96 marta körilgan

Dedilar qir berar, gar sörasang toğ…

Kumuş Abdusalomova

Bir vaqtlar

Bir vaqtlar otalar qizlarini

Bir qop jöxoriga alişgan.

Balki şuning uçun

Tovaga tuşgan jöxoriday

Portlagim keladi.

Bir vaqtlar otalar qizlarini

Bir qop unga alişgan.

Balki şuning uçun

Toğoradagi xamirday

Haddimdan oşgim keladi.

Bir vaqtlar otalar qizlarini

Bir tanob yerga alişgan.

Ammo negadir yer bölgim emas,

Öşa janoblarning

Tanobini tortgim keladi.

Otalar balki hozir ham

Qizlarini juda arzon baholagani uçun

Senga juda qimmatga tuşgim keladi,

Keçir meni, sevgilim!

Köpkaridan keyin

Yalanglikda tözğiydi şamol.

Yalanglikda odamlar töp-töp.

Yalangoyoq kelgan odam bor.

Yalangoyoq kelgan bir ot yöq.

Kutib ol, ey Çavandoz qişloq,

Qönoqlaring qönmoq istaydi.

Dovruğ solib Qudrat çavandoz

Otga qamçi urib qistaydi.

Boşlanadi ur-sur, yiqitlar.

Yigitlarga yetmas sabotlar.

Faqat bunda odamlar emas,

Mulozamat körsatar otlar.

Çiqib oldim Zangor tepaga.

Töşalibdi yap-yangi gilam.

Axir qanday gaplaşmoq mumkin

Köpkarifeʼl odamlar bilan?

Kişnaşadi aççiq, asabiy

Turmaklari buzilgan otlar.

Köpkaridan keyin hayot şu –

Öz joyiga qaytar qanotlar.

Sovitadi hamma otini –

Yonib turgan gulxanlar söndi.

Köpkarilab kelgan, yuragim,

Faqat sovib qolmasang böldi!

Hiloloyning göröğliga aytganlari

 

Hiloloy 6 oylik gumona bilan Zangarda qoladi. Yori Ravşankör esa ota yurti Yovmitga ketadi. Hiloloyning akasi Gajdimbek ham Ravşankör bilan birga ketadi. Ojiz va yolğiz Hiloloy öğlini görda dunyoga keltiradi. Göröğli yoşiga yetib, onasidan otasining ortidan Yovmitga ketişga ruxsat söraydi.

“Göröğlining tuğilişi” dostonidan

Duo qildim, duoibad qilmadim.

Bunday işni, bolam, minbaʼd qilmadim.

Garçi otang aro yölda qoldirdi.

Garçi otang qaro görda qoldirdi.

Yöl yurarsan, qamar yetsa, çalğima.

Borgin, körgin ota yurting Yovmitti.

Borganingda aytadilar “Yov – mitti”.

Borganingda aytadilar “Yov bitdi!”.

Borganingda aytadilar “Yov ketdi!”.

Senga şunday xabar yetsa, çalğima.

Borganingda körganing el – mehmondöst.

Garçi kelgan har bir mehmon bölmas döst.

Yöl tösib, darbadar etsa, çalğima.

Yovning şohi safar etsa, çalğima.

Öqraygan bir nazar yetsa, çalğima.

Yerusti boyligi közingnikimas.

Yerosti boyligi özingnikimas.

Mozoroti yerosti boyligingdir.

Qabrtoşlar yerusti boyligingdir.

Tillaridan zahar yetsa, çalğima.

Sening otang sinçi edi, göl ğunçam.

Boltasiz ötinçi edi, öğilçam.

Tağin taxtni tusamasin köngilçang.

Şohlar taxtni böşatmaydi ölgunça.

Ota yurtda xatar yetsa, çalğima.

Yolğiz otsan, lekin dunyo çangidi.

Göröğlim, ufq mening dilim rangidir.

Ozodmiz deb bunda köplar çalğidi.

Ozodmiz deb bunda köplar çalğidi.

Sen böyningga xanjar yetsa, çalğima.

Va qazoyi qadar yetsa, çalğima.

* * *

Dedilar qir berar, gar sörasang toğ.

Ostona söradik, berdi tillodan.

Şukr, yal-yal yongan atlas ham berdi.

Biz böz söragandik Ollodan.

Odam bolasimiz, odam bolasi.

Zarra havo bölsa, Momo Havvodan.

Şukr, sadoqatli yor berdi bizga.

Biz döst söragandik Ollodan.

Şukr, bizga berdi ikki qalamqoş.

Umid – totinmoqqa bir kun halvodan.

Keng, möl rizq-nasiba berdi bizlarga.

Biz tuz söragandik Ollodan.

Bir kuni ötamiz anglab, anglamay.

Bir kuni ötamiz dunyo – ğavğodan.

Bizdan ortimizda nima qoladi?

Biz söz söragandik Ollodan.

“Temur tuzuklari” ilhomlari

“… maxsus kotib hozir bölib,

rostlik qalami bilan…yozib borsin”

Dard bölib körinar kimga alami

Va yoki havasi biror sanamning.

Bu talabi axir Sohibqironning.

Qani kimda özi rostlik qalami?

“Olgulik joyidan olib, bergulik yerga beradi”

Şogirddan ham olar, pirdan ham olar.

Mingdan ham oladi, birdan ham olar.

Olgulik joyidan olgani yetmas,

Oladi, bergulik yerdan ham olar.

“Garçi işning qanday yakunlanişi taqdir pardasi orqasida yaşirin bölsa ham…”

Bizning körganimiz hozirça şular:

Iş stoli bilan maktab partasi.

Yana nimalar bor? Körib olaylik.

Biroz surilib tur, taqdir pardasi?  

Kumuş ABDUSALOMOVA

 

1996-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.

“Isteʼdod maktabi” VII respublika yoş ijodkorlar seminari iştirokçisi. “Birinçi kitobim” loyihasi doirasida “Kuylamasam bölmaydi” nomli şeʼriy töplami çop etilgan.

 

2024 / 5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.