Xayolimda asraganim” kitobi muallifi yozuvçi Salim Abdurahmonga soxtalik, tilyoğlamalik, sunʼiylik begona.
Rosti, şu paytgaça uç-tört hikoyasinigina öqib, fikr bildirgan, ijodiga sinçiklab razm solmagan ekanman. “Xayolimda asraganim” hikoyalar töplamini öqib tugatgaç, “tuppa tuzuk” yozuvçi ekanligi oydinlaşdi.
Uning töplamga kiritilgan hikoyalarini diqqat bilan öqidim. Har biri öziga xos. Darvoqe, uşbu kitobga ustoz adabiyotşunos olim, Ibrohim Ğafurov sözboşi, filologiya fanlari doktori Bahodir Karimning yozgan söngsözi bejiz emas ekaniga amin böldim. Ikki zabardast olimning Salim Abdurahmonni yozuvçi deb bilişi, “oq fotiha” berişi, uning çindan-da özbek nasri maydoniga qadam qöyganini anglatadi.
Hikoyalarni öqir ekansiz, Osilmajar, Yakkabuloq, Zulmon ota kabi sölim göşalar köz oldingizda gavdalanadi. Beşbarmoq ota, Qaroqçi qoya çöqqilarini aniq-ravşan körasiz. Bolakay şundoqqina yonginangizda boyçeçak teradi, Sardor çinoq börini quvlaydi, Egamberdiboy toğasining govmişini bozorga tortqilaydi.
Yozuvçining hikoyalarida asosiy odamlarining dölvor tabiati, yaxşilik, mehr-oqibat singari musaffo hislari qalamga olingan.
Ustoz Ibrohim Ğafurov taʼkidlaganidek, Salim Abdurahmon özi tuğilib ösgan yerlarni, jumladan, Nakurt, Költösin manzillarini, afsonaviy Nurota yonbağrida sodir bölgan, kitobxonga yetkazişga undagan voqea hamda hodisalarni, jonli tarixni qalamga olgan. Taʼbir joiz bölsa, ularni XXI – globallaşuv asriga singdirgan.
Meningça, hikoyalar kitobxonga estetik zavq, bir olam quvonç, mutolaa zavqini bera oladi. Bu esa, albatta, yozuvçi uçun maqsadlar röyobidir.
Iş bor joyda kamçilik ham böladi. Buni tabiiy qabul qiliş lozim. Şu örinda töplamda közim tuşgan, bir neça kamçiliklar xususida bir oğiz söz.
Dastlabki hikoya boş qahramon Xolmat qassob va Barotboy suhbatidan heç vaqt ötmay, qassob ölib qolişi voqealar rivojidan biroz tezlaşib ketgandek. Biron voqea qöşilsa, bir-biriga uzviy boğlangan bölar edi. Hikoya boşroğida Qassobning bu yerlarga ikki yil burun kelib qolgani-yu, Egamboyga ikki marta göştni qarzga bergani, ammo uni körsa-da pulini söray olmagani qayd qilingan. Ammo voqealar rivoji söngidagi suhbatda xasis boy: “Qarz, sening heç taşvişing bitadimi? – sensiradi. – Kunora yugurib kelasan, görga kirganingda ham qarz-qarz deb tinç yotolmasang kerak. Olasan öşa pulingni…” deya iddao qiladi.
Avvalo, qarzdorning qarz berganga, otasi tengi odamga (oyoği yerdan uzilib ketgan bölsa ham) bunday muomala qilişi mantiqqa töğri kelmaydi.
Çunki qişloq joylarda yaşovçi qassoblarni qöşni tumanlarda ham yaxşi bilişadi. Sababi, yon-atrofdagi tuman aholisiga aksariyat hollarda markazlaşgan mol bozorlari xizmat körsatadi. Bu ham yetmagandek qassoblar qöşni tumanlarga ham mol söygani çiqib turişadi.
Köpgina hikoyalarda qaytariq sözlar, yaʼni taftalogiya uçraydi. Töplamdagi ön hikoya bir taraf-u “Xayolimda asraganim” bir taraf. Bu hikoyaning poetikasi, uslubiy yeçimi özgaça.
Mening nazarimda, hikoyalar umumiy ruhidan kelib çiqqan holda, töplam “Qaldirğoçlar qaytgan kun” yoxud “Duranning quduği” deb nomlanganda, mantiqan töğri bölardi.
Ammo bu kamçiliklar Salim Abdurahmonning “Xayolimda asraganim” hikoyalar töplami salmoğiga jiddiy salbiy taʼsir körsatmaydi. Aminmanki, Salim Abdurahmon kelgusida bu kamçiliklarni, albatta, bartaraf etajak.
Jasur Kengboyev hikoyalarini öqir ekansiz, kitob sahifalaridan Toğay Murod, Şukur Xolmirzayev, Şavkat Rahmon nafasini sezasiz. Uşbu atoqli adiblar ijodi yozuvçiga salmoqli taʼsir körsatganiga amin bölasiz.
J.Kengboyev ulardek sodda, samimiy, özbeklik, oriyat-nomus ufurib turgan satrlar bitadi. Fikrlaşi, tasvirlaşi, qahramonlariga bölgan mehri, qahri, qöying-ki, barça munosabati özbekona, xalqona.
Yozganlarini öqir ekansiz, yozuvçining oriyatli, nomusli, samimiy, dangal, murosasiz ekani yaqqol köz oldingizda gavdalanadi. Yomon illatlarni ayovsiz “savalaydi”, ulardan jirkanadi, millatimizga xos fazilatlarimizdan mamnuniyat tuyadi.
Menga yozuvçining aksariyat hikoyalarning deboçalarini belgilaşi maʼqul keldi: “Töqsonbosdi mahali edi”, “Qizğaldoq issiği etni kuydirdi”, “Şomga yaqin edi” va hokazo.
Töplamdagi hikoyalar özining badiiy tasviri, metaforalarning örinli qöllanişi, hikoya tili dam muallif, dam qahramon tilidan ravon öqilişi bilan diqqatga sazovor. Asosiysi, hikoyalarda poetik yaxlitlik, kompozitsiya örnida. “Tomoq”ni qirib ötmaydi.
Hikoyalarda qöllanilgan epigraflarning aksariyati öqirman uçun yangilik. Balki şunisi bilan ham ular hikoyalar saviyasini oşirar. Bu jihat Abdulla Qahhor uslubini yodga soladi.
Meningça, “Havoçin” yoxud “Söngsiz gurunglar” hikoyalar nomlari töplam nomiga ham, yozuvçi “meni”ga ham mos. Taʼbir joiz bölsa, muallif xarakteriga “ötiradi”.
“Yurakning bir çeti” nomi esa Şavkat Rahmonning öşa maşhur “Orzular tasbehi” şeʼridagi “Bir qöşiq bölaman daryoday yurakning eng çuqur yerida” satrlarini eslatib yuboradi.
Töplamdan joy olgan “Ğurbatxona”, “Qaynoq quçoq”, “Köhna belboğ”, “Erkak” kabilar hikoyadan ham köra hajviyaga yaqinroq. Şu bois ular şu nomda berilganda mantiqan töğri bölar edi.
Kitobga Özbekiston xalq yozuvçisi Erkin Aʼzam tomonidan yozilgan “Seni Jasur deydilar” taqrizi salmoq bağişlagan desam mubolağa qilmagan bölaman. Ammo negadir zabardast adibimiz taqrizda yoş yozuvçi ijodidan köra şaxsiyati va nomiga köproq eʼtibor qaratgan.
Töplam söngidan joy olgan filologiya fanlari doktori Islom Yoqubovga tegişli “Izlanişning maşaqqatli yöli” taqriz ham sizni befarq qoldirmasligi aniq. Lekin negadir u ham tahrirtalab variantda çop etilgan.
“Xullas, nosirning “Yurakning bir çeti” (Hikoya va hajviyalar) nomli ikkinçi kitobi hajman unça katta bölmasa-da, unda yoş adibning yigirmata hikoyasi jamlangan” deya qayd qilingan. Aslida esa, hikoyalar deya eʼtirof etilgan töplamda yozuvçining ön uçta hikoyasi (3-4 tasi hajviya) örin olgan.
“Kitobni varaqlagan öquvçining közi “Mung” nomli birinçi hikoyaga tuşarkan, Nega kitobxon bilan diydorlaşuv – ilk sahifadanoq mungli ohanglar tanlandi ekan?” degan xayolga boradi, deya taʼkidlaydi. Holbuki, töplam “Söngsiz gurunglar”dan boşlanadi.
Bundan taşqari, taqriz davomida munaqqid Jasur Kengboyevning “Pand bergan momo”, “Barzangi”, “Oqsoqol”, “Futboldagi qotillik” kabi hikoya va hajviyalariga töxtalgan. Ammo neçundir ularni uşbu töplamdan topa olmadim.
Iş bor joyda, harakat öz kuçini körsatgan mahalda kamçilik yuz beradi. Donolar taʼbiri bilan aytganda, işlagan – xato qiladi. Bu tabiiy, albatta.
Adabiyot ixlosmandi, özbek kitobxoni sifatida qörqmasdan aytişim mumkinki, Jasur Kengboyev özi monand bağrikeng Xuşvaqt guppi, faylasuf Yetmişev, hazilkaşlikda Afandiga jöra böladigan Moyli buva, oriyatli Saydali obrazlari nasrimiz sarhadlarini boyitajak.
Hikoya qahramonlari milliy, maʼnaviy, ruhiy qiyofasi milliy yoki umumbaşariy ruhni oçib berişi lozim ekani bot-bot takrorlanadi. Mana şu mezonlar J.Kengboyev qalamiga mansub “Havoçin”, “Söngsiz gurunglar”, “Mung” hikoyalarida qisman esa-da öz aksini topgan. Yetmişev, polvonlar orasida umrguzaronlik qiladigan yozuvçi, Yalli gajir obrazlari, taʼbir joiz bölsa, milliy, maʼnaviy qiyofa kasb etgan. Ularni hikoyada uçratgan öqirmanda, albatta, özini, yon-veridagilarni körgandek, suhbatlaşgandek taassurot uyğonadi. Bu quvonarli jihat.
Men, vaqti kelib Salim Abdurahmon hamda Jasur Kengboyevning xalqonalik, özbekona ğurur, samimiyat, oriyat ufurib turgan hikoyalari milliylik suvidan şimib, umumbaşariy, umuminsoniy mezonlarda, dunyo kitobxonlarini ham qoyil qoldiradigan, taʼsirlantiradigan darajaga yetişiga aminman.
Bugun közlari yonib, yuragida yangi hikoya ilhomlari uçqunlab turgan yoş yozuvçilarimiz qatori, Jasur Kengboyev va Salim Abdurahmonovning gardaniga ham katta masʼuliyat tuşgan.
Davronbek ORIPOV
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

