* * *
Qaragin,
Közimda ulğayib boradi soğinç!
Böronday uvillar içimda bir ğam,
Senga atalmagan maktublarim bor,
Sen uçun tökilgan yoşlar bor, içsang!
Mavjudman yöqlikning köçalarida,
Mavhumsan, köksimdan otilar ökinç,
Ey, nurday yolqinli, kuyday sokinim,
Bemajol vaqtlardan sörayman har keç.
Keç! Keçib ketma, yengilma, tolma,
Mendayin yiqilib qolma, oromim.
Bu ruhimga taskin beruvçi işq bor,
Sen bor va sening-la bir gözal yoding!
Yengilma!
* * *
Nahot…
Xazonlar daydigan köçalarimda
Bahor halinçagin uçirar, nahot.
Dilsiyoh tunlardan terib oladi
Kunlarning rangini sipqorgan Hayot.
Nahot,
Belançakka aylanar dunyo,
Tebratib, çayqatib turar jununim,
Bir sokin qöşiqda oqib ketajak
Borliqni simirib toşgan şuurim.
Nahot…
Izsizliklar kezar izimda,
Izmimda bulutlar, izmimda yomğir?!
Tundlaşib boryotgan qaroqlarimda
Çaraqlab boqsalar közlarim faqir.
Nahot…
Ovozalar, sukutlar oşa
Çopib ketaversa söz degan tulpor,
Jilovin tortmoqqa bir qöl, kuç bormi
Yovqur?!
Nahot, tugamasa,
Nahot, tinmasa,
Içimda çayqalib yotgan ummonlar,
Izlab yursam nahot tölqinlar oşa
“Nahot”lar doyalik qilgan javobni?!
Mohlaroyim YÖLDOŞXÖJAYEVA
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan ötkazilgan Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi (2021).
2022/11-12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida