***
Yangilanayotgan dunyo – poklanayotgan dunyodir. Yangi adabiyot – yangi söz, yangi til deganigina emas, balki yangi dunyo, yangi iztirob, yangi tafakkur, yangi yuksaklik degani hamdir.
***
…Gözallikni qabul qiliş, zavqlaniş har qanday hayrati sönmagan odamning qölidan keladi, gözallik hammani hayratga solişi mumkin, biroq uni yaratiş hammaning ham qölidan kelavermaydi.
***
Öziga işonmagan odam yoxud “Men”i şakllanmagan odam – içkarisi zabt etilgan, heç bölmasa, zabt etilişi arafasidagi odamdir. Içki dunyoning mustamlakasi qullikning, nari borsa mutelikning içki körinişidir. Şuning uçun “Men” va mustamlaka, “Men” va totalitarizm, “Men” va yolğon kelişa olmaydi. Faqat mustahkam “Men”gina millat va vatan uçun bugun va ertaga ham öqiladigan, kuylanadagan, şaraflanadigan Söz yarata oladi, köz oldidagi voqelikni ijodkor olami bilan boğlay oladi.
***
Millatning estetik saviyasi, didi davlat çegarasi kabi qattiq himoya qilinişi şart bölgan hudud deb öylayman. Şu jumladan, bugungi kitobxonning ham didini öldirmaslik, uni bestsellerga örgatmaslik, ermak uçun öqiydigan kitobxonga aylantirmaslik lozim.
***
…Muhabbat yöq joyda tubanlikka yöl oçiq, jaholat sevgi daraxtida emas, adovat butoğida yetişadi.
***
Adabiyot – millat könglidir. U ana şu katta köngilda sodir bölayotgan özgarişlarni bilişi, anglaşi, oğrişi, zavqlanişi, kuyinişi, talvasaga tuşişi kerak. Ana şu anglaş jarayoni turliça keçadi.
***
Adabiyot – şafqatsiz. U bağrida tomlar bitganni emas, yuksak badiiy talabga javob beradigan haqiqiy bitta jumla yozganni ham olib qoladi.
***
Adabiyotning azaliy mavzusi inson. Töğri, u qahramon qilib olgan inson Zamon bilan, uning muammolari bilan yuzma-yuz turgan şaxs. Adib insonni yuzida va qalbida balqib turgan zamon bilan yaxlit holda, zamon bilan munosabatga kirişgan holatda, davr bilan maʼnaviy-ruhiy tippa-tiklikda tasvirlasa ham, baribir, kundalik mavzularning izidan quvib yurişi şart emas.
***
Haqiqiy sanʼat örnini şou-biznes tafakkur tarzi egallab oldi. Yengil-yelpilikka asoslangan, saviyasiz olomonga möljallangan, köproq pul töplaşdan boşqa heç qanday niyati bölmagan bu “madaniyat” şu paytgaça şakllangan, ajdodlarimiz zeb bergan didimizni xatar ostiga qöyayotgani ham rost.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


