Yöl yamon-u yaxşisidan yema ğam,
Bismilloh, degil-u qöyğil qadam.
Alişer Navoiy
Şeʼrga, adabiyotga qaçon işqim tuşib, qaçondan qoğoz tirnay boşlaganim yodimda yöq. Lekin şunisi aniq esimdaki, şoirlik havasiga eş bölib Toşkentda öqiş “qarori” ham yuragimga qattiq örnaşgan edi.
Töqqizinçi sinfdaligimda otamiz xastalanib qoldi. Oilada yetti öğil, tönğiçi menman. Kiçigi ikki, oldi ön ikki yaşargaça bölgan ukalarim, kasalmand otam, yolğizqöl onamni taşlab, poytaxtga jönash insofdan emasdi. Ammo murğaklikdan dilimga qattiq örnaşgan öjar istak aqlimga böysunmaslikka undar, dam-badam ğalayon qözğab turar, bu ğalayonni arang bosib tinçitsam-da, iç-içimdan öksinib yurardim.
Öninçi sinf yarimlaganda dardimni qöşnimiz – Samarqand davlat universiteti matematika fakultetida tahsil olayotgan Abbos akaga aytdim. U heç narsa demadi. Demadi-yu, ertasi kuni meni şaharga olib ketdi. Birgalikda universitetning filologiya fakulteti binosiga kirdik. Auditoriyalar, keng zallar, sport maydonçalarini körsatdi. Talabalar bilan uçraştirdi. Bu yerda kimlar öqib, qanday odam bölib yetişgani, ayni çoqda qanaqangi maşhur siymolar dars berayotganigaça gapirib berdi. Qisqasi, şoir böladigan odam bu yerda ham astoydil öqisa, maqsadiga erişişiga işontirdi va öz şahrimda qolib öqişimga köndirdi.
Maktabni tugallab, SamDUning özbek va tojik filologiyasi fakulteti kunduzgi bölimiga hujjat topşirdim. Poytaxtdan boşqa joyda öqişni xayoliga ham keltirmay, havolanib yurgan mallasoç ğör yigitça öqişga arang ilindi. Ilinganda ham sirtqi bölimga… Gap şundaki, menga öxşagan xiyol kamroq bal töplaganlardan 30 nafarini (közlari qiymaganidan bölsa kerak) sirtqi bölimga qabul qilişdi. Xullas, 16 yoşimda universitetning sirtqi bölim talabasiga aylandim.
“Zarari yöq, – dedim hamon otdan tuşmay, – birinçi kursni tamomlab, kunduzgi bölimga qayta ariza beraman. Kerak bölsa, imtihon ham topşiraman, lekin sirtqida qop ketmayman!..”
Bu ahdim birinçi kurs oxiriga yetmay çippakka çiqdi. Otam vafot qildi-yu, kunduzgi bölim havasidan voz keçdim. Endi iş topişim, onamning yoniga kirişim kerak edi.
Kolxoz raisi Rofe Hamroyev qabuliga kirdim. U kişi ota qadrdonim edi, niyatimdan quvondi. “Öğlim, seni buxgalteriya kursiga yuboramiz. Öqib kelib, bağrimizda işlayverasan”, dedi.
Ana xolos, muştday boşim bilan şoir bölaman, jurnalist bölaman deb yurgan yerimda hammasini çetga surib qöyib, buxgalterlik qilarmişman.
– Rais bobo, özimning öqişim nima böladi? – dedim hovliqib.
– Öqişing öz yölida ketaveradi. Sessiya paytlaring işdan ruxsat beramiz. Ham öqib, ham dam olib kelasan, – dedi rais xotirjam qilib.
Boşqa ilojim ham yöq edi. Rozi böldim. 1970–71-öquv yilida bir yöla ikki joyda öqidim. Universitetning uçinçi kursiga köçgan yilim kolxozda mehnat buxgalteri yordamçisi bölib iş boşladim. Asta-sekin ekonomist yordamçisi, keyin çorva buxgalteri böldim. Bu orada universitet tahsili ham tugab, filolog-öqituvçi degan diplom oldim. Endi istagan yerimda işlaşim, debit-kredit hisob-kitoblaridan xalos bölişim mumkin edi. Ammo butun öqişim davomida meni qöllab, izzatlab, maoş berib turgan jamoani indamay tark etişim odobdan emasdi. Qolaversa, çorva buxgalterligidek baobrö, “yoğli” joydan ketib, maktabda oddiy öqituvçilik qiliş ham köpçilik nazdida kulgili tuyulardi. Yana bir tomoni – qaramoğimdagi ukalarimning oldi endi-endi suyagi qotib, oyoqqa turib kelayotgan edi. Qisqasi, diplomli bölganimdan keyin ham yana ikki yil çöt qoqişga majbur böldim.
Majbur böldim, deyişim ham rost gap, botinimda hali-hamon ijod dardi simillar, ozroq fursat topdimmi, nimalardir maşq qilişga undardi. Öquvçilik yillarimda şeʼrlarim çiqa boşlagandi, keyin esa hikoyalarim ham… Ularni faqat tumanimiz gazetasigina tan olib bosib turardi.
Ota qadrdonim bölmiş Rais bobomiz (keyinçalik u kişi qissalarimda Rustam Haydarov bölib körindi) 56 yoşida dunyodan ötdi. Rahmatli yaxşi odam, respublika miqyosida tanilgan maşhur rahbar edi. Şundan keyingina menga “monelik qiladigan” kişi bölmay, maktabga ketdim.
Maktabda bir yil havas bilan işladim, özimni suvga tuşgan baliqdek his etardim. Ğayratim içimga siğmas, “Şalola” degan adabiy tögarak oçib, öquvçilarimga şoirlikdan “dars” bera boşladim. Köp ötmay yana bezovtalik oraladi könglimga. “Nega dunyoning bir çekkasida oddiy öqituvçi bölib qolib ketişim kerak ekan, loaqal endi toleimni sinab körişim mumkin-ku!” derdim özim bilan özim kuraşdim.
Hamkasblarim bilan sirlaşdim. Qöllovçi bölmadi: “Endi keç, oila, beş farzand bilan Toşkentda yaşaşning özi bölmaydi. Qolaversa, bu sohani tanlaganning yo zari, yo zöri bölişi kerak”, deyişdi. Faqat birgina inson – qişloğimizga Nurota tomonlardan kelib qolgan Nurmuhamedov degan qariya, boşlanğiç sinf öqituvçisi, boşqaça gap qildi: “Mening bir tanişim bor, Nizomiyda, sirtqi bölimda bizga dars bergan. Yoşim uluğ bölgani uçun hurmat qilardi, şu odamga uçrab köring-çi”, dedi.
Maktabda ikkinçi yil iş boşlaşimdan oldin – avgust oylarida Toşkentga keldim. Aspiranturada öqiyotgan sobiq sinfdoşim yöl boşlovçi böldi. Öşa paytlarda qisqagina qilib, “prospekt 41” deb ataladigan (hozirgi “Buyuk Turon köçasi, 41-uy”) bino ostiga kelib, “Gulxan” jurnaliga qönğiroq qildik. Çunki jurnal tahrir hayʼatida biz izlab kelgan kişi – Pirmat Şermuhammedov ismini körgandim va şu jurnalda işlasa kerak, degan xayolda edim. Soddaligim ham şu darajada ekan-da.
Içkaridan kimdir javob berdi: u kişi katta odam. Ğafur Ğulom naşriyotida boş muharrir bölib işlaydilar, dedi.
Oyoğimdagi titroq zöraygandan zöraydi: ana xolos, bu katta odamga qandoq röpara bölaman?!
Aytmoqçi, Toşkentday joyga pasportsiz kelibman. Uçragan eşikda pasport suriştirib turişsa, bu yoği qandoq bölarkin, degan xavotirim ortib borardi… Yöq, “Navoiy – 30”da heç kim hujjat söramadi.
Binoga bemalol kirib, öşa paytlardagi eng maşhur Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot boş muharriri xonasini osongina topdik. Katta odam deyişgani – Pirmat aka (professor Pirmat Şermuhammedov) oçiq çehra bilan qarşi oldi. Stullarga ötqazib, çoy uzatdi.
– Domla, biz Samarqanddan keldik, bir tanişingiz yubordilar, – dedim tomdan taraşa tuşganday qilib va maktubni uzatdim.
Pirmat aka darhol konvertni oçib, avval suratga qaradi.
– E, domla-ku, – dedi kulimsirab.
– Ha, Nurmuhammedov domla, maktabda birga işlaymiz, – dedim jonlanib.
– Töğri, Nurmuhammedov. Oltmiş yoşida bizdan diplom olgandi. Ğayratli qariya edi…
Pirmat aka köp kuttirmay xatni öqib çiqdi-da, “qani, narsalaringizni bering-çi?” dedi. Narsalarim – bir dasta şeʼr va hikoyalar edi, darhol uzatdim.
– Yaxşi. Ertaga şu paytlarda kela olasizmi?
– Albatta, – dedim hovliqib.
Xullas, ertasi kuni aytilgan soatda Pirmat Şermuhammedov xonasida hozir böldim.
– Şeʼrlaringizni …ga (ismi yodimdan kötarilibdi), hikoyalaringizni Botir Norboyevga berganman. Hozir ularni çaqirtiramiz, – dedi Pirmat aka işçanlik bilan.
Şeʼrlarimni olgan odam topilmadi, Botir Norboyev xonaga kirib keldi. Qoraçadan kelgan, qoruvli yigit ekan.
– Xöş, Batirjan, hikoyalardi öqidingizmi, – dedi Pirmat aka xorazmça lahjada.
– Öqidim, ikkitasini…
– Qalay?
– Zör!
– Rasttanmi?! – dedi Pirmat aka unga sinçkov nigohini tikib.
– Ha, Pirmat aka, menga yoqdi. Viloyat muhitidagi bir narsa bölsa kerak degandim. Yöq, yozsa bölar ekan!
– Yaxşi, yaxşi. Unda hammasini öqing-da, keyin menga bering. Menam tanişay. Keyin bir xulosaga kelaylik. Şu yigitti padderjka qilaylik, böptimi!
– Albatta, domla, men tayyorman!
Pirmat aka menga yuzlandi.
– Samarqandga ketgunça yana bir kelsangiz, hikoyalarni öqib qöyaman. Şeʼrlaringizni ham…
Bir-ikki kun ötkazib, yana Pirmat akaga uçradim. Endi bir munça jurʼatlanib qolgandim. Ança suhbatlaşdik. Hikoyalar tili, jumla qurilişi, voqealar rivoji, mantiqiyligini maqtab, könglimni kötardi. Faqat ozroq yuk ortiş zarurligini aytdi. Şu yil oxirida – dekabrlarda yangi hikoyalar bilan kelsangiz, dedi.
(Şeʼrlarimni ortiq suriştirmadim. Mendan şoir çiqmasa kerak, nasrda biror narsaga erişarman, degan fikrlarim qatʼiylaşib ulgurgan edi.)
Pirmat aka men uçun “najot fariştasi”dek bölib köringan, murğak bolaligimdan halovatimni öğirlagan orzu-istaklarimni qanotlantirgan bir zot sifatida taassurot uyğotgandi.
Qişloqqa qaytdim. Qadam bosişlarim bölakça, erta-indin yozuvçi bölib tanilişimga işonib, iç-içimdan ğururlanib yuraman. Ğayratim içimga siğmaydi: ertalab vaqtli uyğonib, “ijod stolim”ga ötiraman, uç-tört qoğoz qoralab, maktabga otlanaman, u yoqdan qaytib, tamaddi qilmasdan yana qoğozga muk tuşaman, keçki ovqatdan keyin ham ne mahalgaça qalam qitirlataman. Stolim ustida – röparamda Pirmat Şermuhammedovning “Ijod dardi” kitobining orqa muqovasidagi surati: “Ğayrat qiling, sizdan yozuvçi çiqadi”, deganday jilmayib, quvvatlab turadi.
Şu tarzda 1978-yil sentyabridan dekabrigaça önga yaqin hikoya yozdim. Söng hayotimda tubdan buriliş yasagan yangi yil arafasida yana Toşkentga yöl oldim.
* * *
Keyingi yil mart oylarida, çamamda bahorgi taʼtil kunlari bölsa kerak, özim rahbarlik qilayotgan öninçi sinf öquvçilarini Toşkentga tomoşaga olib keldim. Ikki kun birgalaşib şahar aylandik. Muzey, teatrlarga kirdik, xiyobonlarda kezdik. Keyin ularni avtobusga ötqazib, Samarqandga jönatib yubordim-da, özim Toşkentda qoldim. Birinçi qilgan işim – Ğafur Ğulom naşriyotiga borib, hikoyalarim haqida iliq gap aytgan adabiyotşunos olim Botir Norboyevga uçradim. Navoiy köçasi böylab yurib, gurunglaşdik. Gap orasida mavridi kelib qoluvdi, dardimni aytdim. Hali ikki yil ötmayoq öqituvçilikdan çarçaganimni, öquvçilarning yarim umri dalada ötayotgani, xohlagandek dars bera olmasligingni va hokazo muammolarni qatorlaştirib, keyin mabodo maktabni taşlab Toşkentga kelsam, iş topişim mumkinmi, eng muhimi, işlab keta olamanmi… şunga siz nima deysiz, dedim. Botir aka gapni aylantirib ötirmadi, ikkilanmay kelavering, iş topiladi. Çidasangiz, işlab ham ketasiz, dedi. Bu gapni özimça şunday tuşundim: bu odam menga işonyaptiki, şunday deyapti. Aks holda… Xullas, yana ruhlandim. Özimga işonçim ortdi. Maktabdagi faoliyatimning sönggi oylarini içki bir orziqiş, pinhoniy bir sevinç bilan ötkazib, sinfimning bolalariga yetuklik attestatsiyalarini topşirgan kunim, maktabimiz direktori, tarix öqituvçisi, Xalq maorifi aʼloçisi Isomiddin aka Qarşiyev huzuriga kirdim va maqsadimni aytdim. U ayrim kasbdoşlarim ogohlantirgandek ovora bölma, Toşkentda yaşaşning özi bölmaydi, yo zaring, yo zöring bölişi kerak deb qörqitib ötirmadi. Bilaman, ança keç harakat qilyapsan, boşqa imkoning ham yöq edi. Mana endi… bemalol ketaversang böladi, dedi. Duo qildi. Xullas, öşa 1979-yilning iyulida pattam qölimga tegdi va erkin quşga aylanib, yigirma olti yoşimda Toşkentga yöl oldim…
* * *
Xudoning bergan kuni Ğafur Ğulom naşriyotidaman. Botir akaning xonasiga kirib ötiraman. Botir aka, Mahkam aka (Mahkam Mahmudov) kun böyi işdan qolib men uçun iş izlaşadi. Avval markaziy gazeta-jurnallarga qönğiroq qilib çiqişdi. Keyin Toşkent viloyati, “Toşkent oqşomi” gazetalariga. Natija yöq. Ilgari qayerda işlagan, deyişadi, maktabdami, bölmaydi. Bizga tayyor xodim kerak! Kunlar esa ötib boryapti. Oxiri şu darajaga bordimki, “Kitobsevarlar jamiyati”da buxgalterlik örni böş ekan, borasizmi, deyişdi hazil-çin aralaş. Roziman, dedim sira ikkilanmay. Hoy, bu senga kolxoz emas, davlat taşkiloti, kirim-çiqim, debit-kredit hujjatlarini yuritişda osmon bilan yerça farq bölsa kerak, deb ham ötirmadim. Naşriyot joylaşgan binoning ikkinçi qavatiga tuşdim. Rahbarga uçradim. Bir közi qora tasma bilan boğlangan, ammo özi ança basavlatgina kişi ekan. U tarjimayi holim yuzasidan obdon sörab-suriştirdi-da, keyin közimga qattiq tikilib, “Xotin, bola-çaqadan qoçib kelyapsizmi?” desa böladimi!.. Haligaça tuşunmayman, nega bunaqa dedi bu odam… Sariq odammasmanmi, qizarib-bözarib örnimdan turib ketdim. E, nima deyapsiz, öylab gapiryapsizmi, bizdi Samarqanddan bola-çaqani taşlab qoçadigan nomard çiqmagan, çiqmaydiyam!.. Böpti, xayr!.. Rahbar iljaydi. Ötiring, ötiring, hazil. Böpti, ertadan işni boşlayvering, Pirmat akadan taʼrifingizni eşitganman, uka. Faqat bunaqa serjahl bölmang-da…
Xiyol tinçlanib, Botir akalarning xonasiga kötarildim. Xöş?.. Böldi, deganday boş irğadim. Lekin avzoyimdan unçalik xursand emasligimni payqadi, şekilli, Botir aka tasalli berdi. Vaqtinça ilinib turing, birorta maʼqulroq joy çiqib qolsa, şunday ötib ketaverasiz. Biz sörab-suriştirib turamiz, dedi. Şu payt Mahkam aka bilan gaplaşib turgan, çamasi özim tengi bir yigit biz tomonga ögirildi-da, radioga borsin, mening örnimga, men ketyapman, desa böladimi!.. Siz Litdramda işlaysiz-a, dedi Botir aka jonlanib. Ha, zör joy. Oyligi yaxşi, qalam haqiyam… Mahkam aka gapga aralaşdi: Botirjon, siz darrov Pirmat akaga kiring, u kişi tavsiya qilsa, yöq deyişmaydi.
Işonsangiz, dilim şunday ravşan tortib ketdiki, qöyaverasiz. Axir, öylab köring: muştday boşimdan çöt qoqib, debit-kreditlardan bezib, maktabga ötib ketgan bölsam-da, azza-bazza Toşkentga kelib, yana… Xullas, Respublika radiosiga qarab yöl oldim. Ha, aytmoqçi, meni bu yerga kelişimga sababçi bölgan yigit – bugungi kunda taniqli şoir, olim, tarjimon Tohir Qahhor edi. Hozir öylab turib hayratga tuşaman: bu odamlarni ilgari körmaganman. Biri qoraqalpoqlik, biri xorazmlik, biri andijonlik, yana biri namanganlik… Ularga ötkazib qöygan joyim ham yöq. Lekin xuddi öz jigarlariga qayğurgandek qayğurişadi. Sira malollanmay, men uçun kimlargadir qönğiroq qilişadi, iltimos qilişadi. Yölim oçilavermasa, xafa bölişadi, yoruğlik körinsa, quvonişadi. Mabodo deyman, şularning örnida biror töngroq odamga duç kelganimda (keyin bunaqa kimsalarga ham duç keldim) nima bölardi?! Qişloqdan taşqariga çiqmagan, hatto harbiy xizmatda ham (oilaviy şaroit tufayli) bölmagan mört yigitça Toşkent toş şahar ekan, bu yerda yo zaring, yo zöring bölmasa bölmas ekan, deb ortimga qaytib ketarmidim. Ha, birinçi qadamlaringda qanday odamlarga duç kelişingda gap köp ekan…
Radio eşigiga kelib, içkariga qönğiroq qildim. Hayal ötmay novça (mendan bir kalla baland), tutaş qora qoşli yigit çiqib keldi. Kulimsirab körişdi-da, pasportimni söradi. Keyin bir tuynukka borib, ruxsatnoma yozdirib oldi-da, içkariga boşladi. Melisa tekşiruvidan ötib, ikkinçi qavatga kötarildik. Bu yerga kelişdan oldin, quloğimni pişitişgan. Sinov qattiq böladi. Dadil böling, katta-katta gapiravering, deyişgan. Lekin baribir yuragim çopmayapti. Bölmaydi, bari befoyda, degan işonçsizlik miyamda aylanadi. Gap şundaki, men şu çoqqaça tuman gazetasidan bölak dargohni körmaganman. Sanaganda sakkiz-önta şeʼr-u hikoyam faqat öşa tuman gazetasida bosilgan. Respublika radiosiday mahobatli bir jamoaga nimamga işonib işga olişadi. Hujjatlarimni köriboq hafsalalari pir böladi, derdim. Toir Yunus (haligi meni içkariga olib kirgan yigit) bir xonaga boşlab kirib, şu yerda ötirib turing, deya çiqib ketdi. Xona torgina, ikki stol, biri kiraverişda – öng qölda, ikkinçisi unga taqalgan holda eşikka qaratib joylaştirilgan. Stollar yoniga bittadan qöşimça stullar qöyilgan. Ulardan biriga ötirdim-da, qölimdagi papkani stol ustiga qöydim. Va şunday boşimni kötarib, röparadagi eşik yozuviga közim tuşdi: “Boş muharrir Nasiba Ergaşeva”. Iye, ana bölmasa, familiyadoş ekanmiz-ku! Loaqal familiyam şarofati bilan… Ha, demak, qabulxonadaman. Hozir boşliqqa olib kirişadi. Yöq, unday bölmadi. Xonaga jiddiy qiyofali, baland böyli, qoraçadan kelgan kişi kirdi. Qayerdadir körgandayman. Darhol jonkuyar Mahkam akaning gaplarini esladim: “U yerda Eminjon, Tohir Malik degan yozuvçi akalaringiz işlaşadi. Taniysiz-a ularni? – Ha, öqiganman. – Unda juda yaxşi. Ikkisi ham bölim boşliği, ana şular hal qilişadi…” Darhol, miyam tiniqlaşdi. Iye, Tohir Malik-ku! Örnimdan çaqqon turib, salom berdim. U kişi indamay körişdi-da, yuqoridagi stolga ötib ötirdi. Ötiring deganday boş irğadi. “Tohir aka, yaxşimisiz?” U eşitilar-eşitilmas ovozda “yaxşi” dedi-da, oldimdagi papkaga işora qilib, qölini çözdi. Darhol olib berdim. Nafas yutib, kuzatib turibman. U şoşilmay qoğozlar bilan tanişa boşladi, avval maʼlumotnomani qarab çiqdi, keyin tarjimayi holimni öqidi. Navbat gazetalarga keldi. Ularni va qölyozmalarni bir-bir közdan ötkazdi-da, keyin hammasini qaytadan joyiga joylab, papka boğiçini boğladi. “Tamom, hozir qölimga qaytib beradi!” Yöq, unday bölmadi. Boşini kötarib, jiddiy tikildi-da, “Hm, beş bolali yigitça”, deb qöydi. Nima deyişni bilmayman, hazillaşyapti, desam, qaraşlari jiddiy. “Öqiganmisiz?” “Nimani?” “Beş bolali yigitça”ni-da”. “Ha, romannimi, öqiganman…” Şundan söng Tohir aka papkani stol çekkasiga olib qöydi-da, çorşanba kuni kelasiz, hikoyalaringiz bilan bolalar tanişib çiqişadi. Qolganini keyin gaplaşamiz… U şunday dedi-da, boş irğab qöyib örnidan turdi.
Tohir aka bilan rosa qirq yillik aka-ukaçiligimiz, ustoz-şogirdligimiz ana şu kundan, öşa mubhamgina suhbatdan boşlangan ekan, hozir öylab qarasam. Koşki edi şunday bölişini oldinda bilganimda, döppimni osmonga otgan bölarmidim. Ammo öşanda u kişi bilan qayta uçraşgunimça içimni it tirnab yurdi. Endi nima bölarkin? Hikoyalarim yoqarmikin? Haligi hazili bekorga bölmasa kerak. Özingizni ham, beş bolangizni ham qiynab yurmang, Toşkentda yaşaşning özi bölmaydi, desa-ya!.. Oradan bir kunni amallab ötkazib, çorşanba kuni yana radiokomitet binosi oldida hozir böldim. Bu safar içkariga qönğiroq qilişimga hojat bölmadi. Oynavand eşik oçilib, bir kişi otimni aytib çaqirdi. Bu yoqqa keling, dedi. Eski tanişlardek, qöl berib körişdi-da, içkariga boşladi. Qarasam, foyeda Tohir Malik örta böydan balandroq, pişiq-puxta tana-töşli, oçiq çehrali bir kişi bilan turibdi.
– Keling, beş bolali yigitça… Va alaykum assalom. Tanişing, bu akangiz – Eminjon Usmonov.
Qöş qöllab körişdim.
– Bunisi, – meni çaqirib kirgan yigitga işora qildi. – Sotvoldi Rajabov, anjanlik.
– Tohir bilan yurtdoşmiz…
– Bölmagan gap, man toşkanlikman… – dedi Tohir aka bamaylixotir. – Bular şunaqa, maşhur odamlarni darrov özlariniki qilib olişadi. Hm, notöğrimi?.. Maşrab qayerlik?
– Asli anjanlik.
– Ana, aytmadimmi?..
– Isbot kerakmi?
Tohir aka isbot talab qilib ötirmadi-da, şerigiga yuzlandi.
– Eminjon, bölmasa, bu yigitçani sizga topşirdim. Biz bormasak bölmaydi. Opaga olib kiring. Aytmoqçi, opaniyam tegi anjanlik.
Sotvoldi aka şaraqlab kuldi. Tohir aka jiddiy qiyofada davom etdi.
– Anjanlik bölmasayam böladigan bola ekan, deng. Hikoyalari haqidagi fikrimizni ayting. – U şunday deya menga ögirildi. – Bitta hikoyangiz yoqmadi menga. Bildingiz-a? Bosmaçilar haqidagisi. Bilmagan narsangizni yozmang…
– Haligi… Bölgan voqea ekan. Hatto özimizning qarindoşimiz ekan…
– Qarindoşingiz Yöldoşxöja… – u şeriklariga qarab kulimsirab qöydi-da, – unaqa odam bölmagan, ehtiyot böling, – dedi. Keyin gapni qisqa qildi. – Böpti, buni alohida gaplaşamiz…
(Tohir akaning bu tanbehi sababini köp ötmay tuşundim. Közim yarq etib oçildi. Men, qizil şöro maktabining aʼloçi öquvçisi, bilib-bilmay öz ajdodlarim yuziga (Özi keçirsin!) loy çaplamoqçi bölgan ekanman).
Men ğalati bir holatda edim. Kuni keça bu kişilarning birortasini tanimasdim. Ammo hozir öz-özidan ularning biriga aylanib turibman. Bir-birlariga bemalol hazil qilişyapti. Özlariga yaqin olganlaridan bölsa kerak-da, aks holda… Nahotki, bu yoği oson köçsa…
Judayam oson köçmagan bölsa-da, oqibati xayrli böldi. Tört oy sinovda yurdim. Topşiriq berişadi, men Botir akaga uçrab, yöl-yöriq olaman-da, işga kirişaman. Lavha, maqola, oçerklar tayyorlab kelaman. Yozganlarim maʼqul topiladi, efirga beriladi, Uç-tört söm qalam haqi ham olaman. Lekin iş masalasi ilgari siljimaydi. Yaxşiyam yotoq masalasida qiynalmadim. Avvaliga Xalq xöjaligi instituti yotoqxonasida (Abdumannon ismli talaba hamqişloğim yordamida), keyin “Aspirantlar uyi”dagi haligi aspirant sinfdoşim xonasida deyarli tekinga yaşab turdim. Hafta sayin Samarqandga qatnayman. Qatnaganda ham payşanba kuni keçki poyezdga ötirib, juma kuni ertalab qişloqda bölaman. Uyimdagilar bilişadi, bilmaganlar – meni Toşkentdagi katta bir redaksiyaga joylaşib opti, deb eşitganlar, ajablanişadi. Bugun iş kuni emasmi, deb söraşadi. Mubham javob qilaman: iş kuni. Men safardaman, deyman. Işqilib, oxiri baxayr bölsin-da, şarmanda bölmayin-da, Xudoyim, deb qöyaman. Şu taxlit oy-u kunlar ötib borardi. Bir safar “dam oliş” kunlarini ötkazib, Toşkentga otlanib turibman. Oktyabr oyi yarimlagan. Ukalarim tomga şifer qoqişyapti. Nima böldi-yu, yölga çiqaman, deb turgan yerimda niyatimdan qaytib, kel, bir-ikkita şiferni uzatişib yuboray debman. Şifer deganim haligi biz bilgan azbestdanmas, tunukadan edi. Ikkitasini tepaga uzatdim-u, uçinçisi negadir tepada turgan yigitning qölidan sirğalib tuşib ketdi. Özimni çetga oldim-u, öng oyoğimni tortişga ulgurmadim. Oyoğim yuzi xuddi olov tekkandek “jiz” etdi. Qarasam, oqiş tuflim qip-qizil qonga böyalibdi. Darhol meni suyab, qöltiqlab, çorpoyaga olib borib ötqazişdi. Tuflimni, paypoğimni yeçişdi. Tunuka şifer qirrasi şim poçasini, paypoğimni ustaradek qirqib, keyin oyoğimga botgan, yöğon tomirlardan biri kesilgan şekilli, qon töxtay demasdi… Bir haftaça qişloqda qolib ketdim. Keyin uçta çok tuşgan kesik oyoq bilan yana Toşkentga yöl oldim. Oqsoqlanib radio binosi tomon borarkanman, “E, qayoqda yuribsiz?!” deydi birov. Qarasam, şu yerdagi köz tanişlarimdan biri. Nimanidir sezdimi, yuragim bir qalqib oldi. “Tohir aka bilan Eminjon aka sizni bir haftadan beri qidirişadi. Tez uçrang. Yangilik bor, şekilli…”
Oyoğim simillaşi birpasda yöqoldi.
Uzun koridor oxirida Eminjon aka kutib oldi. Qayoqlarda yuribsiz, darveş?! Qişloqda edim. Kelayotib…
Eminjon aka oyoğimga tikilib, bir zum jimib qoldi-da, keyin: Tuzukmi endi, paxta terişga yaraysizmi, dedi. Tuşunmay, angraydim. Bu yoqqa yuring-çi. Tohir akaning xonasiga boşlab kirdi. Iye, beş bolali yigitça topilibdi-ku, deya Tohir aka telefon göşagini joyiga qöydi. Hozir roziskka bersammi deb turgandim… Bu darvişingiz qişloqqa ketgan ekan, dedi Eminjon aka ötirayotib. Hmm… dedi Tohir aka menga boşdan oyoq qarab çiqib, bolalarni köpaytirgani ketgandir-da. Eminjon aka kuldi. Qayoqda, ustaçilik qilib, oyoğini kesib olibdi… Tohir aka voqea tafsilotini eşitib, bir zum jim qoldi. Keyin kulimsiradi. Zarari yöq, qişloqdi bolasi, çidaydi, dedi. Endi gap bunday, beş bolali yigitça. Opa sizni raisga olib kiradi. Oqsamaysiz. Heç narsa bölmaganday, nima deyişsa, xöp deysiz. Bugun 1-noyabr, Ubaydulla Yoquboviç hujjatingizga qöl qöyadi-da, erta şanba, yakşanbani ötkazib, törtinçida paxtaga ketasiz. Kelişdikmi?!
Hayajondan nafasim tiqilib, ovozim çiqmay qoldi. Şoşib boş irğadim.
Keyinçalik aytib berişlariça, mening familiyadoş opam bölim boşliqlari Tohir aka bilan Eminjon akadan paxtaga odam sörabdi. Hamma işga yaraydiganlar paxtada, boşqa odamimiz yöq deyişibdi. Bilmadim, ikkita odam kerak. Ana Toirjon (Toir Yunus) borsin. Yana bitta topinglar. Odam bor, debdi Eminjon aka Tohir akaga qarab olib. Kim? Sinovda yuribdi, yozganlarini öqidingiz. Efirga berib turibmiz, debdi Tohir aka davom etib. Şu yigitni işga olaylik-da, paxtaga jönataylik… Mayliku-ya, Litdramga yoşlik qiladi-da. Qanaqasiga yoşlik qiladi, debdi Eminjon aka qatʼiy turib. Yigirma oltiga kirgan… Ijodkor sifatida yoş deyapman, kitobi çiqmagan. Markaz tugul, viloyat gazetalarida biror narsasi bosilmagan. Menga qolsa-ku, yöq demasdim, sizlarga işonaman, direksiyadagilar oyoq tirab olişgan. Opa, debdi Eminjon aka sönggi nuqtani qöyib, şu yigit uçun Tohir ikkalamiz kafilmiz. Agar işni eplolmasa, javobini biz beramiz. Xullas, boş muharrirni köndirişibdi. Keyin meni izlaşsa, yöqmişman. Agar bir kun keçikkanimda bilmadim nima bölardi.
Xullas, öşa kuni Teleradio davlat qömitasining qirq yillik rahbari Ubaydulla Yoquboviç Ibrohimov buyruqqa imzo çekdi. Bir kun ham işlamay, 4-noyabr kuni Bekobodga paxta haşariga jönadim. Aytmoqçi, işga kirgan kunim aspirantlar yotoğiga bordim-da, oyoğim yarasi bitgandir degan xayolda, sekin iplarini qayçi bilan qirqdim. Qirqqanimni bilaman, jarohat örni oçilib ketsa böladimi!.. Obbo, endi nima qilaman? Hamxonalarim maslahati bilan oyoğimni siqib boğladim-da, dorixonaga çiqib, bir talay streptotsid tabletkalari, yod, zelenka, bint oldim. Xonaga qaytib, tabletkalarni tuydim-da, kukunini yaramga sepdim. Ustidan açitib yod surkab, bint bilan boğladim…
Paxta terib yuraman. Bir mahallar etigimni yeçsam, paytavam qip-qizil qonga böyalgan böladi. Darhol yaramga tabletka kukunidan sepaman, malham surib, bint bilan boğlayman va ustidan paytava örayman. Heç kimga sezdirmayman. Suyagim ğöza egatlarida qotgan emasmi, terimda qiynalmayman. Aksinça, havas bilan, soğinç bilan egat oralayman. Bolaligim ötgan dalalarni, beşinçi sinfdan boşlab paxta haşariga çiqib ketişlarimizni eslayman. Sinfdoş, qişloqdoş bolalar, qizlarni bir-bir köz oldimga keltiraman. Ayniqsa, kiçkintoylarim yodimga tuşsa, nafaslarim qaytib, yuragim hapriqib ketadi. Tavba, deyman, yetti uxlab tuşimga kirmagan işlar böp ketdi-ya!..
Bölajak hamkasblarim Toir Yunus (muharrir), Sanjar Saʼdullayev, Vohidjon Döstmuhammedov (radiorejissyor)lar bilan deyarli tengdoş ekanmiz, yulduzimiz öng kelib, inoqlaşib ketdik. Işim oson hal bölganidan bir quvonsam, bölajak işxonam qoronğu örmonday körinib vahimaga soladi. Xöp, erta bir kun paxtadan qaytarman. Işga ham tuşarman, deyman gohida özimça. Eplab ketarmikinman? Işqilib, meni kafillikka olganlarni uyaltirib qöymasam görga edi. Baʼzan şunga yaqin gap qilsam, Toirjon dalda beradi. E, parvo qilmang, hammasi yaxşi böladi, deydi. Hali siz bilan birga köp eşittirişlar tayyorlaymiz, quvvatlaydi Sanjar ham uni. (Sanjar Saʼdullayevni taniysiz, bugungi aksar xorij teleseriallari boş qahramonlarini “özbekça gapirtiradigan” dublyaj qirollaridan biri. Toir Yunus haqida gap ketganda men doim radiodan topgan eng sadoqatli, oqibatli döstim, deya eʼtirof etaman. Afsus, umri qisqa ekan, 56 yoşida (1954–2010) dunyodan ötdi. U 1996-yilda radiodan ketib, kinoxronikada boş muharrir bölib işlayotgan edi. Rejissyor Vohidjon Döstmuhammedovning ham şirali, salobatli ovozi bor edi. Keyingi paytlarda uni telekörsatuvlarga ham jalb qilişib, mumtoz ğazallarni öqitişayotgan edi. U ham Toirjon bilan tengdoş, vafoti ham deyarli bir vaqtga töğri kelgan edi, yanglişmasam. Alloh rahmat qilsin ularni).
Xullas, paxta terib yuribman. Hali aytganimday, kuniga ikki-uç mahal bekitiqça etigimni yeçib, oyoğim jarohatini tozalab, kukun bilan selgitib, yod surkayman. Baʼzida oyoğimni qimirlatsam, şiqirlagan ovoz çiqadi. Boş barmoğimni uşlab körsam, karaxt, heç narsani sezmaydi. Obbo, deyman taşvişga tuşib, bir kasofatga yöliqib qolmasaydim!.. Kunduzi deyarli oğriq sezmayman, lekin keçasi yiğma karavotimga çözilişim bilan, nafaqat jarohat örni, öng oyoğim bor böyi bilan qaqşaşga tuşadi. Tişimni tişimga bosib, uxlab olişga urinaman. Baʼzida yarim tunlar bölib ketsa ham oğriqning xurujidan közimga uyqu kelmaydi. Kasalni yaşirsang, isitmasi oşkor qiladi, deganiça bor ekan. Radio rahbarlari bizdan xabar olgani kelişgan ekan, kimdir meni “sotibdi”. Ğafur aka Ahmedov degan direktor örinbosari yonimga keldi. Men endigina karavotimga yonboşlagan edim. Nari-beridan gaplaşgan böldi-da, sekin odeyalimni kötardi. Bu nima, dedi. Heç narsa. Bint bilan boğlab taşlabsiz-ku. Döxtirga uçradingizmi? E-e, şart emas… Sizni qarang-u… U birpasda ambulatoriya navbatçisini boşlab keldi. Qisqasi, menga rentgendan ötib kelişga yöllanma berişdi. Ruxsat tekkanidan qanotlanib, töğri Samarqandga ketdim. Soğinganlarim bilan diydorlaşib, rentgen natijasini olib qaytdim. Suyakka zarar yetmagan ekan. Lekin baribir, terimga qayta ruxsat berişmadi.
Şunday qilib, 1979-yilning 19-noyabr kuni Respublika radiosining Adabiy-dramatik eşittirişlar boş tahririyatida Nasr bölimi muharriri sifatida birinçi iş kunimni boşladim. Heç şubhasiz, bu mening omadim, Yaratganning buyuk marhamati edi. Gapning halolini aytadigan bölsam, öşa holatimda men bu vazifaga munosib emasdim. Mendan taşqari ham (keyinçalik eşitişimça) bu öringa yaxşi-yaxşi nomzodlarni tavsiya qilişgan, şu sababli ham yetarliça qarşiliklar bölgan, biroq hali aytganim Tohir Malik, Eminjon Usmonov degan uluğ insonlar (Alloh rahmat qilsin ularni!) qatʼiyati orqasidan uloq menda ketgan ekan. Endi hammasi özimda qolgan edi. Har holda azza-bazza işlab turgan joyimni taşlab Toşkentga kelganim, oilam, bolalarim, avvalo, onaizorimning umid bilan köz tutib turgani, menga işonç bildirgan ustozlar oldidagi masʼuliyatim va albatta, tabiatimdagi botiniy bir öjarlik quvvat berdimi, xiyol fursatda radioçiga aylandim. Şubhasiz, bu borada jamoaning, atrofimdagi yaxşi odamlarning bağrikengligi ham katta yordam berdi.
Radioda iş boşlaganimdan söng efirga birinçi berilgan jiddiy işim – olti millionli paxta rejasi bajarilgan kun efirga berilgan radiokompozitsiyam böldi. Uni sinovda yurgan paytlarim yozib bergan edim. Kompozitsiya avvali va oxirida taniqli ijodkorlar tabrigi berilsa… degan taklif tuşdi. Erkin Vohidov, Abdulla Oripovlar bölsa yanayam yaxşi bölardi, deyişdi. Usmon aka (Usmon Azimov) jonimga ora kirdi. Men birga boraman, dedi. Mendek bir ğör yigitçaning bunday nomdor şoirlarga röpara bölişi osonmi?! Xullas, dastlabki iş kunlarimdanoq ana şunday insonlar bilan yuz körişiş nasib etdi. Xizmat taqozosi bilan keyinçalik ne ne uluğlar bilan muloqotda böldim, ularning neça birlari bilan ota-bola, aka-uka, ustoz-şogird sifatida bir umrga boğlanib qoldim. Bir çekkadan aytaversam, eh-he…
Ğaybulla Salomov, Najmiddin Komilov, Tilak Jöralar haqida orqavorotdan eşitib yurardim. Ularning atrofidagi ajabtovur muhit, gurros-gurros talabalarning ularga ergaşib yurişlari… Şuningdek, Ozod Şarafiddinov, Begali Qosimov, Talʼat Solihov kabi maşhur domlalar haqida ham… Ularda öqigan, ular bilan muloqotda bölgan ijodkorlarga havas qilar va Toşkentda öqiyolmaganimdan öksib qöyardim.
1992-yil edi. Professor Ğaybulla Salomovning 60 yilligi munosabati bilan eşittiriş tayyorlaşga topşiriq oldim. Domla bilan tanişdim, ança suhbatlaşdim. Şu asnoda Najmiddin Komilov, Tilak Jöralar bilan ham körişiş nasib etdi, ularning ham ovozini yozib oldim. Eşittiriş 11-dekabr kuni efirga çiqdi. Aynan şu kuni universitetda domlaning 60 yilligiga bağişlangan katta tantana bölib ötdi va uni ham maxsus ovoz yoziş maşinasida universitetga borib, magnit tasmasiga tuşirdim. Yubileydan rosa bir hafta ötib esa… fojia yuz berdi – domlaning Respublika prokuraturasida masʼul vazifada işlaydigan öğli Habibulla Salomov sirli ravişda ğoyib böldi. Ikki infarktni ötkazgan otaning yolğiz farzandidan judo bölişi tasavvurga siğmaydigan musibat edi. Yaxşi eslayman, öşanda köplab şogirdlari, Habibullaning döstlari domlani musibat bilan yolğiz qoldirmaslikka, çalğitişga, tasalli berişga harakat qilişdi. Men ham öz örnida Ğaybulla akani radioga tez-tez çaqiradigan yoki yozuv uskunasini kötarib, uylariga borib turadigan böldim. Har xil bayram, yubileylar munosabati bilan buyurtmalar ham berardim va domla bu işlarni kamoli hafsala bilan bajarib kelardi. Esimda, öşa kunlarda Tilak Jöra kasal bölib qoldi. Oğir emiş, Sayyotga opketişibdi, degan xabarlarni eşitdik. Ğaybulla aka menga qönğiroq qilib, Tilakjon betob, uning ijodiga bağişlab eşittiriş tayyorladim. Şuni tezgina efirga bersak, eşitib zora umriga umr qöşilsa, dedi. Biz ulgurdik, rahmatli Tilak aka eşitib, xursand bölganidan ham xabar topdik öşanda. Samarqanddagi eng yaqin dösti, professor Nuriddin Şukurov vafot etganida ham butun boşli xotira eşittirişni domlaning özi taşabbus körsatib, tayyorlab keldi. Xullas, munosabatlarimiz şu darajaga yetdiki, Xudoning bergan kuni qönğiroqlaşib, bir-birimizdan holdon bölmasak uyqumiz kelmasdi. “Yozilmagan doston” badiamda aytganimdek, domla 1995-yili haj ziyoratida bölib qaytdi. Öşa yillarda, baʼzi bir sabablarga köra, Moskvada yaşaşga majbur bölgan tadbirkor şogirdlaridan biri – Anvar Husayinov domla, bir Hajga borib kelmaysizmi, deb qoladi. E Anvarjon, bizga yöl bölsin, deydi domla kulib. Nega unday deysiz, domla, nafaqat özingiz, qança şogirdingiz bölsa, ayting, biz yuboramiz, deydi. Yöğ-ey! Xöp, deyavering, korporatsiyamiz homiylik qiladi. Domla bir kuni meni yoniga çaqirib, mulla falonçi, nima deysiz, bizga hamroh bölasizmi, deb turibdi. Quloqlarimga işonmadim. Avvaliga xöp dedim-da, keyin niyatimdan qaytdim. Ğulomxon Ğafurov (adabiyotşunos olim)ga yorildim. Har qança homiylik qilişganda ham, yoningda özingning uç-tört tanga puling bölişi kerak-ku, men bölsam, qip-qizil proletarman, domlaga uzrimni aytib qöysangiz, dedim. Yöq, yöq, dedi rahmatli Ğulomxon aka boş çayqab, bu gapni özingiz aytganingiz maʼqul, domlani xafa qilib qöyamiz. Birgalaşib bordik. Uzrimni aytdim. “Iye, bu qanaqasi böldi, – dedi Ğaybulla aka ranjigan qiyofada. – Men hali kimlarga işonib yuribman-a!” “Domla, aytdim-ku…” “Bu bahona bölmaydi, mana sizga yuz dollar!” “Qarz olib hajga boriş töğri emas-ku, domla…” “Qarz emas, haligi tarjima qilayotgan kitobingiz hisobidan!” Boşqa gapga örin qolmadi. Rozi böldim…
Yana gap avvaliga qaytsam. Ança qölim kelib qoldi. Işga şunçalik şönğib ketdimki, operatorlik, baʼzida rejissyor oğaynilarim hayallab qolişsa, ularning yöqligini bildirmay, rejissyorlik ham qilib ketaveradigan darajaga yetdim. Qiziği, bunga oddiygina operator qizning daşnomi turtki böldi. Adaşmasam, Jumaniyoz Şaripov degan keksa bir yozuvçining intervyusini yozib olişim kerak edi. Domlani studiyaga boşlab kiribman-da, röparasida ötirib olibman men sodda. Jumaniyoz aka suhbatini boşladi, aniqroği, qoğozga yozganlarini öqib berdi. Keksalik sabab, bir-ikki joylarida yanglişdi. Apparatxonada ötirgan qiz, oynadan menga qarab, qandaydir işoralar qildi. Tuşunmadim. Ötiraverdim. Keyin bilib olarman, dedim. Xullas, domlani kuzatib qöyib, apparatxonaga kirdim. Nima gap, Vaziraxon, deganimni bilaman, e, qanaqa odamsiz, deb bobillab bersa böladimi.
Ha, nima böldi?
Nega studiyaga kirib oldingiz? Redaktor degani mana bu yerda ötirmaydimi. Vistupayuşiy adaşsa, knopkani bosib, domla töxtang, mana bu joyini boşqatdan öqib bering, demaydimi?!
Uzr, uzr, bilmabman.
Bilmasangiz, endi bilib olasiz. Mana lentangiz, montajniy topib, özingiz montaj qiling. Mening vaqtim yöq…
Lattam suvga tuşib, xonamga qaytdim. Haligi qiz özimga daşnom bergani yetmaganday, tahririyatga ham kirib axborot berib ketibdi. Boşim gangib, qip-qizarib ötirgan yerimda baraka topkur Matluba opa (Matluba Islomova, “Dugonalar” jurnalini tayyorlardi) degan muharririmiz şartta örnidan turdi-da, falonçi bu yoqqa yuring, dedi. Indamay ergaşdim. Opa törtinçi qavatga boşlab çiqdi. Montajxona topib, birpasda haligi “vistupayuşim” sözida adaşgan joylarini şartta-şartta qirqib, ulab çiqdi-da, magnit tasmasi öramini qölimga tutqazdi. Haligi mahmadanaga oborib bering, yangi lentaga köçirsin-da, fonotekaga topşirsin, dedi. Şunçalik iş ekan-u anovi qiz… deya ajablandim. Rosa alam ötgan ekanmi, nafaqat matnga aloqador yumuşlarni, balki texnik xodimlar bajaradigan vazifalarni ham özlaştirib olişga kirişib ketdim. Natijada studiyaga kirib boraversam, qizlar quvonadigan, butun boşli studiya ixtiyorini menga topşirib, “zarur yumuşlari”ni bajarib olgani çiqib ketadigan bölişdi…
Kunlarning birida Eminjon aka, hadeb qişloqqa qatnayverasizmi, oilani köçirib keling endi, deb qoldi. Ijaraga yaxşiroq joy çiqişini kutib yuribman, dedim. Joy bor, siz harakatingizni qilavering, dedi. Keyin meni Kelesga ketaverişdagi Kirov degan bir qişloqqa boşlab bordi. U yerda böş hovli bor ekan. Hovli egasi Eminjon akaning tuğişgan akasi bölib, u xizmat yuzasidan oilasi bilan boşqa viloyatga köçib ketgan. Ijara haqisiz, faqat hovli-joyga qarab turiş şarti bilan yaşab turadigan böldim. Eminjon aka rahmatli şu taxlit mening yana bir muammomni hal qilib bergan edi.
Toşkentda ilk uçratganim yozuvçi-şoirlarning baridan nuqul yaxşilik köraverganim uçunmi, bu qavm aslan fariştaga yaqin yaratilgan ekan, degan xulosaga ham kelib bölgandim. Lekin… Yöq, xulosada yanglişgan ekanman, demoqçi emasman. Hali hamon öşa fikrdaman. Kitob öqigan, boz ustiga qöliga qalam tutib, qoğoz qoralaşni uddalagan odamdan yomonlik çiqmaydi deb öylayman. Lekin… aytaylik, kimningdir omadi yurişavermadi, omadi yurişganlarga qarab dili oğriganday böldi. Bu oğriq sekin-asta şayton qutqusi bilan alamga, alam hasadga aylana bordi. Şaytonga izn berdingmi, (Özi asrasin!) imoning zaxa yeydi, bir kun qarabsanki alamangiz, ojiz bir kimsaga aylanib qolibsan. Badiamni “Yaxşi odamlar” deb nomlaganman. Şu sababli onda-sonda uçratganim – bunday kaslarni eslamoqçi emasdim. Ammo boşqa bir sabab bilan ayrim birlarini til uçidagina aytib ötmoqçiman. Xullas, bir hamkasbimiz bor edi. Yozuvçi sifatida özimiz qatori bölsa-da, radiojurnalist sifatida tengsiz edi. Şu oğaynimiz ikki gapning birida menga tanbeh berar, bir yildan oşdi, radiodasiz, nasr bölimida işlaysiz. Özingiz ham hikoyalar eʼlon qiling bunday. Bunaqa imkoniyat hammadayam bölavermaydi, derdi. Hayron qolardim, nasr bölimida işlaşimning nima aloqasi bor? Yaxşi hikoya yozsam, çiqaveradi-da, derdim. Qişloqdan qöltiqlab kelgan hikoyalarimni esa eʼlon qildirişga yuragim betlamasdi. Har holda nasr bölimida işlab, turli saviyadagi asarlarni öqiyverib, ozmunça közim pişib qolgan ekan-da. Nihoyat, yangi bir narsa tuğildi-da, uni “Özbekiston madaniyati” gazetasiga olib bordim. Nasr bölimi boşliği Abduqahhor Ibrohimov hikoyani maʼqul topib, olib qoldi. Lekin ana-mana degunça olti oylar ötib ketdi ham, hikoya bosilmadi.
Yoşi uluğlar yaxşi eslaydi: 1981-yilda taniqli yozuvçi va davlat arbobi Sarvar Azimov Yozuvçilar uyuşmasiga birinçi kotib bölib keldi. Yangi rahbariyat yangiça iş tutdi. Ob-havo butkul özgarib, uyuşma faoliyati jonlanib ketdi. Şu jarayonda uyuşma muassisligidagi “Özbekiston madaniyati” gazetasi “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”ga aylantirilib, Özbekiston xalq yozuvçisi, yoş ijodkorlarning katta homiysi Asqad Muxtor boş muharrir etib tayinlandi. Gazeta yangi nomda aprel oyidan çiqa boşlagan bölsa, may oyining boşida mening “Poyandoz” degan hikoyam bosilib turibdi. Haligi oğaynim meni tabriklagan, ana bu boşqa gap, deya maqtagan böldi. Lekin noyabr oyiga borib ikkinçi hikoyam ham “ÖzAS”da bosilib çiqdi-yu, baloga qoldim. Oğaynim endi ğayirligini yaşirolmadi. Gazetaga borsam, avval falonçining hikoyalarini berib olaylik, keyin sizga navbat tegadi, deyişyapti, dedi. Yöğ-e, dedim ang-tang bölib, yetti oy oraliğida nahotki sizga navbat tegmagan bölsa?! Oğaynim bu bilan kifoyalanib qolmay, Opa (boş muharrir)ga kiribdi. Göyoki men “ÖzAS”ning masʼul kotibi bilan oldi-berdi qilib, yaʼni uning hikoyasini radioda berib, özimnikini gazetada çiqarib yotganmişman. Bu qattiq aybnoma edi. Opayam bu gapga laqqa tuşib, bölim boşliqlarini çaqirib, bu masalani örganişni topşiribdi. Tohir aka kulibdi, nima Mamatqulning (taniqli adib M.Hazratqulov) hikoyalari ilgari radioda ketmayotganmidi?! Yaqin orada men uning biror narsasini berganimizni eslay olmayman, debdi. Opa, biz aksinça xursand bölişimiz kerak emasmi, debdi Eminjon aka dangaliga olib. Keçagina işga olişda qança ikkilangan edik. Işni tortib ketdi. Mana endi yozuvçi sifatida Asqad Muxtorday ustozning nazariga tuşibdi, bu yaxşi-ku! Qolaversa, men domlani yaxşi bilaman, yaxşi asarni tutib turmaydi. Asar yoqmasa, avliyosi örtaga tuşsayam bosmaydi…
Bu masala şu tarzda yopilib ketdi-yu, lekin mendagi karaxtlik ançagaça tarqamadi. Nahotki, odam degani şu qadar buqalamun bölsa, deya tutaqardim damba-dam. Axir, aynan uning özi emasmidi meni şunga tarğib qilgan, oğayni, nasr bölimida işlaysiz, bunaqa imkoniyat hammadayam bölavermaydi, degan.
Köp ötmay özimga keldim. Öylab qarasam, bekorga tutaqibman. Aksinça, quvonişim kerak ekan. Kimningdir hasadini qözğabmanmi, demak, menda ham nimadir bor ekan… Bölib ötgan gap-sözlardan çiqargan xulosam töğri ekan, şekilli, könglim öz-özidan yorişib borayotganini payqadim… Ha, darvoqe, bu noxuş hodisani eslab ötişimdan maqsadim boşqa edi. Öşanda yangilangan adabiy gazetamizga boş muharrir bölib kelgan Asqad aka işni tahririyat papkalarida yiğilib yotgan asarlar bilan tanişişdan boşlagan ekan. Aytişlariça, bir hafta bosim ötirib, hikoyalar, şeʼrlar, publitsistik asarlarni bittalab közdan ötkazadi, saralaydi va şunda mening sarğayibgina yotgan hikoyam ham qöliga tuşib qoladi.
(Örni kep qoldi, aytib ötay: öşa yetmiş-saksoninçi yillar muhit bir munça yumşagan davrlar ekan. Undan avvalroq esa… aytişlariça, “Özbegim”, “Özbekiston” qasidalarini, “Temur tuzuklari”ni kimlardir (Asqad Muxtor, Ibrohim Rahim kabilar) boşlarini kundaga qöyib, eʼlon qildirişgan ekan. Hatto öşanda respublikaning birinçi rahbari ham örtaga tuşişga majbur bölgan deyişadi. Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Şayxzoda, Zulfiya opa kabi zabardast insonlar himoyasida ham qançalab isteʼdod nihollari omon-eson qad rostlab olgani haqida eşitib yurardik. Masalan, men özim esa Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov kabi atoqli adiblar, Matyoqub Qöşjonov, Ozod Şarafiddinov, Ibrohim Haqqul singari haqgöy olimlar, bolalar adabiyotidan Nosir Fozilov, Qudrat Hikmat, Tursunboy Adaşboyevdek jonkuyar insonlar ne-ne isteʼdodlar boşini silab, ularni issiq-sovuq şamollar xurujidan asrab qolganiga guvohman).
Asqad akaga uçradingizmi, deyişdi. Yöq, nimaydi? Har holda rahmat aytib qöygan yaxşi. Şartmikin, dedim çöçinqirab. Tortinmang, boring, qoidasi şunaqa.
Ming bir istihola-yu hayajon bilan yölga çiqqandim, uçraşuvimiz jöngina ötdi. Uyuşmadagi tadbirlarda uzoqdan körib yurardim, ammo özi bilan birinçi marta yuzma-yuz kelişim, körişişim edi. Domla, men rahmat aytgani kelgan edim, dedim. U indamay, sinçi nigoh bilan kulimsirab qarab qöydi. Hikoyam çiqqan edi. Ha, sizmidingiz? Ha, domla, minnatdorman… Qayerdasiz, söradi Asqad aka mulozamatimga ortiqça eʼtibor qilmay. Radiodaman, Litdramda. Ha, yaxşi joy, Ölmas işlagan, Omon Muxtor. Bilişimça, hozir Tohir, Eminjonlar öşa yerda… Böpti, qatnaşib turing. Yaxşi narsalar yozing…
Aytişardiki, kimning asari Asqad Muxtor imzosi bilan eʼlon qilinsa, bu katta omad. Mana falonçi, falonçilar hammasi Asqad Muxtor tufayli katta yölga çiqib olişgan… Şularni öylarkanman, iç-içimdan quvonib qöyaman: demak, endi mening ham… Ayni çoqda içimga xavotir oralaydi. Qatnaşib turing, yaxşi asarlar yozing, dedi Asqad aka. Lekin yaxşi asarlar yozişga imkon bölarmikin? Işimdagi nafas oldirmaydigan yugur-yugurlar yöl berarmikin?.. Radio degani konveyerday gap bölsa, hafta almaşib kelaversa. Efir deganni töldirib bölmasa… Yöq, töxta deyman, birdan huşyor tortib. Sen nimalar deyapsan? Bu anovi bolaning gaplari-ku. Nima balo, senam virus yuqtirib oldingmi undan?! Uning taʼsiriga berilyapsanmi halitdan?!
Darhaqiqat, işga kelibmanki, hali aytib ötgan hamkasb oğaynim bir gapni takrorlaydi: Falonçi döstim, – deydi köpni körgan yoşulliday salmoqlab, – körib turibman, işga kirişib ketdingiz. Omadingizni bersin. Lekin bitta narsani unutmang: Radio, bu – isteʼdodlar qabristoni!.. Yöğ-e, deyman ajablanib, unçalik emasdir. Ha, işonavering. Körib yuribmiz-ku. Mana özingizni oling: keçasi uxlamay ssenariy yozasiz, studiya, montaj deb çopasiz. Tayyorlaysiz. Rahbarlarga eşittirasiz. Albatta, kamçilik topişadi, topiş ularning vazifasi. Peremontaj qilasiz. Nihoyat, efir. Efir degani havoga uçdi, ketdi degani. Birov eşitsa, eşitadi, eşitmasa yöq. Lekin yozilgan asar qoladi… Tuşunaman, oila bor. Tohir akangiz aytganday, beş bolali yigitçasiz. Tuğdirib qöygandan keyin boqiş kerak. Şuning uçun işlamang, demayman, işlang, eşittiriş qiling, inssenirovka qiling, pul toping. Lekin qattiq köngil qöymang. Köproq ijod qiling. Toşkentga radioçi bölaman deb kelmagansiz-ku, töğrimi?! Bunday taşqariga ham qarang, gazeta bor, jurnal bor. Ularga hikoyalardan bering. Nasr bölimida işlaysiz, hurmatingiz bor, foydalanib qoling-da, oğayni. Yozyapsizmi özi? Yoziş kerak, döstim, yoziş kerak. Unutmang, radio faqat gonorar işlaşga yaraydigan joy. Boşqa heç narsa emas…
Uning nasihatlarini indamay eşitaman. Baʼzida ğaşim kelsa-da, sabr qilaman. Har holda ğayirlik qilib gapirmayotgandir, ayrim gaplari jöyaliga öxşaydi-ku, deyman. Lekin bir narsasini, tarbiyam sabab bölsa kerak, sira qabul qilolmayman: odam özi işlayotgan, rizq topayotgan joyiga nisbatan ham şunça bepisand böladimi? Bu noşukurlik emasmi, deyman. Radioda obrösi zör bölsa, mudom maqtalib yursa, Opaning erka muharriri bölsa, nega bunça ğingşiydi bu bola. Ijodda omadi çopmagan bölsa, beçora radioning nima aybi bor. Ölmas Umarbekov, Omon Muxtor, Anvar Eşonov, Erkin Aʼzamov degan maşhur ijodkorlar radiodan çiqişmaganmi?! Tohir Malik, Emin Usmonovlar radioda işlab ham ketma-ket kitoblar yozib yotişibdi-ku! Usmon aka (Usmon Azimov)ning qaysi bir şoirdan kam yeri bor?! Menimça, hammasi odamning öziga boğliq, deya özimni tinçitişga urinaman. Anovi bolaning taʼsiriga berilmasligim kerak…
Xayriyat, bu narsa köpga bormadi, hali aytganimday, ikkinçi hikoyam bosildi-yu oğaynimning “misi” çiqdi. Uni endi jiddiy qabul qilmaydigan, aksinça… açinadigan böldim. Özi yomon yigit emas-u… har tökisda bir ayb bölmasa bölmaydi-da. Özimam farişta emasman-ku.
Bir safar familiyadoş Opam – boş muharririmiz xonasiga çaqirdi. Qandaydir topşiriq berdi-da, bir mavridi kep qoldimi, oilam, bolalar, ularning öqişi, boğçasi haqida suriştirgan böldi. Keyin, şu, sizga qarab, köpdan beri bir narsani öylab yuraman, dedi kulimsirab. Nimani, opa, dedim. Yuragingiz otning kallasiday ekanmi, deyman-da. Yöğ-e, nega? Beşta bola bilan şundan şunga kelişga hammayam jurʼat qilavermaydi-da. Ijarada yaşaşning özi böladimi. Bir özingiz işlaysiz. Şunça taşvişdan ortib, ijod qilişni aytmaysizmi! Ayrim yigitlarimizga taqqoslab aytyapman-da. Öttizga kirib uylandi. Bittagina qizçasi bor. Hasrati dunyoga siğmaydi. Siz bölsangiz, öynab-kulib işingizni qilib ketaverasiz. Özim musofirçilikni körmagan bölsam-da, Xayrulla* akangizga qarab, aytaman-da. To bitta uylik bölgunimizça, tinim bilmaganlar. Keçasi bilan mijja qoqmay kitob tarjima qilardilar. Ertalab uxlab-uxlamay işga ketardilar.
Uçta bolani katta qiliş bizgayam oson bölmagan. Şunaqa gaplar-da… Mayli, boravering işingizga.
Xöp, opa, rahmat, deya örnimdan turgan yerimda opa yana gap qotdi. Ha, yana aytmoqçimanki, ayrim gaplarga eʼtibor qilmang. Iş bor yerda böp turadi şunaqasi ham. Xöpmi?..
Işonsangiz, quşday yengil tortib ketdim. Iye, Opa yaxşi ayol ekan-ku, men bölsam… Rostdanam, u oçiq yuzli, xuşçaqçaq, xodimlarga mehribon, eng muhimi, radioni yaxşi tuşunadigan, taşkilotçi rahbar edi. Erkaklarça tantiligi ham yöq emasdi. Öşandan çamasi bir-ikki yil ötib familiyadoş opam – Nasiba Ergaşevaning lavozimini kötarib, direktorlikka ötkazişdi.
U bu vazifani ham bemalol uddalab, beş-olti yil yaxşi işladi-da, obrö-eʼtibor bilan nafaqaga çiqdi. Haj ziyoratiga borib keldi, hoji ona bölib, ança yillar farzandlari ardoğida yaşadi. Alloh rahmat qilsin…
Ana-mana degança oradan qirq yil ötib ketibdi. Bu orada yana qançadan qança yaxşi odamlarni uçratdim, ularning marhamatidan bahramand böldim, saboq oldim. Eh-he, qay birini aytay… Ammo yöqotganlarim ham oz bölmadi.
Bularning ham qay birini aytay…
Maşrab Boboyev… “Hayot – abad, umr – soat. Qahr möldir, mehr – qahat. Unutmagin şuni faqat. Könglima, könglima, könglim…” degan dilbar qöşiqning muallifi Maşrab Boboyev… Bu yurtdoşimni Toşkentda topdim. Yanglişmasam, bizni Eminjon aka taniştirib qöygan edi: qani ikki samarqandlik, tanişib olinglar, degandi. Maşrab akani sirtdan bilardim, hatto “Kelinçak” degan hikoyamni u kişining “Visol” nomli hikoyasi taʼsirida yozgandim. Öşa birinçi uçraşuvdayoq qandaydir körinmas rişta bilan boğlanib, aka-uka bölib qolgandik.
1982-yilgi Yoş ijodkorlar seminarida Maşrab aka yoş yozuvçilar guruhi rahbari sifatida maşğulotlarni boşqarib borgandi. Maşğulotlar quyidagi tartibda ötardi: har kuni kamida törtta yozuvçi öz asarini (asosan hikoyasini) öqib beradi. Keyin özaro muhokama qilinadi. Oxirida guruh rahbari yakuniy xulosani aytadi. Öşanda Maşrab aka, keyin eşitişimça, bir gapni aytgan ekan. Jarroh öz yaqin odamini operatsiya qilişga çöçirkan.
Şunga öxşab men ham falonçidan (yaʼni, mendan) xavotirda edim, degan ekan. Xayriyat, “operatsiya” yaxşi ötdi. Hatto seminarning yakuniy yiğilişida Odil Yoqubov, (ayniqsa) Sunnatillo Anorboyev kabi ustozlarimiz men haqimda ham alohida töxtalib, umidli gaplarni aytişdi. Bu bir tarafdan bölsa, ikkinçi tarafdan Maşrab akaning “yaqin odami” sifatida u kişining işonçini oqlay olganim meni rosa quvontirgandi… Maşrab akaga boğliq yana bir gurungni eslab ötgim kelyapti. Unda televideniyeda işlayman. Maşrab aka qönğiroq qilib qoldi. Işdan qaytişingizda bir kirib ötsangiz… Xöp, dedim, yöl usti Axborot agentligiga kirdim. Maşrab aka allaneçuk taraddud bilan qarşi oldi. Kofemi yoki limonli çoy içasizmi, dedi. Heç narsa kerakmas, ovora bölmang, desam ham könmaydi. Böpti, çoy içamiz, dedim. Özini xiyol boşqaça tutayotganidan ajablanib borayapman. Bir piyoladan çoy içib bölindi ham, gapimiz qovuşmaydi. Oxiri sabrim tugab, Maşrab aka uylar tinçmi, dedim. Yangam, jiyanlar. Yaxşi, yaxşi, ha, şu Abdulla jiyaningiz taşvişi-da. Şuni uylab qöysak, degandim. Ha, albatta, qanaqa xizmat bölsa tayyormiz… Xizmat yöq-ku, şu oçiğini aytsam, suyagimiz yaqin, bir yerning odamimiz. Quda bölsak, demoqçiman qisqasi, dedi-da, gapini aytib olganidan yengil tortdimi, kreslo suyançiğiga yastandi. Mayli, men roziman, dedim, siz söraysiz-u, yöq deymanmi… Şunday deyapman-u özimni arang tutib turibman: hademay paq etib kulib yuboradigan ahvoldaman. Maşrab akaning çehrasi oçildi. E, yaşang, mana bu öğil bola gap böldi. Demak… Ha, Maşrab aka, roziman, dedim iljayib. Faqat… qizimni berib yuboraman-u, yangam ikkovlaringiz katta qip olasizlar-da. Yöğey, şunçalik yoşmi? Endi töqqizga kirdi. Toşkentda tuğilgan-da…
Maşrab aka – taniqli şoir, yozuvçi, dramaturg, birinçi özbek milliy teleseriali (“Köngil köçalari”) muallifi, lekin hayotda öta oddiy, jaydari, darviştabiat inson edi. 2003-yil (onam bilan oldinma-keyin) ötdi. Undan oldinroq – 2000-yil 31-yanvarda Ğaybulla as-Salom ustozimiz Toşkent davlat universitetiga Milliy universitet maqomi berilganiga bağişlangan tantanali marosimda sözlay turib, minbarda uzildi. Öşanda oradan rosa 21 kun ötganida tuş kördim: yoruğ, taskinbaxş tuş. Tuşimda Ustoz aytarmiş: Öşa kuni minbardan qulab boryapman-u yerga qattiq tuşmasaydim, deb öylayman. Bir mahal közimni oçib qarasam, vo ajab, parday yumşoq maysa ustida, gulzor içida yotibman…
2010-yil Sadriddin Salim Buxoriy, 11-yilda Matnazar Abdulhakim, 12-yilda Najmiddin Komilov, keyinroq Pirmat Şermuhammedov, Tursunboy Adaşboyev, Nosir Fozilov, Botir Norboyev… mana endi yaqindagina Tohir Malik ustozimiz dunyoni tark etdi. Tohir aka bilan sönggi bor 22-aprelda (2019) körişdik. Tursunboy Adaşboyevning 80 yilligini ötkazgani Öşga borişimiz kerak edi, Tohir aka uzrini aytdi. Men televideniyedan operator çaqirtirib, Tohir akaning Tursunboy aka haqidagi xotiralarini yozib oldim. Bu videoyozuv Öş davlat özbek drama teatrida bölgan katta tadbir avvalida qöyib berildi. Tohir akani tanigan, Toşkentda, Öşda, Özganda u bilan uçraşgan juda köp qadrdonlari, jumladan, Şayx Alovuddin Mansur hazratlari ham ustozning gaplarini maroqlanib tinglaşdi. Tohir aka xasta holida ham hazilkaşligini qöymay, Tursunboy aka bilan boğliq quvnoq voqealarni eslagan, eng hayratlanarlisi esa, uning gaplari zamirida ölim döstlarni ajratolmasligi, judolik abadiy emasligi, oldinda yana diydor körişuv muqarrarligi va bu unça uzoq emasligiga işora bor edi. “Biz qiyomatlik aka-ukalar edik, tongi mahşarda, inşaolloh, yoruğ yuz bilan körişamiz”, deb yakunlagan edi sözini… Toşkentga qaytgan kunimning ertasiyoq uylariga qönğiroq qildim. Qadrdonlar duo-yu salomini yetkazib, Tohir akani quvontirmoqçi edim. Qarangki, xuddi öşa kuni operatsiya (bu ön birinçisi edi) qilingani, hozir uyquda ekanligini aytişdi. Oradan yigirma kun ötib esa…
“Rivoyatda kelişiça, bir podşo ikki şoirga bittadan yaxşi bayt aytinglar, debdi. Şoirlar bittadan bayt aytişibdi. Bittasi öz şeʼrida bu dunyoda faqat yaxşilik qilib yaşagin, desa, ikkinçisi, bu dunyoda heçam yomonlik qilmasdan yaşagin, degan maʼnoda bayt aytibdi. Podşo birinçisiga köproq, ikkinçisiga kamroq hadya beribdi. Şunda vazir ajablanib, Podşohim, ikkisi ham bir xil maʼnoda şeʼr aytdi-ku. Biri yaxşilik qilgin, deyapti, ikkinçisi yomonlik qilmagin, deyapti-ku?! Nega biriga köp, biriga kam hadya berdingiz, debdi. Gaping töğri, debdi podşo, lekin baribir birinçi şoirning şeʼrida yaxşi niyat bor edi, yaxşi degan söz bor edi…”
(Tohir Malikning “Hayotdagi men” telekörsatuvidagi suhbatidan)
Nima desam ekan, Tohir akaga boğliq qanday xotira yodimga tuşsa, dilim yorişadi. Hali nasib etsa, alohida xotiralar yozarman, biroq şu örinda ayrim bir lavhalarni eslab ötişdan özimni tiyolmayapman.
1982-yil edi. Har galgidek birinçilar qatori paxta haşariga otlanib turgan yerimda naşriyot rejasida turgan kitobim taqdiri haqida eşitib, ruhim tuşib ketdi: “Avtorning birinçi kitobi” ruknidagi kitobçam 1983-yildan 84-yilga ötib ketibdi. Bu ham yetmaganday, alohida emas, jamoaviy töplamda çiqarmiş. Paxtadan qaytgan kunim esa boşqa bir xuşxabar meni qarşi oldi. Tohir aka telefon qildilar, dedi Toir Yunus birodarim jilmayib. Beş bolali yigitçadan suyunçi olinglar, dedi. Rostdanmi, nimaga? Kitobingiz 83 ga köçibdi. Alohida çiqadigan böpti. Tohir aka muharrir ekanlar…
Bu paytda Tohir aka radiodan Ğafur Ğulom naşriyotiga ötib işlayotgan edi. Borib uçraşdim. Kitobçaning maslahatini qildik. Hikoyalarni saraladik. Tahrirdan çiqarib, bosmaxonaga tuşiriş oldida, Tohir aka bu yerdan ham işdan ketdi.
Mavridi kep qoldi, aytib ötay, Tohir akaning odati – bir yerda uzoq işlay olmasdi. Nimadir yoqmay qolsa, kimningdir ğayirlik qilganini sezsa, böldi. Talaşib, tortişib umrini ötkazib yurmasdi. Men ham u kişiga taassub qildimmi, bilmadim, 1990-yil oxiriga borib jamoa muhiti xiyol ayniganday böluvdi, radiodan “Kamalak” (sobiq “Yoş gvardiya”) naşriyotiga ötib ketdim. Bir yil havas bilan işladim. Keyin u yerda ham ob-havo özgardi. Özbekiston xalq şoiri, naşriyotni yelkasida tutib turgan (bu mubolağa emas) tajribali noşir Xurşid Davronga nisbatan adolatsizlik qilindi. Va biz bir guruh haqiqatçilar (oramizda “Yoşlik” jurnali boş muharriri Tohir Malik, “Sirli olam” jurnali boş muharriri Hojiakbar Şayxov, maşhur şoir Sulaymon Rahmon, ozariy olim yigit Yaşar Qosimlar ham bor edi) uç oy kuraşdik. Oxirida dumimiz tugilib, işdan ketdik. Aniqroği, ketiş oldidan taʼtilga çiqdik. Taʼtilga çiqib, qişloqqa ketganman, uyimizga uç marta qönğiroq bölibdi. Birodarim Toir Yunusdan. Radioga kelsinlar, gap bor, deganmiş. Bordim. Aka, örningizga qayting, ob-havoni tozaladik, dedi. Paysalga solib ötirmadim, qaytdim…
2007-yil. Televideniyeda işlab yuribman. “Qalb gavhari”, “Ruhiyat manzaralari”, “Işqnoma”, “Ibratnoma”, “Odami ersang” degan qator körsatuvlar muallifiman. Işimga berilganman. Xuddi öşa kezlar Ğolibşer degan “maʼnaviyatçi” laqabli bir azamat kompaniya raisiga örinbosar bölib işga keldi. Kelganim bilinsin, dedimi, ajabtovur işlarni boşlab yubordi. Dam televideniyeda, dam radioda odamlarni yiğib, uç-tört soatlab majlis ötkazadi. Kimnidir sal mudroq bossa, şöri quriydi. Aybdor öquvçidek oyoqqa turğazib qöyiladi. Katta-katta obröli rahbarlarni (jumladan, Nazar Eşonqul singari maşhur yozuvçilarni ham) köpçilik orasida “Maʼnaviyat degani nima özi?” deya söroqqa tutadi. Heç kimning javobi qoniqtirmaydi. “Unday emas, bitta jumlada javob bering”, deydi. “Bitta jumla”ni bitta söz deb tuşunsa kerak-da. Qisqasi, şu odamga (falokatim qisib) men ham röpara keldim. Uning qabulxonasida keçki navbatçilikda turibman. Bir mahal ikki şerigi (biri qiz) bilan kirib keldi-da, men tomonga qarab ham qöymay, xonasiga ötib ketdi. Şeriklari haytovur boş irğab salom bergan bölişdi. Ötiribman tiq etgan ovozga quloq tutib. Bir mahal içkaridan çaqiruv qönğiroği böldi. Eşikni oçib qaradim. Manavini opçiqib keting, dedi. Nimani, dedim tuşunmay. Pepelnitsani, dedi dağal ovozda. Qarasam, stol çekkasida kuldon, kuldonda atigi bir dona gugurt çöpi turibdi. Guv etib miyam qizidi. Nima uçun, dedim öjarligim tutib. Nimaga bölardi, şuniyam tuşunmaysizmi?! Tuşunmayman! Şundaymi?! Şunday!..
U yonidagi şeriklari, ayniqsa, qizning oldida ortiqça izza bölişni istamadimi, amallab kulimsiradi. Qöli bilan işora qildi: böpti, çiqavering…
Ertasi ertalab işga keldim-da, hammani hayron qoldirib, işdan ketişga ariza yozdim. Sababini aytib ötirmadim. Öşa kezlar Rauf Subhon degan şoir birodarimiz meni yoniga işga çaqirib yurgan edi. Unga qönğiroq qildim. Böpti, borganim bölsin, dedim-da, Adliya vazirligiga tegişli “Adolat” naşriyotiga işga ketdim. Rauf birodarim bölsa, meni kutib yurgan ekan, şekilli, hayal ötmay boş muharrirlik vazifasini menga topşirib, özi ketdi-bordi. Xullas, bu yerda ham bir yarim yil javlon urişimga töğri keldi. Kitob çiqaramiz, ayrim jumla tuzişlar ğaliz tuyuladi, muharrirligim tutib qalam urgim keladi. Hay-hay deb töxtatib qolişadi. Bu sizga roman-u qissamas. Qonun hujjati. U bejama sözlarni kötarmaydi, deyişadi. Xullas, bölarim böldi. Nihoyat, kunlarning birida haligi “maʼnaviyatçi” xususida yangilik eşitib qoldim. Bir yarim yil birov muşugini pişt deyolmagan, butun kompaniyani ötqazib-turğazgan (özining iborasi) azamat, borib-borib qoraqalpoqlar diyorida taʼzirini yebdi. Tafsiloti esimda yöq-ku, lekin öşanda bir kundayoq pattasini qöliga tutqazişgan ekan. Içimga öt tuşdi. Özi menga köz oçib körganim – teleradiokompaniyadan boşqasi töğri kelmas ekan, dedim. Yuzimni şartta sidirib, qadrdon işxonam eşigiga boş urib bordim: yuzimdan ötişolmadimi, ayaşdimi, Xurşid Davron, Ahmad Aʼzam degan yaxşi insonlar örtaga tuşişib, işimga qayta tiklaşdi. Avvaliga yarim stavka, keyin örin böşadi, şekilli, töliq stavkaga ötqazişdi. Yana boz-boyagiday işga tuşib ketdim. Yangi kuç, yangi rejalar bilan deganday… Xullas, radioga ham, televideniyega ham ikki qayta işga kirib, ikki marta böşaganman. Bundan taşqari “Kuç – adolatda” nomli Oliy sud gazetasida (ikki oy), “Bekajon” gazetasida (ikki marta – birinçi gal tört oy, ikkinçisida ön bir oy), “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida (bir yarim yil), “Şarq yulduzi” jurnalida (ikki yarim yil) örindoşlik asosida işladim. Baʼzida bunaqa köçib yurişlarimni Tohir Malikning şogirdiman-da, deya maqtangannamo izohlab qöyaman. Lekin unday desam, qişloqda çorva buxgalterligiday “yoğli” işimni taşlab, özimning zararimga bölsa-da, maktabga ötib ketganim-çi?! Xullas, bilmadim, lekin xalqimizning ardoqli adibi Tohir Malikning boşqa fazilatlariga, masalan, matonatiy-u sabr-bardoşiga, donişmandligi-yu sokinligiga, sermahsulligi-yu kamsuqumligiga havas qilib, taassub qilib, unga öxşaşga intilganimda va bu fazilatlaridan ozgina yuqtira olganimda edi, bu endi çinakamiga maqtaşga arzigulik iş bölardi…
* * *
Tursunboy Adaşboyev… Kiçkintoylarning katta şoiri bilan köpdan salom-aligimiz bor edi, u kişi haqida körsatuv ham tayyorlagan edim. Ammo Yozuvçilar uyuşmasiga kelib, salkam bir yarim yil hamxona bölib işlab, uni qayta boşdan kaşf qildim. Tursunboy akaning keyingi yillarda maoşsiz işlaşi, şu holatda ham uyuşma boşqaruvidagi oylikxör xodimlardan kam mehnat qilmasligi, taʼbir joiz bölsa, bolalar adabiyoti mehvariga aylanib qolganiga guvoh bölib, hayratga tuşdim. Ammo Tursunboy aka bu narsani fidoyilik emas, oddiy burç deb bilardi. Heç kim ota-onasidan yozuvçi-şoir bölib tuğilmaydi, derdi u. Har qança tuğma isteʼdod bölmasin, ustozsiz iş bitmaydi. Masalan, men özim Mirtemir, Qudrat Hikmatlar sabab oyoqqa turdim. Agar endi ulardan olganimni özimdan keyingilarga ötkazmasam, örtadagi zanjir uzilmaydimi?!
Yoşi bir yerga borib qolgan odamning qişda isimaydigan, yozda sovutilmaydigan xonada bosim ötirib, nuqul qölyozma öqişi, tahrir qilişi, olis-olis qişloqlardan qora tortib keladigan musofirgina bolalar ijodkorlarini qabul qilişi, ular bilan boşlaşib, gazeta, jurnallarga, naşriyotlarga qatnaşi, ögay nazar va eʼtiborsizlik sabab ijoddan sovub “uzlatga” çekingan Zafar Isomiddin (Farğona), Xudoyberdi Komilov (Samarqand), Neʼmat Duşayev (Angren), Sodiqjon Inoyatov, Erpölat Baxt (Xorazm) singari qançalab ozurdaqalb ijodkorlarni izlab topişi, goh nasihat, gohida koyişlar bilan yuragiga qayta çöğ solişi, kitoblarini çiqartirişi, Hamza Imonberdi, Abdurahmon Akbar kabi marhum şogirdlarining oilalaridan boxabar bölib turişi… e, qay birini aytay…
Xullas, aytmoqçi bölganim, Yaratganga şukurki, Toşkenti azimda keçgan qirq yillik hayotim davomida bunday insonlarga juda köp bor duç keldim. Va ijodkor qavmi aslan fariştaga yaqin yaratilgan ekan, degan öşa dastlabki xulosamga qayta-qayta amin böldim.
* * *
P.S. Sobiq sinfdoşim qönğiroq qilyapti. Maslahating kerak, deydi.
Tinçlikmi, nima gap, dedim.
Ha, şu bir nevaram bor, maktabda dars beradi. Xotini, bitta öğilçasi bor. Ikki gapning birida sanga öxşab Toşkentga ketaman, deydi-da. Bir paytlar otasiyam, sani öquvçing, şunaqa uçib-qönib köruvdi, Toşkentda sanga qovurib qöyibdimi, deb yaxşilab sökib beruvdim, böynini qisib qoluvdi. Endi bölsa öğli… E, jöra, öğilli işi oson ekan, ja bölmasa, bitta şapaloq bilan esini kiritib qöyasan. Lekin nevaraga tiş ötmas ekan. Şaşti baland, odamga gap bermaydi. Bobo, siz tuşunmaysiz, man Toşkentda yaşaşim kerak, deydi. Boşqalarga öxşab Rossiyaga, Turkiyaga, Koreyaga ketaman desa, tuşunardim. Yöq, bu Toşkentga şoir bölgani bormoqçi…
Yozganlari çiqib turibdimi, dedim sinfdoşimning gaplaridan hafsalam pir bölib. (Boşqalarga öxşab xorijga ketaman desa, tuşunarmiş!)
E, şu… “Oqdaryo ovozi” degan bir parça tuman gazetasi bor. Öşanda bir-ikki körganday böluvdim. Sanga qönğiroq qilayotganim: özing bir nasihat qilib qöysang.
Nima deyişim kerak?
Ha, şu aytasan-da, tanlagan yöling oson emas, boşimdan ötdi, degin. Yo zaring, yo zöring bölmasa, kelib yurma degin.
“Tavba, qirq yildan keyin ham şu gap-a! deyman içimdan zil ketib. Qaçon qutilarkanmiz bunaqa umidsizlikdan…”
Şaştini baland dedingmi?
E, vopşe böyin beradiganga öxşamaydi. Otasi qöydakkina edi, bu çatoq. Özimga tortganmi, deyman-da!..
Mayli, aytib köraman, dedim nimadandir könglim yorişib, lekin foydasi bölarmikin.
Nimaga bölmaydi, u sani yaxşi köradi, gapingga kiradi…
Bilmadim, bilmadim, ijod dardi bilan qattiq oğrigan bölsa, aytişdan foyda yöq, baribir qaytmaydi. Ijod dardi oğir, jöra.
Tuşunmadim, qanaqa dard?
Tuşunmaysan, jöra, tuşunmaysan. Lekin san xavotir olma, hammasi yaxşi böladi. Faqat xalaqit bermasang böldi…
Orziqul Ergaş
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


