Muvaffaqiyat haqida hikmatlar
Özingiz orzu qilgan kişi bölişingiz uçun heç qaçon keç emas.
Jorj Eliot
Muvaffaqiyat faqat intiluvçan odamgagina nasib qiladi. Qiyin şaroitda tuşkunlikka tuşadiganlarni esa juda kam yöqlaydi.
Javoharlaʼl Neru
Buyuk muvaffaqiyatlar qatʼiyat va qunt-matonatning natijasi, xolos.
Semyuel Jonson
Bekorçilikdan aqliy va jismoniy lanjlik kelib çiqadi.
Dmitriy Pisarev
Eng muhimi – muvaffaqiyatga erişiş uçun nimadir qiliş va bunga hoziroq kirişiş. Juda oddiy bölişiga qaramay, muvaffaqiyatning eng asosiy sir-sinoati şu. Ajoyib-ğaroyib ğoyalar har kimda bor, biroq uni hayotda tatbiq etayotganlar, ayniqsa, ayni damda şu iş bilan şuğullanayotganlar juda kam. Ertaga yoki keyingi hafta emas, hoziroq işga kirişiş kerak.
Nolan Buşnell
Agar sen biror narsani öylab topa olsang, uni bajarişga ham qodirsan.
Uolt Disney
Hayotdagi eng birinçi va eng muhim narsa özingni özingga böysundirişga intilişdir.
Vilgelm Humboldt
Bir işga kirişmay turib, undan çiqiş yöllarini öylab qöyar edim. Uni töğri tadbir, qatʼiy jazm, sabr-çidam körsatib, ehtiyotkorlik bilan uzoğini öylab, ortini esdan çiqarmagan holda oxiriga yetkazardim.
“Temur tuzuklari”dan
Odam maşğulot zallarida çempion bölmaydi. Çempion böliş uçun işni ruhiyatdan boşlaş kerak – istak, orzu va öz ğalabasini aniq-tiniq his qilişgina kişini maqsadiga eltadi.
Muhammad Ali
Iş bilan maşğul bölmagan odam heç qaçon tölaqonli baxtli bölolmaydi, işyoqmas kişining yuzida hamişa norozilik va hafsalasizlik alomatlarini körasiz.
Henrix Heyne
Hayot oğir mehnat va taşvişlarsiz sizga heç narsa hadya etmaydi.
Goratsiy
Obrö-eʼtiborni şakllantiriş va mustahkamlaş uçun yigirma yil kerak böladi. Uni yöqqa çiqariş uçun esa beş daqiqa ham yetarli. Agar siz buni jiddiy öylab köradigan bölsangiz, qilayotgan işingizga munosabatingiz albatta özgaradi.
Uorren Baffet
Şijoatli kişilarni döst tutardim, çunki Tangri taolo jasur kişilarni ardoqlaydi. Ulamo bilan suhbatda böldim va pok niyatli, toza qalbli kişilarga talpindim.
“Temur tuzuklari”dan
Boşqalarga yordam berişga intiladigan odamgina muvaffaqiyatga erişadi. Faqat öz foydasini öylaydiganlar esa mağlubiyatga uçrayveradi.
Brayan Treysi
Maqsadsiz odam heç bir işdan lazzat topmaydi.
Jakomo Leopardi
Umr ötkazişning ikkita usuli bor. Birinçisi, göyo heç qanday möjiza yöqday yaşab ötiş. Ikkinçisi, hayotdagi hamma narsa möjiza ekaniga işonib yaşab ötiş.
Albert Eynşteyn
Odamni barbod qiliş uçun köp narsa kerak emas, şunçaki u qilayotgan iş heç kimga kerak emasligiga uni işontiriş kerak, xolos.
Fyodor Dostoyevskiy
Butun umringiz davomida orzungizga intiling va vaqtingizni behuda sarlamang. Çunki havoga uçgan vaqt sizdagi barça yaxşi narsalarni tortib oladi.
Aflotun
Yigitlikda yiğ ilmning maxzani,
Qarilik çoği sarf qilğil ani.
Alişer Navoiy
Maqsadsiz odam heç bir işdan lazzat topmaydi.
Jakomo Leopardi
Yalqov böla turib soğlom yurişni istagan kişi jim turib ovoz çiqarişni istagan kabidir.
Plutarx
Muvaffaqiyat asosiy maqsadingiz köz oldingizda turganda keladi. Maqsadingiz közdan nari ketişi bilan muvaffaqiyat ham ketadi.
Bernard Şou
Noşukrlik kuçsizlikning körinişidir. Buyuk odamlar heç qaçon noşukr bölmaydi.
Gyote
Bekorçining tanasi qanday zaiflaşayotganiga, suvi harakatsiz kölning sasiyotganiga boq.
Ovidiy
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


