10 daqiqada öqiladi

264 marta körilgan

Otdoş oğam

Erkin Vohidov

Oti bir xil otdoşlar örtasida qandaydir ruhiy uyğunlikmi, qadrdonlikmi böladiganga öxşaydi, nazarimda. Aslida unday emasdir-u, kimsan Erkin Vohidovga özimni yaqin tutganim uçun menga – yana bir Erkinga şunday tuyular. Bu yaqinlik, bu iliqlik maktabdan, ilk bor darslikda Erkin Vohid (aynan şunday!) degan imzoni uçratganimda boşlangandir; qarangki, men – Erkin, ukamning ismi esa Vohid edi.

Vaholanki, ismlar uyqaşligi ançayin bir sirtqi alomat, kişining taqdiru hayotida heç nimani anglatmas – otdoşlik deganlari omad otiga ötqazib qöymaydi-ku sizni. Lekin uluğ bir insonga loaqal ana şunday yaqinlik ham yaxşi-da, töğrimi? Deylik, menga öxşab, “Eng yaxşi Erkinga – eng yomon Erkindan” deya kitobingizga erkalik bilan dastxat yozib bersangiz ham bölaveradi.

Agar özaro botiniy bir rişta bölmasa, Erkin Vohidovdek dovruqli inson menga şunça yaxşilik, adabiy taqdirimga şunça ğamxörlik qilarmi edi deng! U kişining taklifi, u kişining şarofati ila bir emas, ikki joyda talay yil birga işlamoq nasib etibdi: “Yoşlik” jurnali hamda Ğafur Ğulom nomidagi naşriyotda.

Qiziği şundaki, har ikkala holda ham men işdan böşab, bekor yurgan edim. Yoş ijodkorlarning yigirma-öttiz yillik orzusi röyobga çiqib, “Yoşlik” jurnali taʼsis böldi. Bu yoşlar uçungina emas, butun adabiy Özbekiston miqyosida katta voqea edi. Bugun endi uç-tört şovvoz gapni bir joyga qöyib, bemalol jurnal yoki gazeta oçişi mumkin, naşriyot taşkil qilişi mumkin. Keyin, yil ötib-ötmay ularning faoliyati taqa-taq töxtaşi ham heç gap emas. Bu kabi yangiliklarni birov bilib, birov bilmay qoladi. Biroq u kezlarda qirq-ellik yillik gazeta-jurnal tahririyatlariga nihoyati bir kiçik adabiy xodim örni zarur bölganda ham azza-bazza Maskovning ruxsati darkor edi.

“Yoşlik” jurnalining dunyoga kelişi naqadar şov-şuv qözğaganini şundan ham bilsa bölar. Arzanda bu naşrga barça birday kutgan odam, sevimli şoirimiz Erkin Vohidov boş muharrir etib tayinlangani esa yoşlarni şoyon ruhlantirib yubordi. Bizga öxşab “ijodiy taʼtil”da yurganlarning könglida orzu ğimirlab qoldi deng: “Men ham şu jurnalda işlasam! Kimsan, Erkin Vohidovga şogird tuşsam!” Bu kabi öy-xayollar kaminaning ham könglidan ötgani tabiiy. Lekin, bugungi taʼbirni qöllasak, “kasting” katta edi, “sen telbaga son qayda”! Şundanmikan, kelib Erkin Vohidovga uçraşarkansiz, deb telefon qilganlarida işonib-­işonmay uydan çiqqanman. Öşa vaqtda ikkitagina töplamim naşr etilgan, birov tanib, birov tanimas edi. Erkin aka ham ğira-şira bilardilar, çoği; otdoşligimiz tufayli yodlarida qolgan bölsam kerak. (Keyin eşitişimça, işga taklif etilgunimga qadar unça-munça maʼlumotnomayu tavsiyanomalar olingan ekan.)

Yangi jurnal Yozuvçilar uyuşmasining Puşkin köçasi muyulişidagi binosida iş boşlagan edi. Erkin aka sanjobroq majlisxonaning töridagi omonat stolda qoğoz körib ötirgan ekanlar. Barçaga maʼlum xuşsuxanlik, özidan kiçikka ham izzat-eʼtibor… Boş muharrir jurnalning bölajak ijodiy qiyofasi, bu boradagi reja-möljallardan sözladi, nasr bölimiga qöyilajak talablarni aytdi. “Mudir kim böladi, bölim mudiri?” deb söradim işga joylaşganimga işonç hosil qilgaç. “Siz-da, siz”, dedilar Erkin aka xuddi tuşimga kirgandek.

Iş yuzasidan goho yoşlikka xos tezoblik, mahmadanagarçiliklar qilib boş muharririmizning ğaşiga tekkanim bor gap. Eslasam, hali-hamon yuzlarim lovullab, xijolatdan terga tuşaman. Öşanday paytlarda u kişi balki boşdagi qarorlaridan puşaymon ham bölgandirlar, ammo qariyb beş yillik hamkorlik mobaynida buni biror marta sezdirganlari yöq.

Davlat boşiga Çernenko degani kelib, daqqi mafkuraçilardan emasmi, kompartiyaning navbatdagi plenumida adabiyot jabhasidagi oğişlar, jumladan, hayotning çigal tomonlarini aks ettirişga ruju qöyilayotgani qattiq tanqid qilindi. Bu gaplar Maskov naşrlariga tegişli edi, albatta. Lekin, qoidaga köra, ittifoqçi respublikalar ham unga labbay deb javob berişi kerak. Bizning odatdagi qolip­larga moyilroq adabiyotimizda esa bunga misol yöq hisobi, ammo topiş şart! Jurnalimizning galdagi soni rejalari muhokamasida asosiy eʼtibor şunda böldi. Aksiga olgandek, öjarroq bir muallifning rejaga kirgan qöş hikoyasidan biri “Alam”, ikkinçisi “Ölim” deb atalar ekan, öqib ötirilmay ikkisi-da qurbon böldi. Biz, sezgir muharrirlarning taklifiga könmagani uçun jazo! Qarangki, kaminaning “Javob” degan narsasi ham şu songa möljallangan edi. “Özingizniki nima haqda, Erkinjon?” deb söradi boş muharririmiz. “Özimniki ham şunday…” dedim nafasim içimga tuşib.

Alam qildi, albatta. Neça kunlar qöl işga bormay yurdi. Araz.

Oradan ikki oymi-uç oy ötib, navbatdagi songa yirikroq narsa topilmay, “Bir öqiylik-çi”, deb rahbarimiz masʼul kotib orqali öşa qissani söratdilar. Işonçsizlik bilan eltib berdim. Ertasigayoq çaqirib, qölyozmani qölimga tutqazdilar. Bunday qarasam, qalam urilmagan. Demak, yo qayta işlaş kerak, yo butunlay maʼqul bölmagan! “Nima qilay buni?” debman beixtiyor. “Nima qilardingiz – bosmaga, naborga!” dedilar kişini hayratga solib. “Hayotning çigal tomonlari-çi?..” Erkin aka xuddi özlariga özlari gapirgandek dedilar: “Çigallik bölmasa, dard bölmasa, unday asar kimga kerak?!”

Qissani moşinkada özim köçirgan edim. Qaysidir sahifasining oxiridagi abzasga köndalang çiziq tortib qöyilibdi – öçirilgan. Keyingi sahifa ham aynan şu abzas bilan boşlanardi. Takroran terilgan ekan-da. Boşqa birorta eʼtiroz yöq…

Öşa kezlarga oid tağin bir hangoma heç esdan çiqmaydi. Bunisi endi özimizning markazqöm “mahsulot”i. Turib-turib tanqid va öz-özini tanqidni yanada kuçaytirişga qaror qilindi. Katta-kiçik taşkilotu korxonalarda yarim hazil, yarim çin “ur-yiqit” boşlanib ketgan.

Tahririyatimizda ötgan ana şunday tanqid majlisiga markazqömdagi mafkuraçi opaxonlardan biri nazoratçi vakil bölib keldi. U kişi hali bu jabhada xiyla havaskor, ayrim safdoşlari singari erkakçasiga qöl silkiy-silkiy gapni kesib gapirolmas, ayniqsa, Erkin akaning salobati bosibmi, keça tuşgan kelinçak misol iymanibroq ötirar edi. Ammo baribir “yuqorining odami”! Öyin qoidasini buzmay, hamma bir-birini yengilgina çilpib ötgan böldi: kelgan odam birpasdan keyin ketadi, qolib birga işlaydigan özimiz-da.

Söz navbati menga yetdi, kelib-kelib çekimga rahbarimizni – Erkin akani tanqid qiliş muşkuloti tuşgan. Nima deyin, u kişidan biror-bir yomonlik körganim yöq, neki bölsa iş yuzasidan bölgan, özlariga esa hurmat-eʼtiqodim baland. Gapni aylantira boşlaganimni sezib, iymançoq opadan prinsipial sado çiqdi: “Siz qörqmang, uka, Erkin Vohidoviç akamiz tanqidni töğri tuşunadilar”. Bu daldasi ham samara bermagaç, u öziga kerakli javobni endi suğurib olmoqqa ötdi: işga keç qolganingizda urişadilarmi, huda-behuda koyiydilarmi, baʼzan qöpollik qilib turadilarmi?.. Yöq, yöq, yöq. Vakil qalamini tişlab öyga toldi: nima desak ekan-a unda? Nihoyat, zarur ifoda topilib, bloknotga bunday tuşdi: “Jurnal jamoasiga munosabatda öta bağrikeng, işga talabçanlik örniga goho köngilçanlikka boradi…”

Majlis yakunidagi yana bir gap yodda qolgan. “Zör jurnal çiqaryapsizlar, Erkin Vohidoviç, öqib turamiz, rahmat sizlarga! – dedi masʼul xodim tanqid ruhini unutib, xuşhollik bilan. – Lekin bittagina istak bor edi. Mana, deylik, yigit bilan qizni tasvirlab kelasizlar-kelasizlar-da, oxiri noaniq bölib qoladi: ular birga ketadimi, yoki… Bir jumlagina gap qöşib, şuni aniqroq yozsa bölmasmikan-a? Iltimos-da bu”.

Majlis ahli “iltimos”dan lol qolgan, kulib yubormaslik uçun hamma bazör tişini tişiga bosib ötirar edi. Erkin akaga qaradim, u kişi aslo sir boy bermay, odatdagiça jilmayib turardilar. “Juda yaxşi, – dedilar keyin muloyimlik bilan, – juda yaxşi. Biz buni albatta hisobga olamiz. A, yigitlar? Oçerk-­poçerk yozganda-da…”

Endi öylasam, öşa davr öyinlarining begunoh bir öljasi, aslida soddagina, köngilçan ayol ekan u…

Murod Muhammad Döst “Galatepaga qaytiş”ini yozgan, lekin qaysi jurnalda bostirişni bilmay boşi qotib yurgan edi. Öqigan odam dafʼatan nima demoqqa hayron – odatiy asarlardan emas edi. Öylay-öylay boş muharririmizga körsatadigan böldik. “Döstingizning yaxşi qalami bor ekan, şuning hurmati çiqaraylik. Lekin ozroq işi bor”, dedilar Erkin aka va asarni yaxlitlaştirişga doir taklif-mulohazalarini aytdilar. Suyunçi olib muallifga yetkazdik.

Ammo u kezlar jurnal yoki naşriyotda çop etiladigan yirikroq asar jamoat muhokamasidan ötmoği şart edi. Adabiyotimizning öşa davrdagi ayrim “qozikalon”lari asarga butunlay qarşi, undan ğurradek börtib turadigan biror kommunistik ğoya qidirişar, muallifning yangiça uslubi ham ularning ğaşini qözğamoqda edi.

Nasr kengaşi aʼzolari atay xufyaroq yösinda Yozuvçilar uyuşmasining nomdor bir kotibi xonasiga töplandi. Eng katta nasrçi adibimiz ham, Ğafur Ğulom naşriyotini ötqazib-turğizadigan opaxonu akaxonlar ham şu yerda. Ular nasrçilar yiğinida Erkin akani körib andak taajjublanganlari, ayni çoqda allaneçuk sipo tortganlari keçagidek esimda. Lekin baribir qölyozmani ayab ötirişmadi, yaroqsizga çiqarişdi-qöyişdi. Hammasi yoş muallifga göyoki açiniş bilan qaraydi deng: Maskovlarda öqib kelgan odam ham şunaqa narsa yozadimi!..

Muhokama söngida Erkin akamiz söz olib, barçani lol qoldirdilar: “Asar bizga maʼqul. “Yoşlik” jurnali unga xaridor. Baʼzi mulohazalarimiz asosida Murodjon qölyozmani qayta körib berişga rozi. Asarga ustoz Ozod Şarafiddinov sözboşi yozyaptilar!”

Bu qaror-xulosani u kişi xuddi hozirgina asar yuzasidan bildirilgan nordon fikrlarni eşitmagandek, heç kim bilan munozaraga kirişmay, baayni davrani şunçaki bir xabardor qilib qöyayotgan kabi xolis, beozor ohangda aytdilar. Kengaş ahli battar taajjubda qolib, negadir biror eʼtiroz qilolmay, yelka qisa-qisa tarqaldi.

Boş muharririmizni yolğonçiga çiqarib qöymaslik uçun şu zahoti qölyozmani kötarib Ozod akanikiga çopdik. Asar domlaga maʼqul bölib, sözboşi yozib berdilar. Endi öşa vahimali muhokamalar zamoni ham, boşqasi ham ötdi, “Galatepaga qaytiş” “Yoşlik” jurnalida eʼlon qilinib, adabiyotimiz öziga xos bir asar bilan boyigani qoldi.

Xullas, niyatimiz yöldoş bölib, şu tariqa jurnal tilga tuşdi, öşa yillardagi naşrlar orasida bayroqdorlik qila boşladi. Bugun endi sababu sirini söraganlarga Erkin aka maşhur “Yunost” jurnaliga rahbarlik qilgan Valentin Katayev tajribasini misol keltirib, “Muhimi – xodimlarga xalaqit bermaslik, yaʼni hadeb ularning işiga aralaşavermaslik”, deydilar. Jurnal ahli ham şu işonçning qadriga yetardi, boş muharrir nomiga gard yuqtirmaslikka tirişib işlardi.

Bilasizki, bunday holat odatda uzoq davom etmaydi, albatta nimadir böladi. Böldi. Erkin akamiz kötarilib ketdilar – Ğafur Ğulom nomidagi kattakon naşriyotga boş böldilar. Biz ğöralar esa özimizça buni tuşunolmay xunob: “Yoşlik” zör edi-ku, obröli edi-ku, u serğalva joyda nima bor?!

Birov bir nima degani yöq, Erkin akaga örganib qolgan ekanmizmi, qöl sovib, işni yiğiştirdik. Bekor ötirgan kunlarimizning birida çoşgoh mahali uyga Xayriddin Sultonov kirib keldi. U öşa kezlari Ğafur Ğulom naşriyotida boş muharrir örinbosari edi. Bafurja gurungga çoğlanayotganimni körib, “Böling, sizni opketgani keldim. Ustoz sörayaptilar”, dedi.

Naşriyotga yetib borganimizda tuşlik payti bölib qolgan, direktor boşliq tört-beş kişi – muovinlaru tahririyat mudirlari ikki-uç moşina bölib allaqayga lağmonxörlikka otlanib turişgan ekan. Biz ham qöşildik. Iç qiziydi deng: nega çaqiribdilar-a? Ammo na yölda, na ovqat mahali bu haqda söz oçildi. Tuşlikdan qaytgaç, kabinetlarida ikkov qolganimizdagina qarorlari maʼlum böldi: “Işga kelasiz!” Vaj-korsonlarimni qalaştira boşlagan edim, ilgarigiga öxşamagan bir jiddiyatu qatʼiylik bilan takrorladilar: “Kelasiz, tamom! Hammasi yaxşi böladi”.

Öşa kuniyoq buyruq çiqdi: köptomlik naşrlar tahririyatining mudiri etib tayinlandim. Keyin bilsam, naşriyotning özida ham, taşqarida ham bu lavozimni közlab yurganlar kam emas ekan.

Ustozimizning işonçini oqladikmi-­yöqmi, harqalay, u kişi boşqa işga ötib ketganlaridan söngra ham yana uç-tört yil qolib noşirlik qildik.

Erkin aka bir kuni qönğiroq qilib qoldilar: “Farğonani bir aylantirib kelsam nima deysiz? Döstlaringiz ham borişadi – Xurşidjonlar”.

Bu dunyoning asti tugamaydigan taşviş­lari, ayniqsa, öşa vaqtdagi jamoat işlari, bir yoqda jurnalga tegişli yumuşlar, xullas, odatdagi tanglik-tiğizlik – bir yoqlarga borib öynab kelgani vaqt qayda deysiz! Lekin Erkin akaga yöq deb bölarmidi! Şunday taklifni rad etib, keyin puşaymon qilmaysizmi?

Alqissa, ikki Xurşidu (Döst va Davron) ikki Erkin – törtovlon “Qaydasan, gözal Farğonam” deya yölga tuşdik. Safarimizga rasmiyroq tus bermasa bölmasdi, Erkin Vohidov katta odam, qolganlar ham çakana emas, kimsan – deputat! Oliy öquv dargohlarida, işlab çiqariş korxonalarida bölgan qizğindan-qizğin uçraşuvlar. Ayniqsa, Marğilondagi dilkaş kunlar! Qarindoşlarining töyi ustiga borib qolgan ekanmiz, ul ajib izdihom, ul izzat-ikromu fayziyob maşvaratlarni ayting. Erkin akamizni Farğona ahli davrasida körmoq bir bölakça edi.

Bugun öylab qarasangiz, ustozimiz bizni Farğona ziyoratiga bekor taklif qilmagan ekan. Dunyo taşvişlari hamon bitgani yöq, bitmasligi ham maʼlum, öşandagi Farğona safari esa bir umr yoddan çiqmas xotira bölib qoldi.

Keyinçalik Erkin aka bilan oliy mahkamalarda birga ötiriş ham nasib etdi. U kişining özini tutişi, minbarga çiqqanda lönda-lönda, barçaning könglidagini kutilmagan bir yösin, bir noziklik bilan ifoda etib berişlari bizga maktab, bizga andoza edi. Yaşirib nima qildik, kattaroq amaldorni körganda unça-munçamiz birdan kiçrayib, ovozimiz ingiçkalaşib, ikki bukilay deb qolamiz, şunday emasmi? Eng oliy mansabdorlar bilan röbarö kelganda ham Erkin akamizning aslo sarosimaga tuşmay, teppa-teng muomalada bölganlariga köp bora guvohman. Öşa kamtarinlik, öşa samimiyatu öşa xuşsuxanlik – zarraça ortiq emas. Insoniy qadrini, şoirlik şaʼnini yuksak tutgan odamninggina qölidan keladi bu iş!

Hali-hanuz baʼzi bir vaziyatlarga duç kelinganda, Erkin aka mana şunda nima degan bölardilar, nima qilgan bölardilar, degandek öy-andişalar ötadi köngildan. Yöq, behuda, behuda. Harçand otdoş bölmaylik, harçand u kişiga havas qilib, özimizni maslakdoş sanamaylik, baribir boşqa-boşqa odamligimiz ayon bölib qoladi. Beixtiyor köngilni bir tasalli va faxr tuyğusi qamraydi: mayli, Erkin akadek bölolmasak-da, u kişiga intilib, u kişiga havas qilib yaşaş ham ğanimat-ku! Erkin aka misoli odamlar bilan zamondoşlik ham bir martaba emasmi bizga? Şunday. Xuddi şunday!

Erkin AʼZAM,

Özbekiston xalq yozuvçisi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (2)

  1. Laylo

    Bir nafasda öqib çiqqulik xotiralar ekan ⚡

  2. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Ha, şunday…

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)