3 daqiqada öqiladi

260 marta körilgan

Şunday yaşayapmiz…

Şahzod Şodmonov

Vatanni seviş nima ekanini anglamaymiz. Bolalik paytlarimiz bu haqda “Vatan tuyğusi”da uçratganimiz uçundir, balki. Maktabda esa yaxşi öqimaganmiz…

Balki vaqtimiz “yöq” bölgandir, balki xohişimiz, toqatimiz bölmagandir, balki yaxşi öqituvçiga yolçimaganmiz. Ota-onamiz “Öqi” demaganmikan yoki?! Aytgan bölsa ham, ehtimol, maktabga, deb öyinga ketgandirmiz. Yaxşi öqiş kerak ekanini tuşunmaganmiz ham, kamiga. Işqilib, qunt bilan öqimaganmiz maktabda.

Lekin televizorda, radioda, turli tadbir, yiğilişlarda aytiladigan ona yurtga muhabbat haqidagi barça aqlli gaplarni suv qilib içib yuborganmiz. “Vatan nima?” – deyişsa, serjilo qilib “Kindik qonimiz tökilgan muqaddas tuproq”, deyişni bilamiz. Ammo kindik qoni özi nima ekanini bilmaymiz, muqaddas degan sözning mağzini çaqiş tugul, bu haqda öylab ham körmaymiz.

– Vatan nima?

– Kindik qonimiz tökilgan muqaddas tuproq. Vatan – ona…

Tengqurlarimizning yarmidan köpi taxminan şunaqa javob beradi. Hatto Vatan haqida ham mustaqil fikrimiz, alohida tasavvurlarimiz bölmadi.

“Yolğonmi, kindik qoning tökilgan joy Vataning emasmi, u ona emasmi?” – degingiz keldi-a? Ha, rost. Inkor qilmayman. Lekin Vatan faqatgina şu emas-ku.

Qaçonlardir ajdodlarimizning kindik qoni tuproqlarga tökilgandir, lekin bizniki tuğiriqxonalarda, nomini bilmaydiganimiz qandaydir jihozlar ustiga tökilgan. Balki, şuning uçun his eta olmasmiz Vatan sevgisini…

Şu tuproqqa burnimiz ham qonagan. Tizzamiz, tirsagimiz şilingandagi qonlar ham singigan.

Sovuq yurtlarda işlab qaytgan akalarimiz yötalganida sölakay aralaş aroq bilan birga ayozga oldirgan öpkalaridan keladigan qon ham tuşgan bu tuproqlarga… Hali bular nima bölibdi?!

Qança-qança yuraklarning qoni bor Vatan tuproqlarida.

Qança-qança közlardan qon tökilgan hatto.

Biz esa özimiz heç qaçon eslolmaydigan va töki­liş-tökilmasligi ixtiyorimizda ham bölmagan kindik qonimiz haqida gapirişni bilamiz, xolos. Agar ixtiyorimizda bölganida edi, qaydam, qaysi birilarimiz hatto joy tanlab kestirardik kindigimizni?!

– Vatan nima?

– …muqaddas tuproq!!!

Özi bilamizmi muqaddaslikni? Qöyib bersa, közimizga yaxşi körinib ketgan suyuğoyoq juvonning şayton silagan soçlari haqida ham aytib yuboraveramiz-ku bu sözni…

Bizni Xudo urmadimikan?!

Etlarimning orasida nimalardir pitirlab ketdi, boş çanoğim muzlab ketdi şu savoldan. Çap köksimni uşlab-uşlab qöyaman: yuragim joyida turibdimi? Özi, şu qobirğalarim orasida erinibgina depsinib turgan muştdek et aniq yurakmi? Nega unda gupirlamaydi, nega hapriqmaydi bir özi tört ummonning ovozini bosgudek bölib, pişqirmaydi mingi qilinmagan va heç qaçon mingi qilib bölmaydigan toylardek? U menga yurakdan köra köproq mahbusni eslatyapti. Ozodlikdan umidini uzgan, balki heç qaçon umid qilmagan mahbusni… Vatan sevgisisiz yurakmi, yurak?!

– Vatan nima?

– Vatan – ona!!!

Orqasida uçta undovi bor gaplar gapirişni boplaydiganlardanmiz. Unça-munça gaplar­ning orqasiga majburlab bölsa ham undov tirab yubora olamiz.

Vatanni onaga qiyos etdik-da, onaning ahvolidan bexabar farzand böldik. Onani taşlab ketdik uzoqlarga öz qornimizni öylab. Bizni boqdi, biz ketdik, keyin özi oç qoldi ona-Vatan. Dasturxonçilik qildi, oqsoçlik qildi, farroşlik qildi… bilmadik. Sevmadik, sevolmadik. Vaho­lanki, sevgi kuç edi, sevgi qudrat edi.

Bu tuproqlarga kindigimizning qoni tökilgan edi, yot tuproqlarga peşonamizning terini tökdik.

Vatanni seviş nima ekanini anglamaymiz. “Vataning qayer?” – deyişsa, “Özbeksiton!” – derdik oğiz köpirtirib. “Özbekiston qayerda?” – deyişsa, uniqib ketgan dunyo kartasidan körsatdik qölimizni bigiz qilib. Çap köksimizni körsatiş yodimizga ham kelmadi. Çunki u yer böş edi.

Yuragingda Vatan sevgisi yöqmi, demak, sening Vataning ham yöq. Biz şunday ösdik – vatansiz. Biz şunday yaşayapmiz – bevatan.

Şuning uçun kuraşişga arziydigan heç narsamiz bölmadi.

Kuraşiş kerak bölsa, faqat nafsimiz uçun kuraşdik. Nafsimizni şunga arzitdik, tamom.

Vatan bir gul edi, sevgan sari yaşnayveradigan, unaveradigan gul. Uni sevgisiz qoldirdik. Kuç, qudrat – hammasi şu sevgida edi…

Aslida, gap “Vatan tuyğusi” kitoblarini öqimaganimizda ham emas…

Şahzod Şodmonov

 

1998-yili tuğilgan. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti talabasi.

2021/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)