7 daqiqada öqiladi

383 marta körilgan

Töylar solgan köylar

Yaqin bir tanişimiz qiz uzatdi. Tört farzandning tönğiçi bölgani uçunmi, qizi oilaga qayişgan, ota-onasiga mehribon edi. Yuzidan ibo-hayosi balqib turadigan latofatli qizni suyib yurak oçolmagan, uning uyi yaqinida kun böyi bir körişga zor ötirgan yigitlarni ham doğda qoldirib kelgan sovçilarga rozilik bildirişdi. Qizini kelinlikka sörab kelganlarning oğir-vazminlik bilan fikr yuritişi, nurli çehrasini körib, ota-ona: “mayli”, deb yuborişganini özlari bilmay qoldi.

Hamma taşviş töy arafasida boşlandi. Er-xotin ahillik bilan  yiğib-terib, qizining ança kamini töldirib qöygan edilar. Töy maslahatiga kelgan qarindoşlarning ataganini berib ketgani ularning bozorini qizdirdi. Özi aytgan vaqtga töy kunini belgilagan yigitning onasi bölajak qudalaridan hol söragan bölib sim qoqadi: “Qizingiz endi mening bolam, bolalarim baxtli bölsa bas! Taxtni-ku, topsa böladi, Yaratgan ularning baxtini bekam  qilsin. Ammo uy jihozlarini baribir olasizlar… Yaxşiroği olinsa, pulingiz yoningizda qoladi-da, quda. Men uylarimning ölçamini oldim, ertaga birgalaşib mebel tanlasak bölardi…”

Dökonga birga tuşgan qudasi ming tavallo bilan tanlangan mebellarning bahosini körib, ona şörlikning yuragiga  ğaşlik tuşdi. Töyonayu barça yiğib-terganini jamlaganda ham mebel bahosining yarmiga yetmasdi. Uyiga qaytib, eriga yurak yozdi. Olovlangan er: ”Heç qanaqa töy bölmaydi, fotihani buzamiz, unga kelin emas, jihoz kerak ekan. Biror boyning qizini kelin qila qolsin. Qiz boqib, baloğatga yetkazib, ilmu hunar örgatib, hayotga tayyorlab: “Olib ketavering, bolam endi sizniki”, deb qöliga tutqazar ekanmiz-u, yana bizga şarti bor ekanmi? Ertagayoq laş-luşlarini qaytarib yubor, oramizda heç narsa  qolmasligi kerak. Özimizga öxşagan odamlar topilib qolar”, dedi. Ayol unga yolvora boşladi: “Fotihasi qaytgan qiz nomini oladimi, dadasi, keyin eşikdan birov sörab kelmaydi-ku! Böy yetib turgan bir emas, ikki singlisining taqdiri nima böladi?”

Er-xotin yuz öy, ming andişa bilan yaşab turgan uylarini sotuvga  qöyişdi. Qöşnisi xaridor bölib kirganida boşlari kökka yetdi. Uç xona uyda yaşadik nima-yu, ikki xonali uyda yaşadik nima, deya bir-birini ovutdi. Farzandlari baxtini öylab şu yölni tutişdi göyo. Qaynonasining könglidagidek sarpolar bilan  kirib borgan kelinçak öz baxtidan masrur edi. Ammo…

Kelin tuşirgan qöşnisining uyidan mehmon bölib qaytgan qaynonaning avzoyini körib, kelinçak hayron böldi. Jahli çiqsa, gapini  maqol tarzida aytib, tartibga çaqiradigan oyijonisi bugun boşqaçaroq edi. “Boyga boy boqadi, kambağalning közidan  yoş oqadi, deb bejiz aytmagan ekan onam rahmatli. Kelinning uyidan kelgan qovurdoqni körib oğzimiz lang oçildi: toğoraga tirik oqquşni örnatib qöygandek. Atorofidagi bezaklarini körsangiz naq sanʼat asari, deysiz. Pişiriqlarining şirasi tilni yoray deydi. Kelinçak salom berayotganda nazar soldim, egnidagi köylagi bu yerniki, bu olamniki emas. Kökdan tuşgan  fariştaga öxşaydi. Odamda orzu-havas bölsa, hamma narsaga imkon topadi. Qovurdoqni atay yonimizga obkelib oçdi anavi pismiq qöşnim, siznikidan kelgani esimga tuşib, uyatdan yerga kirib ketay dedim. Falon pulga “zakaz” qilib pişirtirgan bundoğ böladi-da. Onangiz meni qöni-qöşnilar oldida şarmanda qilib, filning quloğiça toğorada yuborgan qovurdoğining yarmi xamir qöşilgan dölma, yarmisi tuxum bilan tölatilgan edi…”

Qiz biror gap aytib yurak hovurini bosolmadi, uyiga  kirib, unsiz yiğladi. Har kuni, har soniyada bunday taʼna-nadomatlar bölib turganidan yuragi uvişadigan bölib qoldi. “Çarlarida onangiz tuzukroq sarpo qöymadi, dasturxonida yeydigan heç vaqo yöq, falonçining qudasi kuyoviga “SPARK” mindiribdi, ziqna onangiz kuyoviga bitta şim, oddiy köylak qöyganidan uyaldim, peşonamga aytmagan ekan…” degan malomatlardan töyib, ota uyiga ketdi. Homilador ekani aniq bölgaç, onaizor qizini yetaklab uyiga olib bordi. Qizi: “kuyovingiz bilan tortişib qoldik”, deyişdan nariga ötmagan edi. Rang kör, hol sör, degan gap bor. Ota-onasining ahvolini körib-bilib turib, qaynonasi  aytgan aççiq gaplarni qanday qilib onasiga aytadi? “Qizim yoşlik qilibdi, opajon, hargiz uyimga arazlab borsa ostonadan kiritmayman”, deb boş urib, keçirim söradi…

Kunlar ketidan kunlar ötib, qizining oy kuni yaqinlaşib borayotgani sari onaning könglidagi ğaşlik ortib borardi. Bir tomoni ranglari sarğayib, holsizlanib, ozib-tözib ketgan qizining soğliğidan xavotir olsa, bir tomoni…

Yomon tuş körib, çöçib uyğongan ayol ming andişa bilan sim qoqib, qizidan hol-ahvol söradi. “Oyi, ahvolim yaxşi emas. Qonim kam, qon bosimim kötarilib, yuragim tinmay öynaydi. Keça tekşiruvdan ötdim, tayyorlov bölimiga yoting, deyişdi. Ammo oyijon ruxsat bermayaptilar”, dedi. Özim borib, uyingdagilardan ruxsat olib, tuğruqxonaga olib boraman, xarajatlarini özimiz tölaymiz, deganiga qizgina könmadi.

UZI tekşiruvidan söng homila öğil ekan, deyilganini eşitgan qaynona kelinçakka: “Kelinpoşşa, uyingizdagilarga ayting, ovora bölmay bir yöla öğil töyini ham ötkazib yuboramiz. Qöni-qöşnilarning köziça urf-odatimizni yerga urmay, ijaraga bölsayam toy yasatib kelişsin. Muzlatkiçmi, kattaroq televizormi sovğa qiliş niyatlari bordir, hamma şunaqa qilayapti hozir, ertaroq aytsangiz, harakatini qiladi”, dedi.

Kelinçak uyidagilarga aytişga botinmadi. “Turmuş degani yoşgina jonga jazo degani ekan, öşa paytda ajraşib ketsam bölarkan. Oilam yaxşi bölişi uçun, şunça sarf-xarajat qilib ötirgan ota-onam uçun singillarim, ukamni öqitib, uyli-joyli qiliş ham katta muammo. Endi nima böladi?”. Xayolida faqat şu sözlar aylanardi.

Ota-ona endi ikki xonali uylarini sotib, bir xonalik taʼmirtalab  uyga  köçib ötişdi. Böy yetib qolgan ikki qiz, ösmir öğil, er-xotin barçasining kuni şu tor uyga qoldi.

Hamma narsa taxt. Hali tuğilmagan çaqaloqqa olingan kiyimlar orasida maktab yoşiga yetganida kiysa böladiganiyam bor. Kuyov, quda-anda degandek, hammasiga atalgan sarpolar tugunlarga joylangan, faqat tunu kun yaxşi xabar kutişadi. Homilador kelinçakning esa kundan kun rangi zaʼfaron tus olib, holi abgor bölib borardi… Özi sabab ota-onasining boşiga tuşgan taşvişlar, töydan keyingi yugur-yugurdan közlari kirtayib, soçlari oqarib ketgan otasi, gapirsa mijjalari namlanib turadigan onasi köz oldidan ötadi. Dili oğriydi, yuragi notinç uradi. Darmonsizlikdan sillasi qurib qolsa ham uyidagilarga lom-mim demaydi. U ota-onasining hurmati, çekkan zahmati uçun ham şu oilada yaşaşi, barçasiga könişi, çidaşi kerak edi… 

Yarim tunda eşik qönğiroğidan çöçib uyğongan onaning yuragi hapriqdi. Eşik yonida közlari yiğidan qizargan kuyovi titrab turardi. “Voy, keling, bolam, nima gap? Nega xafasiz? Çaqaloqqa biror gap böldimi-a? Hozir yuragim yorilib ketadi, gapiring…”

Kuyovning:

– Qizingiz jonlantiriş bölimida… – degan xabari onani huşidan ayirayozdi…

Töy qilib qiz uzatiş yoki öğil uylaş barça ota-ona zimmasidagi burç.. Ammo töydan keyingi “töy”larni kim öylab topgan? Kelin-kuyov köriş baxtiga yetkazgani uçun Yaratganga şukronalar aytib, duo qilib ötiriş örniga kiyimu buyum taşvişida bozorma-bozor yugursak?

Bugun töy bölsa, ikki kundan keyin “çarlar” qilib, yana töy qilgan xonadon egalarining “çop-çop”i davom etadi. Yangi qudaga mulozamat, yana  sarpo-suruq, patnis töla şirinliklar bilan siylab, karnay-surnay bilan uyiga kuzatib qöyişi kerak. Öğil östirganning uyida ham beş-olti toğora taşvişi aylanganidan, jilmayib salom bilan çoy uzatayotgan kelinçakning çiroyi ham uy egalarining köngliga siğavermaydi. Bir xil rangdagi “Jip” yoki “Kaptiva”lar bilan köça töldirib, kelinçak huzuriga kirib borgan  şörlik kuyovning gardanida ança qarz.

Buvim rahmatlining bir gapi bor edi: “Çillali odamning yaqiniga borma, çil odim berida tur. Yangi tuqqan ayol ham, kelin-kuyovlar ham qirq kungaça çillali sanaladi. Yaxşi yeb, yaxşi içişi, şomdan keyin uxlab dam olişi, köringan odam bilan quçoq oçib körişmasligi kerak. Balodan hazar-da, bolam”, derdilar. Hozir esa töyning ertasigayoq kelinçak tongda qöliga supurgi, çelak kötarib, xizmatga tuşib ketadi. Bir kun ötib, ota uyiga  mehmonlar qurşovida borişi, barça yaqinlari, qöni-qöşnilar bilan bağir oçib körişişi, gohida yuz martalab egilib salom berişi kerak.

Bularning hammasi el köziga qilinayotgani ayon-ku! Yoşlarning yuzida baxt naşidasi balqişi uçun, yangi hayotga örganib, tup qöyib, palak yozişi uçun ularga şart-şaroit yaratiş kerak emasmi? Heç bölmaganda, ön kun bordi-keldi, supur-sidirdan nari bölsa kuçga tölardi, bir-biriga örganib, köz qaraşidan tuşunib oladigan bölarmidi?! Farzand dunyoga keltirib, vujudini tölğoq azobi tark etmay turib, kelinçakka – onaga tuğruqxonadan uç kunda uyiga ruxsat berilyapti. Qovurdoq, beşik taşvişiga tuşgan onalar tuqqan boyaqişga tuzukroq eʼtibor ham bera olmaydi. Çaqaloq sarposini quçoqlab, xotin-xalajni yetaklab, toğora kötarib qizning onasi ovora, yangi tuqqan juvonga bir qoşiq yovğonini içkizib, nabirasini erkalab ötiriş örniga dasturxon yozib, quyuq-suyuğiga kosa tayyorlab, buyoqdagilar ovora….

Şukrona dasturxoni yoziş niyati bor odam çillasi çiqib, suyagi qotgan gödagini kötarib kelinçakning qizlik uyiga olib borsa, oilaviy gurunglaşib ötirsa ham böladi-ku!

Eng yomoni, ana şu özimizça “orzu-havas”,”quda-andaçilik”, “bordi-keldining ziynati”, deb nom qöyib olgan ovoragarçiliklarga boğlanib vaqt, umr ötyapti. Soçlar oqaryapti, tişlar tuşyapti. Holbuki, insonga umr ölçab berilgan.

Şunday ekan, yaşaş uçun berilgan umrga xiyonat qilmaylik. Uni baxtli, salomat va osuda ötkazaylik…

Munavvara USMONOVA

1965-yili tuğilgan. Toşkent davlat pedagogika institutining (hozirgi Pedagogika universiteti) özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

 “Diydor”, “Sizga öxşasin”, “Soğinç manzili”, “Yuragimdasan, Vatan”, “Bunday elni qaydan topasan”, “Keragimsiz” kabi şeʼriy töplamlari naşr qilingan.

2013-yilda “Şuhrat” medali bilan taqdirlangan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)