* * *
Baxtning suratini çizar xayolim,
Deraza ortidan möralaydi oy.
Yurak dukurlari buzar sukutni,
Men sendan bir maktub kutdim, hoynahoy?
Ilkimda qaltirar möyqalam bir zum
Va nogoh şoşadi böyoqlar tomon.
Çalkaşib ketsa-da barça-barçasi,
Baxtning borligiga qilmayman gumon.
Töxta, şoşmay turgin, fursat-ğanimat,
Heç yöqsa, tasviring yodga mixlayman.
Har kun tuşlarimga kirişing uçun,
Mayli, derazamni oçib uxlayman.
* * *
Meni tarbiyalar köksimdagi dard,
Soxta tabassumni qilmayman kanda.
Baʼzan uvvos solib kelar yiğlagim,
Hammadan berkinib yolğiz qolganda.
Dardimni heç kimga aytmayman sira,
Jimgina yaşaşga qilaman qaror.
Bilaman qaytmas bu gulgun yoşimning,
Bir kuni uvoli tutişi ham bor.
Ming ölib-tirildim, söradim najot,
Qölim kökda bölsa – taskin har onim.
Men anglab yetganman allaqaçonlar,
Hammasi yolğondir, U yöq dunyoning!
Toğlar tarovati
Bu öynoqi suvlar bağrida
Şivirlaşar rang-barang toşlar.
Huv, bağrikeng boğlar qöynida
Şabbodalar raqsini boşlar.
Şoşilmasdan möralar quyoş,
Közin işqab uyğonar maysa.
Hislarimga jon kirgandayin,
Ruhim yangi qöşiqni aytar.
Şarqiroq suv, telba hayajon,
Tuğilmoqda köngilda hislar.
Yetaklasin bolalik tomon,
Har qadamdan muhabbat istab.
Şahlo DAVRONBEKOVA
2006-yili Sirdaryo viloyatida tuğilgan.
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti talabasi. Respublika yoş ijodkorlarining anʼanaviy “Zomin” seminari iştirokçisi (2024).
“Yoşlik” / 2025 / 5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida