(Hikoya)
U ömargan soatini uyidagilar közidan bekitib yurişga harçand urinmasin, baribir uçinçi kuni ertalab qölga tuşdi. Şu kezgaça soatni maktabga ketayotib yölda bilagiga taqib, qaytişida esa sumkasiga solib, yaşirin saqlab kelayotgandi.
Bari heç kutilmaganda sodir böldi.
Bugun u nonuştadan söng, kundalik odati böyiça, qöşni xonaga çiqib kiyimini almaştirarkan, bu safar köçaga çiqişga sabri çidamay, yeng içida kim ham körib ötiribdi, degan xayolda soatni şartta bilagiga taqib oldi-da, yelkasiga sumkasini ila-ila, eşik tomon yurgan yerida, deraza yonida bir dam töxtab, tağin uni yoruqqa solib kördi va azbaroyi zavqi toşganidan, boşini liqillatib, tanglayini taqillatib-taqillatib qöydi: oç jigarrang tasmali soat çindan-da bejirim, ğoyatda çiroyli edi – bamisli oltindek yalt-yult tovlanib, köngilga adadsiz şavq bağişlardi. U öşa şavq oğuşida dahlizga çiqib, oqşom tozalanib, yaltiratib qöyilgan tuflisini endigina oyoğiga ilgan ham ediki, tösatdan narigi bölmadan otasining öta salobatli ovozi eşitildi:
– Mirhaydar!
Bu ovoz sohibi Ğaybulla bakovul neça yildirki töydagi kuraşlarda kayvonilik qilib, katta-kiçik davralarni binoyidek boşqarib kelayotgan esa-da, aslida tabiatan kamgaproq, xususan, uydagilariga sözi bilan emas, köz qaraşlari ila hukm ötkazadigan oğir-bosiq va öta jiddiy odam edi. U kamdan-kam hollardagina, yaʼni favqulodda nedir sodir bölgan onlardagina ovoz kötarişini demasa, qolgan payt unça-bunça narsaga aralaşavermasdi. Şu bois, özini aybdor his etib yurgani tufayli, kutilmagan bu yöqlovdan bolaning yuragi şuvillab, dastlabki öy-hadigi şu böldi: “Nahotki, bundan otam xabar topgan bölsa?..” U endi bilagini ötdek kuydira boşlagan soatni nima qilarini bilmay, şoşib, kalovlanib turganida, otaning navbatdagi çorlovi yanada balandroq ovozda, bolaning nazarida, tahdidli ohangda takrorlandi. Tamom – endi ortiq hayallaşi mumkin emas, u dovdiragança, qiya oçiq eşikdan içkariga möraladi. Qarasaki, otasi barmoqlari bilan nosqovoq popugini öynagança, xotirjam yonboşlab yotibdi. Bundan bolaning köngli yengil tortib, öz navbatida, tezroq juftak rostlamoq öyida, göyo juda oşiqayotgandek, labbay, dedi. Aksiga olib, otasi maqsadini bayon etişdan avval, anovini uzatib yubor, deya deraza raxidagi tufdonga işora qildi. Ostona hatlamoqdan bölak çorasi qolmagan bola, içkariga kirib, beixtiyor, söl qölini tufdonga çözdi va ana şunda bilagidagi soat yiltillab, ota eʼtiborini darrov öziga tortdi.
– Iya, muborak bölsin! – dedi Ğaybulla bakovul xuddi davrada ğolibni qutlagandek, sokin kulimsirab va söng qoşida kavşanib ötirgan ayoliga yuzlandi: – Soatni bunga sen oberdingmi?
– Nima? – dedi ayoli tuşunmay.
– Bunga soatni sen oberdingmi deyapman? – Ğaybulla bakavul boşi bilan bola tomonga işora qildi.
– Qanaqa soat? – dedi ayol bir unga, bir öğliga hayron boqarkan. – Men heç narsa oberganim yöq bunga.
Bu gapdan söng Ğaybulla bakovul darrov sergak tortdi. Bolişdan tirsak uzib, qaddini rostlab ötirarkan, şubha-gumonga töla nigohini hanuz tufdon tutib turgan bolaga öqdek qadagança, jiddiy dedi:
– Qani, bu yoqqa ber-çi!
Bola tufdonni uzatdi.
– Yöq, qölingdagi soatni ber!
Bola bilagidagi soatni yeçib, otasiga uzatdi.
Ğaybulla bakovul oşiqmay soatni közdan keçirarkan, uni oddiy matoh emas, qimmatbaho ekanini tezda angladi va beixtiyor ikki tokça oraliğidagi mixda osiğli turgan mayda örim qamçiga yer ostidan zimdan qarab qöydi. Buni sezgan bola içdan zil ketdi. Boisi, otasi öğrilarni jinidan yomon köradi, şu yozda Daşt bozorida tasodifan qöliga tuşib qolgan çöntakkesar bir yigitni neçoğlik qamçi ostiga olganini özi közi bilan körgandi. Öşanda otasi ayrim odamlarga öxşab, baqir-çaqir qilib ötirmagan, xuddi oğziga bir kaft nos taşlab olganday, lablarini mahkam qimtigança qamçiga zör bergan va şörlik yigit uning çangalidan zör-bazör qoçib qutulgandi. Ammo hozir bolani qamçining aççiq zarbidan köra “öğri” degan tavqilaʼnat köproq iztirobga solmoqda edi. Agar bu sir taşqariga örlaydigan bölsa, tamom – köçada sira boş kötarib yurgiligi qolmaydi. Bundan-da alamlisi, u soatni ömarmoqçi emasdi, şunçaki bir-ikki kunga havasga taqib, söng imi-jimida yana joyiga qaytarmoqçi edi. Biroq buni közlari olovlanib turgan otasiga qanday qilib anglatadi? Anglatsa-da, nega söroqsiz olding, deya battar qasdi-basdiga oladi. Bunisi yetmagandek, soat egasi begona emas, otasining uç hovli naridagi yaqin jörasi – Asqar çavandoz edi. Ana endi, u odamning yuziga qanday qaraydi!
Şu topda bola istagan bir narsaga aylanib qolişga, jumladan, kunjakda ğujanak tuşib yotgan tarğil muşuk va hattoki dasturxon tepasida aylanişayotgan xira paşşalardan biri örnida bölib qolişga ham rozi edi. Qani endi, ayni şu lahzada manovi paşşalardan biriga evrilib qolsa! Yoxud, xuddi oldi-qoçdi kinolardagidek, vaqt degan zormanda çir aylanib, iziga qaytsa-yu, u lop etib soat ömarilgan öşa kunga tuşib qolsa! Gar buning imkon va iloji bölganida bormi, Asqar amaki iltimos qilgan arzimas yumuşni tezgina ado etgan bölardi-yu, lekin zinhor-bazinhor uy bekasi Sojida xola yozgan dasturxon yaqiniga yölamasdi. Axir, bari girdibalo öşa tökin dasturxon tufayli yuz berdi-da. Agar öşanda dasturxonni bezab turgan yaltiroq qoğozli turli konfetlar havasini qözğab, iştahasini qitiqlamaganida, manovi laʼnati soatga duç kelmagan va hozir otasi qoşida bargday titrab turmagan bölardi-da. Bola şularni xayolidan ötkazar ekan, bu qilmişi uçun özini emas, uy bekasini ayblamoqqa tuşdi: eh-h, şu Sojida xolayam juda qiziq-da, uyiga borib, nomiga yötalsang-da, hadaha oldingga dasturxon yozadi, emasam, öşa kungi yumuş – qörada töplanib qolgan göngni zambilğaltakda tomorqaga çiqarib taşlaş ham işmidi, şugina yumuşni bajargani uçun oldiga dasturxon yoziş şartmidi! Mana, onasi, toğni talqon qilsang-da, pinagini buzmaydi, şirinlik nari tursin, bir piyola çoy qöyişni ham xayolga keltirmaydi. Qaytamga, yumuş ustiga yumuş aytib, tinkasini quritadi. Bola ançayin mehri qattiq onasi hamda uning ğirt aksi bölmiş Sojida xolani bir-biriga taqqoslarkan, kattalar gurungida quloğiga çalingan gap-sözlar asosida öziça quyidagiça fikr qildi: hadeb qiz ustiga qiz tuğavermay, köp emas, atigi birgina öğil tuğib berganida bormi, beçora Asqar amakining işi öziga öxşaganlarga tuşib qolmagan, hovlisida neki yumuş bor, barini öşa öğli uddalagan va soat ham öğirlanmagan bölardi-ya!
Öşa kuni u çoydan höplab, oldida qöyilgan şirinliklardan tanlab-tanlab totinarkan, boya xontaxta yoniga çökayotib, uning tagidan topib olgan soatni ömarişni boşda xayoliga ham keltirmagandi. Avvaliga, öziyam zör soat ekan-da, deya obdon tomoşa qildi, söng hali öng, hali söl quloğiga tutib, bir maromda çiqqillaşini bahuzur tingladi. Keyin, turgan gap, kavşanişdan tiyilmagan köyi qöliga taqdi va umrida soat taqib körmagan emasmi, birdan özini kattalardek his etib, sal naridagi baxmal bolişlardan birini söl biqiniga tortib, asta yonboşladi-da, xuddi otasi kabi jiddiy va dimoğli bir qiyofada uydagi jihozlarga bir-bir nazar taşlab çiqdi. Söng yana öz holiga qaytib, soat bilan andarmon böldi.
U bilagidagi soatga qarab-qarab, çoy höpladi.
U bilagidagi soatga termulib-termulib, konfet çaynadi.
Keyin soatni maktabga taqib borgudek bölsa, havasdan sinfdoşlari ne ahvolga tuşişlarini öziça tasavvur etib, miyiğida jilmayib-jilmayib qöydi. Ayniqsa, almisoqdan qolgan körimsiz soati bilan öziça bodilanib yurişni xuş köradigan Sodiq ikkiçiga juda çatoq böladi-da – şörlik hasaddan öçoqboşidagi kosovdan battar qorayib ketsa kerak! Sodiq ikkiçining uşbu holatini köz oldiga keltirib, iç-içidan huzur qildi. Bunga sari, yuragi tubida uyğongan quyidagi olovli istak tobora alangalana boşladi: “Bir kunga taqib borsam qanday bölarkan-a?! Keyin astagina yana joyiga qöyib qöyardim!” Dastlab bu istakka royiş bergisi kelmay, bilagidagi soatni şartta yeçdi-da, öziça közdan panaga – körpaça qatiga tiqib qöydi. Biror muddatdan söng esa, birov bosib-netib, sindirib qöymasin tağin, degan hadik va bahonada yana uni qöliga oldi. Bu safar dasturxon çetiga yaşirib, ustiga soçiq taşlab qöydi, söng… Xullas, soatni özidan qança nari sursa, istagi şunça battar junbişga kela boşladi va oxir-oqibat, özini tiyolmay, soatni çöntagiga urdi. Taşqarilaşdan avval öğri muşukdek deraza oşa sekin möraladi. Asqar çavandoz boyayoq otlanib qayoqqadir ketgan, qizlari körinmaydi, hovlida yolğiz Sojida xolagina kuymalanib yurardi. U ertan albatta qaytaraman, deya oyoq uçida köçaga zinğilladi.
Bola tongni sabrsizlik bilan kutdi.
Ertalab maktabga borayotib yöl-yölakay soatni qöliga taqib oldi.
Sinf eşigidan kira-kira, söl yengini salgina yuqoriga tortib qöydi. Biroq bilagidagi soatga eʼtibor beruvçi bölmadi. U bundan ğaşlanib, öşa qölini atay baland kötarib, avval böyin aralaş boşini qaşlagan, söng qönğiroqqa yana qança qoldi, degan maʼnoda soatga beparvo köz taşlagan kişi böldi. Xuddi kutganidek birpasda avval öğil bolalar örab olişdi, söng qizlar tevaraklab kelişdi. Oh-oh, kimlar havas qilib, kimlarning içi kuymadi deysiz! Kimdir soatning özini, kimdir boğiçini maqtadi. Birovi, tillodan, desa; boşqa biri, yöq, oddiy misdan yasalgan, deya öziça soatni yerga urgan böldi.
Bunga sari bola huzur qildi.
Bunga sari bola rosa yayradi.
Biroq darsdan söng, vaʼdasiga muvofiq, soatni joyiga qaytarişni öyiga keltirmadi, çunki maktabdan qaytayotib, yana bir kunga taqsam, yeyilib qolmas, deya bir töxtamga kelib bölgandi. Çunki bugun butun dars davomida bolalar, tanaffusga yana qança qoldi, deya nuqul unga im qoqişdi-da. Agar ertaga soatsiz borsa, bugungi obröyi bir pul bölib, uloq tağin Sodiq ikkiçida ketadi. U qisiq közlarini öynatib, sepkil toşgan burnini tanqaytirib, oşkora tantana qiladi. Yöq, bunga sira yöl qöyib bölmaydi!
– Xöş, buni qayerdan olding? – deya uning xayolini böldi Ğaybulla bakovul, “öğirlading” degan sözni aytmoqqa istihola qilganday.
Bola kömak qidirib, onasiga boqdi. Biroq uning otasidan battar gumonlanib turganini körgaç, tağin dasturxondagi paşşalarga, kunjakdagi muşukka havasi kelib, hovlida soçilib yurgan tovuqlar özidan köra ming çandon baxtliroqdek tuyuldi.
– Hay-y, kimniki bu? – Ğaybulla bakovul bu dafʼa savolni özga yösinda köndalang qöydi.
– Asqar… amakimniki, – deya minğirladi bola. – Bir-ikki kunga taqib turay deb olgandim.
– Özi berdimi?
Bola qörqqanidan, beixtiyor boş irğadi.
Ğaybulla bakovul uning avzoyiga qarab, bu gapga işonmagan esa-da, kayvoniligiga borib, qahrini jilovladi. Biladiki, agar hozir zuğum qilar bölsa, yolğonga yolğon qöşilib, söng oq-qorani bir-biridan farqlaş qiyin keçadi. Buning ustiga, öğliga nisbatan Asqar çavandozning mehri azaldan bölakça, balki çindanam soatni uning özi tortiq qilgan çiqar. Qisqasi, agar hozir ketini kötarişdan erinmasa, bor haqiqat birpasda ayonlaşadi-qöyadi.
U ortiq çurq etmay, bolani boşlab köçaga çiqdi.
Avvaliga otasining maqsadini anglamagan bola, qaçonki, u naridagi kökiş darvoza sari jilgaçgina, ne gapligini fahmlab, hozir yuz beradigan şarmandalikdan qattiq dahşatga tuşdi. Tizzalari qaltirab, manglayi sovuq terdan namlanib, quyidagi noxuş manzara köz oldida jonlandi: otasining kaftidagi soatni körgaç, ularni kulib qarşilagan Asqar amakining avzoyi birdan özgaradi: “Eh-ha, öğiri kim desam, sening öğling ekan-da”, deya köça boşidagi Jalol qirriq kabi darrov baqir-çaqir qilişga tuşadi. Oqibat, bu qilmişi birpasda butun qişloqqa doston böladi.
Boz ustiga, bolalar ayni maktabga borayotgan payt…
Işqilib, Asqar çavandoz uyida bölmasin-da!
Afsuski, u uyida ekan.
Odatda çaqirmasdan töğridan-töğri kirib boraveradigan jörasining bu safar yetti yot begonadek darvozaxonada serrayib turişi dastlab Asqar çavandozga juda eriş tuyuldi. Ular yaqiniga kelib, otani ğazabnok, bolani esa ğamnok holda körgaçgina, nimadir yuz berganini angladi.
– Tinçlikmi, Ğaybullavoy?
– Manovi senikimi? – dedi ota öng kaftini oldinga çözib.
– Ha, meniki, – Asqar çavandoz boşda heç narsaga tuşunmagan esa-da, söng ne voqea sodir bölganini zumda idrok etdi. Şunda ayni bolaning yoşida örtança toğasining qora tasmali soatini havasga ömargani va öşa qiliği sabab yegan kaltaklari lop etib esiga tuşdi-da, göyo qoşida Ğaybulla bakovul emas, öşa johil va nodon toğasi turganday, unga norozi boqib, dedi: – Nima edi?
– Unda munda nima qip yuribdi bu? – dedi ota ovozini bir parda kötarib.
– Nima deganing bu? – dedi Asqar çavandoz ovozini ikki parda yuqori kötarib. – Özim sovğa qilganimdan söğin, bunda bölmay, nima, menda böladimi!
Bu gapni kutmagan bola dong qotdi.
– Men öylabmanki… – deya çaynaldi ota.
– Özingça har narsalarni öylavermay, – deya uning gapini çört kesdi Asqar çavandoz. – soatni egasiga ber, tezroq maktabiga borsin!
Bola soatni mahkam tutgança, muşuk çangalidan tasodifan omon qolgan polaponday köçaga otildi. Asqar çavandozning bu qiliği har qanday oğir jazodan yuz karra ustivorligini butun vujudi bilan his etgan köyi, darsdan keçikmayin deya, oyoğini qöliga oldi.
Öşa kuni endi öziniki bölgan soati bilan maqtaniş nari tursin, hatto uni sumkasidan çiqarmadi. Sodiq ikkiçining burun tanqaytirib, zimdan kerilişlarini esa eʼtiborga arzitmadi. Ammo keçgaça, göyo öta qimmatli narsasini yöqotganday, rang-tusi oçilmay, dilgirtob yurdi. Şu kuni umrida ilk bor oqşom tuşişini intiqlik bilan kutdi. Borliq şom qoronğisiga çulğanişi bilan Asqar çavandozning darvozasi qarşisida paydo böldi. Keng hovlida heç kim yöqligi va hamma keçki dasturxon tevaragiga jamlanganiga işonç hosil qilgaç, qölidagi soatni söri çetiga qöygança, soyaday taşqariga sirğaldi. Köçaga çiqqaç, muzdek kuz havosidan yutoqib nafas olarkan, xuddi yelkasidan toğ ağdarilganday, özini yengil, juda yengil his etdi.
Ammo ertasi ertalab kutilmaganda ostonada, qölida soat, Sojida xola paydo böldi.
– Keça manovini biznikida unutib qoldiribsan-a, bolam.
Bola ayol uzatgan soatga qöl çözişni ham, çözmaslikni ham bilolmay, çöçibgina otasiga qaradi.
Bunga javoban ota sokin kulimsirab qöydi.
2016-yil
Normurod Norqobilov
1953-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan. “Zangori köl”, “Unutilgan qöşiq”, “Yuzma-yuz”, “Paxmoq”, “Bekatdagi oq uyça”, “Jöşqin daryo”, “Ovul oralagan böri”, “Böron qöpgan kun” kabi qissa va hikoyalardan iborat töplamlari, “Daştu dalalarda” romani naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


