5 daqiqada öqiladi

187 marta körilgan

Pulbola

Çaros Avazova

Aslida, hammasiga Vali malla aybdor. Öşanda xurmo yegan vaqtimiz özini donolarça körsatişga urinib, közoynak ortidan menga sinovçan boqarkan, körsatkiç barmoğini yuqoriga nuqqança:

– Xurmo danaklariga tiş tekkizmay, tilak aytib yutib yuborsang, har qanaqa niyating amalga oşadi. Buni bitta katta kitobdan öqiganman, – degan edi.

Ikkimiz ham içimizda astoydil niyat bildirib, bir neçta danaklarni birma-bir yutib yubordik. Uyda tönğiç farzand men. Şu sabab qiyin işlarning aksari ham mening zimmamda. Avvaliga butun tanam qiçişaverdi, keyiniga qöl tomirlarim börtib çiqdi. Köp ötmay, undan mayda-mayda kurtaklar yorila boşladi.  Bu rosmana daraxt barglari edi. Esimda, bir jurnalda qölidan kaktus ösib çiqqan kampir rasmini körgan edim. Kasalmand onamni xavotirga qöygim kelmasdi-yu, lekin şu qadar qörqib ketganimdan hovliqqança oldiga çopib bordim. Onam ammamga aytdi. Ular esa onamni özi bilan özi ovvora bölib, bizga beeʼtibor bölganlikda aybladi,  yiğlatdi. Şifokorga uçradik. U yetti ajdodimizni obdan suriştirdi, tekşirmagan joyi qolmadi. Kurtaklarga ham ajabsinib, ham sinçkovlik bilan qarab turdi-da:

– Yigirma yillik tajribam davomida biror marta bunaqasiga duç kelmaganman. Ğalati hol. Kurtagiga qaraganda xurmoniki bölsa kerak. Qayerda, qanday ösib çiqqan – ildizini topolmadim. Qöl tomirlariga singib ketgan ekan. Doimiy nazoratda bölgani yaxşi. Hamkasblarim bilan maslahatlaşay. Hozirça yeb-içişiga diqqatli böling, – dedi tayinlab.

Onam şu kuni qöşnimizdan qarz kötarib, kasal holida bozor-öçar qilib keldi. Yaxşi-yaxşi ovqatlar pişirib berdi, hatto könglimni aynitib,  butun tanamga qöy moyidan surkab çiqdi. Maktabga yubormadi, örtoqlarim bilan öynaşni vaqtinçalik taqiqladi. Dadamga xotirjam işlasin debmi dastlab xabar qilmagan bölsa, endi vaziyatni bildirişga oşiqdi. Uyda ötiraverib, rosa zerikdim. Tavba, Vali mallaga baloyam urmagan-ku. Nimaga u boşlagan işning bor malomatiga men qolişim kerak? Içimda uni “eng yaxşi” sözlar bilan siylayman. Biroq danak yutganimiz haqida biror kimga oğiz oçmadim. Közimga heç narsa körinmaydi. Göyo dunyo men uçun qoronği. Kundalik işlarni ham unutayozganman, xonamda yotgança öylanganim-öylangan. Oyim buyurtma köylakni tikiş bilan andarmon ekan:

– Nima balo, sigiring röza tutdimi? Bor, heç bölmasa piçan solib qöy, – dedi asabiylaşib.

 Molxonaning tomboşiga çiqdim. Şu yerdan atrofni kuzatiş zör!  Devor yoriğidan  dalalar, odamlar – hamma-hammasi kaftdek körinadi. Miriqib tomoşa qiliş mumkin. Odatimça bu gal ham közimni yoriqqa tutdim. Ariq yoqada Şavkat çöloqning eşagi rasm tuşayotganday harakatsiz qotgan, narigi betda esa bir neçta  ördak boşini qanotlari ostiga yaşirgança tinçgina orom olmoqda. Yomğirdan loy bölib ketgan yolğizoyoq köça eritilgan şokoladdek yaltiraydi.  Köça çetida Şodiyor bukrining çaylasi yerga bağir bergan majnuntol soçlaridek ana  tökilaman-mana tökilaman  deb turibdi. Maktab yölidan har zamon-har zamon ari uyasidek ğala-ğovur ovozlar  eşitiladi.  Uzoqdan men tengi beş-olti bola kelyapti. Tanidim: sinfdoşlarim. Ular biri-biriga söz bermay allanarsa haqida qizğin gaplaşar, tez-tez bor ovozda kulib yuborişardi.  Butun kulgilar men uçun yoğdirilayotgandek tuyildi va beixtiyor közyoşga erk berdim. Qalin piçan orasiga ötib oldim. Qöllarimga qarayman. Bu gal kurtaklar çöççaygan labini  yozmoqçi bölgan boladek bargga aylanay deb qolgan. Yaxşi parvarişlanayotganimga qaramay, nega ular soat sayin köpayişda? Yulib taşlaş kerak hammasini! Jahl bilan kurtaklardan birini tortdim. Birdan qölimda qattiq açişiş sezdim. Közimdan öt çiqayozdi. Şu kuni oçlik eʼlon qildim. Xuddi onam gunohkordek, ularga qöpol muomalada böldim. Özimça körpani yuzimga yopib oldim. Ertalab uyğonsam, töşagimda ön mingtalik, yuz mingtalik pullar qalaşib yotibdi. Ajab, tanamdagi kurtaklar yozilib-yozilib, barg örniga pulga aylangan ekan. Sevinçdan boşim osmonda. Huv birda Vali malla bilan danak yutganimda boyib ketişimizni niyat qilgandim. Nahotki şu tarzda ijobat bölayotgan bölsa?! Endi dadamning soçlariga oq qöndirayozgan onamni operatsiya qildiramiz, maşinani ham tuzatamiz, amakimni ham uylantiramiz. Hamma-hammasiga pulimiz yetadi.

Ham şodlik, ham qörquv aralaş bor ovozda onamni çaqirdim. Onam keçasi bilan yaxşi uxlolmagan şekilli, madorsiz körinardi. Tez-tez hansirab nafas olar ekan, qöl-u oyoqlarimdan ösib çiqayotgan pullarni körib, xursand böliş örniga arvoh körgandek tipirçilab qoldi. Singlimni tezda ammamnikiga jönatdi. Ular ham  hovliqib yetib keldi. Ammo pullarni körişi bilan közlari favqullodda çaqnab:

– Suyuning, kelin, endi faroğatda yaşaysizlar. Xudoga bir yoqqaninglar ham bor ekan, – dedi-yu, zör iştiyoq bilan ularni yiğişga tuşdi. Xazina topgan gadodek oğzi quloğida şöx bir aşulani boşlab yubordi. Onam hayrat içida qotib qolgan. Bir muddatdan söng öziga kelib, ammamning qölidagi bor pullarni  şaxd bilan tortib oldi.

– Dunyosiga öt tuşsin. Menga bolam kerak, menga bolam kerak! – dedi jazavaga tuşib.

Söng yiğlamsiragança qöşib qöydi:

– Hammasini ehson qilamiz, masjidga topşiramiz. Kerak emas pullari.

Ammam endi laganga qöl çözaman deganda ovqati tortib olingan oç kişidek norozi bölgança, onamga yopişdi. Men esankirab qolgandim, qimirlay olmasdim. Bir tomoni, onamdan öpkalardim. Operatsiyasi uçun pul topilgan bölsa, nega bunaqa qiladi? Öğirlab olganim yöq, hammasi halol-ku!..  Onam va ammam  singlimning titrab-qaqşab yiğlaşidan nihoyat özlariga kelib, jim bölib qolişdi. Tanamdan kuzgi yaproqlardek pullar tökilardi. Men esa ularni kimdir olib qöyadigandek, şoşilinç yiğiş bilan ovvoraman. Lekin negadir borgan sari holsizlana boşladim. Butun vujudim tandirdek qizib ketdi. Hamma narsa ayqaş-uyqaş aylana boşladi. Közimni oçganimda  avval sariq lampani, soçida oqlari yanada köpaygan dadamni, ozğin amakimni, keyin  araz qilgandek qovoği soliğliq ammamni, ularning yonida şifokor kiyimidagi  savlatdor bir kişini kördim. Notekis nafas olayotgan, horğin va nimjon  onamni körib,  içimdan zil ketdim.

– Xudoga şukur, bolam, özingga kelding. Odamni şunaqayam qörqitasanmi? Bir ölimdan qolding , Xudoga şukur, – dedi onam közyoş qilib.

Birdan könglim aynib, öqçiy ketdim. Yana köz oldim tuman böldi. Qandaydir aççiq dori taʼmini tuydim. Ayni damda heç narsani tuşuna olmasdim. Pullarim qani? Kim olib qöydi? Qayoqqa yöqoldi? Nega bu yerdaman? Qölimga nima uçun allaqanday yaralar sepkildek toshib ketgan?..

Bir kuni singlim ham keldi. Uning aytişiça, men tösatdan yotib qolganmişman. Ança vaqt huşsiz bölibman. Dadam muolajalarimga deb maşinamizni sotib yuboribdi…

 

Çaros AVAZOVA

2001-yil Toşkent viloyatida tuğilgan.

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti Özbek filologiyasi fakulteti talabasi. Respublika yoş  ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi (2022).

2022/8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…