning gaplari haqiqatga yaqinmi? Nahotki, Olamlar Xojasi yaratiqlarni zamonga moslab qöyişni bandasiga ravo körgan bölsa? Masalan,  k ye ch     k u z   m a h a l i   u z u m   n o v d a l a r i n i   ye r g a   k ö m a m i z. Şörlik, tösatdan kelgan sovuqda titrab-dovdirab, ne qilarini bilmay turadi, ajalim yetdimikin deya qörqadi. Ha, qiş qattiq keladi şekilli, kömilmasa, sovuq uradi. Muzlagan yerni öyib, yöğon zanglarni halqa-halqa örab, ustidan makkapoya va tuproq bostiriş zahmatini boşdan ötkazganlar bilişadi. Tarkibidagi “eskimos” deb ataladigan genlarni özgartiriş bilan bu muammo barham topişi mumkin. Ilmning öyinlarini qarang! Eskimoslar – Grenlandiya muzliklarida yaşovçi, muzdan uylar qurib yaşaydigan kişilar. Xalq nomining navga berilişi ham fandagi ğalati hodisalardan biri. Lekin ilmda bunday holatlar tez-tez uçrab turadi. Masalan, çoyning bir turi “hind” deb, qahvaning bir turi esa “afrikalik” deb ataladi…

Dunyoning eng ilğor laboratoriyalarida olamdagi uzum navlarining nusxalari saqlanadi. Ularning genlari allaqaçon örganilib, xaritalari tuzib bölingan. Qişloqdagi odamlarning muammosi hal bölişi uçun öşa navning gen xaritasini topiş, “sekvenser” degan uskuna yordamida uzum genining öşa qismini “kesib” qöyiş kerak. Şunda tanasida oqadigan suyuqlik xususiyati özgarib, sovuqqa çidamli bölib qoladi. Bir uzumgina emas, sovuqdan aziyat çekadigan anorlaru anjirlar ham yolvorib turganday. Ajab, “”eskimos” genlari ularda ham bor. Hujayrasining javhariga özgartiriş kiritilsa kifoya.

Lekin jon deyilgan nomaʼlum unsur u hujayraga kirarmikin? Hayot keçirişiga, ösib-unişiga kömaklaşarmikin? Yoki yaraliş hukmidan çiqqan u zarrani tark etarmikin?

Ğoyalar… umidlar… orzular ham ilm hududlariday bepoyon, bitmas-tuganmas…

Ufqlarga qadar yastanib yotgan, ustida qaldirğoçlar tinmay aylanib uçadigan, orasiga kirsangiz nafas oliş qiyinlaşadigan dalalardagi ğözalar-çi? Bizda iqlim tez özgaradi, ilk terimdan keyinoq yomğirlar yoğişi mumkin, u esa hosil sifatini aynitadi. Dunyoda ğözaçalik köp va çuqur örganilgan ösimlik bölmasa kerak. Uning bağridagi uç milliard kimyoviy harf bilan ifodalangan matn sirlariga termilib ötirarkanman, odamlarning mehnatlari, qator oralaridagi uççanoqlar, yeyilgan behilar köz oldimga keladi.   “B u   j u d a   d a n g a s a   ö s i m ­l i k – d a, – deydi uluğlarimizdan biri, ketmonini yerga qöyib, peşonasidagi terini artib. – U yoq-bu yoğini çopib, quloğidan tortib, ildiziga havo bermasangiz, sira ösgisi kelmaydi”. Şunday bölaqolsin, lekin uni tezroq, tolasi uzunroq bölib yetiladigan qilişning usullari bormi? ”Bor, – deydi Genetika. – Q i ş l o q   t ye r a k z o – r i d a g i  o t­­ q u l o q l a r  esingdami? U yerdagi daraxtlar baland ösib, nurni tösib qöymaganmidi? Otquloq barglari va undagi tolasimon tomirlar şu sababli börtib, ösib-uzayib ketmaganmidi? Soyada qolganidan xavotirlanib tezroq gullab, erta uruğ soçmaganmidi? Esla, esla… Quyoş nuri tikka tuşadigan joydagilari unaqa emas edi. Axir, bari birday otquloq-ku?

Ha, ösimlik nurga intiladi. Uni tösib qöysangiz, savqi tabiiy ila yoruğlik qayoqdaligini sezib, öşa yoqqa qarab ösadi. Yoruğ kamaysa, kuz kelyapti deb öylab, qörqadi. Kuz unga hayot tamom bölganini, ajal elçisi yölda ekanini bildiradi. Uzum şu sababdan möylovlarini har yonga yoyib tepaga intiladi, hatto daraxtlarning qir uçigaça çirmaşib çiqib boradi. Qovoq ham şunday, dastalab bosilgan ğözapoyalar tepasigaça ösib, katta-katta oşqovoq soladi. Kungaboqarni-ku aytmay qöyaqolay. Xullas, ğözani yoruğlikdan tamomila mosuvo qilsak, nur izlab ğovlab ketişi mumkin. “Çilpiş” degan jarayonning mohiyati ham şunda, yaʼni ösimlik şunday boşqariladi. Uçidan çilpilgan ösimlik ösişdan töxtab, kösakka zör beradi, çunki “Kimdir kelib meni çilpib qöydi, tezroq hosilimni beraqolay, kuz kelgunça ulguray, bölmasa yana çilpib taşlaşi heç gapmas”, deb öylaydi…

Şoşma! Mabodo, uni nurning hammasidan emas, maʼlum qismidan judo qilsak-çi?

– Fizika!

– Labbay.

– Quyoş nurini yoyib bera olasanmi?

– Marhamat. Quyoş nurining körinadigan spektri bir qança ranglardan iborat. Çapdan öngga qarab, binafşa, kök, yaşil, sariq, qizil va uzoq qizil nurlarga bölinadi, – deydi Fizika, maktabdagi keksa ustozim Abdunazar akaning ovozi bilan.

– Biologiya, ğöza fotosintezi uçun eng muhim nur qaysi?

Biologiya esa yana bir ustozim – Hoşimboy akaning ovozi bilan javob qaytaradi:

– Hammasi, lekin ösimliklar qizil hamda uzoq qizil nursiz yaşay olmaydi, u ösimlikning yuragi va közidir!

– U holda, “uzoq qizil” nurni kesib qöysak-çi?

– Bu haqda maʼlumot yöq. Genetikadan sörayqol.

– Genetika, nima qilaylik?

Genetika fani butunlay boşqa sas ila javob qaytaradi:

– Uning gen xaritasidan “uzoq-qizil” nurga javob qiladigan joyini topib, öşa yerdagi genlarni “öçirib” qöyiş kerak.

Genetikaning javobi töğri. Ammo qanaqa qilib “öçirsa” böladi?

Ustoz

– Assalomu alaykum, ustoz.

– Vaalaykum assalom. Genlar ustidagi uriniş­laringizdan xabarim bor. Bularning bari yaxşi, lekin, sizga bir narsani aytib qöyişim kerak.

– Marhamat, ustoz.

– Nega buyurilgan tajribalarni qöyib, boşqa işlar bilan şuğullanib yuribsiz? Xayolingizda mustaqil olimga aylandingiz-da endi?

– Yöq, albatta. Katta ustozga bu ğoyani aytgandim.

– Bulardan naf yöq – baribir heç narsa çiqmaydi, qiyin masalalar. Xöp, katta ustoz nima dedilar?

–  Katta ustozga maʼqul böldi. Biroq, men köpçilik “heç narsa çiqmaydi” deganiga ikkilanib turibman, desam, u kişi “Biz – özbekmiz! Boşladingmi – çiqmasa ham oxirigaça yetkaz!” dedilar. Yana “Bilib qöyinglar, sizlar qilayotgan işlar, sizdagi intiliş va maʼnaviyat, közingizni yonib turişi eng katta xazinadir”  deb alohida taʼkidladilar. Juda ruhlantirib yubordilar!

– Ha-a… U kişi albatta ruhlantiradilar-da, darrov havolanib ketaverasizmi? Bilib qö­­ying, sizdan avval ham bu yerda hazilakam odamlar işlaşmagan. Qançadan-qança olimlar xalq uçun ter tökkan.

– Töğri aytasiz, ustoz, lekin harakat qiliş, sinab köriş kerak, deb öylabman. Çet ellarda şunday tadqiqotlar bor ekan!

– Avval laboratoriyadagi işlarni bajaring. Halitdan özingizni çet eldaman deb his qilmang!

– Tuşundim.

– Xalqlar paydo bölişi haqida ham tadqiqotlar boşlagan emişsiz. Bu qanaqasi? Bu borada dunyoning manaman degan olimlari allaqaçon öz farazlarini eʼlon qilib bölişgan, ularga qarşi çiqiş nodonlikdan boşqa narsa emas. Ustiga ustak, bir millatni qadimiy deb boşqalarini kamsitiş yaramaydi! Çet el… Iqlimni, suvni, havoni, tuproqni hisobga olmasdan, olamşumul işlarni boşini tutaman deyiş xomxayol-ku? Esingizdami, Tokioda yaratilgan transgen noklar Yevropada tuproqqa qadalganida, bir neça yil ötib, hosil bermay qöygani? Transgenlar unçalik maqbul ğoya emas! Dori-darmonlar-çi? Özga iqlim kişilarida sinab körilgan dorilar bizning odamlarga naf keltirişiga kafolat bormi? Olamda barça jonzotlarga bir xilda taʼsir qiladigan yoki hamma hududlarda birday hosil beradigan kaşfiyot yaratib bölmaydi, şuni yodingizda tuting. Har sohaga intilavermasdan, buyurilgan işlarni bajaring!

– Xöp böladi, ustoz.

Içimda ustozimning dakkilaridan ozorlansam-da, “Begona gen örniga ösimlikning öz genlarini işlatsam-çi”, deb öyga tolaman, şu fikrim töğriroqday körinadi. Balki ustozga maʼqul bölar? Natijani körsatsam fikri özgarar? Şunday öylar bilan işimga şoşilaman… Katta ustozning ruhlantiruvçi fikrlarini eslab, bir seskanib qayta uyğongandek bölaman, zehnim teranlaşib, qalbimda daryoday tölib-toşayotgan jöşqinlik paydo böladi.

Intizor

– Qaydan ilmga mahliyo böldim, qaydan ham şu jodugar sehriga kirib qoldim? Gohida bu urinişlarim besamarmikin deb öylab qolaman. Ammo, niyatlarim, orzularim top-toza, musaffo-ku? Fan oldida inson şaxsiyati nima böpti? Men bölmasam, kimdir şu işni qilişi kerak-ku? Tavba, olamda baʼzan meni anglay oladigan heç kim yöqmikin, deb öylayman. Balki sen menga qanot bölarsan? Hafsalam pir bölib, qilayotgan işimning istiqboliga işonçim qolmay yoki şu işlarimning qadriga birov yetarmikin deb ruhim susaygan mahallarda yuragimga quvvat baxş etarsan?

– Qanaqa qilib sizga qanot bölay, oddiy bir ayol bölsam?

– Esingdami, Daşti Qipçoqdan biznikiga mehmon bölib kelganing? Senga asalarilar tödasini körsatganim?

– Ha, albatta, esimda. Meni rosa hayron qoldirgan edingiz.

– Öşa mahallarda har narsadan hayratlanadigan jön bir bolakay edim. Ilm meni özgartirdi. Endi xuddi asalari kabi, töpimdan ajralib uçgandayman, bilim çeçaklari uzra zarra-zarra, qatra-qatra bol töplayotgandayman. Bir men emas, ilm yölini tanlagan har qanday odam şunday özgarişi şubhasiz. Xuddi yuksaklardan kengliklarga boqayotgandayman, voqea-hodisalarni, hayotni kuzatayotgandayman. Bunaqa narsalarni qişloq bolasi yetti uxlab tuşida ham körmas edi. Turmuş bois ilm çanqoqligini zörlab söndirib, hayot degan tegirmonga kirib ketgan qançadan-qança zukko döstlarim esimga keladi. Özim bor-yöği bir fan yölining boşlanişidaman-u, hammaga ilinaman. Jöşib-jöşib sözlab bersam deyman. Eh-he, aytadigan qança gaplar bor!

– Töğri, ammo aytganingizdan nima naf?

– Naf deysanmi? Men juda ğalati bilimlarga röpara keldim. Bolalik hayotimiz yodingdami? Odamlar zahmat yuki ostida edilar. Onglar ezilgan, hayot keçiriş uçungina mehnat qilişardi. Dalalarda “bolam-çaqam” deb kuymanib yurgan suvçilar, çopiqçilar, ketmonçilar, traktorçilar, boğ oralarida har bir daraxt şoxiga köz tikkan boğbonlar… Qişloqlarda mol-hol boqib, yer ağdarib, ötin töplab, öt örib yurgan kişilar, velosipedini yeldirib yurgan bolalar… Şularning barçasiga “Siz benihoya uluğsiz! Xayol yetmas qadar mukammalsiz!” deydigan ahvoldaman.

– Nima kaşfiyot qildingizki, sizni şunçalar hayajonga solibdi?

– Xuddi yöl ustida yurib kelayotib, xazina topib olganman-u, qiymatiga hayron bölib turgandayman… Ozgina qoldi. Sen mening yuragimga mador, qalbimga quvvat bölib turaqol. Biroz vaqt ötsin, şu aytgan gaplarimning haqiqiy isbotlariga yetib boraman!

* * *

Son-sanoqsiz kimyoviy harflar bilan ifodalangan gen belgilari orasidan aynan nurga intilişni nazorat qiladigan qismini topiş, uni “öqiş”, kerakli qismini “kesib” oliş hamda özgartiriş muşkul iş bölib çiqdi. Nihoyat, olti yildan söng begona gen işlatmasdan,  ğözaning “uzoq qizil” nurga masʼul geni “öçirilgan” nav östirişga muvaffaq bölindi. U odatdagidan ön kun erta yetildi, kasalliklarga çidamliligi ortdi, tolasi esa, men aytgan kabi, ança uzaydi. Öz genlari işlatilgan, yaʼni “sopi özidan çiqarilgan” bölsa-da, bu yangi navning feʼl-atvorini örganiş uçun yana bir neça yil kutiş kerak, çunki, Mendel tajribasidagi kabi, maʼlum vaqtdan söng unda ajdodlaridagi biror-bir nomaqbul xususiyat jonlanib ketmasmikin degan xavotirim bor edi…  

Şuning barobarida, rizqu rözimiz – buğdoy hamda anor ustidagi izlanişlarimni ham tengma-teng olib borardim.

Eng sifatli buğdoy navi ham bizning iqlimda istalgan hosilni bera olmaydi. Sababi, salqin havo, yomğirlardan keyin kunlar birdaniga isib ketgani uçun bağridagi yelimsimon moddasi tez qotib qoladi. U “qotmasligi” uçun buğdoyga namroq iqlim zarur. Demak, buğdoydagi yelimsimon moddani tez qotişiga javobgar gen öçirib qöyilsa, noni ança sifatli çiqadi, degan umidli öylar sira tinçlik bermaydi.

Anor esa… Har hovliga körk bölib turgan, qalin pöst bağrida inju donalarini tuhfa etgan bu buta, nazarimda, juda zaif, öksik, hurkak. Odamlar boşqa daraxtu butalardan köra anorga köproq mehr körsatişadi, kuz sovuq kelsa, eski-tuski töşaklar bilan örab-çirmaşadi yoki avaylab yerga kömişadi. Uni sovuqqa çidamli qiliş uçun, Genetika aytganiday, “eskimos” genlari qayda ekanini aniqlaş kerak. Şunda ajoyib bu buta quvvatlanib, qişning qirovlaridan soğ-omon çiqa oladi, har hovlida, har xonadonda körk taratib, barq urib yaşnaydi. “Eskimos” har bir ösimlikda bormi? Bor, albatta, buning uçun uning hujayrasiga maxsus fermentlar asosida işlov berib, gen halqasini ajratib oliş, undagi son-sanoqsiz kimyoviy timsollar orasidan aynan öşa qismini topiş zarur.

Ğöza, buğdoy, uzum, anor… Har birining öz kuşandasi bor. Xöş, zararkunandalar ilaşmasligi uçun nimalar qilsa böladi?

– Esingdami, bir kuni qovun uruğlarini qator oralariga taşlab ketgan eding? Ertasiga kelib qaraganingda nimani körding?

– Kelib qaraganimda, kösak qurtlari öşa uruğni yeb ölib qolganini kördim.

– Demak?

Kösak qurti yetila boşlaganida juda oçofat bölib ketadi. Sababi – oqsilda. U töla yetilib, tuxum qöyişi uçun oqsil kerak. Oqsil esa, boya aytganimday, hujayra tarkibidagi uç asosiy makromolekulaning biri. Genetika uning ham maʼlumot taşişini uqtirmoqda… Mayda jon egalari ham kuzdan qörqişadi, şu sababli jon-jahdi bilan kerakli moddalarni topib, nasl qoldirişga intilişadi. Bizdagi qovunlar esa juda şirin, uruğidagi oqsil kösakdagidan ança köp. Mana, nima uçun ular ösimlikdan tuşib, qovun uruğiga intilişgan ekan! Şoşma, balki dalalarga solingan zaharli moddalarning ayrimlari qovun uruğida töplangandir-u, halok qilgandir? Yöq, unday bölişi mumkin emas. Ösimlik özi zaharlansa ham avlodini, yaʼni uruğini omon saqlaydi. Qolaversa, “quvvayi tabiiya” kösak qurtini ham mukammal qilib yaratgan, öziga zarar keltiradigan narsaga duç kelsa yemasligi aniq… Bizlar lazzatli deb hisoblagan neʼmatlarni yemaydigan “aqlsiz” sigir-qöylar esimga keladi. Demak, qovunda kösak qurti bexabar qanaqadir tabiiy modda bor!

Biokimyo qovun uruği tarkibidagi “peptid” degan öşa moddani darhol topib beradi, molekulyar formulasini ham röpara qiladi. Endi ğöza tarkibiga uni kiritsak bas, kösak qurti heç qaçon yaqinlaşolmaydi! U peptid ğöza xususiyatiga salbiy taʼsir körsatmasmikan? Ösimlik begonasiramay qabul qilarmikin? Bu haqda maʼlumotlar bormi?

Maʼlumot dunyoning boşqa bir çetida ekan: amerikalik bir olim xuddi şu peptidni şakarqamişdan, hindistonlik yana biri esa yirik patsimon paporotnikdan ajratib olib, ğözaga payvand qilibdi!

Demak, töğri yölda ekanman-da? Yo adaşyapmanmi?

Fan ğöza hamda şokolad daraxti – kakaoning genetik tuzilişi bir xilligini taʼkidlamoqda. Bu degani – kakaoning öziga xos çidamlilik genlari kiritilsa, ğöza begonasiramay qabul qiladi. Qarabsizki, kasallikka çidamli butunlay boşqa nav yaratilişi mumkin. Yoki tabiiy şokolad ifori anqib turadigan tola olsa bölarmikan? Nega ajdodi kakaodagi taʼm beruvçi genlar ğözada işlamayapti, axir ular yöqolmagan, saqlanib qolgan-ku? Genetika şunaqa savollarni röpara qilaveradi. Qaysi navning hayotiy genlari qaysi jaydari ğöza naviga ötkazilsa, muvaffaqiyatga erişiş mumkin? Kutilmagan hukmlar işga tuşib, kakao singari köp yillik yoki hozirgidek beş oyda emas, sakkiz oyda yetiladigan navga aylanib qolsa-çi?

Har qanday ösimlik ustida mana şunday tadqiqotlar qiliş mumkin. Genetika şunaqa fan. Lekin biologiya bilan aloqador qismi uning juda kiçik bir bölagi. Olamda tibbiy genetika degani ham bor. Afsuski, men u yöldan bormadim, yöqsa, irsiy yoki ölimçil kasalliklarni batamom yöq qiladigan usullarni topişga uringan bölardim. Juda oddiy qilib aytadigan bölsam, masalan, kasallik paydo qiladigan virus ham tirik jon. U özining nima ekanini bilmaydi, hayvonu ösimlikday bir narsa, quvvayi tabiiya unga “Qulay joy topib, urçib-köpaygin”, deb buyruq bergan. Inson vujudiga kirgan u jonzot aslida öz hayoti uçun kuraşadi, yaşaş jarayonida zararli moddalar hosil qiladi. Ammo u ham oziqlanişi kerak-ku? Ozuqani esa qondan oladi… Uni halok qiladigan, gen tizimlarini buzadigan moddalar yuborsak-çi? Albatta, halok böladi. Lekin millionlab farazlarni tahlil qiliş uçun dunyodagi yuzlab ilmiy markazlarning quvvati ham yetmaydi…

Mening taqdirimdagi “fikr sohibjamoli” yuzidan pardasini xiyol oçganida, bor tirik maxluqotning yaraliş sirlari tubiga tuşib boradigan mana şu fan orqali modda yaralişining hikmatlari aro yangi bir yönalişni – “genlarni boşqariş” degan usulni hadya etdi.

Lekin özim ham tirik jonman-ku? Olamdagi barça tirik jonzotlar kabi qulay şaroitda yaşaşim, oziqlanişim kerak-ku? Nahotki, men kabi köpçilik olimlarning taqdiri Mendel taqdiriga öxşaş bölib çiqsa? Yetib kelgan xulosalarim – şu bugunning xulosalari-ku? Kelajak kaşfiyotlari emaski, öz xalqimdan, zamonamdan ilgarilab ketgan bölsam? Nega oddiy kişilar orasida ilm-fan mohiyatini tuşunadiganlar, uning yöllarini oçib beradiganlar köp emas? Axir, bir mahallar olimini ardoqlagan, köklarga kötargan el şu emasmidi? Nega kişilarning dardu fikri kundalik hayotdangina iborat? Nega?

Döst

– Salom, döstim.

– Salom.

– Nimalar qilib yuribsan?

– Şu, özing bilgan işlar.

– Olimlik degin… Xöş, foyda qalay bölyapti?

– Bilmadim… Bir kuni foydasi ham tegib qolar.

– Qarasam, ança horğinsan, işing oğir bölsa kerak. Undan köra, qöy öşa faningni, kel qişloqqa. Yordam beray, bir dökon oç. Odamlarga sovun, çoy, gugurt kabi mayda-çuydalar doimo zarur, şularni sotib kun ötkazaqol. Qarabsanki, bir yil içida hammasi izga tuşib ketadi. Nima deysan?

– Rahmat, maslahating uçun. Lekin men u işni eplolmayman.

– Nega eplolmas ekansan, axir, olimsan-ku? Maktabni zörğa bitirgan bolalar ham tuppa-tuzuk kun körib yurişibdi. Ana, Falonçi oltinçi sinfdan keyin darsgayam bormagan, hamma uquvsiz deb ustidan kulardi. Bugun eng badavlat odamlardan biri, kim körsa qulluq qilib söraşib ketadi… Qara, ozib-tözib ketganingni.

– Mening yölim boşqa-da.

– Şunaqa deysan-u… Narigi qişloqda bir odam universitetda işlaydi, bolalarni öqişga kiritib pul topadi. Tagida qöşa-qöşa maşina, haşamatli imoratlar. Sen esa… Şukr, dökon oçib kam bölmadik, turmuşimiz joyi­­da, har hafta ikki-uç kun çoyxona… Aytmoqçi, qilgan u-bu kaşfiyotlaringni çetga sotsang ham yaxşi pul beradi deyişadi, şu gap rostmi?

– Yöq, mumkin emas. U kaşfiyot özimizda qolişi kerak.

 Boşqalarga ötib ketsa nima böladi?

– Unda vaqti kelib öşa kaşfiyot negizida yaratilgan yangilikni ulardan sotib olişga majbur bölamiz.

– Eh, birov sening kaşfiyotingga qararmidi? Uy-joyingga, kiyim-boşingga qaraydi odamlar.

– Hamma gap şunda-da, döst. Axir, özgarişni körmayapsanmi? Keça odamlarning közi oç edi. Maşina deding-a, u katta orzu edi. Bugun hammaning ikkita-uçtadan maşinasi bor. Keçagina odamlar dala-daştda u-bu ekib, mehnatini qilib yurardi. Esingdami, ustoz­larimiz ham mol-hol boqişardi, ekin-tikin qilişardi. Endi hayot özgarib ketdi-ku? Sen dökon oçding, boşqa birov nimalardir işlab çiqaryapti… Hali vaqti kelib, odamlar ilmning mohiyatini ham tuşunib qolişadi. Öşanda körasan hayotning gurkiraşini… Men juda katta maqsadlarning boşini tutganman, u yölimdan qaytsam, umrimning oxirigaça afsuslanib yaşasam kerak.

– Nima özi, qiladigan işing? Eşitdim, uni bunga çatiştirib, yangi nav çiqarar emişsan…

– Ular öz yöliga. Hozir zör bir işning boşida turibman. Öşani oxiriga yetkazib olsam bas.

– Nima ekan u iş?

– Senga qanaqa tuşuntirsam ekan? Bizning izlanişlarimizga köra, dunyodagi eng qadimiy xalqlardan biri ekanmiz. Esingdami, tarix darsligida Teşiktoşdan topilgan bolaning surati bölardi…

– Ha, esimda, soçlari peşonasiga ösib tuşgan ibtidoiy bola.

– Biz undan ham qadimiy ekanmiz. Eh, aytganim bilan tuşuntirolmasam kerak!

– Mayli-yu… undan nima naf? Masalan, men öşa gaplarni bilmasam ham, maza qilib yaşayap­man-ku? Faqat, qorin qöyib yuborganim çatoq böldi, nega desang, yurganimda lapanglab qolyapman… Bilsam, bundan ham yaxşi yaşaymanmi?

– Albatta, döst. Bundan yuz baravar, ming baravar yaxşi yaşaysan.

– Ha, mayli, özing bilasan. Agar u-bu yordam kerak böpqolsa bemalol, doim yoningdaman, sira tortinma.

– Rahmat, döst.

Er Buğu

– Er Buğu, men ulğaydim. Sen esa haliyam sakkiz yoşingda qolaverding.

– Ha, gaping töğri.

– Bilasanmi, elimda senga öxşab ketadigan juda köp odamlarni uçratdim. Yoyiq yuzli, keng peşonali, qirraburun… Agar katta bölganingda, sen ham şu qiyofaga kirgan bölarding.

– Bizning uruğ şunaqa-da. Amakilarim yelkador, suyaklari yöğon, baland böyli, lekin toğalarim boşqaça, sariq soçli, kök közli kişilar edi…

– Ayt-çi, qanaqa yaşardingiz?

– Yozda odamlar ötloqlarga köçişardi. Qişloqda, toş öçoqlarda et pişirişardi. Erkaklaru xotinlar ovga çiqişardi. Arpani toş orasida yançişardi. Otlarimiz, kuçuklarimiz bölardi. Hamma töp bölib yaşardi. Ular orasida çiroyli, kökköz bir qiz ham boriydi.

– Qişloqda? U mahallar qişloq bormidi?

– Bölmasinmi? Öngirlar orasidagi bexavotir joyga qişlagani köçardik, uni qişloq der edik. Yozda yaylovlarga jönab ketardik, uni yozloq deyişardi. Uyurni suvlaşga olib boradigan joyimiz suvloq, ov qilinadigan joylar esa ovloq edi.

– Afsus, otang bekor seni özi bilan olib ketgan ekan.

– Olib ketmaganida sen bilan tanişarmidik?

– Endi toş ostidan sira çiqmaysanmi?

– Yöq, çiqolmayman.

– Bir mahallar öynagani çiqarding-ku?

– Unda sen ham yoş eding-da. Endi katta bölding.

– Qara-ya, öşanda men qişloqda, sen Teşiktoşda, dunyo esa juda keng ekan. Yana bir gap aytaymi?

– Aytaqol.

– Öşa mahallar yer yuzida odamzot juda oz bölgan ekan. Sen “Amakilarim, toğalarim boşqa joy izlab ketişdi” demaganmiding? Men öşa amakiyu toğalaring izini topdim. Hozirgi dunyoning ikki olimi sening tos suyagingdagi mitoxondrial gen öramlarini tekşirişganida, avvalroq topilgan Oltoy va Yevropa odamlari bilan bir xilligini aniqlaşdi. Sen qolib ketgan öngirdan esa yovvoyi otlarning, toğ eçkilarining, kiyik va ayiqlarning suyaklari topildi.

– Aydim-ku, odamlar köçişdi deb.

– Ha, sening qabiladoşlaring Tiyonşondan oşib ötişgan, Daşti Qipçoqdan ötib, örmonlar aro muz diyorlariga qadar yetib borişgan. Keyin u yerlardan ham ötib ketişgan. Bu voqea ellik ming yil avval röy bergan.

– Yil nima?

– Ellik ming marta qiş, ellik ming marta bahor kelgan. Sen hayot haqidagi hikoyangni davom ettiraqol.

– El doim birga edi. Xotinlaru bolalar meva terar, don töplaşardi. Toşlarni qalab öt yoqardik. Toş qizigaç, ertalabgaça sovimasdan turaverardi. Erkaklar ovga ketişardi. Töylar bölardi…

– U mahal… töylar ham bölganmi?

– Bölmasinmi? Böz yigit bilan böy qiz er-xotin bölsa, töy qilmasinmi? Yoyloqda uylar oldidan “Hö-ö el, töyga-a!” deb ot çoptirib ötadigan jarçi bölardi. Qişlarda tizza böyi çöğ qilinardi. Hamma şuni tegrasiga ötirib olardi.

– Bizdayam şunaqa-ku?

– Ov möl bölsa, barini terilarga örab, muzli ğorga olib borib qöyişardi. Qişda et ozaysa, öşa muzlagan göştdan opkelgani borardik. Baʼzilarini Kök Tangriga qoldirardik.

– Kök Tangri kim?

– Bilmaysanmi, tepada kök osmon, pastda qönğir yer yaratilganda, ikkisining örtasida odam bolalari paydo bölişgan… Dunyoni Tangri yasagan-ku? Otalarimiz jonliqlarni öşanga taşlab kelişardi. Tangri ularni olib ketardi.

– Qanaqa qilib?

– Kökdan çaqmoq tuşib kuydirib yuborardi.

– Çaqmoqlar köp bölarmidi?

– Juda köp bölardi. Yerga sançilganlarini özim körganman. Kelib urilgan joyida katta-katta sariq toşlar paydo bölib qolardi. Bir-biriga ursang, bölinib ketardi. Xotinlar öşa toşlardan taqinçoqlar yasab taqib yurişardi.

– Boşqa qabilalar-çi?

– Toğ ortida yana kimlardir bor, ular uzoq qarindoşlarimiz deyişardi. Gohida kimlardir öşa yoqqa ketişar, qiş ötgaç qaytib kelişardi. Toğ ortidagi mevalar ham, hayvonlari ham boşqaça, der edilar.

– Uzumlar bormidi?

– Ha, daraxtlarga çirmaşib ösadigan yovvoyi uzumlar boriydi. Olmayu anorlar ham bölardi. Bir kuçugim boriydi, anor yer edi.

– Yöğ-e?

– Ha, anor topsa, nimagadir ğajib-ğajib yeb olardi. Uni böri yorib taşladi. Ammo göştini yemadi. Böri kuçuk göştini yemas ekan.

– Qişda pöstakni töşak qilib solib ötirardik, qöy pufagini şişirib öynardik. Odamlar juda jips edi. Biror xotin bola körsayam, biror qariya ölsayam töplanib olişardi.

– E tavba, hayotning özgarmaganini kör… Yaxşiyam, tarix darsligida seni uçratib qolganim. Senday örtoqni yana qaydan topardim.

– Qaydam…

– Böpti, yaxşi qol. Men juda katta işning boşidaman. Nasib qilsa, eng qadimgi ajdodlarimizni ham topaman, seni yer tubidan olib ham çiqaman.

– Mayli, yaxşi bor.

Hukmi mutlaq

Ösimliklar va hayvonlar hayoti öz yölida davom etaveradi, ammo eng mukammal hisob­langan, insonning har bir hujayrasi içiga joylangan genetik hukmu iroda aqlni benihoya şoşirib, hayot deyilgan, xayolu tasavvur qamrab ololmas ulkan qudratdan xabar beradi.

Axir, Afrikada zanjilar, Amerikada va Avstraliyada qiziltanlilar, Kiçik Osiyoda past böyli qoraça kişilar, Uzoq Şarqda qiyiq közli sariqtan odamlar yaşaşini nazarda tutsak, men tuğilib ösgan maskanlarda dunyo insonlarining deyarli barça qiyofalari uçraşi şuurda ulkan savol hosil qilmaydimi? Turli-tumanliklar aqlni şoşirar, Tangri taoloning qudratidan hayiqişga, tadqiqot va izlanişlardan voz keçişga undardi. Biroq bilişga bölgan tiyiqsiz iştiyoqdan voz keçişning ham sira iloji yöq edi.

Yurtim qişloqlaridagi qiyiq yoki qöy közli, yumaloq yoki uzunçoq yuzli, qoramağiz yoki oq, yapasqi yoki qirraburun, tor yoki keng peşonali, keng yo tor ömrovli, mayda oq yoki katta sarğiş tişli, qalin qisqa yoki uzun ingiçka qoşli, qora yoki sarğiş soçli, kök yoki yaşil közli insonlarning barçasi birday özini şu xalqqa mansub deb bilişi… jonliq söyişlar, şam yoqişlar, alas qilişlar, çildirma döp-döplariyu ot dupuriga mos doston ohanglari, ertaklaru matallar… juda olis zamonlardan xabarlar olib kelardi. Ular qatida bepoyon yaylovlar ifori, şamol suronlari, jala şovuriyu ötlar isi borligi-çi? Özim istagan maʼlumotlarni tarixlardan topolmasdim, tarix ikki-uç ming yil nari-berisidagi voqealardan uzuq-yuluq hikoya qilar va jimib qolardi. Birorta solnoma undan avvaldagi ajdodlarimdan xabar berişga qodir emas edi.

Şu sababli ösimliklar genetikasi muammolaridan oğişgan holda, insoniyat tarixi yozib qöyilgan, odam geni deb atalmiş muhtaşam solnoma burmalariga intilişdan özimni tiyolmasdim. Biologiya fanidan olgan bilimlarim tarixni töldirganiga quvonardim. Köz öngimda hali-hanuz issiqda hansiragan dalalar, bahoriy ötloqlardagi bedayu kurmak islari, şom mahali qişloq uzra suzgan yupqa kök tutun qatlami, mol-qöy baʼraşlari, kuçuk vovillaşlari kabilar juda qadimdan beri davom etib kelayotgan manzaralarni hosil qilardi.

Közga körinmas zarralar bağridagi çalkaş raqam va timsollar qarşisida ekanman, qaysi qismi ne uçun javob berişini, qay biri soç, qoş, yuz, quloq, burun, ovoz, hid uçun masʼul ekanini tuşunolmay qiynalardim. “DNA”ning5 vujud tuzilişi va şakl paydo bölişiga oid qismlarini bölaklarga bölib, ajratib olgunça qança qiynaldim. Maqsadim – öşa qismdagi maʼlumotlar yer yuzining qaysi hududlariga yoyilganini izlab topiş edi.

Uzundan-uzoq halqalar zanjiri meni ajdodlar qoldirgan izlar sari yetaklab boraverdi.

Har bir avlod özi haqidagi maʼlumotlarni farzandiga joylab ketmoqda. Masalan, mening genlarimda ota-onamning, bobomning hamda uning bobosining tana tuzilişi, qay kasalliklarga çalingani, vujudi qay darajada quvvatli ekani-yu qaysi sulola ila çatişgani haqidagi maʼlumotlar saqlangan. Öşa çiziq böylab ilgarilab borar ekanman, kutilmagan manzaraga duç keldim! Tösatdan böyim birdaniga ösganday, dunyoning yarmini enlar qadar ulkanlaşganday böldim. Ruhim samolarga qadar yuksaldi. Bu mening xalqim tarixi borasidagi birinçi kaşfiyotim böldi.

Birinçi kaşfiyot

Dunyo böylab xalqlarning köçişlari va joylaşişlari haqidagi turli-tuman maʼlumotlarni örganar ekanman, Yunon orollari genotiplari orasida yuz-közi Sofiya xolam bilan quyib qöyganday öxşaş kişilar qiyofalarini uçratdim. Oltoy toğlari orasida yaşagan kişilar bobom bilan uyqaş, Tiyonşon etaklarida yaşagan yana bir qadimiy jangovar xalq esa Ubay akaga qarindoş bölib çiqdi!

Şular yoruğida qarasam, Sofiya xolamning, bobomning hamda özimning nasl yoşimizni hisoblab, natijaga aqlim işonmadi: men aniqlagan genlar sulola yoşining ellik ikki ming yil ekanini körsatib turardi!

Tafakkur yildirim tezligida moziyga şönğidi. Yaqin ötmişdagi bosqinlar, şörişu ğavğolar, imperiyalar, istilolar, “Devoni luğotit turk” zumda ortda qolib ketdi. Alp Er Tönga hayqirgan, olamga Iso payğambar kelgan zamonlarda mening xalqim ellik ming yoşda edi! Muso payğambar ikki dengiz suvi uçraşgan joyda Xizr bilan suhbat qurgan, Sulaymon payğambar şamolni böysundirib olam uzra kezgan mahallarda öz Tangritoği etaklarida ozod va hur hayot keçirgan, Er Tönga ölimidan şoyon ozorlanib, dunyoning eng qadimiy marsiyasini bitgan, donişmand Tunyuquq va Bilga hoqon ögitlariga quloq osgan, zurriyodlariga adolat va mardlik ögitlarini bera-bera ulğaytirayotgan dono el edi!

Men uzun böyli, yöğon suyakli, xiyol qiyiq közli qoraçadan kelgan inson genotipiga mansubman. Öz elimning kişilari genomlari sari safar qilar ekanman, ötkir zehnli, teran nigohli yana bir döstimning irsiyati heç kutilmaganda sakson ming yil nariga borib taqaldi. Ha, sakson ming yil avval bir sulolaning çaqnoq közli yigiti bilan boşqa bir sulolaning suluv qizi çatişganida, şu silsila paydo bölganini bildirdi.

Gen söqmoqlari aro kezar ekanman, hayrat va şodlikdan qiçqirar darajada edim. Ha, şonli Jaloliddin, Tömaris, Şiroq kabi biz bilgan tarix juda yaqin, qöl yetadigan masofada, Kayxisrav bosqini, Çin istilosi keçagina röy bergan… Xalq esa Alpomişdan ham, Afrosiyobdan ham uluğ, benihoya uzoq zamonlardan beri, böhronlaru xatarlar, ofatlaru halokatlar aro birday jips, bardam yaşab kelmoqda desam, asrlar ötgani sayin tobora navqironlaşib, yoşarib borayotganini aytmaysizmi? Köz körib, quloq eşitmagan xabarlar joylangan mangu zarralar insoniyat yer yuzi böylab tarqala boşlagan mahallardayoq sulolalarimning mağrur qad kötarganini, el tuzib, davlat qurib yaşaganini, bu tuproqlar esa insoniyat taraqqiyoti yölida buyuk şohbekat, oltin beşik bölib xizmat qilganini bildirardi!

“Tepamda Kök osmon yorlaqagani uçun, ostimda qönğir yer-suv tarbiyalagani uçun elimni, davlatimni vujudga keltirdim…”

“Qora xalqim, mahkam böl! Davlatingni, qonun-qoidalaringni qöldan berma. Yöqotma sen davlatingni, hoqoningni… Ajralma odatlaringdan, istaklaringdan, xalqingdan, şon-şuhratingdan. Yigitlik şarafing uçun, aka-ukalaring qudrati uçun…”6

Bu şunçalar uzun va maşaqqatli zafar yöli ediki, safar karvonlari, hayqirgan laşkarlar, olamda adolat va tenglik örnatişga ahd qilgan uluğ laşkarboşilar, allomalar, mutafakkirlar yulduzlarday çaraqlab turişar, tarix benihoya şon-şarafga burkangandi!

 “Ey, dunyo” deb hayqirsam arzimasmidi? Uluğlarning avlodi ölaroq, bunga haqqim yöqmidi!

Ikkinçi kaşfiyot

Yer yuzida odam bolasi bino bölganidan söng, jazirama ölkalardan Tiyonşon tomon buyuk köçişlar nihoyasiga yetgaç, kişilar bepoyon yaşil ötloqlar, sarin toğ öngirlari, qizil mevali naʼmataklar, tevarakni örab olgan turli-tuman yovvoyi hayvonlaru yölbarslarning qutqulari, börilarning hamlalari aro turli taraflarga yöl olganlar!

Köp yillar davom etgan bunday safarlar mobaynida qoru muzliklardan oşib ötişgan, ummonlar qarşisida çeksiz suvlarga termilişgan, quyoşi botmaydigan makonlarda olam sirlariga aqli yetmay, nega keç kirmayotganiga hayron bölib, Tangri taolo yoyib-tekislab, ulkan toğlarni qoziq kabi qoqib qöygan makonlardan ötişgan. Bir qavmning aka-ukalari şu tariqa dunyoga tarqalgan.

Inson genotiplarining olam uzra yoyiliş xaritasiga nazar taşlab, jahonning narigi çetidagi xalqlar bilan bu burçidagilar bir-biriga qon-qarindoşligini, tomirlaridan boğlanganini kördim.

Şunday ham bölaqolsin. U holda qişloğim-çi, xalqim-çi? Bu yoruğ olam aro elimning, ulusimning örni qayerda?

Şunda…

– tong sahardan dalaga çiqib, yuz-közlariga römol örab mehnat qilayotgan dalaçilar,

– poyonsiz yaylovlarda suruvini, uyurini, otarini, podasini yoyib yuborgan çöponlar,

– çöllarda, daştlarda, öngirlarda, toğ oralarida, yoyiq kengliklarda, suv böylarida, çöqqilar tagida, sahro qumlarida, bir-biriga öxşamaydigan turli iqlimlarda hayot keçirayotgan, bir tilda sözlaşadigan va özini şu elga mansub deb biladigan son-sanoqsiz odamlar,

– tol tagidagi belançaklarda uxlab yoki yiğlab yotgan bolalar,

– el uyidan olib kelgan masalliqlardan pişirilayotgan doşqozondagi köpning ovqati atrofida yiğilgan çopiqçilar,

– töylarda gurillagan gulxanlar, urf-odatlar, kuy-qöşiq ohanglari…

– marosimlarda guros-guros töplangan kişilar,

– azalarda bir-birini bağriga bosayotgan erkaklar, belini boylab yiğlayotgan ayollar,

– tomlarga turşak yoyayotgan qizaloqlar, kelilarda jöxori tuyayotgan juvonlar,

– bolalarim yesa, töyimli bölsin deya qöy yoği qöşib patir qorayotgan xotinlar,

– uylarida xalqqa piçoq, etik yasayotgan ustalar, duradgorlar, suvoqçilar, tom ustalari,

– kuyovga deya kaşta tikayotgan qizlar,

– nihollarni bir-biriga ulab yangi nav yaratgan boğbonlar,

– otlaru sigirlar, qöy-eçkilardan tortib to daraxtu ötlar tabiatini mukammal biladigan ming-minglab kişilar…

– töy gulxani atrofida aylanayotgan yoş kelin-kuyovlar,

– hali yuz-közidan ösmirlik nişonalari ketmagan, ammo bağriga çaqaloğini bosib dalasiga şoşilgan kelinçaklar…

– “bolamning bolasiga” deya bir bölak halvoqandni belboği qatiga joylab, nevarasi qoşiga borayotgan munkillagan bobolaru momolar…

…tumonat insonlarning taşvişli, quvonçli, ezgin, şodon, şukrli, sabru qanoatli qiyofalari – barça-barçasi sassiz işlab turgan analizatorlar va sekvenserlar aro avlodlaru sulolalarning şaraf tölqinlarini namoyon qilaverdi.

Bu topilma ruhiyatimni eng yuksak samolarga olib çiqib, yulduzlar bilan tenglaştirib qöydi. Hamda yuragimning tub-tubidan otilib çiqqan şon-şaraf hayqiriqlari tafakkur osmonlarini titratib yubordi:

Hoy, dalalarda, ekinzorlarda bolam-çaqam deya ter tökayotgan muborak ota!

Hoy, “Mening bolamdan olim çiqarmidi, yetti ajdodim mehnat içida ötdi, olma tagiga olmadan boşqa nimayam tuşardi?!” degan öksik zot!

Ey, ota izmidan çiqmasdan, tuşgan jo­­yimda unib-ösib, bola-çaqali, uvali-juvali bölay deb uzatilib ketayotgan qizaloq!

Hoy, qança bolalarni voyaga yetkazib, har biri bittadan non kötarib kelganiga şukr qilib ötirgan muştipar ona!

Ey, qoşu közi bobolarimga öxşaydigan, bor orzusi topganini töylarga sarflaşu elga oş tortiş bölgan döst! Hoy amakimning öğli, ukamning zurriyodi!

Uyğon! Uyğon! Uyğon, axir!

Qon köpirmoqda, har bir hujayra “Uyğon!” deya qiçqirmoqda edi.

Ajdodlar yodi şu qon içra jöşib oqmoqda, har hujayraga, har aʼzoga kirib, qiltomirlar böylab yoyilmoqda, har insonga “Uluğsan!” deb uqtirmoqda, ong aro qaçon bir çaqin yarqirab ketar ekan, deya ilhaq kutmoqda, “Uyğon! Uyğon! Uyğon!” deya, har yurak urişida bir tölqin bölib hayqirmoqda edi.

Ey el, ey ulus! Minglab qişloqlardagi ming­lab bolalardan bittasining ongida ilm çaqini yarq etdi. Kel, kör, u nimalarni paydo qildi?

Bittagina bolang, “Nonuştamda, közimning oldida tinçgina ötir”, demaganing uçun, ilm olişiga yöl oçib berganing uçun olam sirlari tubiga yetaqoldi!

U bola bor-yöği özining kimligini bilib qoldi, xolos. Şugina bilim uni qançalar jöştirdi, yuksaklarga kötardi. El-yurt xazinalari uzra şodon jilmaydi, osmonday qaddi-bastini körsatdi, butun dunyoga sarmast bölib nazar soldi…

Ey el, ey ulus! U bolang genetika degan fanning sas-sadolarinigina tinglay oldi. Sen haqingda kimyo ne deydi? Oliy matematika, astronomiya, fizika, tarix ne deydi? Dunyoning qançadan-qança ilmlari qarşingda ehtirom bilan taʼzim aylaşiga işonçim komil. Sababi – nihoyatda qadimiy, nihoyatda şarafli, uluğsan, ular esa sening şaʼnu şavkatingga xizmatkor edilar. Neçun tek qolding? Nega öz qobiğingga öralding?  Ö z   t a f a k k u r i n g d a n   ö z i n g   n ye   u ç u n   ç ö ç i y s a n ?

El-ulus orasidan göyo Ubay akaning ovozi keladi:

“Qiş kelganida uruğlar qobiğiga öranib oladi-da. Izğirinlarda, muzlamalarda şu tarz jon saqlaydi. Bahorda esa har yoqda har turli neʼmat gurkiraydi, egiz-egiz hosillar yetiladi. Uni dunyoda heç nima töxtatib qololmaydi.

Qani, bahor kelaversin-çi…”

Qişloq

– Nihoyatda qadimiysiz, tarixingiz ellik ming yildan ziyod, deydimi?

– Ha, şunaqa.

– Hamma qatori yuraversa bölmasmikin? Nima zaril boşni qotirib, töğrimi?

– Tavba, rosa qarib-qartayib ketgan ekanmizu bilmaganimizni qarang. Unda manavi öynab yurgan bolaning yoşi ellik mingu yetti yil ekan-da?

– Ha-ha-ha!

– He-he-he!

– Buni qayerdan bilaqolibdi?

– Gen degan bir narsa bölarmiş. Öşani içiga “kirsangiz”, ajdodlaringizga xos barça maʼlumotni öqiy olarkansiz.

– E tavba! U narsa… bizdayam bor ekanmi?

– Ha, tirik jon zotining barida bormiş.

– Xöp, nima qipti şunday bölsa? Bozorga borib, meni tarixim juda qadimiy desangiz, odamlar oğzi qolib, orqasi bilan kulmaydimi?

– Ha-ha-ha!

– He-he-he!

– Ana, şunaqa ham dedingiz. Birov bitta nonni tekinga berib qöyarmidi?

– E, non-non deysiz? Nondan boşqa dardingiz yöqmi?

– Yöq-da. Yo sizning dardingiz bormi? Bularning bari havoyi gaplar. Mingta şap-şapdan bitta şaftoli yaxşi, deyişgan maşoyixlar.

– Şoşmang, maşoyix nima?

– Bilmasam. Şunaqa deyişadi-ku…

– Hozirgina şaftolini gapirdingiz-a? Öşani yilda ikki marta hosil beradigan qilaqolsin, hammaga foydasi tegadi. Anorni sovuq urmaydigan qipti-ku? Mana, bizdan sörasin, mingta yangilikni aytib beramiz.

– Hay-hay, unday demang. Axir, şaftolini narxi tuşib ketadi-ku?

– E, aytmoqçi, buyoği ham bor-a…

– Birodar, oşni damladingizmi?

– Yöq hali, zirvagi yana biroz qaynasin.

– Yaxşi, unaqa gaplarni keyinroq gaplaşamiz. Aytmoqçi, Genetikni özi qani?

– Bugun kelmadi.

– Hay attang… Menga uning bir gapi taʼsir qildi.

– Qaysi gapi?

– Odamlarning ongi taraqqiyotdan orqada qolib ketyapti, dedi-ku? Buning maʼnosi nima?

– Gapiraveradi-da. Qanaqasiga taraqqiyotdan orqada qolar ekanmiz? Men, masalan, eng sönggi rusumli televizordan ikkitasini uyimga osib qöyganman, tomda sunʼiy yöldoş antennasi dunyoning bir yuzu önta mamlakatini körsatadi. Sovutkiç deysizmi, isitkiçmi, bari muhayyo. Nima, taraqqiyotdan orqada qolyapman deb endi “Boing” sotvolaymi?

– Ha-ha-ha!

– He-he-he!

– Şoşmang, “Boing” nima?

– Juda katta, zamonaviy samolyot.

– E qoyil-ye, şuniyam bilasizmi?

– Bölmasam-çi? Dunyodan boxabar böpturmasang, hayotdan orqada qolib ketasan-ku?

* * *

– Omon!

– Ha?

– Tur, molga suv ber!

– Allaqaçon suvini berganman, ona.

– Unda boşqa işga urin. Nimalar qilyapsan, özi?

– Kitob öqiyapman.

– Sen hayotning kitobini öqi! Öqib olim bölarmiding? Otang suvçi, bobong suvçi, olmani tagiga olma tuşadi-da!

– Unaqa emas. Otam ham, bobom ham vaqtida öqiy olişmagan.

El bepoyon, har burçida har turfa odam, lekin bu Omon deganlari doimo şunday tanbehlarni eşitadi.

Kişilari yaylovlarda mol-qöy boqib yuradigan qişloqlarda ham şu gap. Omon u yerlarda ham bor.

– Omon?

– Ha?

– Qöylarni yoyib kel.

– Yoyib keldim-ku?

– Unda qöyxonani tozala. Nima qilyapsan?

– Kitob öqiyapman.

– Sendan olim çiqarmidi? Otang çöpon, bobong çöpon…

– Axir, ota, yulduzlarga qiziqaman. Har yulduzni bitta quyoş deydilar. Har quyoş atrofida sayyoralar aylanarmiş. Balki öşa sayyoralarning birortasida hayot bordir?

– Eh bolam-a… Nima qilasan boşingni oğritib? Elga qara, körgan kuniga, yegan noniga şukr qilib yuribdi. Bir odamga nimayam kerak bölardi, qorni töysa, usti but bölsa bas-da. Har xil narsalarga miyangni suyultirgandan köra mehnat qil, rözğorga qaraş. Ukalaring ham katta bölib kelişyapti, hali oldinda qança taşviş bor…

– Balki öqişga kirib ketarman?

– Kirsang kiraver, ammo senga qaydan pul topib beraman? Şunça yil yedirdim-içirdim, yetar. Qolganiga özing aravangni tort.

Çaqin

(Genetikning törtinçi maktubi)

Olimlar yolğizlikka mahkum bölarmikinlar?

Fazo singari sovuq va bepoyon tafakkur qoronğiliklarida bir yoğdu, bir şuʼla izlab, taxminlar, farazlar, muvaffaqiyatsizliklar va umidlar aro kezar ekanlar, yuraklariga, qalblariga quvvat izlay-izlay topolmasdan, bilimlardan mutlaqo uzoq, yeb-içiş dardidagi kimsalarning bölar-bölmas nodon gaplaridan ozorlanib uzlatga çekinib ketişarmikin?

Yoki, bu bilimlar, bu sirlar odamni özi bilan özi qolişga, zulmatlar aro yolğiz daydişga undarmikin?

Nima bölganida ham, qarşimda odam aqlu xayolini hayron qoldiradigan haybatli sirlar oçilmoqda edi.

El-yurtni kezar ekanman, har yerda ilmga çanqoq, közlari çaqnagan, ammo keçagi qiyin va zahmatli turmuşning şuurlarda saqlanib qolgan quyqalari hanuz hayot taşvişlariga aylanib, onglariga bosim ötkazib turgan ösmirlarga duç kelardim.

Yoyilib-yastangan ölkaning qayeriga bormang, odob bilan salom beradigan, kattalar oldida hurmat saqlaşga odatlangan dastyorlar hoziru nozir, nigoh esa şu ingiçka gavdada nihon isteʼdod uçqunlarini ilğab olişga urinardi. Poyonsiz yaylovlarda kişilar bilan birga ötirib, qöy göşti qovurilganida, orasta ekinzorlar adoğidagi sörilarda ayron içilganida, bolalar qir bağrida ot çoptirişganida, tandirda non yopilganida, daşt kişilarining “qora uy” deb ataydigan ötovlaridan gödak yiğisi taralganida… har turli qiyofayu şamoyildagi kişilarning barini buyuk bir özak birlaştirib turgani, közga körinmas bir qudrat mana şu çehralardayu urf-odatlarda yaşayotgani ham sezilardi. Özimning ösmirligim bilan taqqoslaganimda esa, onglarda özgariş borligini, odamlarda turmuşga munosabat özgarayotganini payqaş qiyin emas edi. Kişilarda iştiyoq paydo bölgan, öspirinlarda, qizaloqlarda endi hayot degan girdobdan çiqişga uriniş, ilm olişga qiziqiş uyğongani sezilardi.

U uyğoniş, u qalqiniş bolalar ongidagina emas, şaharu qişloqlarda yaşayotgan, har turli yumuşlar bilan kun keçirayotgan yuzlab-ming­lab kişilarning ongida ham sodir bölişi, şiddatlanişi, ota-onalarda kelajakni köra oliş qobiliyatining uyğonişi kabi şaroitlarni taqozo etardi. “Körgan kuningga şukr qil, sabr-toqatli böl” degan azaliy matal endi öz xususiyatini özgartirmoqda, örnini “Hayotda öz örningni top, qobiliyatingni namoyon qil” degan boşqa bir qoida egallayotgani körinardi.

Genetika sirlarini örganib olgan odam qadriga olimlardan boşqa kim ham yetardi? Yangilikning joriy qilinişi nimalarga olib kelişini boşqa kim ham tuşuna olardi?

Sofiya xola qabri ustida

Jonim xolam, boringizda özingiz nur taratardingiz, dunyodan ötdingiz-u, nazarimda, endi ismingiz ham nur tarata boşladi.

Kiçkinaligimda “Seni juda yaxşi körardim, daladan qaytayotganimda uyimga boriş örniga, bir körib bağrimga bosib ketay deb qoşingga kelardim”, deganlaringiz şuurimda jaranglamoqda.

Mana, aytganingizday, ulğaydim. Olim ham böldim.

Esingizdami, menga rosa işonardingiz. Sendan boşqaça bir odam çiqadi, Xudodan doim şuni sörayman, der edingiz. Fan yölida maʼlum bir joyga yetib kelganimda, “Xolajon, öşa gaplaringiz röyobga çiqdi”, deb, çiroyli köylak, guldor römol olib ziyoratingizga boray desam… yöqsiz!

Esingizdami, bir tola soçingizni olib ketgan edim. Uni özim bilgan fan yordamida tahlil qilib körganimda, şodligu ökinçimdan yiğlab yubordim-ku?

Qoningizda dunyoda eng qadimiy deb hisob­langan genlar bor ekan-ku?

Uni genetika “Momo Havo geni” deb ataydi. Qaçonlardir, juda olis zamonlarda, yer yuziga jannatdan tuşgan ilk ayol – muqaddas Momo Havo merosi! Fan uning egalariga “Momo Havo qizlari” deb nom bergan. Sizning gen burmalaringizda öşa ajoyib va muqaddas halqalar yulduzday çaraqlab turganini, örala-örala, Somon yöli şaklini olganini kördim-ku?

Ey voh, qanday uluğ zotlar ekansizlar! Bolaligimda, qonimda ne borligini özim bilmay öynab-kulib ulğayar ekanman, u mehr, u taftlar doimo yodimda. Qadoq qöllaringiz issiğini yuzimda haligaça sezaman. Uzluksiz mehnatu zahmatlar içida juda oddiy, el-yurt orasida hayot keçiribsiz-u, bağringizdagi juda katta xazinani menga qoldirib ketibsiz!

Genetika aytadiki, bolaning barça isteʼdodi unga ota-onadan meros bölib ötadi. Bola onadan “X”, otadan esa “Y” xromosomani oladi. U nima? Otayu onaning butun borliği haqidagi xabarlardir. Farzand esa öz navbatida, uni özi haqidagi maʼlumotlar bilan töyintirib, bolasiga uzatadi… Xalq tilidagi “Jannat onalar oyoği ostidadir” yoki “Ota rozi – Xudo rozi” degan hikmatlarni ilm qanday şuʼlalantirganiga qarang! Köz öngimga maktab sinfxonasiga ilmoqli harflar bilan yozib qöyilgan bayt ham keldi. Oç moviy mato ustiga töq qirmizi harflar bilan “Boşni fido ayla ato qoşiğa, Jismni qil sadqa ano boşiğa”7 deb bitilgan bayt maʼnosining ildizlariga qarasangiz-çi! Sulolalar paydo bölganidan şu bugunga qadar öz bağrida zurriyodni dunyoga keltirgan yuzlab ota-onalarning qonida, homiladan homilaga, avloddan avlodga ötib kelayotgan asriy xabarlarni öqisangiz-çi?

Yodimga ösmirlik çoğlarimiz, sinfdoş qizlarimiz, ota-onamiz yoniga kirib qilgan mehnatu zahmatlarimiz ham keldi. Axir, qiz bola nozik böladi, uni avayla, oğir iş qildirma deyişmasmidi? Onam, xolam, ukalarim, singillarimning dalalardagi mehnatlarini eslaganimda esa qalbimda şunday nido ham töfon urdi: hoy el, hoy ulus, neça yillar özing yetti bukilib işlaganing yetmasdan, ayolingni, qizlaringni nega dalalarga yubording? Öt ğaramlarini boşida kötartirding? Gulday qomatini mayiştirib yer ağdartirding, ketmon urdirding? Bilaklarini qaqşatib ötin yordirding? Axir, bor şonu şavkating uning gul gavdasida nihon ekan-ku? Köça-köyda yot nigohlardan avaylagan holingda, özini nega avaylamading? Nima bölgan edi senga, közingning oqu qorasini neçun şu köyga solding?

Aqlim tölişib, şu singari köp narsalarni anglab yetganimda, afsuski, uluğlarimdan ayrildim. Ha, otam-onam, işonganlarim dunyodan ötişdi. Biroq, el barhayot, qudratli, hanuz bir jonu bir tan bölib, öz özagi atrofida mustahkam yaşab kelmoqda. Hozir yolğizman desam ham, tegramda akalarim, ukalarim, singillarim, opalarim, amakilarim, toğalarim – butun boşli xalq tölqinlanib turibdi. Aminmanki, ona naslimni tahlil qilganimda Momo Havoning muborak izlarini topganim kabi, padarimning naslini tadqiq qilsam, javharida Odam Ato genlarini körişimga işonçim komil.

Nega el haqida yonib-tölqinlanib söz aytişimning boisini sezyapsizmi? El nimaligini ota-onamni tuproqqa berganimda bildim. Aza tönini kiyib, uyimiz oldida turar ekanman, men taniganu tanimagan, bilganu bilmagan yuzlab kişilar, keksalar, örta yoşlilar, yigitçalar, ösmirlar kelib quçoq oçar, hamdardlik bildirib ketar edilar. Axir, öşanda xalq meni bağriga bosgan ekan-ku? Yupatgan ekan-ku?

Zimmamda meni ulğaytirgan, dalda bergan, har kunimda yonimda bölgan şu el oldida yana bitta uluğ vazifa qoldi. Öşani bajara olsam, quşday yengil bölib, hayotimdan rozi, umrimdan qoniqib yaşagan bölaman.

Qarang, axir:

“Yigit şoşilib qaytmoqda. U ezgu xabar olib kelmoqda. Bilib qöying, bu – yaxşi!..”8

Bir neça yil ötgaç…

Çoyxona.

– Hoy ulfatlar, aqlingizni şoşiradigan yangilik bor.

– Pul-mul yutib oldingizmi?

– E yöq… Oyoğim kuyib qoldi.

– Obbo, xudo saqlasin. Nima böldi, özi?

– Keça keçqurun dunyo xabarlarini körib ötiruvdim, deng.

– Xöş-xöş?

– Avval Gaitidagi töfonni, keyin dunyo böylab xalqlarning köçişini körsatdi.

– Iya, xalqlar hozir ham köçar ekanmi?

– Uruş bölayotgan joylarning odamlari bor-budini taşlab, boşqa yoqlarga köçib ketişyapti-ku? E tavba, deb körib yotaverdim.

– Unda kuymagan edingizmi?

– Yöq, keyin kuyib qoldim. Çunki xotin çoy opkeldi.

– Juda çözdingiz-da? Xotiningizning çoy opkelişi yangilikmi?

– Ha-ha-ha!

– He-he-he!

– Şunday qilib, yangiliklarni köryapman deng. Birdaniga özimizning Genetikni körsatib qolsa-çi?

– Yöğ-e? Dunyo xabarlarida-ya?

– Ha-da. Men öşa payt kuyib qoldim. Xotin angrayib, qaynoq çoyni oyoğimga tökib yubordi.

– Genetikni nimaga körsatadi?

– Darrov qizimni çaqirdim. Özim çet tilini tuşunmayman, qizim esa biladi. Xullas, Genetigimiz juda katta kaşfiyot yaratibdi. Dunyo genetika mukofoti unga berilibdi.

– Uni qara-ya! Nima kaşfiyot emiş?

– Keyin özi gapirdi. Men falon qişloqda tuğilib-ösganman, dedi. Agar öşa yerda dunyoga kelmaganimda, bu kaşfiyotlarimni qilolmagan bölardim, dedi. Özimizning dalalarni, ekinzorlarni, odamlarni aytdi. Xalqimning benihoya ulkan bir madaniyati bor, men öşa madaniyatni qalbimga singdira-singdira odam böldim, uning bor-yöği bir qirrasi meni olim qildi, dedi.

– E tavba! Şularni barini çet tilida gapirdimi?

– Ha, xuddi öz tilimizda gapirganday ravon, burro. Bir marta tutilsayam mayliydi. “Tavba, tanimasangiz ajnabiy deb öylaysiz”, dedi qizim. Ğöza, uzum, anor, buğdoyning yangi navlarini yaratibdi. Lekin mening asosiy kaşfiyotim bu emas, deydi. Asosiy kaşfiyotim elimning, xalqimning ildizlarini topganimda, qançalar ajoyib, qadimiy va qudratli ekanini isbotlaganimda, deydi.

– Qanaqa qilib isbotlabdi?

– Özimizning odamlarning qonini tahlil qilsa, kimningdir sulolasi ellik ming, kimnikidir yetmiş ming yilga teng bölib çiqibdi. Öşa joydan turib butun dunyoga “Mening yurtim insoniyatning oltin beşigi, dunyo taraqqiyotining şohbekati”, deb gapirdi!

– Demak, höv bir safar aytgan gapi rost ekan-da? Lekin unça tuşunmadim. Xalq qadimiy bölsa, qariyalarga öxşab keksayib, munkillab qolmasmikin?

– Yöq, unday emasmiş. Qançalar qadimiy bölsa, şunçalar quvvatli, muhtaşam böladi, deydi.

– Tavba… Mukofoti qança emiş?

– Bilmadimu, lekin bunaqa narsalarga juda katta pul berişsa kerak. Hali kelsa körasiz, undan boy odam qolmaydi bu atrofda.

– Darrov maşina olsa kerak. Keyin danğillama imorat ham quradi, albatta.

– Ha, kuçayib ketar ekan-da?

– Aslida ilm ham mol. Kimdir ilm sotadi, kimdir sovun…

– Ha-ha-ha!

– He-he-he!

– Xabarçi aytdiki, bunday kaşfiyotlarning ahamiyati juda katta. Çunki kaşfiyot qaysi davlatga taalluqli bölsa, sotib olganlar öşanga pul tölaşarmiş.

– E, zör ekan-ku!

– Özi, şu bolada bir nima boriydi. Höv bir gal aytgan gaplari yodingizdami?

– Ha, hamma gapi ğij-ğij aql… Bilsangiz, men ham ançadan beri bolalarni bir amallab öqitiş kerak deb öylab yuribman. Köryapsiz-ku, zamon özgarib ketdi. Bundan keyin, öqimagan odam non topolmaydi, şekilli.

– Töğri. Lekin yana bir gapniyam aytib qöyay: hamma olim böpketaversa, podani kim boqadi?

– Mana, biz-da.

– Ha-ha-ha!

– He-he-he!..

Uçinçi kaşfiyot

Inson soçi, tirnoği yoki qonini tekşirganingizda, avvalo hujayra içiga kirib borasiz.

U endi menda, bir mahallar öquvçi ekanimdagi kabi kulgili taassurotlar hosil qilmaydi. Balki muhtaşamlikdan, mangu qonuniyatlar hukm surayotgan oliy saltanatdan darak berib, nihoyatda gözal va mukammal bölib körinadi.

Yadro içiga kirib borsangiz, xromosomaga duç kelasiz. Uning bağridagi DNA deb ataladigan molekula içiga milliard-milliard maʼlumotlar joylangan.

Bu ajoyib sanʼatga odam aqli şoşmasdan iloji yöq. Homila paydo bölişidan to umrining oxiriga qadar butun vujud işini mukammal nazoratda tutib turadigan unsur mana şu!

Odamlarning gen xaritasini oxirigaça tuziş hali heç kimga nasib qilmadi. Har inson hujayrasidagi milliardlab timsollarni kim ham öqib çiqa olardi? Işonçim komilki, u hududda yana ulkan sirlar yaşirinib yotibdi. Xromosoma tarkibidagi ipsimon burmalarning instinkt va qobiliyatlarga masʼul qismlari, hayot va mamotga aloqador bölaklari hali oxirigaça örganib çiqilmagan.

Sirlariga boqar ekansiz, şunçalik tengsiz sanʼat hisoblangan tiriklik şami sönganida, yaʼni abadiyat olamlarining aziz mehmoni bölmiş jon öz makonlariga jönaganida, vujud parçalana-parçalana jonsiz moddalarga aylanib, toş-tuproqqa behuda qöşilib ketaverarmikin, deb ham öylaysiz, albatta.

Mening eng katta kaşfiyotim ösimlik navlari genlarining özgarişida yoki xalq tarixini örganişimda emas, insonni inson aylagan uluğ bir hikmat negizida bunyodga keldi.

Genlar özidan avvalgi nasllar haqida maʼlumot taşişini hozir hamma biladi. Bir odamning genini örganar ekansiz, ota-onasidan tortib qaçonlardir olamda yaşab ötgan ajdodlari kim bölgani, neça yil umr körgani, qay qiyofaga ega ekanidan to qanaqa kasalliklar bilan oğriganigaça ayon qiladigan xabarlar avloddan-avlodga şu sirli burmalar qatida ötib kelişi barçaga ayon.

Öşa tarix yaşiringan halqalar qarşisida köp tunlarimni ötkazdim. Instinktlar, immun tizimi jarayonlari, ajdodlar hayoti sirlarini öziga jo aylagan turli-tuman tuşunarsiz timsollar içida nomaʼlumlari ham bor edi. Baʼzi joylarida bir xildagi maʼlumotlarning qayta-qayta takrorlanganini kördim. Har avlod almaşganida ularga yana boşqa turdagilari qöşilib qolganiga, gen halqasi yanada uzayganiga şohid böldim.

Fan tilida “Oltmiş tört genli kalit” deb nomlanadigan u halqaning sir-sinoati nimada? Nega har avlodda takrorlanmoqda? Nega özgarmas ravişda nasldan-naslga ötib kelayotir? Uning juda mustahkam himoyalanganining sababi ne?

Dunyo olimlari bu haqda boş qotirişgan, har kim uning bir qismini “öqişga” uringan, taxmin va farazlar köp. Kimlardir inson feʼl-atvori, kelajakka intiliş qobiliyati, uzoq umr körişining siri mana şu kalitda deb taxmin qilgan.

Benihoya haybatli va közga körinmas “quvvayi tabiiya” jonli narsalarda rangu tus, taʼmu lazzat paydo qilişini bosqiçma-bosqiç kuzatar ekansiz, beixtiyor toş gulga, temir oltinga aylanayotganiga ham guvoh bölasiz.

Bir kuni nihoyatda çarçadim, derazani oçdim. Şamol turib, hazrati Beruniyning “Osorul boqiya”si varaqlarini oçib öynay boşladi. Beixtiyor kitobga köz taşladim. Ne köz bilan körayki, qaçonlardir ustozim taʼlim bergan öşa sahifa oçilib qolibdi.

U musaffo davrlarimning xotirasi ongimda uyğonib ketdi. Qanday bola edig-a? Qanday ajoyib davrlar edi-ya?

Hazrat Beruniy yozar edi:

“Şak yöqki, “quvvayi tabiiya” ilhomlantirilgan va vakil qilingan vazifasi bilan biror moddaga duç kelganida uni bekor qoldirmaydi. Agar modda keragidan ortiq bölsa, u quvvat öz işini ikki marta orttiradi. Ikki hissa orttiriş baʼzan bir neça marta ham takrorlanadi.

Goho “quvvayi tabiiya” töliq ikki hissa qiliş işini tamomlay olmaydi-da, aʼzolarni turgan joylariga loyiq orttirib qöyadi. Çunki odatdagiga va yaroqlilarga qaraganda ortiqça bölsa ham, öziga tegişli örinlarda turadi…”

Bu yerda ham gap hayot haqida ketmayaptimi?

Ha, mutafakkir bobomiz sirli olamlardan kelib-ketadigan, borliqni jöşişga, yaratişga, şavq ila yuksaklarga böy çözişga, hosil berişga undaydigan “jon” deyilgan unsurni “quvvayi tabiiya” deb atamoqda. Ularni “jonli yaratiqlar” deb atamoqda, paydo böliş sabablarini izohlamoqda.

Şunda ongimda bir çaqin yarqirab ketdi.

Közlarimga işonmasdan, qayta-qayta öqir, ming yil olisdan u zotning ovozi kelayotganday, nasllar va irsiyatlar sirlari haqida donişmandona sözlayotganday edi.

“U hodisalardan baʼzilari turli zamonlarda davr bilan tartibsiz yuzaga çiqmay, tasodifiy yuz beradi. Tasodifan yuz bergan hodisa vaqti ötgaç, uning faqat  xabari  qoladi, xolos. Bunday xabarlar rostligiga şartlar mavjud bölsa va ularning ötgan zamonda yuz berişi mumkin narsa bölsa, garçi uning qanday vujudga kelişi xayolga keltirilmagan va sababi bilinmagan bölsa ham, bunday xabarni qabul etmay çora yöq…”

Axir, men ham inson vujudidagi xabarlar ustida boş qotirmoqdaman-ku?

“…Garçi uning qanday vujudga kelişi xayolga keltirilmagan va sababi bilinmagan bölsa ham, bunday xabarni qabul etmay çora yöq…”

Ha, bağriga ota haqidagi maʼlumotlarni jo aylagan yuz millionlab hujayradan bittasigina ona hujayra bilan birlaşa oladi. Şunça hujayradan bittasigagina, eng soğlom, eng maqbuligagina ruxsat tegadi. Yuz milliondan qay biri jo aylanişini Beruniy tasodif deb atamoqda. Avlod mana şu tarzda paydo böladi.

Şoşma! Avlod dedimmi?

Ey Parvardigor!

Axir, ota-ona özi haqidagi butkul maʼlumotni – umri, hayoti, körgan kunlari, çekkan dardu ozorlari… hamma-hammasini yangi paydo bölayotgan naslga şu tarz ötkazib bermayaptimi?

Bir-birini benihoya eʼzozlagan, sevgan, qançadan-qança kunlarni birga ötkazgan, suygan, ardoqlagan ota-ona hali ignaning uçiça ham kelmaydigan homilaga, nikoh deyilgan qudratli hukmi ilohiy ila abadiyan birlaşgan bir zarraga özlarini şu tarz, butkul jo aylaşmayaptimi?

“Jonim bolam! Bizlar hayotda toş kelsa kemirib, suv kelsa simirib yaşadik. Orttirgan bor isteʼdodimiz, qobiliyatlarimizni senga meros qilib bermoqdamiz. Bizlar hali yoşmiz, ammo hayotning özgarmas qonuniyati şuki, vaqt-soati kelganida albatta sendan oldin ketamiz. Ketar ekanmiz, umr yöllarida qoqilib-suqilmagin, oldingda biror muammo köndalang bölsa dovdiramagin deya, topgan-tutganimizni javharingga jo aylab ketmoqdamiz”, demayaptimi?

Men tuşunolmay turgan timsollar közimning öngida qiymatli xazinalarga aylana boşladi. Ha, öşa nomaʼlum halqalarning barçasi hayot mobaynida orttirilgan qobiliyat va isteʼdod “kalit”laridan iborat, közimning öngida sulola-sulola tölqinlangan avlodlar biridan-biriga tobora boyib-ortib boruvçi meros qoldirişayotganini körib turardim. Ularning baʼzilari “ozorlangan” genlar edi. Yaʼni hayot qiyinçiliklarida ezilgan, qiynalgan ajdodlar öşa kalitlar bağrida öz zahmatlarini ham qoldirib ketişgan edi!

Bu şunçalar ulkan xazina ediki, ongimda qaçonlardir sodir bölgan barça savollarga birdaniga javob berardi. Nega el orasidan isteʼdodlar hamişa çiqavermaydi? Nega barça bir xilda sabru şukr içida yaşaşni maʼqul köradi? Nega kelajakka intilmaydi, nega qatʼiyat va sabot bilan yuksaklarni közlamaydi? Sulolalar almaşgan davrlaru yuzlab yillarning tarixi ham köz öngimda şundoqqina namoyon bölib turardi.

El qançalar qadimiy bölsa, isteʼdod va qobiliyat kalitlari soni ham şunçalar köp edi!

Bu, demak, elning har bir bolasi yuzlab ajdodlarining öşanday merosini bağrida saqlab kelayotganini, singan va nuqsonli genlar maʼlum avlodlarning maşaqqatlar girdobida yaşaganini körsatsa-da, agar maʼlum şaroit yuzaga kelsa, u kalitlar har bir avlodda, har bolada birday “işlab” ketişini va el aro benihoya ulkan qalqiniş, ong töfoni röy berişini körsatib turardi.

Men – taniganlar “Genetik” deb nom bergan, dalalarida mehnat qila-qila, daraxtlaru maysalarning, hayvonlaru quşlarning xususiyatlarini bila-bila ulğayib, nihoyat, ota-bobolaridan meros qolgan isteʼdodi bilim deb atalgan çaqmoq tufayli oçilib ketgan bitta farzand – şu muhtaşamlik va uluğlik qarşisida lolu hayron, insonlarning öziga işonçini benihoya orttirib yuboradigan, barçani jipslaştiradigan şu bilim qarşisida yuragim açişa-açişa turardim. Axir, ne körgiliklarni körmadi bu el! Ne şörişlar orasidan ötib keldi bu el! Mehru muhabbatim benihoya ortib ketgan, urf-­odatlar, marosimlar, aytimu qöşiqlar… barçasi ongimda birvarakayiga aylanar, ajdodlar esa u xabarlar qatidan jim boqib turişardi. Qişloq hayotida körgan-keçirganlarim, muşohadalarga undagan har bir voqelik, hayot tarzimizu urf-odatlarimiz, odob-axloqqa çorlovçi hikoyalaru quloqqa çalingan maʼnoli ögitlar, eşitgan dakkilarimiz, turmuş taşvişlari, zahmatliyu bayramli kunlar meni ilmlar sirini örganişga undagan, fan tilida aytsam, “genlarimni işlaşga çorlagan” uluğ va donişmand Ustozga aylandi! Şubhasiz, şunday muhitda ösib-ulğaygan har bir bolada buyuk imkoniyatlar bor edi! “Katta odam” bölib “katta işlar”ga qöl uriş uçun esa sabr-toqat, hurmat, işonç, orzu-havas, intiliş, mehnat, ortga bir nazar taşlay oliş kabi xislatlar bilan yaşaş va ularni hayot davomida uyğotib boriş kerak ekan!

Qalbim istagan uluğ bilimga mana endi yetib kelgan edim! Endi faqat, bu kaşfiyotlarni şunça yillar özining kimligidan bexabar yaşab kelgan, hayoti yot ğoya egalari tomonidan atay oddiylaştirib-jönlaştirilgan, körgan kuniga qanoat qilib, “Bizlar jön odamlarmiz, unaqa işlarga aqlimiz yetmaydi”, deya, topgan nonini bola-çaqasi bilan tinçgina yeb ötirişni saodat sanagan şu kişilarga yetkazişgina qolgan edi, xolos.

Mening saodatim ham şunda edi!

Eng oddiy urf-odatlarining bari birday jilolanar, mangu hikmatlardan sözlardi. Esingizdami, ayollar sulolaning or-nomusi sanalişi haqidagi gap-sözlar? Uni ilm butunlay özga yoğdu ila nurlantirganiga qarang! Ajdodlar merosi, aqlu zakovat kalitlari bolaga asosan onadan ötişini, baʼzan esa har ikki tomonning eng yaxşi xususiyatlarini özida jamlaşini bilsangiz, faxru ğururga tölmasmidingiz? Uzoq safarga ketgan kişilar qaytib kelişsa, yurt tuproğini közga surişadi. Axir, har qiz, har ayol qiymatli xazina, öz bağridan anvoyi neʼmatlar yetiştirgan vatan tuproğiday aziz ekan-ku? Şu sababdan ham el öz qizlarini, ayollarini, onalarini eʼzozlab, şaʼnu şavkati uçun köksini qalqon, jonini qurbon qilar, köz qoraçiğiday avaylar ekan-da?

Ana endi iç-içimdan kelgan xitobni köring!

“Yetar endi! Bas endi! Qoningizda buyuklik mavj urmoqda. Bir çaqnasa, dunyoni titratar çaqmoqlar tek turibdi. Özingizga işonmadi­ngiz, mendan olim çiqarmidi, dedingiz. Otam çöpon, bobom çöpon, ota-bobodan qolgan hayotni yaşayveray, men körmaganni bolalarim körar, dedingiz. Yetar, bas, axir! Bolalaringizga işoning! Sizdagi bu tutumlar ham nasldan-naslga ötmoqda. Yuzlab asrlar aro mavjlanib oqayotgan qon hayqiriğiga quloq tutmaysizmi? Dunyoning eng nodir, eng noyob neʼmati behuda oqaversinmi? Isteʼdod bilimdan quvvat olişini bilasiz-ku? Bilim degan tuproq qançalar böliq bölsa, unda ösgan daraxt mevasi şunçalar möl va yetuk bölişini aqlingiz aytib turibdi-ku? Qarang, axir, hayotingiz yaxşilandi. Keça jöxori unidan zoğora yer edingiz, bugun buğdoy deganingizning önlab turi sizga muntazir. Keça bolalaringiz iligi puç, zaif edi, bugun gurkirab ösgan. Qop-qora közlariga bir qarang: işonuvçanlik bilan, har gapingizni hikmat deb röy-rost boqmoqda. Ongi esa özi istayotgan narsaga juda muştoq. Bering axir, u şuurga özi istayotgan zilolni – ilmni!

Katta megapolislarning odamlari beton orasida bitta çeçakniyam östira olmaydi. Bor-yöği bir rayhon östiriş uçun biolog çaqirişga majbur, çunki tabiatdan bexabar. Şuningdek, ularning bir-birlariga ehtiyoji ham yöq, neki istasa şundoqqina köz öngida muhayyo. Siz esa benihoya jipssiz, ruhan bir-biringizga juda yaqin, har kun, har marosimda yelkadoşsiz. Özingizga ham, bolalaringiz şuuriga ham insoniylik ilmi, tabiat ilmi gödaklikdanoq quyilib bölgan: toğu toşda maʼdanlar qay tarz paydo bölişidan tortib nabotot feʼl-atvorigaça – tevarakning bor sir-asrorini bilib olgansiz. Farosatli kişilar nihoyatda böliq bu tuproqqa albatta aql uruğini qadaşmaydimi?

Hoy, yurt bolalari, har biringiz bağrida bir gavharni jo aylagan xazinasiz. Yöq-yöq, gavharning özisiz! Benihoya qiymatlisiz, betak­rorsiz, nodiru noyobsiz. Qirralaringizga el-ulus jilo bergan, yarqirab-tovlanmoqdasiz. Tevaragingizda kun keçiriş degan ğalati jarayon şayton qiyofasida, sizni çalğitiş uçun böy körsatib turibdi. Yuzlab ajdodlaringiz meros qoldirgan isteʼdod zarralari esa saodat lahzasini kutib qoningizda, tomirlaringizda jim kezmoqda. Bir qalqinsangiz, kelajak sari uçar yulduzday otilar quvvatingiz bor, qalqining axir!

Kimga, nima deb hayqiray? Hayot degan ulkan daryo tölqinlanib oqmoqda. Siz ham mavjlari aro oqib ketaverasizmi? U daryoni boşqariş, barakotli tuproqlarga buriş, misli körilmagan hosillar oliş vaqti kelmadimi?

Qarang, bolalaringizni qanday ajoyib qilib östirdingiz. Şunçalarki, sizdan oldin taomga qöl uzatmaydigan, kirib kelsangiz darrov örnidan turib salom beradigan, mabodo uy içida ötirgan bölsangiz, hurmatingiz yuzasidan tomga çiqişga tortinadigan zurryod tarbiyaladingiz. El haqi, qöni-qöşni haqi degan qonuniyatlarni ongiga singdirdingiz. Yuragida imonini, işonçini quvvatlantirdingiz. Nihoyatda böliq bir zamin tayyorladingiz. Hayot, yaʼni “quvvayi tabiiya” esa, rosa kuçga töldi. Endi unga neki ekilsa, gurkirab egiz-egiz hosillar beradi. Olmaysizmi, axir, hosilingizni?

XXI-asr. Kartaxena. Kolumbiya.

(Butunjahon Genetika anjumanida sözlangan nutq)

Hurmatli döstlar, aziz ilm kişilari!

Öylaymanki, mazkur mukofot bilan men emas, balki mehnatlarim taqdirlanayotir. Hayot davomidagi ilm maşaqqatlari, inson ruhining zahmatlari, şon-şuhrat va sarvat ilinjida emas, balki bir insonning avvallari körilmagan yangi kaşfiyot yaratiş yölidagi urinişlariga eʼtibor qaratilayotir.

Bugina emas, umr deb atalgan tiriklik hayoti aro öz borliqlarini bizlarga meros qilib qoldirib ketgan ajdodlarimiz – zarralari qonimizda hayot manbaiga aylangan, bağrimizda yaşayotgan uluğlarimiz, ota-bobolarimiz ham eʼtirof etilmoqdalar.

Bugungi dunyoning fojiasi – kişilar öz ruhining ilmga va tuyğularga çanqoqligini, faqat şundangina orom olişini unutib qö­­yişganida, öz-öziga işonmaslik hissiyotlari paydo qilgan bilimsizlik tanazzuli aro turmuş degan çambarga öralib qolişganida deb bilaman. Vaholanki, Tangri taolo har kimning fitratiga bir isteʼdod gavharini joylagan. Umr maşaqqatlari aro öz ruhiyati jilvalarini söndirgan, misli körilmagan yangiliklar yaratişga qodir zako quvvatini faqatgina kun keçiriş degan jön ehtiyojga sarflab yuborgan yuzlab-minglab kişilar özlarining qanday nodir zot ekanliklaridan bexabar hayot keçirişmoqda, turmuş tegirmonida muttasil aylanişmoqda.

Şu sababli insoniyatning butun kuç-quvvati isteʼdod yulduzlarining çaqnaşiga yönaltirilişi şart deb öylayman. Qarang va tafakkur qiling. Olamda behikmat yaratilgan birorta ösimlik, daraxt yoki jonzot yöq. Bular öz hayotidan taşqari, boşqalar foydalanişi uçun hosil ham beradi. Koinotda yagona bölgan Inson oddiy yaralarmidi?

Şuningdek, diqqatingizni muhtaram olimlarimizdan birining zakosiga mansub, jonsiz narsalarning ham xotirasi mavjudligi haqidagi kaşfiyotga qaratmoqçiman. Tasmalarga yoki maʼdan bağirlariga yozilgan tovuş, ovoz va tasvirlarni barçamiz yaxşi bilamiz. Şuning­dek, oddiy unsur hisoblanmiş suv özi şohid bölgan narsalarni xotirasiga yod aylaşidan, yaʼni ummon suvlari öz bağrida röy bergan voqealar, yomğirlar özlari bino bölgan joydagi hodisalar xabarlarini olib, dunyo böylab kezişidan yoki muzga aylanib, bağrida tarixlarni saqlaşidan xabardormiz. Jonsiz hisoblangan unsurlarniki xotirasi bor, tirik hisoblangan nabototning yoki jon egalarining xotirasi bölmasmidi? Koinot gultoji sanalmiş inson vujudining tamal hujayralariga joylangan xotira esa benihoya uluğ, muqaddas va buzilmas, Odam bolalari hayotini bağriga olib, har tomirda oqmoqda.

Sulolalar, nasllar öz borliqlarini mana şunday tarzda abadiyatga muhrlamoqdalar.

Bizlar benihoya muhtaşam olamda şu tarz hayot keçirmoqdamiz. Butun borliq – Tangri taolo inson oldiga yozib qöygan saxovatli dargoh, tabiat – mukammal dasturxon esa, şularning barçasi inson hayoti qançalar ulkan qiymat kasb etişini bildirib sodir bölmoqda.

Hayot saodati esa mehru şafqatda, Yaratgan Tangri qudratini doimo his qilib, mohiyatan juda qisqa hisoblangan şu umr aro mehru muhabbat, olijanoblik, pokiza niyatlar ila hayot keçirişdadir.

Şuni ham aytmoqçimanki, bizlar otalari yonida çopqillab borayotgan bolakaylarning mitti barmoqlari padar qölidan sira ayrilmasligi uçun ham isteʼdodlarimizni röyobga çiqarişimiz şart.

Yuzlariga baloğat husnbuzarlari toshib, bir-biriga köngil qöyayotgan yoşlar doimo baxt­­li bölişsin, bizlar ularning saodati uçun ham birlaşişimiz kerak.

Hayotda köpni körgan keksalar olamdan ketar çoğlarida ortda qolganlardan rozi bölib, jilmayib vidolaşsinlarki, tez orada barçamiz jamuljam, saodat onlarida yana yuz körişgaymiz, deya. Qismatlar özgarsin, ölim degan qazoyi qadar armon va afsuslarni emas, jannat oromlari va şodliklarini olib kelsin!

Qismatlarning özgarişiga misollar juda köp. Bizlar tegramizdagi voqealarga har doim ham töğri baho beravermaymiz. Masalan, odamlar selni falokat deb öylaşadi, vaholanki, u şirali tuproqlarni dalalarga olib kelib yoyadi. Daraxtlarni sindirib ötadigan şamollar aslida havolarni yangilaydi, baraka uruğlarini uçirib keladi, dov-daraxtni çanglaydi. Hamma yoqni enlab, yöllarni tösib yoqqan qorlar tuproqqa öğit, dasturxonga rizq-röz böladi. Kuçli çaqinlar çaqib, momaqaldiroq gumburlagan onlarda esa yer betida öz-özidan oltin yombilar paydo böladi.

Ixtiyorimizdagi şu bemisl qudrat ila jahannamiy yaratiqlarni paydo qiliş ham, insonga ajal keltiruvçi kasalliklarni batamom yöqotiş ham mumkin. Bu xuddi yadro texnologiyasiga öxşaydi: undan şaharlarning kulini köklarga sovuradigan qurollar ham, kişi tana aʼzolarini zarra-zarra köra oladigan uskunalar ham işlab çiqarsa böladi. Bunday möjizalar Yaratgan Egamning şafqati va marhamati bois ato etilgan, albatta. Genetika ham ana şunday qudratli bir ilmdir. Misol uçun, siz ölimçil hisoblangan saraton kasalligi qanday kelib çiqişini yaxşi bilasiz. Saraton – tanamizdagi atigi bitta hujayra umum işni, yaʼni vujud barkamolligi uçun bajarayotgan vazifasini qöyib, öz holiça yaşay boşlaganidan kelib çiqadi. Immun tizimi uni öz hujayrasi deb taniydi. Bizlar gen tizimlarini öşa halokatli hujayrani tanib oladigan qilib özgartirsak, dunyoda birorta kişi bu kasallik bilan oğrimaydi. Bu misolda juda katta ibrat bor. Insoniyat – ezgu maqsad uçun jipslaşgan yaxlit vujud, ellaru uluslar uning hujayralaridir. Yaʼni, kimdir umum maqsaddan çalğib, öz manfaati uçungina yaşay boşlasa, insoniyat deb atalgan uluğ organizmda ham ölimçil xastalik­lar röy beradi. Aqlu tafakkur quvvatlarimizni ezgu manzillar sari yönaltirsak, insonni butkul saodatga eltuvçi yöllarni ham topa olamiz.

Lekin genetika şunça masalalarni hal qilgani holda, qançalar yuksakka kötarilsa-da, baribiram xizmatkordir. Siz texnologiyaning sönggi yutuqlari asosida yaratilgan zamonaviy uçoqlarni yoki fazoviy tadqiqot uskunalarini yaxşi bilasiz, ular naqadar murakkab bölmasin, oddiy kişilarga xizmat qiladi.

Bizlar mana şuni çuqur anglab olişimiz zarur. Inson muhtaşamdir. Hatto sönggi onini yaşayotgan paytida, ajalning qirmizi şafaqlari oxirgi bor yalliğlanganida ham uning bir nafasi bor. U – “Meni keçir”, “Seni yaxşi köraman” yoki “Mendan rozi bölingiz” degan ajoyib sözlarni ayta oliş uçun qoldirilgan nafasdir. Ha, odamzot qalbi ölmas, ruhi hamdardlik va şafqat tuyğulariga töla ekani bilan qutluğdir. Bizning barça urinişlarimiz mana şu yölga – uni uluğlaşga, şaraflaşga va eʼzozlaşga yönaltirilişi şart.

Goho qiyin, goho oson tuyuladigan şu ajoyib hayot aro umr keçirar ekanmiz, zurryodlarimizning istiqbol yöllarini oçib berişimiz ham şart. Toki ularning aqlu zakovati ezuvçi mehnatga emas, yaratuvçilikka, bunyodkorlikka yönalsin. Hayotda özini namoyon etsin, el işiga yarasin, inson deb atalmiş oliy xilqat saodatiga xizmat qilsin, umr osmonida quyoş bölib çaraqlasin.  Öziga, özligiga işonsin, toki vaqti soati yetib, bizlar yonida bölmagan payt­larida ham yaxşini yomondan öz tafakkuri va bilimi bilan ajrata olsin, tabarruk ajdodlar “qon”ini munosib davom ettirsin. Bular – dunyoga kelib-­ketayotgan, kelajakka, istiqbolga, yuksaklarga köz tikkan milliardlab insonlardan biri ölaroq, öz eli bağrida yetişib çiqqan bir bolaning, özbek Genetigining samimiy ötinçi, yoruğ umididir!

Menimça, bizning boşqa yölimiz yöq!

Eʼtiboringiz uçun rahmat.

Xotima

Daryo haybat solib oqardi.

Sohilida turli toşlar qalaşib yotardi. Orasida toğ çöqqilarining jigarrangu qoramtir, oqar daryolarning suvi silliqlagan oqu tarğil, daştu dalalar bağrida paydo bölgan çötiru qönğir toşlar saçroq suv tomçilaridan höllanib, yiltirab turardi.

Daryo böylab kelayotgan bir yigitça ular orasidan oltin yombi topib oldi.

Qiziqib, sinçiklab razm soldi. Yombi nimaligini u bilardi. Bunday qiymatli narsalar momaqaldiroq gumburlab, qattiq çaqmoqlar yerga kelib urilganida paydo bölişidan, şamollar qay tarzda jala bulutlarini surib kelişidanu neʼmat yomğirlari qay qonuniyatlar asosida yoğilişidan, böliq tuproqlar ustida möl rizqlar qay tarz yetilişidan xabardor edi.

Şuningdek, daryolar qayerdan boşlanişini, çaqmoqlar qanday bunyodga kelişini, hamma yoqni buzib-ayqirib jöşgan sellar qay sabab­larga köra falokatdan barakaga aylanib qolişini, şu qimmatbaho toş özi paydo bölgan mahalda röy bergan voqea-hodisalarni xotirasida saqlaşini ham bilardi.

Şuning uçun avaylab qöyniga soldi hamda özini voyaga yetkazgan aziz manzillariga ravona böldi.

U – tevarakdagi yuzlab qişloqlarda, elning tutumlari, odatlari, aytimlari, dostonlari, qöşiqlariyu matallarini ongiga singdira-singdira ulğayib, hayotga endigina qadam qöyayotgan yuz minglab yoşlardan bittasi edi, xolos.

Bor-yöği şu.

Elning bittagina bolasi!

* * *

 “…Tong ota boşladi, söng uning izidan yer yuzi yorişdi.

Söng quyoş çiqdi, hammayoq yoruğ böldi.

Er yigit emaklab bordi, Tangriga yöliqdi.

Yigit baxt tiladi, Tangri baxt berdi. Oğilda yilqing bölsin, umring uzoq bölsin, dedi.

Bilib qöying: bu – yaxşi…”9

Isajon SULTON

1 Xalq qöşiqlaridan.

2 Abu Rayhon Beruniyning arab tilida yozilgan “Al-osorul-boqiya anil-qurunil xoliya” asari. Özbek tilida “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomi bilan naşr qilingan.

3 Bir mavjudotdan boşqasiga köçirib ötkazilgan begona gen.

4 Taşqi taʼsir, ofat yoki kasallik tufayli özgarib qolgan vujud.

5 DNA (Deoxyribonucleic acid) yoki DNK (dezoksiribonuklein kislota) – jonli organizmlarning rivojlanişi va yaşaşi haqidagi genetik dasturni özida saqlaydigan va avloddan-avlodga yetkazib beradigan uç asosiy makromolekuladan biri.

6 Bilga Hoqon bitiklaridan.

7 Hazrat Alişer Navoiy bayti.

8 Qadimiy turkiy bitiklardan.

9 Qadimgi turkiy bitiklardan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…