Qöçqor Norqobil,
yozuvçi:
– Boboravşanning hikoyasini öqidim. Boşida ançayin maydagaplik qilibdi-da, degan fikrga keldim. He yöq, be yöq, bir elni (öz qişloqdoşlarini) bunçalik baçkana odamlarga çiqariş şartmikin-a, deb öyladim. Nima emiş, Dilşodning xotini şahardan taksida kelibdi. Şunga doim oqib turgan buloq quribdi, xotinning nahsi uribdi – xulosa şu-da endi. Möljal notöğri olingan; asosiy ğoya, fikrni oçib berişi kerak bölgan, “hikoya daraxti”ni gullab-yaşnatadigan, qoyil-ye, deyişga majbur qiladigan ildiz mörtroq. Keyin… Qişloq odamlari xarakteri, qahramonlar taqdiri aytarli oçilmagan.
Hikoyada çol obrazi (Turdi polvon) oğir, bosiq, vazmin, oriyatli, özbekning oq-qorani tanigan “bovo”si sifatida ança jonli gavdalanadi. Çolda xarakter bor! U işni bilib qiladi. Turli şubha-gumonlar, mayda-çuyda gaplardan baland turadigan odam. Axir şunday odamlar bölmasa, bu dunyoni suv oladi, deb öylaysan. Ijodkor ukamiz Boboravşan ham mana şu tutumni mahkam uşlab olgan. Bu yaxşi, albatta. Çol nomusni nomunosibdan emas, öz qalbidan topadigan şaxs. Şuning uçun ham “mayda doğdan maddalangan yara”ni – qişloqda oralagan ğiybatni tag-tagi bilan quritiş uçun jonini jabborga beradi – köziga öz hayoti körinmaydi.
Hikoyada ramziy maʼnoda suv obrazi poklik, ezgulik timsolida asosli keltirilgan. Boboravşanning söz ustida işlaşi seziladi. Tili ravon.
Hikoyada yeçim örnida. Asar söngida ösib çiqqan “çöqqi” hikoyadagi ayrim nuqsonlarni yuvadi. Hikoyani öqisa arziydi. Boboravşan hali mukammal asarlar yoziş yölida.
Bunga erişsin, işqilib. Yoruğ yöl tilaymiz-da! Yaxşiyam, umid bor! Şunisiga şukr.
Dilmurod Xoldorov,
tadqiqotçi:
Hikoya tagmatnida tinç-totuv umrguzaronlik qilib kelayotgan qişloq hayotiga mayda gaplar aralaşişi oqibatida kelib çiqqan fojialarni tasvirlaş maqsad qilib olingani sezilib turadi.
Yozuvçi "Bir zamonlar Turdi polvon “Eşmat töqimçini qöşni ayolga yovqaraş qildi”, deb, uning qişloqdan boş olib ketişiga sababçi bölgan edi. Mana şu körgiliklar özining boşiga ham farzandlari orqali tuşdi. Dilşod oson boylik topaman deb yurtma-yurt kezib yurmaganida xotini haqida bunday gaplar bölmasdi. Qişloq erkaklarining maydagapligi butun fojialarga sabab", demoqçi böladi. Biroq hikoyada yozuvçining ana şu maqsadi sezilmay qolgan.
Ijodkor asar yozişdan avval öquvçiga aytajak gapini aniqlaştirib olişi lozim. Asarda qöllangan barça vositalar ana şu maqsadni yoritişga qaratilişi kerak. Hikoya qahramoni Dilşodning: “Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Sahroyi kabirdan… ketama-an-n!” degan nidolari garçi Töxtamurod Rustamovning “Kapalaklar öyini” romani qahramoni hayqiriğiga öxşab ketsa-da, unçalik işonçli emas. “Suvning öz oyoği bilan kelişi”, ot haqidagi “zabonsiz jonivor bor quvvatini yiğib, old oyoqlarini havoda öynatgança siltab, arqonini uzdi-da, qişloq tomon yugurdi” tasvirlari ham öquvçini işontirmaydi. Avvalo, Turdi polvon otni boğlagani haqida biror gap yöq. Ikkinçidan, ot ongli mavjudotday harakat qila olmaydi.
Adabiyotşunoslikda gender psixologiyasi degan tuşunça bor. Ijodkor asar qahramonlarini öz tabiatiga köra tasvirlaşi lozim. “Suv” hikoyasi qahramonlari Rustam, Anvar er kişilardek sözlamaydi. Aksinça, ayollarga öxşab maydalaşib ketgan.
Boboravşan Ğoziddinov mavzu tanlaşda adaşmagan. Haqiqatan, insoniyatni yomonliklar, loqaydlik tanazzulga olib boradi. Qayerdaki şu illatlar avj olsa, barça körgiliklar şu joyda röy berişidan taşvişga tuşadi. Tafsilotlarni şundayligiça emas, badiiyat talablari doirasida tasvirlaşga harakat qiladi.
Hikoya uç tugun asosiga qurilgan. Şulardan Turdi polvon tasvirigina nihoyasiga yetganday körinadi. Çunki Turdi polvondagi mardlik, farzandlar, qişloqdoşlari oldidagi masʼuliyat, burç yaxşi yoritilgan. Biroq Dilşod, Oysifat obrazlari tugallanmay qolgan.
Boboravşan Ğoziddinovda niyat yaxşi. Faqat niyatni amalga oşiriş uçun ança mehnat qiliş talab etilişini ham unutmaslik kerak. Öquvçiga havola qilanayotgan badiiy asar mukammal bölsagina, çinakam sanʼat asariga aylanişi, umrboqiylik kasb etişi mumkin.
Asliddin Jarqinov,
Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi, “Isteʼdod maktabi” VII respublika yoş ijodkorlar seminari iştirokçisi:
– Badiiy asarning yaxlitligini, avvalo, uning ifodalagan mazmuni belgilaydi. Asarlarda aks ettirilgan konfliktlar, holatlar, qahramonlar xarakteri va xatti-harakatlari umumlaşib, yagona ğoya – ezgulik ğoyasiga mujassamlaşadi. Zero, adabiyot jamiyat maʼnaviyatining özagi hisoblanmiş odob-axloq mezonlarining mustahkamlanişiga, kişilar şuuri va ruhiyatiga singişiga xizmat qilmoği lozim. “Suv” hikoyasida yozuvçi kişilarning taşnalikdan bezigani va ular xarakteridagi bir-biriga negativ emotsiyalar orqali bir inson fojiasini tasvirlab beradi.
Beştut qişloğidan Yakkatepaga “badarğa” qilingan Dilşod uç yil oldin yakkatepaliklar boşiga tuşgan taşvişning sababini kuzda kelgan seldan körib adaşgan ekan. Qişloq ahli bu körgilikni uning xotini Oysifatning qadam olişidan körib yuradi. Voqea rivojida Dilşodning sinfdoş jörasi Anvarning oçiqça taʼnasi keltirilgan lavhada konflikt tuğdirişda şoşqaloqlikka yöl qöyilgani körinadi. Turmuşda qadrdonlardan bundayin kalaka va daşnomni eşitiş uçramasa kerak. Har holda, Anvarning “yaqinlik mavqei” biroz quyiroq bölganda yaxşi bölarmidi?! Dilşodning otasi, oriyatli Turdi polvonga ham isnodni kötarib yuriş muşkul keladi. Turdi polvon xarakteriga yuklangan ğoyaviy vazifada uning köngli “ğiybatparast va loqayd qişloqdoşlaridan ham, ular nafas olayotgan yoruğ oçundan ham” soviganiga qaramay, öz nomusi uçun kuraş, özi va nasli pokligini isbotlaş maqsadi öq ildiz qilib olingan. Şunday bölsa-da, kompozitsion quriliş va badiiy konsepsiya nuqtayi nazaridan hikoyaning boş qahramoni kim ekanligi tugal anglaşilmaydi.
Yozuvçi qahramonlar taqdiriga ham, syujet dinamikasiga ham keskin aralaşmaydi. Siqiq jumlalar, qisqa tafsilotlar orqali öquvçi tasavvurida butun holat oydinlaşib boraveradi. Ammo qahramonlar xarakteri qirralarida nomukammallik, yasamalik körinadi. Çunonçi, “bir zamonlar Eşmat töqimçi qöşni ayolga yovqaraş (noörin majoz) qilgani uçun uni el oldida şarmisor qilib, bu yerlardan boş olib ketişiga sababçi bölgan”, nomusi baland Turdi polvonning el içida kelini Oysifat haqida yurgan gaplar xususida xabar topganidan keyingi tasvirlarda öquvçi polvondan “qaddi ğamdan dol” bölişini emas, keskinroq reaksiyani kutadi.
Zamonaviy özbek nasrida sodda, orkaş, mağrur çollarning tipik obrazlari yaratilgan. Turdi polvon obrazini ham şu yöldagi bir uriniş deb qabul qilamiz, Boboravşan Ğoziddinovdan esa kelgusida yanada pişiq hikoyalar kutib qolamiz.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

