13 daqiqada öqiladi

627 marta körilgan

“KamAZ”. Hikoya

“KamAZ”. Hikoya

Zarbdorlik xolamning yoşlik yillari haqidagi hikoyalari köp. Biznikiga mehmon bölib kelganida, keçki ovqatdan söng öz-özidan onam va xolam bolalik davrlarini eslay boşlaydi. Dadam esa bunday  paytlarda işxonasiga kirib, bir dunyo yozuv-çizuvlari bilan andarmon böladi.

Avvallari qomati alifdek, böyi uzun bölgan xolam endi tölişib, yuzi ham tirsillab, yaltirab qolgan. Buning sababini sörab  tegişuvçilarga zamonida yaşayapmiz-da, zamoni-da, deb qöyadi. Ular bolaligini kulib-kulib eslaşsa-da, hazilakam gaplar emasdi. Odamni çuqur öyga toldiribgina qöymay, öşa paytdagi hayotning çirkin işlaridan xulosalar berardi.

Öşa hangomalarning birida sözlangan “KamAZ” voqeasi xotiramga muhrlanib qolgan.

* * *

– Kiyimlari juldir bola edim, – hikoyasini boşladi xolam. – Usti-boşimizni gapirmay qöya qolay, qornimiz nonga töyardi yoki yöq. Hozirgi tökin-soçinlik qayerda deysiz. U ham mayliku-ya, baloğatga yetgan qizlarning katta köça tugul, ostona hatlab taşqariga çiqişiga  ruxsat yöq edi. Turli xil vahimalarmi yo rost gapmi, işqilib, har xil miş-mişlar köpayib ketgandi. Enam rahmatli har doim bir gapni takrorlardi: “Katta yölga çiqa körmanglar-a, “KamAZ”lar ötadi. Ularning haydovçilari yomon odamlar böladi. Yer yutkurlarning nafslari buzuq emiş. Senga öxşagan yoş-yalanglarni tappa uşlaydiyu aravasiga ortib jönaydi. Ularning qöliga tuşib izingga qaytgandan köra börilarga yem bölib ölgan maʼqulroq. Özingga ehtiyot böl baring!”

Tavba, deya köp hollarda yoqamni uşlardim. Odam odamni yesa-ya, inson zoti şunçalik oçközmi-a?! Biz bu gaplarning mazmuniga keyinroq tuşunib olgan esak-da, lekin öşa, bahaybat maşinalar közimizga ajal öpqoni bölib körinardi. Ilgari bir neçta qiz ana şunday qopqonlarga tuşişganmi, bilmadim, har holda, biz taniydigan  ikki qiz ham yuzi loyga belanib qaytdi. Enamning aytişiça,  ularni ham “KamAZ”çilar olib qoçganmiş. Bizga ibrat bölsin debmi, hammasiga qizning özi aybdorligini qayta-qayta uqtirardi. Bu gaplardan keyin biz  ka-aatta maşinalar ğizillab ötib turadigan tomonga yaqinlaşişni butunlay xayolimizdan çiqarar edik. Hatto kunduz kunlariyam nafs ölgurning dastidan kovul teramiz deb yöl böyiga yaqinlaşardig-u, onda-sonda körinib qoluvçi “KamAZ”ga közimiz tuşsa, hamma narsani  unutib, oldi-verimizga qaramay ura qoçardik. Havf-xatar yiroqlaşsa, özimizça botirga aylanardik.

Şundoq kunlarning biri edi. Biz köça çangitib, oyoğimizdan to boşimizgaça tuproqqa çömilib çopib yurardik. Bir mahal ovulimizning çetroğida yaşaydigan Xursand momo va şaharda öqiydigan qizi Nafisa opa ikkalovi uyidan çiqib kela boşladi. Qişloqdagi qizlarning havasini keltirib kiyinadigan Nafisa opa bu safar ham gözal, ayniqsa, egniga tizzasigaça tuşib, qomatiga yaraşib turadigan kulrang yupqa plaş ilib olgandi. Qişloğimizning qizlari juda töpori, baʼzilari dağalroq edi. Atrofdagi dala-daştdan boşqasini körmagani vajidan şundayin yovvoyiroqmi yo boşqami, işqilib, özlariga qaraşga vaqt topişolmasdi yo istaşmasdi. Öşa vaqtlari qişloqlarda ham “Gözallik salonlari” oçilişi bir tuş edi, xolos.  Nafisa opa esa boşqaça, uning qöllari ham boşqalarnikidan farqli ölaroq, biram nozik, biram yumşoq ediki, onam bir yumuş bilan momomnikiga çiqarganlarida buning şohidi bölgandim.

Bitta qilib örilib oldiga taşlangan soçlari husniga husn bağişlar, qöliga diplomatini kötarib olgança öşa kuni momo bilan katta yöl tomon borişardi. Biz bunga ajablanmadik. Avvaliga rosa qarşiliklarga uçragan bölsa-da, endilikda Nafisa opa qişloq qari-qartanglarining sekin-asta oq fotihalarini olayotgandi. Axir, öşa paytlar qizlar u yoqda tursin, yigitlar ham öqişga borişlari amrimahol edi-da.

Hafta-oyda bir kelib-ketadigan qizini har safar momo katta yölgaça kuzatib qöyar edi. Avtobus kelguniça qizi bilan kutişini körib, vahimali ulovlar haqidagi turli xil öylarga borardik. Nafisa opa baʼzida ikki-uç kunlab avtobusni kutib qolar edi. U paytlari  yangi ovul yöq, katta köça ham kaftdek körinib turardi. Hayot alğov-dalğov zamon bölgani uçun avtobuslar öz vaqtida qatnamasdi. Ustiga-ustak, bugungiday maşinalar ham köp bölmagan.

Şunga qaramay, ular hanuz umid bilan yölga köz tikişardi. Biz ularni qiziqiş bilan kuzatib, yuraklari otning kallasidek ekanligini tasavvurimizga amallab siğdirardik. Çunki ğizillab ötib-qaytayotgan baʼzi bir katta maşinalar birdaniga  ular oldida töxtab qolar, biroz ötib esa tönğillagandek qattiq ğörillab  yurişda davom etardi. Biz uzoqdan ham haydovçilarning başaralarini aniq-tiniq körib turardik. Ularning aksariyati sovuq, öynoqi közli, beöxşov möylovlarini tepaga tarab olgan, yuzida irşayma tabassum qotib qolgan kimsalar edi. Bir marta otam daradan böri ovlab qaytgandi. Qözi-qöylarga tajovuz qiliş niyatida otarga yaqinlaşgan oç börini sezib qolgan otam uni otibdi. Keyin otga ortib, uyga opkeldi. Xayolimda şu haydovçilar böridan-da sovuqroq, nafsi buzuqdek edi.

Xullas, avtobusga qaytadigan bölsak, bu tuşmagur kuttirib-kuttirib haftaning özi istagan bir kunida  qişloqqa ğizillab kelib qolardi. Şunga ilinsang-ilinding, bölmasa köçada qolding. Işqilib, boşqasiga kuning qolmasin. Kunlab yölga intizor köz tikişlardan söng avtobus deganlari biram közga issiq, biram yoqimli körinib ketardiki, soğinganingdan közingga beixtiyor yoş kelardi.  E, ana şunaqa! Bora-bora qişloqdagilar uni yangiça nom bilan atay boşlaşdi “haptabus”. Agar har kuni ötganida şunday deyişmasdi, ayb özida.

Xursand momo bilan qizi bugun bilgandek çiqişgan, şekilli, haptabusni köp kutişmadi. Bağrikeng sariqvoy öz bağriga Nafisa opani ham siğdirdi. Biz ham bir qur yengillaşgandek böldik-ov. Momo esa har doimgidek avtobusning ortidan uzoq tikilib qoldi, söngra ikki qölini belida qovuştirgança söppayib ortiga qaytdi. Sarğiş sölğin yuzlari allaqanday tus olgandi. Xuddi xasta kişilardek, oğir qadam taşlar edi. U har safar qizini kuzatardi. Lekin biz uning bunçalik bir holga tuşib qolganini körmaganmiz. Buni özimça tahlil qila boşladim. Nafisa opa avtobusga ötirgan bölsa, yana nimaga xafa?! Avtobus boya silkinib-silkinib yölga tuşdi. Tağin yöl-yölakay buzilib qolib, qizining “KamAZ”ga çiqişidan xavotirlandimikan?! Kim biladi yana nimaga?! Lekin Nafisa opa ölaqolsa haptabusdan boşqasiga, hatto “Zil”ga ham çiqmaydi. Çunki u şunday oqila, tarbiyali ediki, har bir nozik harakatlarini havas bilan kuzatardik.

Qöşni qizlar bilan xayrlaşib, uyga kirayotsam, devor-darmiyon hovlidan asabiy baqiriq ovozlar eşitilardi. Aftidan bu janjallar ham katta yöl oqibatlari natijasidan biri edi. Köng­limda “KamAZ”çilarga nisbatan çeksiz nafratim yanada oşardi, şularning şaytoniy nafslari dastidan uylarda tinçlik yöqolgan, qançalab qizlarning nomuslari loyga qorilgandi. Zamonning zayli şunday edi-da, zördan zör çiqib, ularni bir yoqlik qiladigan mard topilmasdi.

Öşa yili ham qiş qattiq keldi. Tizza böyi qor yoqqandi. Loysuvoqdan çiqqan uyimizning bitta xonasiga peçka tutatib, jöja birday jon siqilardik yon-veriga. Hammaniki qatori oilamiz katta edi.

Şunday tunlarning birida eşik nimjon taqqilladi. Xursand momo ekan. Içkariga kirib kovuşini çekkaga  yeçdi. Uylari biznikidan xiyla uzoqroq emasmi, ança sovqotib qolibdi.

–  Keling, egaçi, – deya körişdi enam, yana bir qavat körpaça taşladi. –  Voy, izğirin rosa uripti-ku, muzlab qopsiz-a?!

Momo parişonxotir körinardi. Yumaloq qora közlari alang-jalang sölğin, tomirlari börtib çiqqan sarğiş yuzi negadir qorayib ketgandi.

–  Yuragim kuyib ketayapti, qöşni, tamom böldim. Tamom…. – közlaridan yoş tirqiradi momoning.

– Tinçlikmi egaçi, nega yiğlaysiz? Voy ölay, nima böldi?

– Qizim yöq. Kelmayapti. Ikki oydan oşdi hamki, daragi yöq. Xat-pat jönatib turardi. Bilmayman, şu bir parça qoğozni ham ravo körmay qöydi-ya men şörpeşanaga. Jonim halak, bir gap böldimikan yo? Kasal-pasal bölibmi… Yo “KamAZ”…

– E, qöying-ye, nafasingizni şamol uçirsin. Körmayapsizmi qişni, qaynoq suvni qatirlatayapti. Özingizga qarang, şugina yöldan kelguningizça joningiz xalqumingizga kelgudek  böldi. Şahardan bu yoqqa qarab yurişning özi böladimi? U ham mayli, yöl oçiqligida bölmagan, şu qor bosgan kunlarda ulov böp qoptimi sizga, egaçi?!

– Qaniydi-ya, şunday bölsa, şunday bölsin-da işqilib. Lekin könglim ğaş-da, köng­lim ğaş….

Şu köyi suhbatdan keyin momom ketişga hozirlandi. Çiqayotib, erta-indin qor qaytsa, çoli şaharga qizidan xabar olgani bormoqçiligini aytdi.

Qiş oxirlab qolgandi. Qişloq köçalari bilç-bilç loy bilan köpçidi. Ayozning qahriga doş berolmagan unça-munça hovli aylantirib solingan loy devorlar qulagan, daraxtlar ğarib bir ahvolga tuşgan mahal edi.

Qiş oğir keçdi. Muzlamalar qattiq tus oldi. Göyo buning asoratlari Xursand momoning qalbini ham umrbodga vayron qilmasa koşki edi, deb öylardim men. Bir korihol sodir böladigandek, köz oldimdan muştipar Nafisa opa ketmasdi. Tunlari alahsirab, möylovli meşqorin kamazçilarni körib çiqardim.

Bir kuni momoning holidan xabar olişga çiqqan enam yangi gap topib keldi. Aytişiça, Xursand momoning çoli Nafisani izlab  şaharga borib kelibdi. U qizi tahsil olayotgan joyga borsa, bir neça kunlar oldin talabalar qişki taʼtilga çiqib ketganini aytişibdi. Na farzandining dugonalari, na uning öqituvçisini uçrata olgan ota ming öy-xayol bilan, umid bilan ortga qaytgan. Balki, qizi şu orada qişloqqa keldimikan?! Afsuski, uyga qaytgan otaning umidlari puçga çiqdi. Uning yöliga köz tikib ötirgan momoning yuzida esa xuşxabar ilinji aks etardi.

– Qizing uyga kelmadimi, mabodo? – degan sörov kampirning könglini battar xijil qildi.

Neça kundan beri dom-daraksiz, xat-xabarsiz ketgan qizidan xavotirga tuşgan momo buni kötarolmay yotib qoldi, otaning xasta yuragiga esa minglab ninalar sançildi.

Qişloqdagi ayollar uçun ham yangi mavzu topildi. Bir-birinikiga yöqlab çiqqan köni-qöşnilarning asosiy mavzusi şu bölib qoldi: “Eşitdingizmi… Nima bölibdi ekan… Yölda uyga qaytayotib, bahaybat moşinlarning birida… Yöğ-yee… Balo bormidi, qiz bola boşiga öqiyman deb?! Uyda hamma qatori ötirsa bölmasmidi… Şuni ayting, öqiganning ahvoli şu bölsa…”  Ularning ğiybat xaltasiga tuşib qolsangiz tamom edi. Soğ-omon çiqişi­ngiz qiyin. He yöq, be yöq, özlariça izquvarlikka daʼvo qilişmoqçi böladimi!

Haqiqatda Nafisa opaga nima böldi ekan?! Axir, men ham katta bölsam, öqişga kirişni, ulardek gözal, bejirim bölib yurişni havas qilayotgan edim. Ammo bu şuv-şuv gaplardan keyin kim ham qizini öqişga şaharga yuborardi. Iç-içimdan Nafisa opaning eson-omon qişloqqa qaytişini xohlar edim. Özimça unga yubormasam-da, xatlar yozardim: “Opajon, qayerdasiz? Qaçon qişloqqa qaytasiz?”

* * *

Nafisa bu safar şaharda köp qolib ketdi. Qiş qahratonida qişloqqa qaytiş yanada muşkullaşadi. Neça martalab vokzalga kelib, ulov bölişini poyladi. Onasi şörlik rosa xavotir olayotgandir. Ana boraman, mana boraman deb, Nafisa xat ham yozmay qöyaqolgandi. Qönğiroq qilay desa, qişloqqa hali telefon simlari yetib bormagan. Qor qalinligi bois haydovçilarning yuragi bu muzlamada yurişga betlamadi. Qizgina qişloğini biram soğindiki… Onasi yöliga köz tikib ötirgandir. Otasining soğliği yaxşimikin-a, söngi paytlari yuragidan şikoyat qilayotgandi. Hamma-hammani soğindi. Ayniqsa, şunday izğirin kunlardayam  onasi yopgan issiq, qölni kuydiradigan nonlarning isi….

Qişki taʼtil boşlanib, allaqaçon talabalar uy-uyiga tarqalib bölgandi. Unga öxşab, ketolmay yotoqxonada yurganlar ham, mana, körinmay qoldi. Talabalar turarjoyi odamsiz huvillaydi. Bir neça marta vokzalga borib, yana ortiga qaytişga majbur böldi. Umidsiz kunlarning birida şaharda turadigan kursdoş dugonasini uçratib qoldi. U qöyarda-qöymay Nafisani uyiga olib ketdi.

Bir neça kunlik mehmondorçiliklardan keyin qiz yana qişloğiga oşiqdi. Nafisa bu safar ham ketolmasa, toqat qilolmaydi. U vokzalga kelgan mahal öziga öxşagan kutuvçilar unça-munçagina edi, lekin keçga yaqin bora-bora tarqalib odam kamaydi. Kun böyi qişloği yönalişi böyiça heç qanday maşina bölmadi. Nomoşomga qolib ketgan qiz yana ortiga qaytib ketişni istamas, odamlarga işongisi kelardi.

Şu orada yöl çetiga bir “KamAZ” kelib töxtadi. Undan tuşgan örta yoşlardagi haydovçi lapanglab, maşinaning oldi tomonini oçib qölini qora moyga botirgança naridan-beri işladi. Keyin qölini artgan kişi bölib atrofiga alang-jalang nazar taşladi. Nafisa boya uning harakatlarini kuzatgan bölsa-da, endi öz xayollari bilan andarmon edi. U kutişdan zerikkan va qişloqqa qaytiş umididan ham voz keçib bölayozgandi. Agar maşina bölmasa, yana ularnikiga kelişini qayta-qayta tayinlab kuzatgan dugonasinikiga borsinmi yoki odamni yutib yuborgudek sokin yotoqxonaga qayt­gani maʼqulmikan?!  Lekin har ikkisidan köra qişloqdagi uyi köz oldidan ketmasdi uning. Qiz şularni xayol qilar ekan, röparasida paydo bölgan besönaqay gavda uning öyini buzdi.

Qiz bunaqangi odamni umri bino bölib endi uçratayotgandi. Qişloq dalasi monand yuzi şunday tasvirlanişi mumkin: yapaloq burni şu dalani haydab yuradigan traktorni, közlari esa egatlarga oralagan öynoqi loyqa suvni eslatardi. Qora moy aralaş anqiyotgan aççiq ötkir atir hididan bir zumda boşi oğridi. Qiz özini unga beparvodek körsatib, yuzini çetga burdi. Salomlaşgisi-da kelmadi.

– Qizim, yaxşimisan? – dedi boyagi kimsa otalarça mehr-muhabbat bilan. Bu sözlar şunday jarangladiki, Nafisa unga eʼtibor qaratmasligi, javobsiz qoldirişi mumkin emasdi. Xuddi otasi yonida paydo bölib qolgandek, közlarida yoş miltilladi.

– Qişloğingga yöl oldingmi? Qaysi biridansan, özi? – söroqqa tutdi haydovçi.

Nafisaning javobini eşitib, yana qiziqsindi:

– Kimning qizi bölasan, bu qişloqdan ança-munça yor-birodarlarim bor.

Qizning javobidan keyin boyagi kişining yuzi yorişdi.

– Ha-a, – dedi  eski tanişlarini xotirlagandek bölib, şuning qiziman degin… Menimça, otangni taniyman-ov! Buni qara, yölimiz bir ekan. Istasang, qişloğingga taşlab qöyaman. Yöl-yölakay hamroh bölgani yaxşi-da! Aks holda, uyqu elitib qöyişi mumkin.

U şunday samimiy gapirardiki, xunuk başarasi ham qizning yodidan çiqdi. Özining ilk tasavvurlaridan özi uyaldi. “Otangni taniyman” deb turgan haydovçining gaplariga inondi. Ikkovlon yölga çiqişdi.

* * *

Bir kuni ertalab enam oğilxonada sigirlarni soğiş bilan andarmon çoğda köça tomondan Xursand momoning katta nevaralaridan biri körindi. Menga közi tuşib, imlab çaqirdi.

– Katta enam aytdi, biroz turib onang biznikiga çiqsin ekan. Is çiqarayapmiz. Aytib qöy, xöpmi!

Tasdiq işorasini qilib, boşimni qimirlatdim.

– Xursand momoning nevarasimi? Tinçlikmikan? Nima dedi? – baqirdi enam oğilxona tomondan. Eşitganlarimni aytdim.

Sutni soğib bölgaç, öçoqqa öt yoqib qaynatdik. Sovuqda nam tortib qolgan ötinlar pisillab yonardi. Çöğiga çoy qaynatib oldik. Hammani dasturxon atrofiga çorlab, nonuşta qildik. Mayda-çuyda rözğor işlarini tamomlab, enam köçaga çiqişga taraddud köra boşladi. Men ham ularga ergaşdim.

Xursand momonikiga ança-munça ayollar yiğilgan ekan. Uzoq-yaqinga kelin bölib tuşgan qizlari ham kelibdi. Katta uyiga aylantirib joy solinib, qöni-qöşnilar ötirardi. Örtaga dasturxon yozilib, unça-munça topgan-tutganlarini qöyişgandi. Sal turib, issiqqina çözmalar keltirildi. Duo qilingaç, sindirildi. Xursand momoning siniqqan yuzi horğin tus olgan, parişxotir ötirardi.

– Nafisa qizimdan neça kundirki xabar yöq, – xasta ovozda sözladi momo. – Otasi ham şaharga tuşib, topolmay qaytdi. Ötgan tunda tuş köribman. Tuşimda qizimni bahaybat ilon çaqişga urinayotganmiş. Qizim beçora ilonning domidan çiqiş uçun özini har tomonga olib qoçayotganmiş. Şunda bir notaniş kişi paydo bölib, uni qutqarib qolibdi. Ilonning boşini sapçadek kesib taşlabdi. Işqilib, hammasi yaxşilikka bölsin. Qayda bölmasin, qizim eson-omon yurgan bölsin, deya tong saharlab is qiliş harakatiga tuşdik-da, örgilib ketaylar!

Qöşni ayollar momoga taskin berişdi. U yoq-bu yoqdagi gaplar bilan çalğitişga urinişdi. Bir muddatdan söng dasturxonga omin qilib, örnilaridan qözğaldilar. Mezbonlar mehmonlarni köçagaça kuzatib çiqişdi. Xursand momo nelardandir umidvor bölib katta yölga köz tikardi. Taşqari ançagina sovuq, ayollar tezroq uylariga yetiş ilinjida xayrlaşişgan edi hamki… Hamma bir zumga töxtadi… Gapirişdan… Yurişdan… Hatto sovqotişdan ham… Kaftdek körinib turgan katta yöl tomondan qişloqqa qarab “KamAZ” burildi. U töppa-töğri biz tomonga yurib kelardi. Bu hammaning diqqatini tortdi, albatta. Hatto uylarning darçalari orqali poylayotgan kallalar paydo böldi. Şovqin bilan yurayotgan maşina momoning çolini ham köçaga çiqişga undadi. Momoning nimjon tanasi ohista qaltirardi.  Hozir nimadir sodir böladigandek, hamma jim tikilib turardi. Maşina yaqinlaşgani sayin, odamlarning yuzida hadik alomatlari sezilardi. Va rostdan ham nimadir sodir böldi… Aynan men, biz kutayotgan hodisa röy berdi. “KamAZ” yaqinimizga kelib töxtadi. Uning eşigi şiddat bilan oçilib, Nafisa opa pastga uçib tuşdi. Özini ota-onasining bağriga otdi. Söng haydovçi amaki körindi. Beöxşov va besönaqay kimsaning nigohidan bir çöçib tuşib, onamning ortiga yaşirindim. Öşa kimsa Nafisa opaning otasi bilan quçoqlaşib körişdi va bölgan gaplarni sözlab berdi. Qişloqdagilarning oğzi oçilib qoldi. Boyagina meni qörqitib yuborgan amakining istarasi közimga şunday çiroyli körinardiki, göyo dunyodagi eng yaxşi odam qarşimda turgandek! Demak, enam ham “Ularning bari bir gör”, deya adaşgan. Bu dunyoda yaxşi insonlar köpligiga öşa vaqtda yana bir bor amin bölganman!

Xolam hikoyasini tugatib, jimib qoldi. Men esa oxirgi marta qaçon soatlab avtobus kutganimni eslolmay ovora edim. Ming şukrki, hozir köçalar yoruğ va ravon, maşinalar har lahza zinğillab ötib turadi.

Gulnoz MAMARASULOVA 

1990-yili tuğilgan.

Jizzax davlat pedagogika instituti magistri.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining “Ijod” jamoat fondi tomonidan “Kutayotgan ayol” nomli ilk kitobi naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (1)

  1. Asatova Xukar

    Ançadan beri bunaqa mazza qilib biron narsani öqimagan edim. Yaxşilik bilan tugagani uçun ham ança könglim yorişdi. Ohirgi paytlar şu mavzuga yaqin dilni öğritadigan hodisalarni eşitib bezillab qolgandim. Muallifga rahmat !

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…