3 daqiqada öqiladi

243 marta körilgan

Ona

Botir Zokirov

Kasalxonaga kelmasimdan oldin hamşira Anna Pavlovna­ning taʼrifini köp eşitgandim. Ajoyib mehribon ayol deyişardi uni taniganlar. Ammo uni birinçi uçratgan kunim, töğrisini aytganda, taʼbim tirriq böldi: odamlar töplanişib bir çekkada rohat qilib çekişar, xoli joy bölganidan miriqib javraşar edi. Halqa-halqa tutun içidan özlari körinmay ketişgandi. Şu çoq baqirgan ayol tovuşi eşitildi. Bu ovozni tanib qolişdi, şekilli, kasallar sekin-sekin tarqab ketişdi. Men turaverdim. Tutun içidan ayol qiyofasi ğira-şira körindi:

– Nima qilib turibsan, – qiçqirdi u, – şu zahar tutun ölgurni yutişga orzumandmisan!

Ayol qölimdagi papirosni körgaç battar tutaqdi:

– Onang tamakizorda tuqqanmi sani, munça çakmasang, yöqol!

“Ajoyib ayol”ga tanişlari yuborgan duoyi-salomni aytişga ulgurolmadim, u meni haydab soldi.

Döstlarim hazillaşgan, bu ayol ular taʼrifining tamoman teskarisi ekan, deb öyladim şu kuni, haqiqatan, taxminim töğri çiqdi. Ertasiga navbatçi vraçdan ruxsat sörab, televizor körib ötirardik. Sevimli bir artistimiz qöşiğini mahliyo bölib tinglayotganimizda “muloyim ayol” kirib keldi.

– Bu qanaqasi! – hayqirdi u, – vraçning yumşoq supurgiligidan foydalanib köknori bazm qilib olibsizlar-ku! Vijdon bormi sizlarda!

Kap-katta odamlar uning söziga kirib, itoatkorona tarqab ketişdi.

Men iç-içimdan bu ayolni yomon köradigan bölib qoldim. “Bunga nima zarur, odamlarning kayfiyatini buzib, tovba, – deb qöyardim özimça, – kasallar bilan şunaqa muomalada böladimi?” Lekin uni hurmat qilişar, hatto sevişardi.

Bu ayol işlaydigan palatada döstlarim bölsa ham, borib gaplaşib ötirişga yuragim dov bermasdi. Istasam-istamasam bir kun uning pa­latasiga tuşişga majburman: operatsiya qilinişim kerak.

Operatsiyaning vaqt-soati ham yetib keldi. Ammo şunda bildim Anna Pavlovnaning qanaqaligini: “Hozir, jonginam, hozir” derdi u mayin ovozda. “Birpas sabr qilgin körmaganday bölib ketasan, bolajonim!” Uning ovozi bolaligimda eşitgan onam allasidan yoqimli, muloyim edi.

O, uning ovozi, sen azob tortayotganingda joningga malham ekan. Şuning uçun hamma sevarkan uni. U çinakam ona edi. Men uning közlariga qaramagan ekanman. Közlaridagi mehrigiyosi bilan, yuragi bilan, butun vujudi bilan haqiqiy ona ekan. Közlariga tikilib turib, çin yurakdan ohista: “Ona! Ona!” deya şivirladim. Bu bilan men biron yangilik kaşf etganim yöq. Anna Pavlovnani taniganlar­ning hammasi uni şunday deb uluğlaydi.

Tabassum

Yetti yoşlardagi paxmoq soçli Rustam domino öynar, dam-badam şaraqlab kulardi. Quyuq kipriklari orasida qolib ketgan közlarida bolalarça şöxlik, öt çaqnardi. Bir neça minutdan keyin oğir operatsiyaga kirişi kerakligini öylamasdi ham. Kasaldan zaʼfaron bölib ketgan keksa raqiblarini yengib “şarmanda” qilişga oşiqar va faqat şuning uçun hayajonlanardi bola.

U “duşman”larini tor-mor keltirib quvonç­dan qiçqirib kulayotganda hamşiraning böğiq ovozi eşitildi:

– Qani, Rustamjon, vaqt böldi.

Bola kelaturib raqiblarini yupatdi:

– Yutqizdim deb xafa bölmanglar. Menga muvaffaqiyat tilayotganlaringni bilib turibman, rahmat. Ammo taʼziya telegrammasi yuborib pulni nobud qilmanglar, öladigan nodon yöq!

U operatsiya stoliga beparvo, xuddi ukolga borayotganday kirib ketdi.

Kirib ketdi-yu, uning jarangli kulgisi, labla­ridan arimaydigan olovday tabassumi qoldi.

Rustamdan keyin operatsiyaga kiriş uçun bir juvon navbat kutib ötirardi. Deraza yonidagi yumşoq kursiga mix bilan qoqib qöyilganday qimir etmasdi u. Oqarib ketgan yuzlari qurigan loyday, soçlari tözğigan, göyo soç emas, boşga boğlab taşlangan poxolga öxşardi. Yonginasida biqinib ötirgan erining şivirlab aytgan söziga u ham şivirlab javob berardi. Eri uning qölini tutgan holda ğayri-tabassum emas, “ketma!” maʼnosidagi yolvorişday, bordi-yu, ketib qoladigan bölsa şipni ham köçirib yuboradigan qattiq faryodday edi. Lekin juvon birdan jonlana boşladi, kursidan ösib çiqayotganday qaddini tik tutdi. Boya faqat ajal köringan közlarida, endi yolqin paydo böldi. Rustamjonni esladimikan, erining va bolaning tabassumini bir-biriga qiyos qilib kördimikan?

Rustamning hayotbaxş, olov tabassumidan biror parça çöğ tuşib qolganday, uning muzdek tomirlariga öt yugurdi.

Şu orada meni çaqirib qolişdi, ketdim. Juvonning oğir operatsiyaga qay holatda kirganini körolmadim.

Ertasiga Rustamning ham, juvonning ham operatsiyadan soğ-salomat çiqqanligini, yonma-yon xonada davolanayotganlarini eşitdim.

Botir ZOKIROV

Milliy estrada sanʼatimizga salmoqli hissa qöşgan Özbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi mamlakatimizda keng nişonlanyapti. Uning tasviriy sanʼat va badiiy ijod bilan ham şuğillangani jamoatçilikka yaxşi maʼlum.

Atoqli sanʼatkorning “Ona” va “Tabassum” hikoyasini öqisangiz, sanʼatkorning adabiy mahoratiga ham tasanno deysiz.

2021/4

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…