11 daqiqada öqiladi

719 marta körilgan

Tölinoy xayollari

Isajon Sulton

(Turkiy xalqlarning xayoliy yaratiqlari kitobi)

Aslida, bu – Oy haqida emas, balki yer yuzida oyday balqqan turkiylar haqidagi bitiklardir. Oyni bunday sevadigan ulus dunyoda bölmasa kerak. Köziga ne xuş körinsa, oyga olib borib taqaydi. Böz bolasi uni suyganiga qiyos qilsa, keksasi “Yetkazganingga şukr” deb yuziga fotiha tortadi.

– Qara-çi, qulunim, Oy çiqibdimi?

– Yöq, çiqmabdi.

– Iya, nega çiqmadi ekan?

Şoşma, sen özing kimsan, desangiz, men ham şu diyorning quyoşi-yu oyi ostida ulğaygan, unga boğliq işlarni örganib yurgan bir tarixçisiman. Eh-he, dunyoda tarixçi kammi? Har kimning öz aytar sözi bor, hatto oddiy bir quş ham kunçiqar-u kunbotarda Tangri taologa nola qilib olamni buzadi. Adiblari-yu olimlari oyday şu elning har sözi, har hikoyatini bir xazina deb bilib, u yaşagan davrlarni, kişilarini, yaxşi-yomon farzandlarini kitoblarga muhrlamoqdalar. Men esa uning xayollarini ham qadrli deb bilib, qölimdan kelganiça bitib qöyaveray dedim-da. Ey alp el, ey bek el! Şu tunda, nigoh yetmas olislarga uzangan bağringda minglab qişloqlaring horğin mudramoqda. Yöq-yöq, qişloq uxlarmidi? Uyqusi sergak qariyalar hovlilarning kiraverişidagi hujralarga köçib ötişgan, nima tiq etsa bilişadi. Qöriqçi kuçuklar samoda kezayotgan Oyga qarab öy surişadi. Şuningdek, yana bir qança mavjudotlar ham borki, ayni şunday tunlarda özlari yaşiringan puçmoqlardan asta-sekin çiqib kelişadi. Ularga birov qadr-qiymat bermadi, yaratiliş onlarida qanday bölsa, şundayligiça qolib ketaverişdi. Elning özi kabi, yumuşlarini qöldan kelgunça bajarib yuraverişdi. Şularni asarga tirkab qöyay dedim, toki unutilib ketişmasin, toki el xizmatida yurgan u haqir mavjudotlar ham qadr topişsin, dedim.

* * *

Uzun qiş keçalarining tungi osmonida yuzida doği bilan Oymomo kezinadi. Tevarakka qiş sukunati çömgan, qor bosgan ariqdagi suv zaif jildiraydi. Sovuq tovuşlarni ham yutib yuboradi. Oğildagi mol-qöylar uyğoq, xabar olay deb kirsangiz, közlari moviy yiltirab, bir nimani tinmay kavşayotganini körasiz. Orasida oq eçki bölsa-ya? Yöq, hammayoq tinç, şekilli… Yumuşlarimiz bitdi, keçki taom yeyildi, söngaklar kuçuklarga berildi. U yoq-bu yoqdan sözlaşib ötiriş vaqti keldi.

Öçoqda öt çirsillab yonadi. Tafti hammaga taniş, havoda qizğiş-kökiş uçqunçalar öz-özidan paydo bölib sönmoqda. Olov içidagi höl novda uçidan vişillab buğ çiqyapti.

– Eşitdingizmi, kimlardir Oyni zabt etişganmiş?

– Iya, Oy bizniki emasmidi?

– Xöş, bolalar, nimalardan sözlaylik? Kulgilisidanmi, yo qörqinçlisidanmi?

– Qörqinçlisidan!

– Ha, mayli, quloq soling. Şu qişloqda…

Ke-etdi! Oy çiqqan keçalarda poyonsiz hududlarda bir özi tentirab yuradigan, kişilarni yöldan ozdirib ketadigan qörqinçli yaratiqlar haqidagi bir-biriga öxşamaydigan hikoyatlarni bolalar quloq qoqmay eşitişadi.

Qiş tunlari uzun. Oymomo yanada havolab ketadi.

– Ota-a, – deydi eng kiçkina bolaça. – Tişim qiçişyapti.

– Hah, seni tişingdan aylanay, – deb kuladi ota. – Qani, yur-çi.

Tungi rivoyatlardan söng kiçkintoy tugul, kattalar ham taşqariga çiqişga qörqişadi. Ha-da, soyalar aro har xil şarpalar paydo bölişi yoki qişloq çetidan alvasti, oziqçi, qora kişi bildirmay kirib kelişi mumkin.

Taşqarida qor uzra tikkaygan butalar qorayib körinadi.

– Qiblaga qarab çoptirma, gunoh böladi, – deydi öğliga nariroqdan qarab turgan ota.

Bu manzara ming yillardan buyon şu tarzda takrorlanib keladi. Hozir ham allaqaysi qişloqlarda bolalar şunday hikoyatlarni tinglab ötirişgan bölsa bordir. Bolalar hikoyatlari deysiz-u, tuyqusdan ularning sirayam bolalarga xos emasligini, yer yuziga yoyilib ketgan turli-tuman turkiy uluslarning har qişloğida oğizdan oğizga ötib, şu el bilan yaşab kelayotganini öylab qolasiz. Ular barça zamonlardagi barça qişloqlarning doimiy fuqarolariday tuyula boşlaydi.

– Tepaqişloqqa Alvasti kelibdi.

– Burni qiyşiq, tişi söyloq, labi dördoq emiş.

Turli-tuman şunday hikoyatlarni ulab, bir mantiq zanjiriga tizib çiqsangiz, har qişloq, har qasabaning kitoblar-u risolalardan töliğiça örin ololmagan öz rivoyatlari köz öngingizda jonlanadi.

1-QISM. MILLIY YARATIQLAR

Alvasti

Aytdim-ku, minglab bolakaylar öt tegrasida ötirib, közlarini katta-katta oçib tinglagan qişloq rivoyatlaridan sözlaymiz, deb. Ertak-u matallarning qahramonlari qaçonlardir yoşini yaşab, oşini oşab, dunyodan ötib ketgan, bular esa mavjudligiga mutlaqo işoniladigan, qişloqlar tegrasida bugun ham yaşab yurgan, sira ölmaydigan mavjudotlardir. Alvasti deganimiz maxluq bir qança ming yillar avval şarqda Kunçiqar mamlakatigaça, ğarbda Buyuk Suvlargaça, janubda Hind eligaça hamda şimolda turkiylarning ona şahri Xonbaliq-u Tangribaliqqaça yastangan söngsiz hududlarda hayot keçirgan, boşqa xalqlar “Ot minuvçilar” deb nomlaşgan dovyurak turkiylar bilan yonma-yon yaşab kelmoqda.

U mahallarning şaʼn-şukuhini deyarli unutib qöygan kişilarga “ot minuvçilar”ning feʼl-u ruhiyati, albatta, qiziq bölsa kerak. Ularning uçqur tasavvuri tevarak-atrofni jonlantirib, tabiat hodisalari-yu unsurlarni öz turmuşiga keltirib taqab qöyişadi. Tunda mayin yoğdu soçgan Oy xayolni öğirlaydi, oyday balqsin deya farzandlariga Oydin, Oygul, Oysuluv, Oysanam, Oynisa, Oybek, Oyparça, Oypoşşa, Oyboldoq, kunday porlasin deya Kunxöja, Kunmurod, Kunnazar, Kunberdi, Kunazim degan ismlar qöyişadi. Soçi oqargan momolarini Oymomo, qaddi kamonday egilgan bobolarini Oydada deb ataşadi. Töfon, böron, yomğir, bulut, çaqmoq, şamol kabilar ham ular diqqatidan çetda qolmaydi, bular ham ism bölib kişilar taqdiriga muhrlanadi.

Ğayritabiiy ravişda harakatlanadigan hamda ulus nazdida eng dahşatli qilmişni sodir etadigan qörqinçli mavjudotlarni ham ular özlari öylab topişadi. Har yili qönalğisini özgartiradigan, qişlov yerlarida qişni ötkazib, söng yaylovlariga ketaveradigan xalqlar uçun ulkan, bahaybat, qudratli yaratiqlar keraksiz edi. Beboş bolalarini tarbiyalaş uçun ular Alvastini yaratib olişadi.

U oyli yoki oysiz, şamol tönkalarni köçirguday bölib esgan tunlarda tanho kezgan kişilarga, uyda yolğiz qoldirilgan bolalarga, tuğayotgan xotinlarga körinadi, deyişadi. Xoh Farğona vodiysining sölim qişloqlarida, xoh Xorazmning, xoh qadimiy Ğuzor davlatidan yodgor kengliklar-u ota yurtning qutluğ qopqasi – Boysunning temir darvozasigaça – kişilar köça-köyda öynab, hayallab ketgan bolalarni:

– Keç kirganda köçada yurma! Baring uy-uyingga bor! – deb koyib berişadi. – Alvasti çiqadigan vaqt böldi-ya!

Bolalarça tasavvur qişloq çetidagi zovur içida baqaqurilloqlar avjga çiqqan, oy yoğdusi elangan tunda qişloq köçalariga közini olaytirganiça pildirab kirib kelayotgan pakana, közlari olazarak bir kampirni hosil qiladi. Oqşom çökdi. Hammayoq tinçib, olislarning tovuşlari eşitila boşladi. Keça sarinligi mayin nafas bilan vujudga kirib, yoyilib huzur beradi. Öşa huzur va alvasti qörquvi aro yalang oyoqlarga mayda toşlar botsa-da, oğriq sezmasdan, xira sariq çiroqlari yonib turgan uylariga öqday çopgan bolakaylarni ham jonlantiradi. Yana, qörquv hosil qilgan hayajon va xavf-xatardan qutulgandagi huzurni ham aytib ötiş kerak. Barça bolakaylarga ğalaba naşidasini hadya etgan ham aslida mana şu mavjudot.

Beş ming yil avval u alamzada erkak qiyofasida, söngroq esa esa bukçaygan, makkor, yovuz kampir körinişida namoyon bölgan. Qaddi egik, soçi uzun, közlari olaygan u mavjudot zovurlarning tublarida, qamişlar ösgan joylarning yon-verida öziga suvsarga öxşab uy qurib yaşarmiş. Makoni qarovsiz, iflos joylar bölsa-da, bu örindagi “iflos” tuşunçasi aslida toza tabiatni ifoda qiladi. Qurigan xas-xaşak yoki suvga tuşib çiriy boşlagan şox-şabba bizning nazdimizda şunday körinsa-da, tabiat nazdida tozadir. Alvasti öşa yerlarda yaşaydi, biroq qönalğasini tez-tez özgartirib turadi.

Uning eng mudhiş qilmişi – kişilarni aqldan ozdirişi-yu xotinlarni tuğmas qilib qöyişidir. Şu sababli yoş bolalar tunda yolğiz taşqariga çiqarilmaydi, ikkiqat xotinning oy-kuni yaqinlaşgani sayin yaqinlari yonidan ketişmaydi, qarindoş-uruğidan boşqa heç kim kiritilmaydi.

Qaçonlardir bir bilimli kişiga röpara kelgani haqida rivoyatlar bor. Bilimli kişi közlari çaqçaygan, içi yomonlik bilan töla bukri kampirdan söraydi:

– Yoruğ olamda qilar işing ne?

– Tuğayotgan xotinlarni poylab yuraman. Qilar işim – odamlarni aqldan ozdiriş-u xotinlarni tuğmas qiliş.

– U holda, kişilar sendan ziyon körmasligi uçun nima qilişlari kerakligini özlariga aytasan!

– Mendan birov şubhalansa, betimga közgu tutişsin. Özimni közguda körsam, qörqqanimdan yetti çaqirimga qoçib ketaman, öşa joyga qaytib oyoq bosmayman…

Şu sababli qönalğalarning qönoq kutiladigan xonalarida, ötovlarda har doim mis yo şişa közgu osilib turgan. Alvasti oynani körsa, qaramay iloji yöq edi. Qayda bir nima yilt etsa, oynamikin deb alanglardi. Odamlarga öxşarmikinman, kimligimni birov bilib qolmasmikin degan ilinjda öz aksini körişni istardi. Özini körgaç esa juda qörqardi.

Gohida oynatoş yoki suv betida öz aksini körib, uni qöliga tuşgan narsa bilan urganini ham aytişadi.

Oradan ança yillar ötgaç, olamga islom dini yoyildi. Qiziq iş röy berdi: alvasti endi soçlari yoyiq qiyofada emas, römol öragan holda körina boşladi. Yaʼni keyingi ming yillikda Alvastining Tangri taoloni taniganiga şohid bölamiz. U davr rivoyatlari uning Tangri va payğambari ismi aytilganida tiraqaylab qoçganidan, xayoliy yaratiqlarning Olamlar Yaratuvçisiga böysunganidan xabar beradi.

Yana aytişadiki, xotin kişiga erkak, erkak kişiga xotin bölib körinarmiş. Kun keçiriş qiyinlaşgan kezlarda Çotqol etaklarida bir ovçiga duç kelib, “senga xotin bölay” deb yolvorgan. “Qölimdan köp narsa keladi, sira kamçilik körmasdan yaşaysan. Ammo şu şart bilanki, uxlayotganimda yuzimga qaramaysan”. Ovçi rozi bölib, uni uyiga olib keladi. Haqiqatan ham, şundan keyin tökis yaşay boşlaydi. Alvasti xotin uyni saranjom-sarişta tutadi, ovqatlar pişirib, nonlar yopadi. Ammo bir kuni tunda ovçi şartni buzib, şam yoruğida qarasa, xotin emas, alvasti ekan.

Alvasti öz qiyofasida örnidan sakrab turib, soçlarini yulib-yulib höng-höng yiğlaydi.

– Qarama, demaganmidim? Endi men nima qilaman?

Ovçi bolaligida alvastining jonini qanday oliş kerakligini eşitib olgan ekan. Şuningdek, mehr-u muhabbatga zor yaşab ötgan xotinlar keyinçalik alvastiga aylanib ketişini ham bilar ekan. Çap qöltiği ostidan yuragini suğurib olgaç, alvasti jahannamga jönaydi, deb hikoya qiladi Çotqol asotirlari.

Kişilar eʼtiqodi ming yildan buyon alvastini tamuğga, yaʼni dözaxga yöllab keladi. Mantiqan töğri, yaʼni qilmiş – qidirmiş. Biroq jamoaviy ong alvastiga nima uçun bu mudhiş yumuşni yuklab qöyganiga lol qolasiz.

Kişilar töp bölib yaşagan u zamonlarda uruşlar, oçarçiliklar, qulliklar, majruhlik yoki ölim xavfi emas, aynan aqldan oziş hamda xotinlarning tuğmas bölib qolişi eng qörqinçli sanalgani-çi? Toğdan tuşib kelgan yölbars yoki daştdan kelib qolgan böri galasi kimnidir ğajib ketgani, kimdir otdan yo toşdan yiqilib ölgani, yana kimlardir turli kasallig-u dardlar tufayli jon taslim qilgani qörqinçli emas, balki hayotning odatiy falokatlari deb qaralsa, kişilarning özlari yaratib olgan xayoliy maxluqlar ongga hamda avlodga zuğum qilişi ajab.

Şunday bölsa-da, yillar öta-öta, qadimgi turkiylar va çinlarning şafqatsiz uruşlariga guvoh bölgan u yaratiq çivindan zaif holga keldi. Alvasti benihoya ayançli, umrini yaşab bölgan keksa, ilviragan kampir qiyofasida qolib ketaverdi. Dunyoga islom dini yoyilgaç, öziça römol örab, şahodat keltirgan u mavjudotning yangi asrlar bağrida boşqa evrilişi sodir bölmadi, uning sönggi zuhuroti yo tabiat tölaqonli hukm yuritadigan ovloq qişloqlar bağrida, yo olis ötmişda qolib ketdi. Tobora kamroq köriniş bera boşladi va nihoyat, yoş bolalarni qörqitadigan, yolğiz kişilargagina duç kelib, beöxşovligi bilan aqldan ozdiradigan keraksiz yaratiqqa aylanib ketdi.

Qorabosti

Bunisi yana-da ğaroyib. Uyquda yotgan kişilarni bildirmay kelib bosadigan, jonini qiynaydigan közga körinmas xayolot u.

– Uyqu oldidan bet-qölingni yuvib, kalima qaytarib yotmasang, qorabosti keladi.

– Notoza yerlardan yurma, iflos joyni bosma, çap tomoningga yoki çalqançasiga uxlab qolma!

Qorabosti hamma yerda bor. U yaratiq özbek qişloqlaridagina emas, qirğiz ovullari-yu qozoq ötovlari, tatar, yoqut, saxa, tuva yerlarida ham kezadi. Muzliklar orasidan ötib keladi. Sovuq izillatgan tunlarda çöğ miltiragan qönalğalarga kirib bir qur razm soladi. Qilar işi ne ekanini aytdik: kimki kalima qaytarmay uyquga yotsa, ustiga kelib ötirib oladi. U kişi nafas olişga qiynaladi, qorabosti kelib bosganini bilsa-da, özini sira önglab ololmaydi.

Nihoyat, u asta-sekin yiğiştirilib qaygadir yöqolgaç, közlarini katta-katta oçib, çuqur-çuqur nafas olib yonidagini uyğotadi:

– Hoy, muzday suv ber menga.

– Ha, nima böldi?

– Bir nima kelib bosdi meni.

– Qorabostidir-da. Özingdan kör, aytilganlarni qilmabsan.

Göyo bunday işlar har kuni röy beradiganday. Misol uçun, yoş bolasiga aytadiki, taşqariga suyak taşlab qöy, kuçuk kelib yeb ketsin. Birozdan söng haqiqatan ham şunday bölgaç, “Ha-a, yaxşi” deb qöyişadi. Qorabosti haqida ham şunday gapirişadi. Göyo u har yerda hozir-u nozir, qişloqning kunda-şundasiday.

Bu işni izohlaşga mantiq ojiz. Baʼzi uluslarda uni Qora-qura deb ataşadi. Yana bir qiyofasini esa Xibiliq deydilar. Barça turkiy elatlarni qöyavering, axir, birgina özbek elidagi qişloqlar sanoği ön mingdan oşiq emasmi? Tipratikan yemiş izlab ovga çiqadi, ötlarni qimirlatib timirskilanib yuradi. Katakda tovuqlar mudraydi. Ha, tun yoyilib, toğ-u toşlar, daşt-u dalalarga yaslandi. Kökka Oymomo çiqdi. Şular bilan bir qatorda, soyalar orasida, jar-öngirlar bağrida kişilar xayolotining mahsuli bölmiş öşa yaratiqlar ham daydib kezinayotganga öxşaydi. Öh-hö, ön mingdan ziyod qişloq, hazilakam gapmi? Toş-tuproq yöllarda, tunda sokin oqayotgan suvlar bağrida, qamiş-u qöğalar orasida ular bir neça ming yildan buyon yaşab kelişmoqda. Olamlar Parvardigori har jon egasiga öz rizqini berdi hamda vazifa yukladi. Ajab, ularning rizqi ne, vazifasi nima?

(Davomi bor. Jurnaldan öqiysiz)

Isajon Sulton 1967-yilning 6 aprelida Farğona viloyatining Rişton tumanidagi Avazboy qişloğida tuğilgan.

U 1985–1990-yillarda Özbekiston Milliy universiteti (ilgarigi ToşDU) ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan.

Yozuvçining “Munojot” (1990), “Oydinbuloq” (1995), “Boqiy darbadar” (2011), “Ozod” (2013), “Boği Eram” (2015), “Tanlangan asarlar” (2 jildlik), “Genetik” (2017), “Hazrati Xizr izidan” (2018), “Bilga xoqon” (2019) nomli kitoblari çop etildi. Şuningdek, kitoblari Turkiya (“İrem Bağı”, 2015) va AQŞda (“The Eternal Wanderer”, 2019) nashr qilingan. Bir qança hikoyalari xalqaro tanlovlarda sovrinli örinlarga loyiq körildi.

Asarlari ingliz, nemis, rus va turk tillariga tarjima qilinib, AQŞ, Rossiya, Turkiya va Moldova adabiy naşrlarida çop etildi.

Isajon Sulton Javoharlaʼl Neruning “Hindiston” asarining şoh Boburga bağişlangan qismini, Ryunoske Akutagava, Yasunari Kavabata, Dino Bussatti, Umar Sayfiddin kabi adiblarning asarlarini özbek tiliga ögirgan.

2014-yil “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlangan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…