Beş oydirki, Rohila kallayi saharlab turadi. Avval körgan uzuq-yuluq tuşini eslamoqçi böladi. Lekin eslolmaydi. Söng tözğigan, oq tolalari kun sayin köpayib borayotgan soçlarini tuzatadi. Keyin yonginasida pişillab uxlab yotgan, yuzlari kir-çir bolalariga termuladi-yu, yuragi ezilib ketadi. Çuqur xörsinib, ertalabki nonuştaga nima tayyorlaşi kerakligini öylay boşlaydi. Keça ertalab oxirgi qandni bölaşib bergan edi. Bugun-çi?.. Yirtiq dasturxonga nima qöyadi?..
Beş oydirki, Rohila musaffo tonglar bilan xayrlaşgan. Eh, oldinlari-çi… U yoşligidan tonglarni sevardi. Sof va musaffo havo tomir-tomirlarigaça kezib yurganini his qilardi, vujudi yayrardi. Şunday dilbar tonglarni yaratgan tabiat möjizasidan hayratlanar, uni mehr va muhabbat bilan sinçiklab kuzatardi. Ayniqsa, sutga çayilgandek oppoq tonglarni dil-dilidan yaxşi körişini taʼriflab bölmasdi…
Endi-çi? Na zavq oladi, na taʼsirlanadi. Na kulişini va na yiğlaşini biladi, öşa kasofat iş böldi-yu, hamma narsadan yuragi bezib, tonglardan hayratlanmay qöydi. Köziga hamma narsa sovuq va yoqimsiz körinadi…
* * *
Uning har tong birinçi qiladigan işi – havozaga qistirilgan çöltoq supurgini oladi. Şör bosgan supani, darvozaxonani, yölaklarni çinniday qilib tozalaydi. Bu işi unga bolaligidan odat. Esida: rahmatli buvisi Janğil kampir har tong örnidan turğazib qöliga supurgi berardi va: “Yoşligidan örgansin, boşiga tuşsa qiynalib qolmaydi”, derdi. Yoşligidan örgangan odatini tark etgani yöq. Özbekning eşigi doimo oçiq, bittaning kelişi, bittaning ketişi bor. Nima bölganda ham, hamma yoq top-toza turgani yaxşi-da.
Eri Boymurod ham tozalikni yaxşi körardi. U ham gözal tonglarni sevardi. Endi esa…
Söngra u dastasi qiyşiq, eski çelakni olib, bir nimadan umidvor bölib ayvonga boradi. Sigir ham göyo “seni kutib turuvdim-a” deganday erinibgina qaraydi. Ayvonning çetida yotgan buzoq jonivor xömrayadi. Keça oqşom bolalari Turkmanariqning böyidan terib kelgan ötdan bir siqim sigirga taşlaydi va uni soğa boşlaydi. Çelakning ostidagi bilinar-bilinmas suvga uzun va oriq barmoqlarini namlab olib, çandir yelinni umid bilan tez-tez çöza boşlaydi… Xayriyat, bergan sutiga bir obgardon suv qöşsa, şirçoy böladi. Bolalariga tangaday-tangaday saryoğ solib bersa, harqalay, töq saqlaydi. Buning ustiga, keça kenjasining mazasi qoçib, döxtirga borgan edi: “Yanga, iloji boriça sut bilan qatiq içiring”, deb qoldi. Bu ölgurning u kundan bu kunga beradigan suti nimaga ham yetardi. Ertalab bolalarni avrasa bölgani. Endi kimga ham sut deb boradi. Tunov kuni yon qöşnisi Arofatnikiga qizçasi Tulğanoyni yuborsa, “Özimizga yetmaydi-yu”, deb tönğillaganmiş. Rost-da, ularga ham qiyin. Bir hovlida ön uç jon bir sigirdan umidvor. Hozir heç kim özidan ortmaydi. Bu yoqda xöjalik rahbarlari oila boşiga bir tonnadan şöra va yantoq çopib beriş kerak, deb oyoq tirab olgan.
Uydagi mollar esa oç…
U turar ekan, katta-katta közlarini unga qadagan sigirga alamzadalik bilan qaradi. Söngra sal yumşab, öylay boşladi: “Hozir şunaqa kunlarga qoldik, jonivor. Mana, sen ham hademay quritasan. Keyin holimiz ne keçadi? Men bilan sen borga ham, yöqqa ham çidaymiz. Bolalarimiz-çi?.. Ana şularga qiyin. Ular tuşunarmidi buni. Ayb ularda ham emas. Hammamiz ham bolalikda şunaqa bölamiz…
Mana, olti oydan beri xöjayinimiz yöq. Uni qamaşdi. Tepada Xudo bor, uning zarraça ham aybi yöq edi. Bir oğiz gapga qamaşdi-qöydi. Endi hammamizga oğir böldi. Axir, hovlida bir erkakning bölgani yaxşi-da.
Hozirgi kunda boşingga oğip kun tuşmasin. Oğayningni ham, döstingni ham katta-kiçigi sendan yuz ögirar ekan. Öşandan buyon bu uyda odam bormi-yöqmi, deb heç kim sörab kelmadi. Ana şunday paytda bilinadi-da, odamzotning qadri. Piçoq ur – qon çiqmaydi. U beçora heç kimga yomonlik qilgan banda emas. Endi bir oğiz gap qaytarganiga nomardlar şu köyga solişdi-da uni. Nomi yomonotliq böldi. Lekin xudoyim hammasini körib turibdi. Yomonlarning albatta jazosini beradi.
Sen jonivorda ham nima ayb. Yemişingni öz vaqtida berolmasak, yetaklab boqişga ham joy yöq. Köp xörsinaverma, jonivor, hammamiz ham musofirmiz. Biror kun qorning töyadigan vaqt kelar, öşanda çelak-çelak sut berarsan. Işqilib, xöjayin tezroq qaytsin-da. Bolalar ham u kişini juda coğingan…”
Buzoqça çözib maʼradi. Sigir bolasiga ögirildi. Rohila esa bir tutam öt olib buzoqçaga berdi. Söng qölidagi çelakni ayvonça çetidagi ilgakli simga ildirib, “Tovuqlar qypğyp tuxum qöygandir”, degan xayolda tovuqxona tomon yurdi.
– E, qaqillamay qaqodoning teşilgurlar-yey!
Uning ovoz çiqarib koyinişlari bekor ketdi. Beşta tovuqdan zörğa bittasi tuğibdi. Hafsalasi pir böldi. “Bekorga qaqillaşadi, – tovuqxona çetidagi kundaga ötirib, öylay boşladi u. – Quruqqa tomoq qoqişadi. Şu tovuqlar ham odamni aldaydi-ya. Uç kundan buyon bitta tuxumga şunça qaq-qaq. Tavba, bular ham Xudoning bir mahluqi-da. Şu ölgurlarda ham nafs bor. Rizqini terib yeydi. Qani, endi odamzot şunday bölsa. Yöq! Unda “Sen yomonsan, sen boşliqni sökding”, deb kimni qamaşadi? Öşanda kim böyruq qiladi-yu, kim bajaradi? Şunday yaratganiga ham şukr, bölmasa, bir-birining közlarini çöqib olardi bu odamlar… Endi şu kunlarda muştday-muştday tuxumlaringni tötiyo qilmanglar. Körib turibsizlar, xöjayinimiz ketgandan buyon ahvolimiz oğirlaşib qoldi. Ayniqsa, bolalarga qiyin. Sizlar bola tuğib körmagansizlar-da, bilmaysizlar, qaqajonlar. Tunov kuni Marziyaga muallimi “Agar forma olmasang, darsga kelma”, debdi. Pul yöq, qayerdan olamiz. Beçora beş kundan beri yiğlaydi, maktabga bormaydi. Axir, bitta mening ketmon çopganim nimaga ham yetardi?
Endi, sizlardan bir narsa oliş uçun bir narsa beriş kerak. Donning ham qolganini ekdik. Nima qilamiz? Xöjayinimiz qaytgunça taqdirga tan berib yaşayveraymiz-da…
Özlaring ham bilasizlar-ku, öşa kuni hovlida donlab yurgan edilaring. Yer ölçovçilar kelib qoldi. Haligi daroz hisobçi tanob çöpini u yoqdan – bu yoqqa taşlab çiqdi. Ikki tanob yer ziyod ekan. Ular bir-birlariga “Nima qilamiz?” deb qarab turişgandi, sovxozning partkomi kelib qoldi. Hisobçi bola bidirlab hammasini unga tuşuntirdi. Partkom hovlining içini öziça çamalab, keyin yuqorida ekilgan buğdoyzorga işora qilib: “Huv, öşa yerni buzinglar, örniga paxta ekasizlar”, dedi. “Aka, beşta bolam bor. Ularning rizqini qirqmang. Kelgusi yil ekmaymiz, davlatga beramiz”, dedi Boymurod gapga aralaşib. “Şunça ortiqça yerni egallab olibsiz, yana gapingizni qarang. Öroq solinglar”, deb buyruq berdi partkom yer ölçovçilarga.
Şunda Boymurod hovlida öynab yurgan bolalarini buğdoyzorning çetiga qator qildi. “Buğdoyning egasi şular!” deb turib oldi. Bolalar esa izillab yiğlaşardi. Mening ham yuraklarim qon böldi.
– Hali şunaqa qilib yengmoqçimisan yo qörqitmoqçimisan, ahmoq! – baqirdi partkom.
Boymurod ham tölib turgan ekanmi:
– Özing ahmoqsan! Sizlar ham bilasizlar kimni siqişni, – dedi jahl bilan.
Bölgan gap şu. Şu yerda akt tuzişdi. Keçqurun melisa kelib olib ketdi. Karmanada ön beş kun yotdi. Söng Kattaqörğon turmasiga olib ketişdi. Borib körolmadik ham beçorani. Mayli, yarmi qoldi. Naçora, kutamiz. Yomonlarning jazosini xudo berar… Köp ham tuğmasdan yurmanglar, heç bölmasa, kun ora tuğib turinglar. Bir şamollanglar…”
U tovuqxonani oçib tovuqlarni çiqarib yubordi. Özini yengil his qildi. Ğyccaci biroz tarqaganday böldi…
* * *
Ranglari siniqib qolgan Rohila bolalariga şirçoy qilib içirdi. Katta qizi Marziyaga ukalarini qoldirib, dalaga jönash taraddudiga tuşdi.
– Ona, qaçon forma olib berasiz, bugun ham maktabdan qolamanmi? – deb yiğladi qizi.
– Yiğlama, kelayotgan bozorda tovuqlardan sotamiz. Öşa puldan olib beraman. Ukalaringdan ehtiyot böl. Hovlining u yer-bu yerlaridan öt yulib sigirga beringlar. Ukalaring yiğlasa, savatdagi qotgan nondan ivitib bergin.
U işga ketaturib: “E, lahadga tiqay senlarni. Qaro yerga borib qaqilla! Kişt-ye”, deya supa yuzidagi yirtiq kovuşni olib, yangi ekilgan buğdoylarni titkilayotgan tovuqlarga qarab irğitdi.
Aşurali JÖRAYEV
1956-yili tuğilgan. Toşkent davlat madaniyat institutini (hozirgi ÖzDMS) tamomlagan. “Toşbaqalar poygasi”, “Yurak böronlari”, “Öq uzgan kim?”, “Tanimading-a?”, “Sahifaga siğmagan satrlar”, “Maysalar uyğongan tong”, “Konvert odam” kabi kitoblari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


