2 daqiqada öqiladi

1 000 marta körilgan

Yoş yozuvçi uçun foydali 50 kitob

Mahmud Saʼdiy

Har qanday ziyoli, ayniqsa, ijodkor öz ona tilini, milliy adabiyotini, axloq-odobini, tarixi, falsafasi, geografiyasini puxta bilişi şart. Bundan taşqari, dunyo adabiyoti va ilm-fanidan ham xabardor bölişi kerak. Busiz yetuk mutaxassis yoki yozuvçi-şoir böliş mumkin emas.

Bir neça yillar oldin bölajak jurnalist va filologlar uçun öqilişi kerak bölgan kitoblar röyxatini tuzgan edim. Jurnalning hajm-imkoniyatidan kelib çiqib, yoş yozuvçilarga ana şu röyxatning XX asrga doir qismini ayrim töldirişlar bilan tavsiya etaman.

Aslida, öqiladigan kitoblar juda köp. Antik davr, ilk örta asrlar va örta asrlar, XVIII–XIX asrlar, XX va XXI asrlarda yaratilgan xalq oğzaki ijodi namunalari, ilm-fan, tarix, falsafa va adabiyotga oid asarlar alohida röyxatlar tuzişni taqozo etadi. Mumtoz adabiyotimiz yoki zamonaviy özbek adabiyoti böyiça ham kitoblar saralaş mumkin.

Quyida eʼtiboringizga havola etilayotgan röyxat XX asr xorij adabiyoti asarlari asosida şakllantirildi. Unda adabiyotdagi turli oqim va yönalişlarda ijod qilgan ellik nafar adib asarlari nomi keltirilgan. Çunki bölajak yozuvçi-şoir realizm, syurralizm, ekzistensializm, absurd, modernizm, postmodernizm kabi turli yönalişlardagi asarlarni öqib-örganişi kerak. Özi esa bunday yönaliş­larda yozişi şart emas. Lekin adabiyotdagi özgarişlar, yangilanişlardan boxabar bölişi zarur.

Özbek kitobxoniga tavsiya qilinayotgan kitoblarning köpi özbek tiliga tarjima qilinmagan, baʼzi tarjimalardan esa mening könglim tölmagan. Şu sababli ularni rusçada öqiganman. Hozir yoşlarimiz çet tillarni puxta örganyapti. Agar asarni asliyatda, asl jozibasini his qilib öqişsa, nur ustiga nur. Mutolaa sabab balki tarjima istagi ham uyğonib qolar. Asliyatdan qilingan yaxşi tarjimalar soni köpaysa, milliy tafakkurimiz jahon adabiyotining yangi-yangi durdonalari bilan boyib borişi şubhasiz.

Mahmud SAʼDIY

  1. Kobo Abe, “Qumdagi xotin”.
  2. Muxtor Avezov, “Abay yöli”.
  3. Çingiz Aytmatov, “Oq kema”.
  4. Akutagava hikoyalari.
  5. Semyuel Bekket, “Godoni kutib…”.
  6. Luis Borxes. Timsoliy novellalar.
  7. Mixail Bulgakov, “Ityurak”.
  8. Ivan Bunin, “Arsenyevning hayoti”.
  9. Rey Bredberi hikoyalari.
  10. Tomas Vulf, “Uyga qaytolmaysiz”.
  11. Jon Golsuorsi, “Forsaytlar dostoni”.
  12. Maksim Gorkiy, “Klim Samgin hayoti”.
  13. Grem Grin, “Yuvoş amerikalik”.
  14. Jeyms Joys, “Uliss”.
  15. Patrik Zyuskind, “Parfyumer. Bir qotillik tarixi”.
  16. Jek London, “Martin Iden”.
  17. Yasunari Kavabata hikoyalari.
  18. Alber Kamyu, “Begona”.
  19. Elias Kanetti, “Jaholat”.
  20. Frans Kafka, “Jarayon”.
  21. Ken Kizi, “Kakku uyasi ustida parvoz”.
  22. Xulio Kortasar hikoyalari.
  23. Agata Kristi, “Önta negr bolasi”.
  24. Tomas Mann, “Iosif va akalari”.
  25. Heynrix Mann, “Sodiq fuqaro”.
  26. Gabriel Garsia Markes, “Oşkora qotillik qissasi”.
  27. Somerset Moem, “Oy va çaqa”.
  28. Jorj Oruell, “1984”.
  29. Milorad Paviç, “Xazar luğati”.
  30. Dos Passos, “AQŞ”.
  31. Boris Pasternak, “Doktor Jivago”.
  32. Andrey Platonov, “Kotlovan”.
  33. Marsel Prust, “Boy berilgan vaqtni izlab…”.
  34. Valentin Rasputin, “Yonğin”.
  35. Erix Mariya Remark, “Ğarbiy frontda özgariş yöq”.
  36. Uilyam Saroyan hikoyalari.
  37. Jerom Selinjer, “Javdarzor adoğidagi jar ustida”.
  38. Antuan de Sent-Eksyuzperi, “Kiçkina şahzoda”.
  39. Aleksandr Soljenitsin, “GULAG arxipelagi”.
  40. Jon Steynbek, “Ğazab kosasi tölib-toşganda”.
  41. Aleksey Tolstoy, “Oltin kalit yoki Buratinoning sarguzaştlari”.
  42. Zakiy Validiy Töğon, “Xotiralar”.
  43. Rabindranath Thakur, “Halokat”.
  44. Uilyam Folkner, “Şovqin va ğazab”.
  45. Frensis Fitsjerald, “Buyuk Getsbi”.
  46. Mixail Şoloxov, “Tinç Don”.
  47. Bernard Şou, “Pigmalion”.
  48. Lao Şe, “Muşuklar saltanati”.
  49. Mo Yan, “Musallas mamlakati”.
  50. Ernest Heminguey, “Çol va dengiz”.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)