7 daqiqada öqiladi

190 marta körilgan

Özbek

Isomiddin Pölatov

(Hikoya)

 

Siroj polvon boy bölişni xohlardi. Bir iş boşlasam-u, boyib ketsam, derdi. Aslida, uni juda ham omadsiz, deb bölmasdi. Şunçaki, qöli oçiq, çapani, oğayniparvar bölgani uçun qölida pul turmasdi. Topganini sarflab yuboraverardi.

U köpinça boşlagan işini oxiriga yetkazardi, mehnatdan qoçmasdi. Bunday öylab qaralsa, şu paytgaça ham ança-munça işni eplagan. Köp yillar polvonlik qildi, hududda uning kuragini yerga tekkizadigan topilmadi. Toşkentga bir-ikki borib kuraş musobaqalarida ham qatnaşdi. Qarasa, hammani yiqitadigan. Kattalar örtaga tuşdi, bir safar yiqilib bersin, deyişdi.

Ustozi kattalarga yon berdi: “Bir safar yiqilib berasan. Şu yergaça olib keldim sen qişloqini. Taysonam yiqilgan, obröyi tuşib qolgani yöq”, – dedi.

Siroj obrö uçun kuraşmagan. Or uçun kuraşib kelgan. “He, kuraşingniyam! Öğil bola böl-da”, deb qişloqqa qaytdi.

Hisobçilikka öqidi. Bir-ikki fermerlarning işini qilib yurdi. Yon atrofda qaysidir fermer boy bölib ketdi, qaysidir birining ön yillab kosasi oqarmadi.

Polvon yana zerika boşladi. U doim özini katta işlar uçun yaralganday his qilardi. Şu safar boy böladi. Katta iş boşlaşga bel boyladi.

Işi yurişib ketgan fermerlardan biriga maslahat soldi. Özbekning yangi boyi piyoz ekişni tavsiya qildi. “Şodi tulkiga meni nomimdan bor. Yaxşi uruğlik piyoz beradi, ekasan, boy bölasan”, dedi fermerboy.

Siroj tabiatan oğir odam, içimdagini top xilidan. Lekin Şodi tulki bilan juda tez til topişganiga xursand böldi. Tulki yaxşi odam ekan, deb qöydi içida uruğni olib qaytarkan. “Hosilni yiqquningça maslahat berib turaman”, dedi uruğfuruş.

Polvon öz nomi bilan polvon. “Enasini emsin, maydalaşib ötiramanmi, beş gektar ber”, deb fermer bilan kelişdi. Fermer yerning yarim pulini boşdan oldi, qolgani hosil kötarilgaç, hisob-kitob qilinadigan böldi.

Siroj qattiq işladi. Kitobda yozilganiday yerga mehr berdi, öğitini soldi. Bandasini aldaşni bilmagan yerni aldasinmi?!

“Siroj polvon boy bölib ketadi bu yil!”. “Polvon yaxşi yigit, qattiq mehnat qildi, omadini bersin!”. “Bu yil hamma piyoz ekkan, arzon böladi, polvon köçada qoladi…”

Elning oğziga elak tutib bölarmidi. Hamma gapirdi, hamma dehqon, hamma maslahat bergiç. Sirojning piyozi gurkiragandan-gurkiradi. U baʼzan ikkilanib, baʼzan hovliqib mehnat qildi. Yollanma işçilarni ham rozi qildi, birovni xafa qilmadi.

Dehqonlar hosilni yiğiştira boşladi. Kimdir dalaning özida piyozini kötarasiga sotib yubordi. Kimdir qimmatlaşini kutadigan böldi. Haqiqatan ham, piyozning yili kelayotgandi, dalaning özida sotib yuborganlar ham yaxşigina daromad qildi.

Siroj hosilga qarab yutinib qöydi…

Negadir polvonning piyozi biroz keçikayotgandi. Odatda, bizning şaroitda bahor yo keç kuzda ekilgan piyoz sentabr-oktabr boşlarida tayyor böladi. Yetilgan piyozning dastlab böyni quriydi, keyin barglari sölib yerga yotib qoladi.

– Nimadir boşqaça, – polvonning içiga vahima tuşdi. – Nega hamma hosilini yiğib olyapti, meni piyozim haliyam gurkirab turibdi? Yaqin-örtada tayyor böladigangayam öxşamaydi.

Şodi tulki esiga tuşdi. Uruğfuruşning na telefoni işladi, na idorasidan topişning iloji böldi.

Uzunquloq gaplarga qaraganda, şu safar Şodining omadi kelmagan. Xorijdan million-millionga olib kelingan uruğ negadir öxşamagan. Nafaqat piyoz, boşqa qişloq xöjalik mahsulotlari uruği ham kutilganidek çiqmagan.

Polvon özidan köproq Şodiga açindi…

Bir-ikki bilgiçlar “Siroj ekkan piyoz köproq hayvonlar ozuqasi uçun möljallangan bölib, biz isteʼmol qiladigan odatdagi piyozga öxşamaskan. Juda yirik bölib ketarkan, ikki-uç donasi bir kilogram toş bosarkan. Özbeklar unaqa piyozni taomiga işlatmaydi. Moligayam berişni bilmaydi, sigirning suti sassiq bölib qoladi”, deb hisoblaşdi.

Oktabr oxirladi. Dalada faqat polvonning piyozi qoldi.

Siroj siqilgan paytlarida heç joyga siğmay ketadi. “Jiguli”sini minib dalaga bordi. Öyga çömdi. Xayolan mehnatini sarhisob qildi. Hosil şu darajagaça kelgunça qança mehnat qildi, qança kuraşdi. Boşqa ekinlarga qaraganda suvxör bölgan piyozga suv yoqalab kelgunça kimlar bilan “sen-men”ga bormadi. Ayniqsa, hokimiyatdan kelgan nusxa – fermerlarni zirillatadigan döngpeşonani deb neça marta asabi buzilganini esladi.

Qayta-qayta kelib uluşini olgan döngpeşona davlat rejasini ham unutdi. Hisobotlarda bu yerga paxta ekilgan, deb körsatadigan böldi.

– Hosil pişsa, yana bir kelaman-da, polvon, – deb qorasini körsatmay ketdi. Sirojning çöv tuşganini u ham, xoynahoy, eşitgan bölsa kerak.

Havo ança salqinlab qolgan. Siroj maşinasidan tuşmay dalasiga termildi.

Uzoqdan bir eşak mingan odamning qorasi körindi. Polvon ijirğanib qöydi. Yolğiz qolişni istaganda, tirik jonni körgisi kelmaydi uning.

Eşakli töğri maşina tomon kelib, qölidagi tayoq bilan oynaga ikki-uç urdi. Siroj bunday surbetlikka çidab turolmaydi. Yölovçi noqulay vaqtda paydo bölgandi. Polvon öziça tuşa solib yölovçini ariqqa tiqib, tepmoqçi böldi.

– Qonim qaynab turibdi, yaxşilikça ket, – dedi Siroj.

– Böla, bunça jahl qilasiz, tinçlikma? – çöpon öz harakatlarini tabiiy qabul qilayotgandi. Tortinib ötirmay suhbatni davom ettirmoqçi böldi: – Anov tevalik sizga qaraşlima, jontovini qöylarga örvomoqçiydim.

Polvonning biroz hovuri tuşdi. Çöponni yoqtirmayotgan bölsa-da, hozirgina qilgan qöpolligidan izza bölayotgandi. “Böla” deb murojaat qilişiga qaraganda, qöşni tumanning çöponlaridan.

– Ha, meni yerim. Özim örib olaman…

– Mayli, böla, bir söray degandim. Nega kaypiyat jöq özi?

– Piyoz ekuvdim, kormovoy uruğ ekan. Hosili keç yetilarkan, buni özimizda sotib ham bölmaydi, – polvon nega çöponga bu haqda gapirayotganiga özi ham tuşunmasdi.

Odatda, hafsalasi pir bölgan, umidi uzilgan odam dardini kimgadir aytsa, yengil tortadi. Siroj buni hozir tanasida his qilib turgandi.

– Böldi, böla, şuni sotiş kerakma? Hozir-da. – Çöpon eski telefonda kimgadir aloqaga çiqdi.

Polvon uning qölidagi telefonga eʼtibor qildi – yozuvlari ham öçib ketgan, işlatadigan holatda emas. Çöpon Sirojning köz öngida kimgadir manzil berib, yuk maşina jönatişni söradi.

Polvon heç narsani anglamay qolgandi. “Bu devona öziça kim bilan gaplaşdi? Nega bu yerga çaqiryapti? Nega men bilan odamga öxşab maslahat qilmadi?” deb esankirab turdi. Yölovçi qanday kelgan bölsa, şunday ketdi. Sirojning telefon raqamini olib, ertaga kelaman, deb eşagini niqtadi.

Siroj keçqurun otasiga çöpon bilan bölgan voqeani aytib berdi. Yetmişni qoralagan ota indamay gapni eşitdi-da, “hm” deb qöydi. Öğlining soddaligi, omadsizligini yuziga solgisi kelmadi, şekilli.

Ertasi kuni çöpon uçta katta yuk maşinasini boşlab keldi. Qaşqadaryolik tadbirkorlar ekan, ular polvon bilan gaplaşib ham ötirişmadi. Köplab işçilarni yollaşibdi, bir yarim kun deganda beş gektar joyning piyozini şip-şiydam qilib ketişdi.

Siroj xursandligidan tepalikdagi yantoqni çöponga tekinga berib yubordi.

Polvon yuragiga toşday botib turgan öydan qutuldi. Bu kormovoy piyoz bölsa, kimga sotaman, xarajatimga, mehnatimga kuydim, deb ötirgandi. Nima bölsa bölsin, qutulişni istayotgandi şu dahmazadan. Şuning uçun qaşqadaryoliklar bilan savdolaşmadi, piyozining qança çiqqanini özi ham bilmadi. Aslida, bozorda piyozning narxi yomon emasdi, lekin polvonning piyoziga xaridor yöq.

Keçqurun otasidan suyunçi oldi.

– Hmm, yaxşi, zarar qilmadingmi, işqilib?

– Yöq, ota!

– Piyozingni nima qilişarkan ular?

– Bilmadim, qandaydir qurilmadan ötkazib xorijga jönatişarkan. Uni çorvaga bersa bölarkan, qayta işlab odamlar ham isteʼmol qilişi mumkin ekan…

– Qaçon pulini olib kelişarkan, garovga biror nima qoldirib ketişdimi?

– Garovga?

Polvonga heç narsa qoldirişmagandi. Özi hisobçi bölsa-da, şu safar qoğoz-qalam qiliş haqida öylamagandi. Qaşqadaryolik işbilarmonlarni ham tanimasdi. Örtada atigi ikki marta körişgani – çöpon va uning telefon raqami bor edi, xolos. Sirojning yana yuragi yomon böldi. Biroz avval piyozni sotib qutulganida tuygan yengillik qayoqqadir yöqoldi.

Işbilarmonlar biror oyda pulini qilib beramiz, deganini eslab öziga taskin berdi.

Ertasi kuni çöponning telefoni işlamadi. Qariyb ikki oy davomida ön marta telefon qilib ham çöpon bilan boğlanolmadi. Piyozning pulidan umidini uzdi. Otasidan qoçib yurdi. Boy böliş haqida boşqa öylamaslikka qasam içdi.

Dekabrning oxirlarida begona raqamdan telefon böldi. Polvon yanada odamovi bölib qolgandi. Kamiga, begona raqamni kötarmaydigan odati bor. Öşa raqamdan öjarlik bilan yetti marta telefon böldi. Polvon fermerlarning hisob-kitob işlari bilan band edi, begona raqamni qasdma-qasdiga kötarmadi.

“Böla, menman, telefonni kötaring…”

Siroj SMSni öqigaç, şoşib qayta telefon qildi. Öşa çöpon. Avvaliga buralatib sökmoqçi böldi, yana özini bosdi.

– Böla, qaerdasiz? Pulingizni opkeldim!

Yarim soatlarda körişişdi. Polvon ikki qopda pul kötarib olgan çöponning qarşisida turardi. Çöpon adirda telefonini yöqotib qöygani, qaşqadaryoliklardan bir hafta avval pulni olgani, şundan buyon Sirojni izlab yurganini bildirdi.

– Telpongayam işanç jöğakan, bu matah miyamizniyam, oqivatimizniyam jedi, böla. Raqamingizni Qurbon çöpondan oldim, qişloğingizni söramagan ekanman. Kelvatli, odamovi bola devdim, sizni tanidi. Otangizni oşnasi ekan, nevarasi raqamingizni topib keldi. Mana, omonatingiz, böla…

Polvon köziga işonmadi. Bu vaqt içida neça martalab özini, çöponni, anavi Şodi tulki-yu yangiboy raisniyam sökib yurganini esladi. Yurak öynoqi bölib qoldi. Bir daqiqada hammasi köz öngidan şuvillab ötdi. Unda uyat va quvonç aralaşib ketgandi.

Qopdan ikki boğlam pulni olib çöponga uzatdi. Çöpon keskin rad qildi.

– Haqimni olganman, omon böng, polvon, – deb közdan ğoyib böldi.

Isomiddin PÖLATOV

1985-yili Samarqand viloyati Urgut tumani Söfi qişloğida tuğilgan. Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetini tamomlagan.
“Yigitning ori bölsin”, “Sukunatdan söng” nomli kitoblari naşr qilingan.

2024 / 5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…