8 daqiqada öqiladi

136 marta körilgan

Yurak amri bilan yaşaşga jasorat toping

(Stenford universiteti bitiruvçilari qarşisida sözlangan nutq)

Boşimdan ötgan uçta voqeani aytib beraman. Boşqa heç narsa demayman. Bor-yöği uçtagina.

Birinçisi, qismatning tutaşuvi haqida. Olti oy ötib kollejdagi öqişimni taşladim. Yana ön sakkiz oy erkin tinglovçi bölib qatnab yurdim-da, söng butunlay ketdim. Xöş, nega şunday qildim-a? Hammasi tuğilmasimdanoq boşlangan. Biologik onam yoşgina aspirant bölgan. Meni kimdir boqib olsa, yaxşi böladi, deb qaror qilgan. U meni oliy maʼlumotli biror oila boqib olişini rosayam xohlagan. Bir huquqşunos er-xotin özlariniki qilişmoqçi bölgan, lekin tuğilişimga sanoqli daqiqalar qolganda aynişgan, öylab qaraşsa, aslida, ularga qiz bola kerak ekan. Şuning uçun bölğusi ota-onamning uyida (ular ham farzand asrab oliş uçun navbatda turişgan ekan) yarim tunda qönğiroq jiringlaydi: “Kutilmaganda bizda öğil tuğildi, kerakmasmi?” deya söraşgan. “Albatta, kerak-da”, degan ota-onam.

Tuqqan onam boqib olgan ota-onamning oliy maʼlumoti yöqligidan xabar topgaç, vasiylik hujjatining oxirgi nusxalariga imzo qöyişdan boş tortgan. Bir neça oydan keyingina, meni kelgusida kollejga öqişga qöyişni vaʼda berişganidan söng qöl qöygan. Bari ana şunday boşlangan.

Ön yetti yil ötib, kollejga yöl oldim. Gölligimga borib, Stenforddagi eng qimmat kollejni tanlabman. Beçoralarim­ning yiqqan-tergani şu öqişga sarf böldi, özi bir oddiy işçi bölişsa… Olti oydan söng bunda mantiq yöqligini bildim. Hayotda nima qilmoqçiligimni, kollej kelajagimga qanday yordam berişini bilmasdim. Men şunçaki pulni yelga sovurgandim. Undan köra öqişni şart taşlaganim töğri böldi. Biron yöli topilib qolar, dedim. Öşanda oldiniga vahima bosgan, biroq ortga qarasam, aytamanki, juda töğri qilibman, qarorim örinli bölgan. Öqişdan voz keçib, faqat özimgagina qiziq bölgan maşğulotlarga qatnadim.

Bu köngil xuşi emasdi. Boşpanam yöq edi. Örtoqlarim­ning uyida polda uxlardim. Donasiga beş sentli böşagan kola idişini topşirardim, oşqozonni aldaş uçun-da. Yakşanba kunlari keçqurun qorin ğamida yetti çaqirim piyoda yurib, krişnaçilar ibodatxonasiga borardim, u yerda yaxşi ovqatlanardim: tekinga. Menga bu juda yoqib tuşardi. Qiziquvçanligim va içki hislarim sabab nimagaki duç kelgan bölsam, keyinçalik barçasi bebaho bölib çiqdi. Birgina misol keltiraman. Rid-kollej öşa paytlari mamlakatda xattotlikni örgatadigan eng zöri edi. Butun şaharda har bitta poster, har bir quti yorliğiga qölda çiroyli qilib, xattotona husnixat bilan yozib qöyilgan bölardi. Öqişni taşlab, umumiy darslarga qatnamay qöygaç, xattotlikni örganişga ahd qildim. Harflarning turli gajakdor, gajaksiz şakllarini, xatboşida ularni har xil uyğunlikda qöllaşni bilib oldim, bu matbaani yanayam uluğvor qilardi. Nihoyatda qiziqarli, qadimiy sanʼat, nafis bilim va alohida mustaqil bu fan men uçun joziba, fusunkorlik edi.

Hayotimda orttirgan bu tajribalarimdan menga heç qanday umid yöq edi göyo, lekin ön yil ötib, biz Makintoş dizaynini yaratganimizda hammasi qöl keldi. Biz bularning hammasini dizaynga kiritdik. Ilk ajoyib tipografik kompyuter paydo böldi. Agar öşanda men kollejning ana şu kursiga yozilmaganimda, Makintoşda bunçalik köp şriftlar bölmasdi. Vindovs esa Makdan buni köçirgan, xolos. Aks holda, öz-özidan maʼlumki, birortayam şaxsiy kompyuterda ularni uçratmagan bölardingiz.

Ha, öqişni taşlamaganimda xattotlik kursigayam qatnamasdim, bugungi şaxsiy kompyuterlar ham ana şu tipografiyadan mosuvo qolgan bölarmidi. Albatta, kelajakka qarab, kollejdaligimda bu nuqtalarni tutaşti­rişning iloji bölmasdi, biroq ön yil keyin barçasi aniq-ravşan böldi.

Yana aytaman. Oldinga qarab turib, nuqtalarni birlaştirolmaysiz, faqat ortga qarabgina buni körolasiz. Şuning uçun qaysidir maʼnoda taqdir kelajakda töqnaştirişiga işo­nişingiz kerak. Nimagadir işonçingiz bölişi kerak: instinktgami, taqdirgami, hayotgami yoki yana nedir birortasiga, çunki işonç hatto qirtişlab tozalangan yölda adaşgan çoğingizda ham qalb tanloviga yöl oçadi.

Ikkinçi hikoyam muhabbat va yöqotiş haqida. Men baxtiyor edim. Özimga nima yoqişini ança erta anglagandim. Voz[1] va men Eplni yigirma yoşimda ota-onamning garajida tuzganmiz. Juda köp işladik, Epl ön yil içida ikki milliard dollarlik daromadga ega, tört ming işçisi bölgan yirik kompaniyaga aylandi. Makintoşni işlab çiqarganimizda öttiz yoşda edim, söng meni işdan böşatişdi. Qanday qilib özing tuzgan kompaniyadan böşatişlari mumkin? Epl ösguniça biz kompaniyani oyoqqa qöyiş uçun isteʼdodi bor deb bilgan odamlarni yolladik. Dastlabki paytlar hammasi joyida edi, lekin keyin qaraşlarimiz töğri kelmay qoldi va oramiz soviy boşladi, oxiri, bu janjalga borib yetdi. Direktorlar kengaşi uning fikrini maʼqulladi. Şunday qilib, öttizimda işsiz odamga aylandim, aylangandayam yaxşigina janjal bilan. Şu yoşimda hayotim öq nuqtasiga darz yetdi, bu insonni xarob qilardi.

Bir neça oy nima qilişni bilmay yurdim. Sezardim, özimdan oldingi tadbirkorlar­ning könglini qoldirdim, ular işonç bilan topşirgan estafeta tayoqçasini qölimdan tuşirib yuborgandim. Devid Pekkard va Bob Noys bilan uçraşdim, işni buzib qöyganim uçun, nönoqligim uçun uzr söraşga urindim. Oşkora omadsizlikka çidadim va hatto, vodiydan[2] butunlay ketvorişniyam öyladim. Lekin botinimda asta-sekin niş urib kelayotganlari, nimaniki amalga oşirgan bölsam, hammasini çin dildan sevib bajarganimni bildirib turardi. Eplda men bilan yuz bergan voqea buni sira özgartirolmadi.

Men çetga surib qöyilgandim, şuning uçun hammasini boşidan boşlaşga qaror qildim. Avvaliga tuşunmadim, keyin Epldan ketgaç, bir tomondan özim uçun yaxşi bölganini his qildim. Muvaffaqiyat yuki osonlik bilan hali heç narsaga işonib bölmaydigan yangi işga almaşdi. Bu voqea hayotimda boşlangan yangi ijodiy davrga yöl oçdi.

Keyingi beş yilda Nekst va Piksar kompaniyasini tuzdim, tengsiz bir ayolni sevib qoldim, u mening rafiqam böldi. Piksar “Öyinçoqlar sarguzaştlari” – dunyoda birinçi marta kompyuterda çizilgan multfilmni yaratdi. Hozir Piksar jahondagi eng muvaffaqiyatli animatsion studiyadir. Favqulodda kutilmagan iş böldi – Epl Nekstni sotib oldi va men yana kompaniyaga qaytdim. Nekstda biz kuçaytirgan texnologiya esa Epl uçun navbatdagi tiklaniş bölib qoldi. Loreyn bilan ajoyib oila qurdik. Imonim komil, agar Epldan meni böşatişmaganida bularning heç birini qölga kiritolmasdim. Bu juda zahar-zaqqum dori edi, biroq “bemor” şunga muhtoj bölgan.

Baʼzan hayot boşingizga toş bilan tuşirib qoladi, lekin siz aslo işonçni yöqotmang. Mana, men guvohman, yaxşi körgan narsamni davom ettirdim-ku, qaytmadim-ku. Yoqtiradigan işingizni, yaxşi köradigan insoningizni toping. Qilayotgan işingiz hayotingizning katta bölagini taşkil qiladi, undan rohatlanişning yagona yöli – zör işingiz borligiga özingizning işonçingiz. Hali yoqtirgan işingizni topolmagan bölsangiz, töxtab qolmang, izlanişda davom eting. Izlayotganlaringiz orasidan yuragingiz urganini topganingizda, albatta, uni tutib qolasiz. Yildan yilga u siz uçun qadrli, seviklidan-da sevikli bölib boraveradi, şuning uçun qidiring, töxtab qolmang.

Uçinçi hikoyam ölim haqida. Ön yetti yaşarligimda “Har bir ku­ningni xuddi sönggisiday yaşasang, birida haq bölib çiqasan”, deganga öxşaş gap öqigandim. Bu menga taʼsir qilgandi. Keyingi öttiz uç yil davomida har tong oynaga qarab, özimga savol berdim: “Bugun oxirgi kunim bölsa-çi? Özim istaganimni bugun qilolamanmikin?” Köp kunlar davomida “Yöq” javobi kelavergaç, nimanidir özgartiriş haqida öyladim. Yaqinda ölişim mumkinligi haqidagi fikr hayotimdagi eng muhim vosita bölib, menga qarorlar qabul qilişda yordam beradi, çunki hamma narsa: barça umid, ğurur, qiyinçiliklar yoki muvaffaqiyatsizliklar qörquvi – bularning bari faqat eng muhimini qoldirib, ölim qarşisida çekinadi. Yodingizda bölsin, ölişingizni biliş siz biror narsani yöqotayotganingizni öylamaslikning eng yaxşi usuli. Siz allaqaçon tayyorsiz, şuning uçun qalb buyruğiga rioya qilmaslikka heç qanday sabab yöq.

Taxminan, bir yilça oldin menda saraton borligini aniqlaşdi. Ertalab yetti-yu öttizda tekşiruvdan ötdim. Tahlil oşqozon osti bezida şişni körsatdi. Bungaça, hatto, oşqozon osti bezi nimaligini ham bilmasdim. Döxtirlar bu davosiz kasalligini, uzoği bilan uç-olti oy umrim qolganini aytişdi. Davolovçi döxtirim uyga borib, işlarimni joy-joyiga qöyişimni maslahat berdi. Lönda qilib aytganda, “maslahat”ning tarjimasi döxtirlar tilida “Ölimingga tayyorlanaver”, degani edi. Farzandlaringga sönggi ön yil mobaynidagi xavotiringni endi bir neça oyda singdirib borişing, oilangga oson bölişi uçun qöldan kelgan barçasiga ulgurganingga işonişing, vidolaşişing kerak, degani edi.

Kun böyi şu taşxis bilan yaşadim. Keçqurun biopsiya qilişdi: tomoğim orqali endoskopni kiritib, uni oşqozon-u içagimdan ötkazişdi-da, nina uçida oşqozon ostidagi şişdan bir neçta töqimani yulib olişdi. Oğriqsizlantiruvçi dori taʼsirida yotardim. Xotinimning aytişiça, töqimani mikroskopda körişganidan keyin döxtirlar yiğlab yuborişibdi, çunki mendagisi saratonning kamdan-kam uçraydigan turi bölib, jarrohlik yöli bilan davolaş mumkin ekan. Jarrohlik amaliyoti ötkazişdi va yana, baxtimga, endi hammasi joyida.

Men ölimga juda yaqin borgandim, umid qilamanki, kelgusi ön yilliklarda endi unga yuz­laşmayman. Öşa damlarni yaşarkanman, katta işonç bilan ayta olaman – ölimni qança yodga olsang-da, baribir heç kim ketişni istamaydi.

Yana bir gap. Qazo – har boşda bor. Undan heç kim qoçib qutulolmagan, şunday bölişiyam kerak, çunki u muqarrar, hayotning eng zör kaşfiyoti. Bu – bir hayot almaşi­nuvining vakili. U tuğilajak yangi avlodga eskilarini supurib taşlab yöl oçadi. Hozir yangilar, yaʼni siz, vaqti kelib eskiga aylanasiz (oradan maʼlum vaqt ötib, albatta) va sizdan voz keçiladi. Bunday sovuq gaplarim uçun keçiring, ammo haq gapni aytdim.

Vaqtingiz çeklangan, uni kimningdir sizga yot bölgan hayotiga zoye ketkazmang. Özgalar fikri bilan yaşaşga undaydigan aqidalar qopqoniga tuşib qolmang. Özgalar fikrining şovqini içki ovozingizni bosib qöyişiga yöl bermang. Va eng asosiysi, yurak amringiz, hislaringizni boşqarişga jasorat toping. Ular, qaysidir maʼnoda, aslida kim bölmoqçi ekaningizni sezib turadi. Qolganlari ikkinçi darajadagilardir.

Yoşlik yillarimda “Yer yuzi katalogi” degan naşr çiqqan. U bizning avlod uçun Injilday edi göyo. Styuart Brand ismli bola uni poetik ohangda tuzgandi. Oltmişinçi yillar oxiri, şaxsiy kompyuter, matbaa tizimi hali yöq, şuning uçun bosma uskunada, qayçi va poloroidlarda yaratgan. Unda öttiz beş yil oldin hozirgi Guglning qoğozdagi bir körinişi, ideal darajada, tavsiyalar ila töldirilgan, buyuk ğoyalar mujassamlaştirilgan edi.

Styuart va uning jamoasi naşrning bir neça sonini çiqarişdi. Hammasi dunyo yu­zini körgaç, eng sönggi – yakuniy son bosildi. Yetmişinçi yillar örtalari, bu payt xuddi sizning yoşingizda edim. Yakuniy sonning orqa muqovasiga ular bir surat berişgan: ertalabki mahal, uzun qişloq yöli. Agar sayohatga işqiboz bölsangiz, bu suratga tikilib qolişingiz aniq. Surat ostiga esa: “Oçqursoq bölib qoling, öylab ötirmang”, deb yozib qöyilgan. Bu ularning sönggi murojaati edi, göyo şunday tugatişgandi naşrni. “Oçqursoq bölib qoling. Öylab ötirmang”. Men özimga doim mana şuni tilab keldim. Mana endi, yangi hayot boşlayotgan pallangizda, sizgayam şuni tilab qolaman. Oçqursoq bölib qoling. Öylab ötirmang.

2005-yil

Stiv JOBS

 (1955–2011)

amerikalik ixtiroçi, tadbirkor, işlab çiqariş dizayneri.

 

Zuhriddin Qudratov tarjimasi

2025/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)