* * *
Hayotimdan uçirgan quşim
Xayolimdan öçirolmadim.
Tuşlarimning kassetasini,
Netay, öngga köçirolmadim.
Armon qilar çaşmimni çaşma,
Taqdir bitar yangi hikoya.
Şunday topiş kerak edimi
Bizning qöşiq nihoya?
Otilmasdan söndi vulqonlar,
Qimirlamay çökib borar yer.
Yoz ötmasdan qişning nafasi
Quloğimga xuş kelibsan der.
Diydoringga eltadi tuşlar,
Sohil aro sol kabi uyqu.
Meni yomon körgan qizçani
Endi yakka manzilgohi şu.
* * *
Yomğir yoğdi sahar pallasi,
Yoşlarimni ketdi yaşirib.
Öyib oldi qalbim yarasin,
Sening yoding suvlarin sepib.
Yomğir yoğdi sahar pallasi,
Yumaladi tözonlar yerga.
Bosildimi yurak naʼrasi
Yo kuyladi yomğir-la birga.
Yomğir yoğdi sahar pallasi,
Dimoğimga yugurdi soflik.
Vijdonda-çi bormi siyqasi?
Heç bölmaydi idrokim tiniq.
Yomğir yoğdi sahar pallasi,
Şamol tortgaç osmon soçidan.
Loyqalanar xayol çaşmasi,
Qaltiraydi umidlar birdan.
Yomğir yoğdi sahar pallasi,
Tölğonaman ismsiz hisdan.
Qarzdorman har bir nafasim
Köz yoşlarin yaşirgan qizdan.
* * *
Hislarimni senga bölgan
Yozar edim yon daftarga.
Unda quvonç, unda ğurur,
Bitilardi şon daftarga.
Tuyğular sarçaşmasidan
Goh tomardi qon daftarga.
Tişlolmagan tillarimdan
Tegmas edi son daftarga.
O, uşbu kun qalbda şivir,
Iztiroblar kon daftarga.
Işq-ku közin yumdi oxir,
Şu dam kirdi jon daftarga.
Xotiralar tandiridan
Uziladi non daftarga.
Keça sevgi şohi edim,
Bugun qulman xon daftarga.
Şaraf bölsin yon daftarga.
* * *
Bir nuqtaga termilaman jim,
Bir yoqlarga ketadi öylar.
Sirlarini oçadi tilsim –
Nigohlaring barini söylar.
Qoraçiqda çiqar qorayib,
Oftob urgan yuzlarim aksi.
Bu ketişda çökmoğim tayin,
Öpqon yutib ketar, şubhasiz.
Million yilki, aylanib turgan
Zamin töxtab qoldi bir fursat.
Eralardan axtarib yurgan
Paydo böldi jannatiy surat.
Muhabbat bu hisobsiz ermak,
Inja hismas, közing yoşlasa.
Muhabbat bu toleying demak,
Gar hayoting undan boşlansa.
* * *
Tun. Ruhimni uyğotib asta
Oğuşiga çorlar bir sado.
Kutgan kabi göyo dilxasta
Meni körib porlar Oymomo.
Şitirlaydi sukunat bunda,
Jim tinglaydi şovqinli dunyo.
Huşim qaytar boşimga tunda
Va bölaman kökka mahliyo.
Quçoqlaydi yorini bulut,
Işga şoşar balki qaygadir.
Maysalarning nigohida öt,
Şabadaga dardin aytadir.
Öz holiga açingan kabi
Tölqinlanar qariya dengiz.
Kimki keldi uni körgani
Qoldirdilar sohilda bir iz.
Ruhim boqar oşiq köz bilan,
Oşiqqanday tilsimlar sari.
O, sabuhiy hissiyot, mendan
Özing tutma bir lahza nari.
Koinotga singar borliğim,
Çeksizlik yutadi öpkamni.
Borliqqa baxşida bu ruhim,
Uyğotib qöymanglar tanamni.
Anvar EŞNAZAR
1995-yili tuğilgan. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti talabasi. Respublika yoş ijodkorlarining anʼanaviy Zomin seminari iştirokçisi (2023).
2025/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida