6 daqiqada öqiladi

96 marta körilgan

Daraxtlarning armoni

Raxşona Ahmedova

(Hikoya)

Pardagul momo xafaqon bir ahvolda ayvon çetiga kelib ötirdi-yu, şu böyi turmadi. Xayol qurğur hozirgina şaharga jönatgan eri bilan ketgan, momoning munkayib qolgan tanasigina suyagiçga suyanib ötirar edi, xolos.

– Hayot beşafqat ekan! – deydi ayvon yonboşida tarvaqaylab yotgan qari tut xiyol tebranib. – Esingizdami, Pardagul momo qandayin durkun, qandayin lolayuz edi. Sollana-sollana qadam taşlab kelişlarini körib, Rahim ota naq huşidan ketay derdi.

– Qattiq sevardi-da. Esimda, – deydi yonğoq uzun şoxlarini şabbodaga jör bölib silkitarkan. – Öziyam bir piyola çoy bilan yutgulik edi. Şuning uçun ham Rahim ota xotinini köçaga yolğiz çiqarmasdi. Darvozani oçib, avval özi çiqar, köchaning ikki yuzini obdan közdan keçirgaçgina momo tomonga qarab qöli bilan “kelaver” degandek imo qilardi. Momo kula-kula “Meni böri yermidi, nega munça qizğançiqsiz-a?” der, Rahim ota peşonasini qaşib, “Ha, nima, qizğansam, öz xotinimni qizğanaman”, derdi dörillab.

– U-ku mayli-ya, qöşni bilan muştlaşgani-çi, öşanda yomon bölgandi, – deydi tut endi barglarini bir-biriga urib kularkan.

– Nima bölgan? Aytib bering, – deb çuvillaşadi sal naridagi navnihollar biri olib, biri qöyib boş silkitgança.

– Ey-y, gapirma, ketmon uçib kelib tizzamga tekkaç, oğriq zöridan közlarimni oçolmay qolganman, – deydi keksa yonğoq, çekkan aziyati yodiga tuşib jiyirinarkan.

– Aniğini bilmayman-u, lekin gap-sözlarga qarab, men ham özimça taxmin qilganman, – deb asta gap boşlaydi tut. – Pardagul momo dugonasining töyida xirom qila turib, bexos oş taşib yurgan qöşni yigitga qöli tegib ketadi-yu, baloga qoladi. Xotini davraga çiqqanidan beri köz uzmay ötirgan Rahim ota buni körib, ori kelibmi yo raşk ustunlik qilibmi, işqilib, qöşni yigit bilan yoqa yirtişga tuşadi. Qöşni yigit ham sodda, göl ekan. Hay, mayli, keçirasiz, qölim tegib ketipti, desa bölardi-ku… Yöq, men xotiningga tegmadim, özi kelib qölimdan uşladi, deydi-yu, baloga qoladi. Rahim ota uçun endi ikki yöl qolgandi: yo qöşni yigitni tavbasiga tayantiriş, yo bölmasam xotinidan voz ke­çiş. Turgan gap, Rahim ota birinçi yölni tanlaydi. Töyxonada boşlangan janjalni uygaça sudrab kelişadi. Biroq na qöşni yigit tavbasiga tayanadi, na Rahim ota bas qiladi. Oxiri çidolmay, Pardagul momo özini Böritovdan pastga taşlamoqçi böladi.

– Böritovni juda baland deyişadi-ya, – deb gapga qöşiladi sal çetroqdagi olma daraxti. Söng gapni bölganidan sağal xijolatlanib: – Şamollar şu haqda şivirlaşganida eşitganman, – deb qöyadi sekingina.

– Ha, ha, – deydi qariya tut gap tizginini yana öz qöliga olarkan, – Rahim ota yotib qolguniça olişadi öziyam. Oxiri qöşni yigit ham holdan toyadi, çoği. Biroq indamay turaveradi, tuşmagur. Xotinlar Pardagul özini Böritovdan taşlamoqçi, deb halloslab kelişganida, Rahim ota qöşni yigitni qöyib, Böritovga yuguradi. Ust-boşi yirtilgan, yuzi momataloq bölib ketgan erining ahvolini körib, Pardagul momoning köngli yumşaydimi, hartugul, yo janjal tugaganidan quvonadimi, işqilib, özini Böritovdan taşlamaydi. Rahim ota ikkisi qöl uşlaşib, bir-biriga suyanib qaytişadi. Göyoki dunyoda ikkisidan bölak heç kimsa yöqdek.

– Sevgi şunaqa bölarkan-da, – deya jör bölib tebranadi nihollar.

– Qanaqa bölarkan? – deb hayron söraydi navnihol örik.

– Hali yoşsan, bolam, kezi kelsa, bilvolasan, – deydi qariya örik navniholining boşini silab.

“Sevgi, sevgi”, deyayotganday böladi nihollar bir bölib.

– Söng birin-ketin farzandlar tuğildi-yu, sevgi deganiyam tugadimi deyman-da, – deb kuladi yaproqlarini şildiratgança qariya tut. – Şodiyona tuğilganida, Rahim ota juda sevingan, butun qişloqni yiğib, bayram qilib bergan edi.

– Esimda, – deydi yonğoq yaproqlarini bir maromda silkitib, – magnitofon ovozini ba­ralla qöyganida, xotinlar hovliga yiğilib rosa öynaşgan.

– Ha-ha-ha, – kuladi tut yaproqlarini bir-biriga urib.

– Keyin Şohida bilan Şohsanam tuğildi. Bildingizmi-yöqmi, Rahim otaning köngli çökdi. Sezdirmaslikka har qança tirişmasin, baribir öğildan umidi bor edi, – deydi yonğoq xiyol maʼyus tortib.

– Pardagul momoyam sezgan, sezmagan deb öylaysanmi, öçoqqa öt qalaş bahonasida yiğlab olardi. Köp körganman, – deya qari tut yana suhbat tizginini qöliga oladi.

Hamma jim qolgaç, tağin özi davom etadi:

– Ha-a, öğil, öğil deydi-ku, öğilning ham öz xarxaşasi bor. Rayimboy tuğilganida ota özida yöq xursand, ertalabgaça uxlamagan edi.

– Yodimda, bir töda oşnalarini yiğib kelib, ertalabgaça gangir-gungir qilib çi­qişgan, bolaligidan to şu kunigaça biror nima qolmagan, – deya tutning gaplarini keksa yonğoq tasdiqlaydi.

Yoş nihollar suhbat asnosida yayraydilar. Inson bolasi haqidagi hikoyadan qiziqroq yana nima bor? Axir, dunyoda odamdan ğalatiroq jonzot yöq. Bu dunyoda tuşuniş eng qiyin mavjudot aynan odam bölsa kerak, u haqida eşitiş esa maroqli.

– Pardagul momo keyin birdan qaridimi, sezmay ham qoldim. Yuzlarini ajin qopladi. Munkayib yuradigan böldi, – deydi qari tut çuqur uh tortib.

Şu dam uning xayollarini yonğoq şoxlarining ğiyq-ğiyq tovuşi buzib yubordi.

– Yöq, yöq, hali-haligaça yoş durkun edi. Şu öğli qaritdi. Yanayam aniqroği, öğlining taşvişi qaritdi, – degança yonğoq daraxti jon koyitib tebranadi.

– Öğli şu ketganiça kelmadi-ya? – deb söraydi qari tut öyçan.

– Ha, – deydi keksa yonğoq vazmin bir ohangda, – maktabni bitirgan yili işlab pul topib kelaman, dedi-yu, ketdi. Şu böyi qaytib kelmadi.

– Şu, kelmadi, – deydi hozirjavoblik bilan suhbatga qöşilarkan olma daraxti. – Rahim ota öğlining ortidan izlab qaylargadir borib keldi. Topolmadi. Qaysi bir tovning ortiga ötib ketganmiş, yozda şaharçaga birrov kelib-ketarmiş. Şaharça ahli yaxşi odam depti. Rahim ota şu gapga suyunib qaytipti.

– Boşqa nimayam qilardi? – deydi qariya tut ayvonga suyanib, piça tin olarkan. Söng ğiyqillab yana davom etadi: – Telefon raqamini topib kelganida Pardagul momo rosa suyungandi. Esimda, sörida ötirib olib ona-bola miriqib gaplaşişgan.

– Şunday, – deydi keksa yonğoq endi öyga çömgança, qariya tutning gaplarini tasdiqlarkan. – Yarim yilça gaplaşib yurişdi. Keyin öğli yana telefonini uzdi-qöydi.

– Esingizdami, öçoq boşida Pardagul momo aytgan gaplar? – deb söraydi tut hanuz maʼyusligi tarqamay.

– Ha, eslamay böladimi? – deb ğöldiraydi keksa yonğoq. – “Kelaver bolam, singillaringni çiqardik, endi seni uylasak böldi. Puling ham kerakmas, kelsang böldi”, deb beçora ona rosa yalingan.

– Öğil degan şunday böladimi, ota-onang qariganida tirgak bölmasang, nega dunyoga kelding? Tobutini kötarmasang, qabrga özing qöymasang, nima uçun tuğdi onang? – deydi tut kuyinib.

– Ey-y, gapirmang, inson bölib tuğilmaganimga şukrona aytaman, – deydi keksa yonğoq, xuddi etak qoqayotgandek, yaproqlarini bir-biriga urib qöyarkan. – Jigarporangni qaygadir yuborib, butun umr soğinib ötsang, bundan oğir dard yöq.

– Yöq, yöq, – deb oraga qöşiladi nihollar.

Şu tobda telefonning bexos çinqiriğidan momo kabi çöçib tuşişadi.

Pardagul momo telefonini şoşib quloğiga tutadi:

– Labbay, dadasi, yaxşi yetib bordingizmi? Öğlimni kördingizmi? Soğ-omon ekanmi?

Telefonning narigi yoğidan böğiq ovoz eşitiladi:

– Yöllar berkilipti, ötiş yöq emiş. Qayt­yapman. Diydor yanagi yilga qoldi, şekilli.

Pardagul momo xörsinib qöyadi.

– Öğlimning kelganini körarmikinman?

Daraxtlar jör bölib şivirlaşadi: körarmikinmiz?

Raxşona AHMEDOVA

1987-yili Farğona viloyati Özbekiston tumani Qayqubod qişloğida tuğilgan. Janubiy Koreyaning Pusan çet tillar universitetida tahsil olgan. Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Koreys sayohatçisi Han Biyaning “Dunyoni uç yarim marta yayov kezganda” kitobidan ayrim boblarni, Şin Kyongsukning “Onamni asra” romani, Hang Sunvonning “Jala” asari hamda önga yaqin koreys xalq ertaklarini özbek tiliga tarjima qilgan.

“Orzu va dengiz”, “Soyabon ostida”, “Tu­şunarsiz sevgi izhori”, “Sevgim mening, sevgilim mening”,
“Tongotar” nomli kitob­lar muallifi.

 

“Yoşlik” / 2025 / 7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…