Minnat oşi
Har kimga ğoyibdan baraka, qut ber,
Baxtu iqbolini tugal ber, but ber.
Beş kunlik umriga maza ber, tot ber,
Heç kimga içirma minnat oşini.
Minnat bu – naq közga sançilgan tikan,
Suyakka yetadi quloqqa yetgan.
Yurakka botmasin tomoqdan ötgan,
Heç kimga içirma minnat oşini.
Özining oldida bölar boşi xam,
Qalbini tirnoqlab ğijimlar alam.
Muqarrar ölimdan asrar bölsa ham,
Heç kimga içirma minnat oşini.
Topgani tortilgan ohga arzimas,
Soçida köpaygan oqqa arzimas,
Yuragiga tuşgan doğga arzimas,
Heç kimga içirma minnat oşini.
Bandangni yarlaqa, qaddini toğ qil,
Minnat azobidan mudom uzoq qil.
Eng oğir damlarda könglini töq qil,
Heç kimga içirma minnat oşini.
Yaxşi odamlar bor…
Yaxşi odamlar bor – farişta yuzli,
Suhbati tortimli, xuşfeʼl, xuşsözli,
Manglayi yarqiroq, tole yulduzli –
Bosgan har qadami boğu roğ bölar.
Mukofot yo jazo odamga feʼli,
Yo oldga, yo ortga tortadi tili,
Manziliga eltar tanlagan yöli,
Köngli soğ odamda yurak soğ bölar.
Bilmay bir nokasga diling yorganda,
Qadru qimmatingni loyga qorganda,
Özing istamagan joyga borganda
Oyoğing ostida yermas, çöğ bölar.
Kişida or-nomus va uyat bölsa,
Lafzihalolligu hamiyat bölsa,
Darz ketmagan işonç, pok niyat bölsa,
Doim boşi baland, köksi toğ bölar.
Yaxşi odam böliş baxtdir naqadar –
Öxşaşi topilmas zavq tuyub yaşar:
Nafi tegar bölsa kimgadir agar,
Eng oldin özining köngli çoğ bölar.
Puşaymon
Sen özganing qölin tutib ketgan kun,
Böğzimga tiqilib qolganda ovoz,
Bir kun töyib-töyib afsuslar çeksin,
Kuyib-örtansin deb öylaganim rost.
Közyoşday yumalab ötdi-ku yillar,
Seni olib ketdi yiroq va yiroq.
Keça seni tuyqus uçratgan palla
Yuragimni tirnab, yayradi firoq.
Qani u közlari kulib turgan qiz,
Qani u tört fasl yaşnagan dunyo?!
Qanday ğamdan çökding, ey yoruğ yulduz,
Seni mahzun etdi qanday muammo?!
Şunda töyib-töyib yedim puşaymon,
Senga dard-alamni tilagan menmi?
Köksimga muşt urib, mast bölib, şodon
Yana muhabbatdan kuylagan menmi?
Çorasiz holimni anglatay qanday,
Böğzimga tiqilib qolyapti ovoz.
Guvoh böl! Heç narsa yuz bermaganday
Har qanday alamdan voz keçaman, voz!
Yuragimdan yulib olingan ey gul,
Quyoşday porlasin, kulsin yuzlaring.
Yöling yoruğ bölsin, mudom baxtli böl,
Ğam körmasin sira qora közlaring.
Tuşuniş
Imo-işorada söylaydi sayyoh,
Şu şaklda javob qaytarar mezbon.
Ular biror sözni tuşunmas, biroq
Bir-birining tilin tuşunar oson.
Baʼzilar bor – umri umrmas, oğu,
Bir umr ezilar, armonda ketar.
Birga yaşab, bitta tilda sözlar-u,
Bir-birining tilin tuşunmay ötar.
Yaxşi tuşlar körsin
Isitmalab qolsam, oğrisam ozroq
Yo işim yurmasa – toraysa olam,
Onam xavotirda qilar qönğiroq:
“Tuşimga kiribsan, tinçmisan, bolam?”
Şukur, yaxşi, deyman, hammasi aʼlo,
Yuribman – işim beş, özim salomat.
Onam taskin topar va qilar duo,
Tilaydi ofiyat, omonlik, omad.
Döstlar, barçamizga yor bölsin tole,
Baxtdan yoruğ bölsin xonalarimiz.
Taşviş, xavotirga tuşmasin aslo,
Yaxşi tuşlar körsin onalarimiz.
Qizim
Tuğildingu bağrimiz töldi,
Yuzimiz ham baxtimiz kuldi,
Olam birdan çaroğon böldi,
Jonim – qizim, jahonim – qizim.
Öz tilingda sözlab, çuldirab,
Kulgularing bilan kuldirib,
Ğamlarimiz ortda qoldirib,
Baxtlar soçding, biyronim – qizim.
Nimalarga tikilib qolding,
Nega bunça öylarga tolding,
Kulding, söngra qovoğing solding,
Bu dunyoga hayronim – qizim.
Özim şodman seni erkalab,
Mayingina soçlaring silab.
Manglayingga asta bosdim lab,
Jannat böyli rayhonim – qizim.
Balolardan asrasin Egam,
Ey bugunim, ey mening ertam.
Közim nuri, qaroğim, erkam,
Jonim – qizim, jahonim – qizim.
Orif Tolib
1987-yili tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tugatgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tavsiyasi bilan “Birinçi kitobim” loyihasida “Uçraşuv” nomli töplami çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida