5 daqiqada öqiladi

168 marta körilgan

Akmal MURODning “Uççanoq” hikoyasini öqib…

Bahodir KARIMOV,

professor:

– “Uççanoq” hikoyasidagi ayrim tasvirlar xorazmça urflardan bexabar öquvçi uçun ozgina tumanli tuyulişi mumkin: deylik, kuyov suziliş urfi, göşanga bezatilgan uyda kelin yangasining “Suzil kuyov, sobir kuyov”lab turişi, kuyovjöralarning bir-birlarini mahkam tutib, kuyovning belidagi maxsus keng-salqi belboğni mahkam uşlab, uni yeçib oliş uçun yangaga izn bermaslik tortişuv-öyini kabi vaziyatlar. Akmal Murod nikoh töylaridagi şunday bir noyob urf-odatni “Uççanoq” içiga joylabdi. Hikoyadagi uççanoq vositasida yoş öspirinlar ruhiyatidagi beğubor tuyğular, sözsiz munozaralar juda tiğiz tasvirlanadi. Boşda muallif hikoyasi Ikromning töyidagi kuyov belboği uning qöliga qanday tuşib qolgani töğrisida ekanini aytadi. Aslida kuyov suziliş jarayonidagi tuguniga qalampir surtilgan, biroq yeçilişi mumkin bölmagan belboğ ham, huv dala boşida körakka yozilgan “G+” degan yozuv ham roviy Omonning içidagi alğov-dalğovli, bezovta hol tavsifi uçun zarur. Xullas, visoldek şirin orzu-umid Omonni tark etgan emas. Ayni çoqda könglidagi ikkilaniş va mujmallik xuddi çigal belboqqa öxşab yeçilgan emas. Aytgança, şoyi belboğning uçlarini körinmas qilib Toyir boğlaydi. “Belboğ uning işi ekani bilinib turibdi”. Davomini öqigansiz, yaʼni yanga belboğni yeça bilmaydi, belboğ kuyovning oyoğidan şipirib olinadi. Kutilgan kuraş yöq. Hamma beparvo. Belboğ Omonning qölida… Hikoya  tugançida Toyirning Omonga bergan körakning uçinçi çanoğiga yozilgan harf  – buning “T” ekanini zukko öquvçi fahmlab yetadi – barça muammoni hal etadi. Matnda yozilmagan “T” kodining şarhi – Gulsara Toyirni sevadi.

Hikoyada nikoh töyi bölgan boşqa juftlik bor: Ikrom bilan Gulsara. Ular ham asosiy voqelik uçun vosita. Ularning qiyofasini, dardu dunyosini, işqini tasvirlaş maqsad ham emas, unda sarguzaşt va favqulod-eʼtiborli hodisa ham yöq. Demak, yöldan adaşib vosita tasviriga yuz buriş şartmas. Ular hikoya konteks­tida ikkinçi darajali. Hikoyadagi Ikromning ismini boşqa yigitçalar ismi bilan almaştirib qöyilsa ham heç narsa özgarmaydi. Unda xarakter mavjud emas. Ammo roviyda ham, Toyirda ham öziga xos qiyofa bor. Omonning köngli yugurik, ammo Gulsara To­­yirga buyurilgan ekan…

Avvaliga döstlar ismining köpayib ketganini hikoyaning “suv”iga yöydim. Söngra suzi­liş uçun yanganing toq sonli beşta yigitni sörab turganini eşitib, muallifning tadbirini oqladim. Yana bir göyo maʼnili gap: hikoya­dagi uççanoq sözlaydigan, hikoya mohiyatiga joziba bağişlaydigan, bitta qizga oşiq ikki öspirin yigitning muhabbat jumboğini yeçib beradigan detal… Yetar şunça gap!

Ha, darvoqe, adabiy keçimdagi urf va özimizga ortmoqlab olgan anʼanaga  köra hikoyaning qaysidir qirrasi xususida bilimdonlik bilan maslahatli yoki tanqidiy gap ham aytişim kerak. Deylik: “Yoş adib şeva sözlariga eʼtiborli bölişi kerak”, “Hoşiyadagi “töşlik – kelin tomondan kuyovnikiga jönatiladigan taom”ni boşqaçaroq izohlaş lozim” yoki “Ayrim örinlarida tiniqlik yetişmaydi” va şu kabi fikrlarni bildirişim mumkin. Muhtaram jurnalxon, bunday gaplarni men yozmadim, siz öqimadingiz. “Uççanoq” şunday soçilganroq,  sirli va biroz jumboqli holi bilan men aytgandan boşqaça talqinlarga ham imkon beradigan yaxşi hikoyadir.

Sobir ÖNAR,

yozuvçi:

– Menga Akmal Murod degan nom taniş emasdi. “Uççanoq” bizni taniştirdi. Yaxşigina hikoya yozibdi. Qisqalikka intilgan, zörakilik sezilmaydi. Içki bir sarkaşlik bor. Hikoya xarakteri jihatidan yozuvçi Töxtamurod Rustamning ilk hikoya­larini eslatib yuboradi. Lekin buni taqlid deb bölmaydi. Ayni çoğda mavzu doirasining (muallif qamrovining ham) çeklangani ayrim feʼl-atvorning börtib yuzaga çiqişiga xalaqit beradi. Xususan, Toyir degan yigitning uççanoq masalasida Omonga yutqazib qöygandagi halim holati asliga öxşamagandek, muallif istagi amalga oşayotgan esa-da, tabiiy emasdek tuyuladi.

Özi, odamzot yoşligida muhabbat bobida sevgi bir yoqda qoladi-yu, boşqalar nazdida şarmanda bölmaslik ehtiyoji kuçayib, yigitlik şaʼni, ğururini ehtiyotlaş tuyğusi ham zörayib boradiki, bölar gapni suriştirganingizda u gohi visol istagidan ham oşib tuşadi. Bu yerda ham visol soğinçidan köra ğanimdan ğolib keliş sururi kuçayibroq ketgan. Şu bois boşlanajak juda köp ğalvalarga sabab bölayotgan Gulsarining bor gözalligi mavhumligiça qoladi. Biz bir martagina uning hozirjavobligi va topqirligini kördik, xolos.

 Çin yozuvçi kuçli xarakterlar, manzaralar, kerak bölsa, dialog va syujetlar, yuksak fikrlar ifodalangan ijod namunalari orqali öz aurasini körsatadi. Şu bois bir hikoya misolida yozuvçi ijodiga baho beriş muşkul. Akmalbekka sözga sadoqatli, ruhi baland bölişini tilayman. 

Olim JUMABOY,

yoş youvçi:

– Uççanoq yaxşi detal. Hali bu jihat boşqa birorta asarda yoritilganini uçratmaganman. Ammo yozuvçi bundan unumli foydalana olmagan.

Proza tili publitsistika tilidan farqlanişi kerak. Hikoyada esa bu jihat qorişiq: “Oddiy kösak emas, muhabbat kösagi! Buni tunda yostiğing tagiga qöyib yotsang, tuşingda uning kim ekanini körasan…”, “Naq beş marta valsapitini menga tutqazib: “Ketaver” degan, beş martasida ham qanşaridan muşt yeb, yuzidan qon sizib közdan panaroqda kutib turgan Toyirni aytayapman, şumi?!”, “Gulsara kösakni lom-mim demay qabul qilib oldi”.

Va hatto baʼzi joylarda bir hudud miqyosida bir neça şevalardan foydalanilgan – voha, Toşkent şevalari körinsa-da, Xorazmga xos urflar aralaşib ketgan, vaholanki, kelin-kuyov bir joydan. Baʼzan yozuvçi voqeaga aralaşib (qöşilib) ketgani seziladi.

“Belboğ boylaş. Kuyovjöralar şoyining tört uçini öziga tarang tortib, eng abjiri maydalab örab keladi-da, yangani çalğitiş uçun belboğning uçlarini mato içida yöqotib yuboradi”. Bu izoh hikoyaning avjini tuşirib yuborgan. Beixtiyor öquvçi şu nuqtada tutilib qoladi.

Yozuvçi voqeani bayon etişi barobarida uni nazorat qilişi, har bir detalni közdan qoçirmasligi va örnida foydalanişi zarur. Yomonni yomon deb taʼriflamasdan uning harakatlari orqali feʼl-atvorini körsatişi kerak. Yozuvçida esa bu jihatlar biroz oqsayotgani butun hikoya davomida seziladi. Çiroyli sözlarga emas, voqeaning aniq berilişi va öquvçining uni tezda tuşunişiga ahamiyat beriş lozim.

 Quvonarlisi – hikoyada milliy ruh eks etgani. Har bir holatda şuning aksi körinadi. Anʼanalarda ham, holatlarda ham va hatto qahramonlarning özaro munosabatida ham. Umuman olganda, asar öquvçini befarq qoldirmaydi, deb öylayman.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)