Borliqdagi barça mavjudot, jonzot, voqea, jarayonni Kuç harakatga keltiradi. Usiz Borliq töxtab, quyoş muzga aylanardi. Usiz Borliqning qiyofasi yöq, millat, davlat, jamiyat, şaxs, oila, yurt, muhabbat kabi muqaddas tuşunçalar ham dunyoga kelmasdi. Ajdodlarimiz ilm orqali qaçonlardir bu Kuçning nimaligi, qandayligi, qayerdaligi, u hosil böladigan Özakni yaxşi bilgan. Ular şunday yutuqqa yetişgan. Bugun bizning jamiyat şu Kuçga ehtiyojmand, qalbimiz esa hayotbaxş ilmga taşnadir.
Asrlar davomida asrab kelingan, dolğali farosat tölqinlari mavj urgan ulkan Ilm dengizi mavjudligini hozirgaça köpçilik bilmaydi. Ammo, bilamiz, deb öylaşadi. Bilgan… u, haqiqatan ham Tiriklik Yombisi ekanini anglagan zahoti sakrab kuraş maydoniga tuşadi. Undan bahra oliş uçun bor qurbini işga soladi. Köhna yopiq sahifalarda olamga çiqişni kutib yotgan hadsiz-hisobsiz qutluğ Ziyo yurtga tarqalişiga kömaklaşadi. U anglansa, şunday… bor mavjudot, jonzot, voqea, jarayon, ötmiş harakatga keladi.
Uning köz ilğar-ilğamas oniy bir qatimi ham ruhga quvvat beradi. Odamga dunyoni tanişga kömaklaşadi. Juğrofiy örniga köra, bu dengiz Toşkentda joylaşgan. Uni hozir Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti qölyozmalar xazinasi, deyişadi. Mazkur dargohda saqlanayotgan qadimiy şarq qölyozma asarlari töplami dunyoning beqiyos ilmiy ahamiyatga ega bölgan yirik jamğarmalaridan biridir. U uşbu turdagi xazinalar orasida boyligi va ilmiy tarixiy ahamiyati jihatidan Rossiyadagi Moskva, Qozon, Sankt-Peterburg, Ovruponing Angliya, Germaniya, Fransiya kabi mamlakatlaridagi qölyozmalar saqlanadigan kutubxonalardan afzalroq jihatlarga ham egadir. Dunyoning istalgan eng nufuzli qölyozmalar xazinalaridan uning zalvori ortiq bölsa ortiqdir, aslo kam emas.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti 1943-yili Respublika Davlat Boş kutubxonasining (hozirgi Alişer Navoiy nomidagi Milliy kutubxona) Şarq bölimi asosida taşkil qilinib, 1950-yilgaça Şarq qölyozmalarini örganiş instituti nomi bilan ataladi. Ilmiy sohalar va vazifalar kölami kengayib borişi tufayli, keyinçalik Şarqşunoslik instituti deb özgartiriladi. 1957-yili unga örta asrlarning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy (973–1048) nomi berildi.
Şarqşunoslik instituti qölyozmalar xazinasi:
- Qölyozma asarlarning asosiy kutubxonasi.
- Ikkinçi (dublikat) kutubxona.
- Toşbosma asarlar kutubxonasi.
- Hamid Sulaymon nomidagi qölyozma asarlar kutubxonasi.
- Hamid Sulaymon nomidagi toşbosma asarlar kutubxonalaridan taşkil topgan.
Ulardan taşqari, xorijdan suratli tasmalarda keltirilgan, çet ellarda naşr etilgan mamlakatimiz madaniyati va tarixini örganişda muhim asarlar alohida bölimlarda saqlanadi.
Qölyozmalar xazinasidagi eng qadimiy asarlarning yozilgan vaqti qariyb bir yarim ming yilga yetadi. Jamğarmada bir qança şarq xalqlari tillarida yozilgan asarlar yiğilgan. Ular tarix, adabiyotşunoslik, sanʼatşunoslik, rassomçilik, falsafa, islomşunoslik, kimyo, handasa, tibbiyot, tilşunoslik, dorişunoslik, maʼdanşunoslik, falakiyot, juğrofiya, musiqaşunoslik, dehqonçilik, çorvaçilik, ovçilik kabi ilm-fanning barça sohalarini qamrab oladi.
Institut qölyozmalar xazinasida Yusuf Xos Hojib Bolosağuniy, Mahmud Koşğariy, Rabğuziy, Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Saʼdiy, Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alişer Navoiy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Hofiz, Umar Hayyom, Fuzuliy, Mirzo Abduqodir Bedil kabi mumtoz adabiyotning yana köplab vakillari adabiy-badiiy asarlari va Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxşariy, Najmiddin Umar an-Nasafiy, Mirzo Uluğbek, Qozizoda Rumiy, Ali Quşçi, Qutbiddin Şeroziy singari allomalarning tabiiy va aniq fanlarning turli yönalişlariga doir kitoblari saqlanadi.
Asosiy kutubxonada VIII–XIX asrlarda turkiy, arabiy va forsiy tillarda yozilgan islom tarixi, tasavvuf, islomiy fanlarga oid qölyozmalar mavjuddir. Ular qatorida Qurʼonning VIII asrda hijozi-kufiyda yozilgan noyob nusxasi hamda keyingi asrlarda turli mohir xattotlar tomonidan nasx va boşqa xatlarda köçirilgan ajoyib nusxalari ham bor.
Hozirga qadar faqat şarq qölyozmalari asosiy kutubxonasining özida 25621 dona asar saqlanişi aytilar edi. Biroq keyingi yillarda Germaniyaning Gerda Henkel jamğarmasi kömagi bilan asosiy kutubxonada saqlanayotgan asarlarning elektron röyxatini (katalog) tuziş işlari amalga oşirilişi natijasida asarlar soni yana ortdi.
Institut ilmiy xodimlarining saʼy-harakatlari bilan ön bir jilddan iborat “Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi şarq qölyozmalari töplami” katalogi çop qilingan. Ularda har xil mavzu va turli şarq tillarida yozilgan 7574 asar qisqaça ilmiy tavsiflangan, Abu Nasr al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alişer Navoiy kabi ilm-fan va adabiyotning ayrim maşhur vakillari asarlari kataloglari ham naşr etilgan. “ÖzR FA Şarqşunoslik instituti jamğarmasida saqlanayotgan şarq miniatyuralari” bezakli katalogi çop qilindi. Ibn Sino tavalludi 1000-yilligi munosabati bilan “Tib qonunlari” asarining özbek va rus tillaridagi naşri amalga oşirildi.
Endi Borliqni qayergadir olib ketayotgan öşa Tiriklik Yombisi paydo böladigan, farosat tölqinlari azaliy mavj urguvçi qutluğ Ilm dengiziga eltadigan söqmoqdan yurib, uning hayotbaxş qatralaridan bahramand böliş uçun yölga tuşsak böladi. Duç keladiganlarimiz Uluğ Yoğduning kiçik zarralaridir. Mana, birinçi uçragani…
Tarixi yaminiy
Uşbu asar ötmişda öquvçilar orasida “Tarixi Yaminiy”, “Al-kitab al-Yaminiy”, “Tarixi Utbiy” kabi nomlar bilan maşhur bölgan. Arab tilida yozilgan. Qimmatli va qiziqarli tarixiy maʼlumotlarga egaligi sababli dunyo kutubxonalarida köplab nusxalari uçraydi. Jahonning bir qança tillariga tarjima qilinib, Dehli, Lahör, Tehron, London şaharlari va boşqa joylarda bir neça martadan naşr etilgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti qölyozmalar xazinasida uşbu asarning arab tilidagi №3252-IV (177 varaq) va forsiyga qisqartirib tarjima qilingan №3144 (72 varaq, oxiri yöq), 5828 (85 varaq) nusxalari saqlanadi. №3252 nusxa mahalliy dağal qalin qoğozga nasx-suls xatida köçirilgan, çarm muqovali.
Asar muallifi: Abu Nasr Muhammad ibn Abdujabbor al-Utbiy, 962-yili Ray viloyatida zodagon oilada tuğiladi. Abu Ali Simjuriy, Qobus ibn Vuşmagir saroyida xizmat qilgan. Sabuktegin, Mahmud va Masʼud Ğaznaviylarning oliy dargohida nufuzli amaldorlardan bölgan. Ayrim tarixiy manbalarga köra, 1036-yili Ğaznada vafot etadi.
Mazmuni va ahamiyati: Asar anʼnaviy hamdu sanolar hamda kiriş qismidan keyin somoniylar davlatidagi hijriy 365-yili (m. 975) sodir bölgan voqealar bilan boşlanadi. Asarda ğaznaviylar davlati taşkil topişi, Amir Nosiriddin Sabuktegin, Yaminaddavla Mahmud Ğaznaviy, Sulton Masʼud kabi maşhur hukmdorlar hayoti, siyosiy faoliyati haqida batafsil maʼlumotlar berilgan.
Unda şörolar davrida johil, ziqna, bosqinçi, qonxör şaxs sifatida talqin qilingan Mahmudni emas, Abu Rayhon Beruniy şeʼridagi ilm va adab ahlining saxovatli homiysi, saljuqiylarning buyuk va maşhur vaziri Nizomulmulkning hukmdoriga: “Agar adolat nimaligini bilmoqçi bölsang, Mahmudning siyosatiga nazar sol”, deb qilgan nasihatidagi şaxsni uçratasiz.
Asarda Amir Ismoil Somoniy, Amir Abul Qosim Nuh, Abul Hasan Simjur, Qoraxoniy Buğraxon, Abul Qosim Simjur, Sayfuddavla singari yana köplab maşhur hukmdorlar haqida qimmatli maʼlumotlar berilgan.
Öquvçi uşbu asardagi maʼlumotlar orqali Movarounnahr, Xuroson, Kaşmir hududlarida X va XI asrning birinçi çoragida keçgan ijtimoiy jarayonlar, qavmlar madaniyati, uşbu ölkalardagi xalqaro aloqalar bilan yaqindan tanişadi. Asar “Tabariy tarixi”dan keyin sodir bölgan voqealarni davom ettiradi. Narşaxiy, Abu Rayhon Beruniy, Saolibiy asarlaridagi şu davrlarga oid axborotlarni töldiradi.
Undagi maʼlumotlar Xorazm mintaqasi, Buxoro, Samarqand, Termiz, Nasaf, Şoş kabi şaharlarning tarixiy rivojlanişi, X–XI asrlarda mamlakatimizda mavjud bölgan davlatçilik asoslarini ilmiy örganişda bebaho birlamçi manbalardan bölib xizmat qiladi. “Tarixi Yaminiy” asari şu paytgaça yetarliça tadqiq etilmagan va özbek tiliga tarjima qilinmagan.
Abdusattor JUMUNAZAR
1961-yili tuğilgan. Toşkent davlat uni-
versiteti (hozirgi ÖzMU)ning şarqşunoslik fakultetini tugatgan. “Xilvat ahli”,
“Örgimçak kitobi”, “Nasaf”, “Maşrab”, “Vaxşuvor”, “Buxoro taʼlim tizimi tarixi”
kabi asarlari naşr qilingan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

