4 daqiqada öqiladi

175 marta körilgan

Ölişidan avval butun duşmanlarini afv qildi…

Mariya Gartung

(Puşkinning qizi Mariya Gartung hayoti va ölimi haqida)

“Onasining nodir gözalligi-yu otasining ulkan isteʼdodi unda birlaşgandi, bunday xislatlar bir ayol uçun faqatgina xayol yoxud orzu bölişi mumkin, xolos”, – deya yozadi Mariya Gartungning zamondoşlari.

Lev Tolstoy “Anna Karenina” romanining qahramoni Annaning taşqi körinişini yaratar ekan, Gartungning qiyofasidan foydalangan. Mariya Aleksandrovna va Tolstoy Tulada, bir mehmondorçilik vaqtida tanişib qolişadi. Maʼlumotlarga köra, Puşkinning qizi yozuvçining eʼtiborini ilk qaraşdayoq öziga tortib olgan. “Bu ayol kim böldi ekan?” degan savoliga javob berilganida esa Lev Nikolayeviç baland ovozda: “Ha, tuşunarli. Uning soçlari nega bunçalik öziga xos ekani endi maʼlum böldi”, deya hayratiga yakun yasaydi.

“U Anna Karenina obrazida nafaqat xarakteri va hayoti, balki butun körinişi bilan tasvirlangan. Hatto yozuvçining özi ham buni eʼtirof qilgan”, – deydi Tolstoyning qaynisinglisi Tatyana Kuzminskaya.

Keling, Annaning asardagi tasvirini bir esga solaylik: “Boşida, uning qora soçlari ustida moviy binafşalardan yasalgan gulçambar bölib, soç turmagi unçalik eʼtibor tortmasdi, ammo yelkalaridan oşib tuşgan ikki örim soçi öziga xos gözal bölib, uni körgan odam bu çiroydan hang-u mang bölardi. Böynida esa öziga yaraşgan böyinboği bor edi…”

Mariya Aleksandrovna Aleksandr Sergeyeviçning katta qizi bölib, 1832-yilning 19-mayida Peterburgda tavallud topgan. Qizining çöqintirilişidan bir neça kun oldin Puşkin anglovsiz jahl bilan rafiqasi Vera Vyazemskayaga xat yozadi: “Endilikda özim işonişimga ham qaramay çorasiz vaziyatdaman…”

U şoirning “otasi haqida elas-elas bölsa ham xotiralari bölgan” yagona avlodi bölib, Puşkin halok bölganida Mariya 5 yoşda, ukalari va singlisi Nataşa esa juda kiçkina edilar. Mariya öz uyida savod çiqargan va tahsil olgan. U 9 yoşidayoq olmonça va fransuzçani yaxşi tuşungan hamda bemalol gapira olgan. Keyinçalik esa nufuzli Yekatirinski institutida taʼlim oldi, u va ukalarining bilim olişi bilan otasining pedagog döstlari hamişa jiddiy şuğullanişgan. Onasi qizaloq Maşaning şaddod bölişidan xavotir olişiga qaramay, bu “çirkin ördak bolasi” ulğaygani sari oqquşga aylana boşladi.

1852-yilning dekabrida, institutni tugatgan onlarida, Mariya Puşkin qizi xuşsurat va juda oqila xonim bölib yetişgandi. Unga qançadan-qança zodagonlar oşiq bölişsa-da, Mariya Aleksandrovna juda keç – 28 yoşida turmuş quradi. Uning umr yöldoşi general-mayor Leonid Gartung – Moskvada imperatorning ot fermalarini boşqarardi.

Ularning nikohi 17 yildan keyin fojiali tarzda yakun topgan. 1877-yilda boş general maslahatçisi, uni şu vazifaga kötargan amaldor Zanftelebe Gartungni maxsus veksel va qimmatli qoğozlar öğriligida ayblaydi.

Şunday qilib, Leonid Nikolayeviç razil amaldorlar qurboniga aylandi. Sudya qaror qilguniça bu şarmandagarçilikdan qutqariş uçun general özini hibsxona binosida otib öldiradi. Gartungning çöntagidan “Yaratganga ont içamanki, heç narsa öğirlaganim yöq va duşmanlarimni keçirdim”, degan yozuvli qoğoz-xat topiladi. Sud tomonidan Gartung aybdor degan xulosaga kelinadi, ammo bu qaror endi umuman maʼnosiz edi.

Erining vafoti Mariya Aleksandrovna uçun katta zarba böldi. U qöşnilariga maktubida şunday yozadi: “Men bu vaziyatning boşidayoq erimning beayb ekaniga amin edim. Biz 17 yil davomida birga yaşadik, men uni yaxşi bilardim, u hamişa gözal xulqli va haqiqatgöy bölişga urinardi. Ölişidan avval butun duşmanlarini afv qildi, biroq men ularni keçirganim yöq, keçirmayman ham”.

Mariya umrining sönggi daqiqalariga qadar umr yöldoşiga sodiq qoldi. Oilasining avlodi yöqligi sabab Mariya qarindoşlari bilan yaşaşga majbur böldi. U bolalar tarbiyasi bilan şuğullanar va otasini xotirlab ötkazilgan har bir yiğilişda faol iştirok etardi. 1880-yilda Moskvada Puşkin haykalining oçilişida ham ukalari va singlisi bilan qatnaşgan.

Oçlik hukm surgan inqilob yillarida Mariya Moskvaga köçib ötdi. U bu yerda faqat poldan iborat, hatto xona jihozlari ham yöq bir uyda ijarada turadi. Keyinçalik esa Yangi Arbatin uruşi davrida xaritadan öçirilgan Sobaçe köçasidagi bir uyda kun keçiradi.

Afsonaviy “qora baron” deya nomlangan Pyotr Vrangelin va sanʼatşunos Nikolay Vrangelin onasi baronessa Mariya Dmitriyevna Vrangel çorasiz vaziyatda bölişiga qaramay, yangi hokimiyat rahbarligi ostida bölgan davlatda yaşayotganlarning orasida dahşatli vaziyatga tuşganlarga kömak qilişga urinardi. Şuning uçun ham Natalya Nikolayevnaning ikkinçi nikohidan tuğilgan qizi Aleksandra Petrovna Arapova (qizlik familiyasi Lanskaya) Mariya Aleksandrovnaga yordam qiliş va yaşaş joyi topiş kerak qabilidagi maktubini Mariya Dmitriyevnaga yöllagandi. Oz bölsa-da Mariya Dmitriyevna yordam berişga muvaffaq böldi. 1918-yilning oxirida Xalq maorif komissarligining rahbari Anatoliy Lunçarskiy “şoir Puşkinning Rossiya adabiyoti oldidagi xizmatlariga köra” qizi Mariya Aleksandrovna uçun mukofot berilişi haqida qaror qabul qiladi.

Xalq maorif komissarligida “A.S.Puşkinning qizi Mariya Aleksandrovna Gartungning moddiy taʼminoti haqida” masalasi muhokamaga qöyiladi va ijobiy natijaga erişiladi. Yaʼni: 1.Mariya Gartungga 2400 rubl miqdorida bir martalik yordam puli ajratilsin; 2.Unga nima yordam zarur bölsa, Xalq maorif komissarligiga murojaat qilsin.

1919-yilning 24-yan­varida ötkazilgan Xalq maorif komissarligining yiğilişida Mariya Gartungga “adabiy naşr bölimining hisobidan har oyda 1000 rubl miqdoridagi subsidya tayinlanişi” qarori ham qabul qilinadi.

Baʼzi maʼlumotlar Mariya Aleksandrovna bu pul mukofotini bir neça marta olgani, qolgan manbalar esa uning bu pulning qorasini ham körmagani haqida xabar beradi. Mariya Gartung 1919-yilning 7-mart sanasida oçlikdan olamdan ötgan degan maʼlumotlar ham saqlanib qolgan.

Yolğiz qolgan Mariya Aleksandrovna umrining oxirigaça özi ham elas-elas xotirlaydigan, ammo u uçun afsonaga aylangan Puşkinning Tverskoy Bulvaridagi haykalini ziyorat qilişga kelib turgan.

Rus tilidan Rahmat BOBOJON tarjimasi

2021/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)